Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 12 · Makkiy · 111 Oyatlar

Sura Yusuf

Yusuf paygʻambar

سورة يوسف
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Alif. Lom. Ro. Ushbular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.

  2. 2

    إِنَّآ أَنزَلْنَٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّۭا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Biz uni arabiy Qurʼon etib nozil qildik, shoyadki aql ishlatsangiz.

  3. 3

    نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ ٱلْقَصَصِ بِمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ وَإِن كُنتَ مِن قَبْلِهِۦ لَمِنَ ٱلْغَٰفِلِينَ

    Biz senga ushbu Qurʼonda vahiy qilgan narsamiz ila eng goʻzal qissani hikoya qilurmiz. Agarchi undan oldin sen bundan bexabarlardan boʻlsang ham.

  4. 4

    إِذْ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَٰٓأَبَتِ إِنِّى رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًۭا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِى سَٰجِدِينَ

    Yusuf otasiga: «Ey otajonim, men oʻn bitta yulduzni ham quyosh va oyni koʻrdim, ularning menga sajda qilayotganlarini koʻrdim», deganini esla. (Bu tushni koʻrganda Yusuf (a. s.) yosh bola edi. Odatda yosh bolalar bunchalar aniq va bashoratli tush koʻrmaydilar. Yaʼqub (a. s.) kichik oʻgʻli Yusufdan koʻrgan tushini eshitib, shu gaplar xayolidan oʻtdi. Bu tush ulugʻ kelajakdan bashorat ekanini angladi.)

  5. 5

    قَالَ يَٰبُنَىَّ لَا تَقْصُصْ رُءْيَاكَ عَلَىٰٓ إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُوا۟ لَكَ كَيْدًا ۖ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لِلْإِنسَٰنِ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ

    U: «Ey oʻgʻilcham, tushingni akalaringga aytmagin. Yana ular senga biror hiyla qilmasinlar. Albatta, shayton insonga ochiq-oydin dushmandir», dedi.

  6. 6

    وَكَذَٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ ءَالِ يَعْقُوبَ كَمَآ أَتَمَّهَا عَلَىٰٓ أَبَوَيْكَ مِن قَبْلُ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Shunday qilib, Robbing seni tanlab oladir, senga tushlarning taʼbirini oʻrgatadir va senga va Yaʼqub ahliga, xuddi otalaring Ibrohim va Ishoqqa batamom qilganidek, oʻz neʼmatini batamom qilib beradir. Albatta, Robbing bilguvchi va hikmatli zotdir». (Allohning Paygʻambari boʻlmish Yaʼqub (a. s.) oʻgʻli Yusuf koʻrgan tushni ana shunday taʼbir qilgan edi. Bu tush Yusufning kelajakda bobolari Ibrohim va Ishoq alayhimussalomlar kabi Paygʻambar boʻlishidan darak berar edi.)

  7. 7

    ۞ لَّقَدْ كَانَ فِى يُوسُفَ وَإِخْوَتِهِۦٓ ءَايَٰتٌۭ لِّلسَّآئِلِينَ

    Batahqiq, Yusuf va uning ogʻa-inilarida soʻrovchilar uchun oyat-ibratlar bor edi. (Yaʼni, Yusuf va uning aka-ukalari qissasida ajoyib ibratli alomat-belgilar juda ham koʻpdir. Kim soʻrasa, eʼtibor bersa, diqqat bilan oʻrgansa, kerakligicha vaʼz-nasihat, ibrat va oʻrnak oladi.)

  8. 8

    إِذْ قَالُوا۟ لَيُوسُفُ وَأَخُوهُ أَحَبُّ إِلَىٰٓ أَبِينَا مِنَّا وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّ أَبَانَا لَفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Oʻshanda ular: «Albatta, Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan koʻra mahbubroqlar, holbuki, biz koʻpchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq-oydin adashuvdadir», dedilar. (Yaʼni, Yusufning akalari (ular oʻn kishi boʻlib, onalari boshqa edi), otamiz bizdan koʻra ukamiz Yusuf va uning ota-ona bir ukasi ikkovini yaxshi koʻradi, aslida ulardan koʻra bizga koʻproq eʼtibor berishi kerak edi, otamiz bu ishda adashmoqda, dedilar.)

