Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 10 · Makkiy · 109 Oyatlar

Sura Yunus

Yunus paygʻambar

سورة يونس
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْحَكِيمِ

    Alif. Lom. Ro. Bular hikmatli kitobning oyatlaridir.

  2. 2

    أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ رَجُلٍۢ مِّنْهُمْ أَنْ أَنذِرِ ٱلنَّاسَ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنَّ لَهُمْ قَدَمَ صِدْقٍ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ قَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌۭ مُّبِينٌ

    Odamlarga oʻzlaridan boʻlgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli boʻldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.

  3. 3

    إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۖ مَا مِن شَفِيعٍ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ إِذْنِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, soʻng arshni egallagan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi boʻlmas. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?! (Alloh taolo Oʻzining Robblik–tarbiyakunandalik sifati ila osmonlaru yerni olti kunda yaratgan. (Bu olti kunning haqiqatini–kayfiyatini Allohning Oʻzi biladi. Ammo bizning tushunchamizdagi «kun» maʼnosida emasligi maʼlum. Chunki bizning tushunchamizdagi «kun» osmonlaru yer yaratilgandan soʻng yerga munosib boʻlgan vaqt bilan chegaralanadi. Bu oyatdagi «kun» esa, osmonlaru yer yaratilishidan oldingi zamonga tegishli vaqtni anglatmoqda.)

  4. 4

    إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًۭا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ إِنَّهُۥ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ شَرَابٌۭ مِّنْ حَمِيمٍۢ وَعَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ

    Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) Oʻzi yaratadi. Soʻngra iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytarur. Kofir boʻlganlar esa, kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.

  5. 5

    هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلشَّمْسَ ضِيَآءًۭ وَٱلْقَمَرَ نُورًۭا وَقَدَّرَهُۥ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا۟ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ۚ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ يُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini oʻlchovli qilgan zotdir. Alloh oʻshani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladi. (Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga oʻrganib qolganidan koʻp ham eʼtibor bermaydi.)

  6. 6

    إِنَّ فِى ٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَّقُونَ

    Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (Kecha kirishi muqarrar lahzada kecha kiradi. Kunduz boʻlishi muqarrar lahzada kunduz boʻladi. Hech kim, hech qanday kuch bu jarayonga aralasha olmaydi. Hammasi Allohning irodasi va tadbiri ila roʻy beradi. Ammo bu ishlar tinimsiz takrorlanaverganidan inson bu jarayonga eʼtibor bermay qoʻygan.)

  7. 7

    إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا وَرَضُوا۟ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَٱطْمَأَنُّوا۟ بِهَا وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنْ ءَايَٰتِنَا غَٰفِلُونَ

    Albatta, Biz ila muloqot boʻlishini umid qilmaganlar va bu dunyo hayotidan rozi boʻlib, u bilan xotirjam qolganlar hamda oyatlarimizdan gʻofil boʻlganlar.

  8. 8

    أُو۟لَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Ana oʻshalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir.

  9. 9

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ يَهْدِيهِمْ رَبُّهُم بِإِيمَٰنِهِمْ ۖ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Albatta, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarni Robbilari iymonlari sababli hidoyatga boshlaydir. Naim jannatlarida ostlaridan anhorlar oqib turadir.

  10. 10

    دَعْوَىٰهُمْ فِيهَا سُبْحَٰنَكَ ٱللَّهُمَّ وَتَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَٰمٌۭ ۚ وَءَاخِرُ دَعْوَىٰهُمْ أَنِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    U yerdagi duolari: «Ey bor Xudoyo, seni poklab yod etamiz»dir. U yerda salomlashishlari «as-Salom»dir. Oxirgi duolari esa: «Olamlarning Robbi Allohga hamd boʻlsin»dir.

  11. 11

    ۞ وَلَوْ يُعَجِّلُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ ٱلشَّرَّ ٱسْتِعْجَالَهُم بِٱلْخَيْرِ لَقُضِىَ إِلَيْهِمْ أَجَلُهُمْ ۖ فَنَذَرُ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ

    Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan boʻlur edi. Bas, Biz ila muloqotda boʻlishdan umidi yoʻqlarni tugʻyonlarida tashlab qoʻyamiz, adashib-uloqib yuraveradilar. (Alloh taolo bandalariga yaxshilikni doim, tez, soʻrasa-soʻramasa berib keladi. Bu hayotda koʻrilayotgan haqiqat. Ammo yomonlikni soʻragan zahoti bermaydi. Chunki yomonlikni ham tezda bersa, hammalari halok boʻlib ketadilar. Alloh bandalarini buning uchun yaratmagan. Shu bois ham Paygʻambarimiz (s. a. v.) bir hadislarida nasihat qilib, kishilarni oʻzlariga qarshi, mollari va bolalariga qarshi duo etishdan qaytarganlar.)

  12. 12

    وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ٱلضُّرُّ دَعَانَا لِجَنۢبِهِۦٓ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَآئِمًۭا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُۥ مَرَّ كَأَن لَّمْ يَدْعُنَآ إِلَىٰ ضُرٍّۢ مَّسَّهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, oʻtirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi oʻziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib koʻrsatildi. (Inson ishi yurishib turganida, oʻzi sogʻ-salomat, tinch-omon va rohat-farogʻatda boʻlganida hech narsa bilan ishi yoʻq, bu dunyo hayotiga magʻrur boʻlib yuraveradi. Albatta, Alloh hidoyatga boshlagan moʻmin-musulmonlardan boshqalari. Ammo magʻrurlanib yurgan oʻsha insonning sogʻligʻigami, tinchligigami yoki rohatigami futur yetsa, boshiga musibat kelsa, darhol Alloh yodiga tushadi. Yonboshlagan, oʻtirgan yoki tik turgan holida, yaʼni, har qanday holatda Allohga yolborishni boshlaydi. Hatto, eng katta kofir, fosiqlar hayotida ham bunday voqealar roʻy berganiga tarixda misollar koʻp. Yana avvalgidek, bu dunyo hayotiga oʻzini uradi. Allohni unutadi. Oʻzining bandaligini unutadi. Bir kuni kelib, boshiga yana qayta musibat tushishi mumkinligini ham unutadi. Hech narsadan tap tortmay, ibrat olmay, oldingi holiga tushib qoladi.)

