Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 11 · Makkiy · 123 Oyatlar

Sura Hud

Hud paygʻambar

سورة هود
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓر ۚ كِتَٰبٌ أُحْكِمَتْ ءَايَٰتُهُۥ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ

    Alif. Lom. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, soʻngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal qilingandir.

  2. 2

    أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۚ إِنَّنِى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌۭ وَبَشِيرٌۭ

    Allohdan oʻzgaga ibodat qilmasligingiz uchundir. Albatta, men sizlarga Undan kelgan ogohlantiruvchi va xushxabarchiman.

  3. 3

    وَأَنِ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُم مَّتَٰعًا حَسَنًا إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِى فَضْلٍۢ فَضْلَهُۥ ۖ وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍۢ كَبِيرٍ

    Robbingizga istigʻfor aytinglar, soʻngra Unga tavba qilinglar. (Shunda) U sizlarni maʼlum muddatgacha yaxshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur. Agar yuz oʻgirib ketsangiz, bas, albatta, men sizlarga ulugʻ kunning azobi boʻlishidan qoʻrqaman.

  4. 4

    إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Allohning Oʻziga qaytishingiz bor. U har bir narsaga qodir zotdir.

  5. 5

    أَلَآ إِنَّهُمْ يَثْنُونَ صُدُورَهُمْ لِيَسْتَخْفُوا۟ مِنْهُ ۚ أَلَا حِينَ يَسْتَغْشُونَ ثِيَابَهُمْ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Ogoh boʻlingkim, albatta, ular undan yashirinish uchun koʻksilariga (boshlarini) egadilar. Ogoh boʻlingkim, kiyimlariga oʻralgan chogʻlarida ham, U zot nimani sir tutayotganlariniyu nimani oshkor qilayotganlarini biladir. Albatta, U qalblardagi bor narsalarni bilguvchi zotdir. (Ushbu oyatda johiliyat ahlining kulgili holatlaridan biri haqida soʻz ketmoqda. Paygʻambarimiz (s. a. v.) kishilarga Qurʼoni Karim oyatlarini oʻqib berayotganlarida, yuqorida zikr qilingan haqiqatlarni yetkazayotganlarida, baʼzi mushriklar, men ham shu gaplarga daxldor boʻlib qolmay, degandek, koʻrinmaslikka urinib, pusib, boshini koʻksiga egib, berkinishga harakat qilar ekanlar. Oyatda ularning qilmishlari, Allohdan yashirinishga urinish, deb taʼriflanmoqda.)

  6. 6

    ۞ وَمَا مِن دَآبَّةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا ۚ كُلٌّۭ فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍۢ

    Yer yuzida oʻrmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.

  7. 7

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ وَكَانَ عَرْشُهُۥ عَلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًۭا ۗ وَلَئِن قُلْتَ إِنَّكُم مَّبْعُوثُونَ مِنۢ بَعْدِ ٱلْمَوْتِ لَيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ

    U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab koʻrish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. Oʻshanda arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar oʻlimdan keyin, albatta, qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan oʻzga narsa emas», derlar. (Bu oyatda ham Alloh taoloning taʼrifi davom etmoqda. Alloh osmonlaru yerni olti kunda yaratgan zotdir. Bu haqda oʻtgan Yunus surasi tafsirida batafsil gapirilgan. Ushbu oyatda esa, osmonlaru yerni yaratishdan maqsad odamlardan qaysilari yaxshiroq amallar qilishini sinab koʻrish ekanligi taʼkidlanmoqda. Shuningdek, Allohning arshi va uning turgan joyi haqida ham maʼlumot kelmoqda: Demak, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan vaqtda uning arshi suv ustida boʻlgan ekan. Shuning oʻzini bilishimiz kifoya. Allohning arshi bor ekan. Oʻsha paytda bu arsh suvning ustida turgan ekan. Boʻldi, bundan boshqasi ortiqcha. Bunaqa gʻaybiyotga tegishli masalalar atrofida ovora boʻlib, vaqt va aql-zakovotni bexuda sarflagandan koʻra, koʻproq yaxshi amallarni qilib, sinovdan yaxshi oʻtishga uringan maʼqul.)

  8. 8

    وَلَئِنْ أَخَّرْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِلَىٰٓ أُمَّةٍۢ مَّعْدُودَةٍۢ لَّيَقُولُنَّ مَا يَحْبِسُهُۥٓ ۗ أَلَا يَوْمَ يَأْتِيهِمْ لَيْسَ مَصْرُوفًا عَنْهُمْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Agar Biz ulardan maʼlum muddatgacha azobni kechiktirsak, albatta, ular: «Uni nima toʻxtatib turibdi?» derlar. Ogoh boʻlinglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni oʻzlari istehzo qilib yurgan narsa oʻrab olur.

  9. 9

    وَلَئِنْ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِنَّا رَحْمَةًۭ ثُمَّ نَزَعْنَٰهَا مِنْهُ إِنَّهُۥ لَيَـُٔوسٌۭ كَفُورٌۭ

    Agar insonga Oʻz tomonimizdan rohatni tottirib, soʻngra undan uni tortib olsak, albatta, u noumid va noshukr boʻlur.

  10. 10

    وَلَئِنْ أَذَقْنَٰهُ نَعْمَآءَ بَعْدَ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ ٱلسَّيِّـَٔاتُ عَنِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ لَفَرِحٌۭ فَخُورٌ

    Agar unga yetgan qiyinchiliklardan soʻng neʼmat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydir. Albatta, u xursand va faxrlidir.

  11. 11

    إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَأَجْرٌۭ كَبِيرٌۭ

    Magar sabr qilganlar va yaxshi amallar qilganlar, ana oʻshalarga magʻfirat va katta ajr bor.

  12. 12

    فَلَعَلَّكَ تَارِكٌۢ بَعْضَ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَضَآئِقٌۢ بِهِۦ صَدْرُكَ أَن يَقُولُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ كَنزٌ أَوْ جَآءَ مَعَهُۥ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَآ أَنتَ نَذِيرٌۭ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ وَكِيلٌ

    Ehtimol sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun oʻzingga vahiy qilingan narsaning baʼzisini tark qilmoqchi boʻlarsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning Oʻzi hamma narsaga vakildir. (Albatta, kofir va mushriklar qanchalik shakkoklik qilmasinlar, qanchalik takliflar kiritmasinlar, Rasulullohning (s. a. v.) eʼtiqodlariga zarar yetkaza olmaydilar. U kishi Qurʼonning baʼzisini tark etmoqchi ham boʻlmaydilar, undan yuraklari siqilmaydi ham. Ammo bu oyat u kishiga va u kishi orqali barcha moʻmin-musulmonlarga tasalli, pand-nasihat boʻlib kelmoqda. Yaʼni, mushriklar qanchalar yomonlik qilsalar ham, sizlar sabr qilinglar, siqilmanglar, demoqda.)

  13. 13

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا۟ بِعَشْرِ سُوَرٍۢ مِّثْلِهِۦ مُفْتَرَيَٰتٍۢ وَٱدْعُوا۟ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Yoki: «Oʻzi toʻqib oldi», derlarmi? Sen: «Bas, agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir boʻlsangiz, chaqirib, bunga oʻxshash oʻnta toʻqilgan sura keltiring-chi», degin. (Mushriklarning avvalgi oyatda kelgan «Paygʻambarga xazina tushirsa yoki u bilan birga farishta ham Paygʻambar etib yuborilsagina unga ergashamiz», degan mantiqsiz gaplari yetmaganidek, ular: «Qurʼonni Paygʻambarning oʻzi toʻqib olgan», ham deydilar. Bundan ham achchigʻing chiqmasin, xafa boʻlma. «Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir boʻlsangiz, chaqirib, bunga oʻxshash oʻnta toʻqilgan sura keltiring-chi», degin.)