  9. 9

    ٱقْتُلُوا۟ يُوسُفَ أَوِ ٱطْرَحُوهُ أَرْضًۭا يَخْلُ لَكُمْ وَجْهُ أَبِيكُمْ وَتَكُونُوا۟ مِنۢ بَعْدِهِۦ قَوْمًۭا صَٰلِحِينَ

    «Yusufni oʻldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar, shunda otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Bundan keyin solih qavmdan boʻlib olasizlar», dedilar. (Bu ularning oʻzaro maslahatlari edi. Ular nima qilib boʻlsa ham, Yusufni yoʻqotib, otalari faqat oʻzlariga eʼtibor berishi uchun harakatga tushib qoldilar. Shayton vasvasaga solganda shunday boʻladi.)

  10. 10

    قَالَ قَآئِلٌۭ مِّنْهُمْ لَا تَقْتُلُوا۟ يُوسُفَ وَأَلْقُوهُ فِى غَيَٰبَتِ ٱلْجُبِّ يَلْتَقِطْهُ بَعْضُ ٱلسَّيَّارَةِ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ

    Ulardan bir soʻzlovchi: «Yusufni oʻldirmanglar. Agar biron ish qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduqning qaʼriga tashlanglar, baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi», dedi. (Akalar gapni bir joyga qoʻyib, rejani amalga oshirish uchun harakatga tushdilar. Borib, otalarini avray boshladilar.)

  11. 11

    قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا مَا لَكَ لَا تَأْمَ۫نَّا عَلَىٰ يُوسُفَ وَإِنَّا لَهُۥ لَنَٰصِحُونَ

    Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz.

  12. 12

    أَرْسِلْهُ مَعَنَا غَدًۭا يَرْتَعْ وَيَلْعَبْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ

    Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, oʻynab keladir. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», dedilar.

  13. 13

    قَالَ إِنِّى لَيَحْزُنُنِىٓ أَن تَذْهَبُوا۟ بِهِۦ وَأَخَافُ أَن يَأْكُلَهُ ٱلذِّئْبُ وَأَنتُمْ عَنْهُ غَٰفِلُونَ

    U: «Uni olib ketishingiz meni xafa qiladir. Siz undan gʻofil qolsangiz, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman», dedi. (Uni sizlarga ishonib, qoʻshib yubora olmayman, degan maʼnodagi soʻzni yumshoqroq qilib aytdilar.)

  14. 14

    قَالُوا۟ لَئِنْ أَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّآ إِذًۭا لَّخَٰسِرُونَ

    Ular: «Agar biz koʻpchilik boʻlib turib, uni boʻri yeb ketsa, unda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da?!» dedilar.

  15. 15

    فَلَمَّا ذَهَبُوا۟ بِهِۦ وَأَجْمَعُوٓا۟ أَن يَجْعَلُوهُ فِى غَيَٰبَتِ ٱلْجُبِّ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ لَتُنَبِّئَنَّهُم بِأَمْرِهِمْ هَٰذَا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Uni olib ketib, quduq qaʼriga tashlashga qaror qilganlarida, biz unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berasan, oʻshanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik. (Nihoyat, Yusufning akalari oʻzlarining mashʼum niyatlariga yetdilar. Uni quduq qaʼriga tashlash haqidagi qarorlarini amalga oshirdilar. Quduq qaʼrida qalbi xavfga toʻlib, oʻlimini kutib oʻtirgan yosh Yusufga vahiy keldi: Yaʼni, sen xafa boʻlma, qoʻrqma ham, vaqti-soati kelib, akalaringga oʻzingga qilgan xiyonatlarining xabarini berasan. Oʻshanda vaziyat shu darajada oʻzgaradiki, akalaring seni tanimaydilar ham.)

  16. 16

    وَجَآءُوٓ أَبَاهُمْ عِشَآءًۭ يَبْكُونَ

    Kechqurun yigʻlagan hollarida otalariga kelib:

  17. 17

    قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّا ذَهَبْنَا نَسْتَبِقُ وَتَرَكْنَا يُوسُفَ عِندَ مَتَٰعِنَا فَأَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُؤْمِنٍۢ لَّنَا وَلَوْ كُنَّا صَٰدِقِينَ

    «Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, oʻzimiz quvlashib ketsak, uni boʻri yeb qoʻyibdi. Agar rostgoʻy boʻlsak ham, sen bizga ishonmassan», dedilar.

