Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 9 · Madaniy · 129 Oyatlar

Sura Tavba

Tavba qilish

سورة التوبة
Uzluksiz tinglash
  1. 1

    بَرَآءَةٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    (Bu) Allohdan va Uning Rasulidan mushriklarning siz ahdlashganlariga «baroat»–ora ochiqlik (eʼloni)dir.

  2. 2

    فَسِيحُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍۢ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُخْزِى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Bas, yer yuzida toʻrt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir. (Bu ish musulmonlar bilan tuzgan ahdni buzgan mushriklarga tegishlidir.)

  3. 3

    وَأَذَٰنٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦٓ إِلَى ٱلنَّاسِ يَوْمَ ٱلْحَجِّ ٱلْأَكْبَرِ أَنَّ ٱللَّهَ بَرِىٓءٌۭ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ۙ وَرَسُولُهُۥ ۚ فَإِن تُبْتُمْ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ وَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِى ٱللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    (Bu) Alloh va Uning Rasulidan odamlarga «hajjul akbar» kunigi bildirishdir. Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir. Bas, agar tavba qilsangiz, u oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar yuz oʻgirib ketadigan boʻlsangiz, bilinglarki, albatta, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Kufr keltirganlarga alamli azobning «bashoratini» beraver.

  4. 4

    إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّم مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ثُمَّ لَمْ يَنقُصُوكُمْ شَيْـًۭٔا وَلَمْ يُظَٰهِرُوا۟ عَلَيْكُمْ أَحَدًۭا فَأَتِمُّوٓا۟ إِلَيْهِمْ عَهْدَهُمْ إِلَىٰ مُدَّتِهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ

    Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.

  5. 5

    فَإِذَا ٱنسَلَخَ ٱلْأَشْهُرُ ٱلْحُرُمُ فَٱقْتُلُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ وَخُذُوهُمْ وَٱحْصُرُوهُمْ وَٱقْعُدُوا۟ لَهُمْ كُلَّ مَرْصَدٍۢ ۚ فَإِن تَابُوا۟ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَخَلُّوا۟ سَبِيلَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, oʻldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, yoʻllariga qoʻyib yuboringlar. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir. (Oyatdagi amr yigirma ikki yillik sabr-chidam natijasidir, tushuntirish, turli yoʻllarni axtarish va ahdnoma tuzishlar naf bermaganidan soʻng, shuningdek, chor atrofni xavf-xatar oʻrab olgandan keyin Islom markazini ichki dushmandan tozalash niyatida qilingan buyruqdir. Bu amrdan maqsad qirib tashlash emas, balki haqiqatni yaxshilik bilan tushunmaganlarga bir oz taʼsir oʻtkazish ekanligi oyatning ikkinchi yarmidan ham bilinib turibdi.)

  6. 6

    وَإِنْ أَحَدٌۭ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ ٱسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّىٰ يَسْمَعَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُۥ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَعْلَمُونَ

    Agar mushriklardan birontasi panoh soʻrasa, unga panoh ber, toki u Allohning kalomini eshitsin. Soʻngra uni omonlik joyiga yetkazib qoʻy. Bu ularning bilmaydigan qavm boʻlganlari uchundir.

  7. 7

    كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعِندَ رَسُولِهِۦٓ إِلَّا ٱلَّذِينَ عَٰهَدتُّمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۖ فَمَا ٱسْتَقَٰمُوا۟ لَكُمْ فَٱسْتَقِيمُوا۟ لَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ

    Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd boʻlsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqim tursalar, siz ham mustaqim turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir. (Ahdu paymon ularning faqat bir toifasiga, yaʼni, musulmonlar bilan Masjidul Harom oldida, yaʼni, Hudaybiyada ahdlashgan mushriklargagina boʻlishi mumkin. Agar ular ahdlarida tursalar, musulmonlar ham ahdida turadi. Modomiki ular ahdlarida turgan ekan, musulmonlar ham vafoli boʻlishlari shart. Chunki Islom–ahdga vafo dinidir.)

  8. 8

    كَيْفَ وَإِن يَظْهَرُوا۟ عَلَيْكُمْ لَا يَرْقُبُوا۟ فِيكُمْ إِلًّۭا وَلَا ذِمَّةًۭ ۚ يُرْضُونَكُم بِأَفْوَٰهِهِمْ وَتَأْبَىٰ قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَٰسِقُونَ

    Qanday qilib (ularga ahd boʻlsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni ogʻizlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari koʻnmaydir. Ularning koʻplari fosiqlardir.

  9. 9

    ٱشْتَرَوْا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنًۭا قَلِيلًۭا فَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning yoʻlidan toʻsdilar. Darhaqiqat, ularning qilganlari qanday ham yomon boʻldi?! (Mushriklar hammaga barobar kelgan Allohning oyatlarini qabul qilmay, undan bu dunyoning ozgina bahosini ustun koʻrdilar. Din yoʻliga yursalar, dunyoning matohidan ajralib qolaman yoki kamroq ulush olaman, deb oʻylashdi. Shuningdek, bu dunyodagi molidan sadaqa berishdan choʻchishdi. Shularni oʻylab, odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsishdi.)

  10. 10

    لَا يَرْقُبُونَ فِى مُؤْمِنٍ إِلًّۭا وَلَا ذِمَّةًۭ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُعْتَدُونَ

    Ular moʻmin haqida na ahdga va na burchga rioya qilmaslar. Ana oʻshalar oʻzlari tajovuzkorlardir. (Ular boshqalarga nisbatan ahdga rioya qilishlari mumkin. Ammo moʻminga kelganda: «... na ahdga va na burchga rioya qilmaydilar».)

  11. 11

    فَإِن تَابُوا۟ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَإِخْوَٰنُكُمْ فِى ٱلدِّينِ ۗ وَنُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    Bas, agar tavba qilsalar, namozni toʻkis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilurmiz.

  12. 12

    وَإِن نَّكَثُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُم مِّنۢ بَعْدِ عَهْدِهِمْ وَطَعَنُوا۟ فِى دِينِكُمْ فَقَٰتِلُوٓا۟ أَئِمَّةَ ٱلْكُفْرِ ۙ إِنَّهُمْ لَآ أَيْمَٰنَ لَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَنتَهُونَ

    Agar, ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga taʼna toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yoʻqdir. Shoyadki, toʻxtasalar. (Ular oʻzlari rozi boʻlib ahdnoma tuzganlaridan soʻng, oʻzlari uni buzsalar, buning ustiga, sizning diningiz Islomga taʼna toshini otsalar, ular kufrboshi, kofirlarning boshligʻi–imomi boʻladilar. Ularga qarshi jang qilish lozim. Chunki ular ahdga vafo qilmaydigan odamlardir. Urush ularni yoʻqotish uchun emas, dushmanliklarini toʻxtatish uchundir.)

  13. 13

    أَلَا تُقَٰتِلُونَ قَوْمًۭا نَّكَثُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُمْ وَهَمُّوا۟ بِإِخْرَاجِ ٱلرَّسُولِ وَهُم بَدَءُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ أَتَخْشَوْنَهُمْ ۚ فَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَوْهُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi boʻlib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qoʻrqasizmi?! Agar moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingiz loyiq zot Allohdir!!! (Ushbu oyati karimada mushriklarga qarshi urushning baʼzi sabablari bayon qilinmoqda. Musulmonlar orasida ham, qavm bilan nima uchun urushamiz, degan savol tugʻilishi mumkin. Shunday savolga savol bilan javob berilmoqda.)

  14. 14

    قَٰتِلُوهُمْ يُعَذِّبْهُمُ ٱللَّهُ بِأَيْدِيكُمْ وَيُخْزِهِمْ وَيَنصُرْكُمْ عَلَيْهِمْ وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍۢ مُّؤْمِنِينَ

    Ularga qarshi jang qilinglar! Alloh ularni sizning qoʻlingiz bilan azoblaydir, xorlaydir va ularga qarshi sizga yordam beradir. Va moʻmin qavmlarning koʻngillariga shifo beradir.

  15. 15

    وَيُذْهِبْ غَيْظَ قُلُوبِهِمْ ۗ وَيَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Va qalblaridagi achchiqni ketkazadir. Alloh kimni xohlasa, oʻshaning tavbasini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir. (Yaʼni, muhimi sizlar jang qilaveringlar, bu yogʻini Allohning Oʻzi biladi. Alloh sizlarni qudratiga parda qila turib, qoʻllaringiz bilan mushriklarni azoblaydi, xorlaydi. Moʻminlarga nusrat, mushriklarga magʻlubiyat berish bilan avvalda mushriklar ozorlagan moʻminlarning koʻngillarini davolaydi. Islomga yordam berib, uni kufrdan ustun qilish bilan moʻminlarning qalbida yigʻilib qolgan achchiqlarni ketkazadi.)

  16. 16

    أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تُتْرَكُوا۟ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُوا۟ مِنكُمْ وَلَمْ يَتَّخِذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَا رَسُولِهِۦ وَلَا ٱلْمُؤْمِنِينَ وَلِيجَةًۭ ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va moʻminlardan oʻzgani doʻst tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qoʻyilmogʻingizni oʻyladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor zotdir. (Daʼvat qilib dinga qiziqtirilganda, odamlar koʻpchilikka qoʻshilaveradilar. Turli fikr, maqsad va gʻaraz bilan oʻzini musulmon koʻrsatishga hamma urinaveradi. Baʼzilar sirtdan oʻzini musulmon koʻrsatib, ichdan Allohdan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Moʻminlardan boshqani doʻst tutgan boʻlishi mumkin. Bunday kishilarning haqiqiy basharalarini ochish uchun soxtakorlar chiday olmaydigan qiyinroq ish taklif qilinadi. Jihod ana oʻsha ishlardan biridir. Jihodda haqiqiy moʻmin-musulmonlar boshqalardan ajralib chiqib qoladilar.)

  17. 17

    مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَن يَعْمُرُوا۟ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ شَٰهِدِينَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِم بِٱلْكُفْرِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ وَفِى ٱلنَّارِ هُمْ خَٰلِدُونَ

    Mushriklarga oʻzlarining kofir ekanliklariga guvoh boʻlgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana oʻshalar amallari habata boʻlganlardir va ular doʻzaxda abadiy qoluvchilardir.

  18. 18

    إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ فَعَسَىٰٓ أُو۟لَٰٓئِكَ أَن يَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ

    Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni toʻkis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qoʻrqmaganlargina obod qilarlar. Ajab emaski, ana oʻshalar hidoyat topguvchilardan boʻlsalar.