  13. 13

    وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ مِن قَبْلِكُمْ لَمَّا ظَلَمُوا۟ ۙ وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chogʻlarida va Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan boʻlganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz.

  14. 14

    ثُمَّ جَعَلْنَٰكُمْ خَلَٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ مِنۢ بَعْدِهِمْ لِنَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ

    Soʻngra qanday amal qilishingizga nazar solishimiz uchun ularning ortidan sizlarni yer yuzida oʻrinbosarlar qildik.

  15. 15

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَاتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ ۙ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا ٱئْتِ بِقُرْءَانٍ غَيْرِ هَٰذَآ أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أُبَدِّلَهُۥ مِن تِلْقَآئِ نَفْسِىٓ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot boʻlishdan umidi yoʻqlar: «Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men oʻzimcha uni almashtira olmayman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt. (Bu gapni oʻta ketgan johillargina aytishi mumkin. Ular vahiy nima ekanini bilishni ham xohlamaydilar. Uning kimdan chiqqanini ham, uning insoniyat uchun ahamiyatini ham bilmaydilar. Yaʼni, Qurʼonning oʻrniga boshqa narsa keltirib yoki uni almashtirib, Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ qiyomat kunining azobiga duchor boʻlishdan qoʻrqaman. Paygʻambar boʻlaturib u zot (s. a. v.) shunchalik qoʻrqsalar, Qurʼon oʻrniga boshqa dastur keltirayotgan va uning oyatlari yoki hukmlarini almashtirayotgan oddiy odamlarni nima desa boʻlar ekan?!)

  16. 16

    قُل لَّوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا تَلَوْتُهُۥ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَدْرَىٰكُم بِهِۦ ۖ فَقَدْ لَبِثْتُ فِيكُمْ عُمُرًۭا مِّن قَبْلِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas edim va U zot ham uni sizlarga oʻrgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib koʻrmaysizlarmi?» deb ayt.

  17. 17

    فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْمُجْرِمُونَ

    Allohga yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar.

  18. 18

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَٰٓؤُلَآءِ شُفَعَٰٓؤُنَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ أَتُنَبِّـُٔونَ ٱللَّهَ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Ular Allohni qoʻyib, oʻzlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilarlar va: «Ana oʻshalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar. Sen: «Allohga u osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt. Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak zotdir.

  19. 19

    وَمَا كَانَ ٱلنَّاسُ إِلَّآ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَٱخْتَلَفُوا۟ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Odamlar faqat bir ummat boʻlgan edilar. Soʻngra ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan soʻz boʻlmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan boʻlar edi. (Darhaqiqat, Odam atodan keyin hamma bir xil aqidada–tavhid aqidasida edi. Ammo vaqt oʻtishi bilan turli omillar taʼsirida baʼzi ixtiloflar kelib chiqdi. Ayrim odamlar tavhidni mahkam tutdilar. Boshqalari shirkka ketdilar.)

  20. 20

    وَيَقُولُونَ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ فَقُلْ إِنَّمَا ٱلْغَيْبُ لِلَّهِ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ

    Va ular: «Unga Robbidan oyat-moʻʼjiza tushsa edi», derlar. Bas, sen: «Gʻayb Allohnikidir. Intizor boʻlib turing, men ham siz ila intizor boʻluvchilardanman», deb ayt. (Mushriklarning odatlari shu: atroflaridagi son-sanoqsiz moʻʼjizalardan koʻz yumib, Paygʻambarning (s. a. v.) va u kishiga kelayotgan vahiyning haq ekanligini tasdiqlovchi alohida katta moddiy moʻʼjiza keltirishni talab qilishardi. Hazrati Muhammadning (s. a. v.) shariatlari oxirgi shariat boʻlganidan Alloh taolo mushriklarning matlubini ortga surishga ahd qilgan edi. Shu bois Paygʻambari Muhammadga (s. a. v.) mushriklarning bu bemaʼni talabiga: «Gʻayb Allohnikidir. Intizor boʻlib turing, men ham siz ila intizor boʻluvchilardanman», deb ayt», demoqda.)

  21. 21

    وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةًۭ مِّنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُمْ إِذَا لَهُم مَّكْرٌۭ فِىٓ ءَايَاتِنَا ۚ قُلِ ٱللَّهُ أَسْرَعُ مَكْرًا ۚ إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ

    Qachonki odamlarga ularga yetgan zarardan soʻng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr boʻlur. Sen: «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», deb ayt. (Odam bolasining ishi qiziq: boshiga musibat tushsa, Allohni eslaydi, Unga yolboradi, xalos qilishini soʻraydi. Musibat koʻtarilganida esa, hammasi yodidan chiqadi, tugʻyonga ketadi va yana gunoh ishlarga botadi. Ushbu holat oyati karimada: «Qachonki odamlarga ularga yetgan zarardan soʻng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr boʻlur», deb vasf qilinmoqda. Ojiz bandalar oʻzlaricha makr qilishga urinadilar. Ammo hamma narsani bilguvchi va har narsaga qodir Alloh ularning makrini darhol yoʻqqa chiqaradi. Buning ustiga, Allohning elchilari–farishtalar har bir makrni yozib turadi. Vaqti kelganda oʻsha yozuv makkorlar ziddiga hujjat boʻladi. Makkorlar ikki dunyoda ham makrlarining azobini tortadi.)

  22. 22

    هُوَ ٱلَّذِى يُسَيِّرُكُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا كُنتُمْ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَرَيْنَ بِهِم بِرِيحٍۢ طَيِّبَةٍۢ وَفَرِحُوا۟ بِهَا جَآءَتْهَا رِيحٌ عَاصِفٌۭ وَجَآءَهُمُ ٱلْمَوْجُ مِن كُلِّ مَكَانٍۢ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ أُحِيطَ بِهِمْ ۙ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ لَئِنْ أَنجَيْتَنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ

    U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan zotdir. Toki sizlar kemada boʻlganingizda va u(kemalar) yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand boʻlganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan toʻlqin kelur. Oʻzlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlamiz», deb duo qilurlar.

  23. 23

    فَلَمَّآ أَنجَىٰهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۗ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُم ۖ مَّتَٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, koʻribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat oʻz ziyoningizgadir. Bu hayoti dunyo matohi, xolos. Soʻngra Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz.