  18. 18

    وَجَآءُو عَلَىٰ قَمِيصِهِۦ بِدَمٍۢ كَذِبٍۢ ۚ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًۭا ۖ فَصَبْرٌۭ جَمِيلٌۭ ۖ وَٱللَّهُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ

    Va uning yolgʻon qonga boʻyalgan koʻylagini keltirdilar. U: «Yoʻq! Sizga havoi nafsingiz biror ishni ziynatlab koʻrsatibdi. Endi chiroyli sabr (dan boshqa choram yoʻq). Siz vasf qilayotgan narsada yordam soʻraladigan zot yolgʻiz Allohning Oʻzi», dedi. (Oʻgʻillar otalarini ishontirish maqsadida Yusufning koʻylagini yolgʻondan qonga boʻyab olib kelishdi. Ammo Allohning Paygʻambari Yaʼqub (a. s.) gap nimada ekanini tushundilar. Yusufni boʻri yemagani ham u kishiga ayon boʻldi.)

  19. 19

    وَجَآءَتْ سَيَّارَةٌۭ فَأَرْسَلُوا۟ وَارِدَهُمْ فَأَدْلَىٰ دَلْوَهُۥ ۖ قَالَ يَٰبُشْرَىٰ هَٰذَا غُلَٰمٌۭ ۚ وَأَسَرُّوهُ بِضَٰعَةًۭ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ

    Va yoʻlovchilar kelib (quduqqa) suvchilarini yubordilar. Bas, u chelagini tashladi va: «Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!», dedi. Uni tijorat moli sifatida yashirib qoʻydilar. Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi zotdir.

  20. 20

    وَشَرَوْهُ بِثَمَنٍۭ بَخْسٍۢ دَرَٰهِمَ مَعْدُودَةٍۢ وَكَانُوا۟ فِيهِ مِنَ ٱلزَّٰهِدِينَ

    Va uni arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotdilar. Ular unga qiziqmagan edilar. (Yusufning hur inson ekanligi, nasli oshkor boʻlib qolsa, boshlariga nimalar kelishini yaxshi bilardilar. Shuning uchun tezroq sotishga harakat qildilar.)

  21. 21

    وَقَالَ ٱلَّذِى ٱشْتَرَىٰهُ مِن مِّصْرَ لِٱمْرَأَتِهِۦٓ أَكْرِمِى مَثْوَىٰهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُۥ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ وَٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمْرِهِۦ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Va uni Misrda sotib olgan (odam) oʻz xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning taʼbirini oʻrgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qoʻydik. Alloh Oʻz ishida gʻolibdir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar. (Allohning tadbiri boʻlmasa, karvon qayoqdayu quduq qaʼrida oʻtirgan Yusuf qayoqda? Karvon toʻxtamay, oʻtib ketsa ham boʻlaverardi. Ammo toʻxtadi. Yusufni koʻrdi. Uni sotib, foyda qilishmoqchi ham boʻldilar. Berkitib qoʻyishmasa, birorta mahalliy odam uni koʻrib, Misrga bormay qolib ketishi ham mumkin edi. Lekin Alloh ularning koʻngliga berkitib qoʻyishni soldi. Uni Misrda sotib olgan kishining qalbida esa, mehr-shafqat uygʻotdi. Mana shunday qilib, uni eng yaxshi joyga joylashtirdi. Bu ham kelajakda boʻladigan ulugʻ ishlar tomon bir qadam siljish edi.)

  22. 22

    وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥٓ ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Goʻzal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.

  23. 23

    وَرَٰوَدَتْهُ ٱلَّتِى هُوَ فِى بَيْتِهَا عَن نَّفْسِهِۦ وَغَلَّقَتِ ٱلْأَبْوَٰبَ وَقَالَتْ هَيْتَ لَكَ ۚ قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ رَبِّىٓ أَحْسَنَ مَثْوَاىَ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    U uyida boʻlgan ayol undan nafsini xohladi. Eshiklarni berkitib: «Bu yoqqa kel!» dedi. U: «Alloh saqlasin! Axir, u joyimni yaxshilab bergan xoʻjam-ku! Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi. (Yaʼni, bunday harom ishni qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Shuning uchun ham, axir u, yaʼni, uy egasi–xotinning eri, joyimni yaxshilab bergan xoʻjam-ku, dedi. Menga shuncha yaxshilik qilgan insonga xiyonat etib, xotinining gapiga kirib, fahsh ish qilamanmi? Agar shunday qiladigan boʻlsam, zolimlardan boʻlaman.)