  14. 14

    فَإِلَّمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَكُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَآ أُنزِلَ بِعِلْمِ ٱللَّهِ وَأَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ

    Agar javob bera olmasalar, bas, bilingki, u faqatgina Allohning ilmi ila nozil qilingandir. Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. Endi musulmon boʻlarsizlar?!

  15. 15

    مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيْهِمْ أَعْمَٰلَهُمْ فِيهَا وَهُمْ فِيهَا لَا يُبْخَسُونَ

    Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallarining (samarasi)ni toʻliq berurmiz. Ular bunda kamsitilmaslar.

  16. 16

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَيْسَ لَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ إِلَّا ٱلنَّارُ ۖ وَحَبِطَ مَا صَنَعُوا۟ فِيهَا وَبَٰطِلٌۭ مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ana oʻshalarga oxiratda doʻzax olovidan boshqa hech vaqo yoʻqdir. Bu dunyoda qilgan ishlari habata boʻldi va qilgan amallari botil boʻldi.

  17. 17

    أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّهِۦ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌۭ مِّنْهُ وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًۭا وَرَحْمَةً ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ مِنَ ٱلْأَحْزَابِ فَٱلنَّارُ مَوْعِدُهُۥ ۚ فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍۢ مِّنْهُ ۚ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ

    Oʻz Robbidan aniq hujjatga ega boʻlgan, unga oʻsha (Robb)ning Oʻzidan guvoh ergashgan va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) boʻlgan kishiga (kufr keltiriladi)mi? Ana oʻshalar u(shohid)ga iymon keltirarlar. Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga vaʼda qilingan joy jahannamdir. Sen u haqda shak-shubhada boʻlma! Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar. (Qurʼoni Karimdan oldin Musoning (a. s.) kitobi Tavrot ham imom va rahmat boʻlgan holida Muhammadning (s. a. v.) oxirzamon Paygʻambari boʻlishlariga guvoh boʻlgan edi. Ana shunday kishiga kufr keltiradilarmi?! Qurʼonga iymon keltirmasdan jannatga kirishni hech kim xayoliga ham keltirmasin. Albatta, Paygʻambarmiz (s. a. v.) hech qachon Qurʼoni Karimning haq ekanligiga shak-shubha qilmaganlar. Ammo bu soʻzlar oʻsha davrdagi ogʻir holatni yengillatish uchun aytilmoqda. Chunki u paytda odamlar Islomga qarshilik qilib, daʼvat ishlari yurishmay turib qolgan edi. Alloh taolo Paygʻambariga va oz sonli moʻmin bandalariga tasalli berib, bu holatdan hayron boʻlmasliklarini uqdirmoqda. Nimaga Qurʼon ishi toʻxtab qoldi, deb oʻylama, Alloh xohlagan vaqtida yurishib ketadi.)

  18. 18

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَىٰ رَبِّهِمْ وَيَقُولُ ٱلْأَشْهَٰدُ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ أَلَا لَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ana oʻshalar Robbilariga roʻbaroʻ qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari shaʼniga yolgʻon gapirganlardir. Ogoh boʻlingkim, Allohning laʼnati zolimlargadir», derlar.

  19. 19

    ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًۭا وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ

    Ular Allohning yoʻlidan toʻsarlar va uning egri boʻlishini xohlarlar hamda ular oxiratga kufr keltiruvchi kimsalardir.

  20. 20

    أُو۟لَٰٓئِكَ لَمْ يَكُونُوا۟ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ۘ يُضَٰعَفُ لَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۚ مَا كَانُوا۟ يَسْتَطِيعُونَ ٱلسَّمْعَ وَمَا كَانُوا۟ يُبْصِرُونَ

    Ana oʻshalar yer yuzida qochib qutiluvchi boʻla olmadilar, ularga Allohdan oʻzga doʻst ham boʻlmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir boʻla olmadilar va koʻra olmadilar ham.

  21. 21

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Ana oʻshalar oʻzlariga ziyon qilganlardir va toʻqigan narsalari ulardan gʻoyib boʻldi.

  22. 22

    لَا جَرَمَ أَنَّهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ

    Shak-shubhasiz, albatta, ular oxiratda yana ham koʻproq ziyon koʻrguvchilardir.

  23. 23

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَأَخْبَتُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّهِمْ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Albatta, iymon keltirganlar, yaxshi amallar qilganlar va Robbilariga ishonch ila boʻyinsunganlar, ana oʻshalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  24. 24

    ۞ مَثَلُ ٱلْفَرِيقَيْنِ كَٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْأَصَمِّ وَٱلْبَصِيرِ وَٱلسَّمِيعِ ۚ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Bu ikki guruhning misoli xuddi karu koʻr hamda eshituvchi va koʻruvchiga oʻxshaydir. Ular bir-birlariga barobar boʻla oladilarmi? Ibrat olmaysizlarmi? (Kofir bilan moʻminning orasida yer bilan osmoncha farq bor. Kofir koʻr va kar odamga oʻxshaydi. Moʻmin esa, koʻzi, qulogʻi butun, ham koʻrib, ham eshitadigan odam kabidir. Kufri tufayli qalb koʻzi koʻr, ibrat qulogʻi kar boʻlib qolgan kofir bu dunyoning haqiqatini koʻrolmaydi, eshitolmaydi. Hammayoqqa urilib, turtilib-surtilib yuradi. Iymoni sababli qalb koʻzi va ibrat qulogʻi ochiq boʻlgan moʻmin esa, hamma narsani koʻrib, eshitib, yaxshi yoʻlni tanlab, toʻgʻri va shahdam yuradi.)

  25. 25

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ

    Albatta, Biz Nuhni oʻz qavmiga: «Albatta, men sizlarga ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  26. 26

    أَن لَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ أَلِيمٍۢ

    Allohdan oʻzgaga hech ibodat qilmanglar, albatta, men sizlarga alamli kun azobi boʻlishidan qoʻrqaman», dedirib yubordik.

  27. 27

    فَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ مَا نَرَىٰكَ إِلَّا بَشَرًۭا مِّثْلَنَا وَمَا نَرَىٰكَ ٱتَّبَعَكَ إِلَّا ٱلَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِىَ ٱلرَّأْىِ وَمَا نَرَىٰ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍۭ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَٰذِبِينَ

    Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Biz seni ham faqat oʻzimizga oʻxshagan odam ekaningni koʻryapmiz, senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini koʻryapmiz, sizlarning bizdan ustun fazlingizni koʻrmayapmiz, balki sizlarni yolgʻonchi deb oʻylayapmiz», dedilar. (Nuhning (a. s.) gaplariga qavm nomidan ularning korchalonlari, ogʻzi botir zodagon boshliqlari javob berdi. Diqqat bilan razm solsak, ularning javoblari barcha kofir, sarkash qavmlarning oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarga bergan javoblariga oʻxshashini koʻramiz: Ularning fikricha, kambagʻal kishilar pastkash va aqli oz hisoblanadi. Shuning uchun kambagʻal boʻlib qolgan, deyishadi. Oʻsha kambagʻallar aralashgan har bir ishga xosiyatsiz ish deb qarashadi. Aslida esa, kambagʻallarning qalbini boylik, ayshu ishrat va mutakabbirlik buzmagani uchun ular ilohiy daʼvatlarga tez javob beradilar. Buni boy-zodagonlar tamoman teskari tushunadilar.)

  28. 28

    قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى رَحْمَةًۭ مِّنْ عِندِهِۦ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنتُمْ لَهَا كَٰرِهُونَ

    U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlgan boʻlsam va U menga Oʻz huzuridan rahmat bergan boʻlsa-yu, sizga maxfiy qolgan boʻlsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!