  19. 19

    ۞ أَجَعَلْتُمْ سِقَايَةَ ٱلْحَآجِّ وَعِمَارَةَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ كَمَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَجَٰهَدَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ لَا يَسْتَوُۥنَ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni, Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yoʻlida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. ( Makka mushriklari Masjidul Haromning va hajning xizmatlarini taqsimlab olishgan edi, ayniqsa, hojilarga suv berish alohida martaba hisoblanardi. Bu ishlardan mushriklar doimo faxrlanib yurishar edi. Hatto kishilar orasida bu haqda tortishuvlar ham boʻlib turardi. Oyatda bu ishning haqiqiy bahosi berilmoqda.)

  20. 20

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ أَعْظَمُ دَرَجَةً عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Iymon keltirib, hijrat qilganlar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jihod qilganlarning darajalari Allohning huzurida juda ulugʻdir. Ana oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.

  21. 21

    يُبَشِّرُهُمْ رَبُّهُم بِرَحْمَةٍۢ مِّنْهُ وَرِضْوَٰنٍۢ وَجَنَّٰتٍۢ لَّهُمْ فِيهَا نَعِيمٌۭ مُّقِيمٌ

    Robbilari ularga Oʻz tarafidan boʻlgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy neʼmatlar bor jannatlarning bashoratini beradi. (Yaʼni, iymon keltirib, hijrat qilib, mollari va jonlari bilan jihodga chiqqan bandalar, ana shunday yutuqlarga erishadilar.)

  22. 22

    خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌۭ

    Ular unda abadiy qoluvchilardir. Albatta, Alloh, huzurida ulugʻ ajr bor zotdir.

  23. 23

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوٓا۟ ءَابَآءَكُمْ وَإِخْوَٰنَكُمْ أَوْلِيَآءَ إِنِ ٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْكُفْرَ عَلَى ٱلْإِيمَٰنِ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun koʻrsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni doʻst tutmang. Sizdan kim ularni doʻst tutsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari zolimlardir. (Islom aqidasi uchun sof qalb kerak. Aqida toza qalbdan joy olishi uchun undan boshqa manfaatlar uzilishi lozim. Yaʼni, iymon, eʼtiqod, dinu diyonat masalasi hamma narsadan ustun qoʻyilmogʻi kerak. Hatto ota-ona va aka-uka kabi dunyodagi eng yaqin kishilar boshqa diyonatni tanlagan boʻlsalar, ularni ham doʻst tutib boʻlmaydi. Yaʼni, qalbdan yaxshi koʻrish mumkin emas. Ular bilan aloqa, muomalalar boʻlaveradi, ammo qalb faqat aqida uchun xolis qoladi. Kufrni ixtiyor etgan qarindoshlarni doʻst-valiy tutish shirkning bir koʻrinishidir. Shuning uchun bu ishni qilganlar oyatda zolimlar deb atalmoqdalar.)

  24. 24

    قُلْ إِن كَانَ ءَابَآؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ وَإِخْوَٰنُكُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ وَعَشِيرَتُكُمْ وَأَمْوَٰلٌ ٱقْتَرَفْتُمُوهَا وَتِجَٰرَةٌۭ تَخْشَوْنَ كَسَادَهَا وَمَسَٰكِنُ تَرْضَوْنَهَآ أَحَبَّ إِلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَجِهَادٍۢ فِى سَبِيلِهِۦ فَتَرَبَّصُوا۟ حَتَّىٰ يَأْتِىَ ٱللَّهُ بِأَمْرِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urugʻlaringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod boʻlishdan qoʻrqqan tijoratlaringiz va xush koʻrgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jihod qilishdan mahbubroq boʻlsa, u holda Alloh Oʻz amrini kelturguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas. (Oyati karimada inson uchun bu dunyoda eng qadrli sakkiz narsa eslatilib, ulardan ham mahbubroq narsa Alloh, Uning Rasuli va Uning yoʻlida jihod qilish boʻlmogʻi lozimligi uqtirilmoqda. Mazkur sakkiz narsaning hammasi yoki birortasi insonga Allohdan, Uning Rasulidan va Uning yoʻlida jihod qilishdan mahbub boʻlsa, unda u insonning iymoni nuqsonga uchraydi. Bu dunyoda ota-ona insonlar uchun juda qadrdon hisoblanadilar. Islom dini ularga yaxshilik qilishni, ularni hurmatlash va eʼzozlashni qattiq tayinlagan. Ammo shunday boʻlsa-da, ularning muhabbati Allohdan, Uning Rasulidan va jihoddan ustun boʻla olmaydi. Musulmon odam bu haqiqatni bilmogʻi lozim.)

  25. 25

    لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍۢ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًۭٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ

    Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. Soʻngra ortga qarab qochdingiz.

  26. 26

    ثُمَّ أَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَنزَلَ جُنُودًۭا لَّمْ تَرَوْهَا وَعَذَّبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Soʻngra Alloh sokinligini Paygʻambariga va moʻminlarga tushirdi hamda siz koʻrmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana oʻsha kofirlarning jazosidir.

  27. 27

    ثُمَّ يَتُوبُ ٱللَّهُ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Soʻngra oʻshandan keyin Alloh Oʻzi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir.

  28. 28

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْمُشْرِكُونَ نَجَسٌۭ فَلَا يَقْرَبُوا۟ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَٰذَا ۚ وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةًۭ فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦٓ إِن شَآءَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Ey iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yoʻq, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qoʻrqsangiz, tezda Alloh Oʻzi xohlasa, sizni fazli ila boy qilib qoʻyadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir. (Aqidalari buzuq mushriklar maʼnaviy jihatdan najas hisoblanadilar. Ushbu oyati karima hukmiga binoan ular Masjidul Haromga yaqin kelishlari mumkin emas. Oyatda «bu yillaridan» iborasi bilan toʻqqizinchi hijriy yili nazarda tutilgan. Oʻsha yili, yuqorida oʻrganganimizdek, Hazrati Abu Bakr amirliklarida haj boʻlgan va hazrati Ali bu oyatlarni hajga kelganlarga oʻqib, hukmini tushuntirganlar. Oʻsha yildan boshlab mushriklarning Masjidul Haromga kelishlari man qilingan. Buning uchun haram chegarasi belgi qilib olindi. Makkai Mukarramaning atrofidagi oʻsha chegaradan musulmon emaslarga ichkari kirishga ruxsat berilmaydigan boʻldi.)

  29. 29

    قَٰتِلُوا۟ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَلَا يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَلَا يَدِينُونَ دِينَ ٱلْحَقِّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ حَتَّىٰ يُعْطُوا۟ ٱلْجِزْيَةَ عَن يَدٍۢ وَهُمْ صَٰغِرُونَ

    Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular boʻyinsungan hollarida oʻz qoʻllari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling. (Jizya, gʻayridin kishining Islom himoyasi ostida yashashi, musulmonlar tomonidan taqdim etilgan ommaviy xizmatlardan foydalanishi va boshqa sabablar uchun Islom davlatiga toʻlab turiladigan mablagʻdir. Jizyani oʻz qoʻli bilan boʻyinsungan holda beradigan ahli kitoblarga qarshi musulmonlar urushmaydilar.)

  30. 30

    وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ عُزَيْرٌ ٱبْنُ ٱللَّهِ وَقَالَتِ ٱلنَّصَٰرَى ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ ٱللَّهِ ۖ ذَٰلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَٰهِهِمْ ۖ يُضَٰهِـُٔونَ قَوْلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَبْلُ ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۚ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Yahudiylar: «Uzayr Allohning oʻgʻlidir», dedilar. Nasorolar: «Masih Allohning oʻgʻlidir», dedilar. Bu ogʻizlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga oʻxshatadilar. Alloh ularni laʼnatlasin. Qayon burilmoqdalar?!

  31. 31

    ٱتَّخَذُوٓا۟ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَٰنَهُمْ أَرْبَابًۭا مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَمَآ أُمِرُوٓا۟ إِلَّا لِيَعْبُدُوٓا۟ إِلَٰهًۭا وَٰحِدًۭا ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan oʻzga ibodatga sazovar zot yoʻq. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir. (Adiy ibn Hotim Johiliyat davrida nasroniylik diniga kirgan ekan. Singlisi borib akasini Islomga targʻib qilibdi. Rasululloh (s. a. v.) huzurlariga borishga undabdi. U Madinaga borganida, boʻyniga kumushdan yasalgan xoch taqqan holida Rasulullohning (s. a. v.) huzurlariiga kiradi. Shunda u zot: «Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar», oyatini tilovat qilayotgan edilar. Adiy (r. a.) aytadilarki: «Men: «Ularga hech ibodat qilishgani yoʻq», dedim. U zot (s. a. v.): «Lekin ularga halolni harom qildilar va haromni halol qildilar, ular esa ergashdilar. Ana oʻsha ularga ibodat qilishdir», dedilar»)

  32. 32

    يُرِيدُونَ أَن يُطْفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَيَأْبَى ٱللَّهُ إِلَّآ أَن يُتِمَّ نُورَهُۥ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Ular Allohning nurini ogʻizlari bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, oʻz nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir. (Yaʼni, faqat oʻz nurining toʻkis boʻlishini istaydi.)

  33. 33

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ

    U garchi mushriklar yoqtimasa ham, Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan zotdir. (Alloh taolo Paygʻambari Muhammadni (s. a. v.) hidoyat va haq din bilan yuborgan. U dini Islomning dunyodagi barcha dinlardan ustun boʻlishini xohlaydi. Ahli kitoblar Allohnig bu xohishiga qarshi chiqadilar. Ular Islomning boshqa dinlardan ustunligini koʻra olmaydilar. Shuning uchun qoʻllaridan kelgan barcha yomonliklarni qiladilar.)

  34. 34

    ۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلْأَحْبَارِ وَٱلرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَٰطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۗ وَٱلَّذِينَ يَكْنِزُونَ ٱلذَّهَبَ وَٱلْفِضَّةَ وَلَا يُنفِقُونَهَا فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Ey iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning koʻplari odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yerlar va Allohning yoʻlidan toʻsarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yoʻlida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver. (Ahli kitoblarning hibr va rohiblari mol-dunyoga oʻchligi tarixda maʼlum va mashhurdir. Ular odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlar. Ushbu oyati karimada bu qabih ish ularning «koʻplariga» nisbat berilmoqda. Ozchiligi botil yoʻl bilan odamlarning molini yeyishga qiziqmaydi. Bu esa, voqeʼlikka toʻgʻri keladi. Bir vaqtlar hibr va rohiblar toʻplagan dunyolari podshoh va imperatorlarnikidan ham koʻpligi oshkor boʻlgan. Oyati karimada bayon qilinishicha, hibr va rohiblar faqat odamlarning mollarini botil yoʻl orqali yeyish bilan kifoyalanib qolishmaydi. Balki Allohning yoʻlidan toʻsadilar ham:)

  35. 35

    يَوْمَ يُحْمَىٰ عَلَيْهَا فِى نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَىٰ بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنُوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ ۖ هَٰذَا مَا كَنَزْتُمْ لِأَنفُسِكُمْ فَذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ

    Bir kuni oʻsha(oltin-kumush)larni jahannam oʻtida qizitiladi va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu oʻzingiz uchun toʻplagan narsangiz, bas, endi toʻplab yurgan narsangizni tatib koʻring!» deyilur.