  24. 24

    وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِۦ ۖ وَهَمَّ بِهَا لَوْلَآ أَن رَّءَا بُرْهَٰنَ رَبِّهِۦ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ ٱلسُّوٓءَ وَٱلْفَحْشَآءَ ۚ إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُخْلَصِينَ

    Batahqiq, (xotin) unga intildi. U ham, agar Robbining burhon-hujjatini koʻrmaganida, (xotinga) intilar edi. Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik. Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdan.

  25. 25

    وَٱسْتَبَقَا ٱلْبَابَ وَقَدَّتْ قَمِيصَهُۥ مِن دُبُرٍۢ وَأَلْفَيَا سَيِّدَهَا لَدَا ٱلْبَابِ ۚ قَالَتْ مَا جَزَآءُ مَنْ أَرَادَ بِأَهْلِكَ سُوٓءًا إِلَّآ أَن يُسْجَنَ أَوْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Ikkovlari eshik tomon chopishdi. Xotin uning koʻylagini orqasidan yulib oldi. Eshik oldida u(xotin)ning xoʻjayiniga duch kelishdi. U (xotin): «Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», dedi. (Xotinning eri kelib qoldi. Nima qilish kerak? Makkor xotin oʻzini yoʻqotmay, darhol hujumga oʻtdi: «Yusuf menga–sening ahlingga yomon niyat bilan hamla etdi, buzuqlik qilishni xohladi. Endi uning jazosi yoki qamoq, yoki alamli azob boʻlishi kerak», dedi.)

  26. 26

    قَالَ هِىَ رَٰوَدَتْنِى عَن نَّفْسِى ۚ وَشَهِدَ شَاهِدٌۭ مِّنْ أَهْلِهَآ إِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن قُبُلٍۢ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    U: «Uning oʻzi mening nafsimni xohladi», dedi. U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin rost aytibdir, u yolgʻonchilardandir.

  27. 27

    وَإِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍۢ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Agar uning koʻylagi ort tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin yolgʻon gapiribdir, u rostgoʻylardandir», dedi. (Voqeani hech kim koʻrmagan. Faqatgina koʻylak yirtilgan. Shunga qarab aniqlash mumkin. Agar koʻylak old tomondan yirtilgan boʻlsa, Yusuf hamla qilgan, xotin esa, himoyalanish chogʻida koʻylakning oldidan yirtib olgan boʻladi. U holda xotinning daʼvosi toʻgʻri, Yusuf yolgʻonchi boʻladi. Agar koʻylak ort tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin hamla qilgan boʻladi va qochayotgan Yusufni tutish uchun ortidan tashlanib, koʻylakni yirtgan boʻladi. U holda xotin yolgʻon gapirgan, Yusuf esa, rostgoʻy boʻladi. Oqilona gap, odilona hukm.)

  28. 28

    فَلَمَّا رَءَا قَمِيصَهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍۢ قَالَ إِنَّهُۥ مِن كَيْدِكُنَّ ۖ إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌۭ

    Er uning koʻylagini ort tomonidan yirtilganini koʻrgan paytda: «Albatta, bu (ish) siz xotinlarning makringizdir. Albatta, siz xotinlarning makri juda zoʻrdir.

  29. 29

    يُوسُفُ أَعْرِضْ عَنْ هَٰذَا ۚ وَٱسْتَغْفِرِى لِذَنۢبِكِ ۖ إِنَّكِ كُنتِ مِنَ ٱلْخَاطِـِٔينَ

    Ey Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan boʻlding», dedi.

  30. 30

    ۞ وَقَالَ نِسْوَةٌۭ فِى ٱلْمَدِينَةِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ تُرَٰوِدُ فَتَىٰهَا عَن نَّفْسِهِۦ ۖ قَدْ شَغَفَهَا حُبًّا ۖ إِنَّا لَنَرَىٰهَا فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Shahardagi ayollar: «Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da! Biz u (ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», deyishdi.

  31. 31

    فَلَمَّا سَمِعَتْ بِمَكْرِهِنَّ أَرْسَلَتْ إِلَيْهِنَّ وَأَعْتَدَتْ لَهُنَّ مُتَّكَـًۭٔا وَءَاتَتْ كُلَّ وَٰحِدَةٍۢ مِّنْهُنَّ سِكِّينًۭا وَقَالَتِ ٱخْرُجْ عَلَيْهِنَّ ۖ فَلَمَّا رَأَيْنَهُۥٓ أَكْبَرْنَهُۥ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا هَٰذَا بَشَرًا إِنْ هَٰذَآ إِلَّا مَلَكٌۭ كَرِيمٌۭ

    Ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi. Va har birlariga pichoq berdi. Soʻngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» dedi. Uni koʻrgan chogʻlarida lol qoldilar, qoʻllarini kesdilar. Va: «Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!» deyishdi. (Yusuf mehmonlarning huzuriga chiqdi. Ayollar uning husnu jamolini koʻrib, boshlari aylanib, lol qoldilar, hayratga tushdilar va beixtiyor: «Qoʻllarini kesdilar». Ana shunda Azizning xotini ularni, Yusufning husnu jamoli oldida taajjub va hayrat ila lol boʻlganlarini koʻrib, oʻzini gʻolib sezdi. Endi u oʻzini malomat qilgan ayollar ustidan kula boshladi.)