  29. 29

    وَيَٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مَالًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَمَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۚ إِنَّهُم مُّلَٰقُوا۟ رَبِّهِمْ وَلَٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًۭا تَجْهَلُونَ

    Ey qavmim, bu (daʼvatim) uchun sizdan mol soʻramayman. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman. Albatta, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻluvchilardir. Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni koʻrmoqdaman». (Ey qavmim, mening siz uchun kuyunayotganimni oʻzingizcha har xil tushunmang. Men sizlarning iymonli boʻlib, saodatga erishishingizni istayman, xolos. Ajrni Alloh beradi, siz bermaysiz, xavotirlanmang. Senga pastkashlargina ergashayotganini koʻryapmiz, deganingiz uchun, sizlarga yoqish maqsadida yoki sizlarni rozi qilish uchun: «Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman». Men uchun boy-kambagʻal baribir, muhimi, iymon keltirish. Hamma gap iymonda. Shuningdek, ular men uchun iymon keltirgan emaslar, ularning iymon keltirishlari Allohga bogʻliq. Qadr-qiymatni pul-mol bilan oʻlchab yuribsiz. Odamlar Robbilariga roʻbaroʻ kelishlarini anglamay, johillik qilmoqdasiz.)

  30. 30

    وَيَٰقَوْمِ مَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِن طَرَدتُّهُمْ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Ey qavmim, agar ularni quvsam, kim menga Alloh(azobidan)dan (qutulishga) yordam beradi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?»

  31. 31

    وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ إِنِّى مَلَكٌۭ وَلَآ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِىٓ أَعْيُنُكُمْ لَن يُؤْتِيَهُمُ ٱللَّهُ خَيْرًا ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِىٓ أَنفُسِهِمْ ۖ إِنِّىٓ إِذًۭا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demayman. Gʻaybni ham bilmayman. «Men farishtaman», demayman. «Koʻzingizga haqir koʻrinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermaydi», demayman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan boʻlib qolaman», dedi. (Ushbu oyati karimada Nuhning (a. s.) oʻz shaxslari va Paygʻambarliklari xususiyatlarini qavmlariga qanday vasf qilib berganlari bayon qilinmoqda.)

  32. 32

    قَالُوا۟ يَٰنُوحُ قَدْ جَٰدَلْتَنَا فَأَكْثَرْتَ جِدَٰلَنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Ular: «Ey Nuh, batahqiq, sen biz bilan tortishding, koʻp tortishding. Endi, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir», dedilar.

  33. 33

    قَالَ إِنَّمَا يَأْتِيكُم بِهِ ٱللَّهُ إِن شَآءَ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ

    U: «Uni sizlarga, agar xohlasa, faqat Allohgina keltirur va sizlar qochib qutuluvchi emassiz.

  34. 34

    وَلَا يَنفَعُكُمْ نُصْحِىٓ إِنْ أَرَدتُّ أَنْ أَنصَحَ لَكُمْ إِن كَانَ ٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يُغْوِيَكُمْ ۚ هُوَ رَبُّكُمْ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Va agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan nasihatim sizlarga manfaat bermaydi. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi.

  35. 35

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَعَلَىَّ إِجْرَامِى وَأَنَا۠ بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تُجْرِمُونَ

    Yoki: «Uni toʻqib oldi», deydilarmi? Sen: «Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, jinoyatim oʻz zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt.

  36. 36

    وَأُوحِىَ إِلَىٰ نُوحٍ أَنَّهُۥ لَن يُؤْمِنَ مِن قَوْمِكَ إِلَّا مَن قَدْ ءَامَنَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

    Va Nuhga: «Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qaygʻuga tushmagin.

  37. 37

    وَٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلَا تُخَٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ ۚ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ

    Bizning rioyatimiz va vahiymiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar toʻgʻrisida Menga gap ochmagin, albatta, ular gʻarq boʻlguvchilardir», deb vahiy qilindi.

  38. 38

    وَيَصْنَعُ ٱلْفُلْكَ وَكُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ مَلَأٌۭ مِّن قَوْمِهِۦ سَخِرُوا۟ مِنْهُ ۚ قَالَ إِن تَسْخَرُوا۟ مِنَّا فَإِنَّا نَسْخَرُ مِنكُمْ كَمَا تَسْخَرُونَ

    U kema yasamoqda. Oʻz qavmidan boʻlgan zodagonlar qachon oldidan oʻtsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek sizlarni masxara qilamiz.

  39. 39

    فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌۭ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌۭ مُّقِيمٌ

    Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi.

  40. 40

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَمْرُنَا وَفَارَ ٱلتَّنُّورُ قُلْنَا ٱحْمِلْ فِيهَا مِن كُلٍّۢ زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ ٱلْقَوْلُ وَمَنْ ءَامَنَ ۚ وَمَآ ءَامَنَ مَعَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلٌۭ

    Toki Bizning amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «U(kema)ga har narsadan bir juftdan va ahlingdan avval soʻz ketmaganini va iymon keltirganlarni ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi. (Nuh (a. s.) oilasidan halok boʻlishga soʻz ketib qolganlar–xotini bilan bir oʻgʻli. Ularni kemaga olmaslikni amr qilindi. Ha, Nuh (a. s.) uzoq vaqt–ellik sanasi kam ming yil daʼvat qilishlariga qaramay, sarkash qavmning ozginasidan boshqasi iymonga kelmadi. Shu sabab ila bu tuzalmas dardisarlarni dunyo tanasidan butunlay kesib tashlash uchun Alloh hammasini gʻarq etishni iroda qildi.)

  41. 41

    ۞ وَقَالَ ٱرْكَبُوا۟ فِيهَا بِسْمِ ٱللَّهِ مَجْر۪ىٰهَا وَمُرْسَىٰهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Va u: «Kemaga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila boʻlur. Albatta, Robbim magʻfiratli va rahmlidir», dedi.

  42. 42

    وَهِىَ تَجْرِى بِهِمْ فِى مَوْجٍۢ كَٱلْجِبَالِ وَنَادَىٰ نُوحٌ ٱبْنَهُۥ وَكَانَ فِى مَعْزِلٍۢ يَٰبُنَىَّ ٱرْكَب مَّعَنَا وَلَا تَكُن مَّعَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Va u(kema) ularni togʻlardek toʻlqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan oʻgʻliga: «Ey oʻgʻlim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga boʻlmagin», dedi. (Nuh (a. s.) va sheriklari najot kemasiga minganlaridan soʻng, oʻgʻillardan birining bir chetda ajralib turganini koʻrdilar. Dahshatli toʻfondan-da otalik mehrlari ustun kelib: «»bir chetda turgan oʻgʻliga: «Ey oʻgʻlim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga boʻlmagin», dedi»lar.)

  43. 43

    قَالَ سَـَٔاوِىٓ إِلَىٰ جَبَلٍۢ يَعْصِمُنِى مِنَ ٱلْمَآءِ ۚ قَالَ لَا عَاصِمَ ٱلْيَوْمَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ إِلَّا مَن رَّحِمَ ۚ وَحَالَ بَيْنَهُمَا ٱلْمَوْجُ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُغْرَقِينَ

    U (oʻgʻil): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydir», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yoʻqdir. Magar kimni rahm qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda oralarini toʻlqin toʻsdi va u(oʻgʻil) gʻarq boʻlganlardan boʻldi. (Kofir boʻlgandan keyin qiyin ekan. Ulugʻ Paygʻambar boʻlmish otaning gapini eshitib turib ham, bostirib kelayotgan dahshatli toʻfonni koʻrib turib ham: «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi.)

  44. 44

    وَقِيلَ يَٰٓأَرْضُ ٱبْلَعِى مَآءَكِ وَيَٰسَمَآءُ أَقْلِعِى وَغِيضَ ٱلْمَآءُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَٱسْتَوَتْ عَلَى ٱلْجُودِىِّ ۖ وَقِيلَ بُعْدًۭا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    «Ey yer, suvingni yutgin, ey osmon, oʻzingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy (togʻi)ga joylashdi. Hamda «Zolim qavmlar yoʻqolsin!» deyildi.