  24. 24

    إِنَّمَا مَثَلُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ ٱلنَّاسُ وَٱلْأَنْعَٰمُ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذَتِ ٱلْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَٱزَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَآ أَنَّهُمْ قَٰدِرُونَ عَلَيْهَآ أَتَىٰهَآ أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًۭا فَجَعَلْنَٰهَا حَصِيدًۭا كَأَن لَّمْ تَغْنَ بِٱلْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga oʻxshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlaganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb oʻylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qoʻyamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.

  25. 25

    وَٱللَّهُ يَدْعُوٓا۟ إِلَىٰ دَارِ ٱلسَّلَٰمِ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Alloh tinchlik diyoriga daʼvat qiladir va Oʻzi xohlaganlarni siroti mustaqimga hidoyat qiladir. (Alloh bandalarini ikki dunyoda ham saodatli boʻlishlarini xohlaydi. Ularni tinchlik diyorida, omonlikda, baxt-saodat va farogʻatda boʻlishga chaqiradi. Kimki Allohning chaqirigʻiga labbay deb javob bersa, uning aytganlarini qilsa, barcha yaxshiliklarga yetishadi. Toʻgʻri yoʻlda–siroti mustaqimda barqaror turadi. Doimo yaxshiliklarga sohib boʻladi.)

  26. 26

    ۞ لِّلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ ٱلْحُسْنَىٰ وَزِيَادَةٌۭ ۖ وَلَا يَرْهَقُ وُجُوهَهُمْ قَتَرٌۭ وَلَا ذِلَّةٌ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Goʻzal amal qilganlar uchun goʻzal savob va ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qarolik ham, xorlik ham qoplamas. Ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. (Allohga iymon keltirib, Uning chaqirigʻiga labbay deb javob berib, yaxshi amallarni qilib yashagan bandalar bu dunyoda goʻzal hayot kechiradilar. Oxiratda esa, bu dunyoda qilgan goʻzal amallari uchun savob oladilar, jannatga doxil boʻladilar.

  27. 27

    وَٱلَّذِينَ كَسَبُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ جَزَآءُ سَيِّئَةٍۭ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌۭ ۖ مَّا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنْ عَاصِمٍۢ ۖ كَأَنَّمَآ أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًۭا مِّنَ ٱلَّيْلِ مُظْلِمًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Yomonliklarni kasb qilganlarga esa yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur. Ularni xorlik qoplaydir. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham boʻlmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi boʻlur. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. Oldingi manzaraning tamoman aksi. Oyatda bu dunyoda goʻzal amallar emas, yomon amallar qilganlar vasf qilinayotir. Yomonliklari tufayli ular bu dunyoning oʻzida yomon hayot kechiradilar. Oxiratda esa, ularga: «»yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur».)

  28. 28

    وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ مَكَانَكُمْ أَنتُمْ وَشُرَكَآؤُكُمْ ۚ فَزَيَّلْنَا بَيْنَهُمْ ۖ وَقَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمْ إِيَّانَا تَعْبُدُونَ

    U kunda barchalarini toʻplaymiz. Soʻngra shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», deymiz. Bas, oralarini ajratamiz va sherik qilinmishlar: «Bizga ibodat etmagan edingiz.

  29. 29

    فَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ إِن كُنَّا عَنْ عِبَادَتِكُمْ لَغَٰفِلِينَ

    Biz bilan sizning orangizda shohidlikka Alloh kifoyadir. Biz, albatta, sizning ibodatingizdan gʻofil edik», derlar.

  30. 30

    هُنَالِكَ تَبْلُوا۟ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّآ أَسْلَفَتْ ۚ وَرُدُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Oʻsha yerda har bir jon oʻzi qilib oʻtgan ishdan soʻralur-xabardor boʻlur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda oʻzlaricha toʻqib chiqargan narsalari ulardan gʻoyib boʻladir.

  31. 31

    قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَمَن يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَمَن يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ ٱللَّهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ

    Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantirur? Yoki quloq va koʻzlaringizning egasi kim, tirikni oʻlikdan, oʻlikni tirikdan kim chiqarur? Ishning tadbirini kim qiladir?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt. (Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan davrdagi odamlar tushunchasi boʻyicha, oʻsib-harakatlanib turgan narsalar tirik, harakatsiz, oʻsmay turgan narsalar oʻlik hisoblanar edi. Ana shu tasavvurga binoan qadimgi tafsirchilarimiz «oʻlikdan tirikni chiqarish»ga tuxumdan qushni, urugʻdan oʻsimlikni, danakdan daraxtni chiqarishni va shunga oʻxshash holatlarni misol qilib keltirganlar. Yoki, aksincha, hamma hayvonlar tirik bola tugʻadi, qushlar esa, jonsiz tuxumni. Oʻsib yetilgan oʻsimlikdan jonsiz urugʻ chiqadi. Bularning hammasini kim qilmoqda? Albatta, Alloh!)

  32. 32

    فَذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعْدَ ٱلْحَقِّ إِلَّا ٱلضَّلَٰلُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ

    Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan soʻng nima boʻladir? Magar zalolat boʻladir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?

  33. 33

    كَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ فَسَقُوٓا۟ أَنَّهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Shunday qilib, fosiqlik qilganlarga Robbingning soʻzi haq boʻldi. Ular iymon keltirmaslar.

  34. 34

    قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ

    Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval-boshda yaratib, soʻngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval-boshda yaratib, soʻngra uni qaytaradir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt.

  35. 35

    قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَهْدِى لِلْحَقِّ ۗ أَفَمَن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ أَحَقُّ أَن يُتَّبَعَ أَمَّن لَّا يَهِدِّىٓ إِلَّآ أَن يُهْدَىٰ ۖ فَمَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ

    Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladi. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki oʻzi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima boʻldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.

  36. 36

    وَمَا يَتَّبِعُ أَكْثَرُهُمْ إِلَّا ظَنًّا ۚ إِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَفْعَلُونَ

    Ularning koʻplari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq oʻrnida hech narsa boʻla olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi zotdir. (Allohning yoʻlida yurmaganlarning koʻplari, balki hammalari gumon va taxminga ergashadilar. Ulardan, nima uchun bu ishni qilmoqdasan, nima uchun bu yoʻlga yurmoqdasan, deb soʻralsa, beradigan javoblari faqat gumondan iborat boʻladi. Qadimda butparastlar, ota-bobomiz shunday qilgan, biz ham qilmoqdamiz, deb javob berishgan. Hozirda ham falonchi aytgani uchun, pistonchi qilgani uchun, deyishadi.)