  32. 32

    قَالَتْ فَذَٰلِكُنَّ ٱلَّذِى لُمْتُنَّنِى فِيهِ ۖ وَلَقَدْ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ فَٱسْتَعْصَمَ ۖ وَلَئِن لَّمْ يَفْعَلْ مَآ ءَامُرُهُۥ لَيُسْجَنَنَّ وَلَيَكُونًۭا مِّنَ ٱلصَّٰغِرِينَ

    U: «Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur», dedi.

  33. 33

    قَالَ رَبِّ ٱلسِّجْنُ أَحَبُّ إِلَىَّ مِمَّا يَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ ۖ وَإِلَّا تَصْرِفْ عَنِّى كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُن مِّنَ ٱلْجَٰهِلِينَ

    «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan koʻra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan Oʻzing nari qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman», dedi.

  34. 34

    فَٱسْتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ فَصَرَفَ عَنْهُ كَيْدَهُنَّ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Uning oʻzi eshitguvchi va bilguvchi zotdir.

  35. 35

    ثُمَّ بَدَا لَهُم مِّنۢ بَعْدِ مَا رَأَوُا۟ ٱلْءَايَٰتِ لَيَسْجُنُنَّهُۥ حَتَّىٰ حِينٍۢ

    Soʻngra oyat-alomatlarni koʻrganlaridan keyin ularga uni bir muddat qamashlari ayon boʻldi. (Boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahliga Yusufning beayb ekanligi alomatlari zohir boʻlib, koʻzlari bilan koʻrganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon boʻldi. Yusufning (a. s.) boshlariga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.)

  36. 36

    وَدَخَلَ مَعَهُ ٱلسِّجْنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَآ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَعْصِرُ خَمْرًۭا ۖ وَقَالَ ٱلْءَاخَرُ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِى خُبْزًۭا تَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِنْهُ ۖ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِۦٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi. Ulardan biri: «Men tushimda, sharob tayyorlab yuribman», dedi. Boshqasi esa: «Men boshimda non koʻtarib yuribman, qush undan yemoqda», dedi. «Bizga buning taʼbirini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz».

  37. 37

    قَالَ لَا يَأْتِيكُمَا طَعَامٌۭ تُرْزَقَانِهِۦٓ إِلَّا نَبَّأْتُكُمَا بِتَأْوِيلِهِۦ قَبْلَ أَن يَأْتِيَكُمَا ۚ ذَٰلِكُمَا مِمَّا عَلَّمَنِى رَبِّىٓ ۚ إِنِّى تَرَكْتُ مِلَّةَ قَوْمٍۢ لَّا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ

    U: «Men sizlarga rizq boʻladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini beraman. Bu ish menga Robbim taʼlim bergan narsalardandir. Chunki men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir boʻlgan qavmning millati-dinini tark etgan odamman», dedi. (Yusuf (a. s.) oʻzlariga umid bilan qarab turgan ikki yigitga latofat bilan javob berdilar. Dastlab, ular tushunolmay qiynalayotgan jumboqni yechish oson ish ekanligiga ishora qildilar. Soʻngra din haqida soʻz ochdilar. U kishining aqidalari va daʼvat qilayotgan dinlari boshqa dinlar qatori Allohga va oxirat kuniga iymon keltirishga asoslangan. Bu ikki unsur hamma Paygʻambarlarning aqidasidir.)

  38. 38

    وَٱتَّبَعْتُ مِلَّةَ ءَابَآءِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۚ مَا كَانَ لَنَآ أَن نُّشْرِكَ بِٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ ۚ ذَٰلِكَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ

    Va otalarim Ibrohim, Ishoq va Yaʼqubning millati-diniga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaslar. (Yusuf (a. s.) bu soʻzlari bilan kufrni tark etibgina qolmay, hidoyat, iymon yoʻliga yurish zarurligini ham qamoqdagi sheriklariga anglatmoqdalar. Ularni kufr millatini tashlab, iymon millatiga ergashishga daʼvat qilmoqdalar.)