  45. 45

    وَنَادَىٰ نُوحٌۭ رَّبَّهُۥ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ٱبْنِى مِنْ أَهْلِى وَإِنَّ وَعْدَكَ ٱلْحَقُّ وَأَنتَ أَحْكَمُ ٱلْحَٰكِمِينَ

    Nuh Robbiga nido qilib: «Robbim, albatta, oʻgʻlim ahlimdandir, albatta, vaʼdang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan», dedi. (Yaʼni, bu bilan Nuh (a. s.), ey Robbim, sen menga ahlingni qutqaraman, deb vaʼda bergan eding, oʻgʻlim ahlimdan-ku, oʻsha bolamni menga bergin, oʻzing hikmat ila hukm chiqarguvchi zotsan, demoqchilar.)

  46. 46

    قَالَ يَٰنُوحُ إِنَّهُۥ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ ۖ إِنَّهُۥ عَمَلٌ غَيْرُ صَٰلِحٍۢ ۖ فَلَا تَسْـَٔلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ۖ إِنِّىٓ أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ

    U zot: «Ey Nuh, albatta u(oʻgʻil) ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. Oʻzingning ilming boʻlmagan narsani zinhor soʻramagin. Men senga johillardan boʻlmasligingni nasihat qilaman», dedi. (Uning qilgan ishi yaxshi emas. U kofirlik qildi. U kofirligi bilan sening ahlingdan boʻla olmaydi. Iymoni borlar sening ahling boʻladi. Bilmagan narsalaringni soʻrayverib, johillar qatoriga qoʻshilib qolmagin, deyman. Misol uchun, yuqoridagi savoling bilan insonlar orasidagi haqiqiy aloqa iymon aloqasi ekanidan, ahl deganda kimni eʼtiborga olish kerakligidan, Alloh Oʻz vaʼdasini qanday bajarganidan bexabarga–johilga oʻxshab koʻrinyapsan. Holbuki, Alloh iymonli qalblar oʻrtasidagi rishtani har qanday aloqadan ustun qoʻyadi, ahl deganda, iymonli ahlni koʻzda tutadi. Ahlingni qutkazishga vaʼda bergan boʻlsa, senga haqiqiy ahl boʻlganlarni toʻfon balosidan xalos etib qoʻydi.)

  47. 47

    قَالَ رَبِّ إِنِّىٓ أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْـَٔلَكَ مَا لَيْسَ لِى بِهِۦ عِلْمٌۭ ۖ وَإِلَّا تَغْفِرْ لِى وَتَرْحَمْنِىٓ أَكُن مِّنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    U: «Robbim, men oʻzimning ilmim boʻlmagan narsani sendan soʻramoqdan panoh tilayman. Agar meni magʻfirat qilmasang va menga rahm koʻrsatmasang, ziyon koʻrguvchilardan boʻlaman», dedi.

  48. 48

    قِيلَ يَٰنُوحُ ٱهْبِطْ بِسَلَٰمٍۢ مِّنَّا وَبَرَكَٰتٍ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ أُمَمٍۢ مِّمَّن مَّعَكَ ۚ وَأُمَمٌۭ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    «Ey Nuh, Bizdan senga va sen bilan birga boʻlgan ummatlarga boʻlgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar boʻlur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, soʻngra ularni bizdan boʻlgan alamli azob tutar», deyildi.

  49. 49

    تِلْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَآ أَنتَ وَلَا قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَٰذَا ۖ فَٱصْبِرْ ۖ إِنَّ ٱلْعَٰقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ

    Ana shu gʻayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir. (Nuh (a. s.) va u kishining qavmlari allaqachon oʻtib ketgan. Ularning xabarini Muhammad (c. a. v.) ham, u kishining qavmlari, Arabiston aholisi ham bilmas edilar. Lekin ana shu odamlarga vahiy yoʻli bilan nomaʼlum narsalarning xabari–Nuh (a. s.) va u zotning qavmlari xabari keldi.)

  50. 50

    وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًۭا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُفْتَرُونَ

    Va Odga oʻz birodarlari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan oʻzga iloh yoʻqdir. Sizlar faqat toʻqib oluvchilarsiz, xolos.

  51. 51

    يَٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱلَّذِى فَطَرَنِىٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Ey qavmim, men sizlardan bu (daʼvatim) uchun ajr soʻramayman. Mening ajrim faqat meni yaratgan zotning zimmasidadir. Aql yuritmaysizlarmi?

  52. 52

    وَيَٰقَوْمِ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًۭا وَيَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمْ وَلَا تَتَوَلَّوْا۟ مُجْرِمِينَ

    Ey qavmim, Robbingizga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga osmondan baraka yomgʻiri yuboradi va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi. Jinoyatchi boʻlgan holingizda yuz oʻgirib ketmang», dedi.

  53. 53

    قَالُوا۟ يَٰهُودُ مَا جِئْتَنَا بِبَيِّنَةٍۢ وَمَا نَحْنُ بِتَارِكِىٓ ءَالِهَتِنَا عَن قَوْلِكَ وَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ

    Ular: «Ey Hud, bizga ochiq-oydin hujjat keltirmading. Biz sening gaping uchun xudolarimizni tark qiluvchi emasmiz va biz senga iymon keltiruvchi ham emasmiz.

  54. 54

    إِن نَّقُولُ إِلَّا ٱعْتَرَىٰكَ بَعْضُ ءَالِهَتِنَا بِسُوٓءٍۢ ۗ قَالَ إِنِّىٓ أُشْهِدُ ٱللَّهَ وَٱشْهَدُوٓا۟ أَنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تُشْرِكُونَ

    Biz faqat, seni baʼzi xudolarimiz yomonlik ila uribdi, deymiz, xolos», dedilar. U: «Albatta, men Allohni guvoh qilaman va siz ham guvoh boʻlingki, men sherik keltirayotganingizdan pokman.

  55. 55

    مِن دُونِهِۦ ۖ فَكِيدُونِى جَمِيعًۭا ثُمَّ لَا تُنظِرُونِ

    Undan oʻzgani. Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar.

  56. 56

    إِنِّى تَوَكَّلْتُ عَلَى ٱللَّهِ رَبِّى وَرَبِّكُم ۚ مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلَّا هُوَ ءَاخِذٌۢ بِنَاصِيَتِهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Albatta, men Robbim va Robbingiz boʻlmish Allohga tavakkal qildim. Har bir oʻrmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim toʻgʻri yoʻldadir. (Faqat Ungagina suyandim. Undan oʻzga tavakkal qiladigan zot yoʻq. Ana shuning uchun ham men sizdan emas, oʻsha qudratli, gʻolib va qahrli Allohdan qoʻrqaman va Ungagina suyanaman. Men Robbimning yoʻliga yurganman va Uning yordami ila maqsadga yetishimda shubha yoʻqdir. Sizdan zarracha qoʻrqmasligimning boisi ham shunda.)

  57. 57

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقَدْ أَبْلَغْتُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّى قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّونَهُۥ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌۭ

    Agar yuz oʻgirib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan boʻlsam, uni sizlarga yetkazdim. Robbim oʻrningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qilguvchi zotdir», dedi.

  58. 58

    وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا هُودًۭا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍۢ مِّنَّا وَنَجَّيْنَٰهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍۢ

    Amrimiz kelgan paytda Hudga va u bilan birga iymon keltirganlarga rahmatimiz ila najot berdik va ularni qattiq azobdan qutqardik.

  59. 59

    وَتِلْكَ عَادٌۭ ۖ جَحَدُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ وَعَصَوْا۟ رُسُلَهُۥ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَمْرَ كُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍۢ

    Anavi Oddir. Ular Robbilari oyatlarini inkor qildilar. Uning Paygʻambarlariga osiy boʻldilar. Har xil jabrchi va qaysarning ishiga ergashdilar.