  37. 37

    وَمَا كَانَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ أَن يُفْتَرَىٰ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa tomonidan toʻqib chiqarilgan emas. Balki u oʻzidan oldingining tasdigʻi va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yoʻq. U olamlarning Robbisidandir.

  38. 38

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا۟ بِسُورَةٍۢ مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُوا۟ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Yoki oʻzi toʻqib olgan deydilarmi? Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, unga oʻxshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa kuchingiz yetganicha kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.

  39. 39

    بَلْ كَذَّبُوا۟ بِمَا لَمْ يُحِيطُوا۟ بِعِلْمِهِۦ وَلَمَّا يَأْتِهِمْ تَأْوِيلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Balki ular oʻzlari ilmini bilmagan narsani ularga uning taʼvili yetmay turib, yolgʻonga chiqarurlar. Ulardan oldingilar ham shunday yolgʻonga chiqargan edilar. Zolimlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.

  40. 40

    وَمِنْهُم مَّن يُؤْمِنُ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن لَّا يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِٱلْمُفْسِدِينَ

    Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzgʻunchilarni yaxshi bilguvchi zotdir.

  41. 41

    وَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل لِّى عَمَلِى وَلَكُمْ عَمَلُكُمْ ۖ أَنتُم بَرِيٓـُٔونَ مِمَّآ أَعْمَلُ وَأَنَا۠ بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تَعْمَلُونَ

    Agar ular seni yolgʻonchi qilsalar, sen: «Menga oʻz ishim, sizlarga oʻz ishingiz, sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt. (Ular shunchalik dalillarni koʻrib-bilib, haqiqatni anglab yetganlaridan keyin ham iymon keltirmasalar, seni yolgʻonchiga chiqarsalar, unda ular bilan orani ochiq qilishingdan boshqa chora qolmaydi. Ularga yoʻllar boshqa-boshqa ekanini bildirib: Shu bilan birga, orada hech bir aloqa qolmaganini ham taʼkidlash lozim.)

  42. 42

    وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُونَ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ وَلَوْ كَانُوا۟ لَا يَعْقِلُونَ

    Va ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Agar aql ishlatmasalar, karquloqlarga sen eshittira olurmisan?!

  43. 43

    وَمِنْهُم مَّن يَنظُرُ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَلَوْ كَانُوا۟ لَا يُبْصِرُونَ

    Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar oʻzlari (qalb koʻzlari ila) koʻrmasalar, koʻrlarni sen hidoyat qila olurmisan?!

  44. 44

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ ٱلنَّاسَ شَيْـًۭٔا وَلَٰكِنَّ ٱلنَّاسَ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, lekin odamlar oʻzlariga zulm qilurlar. (Ularning eng katta zulmlari Islom diniga yurmasliklaridir.)

  45. 45

    وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ كَأَن لَّمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةًۭ مِّنَ ٱلنَّهَارِ يَتَعَارَفُونَ بَيْنَهُمْ ۚ قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ

    Ularni toʻplaydigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga oʻxshab bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolgʻonga chiqarganlar va hidoyat topganlardan boʻlmaganlar ziyon qilurlar.

  46. 46

    وَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ ٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ

    Yoki senga ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini koʻrsatamiz, yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. Soʻngra nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.

  47. 47

    وَلِكُلِّ أُمَّةٍۢ رَّسُولٌۭ ۖ فَإِذَا جَآءَ رَسُولُهُمْ قُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Har ummatning oʻz Paygʻambari bordir. Qachonki ularga Paygʻambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.

  48. 48

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Ular: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladir?» derlar.

  49. 49

    قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَـْٔخِرُونَ سَاعَةًۭ ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ

    Sen: «Men oʻzim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu boʻladir). Har ummatning oʻz ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt. (Gapning xulosasi shu. Birovga zarar yoki foyda yetkazish faqat Allohning ishi. Agar Rasululloh (s. a. v.) oʻzlariga na zarar, na foyda yetkaza olmasalar, demak, oʻzgalarga ham yetkaza olmasliklari turgan gap. Lekin ular hadeb u zotdan vaʼda qilingan azob qachon kelishini soʻrayveradilar. Ajal kelgan soatning ayni oʻzida halok boʻladilar. Bunga oʻtgan ummatlar, xususan, Qurʼoni Karimda zikri kelgan ummatlar yorqin misoldir. Baʼzi ulamolarimiz, ummatlarning halokati faqat jismoniy boʻlishi shart emas, maʼnaviy halokat ham shunga kiradi, deydilar.)

  50. 50

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُهُۥ بَيَٰتًا أَوْ نَهَارًۭا مَّاذَا يَسْتَعْجِلُ مِنْهُ ٱلْمُجْرِمُونَ

    Sen: «Xabar bering-chi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar uning nimasiga shoshilmoqdalar?» deb ayt.

  51. 51

    أَثُمَّ إِذَا مَا وَقَعَ ءَامَنتُم بِهِۦٓ ۚ ءَآلْـَٰٔنَ وَقَدْ كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ

    U voqeʼ boʻlganidan soʻng unga ishondingizmi? Endi-ya?! Uni tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?! (Azobning tushishi muqarrar. Qachon boʻlsa ham, baribir tushadi. Ana oʻsha vaqtda mushrik va kofirlarga yuqoridagi soʻzlar aytiladi.)

  52. 52

    ثُمَّ قِيلَ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ

    Zulm qilganlarga: «Mangu azobni tortinglar. Faqat kasb qilganingizga yarasha jazo olursizlar, xolos», deyilur. (Ular bu dunyoda qilgan zulmlari–Allohga iymon keltirmaganlari uchun qilmishlariga yarasha jazo oladilar, doʻzaxda mangu qoladilar.)

  53. 53

    ۞ وَيَسْتَنۢبِـُٔونَكَ أَحَقٌّ هُوَ ۖ قُلْ إِى وَرَبِّىٓ إِنَّهُۥ لَحَقٌّۭ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ

    Ular sendan: «U haqmi?» deb soʻrarlar. Sen: «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt.