  36. 36

    إِنَّ عِدَّةَ ٱلشُّهُورِ عِندَ ٱللَّهِ ٱثْنَا عَشَرَ شَهْرًۭا فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ يَوْمَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ مِنْهَآ أَرْبَعَةٌ حُرُمٌۭ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ ۚ فَلَا تَظْلِمُوا۟ فِيهِنَّ أَنفُسَكُمْ ۚ وَقَٰتِلُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ كَآفَّةًۭ كَمَا يُقَٰتِلُونَكُمْ كَآفَّةًۭ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ

    Albatta, Allohning huzurida oylarning soni, Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni oʻn ikki oy qilib belgilangan. Ulardan toʻrttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu toʻgʻri dindir. U (oy)larda oʻzingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam boʻlib, ular sizga qarshi jam boʻlib urushayotgandek urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. (Ushbu oyati karima oylarning hisobi, tabiiy ravishda, Alloh osmonlaru yerni yaratgan paytdayoq, ularning harakatiga bogʻliq qilinib oʻn ikki etib belgilanganligini bayon qilmoqda. Bu doimiy ravishda bir xil turadigan sobit hisobdir. Unda insonning hech dahli yoʻq. Inson faqat Alloh yaratgan narsalarga qarab, Alloh bergan aql bilan oylarni sanaydi, xolos.)

  37. 37

    إِنَّمَا ٱلنَّسِىٓءُ زِيَادَةٌۭ فِى ٱلْكُفْرِ ۖ يُضَلُّ بِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُحِلُّونَهُۥ عَامًۭا وَيُحَرِّمُونَهُۥ عَامًۭا لِّيُوَاطِـُٔوا۟ عِدَّةَ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ فَيُحِلُّوا۟ مَا حَرَّمَ ٱللَّهُ ۚ زُيِّنَ لَهُمْ سُوٓءُ أَعْمَٰلِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda boʻlishdan oʻzga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkizilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilarlar, bir yil harom qilarlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilarlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas. (Oyati karimadagi «nasiyu» lugʻatda ortga surish maʼnosini ifoda qiladi. Johiliyat ahlida urush harom qilingan oyning hukmini boshqa, keyin keladigan oyga surish odati urf boʻlgan edi. Yaʼni, arab mushriklari ham toʻrt oy harom oylar ekanligini aytar edilar. Oʻsha oylarda urush tamoman toʻxtar edi. Agar biror kishi shu oylarda otasini oʻldirgan odamni uchratib qolsa, unga tegmasdi. Ammo bordiyu urushni xohlab qolsalar, aslida harom boʻlgan oyning haromligini orqaga surib qoʻyib, urush qilaverar edilar. Misol uchun, Muharram harom oy, ammo shu oyda urush qilgilari kelib qolsa, bu yil uning haromligini Safar oyiga surdik, oʻsha oyda urush qilmaymiz, deb Muharramda urush qilishar edilar. Safarda esa, urush qilishmasdi. Yanagi yili aksincha boʻlardi. Ular bir yilda toʻrt oy urushmasak boʻldi-da, qaysi oyda boʻlishining nima farqi bor, degandek ish qilishar edi. Oyatda ularning bu tasarruflariga baho va sharh berilmoqda.)

  38. 38

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلْتُمْ إِلَى ٱلْأَرْضِ ۚ أَرَضِيتُم بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا مِنَ ٱلْءَاخِرَةِ ۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْءَاخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ

    Ey iymon keltirganlar! Sizga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida qoʻzgʻoling deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qoʻyib, hayoti dunyoga rozi boʻldingizmi? Oxirat oldida bu hayoti dunyo juda oz-ku?! (Bu oyati karima Tabuk urushiga ommaviy safarbarlik eʼlon qilingandan soʻng yuz bergan baʼzi holatlar tufayli nozil boʻlgan.)

  39. 39

    إِلَّا تَنفِرُوا۟ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا وَيَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْـًۭٔا ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Agar qoʻzgʻolmasangiz, U zot sizni alamli azob bilan azoblaydir. Oʻrningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir.

  40. 40

    إِلَّا تَنصُرُوهُ فَقَدْ نَصَرَهُ ٱللَّهُ إِذْ أَخْرَجَهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ثَانِىَ ٱثْنَيْنِ إِذْ هُمَا فِى ٱلْغَارِ إِذْ يَقُولُ لِصَٰحِبِهِۦ لَا تَحْزَنْ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَا ۖ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَيْهِ وَأَيَّدَهُۥ بِجُنُودٍۢ لَّمْ تَرَوْهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلسُّفْلَىٰ ۗ وَكَلِمَةُ ٱللَّهِ هِىَ ٱلْعُلْيَا ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

    Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri boʻlgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon gʻorda turganlarida, u sherigiga, xafa boʻlma, Alloh, albatta, biz bilan, dedi. Bas, Alloh uning ustidan Oʻz sokinligini nozil qildi va siz koʻrmagan lashkarlar bilan qoʻlladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, oʻzi yuqori. Alloh gʻolib va hikmatli zotdir. (Ey moʻminman deb yurganlar, agar siz bu safar Paygʻambarga yordam bermasangiz, hechqisi yoʻq, sizga yomon boʻladi. Alloh Oʻz Paygʻambariga yordam berishi turgan gap. Uni Makkada kofirlar oʻldirmoqchi boʻlib, gapni bir joyga qoʻyganlarida ham Alloh unga nusrat bergan. Alloh kofirlarning yomon niyatlarini unga bildirgan va unga chiqib ketishni amr qilgan. Paygʻambar (s. a. v.) Abu Bakr Siddiq bilan birga hijratga chiqqanlar. Mushriklar koʻp edilar, Alloh Paygʻambariga yordam bergan.)

  41. 41

    ٱنفِرُوا۟ خِفَافًۭا وَثِقَالًۭا وَجَٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham, qoʻzgʻolingiz va Allohning yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz ila jihod qilingiz. Agar bilsangiz, shu ishingiz oʻzingiz uchun yaxshidir. (Musulmon inson Allohning yoʻlida molini ham, jonini ham qurbon qilishga doim tayyor turmogʻi zarurdir. Ana shundagina oʻzlariga yaxshi qilgan boʻladilar. Muxlis musulmonlar bu oliy maʼnoni toʻliq tushungan paytlarida «yengil boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham», qoʻzgʻolganlar. Allohning yoʻlida mollarini va jonlarini fido qilganlar, vaʼda qilingan yaxshilikka erishganlar. Butun dunyoga yetakchi xalq boʻlganlar.)

  42. 42

    لَوْ كَانَ عَرَضًۭا قَرِيبًۭا وَسَفَرًۭا قَاصِدًۭا لَّٱتَّبَعُوكَ وَلَٰكِنۢ بَعُدَتْ عَلَيْهِمُ ٱلشُّقَّةُ ۚ وَسَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَوِ ٱسْتَطَعْنَا لَخَرَجْنَا مَعَكُمْ يُهْلِكُونَ أَنفُسَهُمْ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Agar oson manfaat va yaqin safar boʻlganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq koʻrindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir boʻlganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», derlar. Ular oʻzlarini halok qiladilar. Holbuki, Alloh ular yolgʻonchi ekanlarini, albatta, biladi. (Munofiqlar shaxsiy manfaatlarini koʻzlab, musulmonlar orasiga suqilib olgan kimsalar edi. Oʻzlarini sirtdan muxlis musulmon qilib koʻrsatishardi. Lekin Tabuk gʻazotiga umumiy safarbarlik eʼlon qilinishi bilan ularning sirlari fosh boʻlib qoldi.)

  43. 43

    عَفَا ٱللَّهُ عَنكَ لِمَ أَذِنتَ لَهُمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَتَعْلَمَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Alloh seni avf qildi. Nima uchun ularga to senga rostgoʻy boʻlganlar ravshan boʻlmay turib va yolgʻonchilarni bilmasingdan turib, izn berding? (Paygʻambar (s. a. v.) munofiqlardan baʼzilariga urushga bormaslikka izn berib qoʻygan edilar. Aslida, shoshilib ruxsat bergandan koʻra, kutib turganlarida yaxshi boʻlar edi. Chunki izn olganlarning kimligi bilinmay qoldi. Izn boʻlmaganda ham safarbarlikdan qolar edilar. Shunda ularning munofiqligi hammaga oshkor boʻlardi.)

  44. 44

    لَا يَسْتَـْٔذِنُكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ أَن يُجَٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلْمُتَّقِينَ

    Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar sendan mollari va jonlari bilan jihod qilishdan qolishga izn soʻramaydilar. Alloh taqvodorlarni bilguvchi zotdir.

  45. 45

    إِنَّمَا يَسْتَـْٔذِنُكَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَٱرْتَابَتْ قُلُوبُهُمْ فَهُمْ فِى رَيْبِهِمْ يَتَرَدَّدُونَ

    Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga toʻlganlargina sendan izn soʻrarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar.

  46. 46

    ۞ وَلَوْ أَرَادُوا۟ ٱلْخُرُوجَ لَأَعَدُّوا۟ لَهُۥ عُدَّةًۭ وَلَٰكِن كَرِهَ ٱللَّهُ ٱنۢبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ وَقِيلَ ٱقْعُدُوا۟ مَعَ ٱلْقَٰعِدِينَ

    Agar chiqishni xohlaganlarida, unga tayyorgarlik koʻrar edilar. Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi. Ularga, oʻtiruvchilar bilan oʻtiringlar, dedi. (Oʻsha iymonsiz munofiqlarda, aslida, jihodga chiqish niyati boʻlsa, avvaldan tayyorgarlik koʻrib qoʻygan boʻlar edilar. Safarbarlik eʼlon etilgandan soʻng turli bahonalar qilib, jihoddan qolishga izn soʻrab kelishlari, ularning jihodga chiqish niyatlari yoʻqligidandir.)

  47. 47

    لَوْ خَرَجُوا۟ فِيكُم مَّا زَادُوكُمْ إِلَّا خَبَالًۭا وَلَأَوْضَعُوا۟ خِلَٰلَكُمْ يَبْغُونَكُمُ ٱلْفِتْنَةَ وَفِيكُمْ سَمَّٰعُونَ لَهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ

    Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi zotdir.

  48. 48

    لَقَدِ ٱبْتَغَوُا۟ ٱلْفِتْنَةَ مِن قَبْلُ وَقَلَّبُوا۟ لَكَ ٱلْأُمُورَ حَتَّىٰ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَظَهَرَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَهُمْ كَٰرِهُونَ

    Batahqiq, bundan avval ham, ular yoqtirmasalar-da, haq kelib, Allohning ishi ustun boʻlgunicha, fitna qoʻzib, senga ishlarni agʻdar-toʻntar qilishar edi. (Yaʼni, munofiqlar avvaldan fitnachi boʻlib kelganlar. Ular Paygʻambarimiz (s. a. v.) Madinai Munavvaraga kelgan paytlarida ustma-ust fitna qoʻzgʻashgan. Doimo ishlarni ostin-ustin qilib buzib yurishgan. Toki Alloh imkon berib, dushmanlar ustidan gʻalaba qozonib, Islom kuch-quvvatga ega boʻlgandagina, qoʻrqqanlaridan bir oz boʻshashib qolishgan edi.)