  60. 60

    وَأُتْبِعُوا۟ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةًۭ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ عَادًۭا كَفَرُوا۟ رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًۭا لِّعَادٍۢ قَوْمِ هُودٍۢ

    Va ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham laʼnat ergashur. Ogoh boʻlingkim, albatta, Odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh boʻlingkim, Hud qavmi Od yoʻqolsin-ye! (Od qavmi Allohning yoʻliga yurmay, har xil zolim va sarkashlarga ergashganlari uchun ularga bu dunyoyu oxiratda laʼnat aytiladi. Shu bilan, Od qissasi ham tamom boʻldi. Bu qissada ogʻir paytlarni boshlaridan kechirib turgan Paygʻambarimizga (s. a. v.) va u zot bilan birga boʻlgan oz sonli musulmonlarga tasallilar bor.)

  61. 61

    ۞ وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًۭا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ هُوَ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَٱسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَٱسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى قَرِيبٌۭ مُّجِيبٌۭ

    Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻq. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qoʻydi. Bas, Unga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi.

  62. 62

    قَالُوا۟ يَٰصَٰلِحُ قَدْ كُنتَ فِينَا مَرْجُوًّۭا قَبْلَ هَٰذَآ ۖ أَتَنْهَىٰنَآ أَن نَّعْبُدَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِى شَكٍّۢ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍۢ

    Ular: «Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding. Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmogʻimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar.

  63. 63

    قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى مِنْهُ رَحْمَةًۭ فَمَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِنْ عَصَيْتُهُۥ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِى غَيْرَ تَخْسِيرٍۢ

    U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega boʻlsam va menga U tomonidan rahmat berilgan boʻlsa-yu, men Unga osiy boʻlsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan oʻzgani ziyoda qilmaysizlar.

  64. 64

    وَيَٰقَوْمِ هَٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةًۭ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍۢ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌۭ قَرِيبٌۭ

    Ey qavmim, Allohning mana bu tuyasi sizga oyat-moʻʼjizadir. Bas, uni tek qoʻyinglar, Allohning yerida yeb yursin, unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi», dedi. (Solih (a. s.) oʻzlariga Alloh taolo tomonidan Paygʻambarliklarini tasdiqlovchi moʻʼjiza qilib berilgan tuyani Samud qavmiga koʻrsatib, ey qavmim, mana bu tuya mening haq Paygʻambar ekanimni tasdiqlovchi moʻʼjiza, bu Allohning tuyasi, unga tegmanglar, Allohning yerida xohlagan narsasini yeb yursin, unga biror yomonlik yetkaza koʻrmanglar, agar biror yomonlik yetkazsangiz, sizga tezda azob keladi, dedilar.)

  65. 65

    فَعَقَرُوهَا فَقَالَ تَمَتَّعُوا۟ فِى دَارِكُمْ ثَلَٰثَةَ أَيَّامٍۢ ۖ ذَٰلِكَ وَعْدٌ غَيْرُ مَكْذُوبٍۢ

    Bas, u(tuya)ni soʻydilar. Soʻng U (Solih): «Diyoringizda uch kun bahramand boʻlib turing. Bu yolgʻon boʻlmagan vaʼdadir», dedi.

  66. 66

    فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَٰلِحًۭا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍۢ مِّنَّا وَمِنْ خِزْىِ يَوْمِئِذٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ

    Amrimiz kelgan paytda rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va oʻsha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning Oʻzi kuchli va azizdir.

  67. 67

    وَأَخَذَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دِيَٰرِهِمْ جَٰثِمِينَ

    Va zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq oldi. Bas, diyorlarida toʻkildilar.

  68. 68

    كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَآ ۗ أَلَآ إِنَّ ثَمُودَا۟ كَفَرُوا۟ رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًۭا لِّثَمُودَ

    Xuddi unda turmaganga oʻxshab. Ogoh boʻlingkim, albatta, Samud (qavmi) Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh boʻlingkim, Samud yoʻqolsin-ye!

  69. 69

    وَلَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوا۟ سَلَٰمًۭا ۖ قَالَ سَلَٰمٌۭ ۖ فَمَا لَبِثَ أَن جَآءَ بِعِجْلٍ حَنِيذٍۢ

    Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: «Salom», dedilar. U: «Salom», dedi. Va koʻp oʻtmay qovurilgan buzoq keltirdi. (Hud qissalaridan farqli oʻlaroq, Ibrohimning (a. s.) qissalari boshidan emas, balki bir koʻrinishi keltirilmoqda. Bu esa, Lut (a. s.) qissasiga kirish uchundir.)

  70. 70

    فَلَمَّا رَءَآ أَيْدِيَهُمْ لَا تَصِلُ إِلَيْهِ نَكِرَهُمْ وَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةًۭ ۚ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمِ لُوطٍۢ

    Ularning qoʻllari u(taom)ga yetmayotganini koʻrib, ulardan hayron boʻldi va ichida xavfsiradi. Ular: «Qoʻrqma, biz Lut qavmiga yuborilganmiz», dedilar. (Farishtalar odam suratida kelgan edilar. Shuning uchun Ibrohim (a. s.) sahroliklarning mehmondoʻstliklari asosida ularni ziyofat qilishga shoshildilar. Tezda pishirilgan buzoq goʻshtini olib kelib, mehmonlar oldiga qoʻyganlarida farishtalar taom yemasliklari sababidan unga qoʻl uzatmay oʻtiraverdilar. Bu hol Ibrohimga (a. s.) gʻalati koʻrindi va ulardan xavfsiray boshladilar.)

  71. 71

    وَٱمْرَأَتُهُۥ قَآئِمَةٌۭ فَضَحِكَتْ فَبَشَّرْنَٰهَا بِإِسْحَٰقَ وَمِن وَرَآءِ إِسْحَٰقَ يَعْقُوبَ

    Tik turgan xotini kuldi. Bas, Biz u(xotin)ga Ishoqning va Ishoqdan keyin Yaʼqubning xushxabarini berdik. (Ibrohimning (a. s.) farishtalar bilan qilayotgan suhbatlarini tik turib eshitayotgan u kishining ayollari, farishtalarning Lut qavmiga azob olib ketayotganini eshitib kuldilar. Lekin u ayolga atalgan boshqa gap bor edi.)

  72. 72

    قَالَتْ يَٰوَيْلَتَىٰٓ ءَأَلِدُ وَأَنَا۠ عَجُوزٌۭ وَهَٰذَا بَعْلِى شَيْخًا ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌ عَجِيبٌۭ

    U: «Voy shoʻrim, oʻzim kampir, manavi erim chol boʻlsa ham, tugʻamanmi?! Bu qiziq narsa-ku!» dedi. (Ibrohimning (a. s.) ham ayollarining ham yoshi oʻtib qolgan edi.)

  73. 73

    قَالُوٓا۟ أَتَعْجَبِينَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ۖ رَحْمَتُ ٱللَّهِ وَبَرَكَٰتُهُۥ عَلَيْكُمْ أَهْلَ ٱلْبَيْتِ ۚ إِنَّهُۥ حَمِيدٌۭ مَّجِيدٌۭ

    Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari boʻlgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk zotdir», dedilar.

  74. 74

    فَلَمَّا ذَهَبَ عَنْ إِبْرَٰهِيمَ ٱلرَّوْعُ وَجَآءَتْهُ ٱلْبُشْرَىٰ يُجَٰدِلُنَا فِى قَوْمِ لُوطٍ

    Ibrohimdan qoʻrqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.