  54. 54

    وَلَوْ أَنَّ لِكُلِّ نَفْسٍۢ ظَلَمَتْ مَا فِى ٱلْأَرْضِ لَٱفْتَدَتْ بِهِۦ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsayu uni fido qilsa ham. Azobni koʻrganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular oʻrtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.

  55. 55

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Ogoh boʻling! Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh boʻling! Allohning vaʼdasi, albatta, haqdir. Lekin koʻplari bilmaslar.

  56. 56

    هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    U tiriltiradir va oʻldiradir va Ungagina qaytarilursizlar.

  57. 57

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَتْكُم مَّوْعِظَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَشِفَآءٌۭ لِّمَا فِى ٱلصُّدُورِ وَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ

    Ey odamlar! Sizga oʻz Robbingizdan mavʼiza, koʻksingizdagi narsaga shifo, moʻminlarga hidoyat va rahmat keldi. (Ey odamlar! Qurʼonni yolgʻon demang! Qurʼonni falonchi toʻqigan, demang! Uning toʻgʻrisida shubha qilmang. U qalbingizdagi ruhiy, maʼnaviy dardlaringizning barchasiga shifo boʻlib keldi. Kim Qurʼonga iymon keltirib, musulmon boʻlsa, u oʻsha odamni hidoyatga boshlaydi, Allohning rahmatiga erishtiradi.)

  58. 58

    قُلْ بِفَضْلِ ٱللَّهِ وَبِرَحْمَتِهِۦ فَبِذَٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا۟ هُوَ خَيْرٌۭ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

    Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand boʻlsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt. (Bir ummatga ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi ilohiy kitob berilishi oʻsha millatga Allohning fazli va marhamatidir. Bu millat ushbu oyatga amal qilib, qancha xursand boʻlsa, arziydi. Alloh taoloning fazli va marhamati boʻlmish Qurʼoni Karimga iymon keltirib, uni oʻziga dastur qilib olgan zotlar oʻsha eng ulugʻ fazl va rahmatga erishgan kishilar sifatida qanchalik xursand boʻlsalar, shunchalik oz. Qurʼonga erishish dunyodagi boshqa hamma narsalarni jamlab, oʻshalarga ega boʻlishdan koʻra yaxshiroqdir.)

  59. 59

    قُلْ أَرَءَيْتُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ لَكُم مِّن رِّزْقٍۢ فَجَعَلْتُم مِّنْهُ حَرَامًۭا وَحَلَٰلًۭا قُلْ ءَآللَّهُ أَذِنَ لَكُمْ ۖ أَمْ عَلَى ٱللَّهِ تَفْتَرُونَ

    Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyapsizmi?» deb ayt.

  60. 60

    وَمَا ظَنُّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin koʻplari shukr qilmaslar.

  61. 61

    وَمَا تَكُونُ فِى شَأْنٍۢ وَمَا تَتْلُوا۟ مِنْهُ مِن قُرْءَانٍۢ وَلَا تَعْمَلُونَ مِنْ عَمَلٍ إِلَّا كُنَّا عَلَيْكُمْ شُهُودًا إِذْ تُفِيضُونَ فِيهِ ۚ وَمَا يَعْزُبُ عَن رَّبِّكَ مِن مِّثْقَالِ ذَرَّةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَآ أَصْغَرَ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرَ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍ

    Qaysi holda boʻlsang, Qurʼondan nimani tilovat etsang, ishlardan qay birini qilsang, albatta, biz oʻshanga kirishayotgan paytinglarda sizlarga guvohmiz. Na yer yuzida va na osmonlarda zarra miqdoridagi, undan kichikroq yoki kattaroq narsa Robbingdan maxfiy boʻla olmas, balki ochiq-oydin kitobdadir. (Alloh nafaqat koʻradi yoki biladi, balki unga guvoh boʻladi va ochiq-oydin kitobga yozib ham qoʻyadi. Shunday boʻlgandan keyin, dunyoda eng katta gunohni qilganlarning–Alloh taologagina xos boʻlgan haqqa tajovuz etib, uning shaʼniga yolgʻon toʻqib, bergan rizqining baʼzisini harom, baʼzisini halol deganlarning gunohi maxfiy boʻlib qolarmidi? Alloh guvoh boʻlib turibdi, ochiq-oydin kitobga yozilib turibdi, degan eʼtiqod bilan yashab, Allohga ixlos ila eʼtiqod va bandalik qilganlarning biror amali zoye boʻlarmidi? Albatta, yoʻq. Hammasi hisobga olinadi va mukofoti beriladi.)

  62. 62

    أَلَآ إِنَّ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    Ogoh boʻlingkim, Allohning doʻstlariga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.

  63. 63

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ

    Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir. (Demak, Allohning doʻsti boʻlish juda ham oson ekan. Buning uchun avvalo, U zotga iymon keltirish; ikkinchidan esa, taqvodor boʻlish, yaʼni, Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash lozim ekan. Kimning iymonida zarracha xato boʻlsa yoki Allohning koʻrsatmalari asosida emas, oʻzganing yoʻlida hayot kechirsa yoxud oʻzi oʻziga yoʻllanma tuzib olsa, u odam Allohga doʻst boʻlish baxtidan mahrumdir.)

  64. 64

    لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ ۚ لَا تَبْدِيلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning soʻzlarini oʻzgartirish yoʻq. Ana oʻsha ulugʻ yutuqdir. (Allohning doʻstlariga ikki dunyo saodatining xushxabari bor. Ular iymonlari va taqvolari tufayli, Allohning inoyati ila, avvalo, bu dunyoda saodatli hayot kechiradilar. Oxiratda esa, xuddi shu iymonlari va taqvolari sababli jannatga doxil boʻladilar. Mazkur xushxabar Allohning soʻzlaridir. Hozirda baʼzi musulmon jamiyatlar oʻsha ulugʻ yutuqqa bu dunyo hayotida erisha olmayotgan boʻlsalar, bu narsa Allohning kalimalari oʻzgarganiga emas, balki iymon va taqvoda kamchilik borligiga yoki iymon va taqvoning umuman yoʻqligiga dalildir.)

  65. 65

    وَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا ۚ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Ularning gapi seni xafa qilmasin. Azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi zotdir.