  49. 49

    وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ ٱئْذَن لِّى وَلَا تَفْتِنِّىٓ ۚ أَلَا فِى ٱلْفِتْنَةِ سَقَطُوا۟ ۗ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ

    Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni oʻrab olguvchidir. (Ushbu oyati karimaning sababi nuzuli haqida Muhammad ibn Ishoq quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Rasululloh (s. a. v.) bir kuni jangga hozirlik koʻrib (Tabuk jangiga) Jadd ibn Qaysga: «Ey Jadd, Bani Asfarga (yaʼni, rumliklarga) qarshi kurashga tayyormisan?» dedilar. U boʻlsa: «Ey Allohning Rasuli, menga izn ber, meni fitnaga solma. Men Bani Asfar (sariqlar)ning xotinlarini koʻrsam, chiday olmayman, deb qoʻrqaman», dedi. Shunda Rasululloh (s. a. v.) undan yuz oʻgirdilar va: «Senga izn berdim», dedilar.)

  50. 50

    إِن تُصِبْكَ حَسَنَةٌۭ تَسُؤْهُمْ ۖ وَإِن تُصِبْكَ مُصِيبَةٌۭ يَقُولُوا۟ قَدْ أَخَذْنَآ أَمْرَنَا مِن قَبْلُ وَيَتَوَلَّوا۟ وَّهُمْ فَرِحُونَ

    Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir. Agar senga musibat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», deb xursand boʻlib yuz oʻgirib ketarlar. (Ahli Islomga yetgan yaxshilik munofiqlar uchun musibatdir. Ammo ahli Islomga musibat yetsa, munofiqlar xursand boʻladilar. Yaxshiyam ularga qoʻshilmaganimiz, ularning gapiga kirmay, ishning oldini olgan ekanmiz, sogʻ-salomat qoldik, deyishadi.)

  51. 51

    قُل لَّن يُصِيبَنَآ إِلَّا مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَىٰنَا ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Sen: «Bizga Alloh yozib qoʻygan narsadan oʻzgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Moʻminlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», deb ayt. (Yaʼni, bizga nima yetsa ham, Allohdan yetadi. Alloh taolo bizga nimani bitgan boʻlsa, oʻshani koʻramiz.)

  52. 52

    قُلْ هَلْ تَرَبَّصُونَ بِنَآ إِلَّآ إِحْدَى ٱلْحُسْنَيَيْنِ ۖ وَنَحْنُ نَتَرَبَّصُ بِكُمْ أَن يُصِيبَكُمُ ٱللَّهُ بِعَذَابٍۢ مِّنْ عِندِهِۦٓ أَوْ بِأَيْدِينَا ۖ فَتَرَبَّصُوٓا۟ إِنَّا مَعَكُم مُّتَرَبِّصُونَ

    Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni Oʻz huzurida boʻladigan yoki bizning qoʻlimizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», deb ayt. (Jihodga bormay qolgan munofiqlar jihodga ketgan musulmonlar uchun ikki narsadan birini kutadilar, xolos. Oʻsha ikki narsa ham musulmon uchun yaxshilikdir. Ulardan biri–musulmon insonning oliy maqsadi–Allohning yoʻlida jihod qilib shahid boʻlishdir. Ikkinchisi esa–urushda gʻolib kelishdir.)

  53. 53

    قُلْ أَنفِقُوا۟ طَوْعًا أَوْ كَرْهًۭا لَّن يُتَقَبَّلَ مِنكُمْ ۖ إِنَّكُمْ كُنتُمْ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Sen: «Xohlab yoki xohlamay nafaqa qilaveringlar. Sizdan zinhor qabul qilinmaydi. Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm boʻldingiz», deb ayt.

  54. 54

    وَمَا مَنَعَهُمْ أَن تُقْبَلَ مِنْهُمْ نَفَقَٰتُهُمْ إِلَّآ أَنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَبِرَسُولِهِۦ وَلَا يَأْتُونَ ٱلصَّلَوٰةَ إِلَّا وَهُمْ كُسَالَىٰ وَلَا يُنفِقُونَ إِلَّا وَهُمْ كَٰرِهُونَ

    Ularning nafaqalarining qabul etlishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir.

  55. 55

    فَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ

    Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishni xohlaydi, xolos.

  56. 56

    وَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنَّهُمْ لَمِنكُمْ وَمَا هُم مِّنكُمْ وَلَٰكِنَّهُمْ قَوْمٌۭ يَفْرَقُونَ

    Ular oʻzlari, albatta, sizdan ekanliklariga Alloh nomi ila qasam icharlar. Holbuki, ular sizdan emas. Lekin ular qoʻrqadigan qavmdirlar.

  57. 57

    لَوْ يَجِدُونَ مَلْجَـًٔا أَوْ مَغَٰرَٰتٍ أَوْ مُدَّخَلًۭا لَّوَلَّوْا۟ إِلَيْهِ وَهُمْ يَجْمَحُونَ

    Agar biror boshpanohmi, gʻormi yoki kirib oladigan joymi topsalar, shoshilib oʻsha tomonga yuzlanarlar. (Munofiqlarning munofiq boʻlishining asosiy sabablaridan biri ham ularning qoʻrqoqliklaridir. Ularga jon shirin tuyulib, hamma narsadan qoʻrqib, doimo oʻzlarini panaga olib yuradilar. Qayerdan panoh topsalar, oʻsha yerga joylashadilar. Boshpanoh berganga maʼqul toʻnni kiyadilar.)

  58. 58

    وَمِنْهُم مَّن يَلْمِزُكَ فِى ٱلصَّدَقَٰتِ فَإِنْ أُعْطُوا۟ مِنْهَا رَضُوا۟ وَإِن لَّمْ يُعْطَوْا۟ مِنْهَآ إِذَا هُمْ يَسْخَطُونَ

    Ulardan sadaqalar ishida senga ayb qoʻyadiganlari ham bor. Agar oʻsha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi boʻladilar. Agar berilmasa, koʻribsanki, gʻazablanadilar.

  59. 59

    وَلَوْ أَنَّهُمْ رَضُوا۟ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَقَالُوا۟ حَسْبُنَا ٱللَّهُ سَيُؤْتِينَا ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ وَرَسُولُهُۥٓ إِنَّآ إِلَى ٱللَّهِ رَٰغِبُونَ

    Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi boʻlganlarida va Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli Oʻz fazlidan beradi, albatta, biz Allohga ragʻbat qiluvchilarmiz, deganlarida, yaxshi boʻlardi.

  60. 60

    ۞ إِنَّمَا ٱلصَّدَقَٰتُ لِلْفُقَرَآءِ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱلْعَٰمِلِينَ عَلَيْهَا وَٱلْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِى ٱلرِّقَابِ وَٱلْغَٰرِمِينَ وَفِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ ۖ فَرِيضَةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, koʻngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yoʻliga va yoʻl oʻgʻlilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir. («Sadaqalar» deganda «zakot» nazarda tutilgandir. Demak, sadaqalarni har kim ham olavermaydi, balki Alloh taolo Oʻzi tayinlagan kishilargina oladilar. Boshqalarga zakot olish haromdir. «Koʻngillarini ulfat qilinadiganlar». Yaʼni, baʼzi kishilarning koʻngillarini Islomga moil qilish uchun ham zakotdan tushgan moldan beriladi. «qarzdorlarga»–turli sabablarga koʻra qarz boʻlib qolgan odamga uni uzish uchun yordam tariqasida zakotdan beriladi. «Allohning yoʻli»–eng avvalo, Allohning yoʻlida jihod qilayotganlarni, qolaversa, dinu diyonat, musulmonlar ommasi foydasi uchun boʻladigan ishlarni ichiga oladi. «yoʻl oʻgʻli»–yaʼni, safarda, vatanidan uzoqda ogʻir ijtimoiy holga tushib qolgan shaxs.)

  61. 61

    وَمِنْهُمُ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلنَّبِىَّ وَيَقُولُونَ هُوَ أُذُنٌۭ ۚ قُلْ أُذُنُ خَيْرٍۢ لَّكُمْ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَيُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِينَ وَرَحْمَةٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ رَسُولَ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Ulardan Paygʻambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. Sen: «U sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, moʻminlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», deb ayt. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) hamma bilan yaxshi muomalada boʻlardilar. Hammaning dardiga quloq osar edilar. Munofiqlar bu yuksak odob namunasidan ham egri xulosa chiqarib, mogʻor bosgan qalblari hiqdu hasadga toʻlib, fitna gap oʻylab chiqardilar. Paygʻambarimizga (s. a. v.) «quloq» deb laqab qoʻydilar.)

  62. 62

    يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ لِيُرْضُوكُمْ وَٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَحَقُّ أَن يُرْضُوهُ إِن كَانُوا۟ مُؤْمِنِينَ

    Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar. Agar moʻmin boʻlsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi.

  63. 63

    أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّهُۥ مَن يُحَادِدِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَأَنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدًۭا فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْخِزْىُ ٱلْعَظِيمُ

    Ular kimki Allohga va Uning Rasuliga xilof qilsa, albatta, unga jahannam otash boʻlib, unda abadiy qolishini. Ana shu katta or ekanligini bilmaydilarmi?!

  64. 64

    يَحْذَرُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ أَن تُنَزَّلَ عَلَيْهِمْ سُورَةٌۭ تُنَبِّئُهُم بِمَا فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلِ ٱسْتَهْزِءُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ مُخْرِجٌۭ مَّا تَحْذَرُونَ

    Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil boʻlishidan qoʻrqarlar. Sen: «Istehzo qilaveringlar, albatta, Alloh siz qoʻrqayotgan narsani chiqarguvchidir», deb ayt. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) zamonlarida yashagan munofiqlar har doim musulmonlar bilan birga yurganlaridan, nozil boʻlayotgan oyatlar va suralardan xabardor edilar. Ular baʼzi vaqtlarda sura nozil boʻlib, hech kim bilmaydigan yashirin ishlar ham fosh qilinayotganining jonli guvohi edilar. Oʻzlari munofiqlik qilib, yashirin gaplar aytib yoki dillarida Islomga, musulmonlarga qarshi oʻy-fikrlarni tugib yurishar edi. Ammo, biron sura nozil boʻlib, qalbimizdagi sirni ochib qoʻymasa edi, deb qoʻrqardilar ham.)