  75. 75

    إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَحَلِيمٌ أَوَّٰهٌۭ مُّنِيبٌۭ

    Albatta, Ibrohim haliym, tazarruʼli va (Allohga) tez qaytuvchidir. (Farishtalarning maqsadlarini bilgandan soʻng Ibrohimdan (a. s.) qoʻrqinch ketdi. U kishiga farishtalar keltirgan xushxabar yetdi. Lekin u kishi farishtalar xushxabar keltirgani bilan birga Lut qavmidan tashvishga tushib, ular haqida tortisha boshladilar.)

  76. 76

    يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ أَعْرِضْ عَنْ هَٰذَآ ۖ إِنَّهُۥ قَدْ جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَإِنَّهُمْ ءَاتِيهِمْ عَذَابٌ غَيْرُ مَرْدُودٍۢ

    «Ey Ibrohim, bundan voz kech. Chunki Robbingning amri kelib boʻlgan. Albatta, ularga qaytarilmas azob kelgusidir», deyishdi.

  77. 77

    وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًۭا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًۭا وَقَالَ هَٰذَا يَوْمٌ عَصِيبٌۭ

    Elchilarimiz Lutga kelgan paytlarida, u ularni (koʻrib) yomon holga tushdi va qoʻl-oyogʻi boʻshashdi hamda: «Bu qiyin kundir», dedi. (Chunki Lut (a. s.) qavmining jinoyatkor ekanini yaxshi bilardilar. Ular dunyoda hech kim qilmagan gunohni qilayotgan edilar. Bu zolim qavmga Allohning azobi kelishi muqarrar edi. Ammo qachon kelishini hech kim bilmas edi. Jumladan, Lut (a. s.) ham. Ammo huzurlariga Allohning elchilari boʻlmish farishtalar kelganida Lut (a. s.) qavmiga azob kelganini angladilar.)

  78. 78

    وَجَآءَهُۥ قَوْمُهُۥ يُهْرَعُونَ إِلَيْهِ وَمِن قَبْلُ كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ هَٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِى هُنَّ أَطْهَرُ لَكُمْ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ فِى ضَيْفِىٓ ۖ أَلَيْسَ مِنكُمْ رَجُلٌۭ رَّشِيدٌۭ

    Qavmi unga shoshilib, halloslab yetib keldi. Ular bundan oldin gunohlar qilar edilar. U: «Ey qavmim, anavu qizlarim sizlar uchun pokroq-ku. Bas, Allohdan qoʻrqing! Mehmonlarim haqida meni sharmanda qilmang. Ichingizda birorta tuzukroq odam yoʻqmi?!» dedi. (Mazkur qavm bachchabozlik qilardilar. Lutning (a. s.) mehmonga yosh yigitlarning kelishidan yomon holga tushishlari va qoʻl-oyoqlari boʻshashishlari ham, yuqorida aytib oʻtilganidek, shu boisdan edi. Qavmning niyati koʻrinishidan maʼlum edi.)

  79. 79

    قَالُوا۟ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا لَنَا فِى بَنَاتِكَ مِنْ حَقٍّۢ وَإِنَّكَ لَتَعْلَمُ مَا نُرِيدُ

    Ular: «Sening qizlaringda bizning haqqimiz yoʻqligini bilgansan va biz nimani xohlashimizni, albatta, sen bilasan», dedilar.

  80. 80

    قَالَ لَوْ أَنَّ لِى بِكُمْ قُوَّةً أَوْ ءَاوِىٓ إِلَىٰ رُكْنٍۢ شَدِيدٍۢ

    U: «Qani endi sizlarga quvvatim yetsa edi yoki mustahkam yerga berkinsaydim», dedi.

  81. 81

    قَالُوا۟ يَٰلُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَن يَصِلُوٓا۟ إِلَيْكَ ۖ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍۢ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ ۖ إِنَّهُۥ مُصِيبُهَا مَآ أَصَابَهُمْ ۚ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ ٱلصُّبْحُ ۚ أَلَيْسَ ٱلصُّبْحُ بِقَرِيبٍۢ

    Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir boʻlagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim oʻgirilmasin. Chunki ularga yetadigan musibat u (ayol)ga-da yetguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» dedilar.

  82. 82

    فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةًۭ مِّن سِجِّيلٍۢ مَّنضُودٍۢ

    Amrimiz kelgan paytda u oʻlkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yogʻdirdik.

  83. 83

    مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ ۖ وَمَا هِىَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ بِبَعِيدٍۢ

    Ularga Robbing huzurida belgi qoʻyilgan edi va ular zolimlardan uzoq emasdir. (Lut qavmi istiqomat qilgan diyorlar besh shahar-qishloqdan iborat boʻlgan, ularning kattasi Sadum deb nomlangan. Alloh taolo ularning barchasini ostin-ustin qilib tashlaganidan soʻng, ustidan loyi qotib qolgan tosh yogʻdirgan.)

  84. 84

    ۞ وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًۭا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ وَلَا تَنقُصُوا۟ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ ۚ إِنِّىٓ أَرَىٰكُم بِخَيْرٍۢ وَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍۢ مُّحِيطٍۢ

    Va Madyanga birodarlari Shuaybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻq. Oʻlchovni va tortishni kamaytirmanglar. Albatta, men sizlarning yaxshilikda (moʻl-koʻllikda) ekanliklaringizni koʻrib turibman. Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qoʻrqmoqdaman.

  85. 85

    وَيَٰقَوْمِ أَوْفُوا۟ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

    Ey qavmim, oʻlchash va tortishni adolat ila mukammal qiling. Odamlarning narsalarini kamaytirib qolmang va yer yuzida buzgʻunchilik qilib yurmang.

  86. 86

    بَقِيَّتُ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ ۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍۢ

    Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir. Men sizning ustingizda qoʻriqchi emasman», dedi.

  87. 87

    قَالُوا۟ يَٰشُعَيْبُ أَصَلَوٰتُكَ تَأْمُرُكَ أَن نَّتْرُكَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَآ أَوْ أَن نَّفْعَلَ فِىٓ أَمْوَٰلِنَا مَا نَشَٰٓؤُا۟ ۖ إِنَّكَ لَأَنتَ ٱلْحَلِيمُ ٱلرَّشِيدُ

    Ular: «Ey Shuayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmogʻimizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», dedilar. (Madyan aholisining bu gapi hozirgi johiliyat ahlining Islomga daʼvat qiluvchiga: «Namozingni oʻqisang-chi bizning ishlarimizga aralashmasdan», degan gaplarining xuddi oʻzi.)

  88. 88

    قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّى وَرَزَقَنِى مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًۭا ۚ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَىٰ مَآ أَنْهَىٰكُمْ عَنْهُ ۚ إِنْ أُرِيدُ إِلَّا ٱلْإِصْلَٰحَ مَا ٱسْتَطَعْتُ ۚ وَمَا تَوْفِيقِىٓ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ

    U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlsam-chi va meni Oʻzi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan boʻlsa-chi?! Men sizlarni oʻzim qaytarayotgan narsada oʻzim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan oʻzga hech narsani xohlamasman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bogʻliq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman. (Avvalgi gaplaringizni oʻylamay, shoshilib, beboshlarga qoʻshilib aytib qoʻygan boʻlishingiz mumkin. Ammo endi oʻylab koʻrib, shoshilmasdan, aqlni peshlab turib, «xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlsam-chi?!» Unda nima degan odam boʻlasiz? Mening Paygʻambarligim haq. Men oʻzim bilaman. Alloh menga vahiy yuboradi, amr qiladi. Men odamlarga yetkazaman. Meni inkor qilayotganingiz notoʻgʻri. Sizlarni tijoratda halol boʻlishga, odamlarning haqqini urib qolmaslikka, iqtisodiy muomalalarda adolat qilishga daʼvat etishimni notoʻgʻri tushunmanglar. Buning orqasida biror manfaat qozonmoqchi emasman. Alloh taolo menga yaxshi rizqni berib qoʻygan.)