  66. 66

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَمَا يَتَّبِعُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُرَكَآءَ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

    Ogoh boʻlingkim, osmonlarda kim boʻlsa va yer yuzida kim boʻlsa, albatta, Allohnikidir. Allohdan oʻzga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashadilar? Ular faqat gumonga ergashadilar, xolos. Ular faqat taxmin qiladilar, xolos.

  67. 67

    هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَسْمَعُونَ

    U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va koʻrsatuvchi etib kunduzni qilgan zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat-alomatlar bordir.

  68. 68

    قَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًۭا ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ۖ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنْ عِندَكُم مِّن سُلْطَٰنٍۭ بِهَٰذَآ ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    Ular: «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yoʻq-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi? (Odatda inson qay hollarda farzand tutadi? Farzandsizligim bilinmasin; menga yordam boʻlsin; koʻnglimni koʻtarib tursinn va hokazo hojatlarni koʻzlab farzand tutadi. Ajabo, Alloh subhanahu va taolo shu kabi ishlarga muhtojmi? Unga nisbatan bunaqa sifat berish durustmi? Yoʻq, albatta.)

  69. 69

    قُلْ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ

    Sen: «Albatta Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiganlar najot topmaslar», deb ayt.

  70. 70

    مَتَٰعٌۭ فِى ٱلدُّنْيَا ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ ٱلْعَذَابَ ٱلشَّدِيدَ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ

    Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor. Soʻngra Biz ularga, kufr keltirib oʻtganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.

  71. 71

    ۞ وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ نُوحٍ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُم مَّقَامِى وَتَذْكِيرِى بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَعَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْتُ فَأَجْمِعُوٓا۟ أَمْرَكُمْ وَشُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُنْ أَمْرُكُمْ عَلَيْكُمْ غُمَّةًۭ ثُمَّ ٱقْضُوٓا۟ إِلَىَّ وَلَا تُنظِرُونِ

    Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u oʻz qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻir kelayotgan boʻlsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda oʻz ishingizni bilaveringlar. Yana ishlaringiz oʻzingiz uchun noaniq boʻlib qolmasin. Soʻngra menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.

  72. 72

    فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَمَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Bas, agar yuz oʻgirsangiz, men sizlardan ajr soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqatgina Allohdan. Va men musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman», dedi. (Ey Muhammad, oʻz vaqtida Nuh (a. s.) ham senga oʻxshab qavmiga Paygʻambar boʻlib kelgan edi. Sen bilan qavming oʻrtasidagi holat ularning ham boshidan kechgan. Sening qavming ichidan ham Nuh qavmidagiga oʻxshash sarkashlar chiqdi. Ular Allohning qudratiga dalolat qiluvchi turli oyat-belgilardan oʻrnak olmayaptilar.)

  73. 73

    فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَعَلْنَٰهُمْ خَلَٰٓئِفَ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ

    Soʻngra uni yolgʻonchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga boʻlganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.

  74. 74

    ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ بِمَا كَذَّبُوا۟ بِهِۦ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ نَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْمُعْتَدِينَ

    Soʻngra undan keyin Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u(qavm)lar oldin yolgʻonga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi boʻlmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz. (Ey siz insonlar, ushbu oyatlar bilan tanishayotganlar! Sizlar ham oʻsha qavmlarga oʻxshab avval-boshdan Paygʻambarni, Qurʼonni yolgʻonga chiqarib, tajovuzkorlik etmang. Agar shunday qiladigan boʻlsangiz, oʻshalarga oʻxshab qalbingizga muhr bosilishi, oqibatda halokatga uchrashingiz turgan gap. Mana, quyida qissasi keladigan qavm ham xuddi shunday taqdirga duch kelgan edi.)

  75. 75

    ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ وَهَٰرُونَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ بِـَٔايَٰتِنَا فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًۭا مُّجْرِمِينَ

    Soʻngra ulardan keyin Muso va Horunni Firʼavn va uning qavmiga Oʻz oyat-moʻʼjizalarimiz ila yubordik. Bas, ular kibru havo qildilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.

  76. 76

    فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوٓا۟ إِنَّ هَٰذَا لَسِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Bizning huzurimizdan ularga haq kelgan paytda: «Bu, albatta, ochiq-oydin sehrdir», dedilar.

  77. 77

    قَالَ مُوسَىٰٓ أَتَقُولُونَ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَكُمْ ۖ أَسِحْرٌ هَٰذَا وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّٰحِرُونَ

    Muso: «Sizga haq kelganda (shunday) deysizlarmi?! Shu sehrmi?! Sehrgarlar najot topmaslar», dedi.

  78. 78

    قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَلْفِتَنَا عَمَّا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَا وَتَكُونَ لَكُمَا ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا نَحْنُ لَكُمَا بِمُؤْمِنِينَ

    Ular: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun va ikkovingizga yer yuzida kattalik boʻlishi uchun keldingmi? Biz ikkovingizga iymon keltiruvchilardan emasmiz», dedilar. (Ular ilm-maʼrifat asosida emas, qalblaridagi avvaldan oʻrnashib qolgan dard tufayli Alloh tomonidan kelgan dinni inkor qilayotgan ekanlar. Bu faqat Firʼavn va uning qavmigagina emas, balki Allohning diniga yurishni xohlamagan har bir togʻut va uning qavmiga xos xususiyatdir.)

  79. 79

    وَقَالَ فِرْعَوْنُ ٱئْتُونِى بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمٍۢ

    Firʼavn: «Menga barcha bilimdon sehrgarni keltiringlar», dedi.

  80. 80

    فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُوا۟ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ

    Sehrgarlar kelganida, Muso ularga: «Sizlar tashlamoqchi boʻlgan narsangizni tashlangiz», dedi.

  81. 81

    فَلَمَّآ أَلْقَوْا۟ قَالَ مُوسَىٰ مَا جِئْتُم بِهِ ٱلسِّحْرُ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ سَيُبْطِلُهُۥٓ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُصْلِحُ عَمَلَ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Ular tashlaganlarida, Muso: «Siz keltirgan narsa sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzgʻunchilarning ishini oʻnglamas.