  65. 65

    وَلَئِن سَأَلْتَهُمْ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَنَلْعَبُ ۚ قُلْ أَبِٱللَّهِ وَءَايَٰتِهِۦ وَرَسُولِهِۦ كُنتُمْ تَسْتَهْزِءُونَ

    Agar ulardan soʻrasang, albatta: «Biz faqat oʻzimizcha gap qilib oʻynayotgan edik, xolos», derlar. Sen: «Allohni, Uning oyatlarini va Rasulini istehzo qilayotgan edingizmi?» deb ayt. (Yaʼni, agar munofiqlardan oʻsha istehzo qilib aytgan gaplari haqida soʻrasang, ular, biz hech narsa deganimiz yoʻq, faqat shunday oʻzimizcha gaplashdik, oʻynashdik, xolos, deydilar.)

  66. 66

    لَا تَعْتَذِرُوا۟ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ ۚ إِن نَّعْفُ عَن طَآئِفَةٍۢ مِّنكُمْ نُعَذِّبْ طَآئِفَةًۢ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

    Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani avf etsak, boshqa toifani jinoyatchi boʻlganlari uchun azoblaymiz. (Siz qilar ishni qilib qoʻyib, uzr aytishingizdan foyda yoʻq. Iymon keltirgandan soʻng, unda sobit turganingizda, boshqa gap edi. Ammo siz iymondan keyin kufr keltirib, munofiq boʻldingiz. Endi uzr aytmang. Bilmasdan, jaholat bilan sizga qoʻshilib qolgan toifani afv etsak ham, boshqalaringizni jinoyatchi boʻlganlaringiz uchun, albatta, azoblaymiz.)

  67. 67

    ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتُ بَعْضُهُم مِّنۢ بَعْضٍۢ ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمُنكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ ۚ نَسُوا۟ ٱللَّهَ فَنَسِيَهُمْ ۗ إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyurarlar, yaxshilikdan qaytararlar va qoʻllarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar–ular fosiqlardir. (Munofiqlar qayerda boʻlsalar ham, kimligidan qatʼi nazar, erkak-ayol boʻlsin, nima ish qilmasin, baribir munofiqdir. Hammalari ham bir goʻr. Chunki asllari bir. Koʻrsatadigan faoliyatlarining maʼnosi bir.)

  68. 68

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ هِىَ حَسْبُهُمْ ۚ وَلَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ مُّقِيمٌۭ

    Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini vaʼda qildi. Unda abadiy qolurlar. Oʻsha ular uchun yetarlidir. Hamda Alloh ularni laʼnatladi. Ularga doimiy azob bordir.

  69. 69

    كَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ كَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنكُمْ قُوَّةًۭ وَأَكْثَرَ أَمْوَٰلًۭا وَأَوْلَٰدًۭا فَٱسْتَمْتَعُوا۟ بِخَلَٰقِهِمْ فَٱسْتَمْتَعْتُم بِخَلَٰقِكُمْ كَمَا ٱسْتَمْتَعَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُم بِخَلَٰقِهِمْ وَخُضْتُمْ كَٱلَّذِى خَاضُوٓا۟ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Oʻzingizdan avvalgilarga oʻxshaysiz. Ular sizlardan koʻra quvvatliroq, molu dunyo va bola-chaqalari koʻproq edilar. Bas, oʻz nasibalari ila maza qildilar, oʻzingizdan oldingilar nasibalari ila maza qilganlaridek, siz ham oʻz nasibangiz ila maza qildingiz. Ular shungʻigandek, siz ham shungʻidingiz. Ana oʻshalarning amallari dunyoyu oxiratda habata boʻldi. Ana oʻshalar, oʻzlari ziyon koʻrguvchilardir.

  70. 70

    أَلَمْ يَأْتِهِمْ نَبَأُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَوْمِ نُوحٍۢ وَعَادٍۢ وَثَمُودَ وَقَوْمِ إِبْرَٰهِيمَ وَأَصْحَٰبِ مَدْيَنَ وَٱلْمُؤْتَفِكَٰتِ ۚ أَتَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Ularga oʻzlaridan oldin oʻtganlarning, Nuh, Od, Samud qavmining va Ibrohim qavmining, Madyan egalarining va toʻntarilgan(qishloq)larning xabari kelmadimi? Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Bas, Alloh ularga zulm qilmas edi. Lekin ular oʻzlariga zulm qilar edilar. (Kofir va munofiqlar Nuh qavmini toʻfon bosib halokatga uchratganini ham, Od qavmini qattiq oʻt shamol halok qilganini ham, Samud qavmini qattiq qichqiriq yakson etganini ham, Ibrohim alayhissalom oʻzi qutulib qolib, qavmlari qanday halok boʻlganini ham, Madyan egalarini zilzila olganlarini ham, Lut alayhissalomning qavmi qishloqlari qanday toʻntarilib, jinoyatkor aholisini bosib qolganini ham yaxshi bilishar edi. Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjat bilan kelganida, ularni yolgʻonchiga chiqarib, boshlariga oʻsha musibatlar tushganini ham yaxshi bilishardi. Shu qilmishlari bilan ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Boʻlmasa, Alloh ularga zulm qilmas edi.)

  71. 71

    وَٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍۢ ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَيُطِيعُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular yaxshilikka buyurarlar, yomonlikdan qaytararlar, namozni toʻkis ado etarlar, zakotni berarlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilarlar. Ana oʻshalarga Alloh tezda rahm qilur. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli zotdir. (Bu vasflar munofiqlar haqida kelgan vasfga tamoman zid ekanligi ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Munofiqlarning bir xil ekanliklari, ular doimo bir-birlariga oʻxshashlari taʼkidlangan boʻlsa, moʻminlarning oʻzaro doʻst-valiy ekanliklari aytilmoqda.)

  72. 72

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَمَسَٰكِنَ طَيِّبَةًۭ فِى جَنَّٰتِ عَدْنٍۢ ۚ وَرِضْوَٰنٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Alloh moʻmin er va moʻmina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa, eng ulugʻidir. Ana oʻsha ulkan yutuqdir. (Kofir va munofiqlarni jahannam kutib turgan boʻlsa, moʻmin va moʻminalarni ajoyib jannatlar kutib turibdi. Kofirlar va munofiqlar doʻzaxda abadiy azob cheksalar, moʻmin va moʻminalar jannatda abadiy maza qiladilar. Ularning doimiy istiqomat qiladigan jannatlarida pokiza maskanlar kutib turibdi. Lekin bu moʻmin va moʻminalarga berilgan mukofotning oxirgi darajasi emas. Ularga beriladigan mukofotning eng ulugʻi Allohning roziligidir. Bu mukofotning oldida jannatlar va ularning bitmas-tuganmas neʼmatlari ham hech gap boʻlmay qoladi.)

  73. 73

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Ey Paygʻambar, kofirlar va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga nisbatan qattiqqoʻl boʻl. Ularning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon qaytadigan joy. (Maʼlumki, Paygʻambarimiz (s. a. v.) avvalda munofiqlarga nisbatan juda ham kechirimli boʻlganlar. Ularning koʻpgina beodoblik va dushmanliklarini avf qilganlar. Hatto baʼzi sahobalar haddan oshib ketgan munofiqlarni oʻldirishga izn soʻraganlarida ham, qoʻy, odamlar, oʻz sheriklarini oʻldiryapti, demasin, deganlar. Ammo ushbu oyati karima endi yumshoq muomalalarning vaqti oʻtganini, endi munofiqlarga ham kofirlarga qilgandek muomala qilish vaqti kelganini bildirmoqda. Ularga qarshi jihod qilib, qattiqqoʻl boʻlish tayinlanmoqda. Ulamolarimiz Rasululloh (s. a. v.) munofiqlarga qarshi urush qilmaganlarini, ularni oʻldirmaganlarini alohida taʼkidlaydilar. Lekin shu oyatdan keyin muomala keskin oʻzgarib, ularga nisbatan qattiqqoʻl boʻlingan va kirdikorlari ayovsiz fosh etilgan.)

  74. 74

    يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ مَا قَالُوا۟ وَلَقَدْ قَالُوا۟ كَلِمَةَ ٱلْكُفْرِ وَكَفَرُوا۟ بَعْدَ إِسْلَٰمِهِمْ وَهَمُّوا۟ بِمَا لَمْ يَنَالُوا۟ ۚ وَمَا نَقَمُوٓا۟ إِلَّآ أَنْ أَغْنَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ مِن فَضْلِهِۦ ۚ فَإِن يَتُوبُوا۟ يَكُ خَيْرًۭا لَّهُمْ ۖ وَإِن يَتَوَلَّوْا۟ يُعَذِّبْهُمُ ٱللَّهُ عَذَابًا أَلِيمًۭا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَمَا لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ

    Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalarga qasd qildilar. Alloh va Uning Rasuli ularni Oʻz fazlidan boy qilib qoʻyganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, oʻzlariga yaxshi boʻladir. Gar yuz oʻgirib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga doʻst ham, yordamchi ham yoʻq. ( Paygʻambarimizning (s. a. v.) vaqtlarida munofiqlar bir necha bor kufr gaplarni aytganlaridan keyin tonib, aytganimiz yoʻq, deb qasam ichishgan. Oyati karimada oʻsha haqiqat taʼkidlanib, ular kufr gapni aytganlari va shu bilan musulmonlikdan chiqib qayta kofir boʻlganliklari bayon qilinmoqda. Oyatdagi «»yeta olmagan narsalarga qasd qildilar»dan murod Rasulullohni (s. a. v.) oʻldirmoqqa qasd qilganlari va maqsadlariga yeta olmaganlaridir.)

  75. 75

    ۞ وَمِنْهُم مَّنْ عَٰهَدَ ٱللَّهَ لَئِنْ ءَاتَىٰنَا مِن فَضْلِهِۦ لَنَصَّدَّقَنَّ وَلَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Ulardan: «Agar U zot Oʻz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan boʻlamiz», deb Allohga ahd beruvchilar bor.

  76. 76

    فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُم مِّن فَضْلِهِۦ بَخِلُوا۟ بِهِۦ وَتَوَلَّوا۟ وَّهُم مُّعْرِضُونَ

    U zot Oʻz fazlidan bergan chogʻda esa, baxillik qilib, yuz oʻgirib, orqaga qarab ketarlar.

  77. 77

    فَأَعْقَبَهُمْ نِفَاقًۭا فِى قُلُوبِهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ يَلْقَوْنَهُۥ بِمَآ أَخْلَفُوا۟ ٱللَّهَ مَا وَعَدُوهُ وَبِمَا كَانُوا۟ يَكْذِبُونَ

    Bas, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolgʻon gapirganlari uchun Unga roʻbaroʻ boʻladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qoʻydi.

  78. 78

    أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ

    Ular Alloh ularning sirlarini ham, yashirin gaplarini ham albatta bilishini va Alloh, albatta, gʻayblarni bilguvchi zot ekanini bilmasmidilar?