  89. 89

    وَيَٰقَوْمِ لَا يَجْرِمَنَّكُمْ شِقَاقِىٓ أَن يُصِيبَكُم مِّثْلُ مَآ أَصَابَ قَوْمَ نُوحٍ أَوْ قَوْمَ هُودٍ أَوْ قَوْمَ صَٰلِحٍۢ ۚ وَمَا قَوْمُ لُوطٍۢ مِّنكُم بِبَعِيدٍۢ

    Ey qavmim, menga xilof qilishingiz sizlarni yo Nuh qavmiga, yo Hud qavmiga, yoki Solih qavmiga yetgan musibatga oʻxshash musibat yetishiga olib bormasin. Lut qavmi sizlardan uzoq emas. (Yaʼni, Nuh, Hud, va Solih qavmiga yetgan musibatlar sizga ham yetmasligini xohlasangiz, menga xilof qilishni yigʻishtiring. Chunki oʻsha qavmlar Paygʻambarlariga xilof qilishlari oqibatida musibatlar, azob-uqubatlarga duchor boʻlishgan edi. Sizlar ham menga qarshi chiqmoqdasiz, agar shu xilda davom etaversangiz, xuddi oʻsha qavmlarga yetgan musibatlar sizlarga ham yetishi turgan gap. Ular yashagan joylar sizga yaqin. Ular yashagan zamon ham siz yashayotgan zamondan uzoq emas. Ibrat olinglar. Hali ham vaqt bor. Oʻzingizni oʻnglab olishingiz mumkin.)

  90. 90

    وَٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى رَحِيمٌۭ وَدُودٌۭ

    Robbingizga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahmli va shafqatli zotdir», dedi.

  91. 91

    قَالُوا۟ يَٰشُعَيْبُ مَا نَفْقَهُ كَثِيرًۭا مِّمَّا تَقُولُ وَإِنَّا لَنَرَىٰكَ فِينَا ضَعِيفًۭا ۖ وَلَوْلَا رَهْطُكَ لَرَجَمْنَٰكَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْنَا بِعَزِيزٍۢ

    Ular: «Ey Shuayb, aytganlaringning koʻpini yaxshi tushunmadik va biz seni ichimizda zaifhol koʻryapmiz, agar odamlaring boʻlmaganida, seni toshboʻron qilar edik. Sening oʻzing biz uchun qimmatli emassan», dedilar.

  92. 92

    قَالَ يَٰقَوْمِ أَرَهْطِىٓ أَعَزُّ عَلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَٱتَّخَذْتُمُوهُ وَرَآءَكُمْ ظِهْرِيًّا ۖ إِنَّ رَبِّى بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌۭ

    U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan koʻra azizroqmi?! Unga orqangizni oʻgirib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir.

  93. 93

    وَيَٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَٰمِلٌۭ ۖ سَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌۭ يُخْزِيهِ وَمَنْ هُوَ كَٰذِبٌۭ ۖ وَٱرْتَقِبُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُمْ رَقِيبٌۭ

    Ey qavmim, imkoningizdagi amalni qilavering, men ham amal qiluvchiman. Tezda kimga sharmanda qiladigan azob kelishini va kim yolgʻonchi ekanini bilasizlar. Kutinglar, men ham sizlar ila kutuvchiman», dedi.

  94. 94

    وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًۭا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍۢ مِّنَّا وَأَخَذَتِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دِيَٰرِهِمْ جَٰثِمِينَ

    Amrimiz kelgan paytda Shuaybga va u bilan birga iymonga kelganlarga rahmatimiz ila najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida toʻkildilar.

  95. 95

    كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَآ ۗ أَلَا بُعْدًۭا لِّمَدْيَنَ كَمَا بَعِدَتْ ثَمُودُ

    Xuddi u yerda yashamaganlardek. Ogoh boʻlingkim, xuddi Samud yoʻqolgandek, Madyan ham yoʻqoldi. (Madyan ahlini halok etish uchun tayin qilingan vaqt kelib, amrimiz yetganida, odatdagidek, Paygʻambarimiz Shuayb va u bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot berdik. Zulmkor boʻlgan kofirlarni esa, biz tomondan kelgan bir qichqiriq tutdi va hammalari turgan joylarida toʻkilib qoldilar. Xuddi yer yuzida yashamagandek ado boʻldilar. Shuaybning (a. s.) qavmi Madyan ahli ham, Solihning (a. s.) qavmi Samud kabi, yoʻqoldi, uzoq boʻldi.)

  96. 96

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا وَسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍ

    Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz va ochiq-oydin hujjatimiz ila yubordik.

  97. 97

    إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَٱتَّبَعُوٓا۟ أَمْرَ فِرْعَوْنَ ۖ وَمَآ أَمْرُ فِرْعَوْنَ بِرَشِيدٍۢ

    Firʼavnga va uning odamlariga. Bas, ular Firʼavn ishiga ergashdilar. Firʼavnning ishi esa toʻgʻri emasdi!

  98. 98

    يَقْدُمُ قَوْمَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فَأَوْرَدَهُمُ ٱلنَّارَ ۖ وَبِئْسَ ٱلْوِرْدُ ٱلْمَوْرُودُ

    U qiyomat kuni qavmining oldiga tushib, ularni doʻzaxga boshlab keltiradir. U joy qanday ham yomon tushish joyidir. (Biz «tushgan joyi» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «suv ichgani tushgan joyi» degan maʼnoni anglatuvchi «al-vardul mavrud» iborasi ila kelgan. Qavm bu dunyoda Alloh taoloning amrini qoʻyib, Firʼavnga ergashgani uchun qiyomat kuni ham unga ergashadilar. U esa, issiqda kuyib-yongan qavmni, suv ichishga boshlab boraman, deb harakat qiladi-yu, olib borgan joyi doʻzaxning qaʼri boʻladi. U qanday ham yomon joy.)

  99. 99

    وَأُتْبِعُوا۟ فِى هَٰذِهِۦ لَعْنَةًۭ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ بِئْسَ ٱلرِّفْدُ ٱلْمَرْفُودُ

    Bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham ularga laʼnat ergashadir. Bu qanday ham yomon yordamdir!

  100. 100

    ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّهُۥ عَلَيْكَ ۖ مِنْهَا قَآئِمٌۭ وَحَصِيدٌۭ

    Mana bular–shaharlarning xabarlaridan boʻlib, ularni senga qissa qilayotirmiz. Ulardan (oʻz oʻrnida) turganlari ham bor, yiqilganlari ham bor.

  101. 101

    وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ ۖ فَمَآ أَغْنَتْ عَنْهُمْ ءَالِهَتُهُمُ ٱلَّتِى يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ لَّمَّا جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَمَا زَادُوهُمْ غَيْرَ تَتْبِيبٍۢ

    Biz ularga zulm qilmadik. Lekin oʻzlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda Allohni qoʻyib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar.

  102. 102

    وَكَذَٰلِكَ أَخْذُ رَبِّكَ إِذَآ أَخَذَ ٱلْقُرَىٰ وَهِىَ ظَٰلِمَةٌ ۚ إِنَّ أَخْذَهُۥٓ أَلِيمٌۭ شَدِيدٌ

    Robbing zolim shaharlarni ushlaganida, ana shunday ushlaydir. Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir.

  103. 103

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّمَنْ خَافَ عَذَابَ ٱلْءَاخِرَةِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمٌۭ مَّجْمُوعٌۭ لَّهُ ٱلنَّاسُ وَذَٰلِكَ يَوْمٌۭ مَّشْهُودٌۭ

    Albatta, bunda oxirat azobidan qoʻrqqan kimsa uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir. Bu kun shohid boʻlinadigan kundir.