  82. 82

    وَيُحِقُّ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ

    Va Alloh Oʻz kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni roʻyobga chiqarur», dedi. (Kissaning tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu surada esa, siyoqiga mos ravishda baʼzi holatlar bayon qilinmoqda. Chunki Alloh tomonidan berilgan moʻʼjizaga sohib boʻlgan Paygʻambar sehrni osonlikcha bilishi ajablanarlik emas. U kishi qalbi Allohga iymon ila toʻla, oʻz ishining haqligiga, boshqalarning ishi botilligiga ishonchi komil zotdirlar. Darhaqiqat, shunday boʻldi ham. Allohning «Boʻl!» degan kalimasi ila har narsa boʻlishi turgan gap. Sehrgarlarning sehri botil boʻldi. Alloh haqni roʻyobga chiqardi.)

  83. 83

    فَمَآ ءَامَنَ لِمُوسَىٰٓ إِلَّا ذُرِّيَّةٌۭ مِّن قَوْمِهِۦ عَلَىٰ خَوْفٍۢ مِّن فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِمْ أَن يَفْتِنَهُمْ ۚ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْمُسْرِفِينَ

    Musoga oʻz qavmidan baʼzi zurriyotlargina Firʼavn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qoʻrqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi.

  84. 84

    وَقَالَ مُوسَىٰ يَٰقَوْمِ إِن كُنتُمْ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُوٓا۟ إِن كُنتُم مُّسْلِمِينَ

    Muso: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan boʻlsangiz, agar musulmon boʻlsangiz, faqat Ungagina tavakkal qiling», dedi.

  85. 85

    فَقَالُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةًۭ لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Ular: «Allohgagina tavakkal qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qoʻyma.

  86. 86

    وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Va Oʻz rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin», dedilar. (Arabchada «fitna» soʻzi sinov maʼnosini anglatadi. Jumladan, temirni oʻtga solib sinab koʻrishni ham fitna deyishadi. Shuningdek, fitna soʻzi «aldov» va «adashuv» maʼnosini ham anglatadi. Ushbu oyatda esa, moʻminlar Allohdan zolim qavmlarni ular ustidan gʻolib qilib qoʻymaslikni soʻrashmoqda. Chunki bu ish fitnaga sabab boʻlishi mumkin. Moʻminlar, ularning ishlari toʻgʻri ekan-da, boʻlmasa nima uchun bizga gʻolib kelishadi, degan xayolga borishlari mumkin. Bu esa, katta fitnadir. Aslida, Alloh kofirlarni bildirmay olish uchun avval ularga zohiran gʻalaba berib ham turishi mumkin. Ammo bu moʻminlar guruhi shuni ham xohlamayaptilar.)

  87. 87

    وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰ وَأَخِيهِ أَن تَبَوَّءَا لِقَوْمِكُمَا بِمِصْرَ بُيُوتًۭا وَٱجْعَلُوا۟ بُيُوتَكُمْ قِبْلَةًۭ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Biz Musoga va uning birodariga: «Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang, uylaringizni qibla qilib, namozni toʻkis ado etinglar va moʻminlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik.

  88. 88

    وَقَالَ مُوسَىٰ رَبَّنَآ إِنَّكَ ءَاتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلَأَهُۥ زِينَةًۭ وَأَمْوَٰلًۭا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّوا۟ عَن سَبِيلِكَ ۖ رَبَّنَا ٱطْمِسْ عَلَىٰٓ أَمْوَٰلِهِمْ وَٱشْدُدْ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُوا۟ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ

    Muso: «Ey Robbimiz, Sen Firʼavnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yoʻq qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni koʻrmagunlaricha iymonga kelmasinlar», dedi.

  89. 89

    قَالَ قَدْ أُجِيبَت دَّعْوَتُكُمَا فَٱسْتَقِيمَا وَلَا تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ

    U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul boʻldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yoʻliga ergashmanglar», dedi.

  90. 90

    ۞ وَجَٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُۥ بَغْيًۭا وَعَدْوًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَدْرَكَهُ ٱلْغَرَقُ قَالَ ءَامَنتُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱلَّذِىٓ ءَامَنَتْ بِهِۦ بَنُوٓا۟ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَنَا۠ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Va Bani Isroilni dengizdan oʻtkazdik. Bas, Firʼavn va uning askarlari haddan oshgan va tugʻyon qilgan holda ularni taʼqib etdilar. Toki unga gʻarq boʻlish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan zotdan oʻzga iloh yoʻqligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi.

  91. 91

    ءَآلْـَٰٔنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنتَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Endimi! Oldin isyon qilgan va buzgʻunchilardan boʻlgan eding-ku?!

  92. 92

    فَٱلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ ءَايَةًۭ ۚ وَإِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلنَّاسِ عَنْ ءَايَٰتِنَا لَغَٰفِلُونَ

    Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin. Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar. (Sogʻlik-salomatlik, kuch-quvvat, molu mulk, hukm, mansab va boshqa imkoniyatlar borida qilarini qilib yurgan har qanday odam ham oʻlimiga koʻzi yetib qolganida Xudoni eslaydi. Lekin buning foydasi yoʻq. Bu haqiqat oʻsha toifadagi kishilarga ularning eng koʻzga koʻringan vakili Firʼavn misolida tushuntirilmoqda. Joyingni emas. Joningni olamiz. Boshqalar kabi oʻlasan. Chunki sen ham oddiy-ojiz bandasan. Ammo jasadingni qutqaramiz. Baliqlar ham yemaydi. Suvga oqib ham yoʻq boʻlmaydi. Boshqa sabab bilan ham yoʻq boʻlib ketmaydi. «Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin». Shunchalar mulkka ega boʻlsang ham, qancha katta daʼvolar qilgan boʻlsang ham, askarlaring shuncha koʻp boʻlsa ham, baribir Allohning azobidan qutula olmaganingni koʻrib ibrat olsinlar. «Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar».)

  93. 93

    وَلَقَدْ بَوَّأْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مُبَوَّأَ صِدْقٍۢ وَرَزَقْنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ فَمَا ٱخْتَلَفُوا۟ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to oʻzlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida Oʻzi hukm chiqaradir.

  94. 94

    فَإِن كُنتَ فِى شَكٍّۢ مِّمَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ فَسْـَٔلِ ٱلَّذِينَ يَقْرَءُونَ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكَ ۚ لَقَدْ جَآءَكَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ

    Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda boʻlsang, sendan oldin kitobni oʻqiganlardan soʻra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan boʻlma.