  79. 79

    ٱلَّذِينَ يَلْمِزُونَ ٱلْمُطَّوِّعِينَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ فِى ٱلصَّدَقَٰتِ وَٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ إِلَّا جُهْدَهُمْ فَيَسْخَرُونَ مِنْهُمْ ۙ سَخِرَ ٱللَّهُ مِنْهُمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

    Moʻminlardan koʻngilli boʻlib sadaqa qiluvchilarni va oʻz kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladi va ularga alamli azob boʻladir.

  80. 80

    ٱسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لَا تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِن تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةًۭ فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Ular uchun istigʻfor aytsang ham yoki istigʻfor aytmasang ham (baribir). Agar ular uchun yetmish marta istigʻfor aytsang ham, Alloh ularni zinhor magʻfirat qilmas. Bu ularning Alloh va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. (Munofiqlar surasidan maʼlumki, munofiqlarning gunohlarini magʻfirat qilishni soʻrab, ular uchun istigʻfor aytish taklif qilingan. Paygʻambarimiz (s. a. v.) bu ishga moil boʻlganlar. Oʻshanda ham shu maʼnodagi oyati karima nozil boʻlgan. Biz oʻrganayotgan oyati karimadan bilinib turibdiki, Tabuk gʻazoti asnosida munofiqlarning kirdikorlari ketma-ket fosh boʻlgandan keyin yana ular uchun istigʻfor aytish taklifi boʻlgan yoki holat shuni taqozo qilib qolgan. Alloh taolo Paygʻambari Muhammadga (s. a. v.) xitob qilib, munofiqlar uchun istigʻfor aytishlari va aytmasliklari baribir ekanligini, foydasi yoʻqligini bildirmoqda.)

  81. 81

    فَرِحَ ٱلْمُخَلَّفُونَ بِمَقْعَدِهِمْ خِلَٰفَ رَسُولِ ٱللَّهِ وَكَرِهُوٓا۟ أَن يُجَٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَالُوا۟ لَا تَنفِرُوا۟ فِى ٱلْحَرِّ ۗ قُلْ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرًّۭا ۚ لَّوْ كَانُوا۟ يَفْقَهُونَ

    Ular Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar oʻtirgan joylarida xursand boʻldilar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jihod qilishni yoqtirmadilar hamda «Issiqda qoʻzgʻolmanglar», dedilar. Sen: «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», deb ayt. (Yaʼni, ular odamlarni ham oʻzlariga oʻxshab safarbarlikdan qochishga chaqirdilar. Ular bu dunyoning arzimagan issigʻidan qochishmoqdayu, ammo oʻzlarini oxiratning ashaddiy issigʻiga duchor qilishmoqda.)

  82. 82

    فَلْيَضْحَكُوا۟ قَلِيلًۭا وَلْيَبْكُوا۟ كَثِيرًۭا جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Bas, qilgan kasblari tufayli oz kulib, koʻp yigʻlasinlar. (Ular bu dunyoda qancha koʻp kulsalar ham oz boʻladi, oxiratda koʻp yigʻlashlari turgan gap.)

  83. 83

    فَإِن رَّجَعَكَ ٱللَّهُ إِلَىٰ طَآئِفَةٍۢ مِّنْهُمْ فَٱسْتَـْٔذَنُوكَ لِلْخُرُوجِ فَقُل لَّن تَخْرُجُوا۟ مَعِىَ أَبَدًۭا وَلَن تُقَٰتِلُوا۟ مَعِىَ عَدُوًّا ۖ إِنَّكُمْ رَضِيتُم بِٱلْقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ فَٱقْعُدُوا۟ مَعَ ٱلْخَٰلِفِينَ

    Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn soʻrasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada oʻtirishga rozi boʻldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan oʻtiraveringlar», deb ayt.

  84. 84

    وَلَا تُصَلِّ عَلَىٰٓ أَحَدٍۢ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًۭا وَلَا تَقُمْ عَلَىٰ قَبْرِهِۦٓ ۖ إِنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ فَٰسِقُونَ

    Va hech qachon ulardan oʻlgan birortasiga ham (janoza) namoz oʻqima, qabri ustida turma. Chunki ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida oʻldilar. (Chunki, janoza namozini oʻqish, birovning qabri ustida turish oʻlgan uchun katta hurmat va eʼzozdir. Bu ulkan hurmat va eʼzozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emaslar.)

  85. 85

    وَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَأَوْلَٰدُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَٰفِرُونَ

    Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishni xohlaydi, xolos.

  86. 86

    وَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَجَٰهِدُوا۟ مَعَ رَسُولِهِ ٱسْتَـْٔذَنَكَ أُو۟لُوا۟ ٱلطَّوْلِ مِنْهُمْ وَقَالُوا۟ ذَرْنَا نَكُن مَّعَ ٱلْقَٰعِدِينَ

    «Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jihod qilinglar», deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zadagonlari: «Bizni tek qoʻy, oʻtiruvchilar bilan birga boʻlaylik», deb izn soʻrarlar.

  87. 87

    رَضُوا۟ بِأَن يَكُونُوا۟ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ

    Ular xotin-xalajlar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar va qalblariga muhr bosildi. Bas, ular anglamaslar. (Ular oʻzlari xohlab pastkashlik qildilar. Shu sababdan qalblariga muhr bosildi. Endi ular oʻz foydalarini anglamaydilar. Agar anglaganlarida jihoddan qochmas edilar.)

  88. 88

    لَٰكِنِ ٱلرَّسُولُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ جَٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْخَيْرَٰتُ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Lekin Paygʻambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jihod qildilar. Ana oʻshalarga, oʻzlariga yaxshiliklar boʻladir. Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir. (Bular munofiqlarga oʻxshab molu dunyoga berilib, uning ketib qolishidan qoʻrqib, baxillik qilmadilar. Topganlarini Allohning yoʻlidagi jihodga sarfladilar. Ular munofiqlarga oʻxshab jonlari shirin koʻrinib, qoʻrqib, urushdan qochib, xotin-xalaj orasiga kirib oʻtirib olmadilar. Ular Allohning roziligi uchun, Uning yoʻlida shahid boʻlishni orzu etib jihod qildilar. Shuning uchun ularga barcha yaxshiliklar beriladi. Shuning uchun ular najot topadilar.)

  89. 89

    أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Alloh ular uchun ostida anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Unda abadiy qolurlar. Ana shu buyuk yutuqdir.

  90. 90

    وَجَآءَ ٱلْمُعَذِّرُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ لِيُؤْذَنَ لَهُمْ وَقَعَدَ ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Aʼrobiylardan uzr aytuvchilar ularga izn berilishini soʻrab keldilar. Allohga va Rasuliga yolgʻon gapirganlar esa, oʻtirib qoldilar. Ulardan kofir boʻlganlarga alamli azob yetadir. (Arab tilida «aʼrobiy» deb sahroda istiqomat qiluvchi arablarga aytiladi. Ularning ichidan ham Tabuk urushiga bormay qolganlari bor edi.)

  91. 91

    لَّيْسَ عَلَى ٱلضُّعَفَآءِ وَلَا عَلَى ٱلْمَرْضَىٰ وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ مَا يُنفِقُونَ حَرَجٌ إِذَا نَصَحُوا۟ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ مَا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ مِن سَبِيلٍۢ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, nasihat qilsalar, gunoh yoʻq. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yoʻl yoʻq. Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir. (Urushga yaramaydigan zaifhol kishilar, bemorlar yoki urushga borish uchun kerak sarf-harajatlarni koʻtara olmaydigan odamlar urushga bormay qolsalar, ayb emas. Gunoh ham boʻlmaydi. Chunki Islom insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi.)

  92. 92

    وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ إِذَا مَآ أَتَوْكَ لِتَحْمِلَهُمْ قُلْتَ لَآ أَجِدُ مَآ أَحْمِلُكُمْ عَلَيْهِ تَوَلَّوا۟ وَّأَعْيُنُهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ حَزَنًا أَلَّا يَجِدُوا۟ مَا يُنفِقُونَ

    Yana senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda gʻamgin boʻlib, koʻzlaridan yoshlari toʻkilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yoʻq. (Bu toifadagilar oʻzlari sogʻ-salomat, baquvvat, urushga yaraydilar. Ragʻbatlari ham bor. Urushga borish uchun joʻnab yoʻlga ham chiqqanlar. Ammo Tabuk uzoq joy boʻlgani uchun minib oladigan ulov kerak. Ularning esa, ulovlari yoʻq. Shuning uchun Rasulullohning (s. a. v.) oldilariga ulov soʻrab kelishgan.)

  93. 93

    ۞ إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَسْتَـْٔذِنُونَكَ وَهُمْ أَغْنِيَآءُ ۚ رَضُوا۟ بِأَن يَكُونُوا۟ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Boy-badavlat boʻlib turib sendan izn soʻraydiganlarni ayblashga yoʻl bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar.

  94. 94

    يَعْتَذِرُونَ إِلَيْكُمْ إِذَا رَجَعْتُمْ إِلَيْهِمْ ۚ قُل لَّا تَعْتَذِرُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ لَكُمْ قَدْ نَبَّأَنَا ٱللَّهُ مِنْ أَخْبَارِكُمْ ۚ وَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytadilar. Sen: «Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz. Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi. Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni koʻradir, soʻngra gʻaybni va shahodatni bilguvchi zotga qaytarilursizlar. Bas, u sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», deb ayt.

  95. 95

    سَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ إِذَا ٱنقَلَبْتُمْ إِلَيْهِمْ لِتُعْرِضُوا۟ عَنْهُمْ ۖ فَأَعْرِضُوا۟ عَنْهُمْ ۖ إِنَّهُمْ رِجْسٌۭ ۖ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz oʻgiringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir. (Urushdan qochib, safarbarlikdan ortda qolgan oʻshalar faqat oddiy uzr aytish bilan kifoyalanmaydilar, balki uzrlari haqiqiy ekanligiga ishontirish uchun qasam ichadilar. Qasam ichganda Allohning nomini tilga oladilar. Lekin ularning qasamlariga ham ishonmaslik kerak ekan. Chunki pastkash munofiqning oʻz manfaati yoʻlida Alloh nomi ila yolgʻon qasam ichishi hech narsa emas.)

  96. 96

    يَحْلِفُونَ لَكُمْ لِتَرْضَوْا۟ عَنْهُمْ ۖ فَإِن تَرْضَوْا۟ عَنْهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَرْضَىٰ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Ular sizlar ulardan rozi boʻlishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi boʻlsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi boʻlmas. (Munofiqlar Allohning roziligini emas, balki bandaning roziligini olishga urinadilar. Munofiqlik shu asosga qurilgan.)