  104. 104

    وَمَا نُؤَخِّرُهُۥٓ إِلَّا لِأَجَلٍۢ مَّعْدُودٍۢ

    Uni Biz faqat sanoqli muddatga kechiktiramiz.

  105. 105

    يَوْمَ يَأْتِ لَا تَكَلَّمُ نَفْسٌ إِلَّا بِإِذْنِهِۦ ۚ فَمِنْهُمْ شَقِىٌّۭ وَسَعِيدٌۭ

    U kelgan kunda hech bir jon gapira olmas. Magar U zotning izni ila (gapirur). Bas, ulardan badbaxtlari va baxtlilari bordir.

  106. 106

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ شَقُوا۟ فَفِى ٱلنَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌۭ وَشَهِيقٌ

    Bas, badbaxt boʻlganlar doʻzaxdalar. U yerda ular dod-faryod qilurlar.

  107. 107

    خَٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ فَعَّالٌۭ لِّمَا يُرِيدُ

    Ular, modomiki osmonlaru yer bor ekan, unda abadiy qolurlar. Magar Robbing xohlasa, (abadiy qolmaslar). Albatta, Robbing nimani xohlasa, qilguvchi zotdir. (Yaʼni, ular doʻzaxda abadiy qolurlar. Magar Alloh xohlasa, baʼzilarini ozod etishi mumkin. Chunki Alloh xohlaganini qilguvchi zotdir.)

  108. 108

    ۞ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ سُعِدُوا۟ فَفِى ٱلْجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۖ عَطَآءً غَيْرَ مَجْذُوذٍۢ

    Baxtli boʻlganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomiki osmonlaru yer bor ekan, abadiylar. Magar Alloh xohlasa, (Oʻzi bilur). Bu tuganmas inʼomdir. (Yaʼni, baxtlilar jannatda abadiy qolish bilan birga, tuganmas neʼmatlarga ham ega boʻladilar. Sahih hadisda rivoyat qilinishicha, ularga: «Ey ahli jannatlar, sizlar endi abadiy yashaysizlar, oʻlmaysizlar, abadiy yosh boʻlasizlar, qarimaysizlar, abadiy sogʻ boʻlasizlar, bemor boʻlmaysizlar, abadiy neʼmatda boʻlasizlar, noumid boʻlmaysizlar», deyiladi.)

  109. 109

    فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍۢ مِّمَّا يَعْبُدُ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ مَا يَعْبُدُونَ إِلَّا كَمَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُهُم مِّن قَبْلُ ۚ وَإِنَّا لَمُوَفُّوهُمْ نَصِيبَهُمْ غَيْرَ مَنقُوصٍۢ

    Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada boʻlma. Ular oldin otalari ibodat qilganga oʻxshash ibodat qilurlar, xolos. Va, albatta, Biz ularga nasibalarini kamsitmay, toʻliq qilib beramiz.

  110. 110

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّۢ مِّنْهُ مُرِيبٍۢ

    Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan oʻtgan soʻz boʻlmaganida, oralarida hukm chiqargan boʻlar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar.

  111. 111

    وَإِنَّ كُلًّۭا لَّمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمْ رَبُّكَ أَعْمَٰلَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا يَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha toʻliq vafo qilur. Chunki U qilayotgan narsalaridan xabardordir.

  112. 112

    فَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ وَمَن تَابَ مَعَكَ وَلَا تَطْغَوْا۟ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Bas, sen va sen bilan tavba qilganlar mustaqiym turinglar va tugʻyonga ketmanglar. Chunki U nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir. (Yaʼni, Paygʻambar (s. a. v.) va moʻminlar toʻgʻri yoʻlda–Allohning dinida sobit turmoqliklari, bardavom boʻlmoqlari lozim. Ular haddan oshib, tugʻyonga ketishi mumkin emas. Agar mustaqiym turmasangiz va tugʻyonga ketsangiz, oʻzingizga qiyin boʻladi. «Chunki U nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir».)

  113. 113

    وَلَا تَرْكَنُوٓا۟ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

    Zulm qilganlarga moyil boʻlmanglar. Yana sizni doʻzax olovi tutmasin. Siz uchun Allohdan oʻzga doʻstlar yoʻq. Soʻngra yordam berilmaysizlar.

  114. 114

    وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ طَرَفَىِ ٱلنَّهَارِ وَزُلَفًۭا مِّنَ ٱلَّيْلِ ۚ إِنَّ ٱلْحَسَنَٰتِ يُذْهِبْنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ ذَٰلِكَ ذِكْرَىٰ لِلذَّٰكِرِينَ

    Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir boʻlagida namozni toʻkis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir. (Ulamolarimiz oyati karimadagi «Kunduzning ikki tarafida» ado qilinadigan namoz bomdod, peshin va asr namozlari, «kechaning bir boʻlagida» ado etiladigan namoz shom va xufton namozlari, deyishgan. Moʻmin kishi tomonidan qilingan har bir yaxshi ish yomonliklarni ketkazadi. Namoz oʻsha yaxshiliklarning gultojidir. Ushbu oyatda ogʻir va ahamiyatli ishlarni qilishda, Allohning amriga boʻysunishda, koʻrsatgan yoʻli va yoʻllagan dinida mustaqiym turishdek masʼuliyatli ishda namoz va yaxshilik qilish ila oldinga yoʻl ochishga undash bor.)

  115. 115

    وَٱصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Va sabr qil. Bas, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.

  116. 116

    فَلَوْلَا كَانَ مِنَ ٱلْقُرُونِ مِن قَبْلِكُمْ أُو۟لُوا۟ بَقِيَّةٍۢ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْفَسَادِ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّمَّنْ أَنجَيْنَا مِنْهُمْ ۗ وَٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَآ أُتْرِفُوا۟ فِيهِ وَكَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

    Sizdan oldingi asrlarda yer yuzida fasoddan qaytaradigan boqiylik egalari boʻlganida edi. Magar Biz najot berganlar ozgina kishilar boʻldi, xolos. Zulm qilganlar esa, maishat ortidan ketdilar va jinoyatchilardan boʻldilar.

  117. 117

    وَمَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍۢ وَأَهْلُهَا مُصْلِحُونَ

    Robbing ahli islohchi boʻlgan shaharlarni zulm ila halok qilmas edi.

  118. 118

    وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَجَعَلَ ٱلنَّاسَ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ ۖ وَلَا يَزَالُونَ مُخْتَلِفِينَ

    Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi. Ular ixtilof qilishda bardavom boʻlurlar.

  119. 119

    إِلَّا مَن رَّحِمَ رَبُّكَ ۚ وَلِذَٰلِكَ خَلَقَهُمْ ۗ وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ

    Robbing rahm qilganlaridan boshqalari. Ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomila toʻldirurman», degan soʻzi batamom boʻldi. (Chunki ular turlicha yaratilganlar. Dinda ham ixtilof qiladilar. Magar Alloh rahm qilganlargina xilofsiz Allohning aytganlarida yuradilar. Jahannamni toʻldirish uchun ixtilof qilganlar yetarlicha topiladi.)

  120. 120

    وَكُلًّۭا نَّقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۚ وَجَآءَكَ فِى هَٰذِهِ ٱلْحَقُّ وَمَوْعِظَةٌۭ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ

    Biz qalbingni sabotli qilish uchun senga Paygʻambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu (sura)da senga haq va moʻminlarga mavʼiza hamda eslatma keldi.

  121. 121

    وَقُل لِّلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنَّا عَٰمِلُونَ

    Iymon keltirmaydiganlarga: «Imkoningiz bor amallarni qilavering, biz ham amal qiluvchilarmiz.

  122. 122

    وَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنَّا مُنتَظِرُونَ

    Va intizor boʻlinglar, biz ham muntazirmiz», deb ayt.

  123. 123

    وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

    Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir. (Intizor boʻlib kutilayotgan narsa gʻaybdir. Gʻaybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.