  95. 95

    وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَتَكُونَ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Zinhor Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqaruvchilardan boʻlma, u holda ziyonkorlardan boʻlib qolasan.

  96. 96

    إِنَّ ٱلَّذِينَ حَقَّتْ عَلَيْهِمْ كَلِمَتُ رَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ

    Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib boʻlganlar iymonga kelmaslar.

  97. 97

    وَلَوْ جَآءَتْهُمْ كُلُّ ءَايَةٍ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ

    Agar ularga hamma oyat-moʻʼjizalar kelsa ham, to alamli azobni koʻrmagunlaricha.

  98. 98

    فَلَوْلَا كَانَتْ قَرْيَةٌ ءَامَنَتْ فَنَفَعَهَآ إِيمَٰنُهَآ إِلَّا قَوْمَ يُونُسَ لَمَّآ ءَامَنُوا۟ كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ ٱلْخِزْىِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَتَّعْنَٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍۢ

    Qani endi biron qishloq iymon keltirganda unga iymoni manfaat bersa edi. Faqat Yunus qavmi iymon keltirganlarida ulardan hayoti dunyodagi xorlik azobini kushoyish qildik va ularni maʼlum vaqtgacha foydalantirdik. (Oyatning maʼnosidan koʻrinib turibdiki, Yunusning (a. s.) qavmiga hayoti dunyoning xorlik azobi tahdid solib qolganda barchalari birdan iymonga kelganlar. Ana shunda Alloh taolo ularning boshidan bu azobni koʻtargan va iymonlari sharofati bilan maʼlum muddatgacha faravon turmush ila manfaatlantirgan. Demak, qoida shu: qaysi qishloq kofir boʻlsa, xorlik azobiga duchor boʻlaveradi, qaysi qishloq iymon keltirsa, undan xorlik azobi kushoyish qilinib, iymoni tufayli manfaatlar topaveradi.)

  99. 99

    وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَءَامَنَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ ٱلنَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ

    Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni moʻmin boʻlishga majburlaysanmi?

  100. 100

    وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَيَجْعَلُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ

    Allohning iznisiz hech bir jon moʻmin boʻla olmas. U aql yurgizmaydiganlarga oʻta ifloslikni ravo koʻrur. (Yaʼni, har bir inson iymonga erishish uchun Alloh izn etgan yoʻldan yurishi kerak. U koʻrsatgan amallarni qilishi kerak. Misol uchun, Alloh bergan aqlni ishlatib, atrofdagi oyat-dalillarni tushunib yetib, iymonga yuzlanishi kerak. Aqlni ishlatmasa, oʻziga ibrat olmasa, ishi rasvo boʻladi. Notoʻgʻri yoʻlga yurib, zalolatga ketadi.)

  101. 101

    قُلِ ٱنظُرُوا۟ مَاذَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَا تُغْنِى ٱلْءَايَٰتُ وَٱلنُّذُرُ عَن قَوْمٍۢ لَّا يُؤْمِنُونَ

    Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-moʻʼjizalar va qoʻrqituvlar foyda bermas», deb ayt.

  102. 102

    فَهَلْ يَنتَظِرُونَ إِلَّا مِثْلَ أَيَّامِ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِهِمْ ۚ قُلْ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ

    Ular faqat oʻzlaridan oldin oʻtganlarning kunlariga oʻxshash kunlarga intizor boʻlmoqdalarmi? Sen: «Bas, intizor boʻlinglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor boʻlguvchilardanman», deb ayt.

  103. 103

    ثُمَّ نُنَجِّى رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ حَقًّا عَلَيْنَا نُنجِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Soʻngra Paygʻambarlarimizga va iymon keltirganlarga najot beramiz. Shunday qilib, moʻminlarga najot bermogʻimiz zimmamizdagi burchdir. (Oxir-oqibatda moʻminlarning najot topishi haqdir. Bu vazifani Alloh taolo Oʻziga burch qilib olgandir. Bu haqiqatni moʻmin-musulmonlar, ayniqsa, daʼvatchilar juda yaxshi anglab yetmoqlari lozim.)

  104. 104

    قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى شَكٍّۢ مِّن دِينِى فَلَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِنْ أَعْبُدُ ٱللَّهَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُمْ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Sen: «Ey odamlar, agar mening dinimda shak-shubhangiz boʻlsa, bas, (bilingki) men sizlar ibodat qilayotgan–Allohdan oʻzga narsalarga ibodat qilmayman. Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilaman va moʻminlardan boʻlmogʻimga amr qilinganman», deb ayt.

  105. 105

    وَأَنْ أَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًۭا وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Yuzingni dinga toʻgʻri tut. Mushriklardan boʻlma.

  106. 106

    وَلَا تَدْعُ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكَ وَلَا يَضُرُّكَ ۖ فَإِن فَعَلْتَ فَإِنَّكَ إِذًۭا مِّنَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Allohdan oʻzga–senga manfaat ham, zarar ham bermaydigan–narsaga iltijo qilma. Bas, agar shunday qilsang, unda sen zolimlardan boʻlasan. (Oʻzini bilmagan zolim odamlar Allohni qoʻyib, but-sanamlar va boshqa narsalarga iltijo etib, manfaat topmoqchi yoki zararni qaytarmoqchi boʻladilar. Sen, ey Paygʻambar, ularga oʻxshama, Allohdan oʻzga hech kimga, hech narsaga iltijo etma.)

  107. 107

    وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّۢ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍۢ فَلَا رَآدَّ لِفَضْلِهِۦ ۚ يُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan oʻzga oʻshanga kushoyish beruvchi yoʻqdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yoʻqdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazadi. U magʻfirat qilguvchi va rahmli zotdir.

  108. 108

    قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍۢ

    Sen: «Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, oʻzi uchun hidoyat topadi. Kim zalolatga ketsa, oʻz zarariga zalolat topadi. Men sizlarning ustingizdan qoʻriqchi emasman», deb ayt.

  109. 109

    وَٱتَّبِعْ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَٱصْبِرْ حَتَّىٰ يَحْكُمَ ٱللَّهُ ۚ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ

    Va senga vahiy qilingan narsaga ergash va Alloh hukm qilguncha sabr qil. U hukm qilguvchilarning yaxshisidir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.