  97. 97

    ٱلْأَعْرَابُ أَشَدُّ كُفْرًۭا وَنِفَاقًۭا وَأَجْدَرُ أَلَّا يَعْلَمُوا۟ حُدُودَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Aʼrobiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh Oʻz Paygʻambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir. (Oyatda aʼrobiylarning asl tabiatlari vasf qilinmoqda. Ular oʻzlari yashab turgan muhitga moslashib qolganlar. Ular kufr va nifoqda ashaddiy boʻladilar. Aʼrobiylar shafqatsiz tabiiy sharoitda uzoq yashagani uchun koʻngli qattiq, qoʻpol tabiatli boʻlib qoladilar. Yana bunga oʻxshagan sabablar juda ham koʻp boʻlishi mumkin.)

  98. 98

    وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ مَغْرَمًۭا وَيَتَرَبَّصُ بِكُمُ ٱلدَّوَآئِرَ ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Aʼrobiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolar oʻzlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi zotdir. (Oyatda vasfi kelgan munofiqlar aʼrobiylardir. Ular musulmonlarga oʻzlarining siri ochilib qolishidan qoʻrqib, zakot berishga va jihod uchun baʼzi bir sarflarni qilishga majbur boʻladilar.)

  99. 99

    وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَيَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ قُرُبَٰتٍ عِندَ ٱللَّهِ وَصَلَوَٰتِ ٱلرَّسُولِ ۚ أَلَآ إِنَّهَا قُرْبَةٌۭ لَّهُمْ ۚ سَيُدْخِلُهُمُ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Aʼrobiylardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan hamda infoq qiladigan narsasini Allohga qurbat hosil qilish va Rasulning duosiga musharraf etish vositasi deb biladiganlari ham bor. Bilsinlarki, albatta, oʻsha narsalar ular uchun qurbatdir. Albatta, Alloh ularni oʻz rahmatiga kiritadi. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir. (Bu oyatda vasflari kelgan aʼrobiylar muxlis, moʻmin-musulmon aʼrobiylardir. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan saodatmand kishilardir.)

  100. 100

    وَٱلسَّٰبِقُونَ ٱلْأَوَّلُونَ مِنَ ٱلْمُهَٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ وَٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُم بِإِحْسَٰنٍۢ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى تَحْتَهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.

  101. 101

    وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ مُنَٰفِقُونَ ۖ وَمِنْ أَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ ۖ مَرَدُوا۟ عَلَى ٱلنِّفَاقِ لَا تَعْلَمُهُمْ ۖ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمٍۢ

    Atrofingizdagi aʼrobiylardan munofiqlar bor. Madina ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir. Sen ularni bilmassan, ularni Biz biuramiz. Albatta, ularni ikki marta azoblaymiz. Soʻngra ulkan azobga qaytarilurlar. (Ushbu oyati karimada aʼrobiylarning va ahli Madinaning alohida munofiqlari, siyqasi chiqqan munofiqlari haqida soʻz ketmoqda. Shu darajada siyqasi chiqqanki, ustaligidan, hatto Paygʻambarimiz (s. a. v.) ham ularning munofiq ekanliklarini bilmaydilar. Munofiqligini faqat Alloh taoloning oʻzigina biladi.)

  102. 102

    وَءَاخَرُونَ ٱعْتَرَفُوا۟ بِذُنُوبِهِمْ خَلَطُوا۟ عَمَلًۭا صَٰلِحًۭا وَءَاخَرَ سَيِّئًا عَسَى ٱللَّهُ أَن يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Boshqalar esa, gunohlarini eʼtirof qildilar; ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir. (Ushbu oyat tushishiga sabab boʻlganlar Tabuk urushiga bormay qolib, soʻngra oʻz ishlaridan afsus-nadomat qilib tavba etgan kishilardir. Ular gʻazotdan qolib juda yomon ish qilgan, ammo chin koʻngildan afsuslanishlari yaxshi ishdir. Endi bunday kishilarning ishlari Allohning oʻziga havola qilinadi.)

  103. 103

    خُذْ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ صَدَقَةًۭ تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِم بِهَا وَصَلِّ عَلَيْهِمْ ۖ إِنَّ صَلَوٰتَكَ سَكَنٌۭ لَّهُمْ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

    Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvi va bilguvchi zotdir.

  104. 104

    أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَأْخُذُ ٱلصَّدَقَٰتِ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ

    Ular, albatta, Alloh Oʻz bandalaridan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini va, albatta, Allohning Oʻzi tavbalarni koʻplab qabul qilguvchi va rahmli zot ekanini bilmaydilarmi?

  105. 105

    وَقُلِ ٱعْمَلُوا۟ فَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۖ وَسَتُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va moʻminlar amalingizni koʻrarlar. Va, albatta, gʻaybni va shahodatni bilguvchi zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradir»– deb ayt.

  106. 106

    وَءَاخَرُونَ مُرْجَوْنَ لِأَمْرِ ٱللَّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمْ وَإِمَّا يَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir. (Ulamolarimiz bu toifadagi odamlar mazkur oyat nozil boʻlgan paytda uch kishi, yaʼni, Hilol ibn Umayya, Kaʼb ibn Molik va Miror ibn ar-Robiyʼlar edi, deydilar. Ular munofiq emas, balki chin musulmon boʻlganlar, lekin xato qilib, Tabuk gʻazotiga bormay qolganlar. Soʻngra afsus-nadomat qilganlar-u, ammo Abu Luboba va uning sheriklariga qoʻshilib, oʻzlarini masjid ustuniga bogʻlamaganlar. Abu Luboba va uning sheriklarining tavbalari qabul qilindi, gunohlari kechirildi. Ammo bu uch kishining amri Allohning Oʻziga havola qilindi. Xohlasa, ularni azoblaydi, xohlasa, tavbalarini qabul qilib, gunohlarini kechiradi.)

  107. 107

    وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مَسْجِدًۭا ضِرَارًۭا وَكُفْرًۭا وَتَفْرِيقًۢا بَيْنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَإِرْصَادًۭا لِّمَنْ حَارَبَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ مِن قَبْلُ ۚ وَلَيَحْلِفُنَّ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّا ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Ziyon, kufr, moʻminlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi boʻlishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yoʻq, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolgʻonchilardir. (Mazkur munofiqlar qurgan masjiddan hech qanday foyda yoʻq edi. Chunki ular oʻz masjidlarini Muhammad (s. a. v.) birinchi boʻlib tiklagan Qubo masjidi yonida qurgan edilar. Shuning uchun bu masjid Masjidul Ziror–ziyon masjidi, deb nomlandi. Bu masjidning kufr uchun qurildi deyilishiga sabab munofiqlar uni oʻzlariga markaz qilib, kufr ishlarini rivoj toptirish maqsadida edilar. Oyati karima maʼlum shaxslar, maʼlum masjid sababli tushgan boʻlsa ham, uning maʼnosi umumiydir. Munofiq va kofirlar barcha joylarda va barcha zamonlarda Islomga ziyon yetkazish uchun, kufrni rivojlantirish uchun, moʻmin-musulmonlar orasiga tafriqa solish uchun, Alloh va Uning Rasuliga urush ochganlarga kuzatish joyi boʻlish uchun koʻplab Masjidul Zirorlar qurganlar. Bu holat dinsiz davlatlardagi masjid va diniy muassasalar misolida juda ham ravshan namoyon boʻlgan.)

  108. 108

    لَا تَقُمْ فِيهِ أَبَدًۭا ۚ لَّمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى ٱلتَّقْوَىٰ مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ ۚ فِيهِ رِجَالٌۭ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُطَّهِّرِينَ

    Sen u (masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevadir.

  109. 109

    أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَٰنَهُۥ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَٰنَهُۥ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍۢ فَٱنْهَارَ بِهِۦ فِى نَارِ جَهَنَّمَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Binosini Allohga boʻlgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib u bilan birga jahannam oʻtiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.

  110. 110

    لَا يَزَالُ بُنْيَٰنُهُمُ ٱلَّذِى بَنَوْا۟ رِيبَةًۭ فِى قُلُوبِهِمْ إِلَّآ أَن تَقَطَّعَ قُلُوبُهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladi. Magar qalblari qiymalanib ketsagina shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir.

  111. 111

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ ٱشْتَرَىٰ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَٰلَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلْجَنَّةَ ۚ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ ۖ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّۭا فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ وَٱلْقُرْءَانِ ۚ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِۦ مِنَ ٱللَّهِ ۚ فَٱسْتَبْشِرُوا۟ بِبَيْعِكُمُ ٱلَّذِى بَايَعْتُم بِهِۦ ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yoʻlida jang qiladilar, oʻldiradilar va oʻldiriladilar. Bu Tavrotda, Injilda va Qurʼonda Uning zimmasidagi haq vaʼdadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod boʻlavering. Ana shuning oʻzi ulkan yutuqdir. (Ushbu savdo aloqasida Alloh taolo xaridoru, moʻmin inson sotuvchi. Moʻmin-musulmon boʻlish bilan inson oʻz joni va molini Allohga sotadi. Alloh taolo esa moʻmin musulmon bandasiga joningni va molingni Mening yoʻlimga tiksang, Men buning evaziga jannatni beraman, deb sotib oladi. «Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat zvaziga sotib oldi», degani shu maʼnoni anglatadi. «Sotib oldi», yaʼni, savdo tugadi. Shuning uchun hech bir moʻmin-musulmon shaxs savdoni buzmaslikka, Allohga sotgan joni va molini berishga doim tayyor turmogʻi lozim.)

  112. 112

    ٱلتَّٰٓئِبُونَ ٱلْعَٰبِدُونَ ٱلْحَٰمِدُونَ ٱلسَّٰٓئِحُونَ ٱلرَّٰكِعُونَ ٱلسَّٰجِدُونَ ٱلْءَامِرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱلنَّاهُونَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱلْحَٰفِظُونَ لِحُدُودِ ٱللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, rukuʼ qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va moʻminlarga xushxabar ber! (Bu oyati karimada moʻmin kishining bir necha sifatlari zikr qilinmoqda, agar ularda bu sifatlar mavjud boʻlsa, moʻminlik sharafiga erishadilar va Paygʻambarimiz (s. a. v.) beradigan xushxabarga haqli boʻladilar.)

  113. 113

    مَا كَانَ لِلنَّبِىِّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن يَسْتَغْفِرُوا۟ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُوٓا۟ أُو۟لِى قُرْبَىٰ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Paygʻambar va moʻminlar uchun doʻzax egalari ekanligi ayon boʻlgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari boʻlsa ham, istigʻfor aytishlari durust emasdir. (Demak, Paygʻambargaki (s. a. v.) ruxsat yoʻq ekan, boshqalarga boʻlmasligi aniq gap. Moʻmin kishi uchun hamma narsadan iymoni afzal, shuning uchun u avvalo iymon, din qardoshlari ila aloqa va bogʻlanishlarni yoʻlga qoʻyadi. Qon-qardoshlik aloqasi esa bu joyda hech narsani hal qilmaydi.)

  114. 114

    وَمَا كَانَ ٱسْتِغْفَارُ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ إِلَّا عَن مَّوْعِدَةٍۢ وَعَدَهَآ إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥٓ أَنَّهُۥ عَدُوٌّۭ لِّلَّهِ تَبَرَّأَ مِنْهُ ۚ إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَأَوَّٰهٌ حَلِيمٌۭ

    Ibrohimning otasi uchun aytgan istigʻfori unga bergan vaʼdasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon boʻlganda undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarruʼli va haliymdir. (Yaʼni, otasi Ibrohim (a. s.) bilan tortishib, uni soʻkib, toshboʻron qilmoqchi boʻlganda haliym sifatli Ibrohim (a. s.): «Sening uchun Allohga istigʻfor aytaman», deb vaʼda bergan edi. Ana shu vaʼdaga vafo qilish uchun otasiga istigʻfor aytdi, xolos. Keyinchalik unga otasi Allohning dushmani ekanligi ayon boʻldi. Oʻshanda u otasidan voz kechdi.)

  115. 115

    وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًۢا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰهُمْ حَتَّىٰ يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

    Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan soʻng ularga saqlanishlari lozim boʻlgan narsani bayon qilmasdan turib zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi zotdir. (Yaʼni, iymon keltirib musulmon boʻlganlarga avvalo nima qilish kerakligi, nimalardan saqlanishlari lozimligi bayon qilinadi. Keyin ham nohaq ish qilsalar, notoʻgʻri yoʻlda yursalar, ana shundan soʻng Alloh ularga nisbatan chora koʻradi.)

  116. 116

    إِنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۚ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ

    Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U tiriltirur va oʻldirur. Sizlarga Allohdan boshqa doʻst ham yoʻq, yordamchi ham yoʻq.

  117. 117

    لَّقَد تَّابَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلنَّبِىِّ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ فِى سَاعَةِ ٱلْعُسْرَةِ مِنۢ بَعْدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقٍۢ مِّنْهُمْ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّهُۥ بِهِمْ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Batahqiq, Alloh Paygʻambarining, muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan baʼzilarining qalblari toyib ketay degandan soʻng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U zot ularga marhamatli va mehribondir. (Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimizning (s. a. v.) tavbalarini qabul qilgani xususida xabar bermoqda. Maʼlumki, Paygʻambarlar maʼsumdirlar. Ammo bu oyatda Paygʻambarimizning Allohdan tushgan vahiyga xilof qilganlari haqida gap ketayotgani yoʻq. Bu hol boʻlishi ham mumkin emas. Balki U zot (a. s.) ijtihod maʼnosida baʼzi bir kishilarga Tabuk gʻazotiga chiqmay qolishga izn bergan edilar. U zot (s. a. v.) bu bilan afzal ishni emas, undan pastrogʻini qilgan edilar. Afzali esa to rostgoʻylar yolgʻonchilardan ajralguncha kutib turish edi.)

  118. 118

    وَعَلَى ٱلثَّلَٰثَةِ ٱلَّذِينَ خُلِّفُوا۟ حَتَّىٰٓ إِذَا ضَاقَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ وَضَاقَتْ عَلَيْهِمْ أَنفُسُهُمْ وَظَنُّوٓا۟ أَن لَّا مَلْجَأَ مِنَ ٱللَّهِ إِلَّآ إِلَيْهِ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ لِيَتُوبُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ

    Va ortda qolgan uch kishiga ham. Ularga keng yer tor boʻlib, yuraklari siqilib, Allohdan qochib, oʻzgaga borib boʻlmasligiga ishonganlaridan soʻng tavba qilishlari uchun tavba eshigi ochildi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir. (Bu uch kishining qissasi hamma tarix kitoblarimizda, tafsir va hadis kitoblarimizda rivoyat qilingan. Mazkur uch kishi Kaʼb ibn Molik, Mirora ibn Robiʼ va Hilol ibn Umayya al-Voqifiylar munofiq emas, balki chin musulmon boʻlganlar, lekin xato qilib, Tabuk gʻazotiga bormay qolganlar.)

  119. 119

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَكُونُوا۟ مَعَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Ey iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga boʻlinglar.

  120. 120

    مَا كَانَ لِأَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ وَمَنْ حَوْلَهُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ أَن يَتَخَلَّفُوا۟ عَن رَّسُولِ ٱللَّهِ وَلَا يَرْغَبُوا۟ بِأَنفُسِهِمْ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ لَا يُصِيبُهُمْ ظَمَأٌۭ وَلَا نَصَبٌۭ وَلَا مَخْمَصَةٌۭ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا يَطَـُٔونَ مَوْطِئًۭا يَغِيظُ ٱلْكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنْ عَدُوٍّۢ نَّيْلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلٌۭ صَٰلِحٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Madina ahliga va ularning atrofidagi aʼrobiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va oʻz jonlarini koʻzlab uning joniga eʼtibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yoʻlida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning gʻazabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.

  121. 121

    وَلَا يُنفِقُونَ نَفَقَةًۭ صَغِيرَةًۭ وَلَا كَبِيرَةًۭ وَلَا يَقْطَعُونَ وَادِيًا إِلَّا كُتِبَ لَهُمْ لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Kichik yoki katta nafaqa qilsalar ham, biron vodiyni kesib oʻtsalar ham, albatta, ularga (solih amal) yoziladir. Alloh ularga qilgan eng goʻzal amallarining mukofotini beradir. (Yana hammayoq toʻla ajr-savob. Katta-kichik boʻlsin, nafaqa qilsalar bas. Unga ham ajr-savob beriladi. Dushman tomon biron vodiyni kesib oʻtsalar ham ajr-savob yoziladi. Yozilganda ham mujohidning umrida qilgan eng yaxshi amalining savobi yoziladi. Shunday boʻlib turgandan keyin nima uchun endi safarbarlikdan qochib, jihoddan ortda qolish kerak ekan?)

  122. 122

    ۞ وَمَا كَانَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُوا۟ كَآفَّةًۭ ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرْقَةٍۢ مِّنْهُمْ طَآئِفَةٌۭ لِّيَتَفَقَّهُوا۟ فِى ٱلدِّينِ وَلِيُنذِرُوا۟ قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوٓا۟ إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ

    Moʻminlarning hammalari (jangga) qoʻzgʻolishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʻlsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir boʻlsalar. (Ushbu oyati karimadagi moʻminlarning hammalari birdan jihodga chiqishlari lozim emasligi haqidagi maʼno, boshqa oyatlardagi hamma chiqishi lozimligi haqidagi maʼnolarga qarama-qarshi kelmaydi. Har bir oyatga maqomga qarab amal qilinadi. Baʼzi vaqtlar boʻladiki, hamma jihodga chiqishi taqazo qilinadi. Baʼzi vaqtlarda esa, hammaning chiqishi shart emas. Kerakli darajada chiqsa yetadi. Hamma narsa vaziyatga qarab, Islom jamiyati rahbarlari tomonidan aniqlanadi. Biz oʻrganayotgan bu oyatda hamma jihodga chiqishi lozim boʻlmagan holat haqida gap ketmoqda.)

  123. 123

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَٰتِلُوا۟ ٱلَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ ٱلْكُفَّارِ وَلْيَجِدُوا۟ فِيكُمْ غِلْظَةًۭ ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ

    Ey iymon keltirganlar, sizga yaqin boʻlgan kofirlarga qarshi jang qiling. Ular sizdagi shiddatni koʻrsinlar. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) va xulofai roshidinlar davrida ushbu oyati karimaga toʻliq amal etilgan. Islom yerlariga yaqin turgan kufr jamiyatlariga qarshi jihod qilingan. Bu tarixda maʼlum va mashhur haqiqatdir.)

  124. 124

    وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌۭ فَمِنْهُم مَّن يَقُولُ أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَٰذِهِۦٓ إِيمَٰنًۭا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَزَادَتْهُمْ إِيمَٰنًۭا وَهُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

    Biron sura nozil qilingan vaqtda ulardan: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram boʻldilar. (Qurʼoni Karimdan bir sura nozil boʻlishi juda katta hodisa boʻlgan. Ammo munofiqlar uchun bu ulkan hodisa istehzo va masxara uchun fursat hisoblanadi. Ular sirtdan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatish uchun urinadilar, ammo iymon va Islom taqazosidagi ishlar oʻrtaga chiqqanda oʻzlarini kim ekanliklarini fosh qilib qoʻyishadi. Ular nozil boʻlgan sura birovning iymonini ziyoda ham qiladimi, degan istehzoni boshqacha qilib aytadilar. Ha, Qurʼon, uning oyatlari moʻminlarning iymonini ziyoda qiladi. Ular oʻsha iymonlari va uning ziyodaligi tufayli ikki dunyoda shodu xurram boʻlurlar. Qalbi kasal munofiqlarga esa boshqacha taʼsir qiladi.)

  125. 125

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ فَزَادَتْهُمْ رِجْسًا إِلَىٰ رِجْسِهِمْ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كَٰفِرُونَ

    Ammo qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida oʻlarlar. (Albatta, qalblarida kasali borlardan murod munofiqlardir, «ifloslik»dan murod esa munofiqliklaridir.)

  126. 126

    أَوَلَا يَرَوْنَ أَنَّهُمْ يُفْتَنُونَ فِى كُلِّ عَامٍۢ مَّرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ ثُمَّ لَا يَتُوبُونَ وَلَا هُمْ يَذَّكَّرُونَ

    Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilayotganlariga qaramaydilarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar. (Har yili ularning hayotida bir yoki ikki marta sinovli ishlar, kasallikmi, boshqa musibatmi boʻlib oʻtadi. Aslida oʻsha hodisalar ularning koʻzini ochishi kerak. Lekin ular bu narsalarga ibrat koʻzi bilan qaramaydilar.)

  127. 127

    وَإِذَا مَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌۭ نَّظَرَ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ هَلْ يَرَىٰكُم مِّنْ أَحَدٍۢ ثُمَّ ٱنصَرَفُوا۟ ۚ صَرَفَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُم بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ

    Biron sura nozil boʻlgan vaqtda sizni birov koʻrmadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, soʻngra burilib ketadilar. Ular fahmlamaydigan qavm boʻlganlari uchun Alloh qalblarini burib qoʻydi.

  128. 128

    لَقَدْ جَآءَكُمْ رَسُولٌۭ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Batahqiq, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogʻir boʻlgan, sizning (saodatga yetishingizga) tashna, moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan Paygʻambar keldi. (Oyati karimada Paygʻambarimizning (s. a. v.) asosiy sifatlaridan bir nechasi zikr qilinmoqda. Dunyo tarixida U zotdek (s. a. v.) kishilarga marhamatli, mehribon inson boʻlgan emas. Bu ulkan haqiqatni Paygʻambarimiz (s. a. v.) siyratlari va hadislaridan bilib olamiz.)

  129. 129

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَهُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ

    Bas, yuz oʻgirib ketsalar, sen: «Menga Allohning Oʻzi yetarli. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq, Unga tavakkal qildim, U ulugʻ arshning Robbisidir», degin.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.