  39. 39

    يَٰصَىٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ ءَأَرْبَابٌۭ مُّتَفَرِّقُونَ خَيْرٌ أَمِ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ

    Ey hamzindon doʻstlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolgʻizu Qahhor Allohmi?

  40. 40

    مَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ أَسْمَآءًۭ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّآ إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Sizlar Undan oʻzga, oʻzingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir, U faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana oʻsha toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.

  41. 41

    يَٰصَىٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ أَمَّآ أَحَدُكُمَا فَيَسْقِى رَبَّهُۥ خَمْرًۭا ۖ وَأَمَّا ٱلْءَاخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِن رَّأْسِهِۦ ۚ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ ٱلَّذِى فِيهِ تَسْتَفْتِيَانِ

    Ey hamzindon doʻstlarim, sizlardan biringiz xoʻjasiga xamr soqiyligi qilur. Boshqasi boʻlsa, osilur va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi boʻlgan ish bitdi. (Yusuf (a. s.) tush taʼbirini aytishda juda rioya bilan, odob bilan ish tutdilar. Albatta, shuning oʻzi ham ochiq-oydin koʻrsatib turibdiki, tushida sharob siqayotgan yigit yana borib, xoʻjasi–podshoh saroyida soqiy boʻlib xizmat qilar ekan. Tushida boshida non koʻtarib yurgan, oʻsha nondan qushlar kelib choʻqib yeyayotganini koʻrgan shaxs esa, osiladi va qushlar kelib, boshini yeydi.)

  42. 42

    وَقَالَ لِلَّذِى ظَنَّ أَنَّهُۥ نَاجٍۢ مِّنْهُمَا ٱذْكُرْنِى عِندَ رَبِّكَ فَأَنسَىٰهُ ٱلشَّيْطَٰنُ ذِكْرَ رَبِّهِۦ فَلَبِثَ فِى ٱلسِّجْنِ بِضْعَ سِنِينَ

    Va u oʻzi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: «Xoʻjang huzurida meni esga ol», dedi. Shayton unga xoʻjasiga eslatishni unuttirdi. Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi. (Yusuf (a. s.) ikki hamzindon doʻstlariga tushlarining taʼbirini aytib boʻlganlaridan soʻng, ulardan najot topadi, deb bilgan shaxsga, yaʼni, soqiyga: «Xoʻjang huzurida meni esga ol», dedilar. Darhaqiqat, tushning taʼbiri toʻgʻri chiqdi. Haligi yigit qamoqdan ozod boʻlib, yana podshohga soqiylik qila boshladi. Ammo Yusufning (a. s.) iltimosini bajo keltirmadi.)

  43. 43

    وَقَالَ ٱلْمَلِكُ إِنِّىٓ أَرَىٰ سَبْعَ بَقَرَٰتٍۢ سِمَانٍۢ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌۭ وَسَبْعَ سُنۢبُلَٰتٍ خُضْرٍۢ وَأُخَرَ يَابِسَٰتٍۢ ۖ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ أَفْتُونِى فِى رُءْيَٰىَ إِن كُنتُمْ لِلرُّءْيَا تَعْبُرُونَ

    Podshoh: «Men tushimda yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻini koʻrmoqdaman. Ey aʼyonlar, agar tush taʼbirini qiladigan boʻlsangiz, menga tushimning fatvosini bering», dedi. (Misr podshohining «koʻrmoqdaman» deb aytishidan mazkur tushni bir emas, bir necha marta koʻrganligi maʼlum boʻladi. U faqat shu tushni koʻraverganidan keyin aʼyonlarini toʻplab, ularga tushini aytgan va taʼbir qilishlarini soʻragan.)

  44. 44

    قَالُوٓا۟ أَضْغَٰثُ أَحْلَٰمٍۢ ۖ وَمَا نَحْنُ بِتَأْوِيلِ ٱلْأَحْلَٰمِ بِعَٰلِمِينَ

    Ular: «Bu algʻov-dalgʻov tushdir. Biz bunday tushlarning taʼbirini biluvchi emasmiz», dedilar

  45. 45

    وَقَالَ ٱلَّذِى نَجَا مِنْهُمَا وَٱدَّكَرَ بَعْدَ أُمَّةٍ أَنَا۠ أُنَبِّئُكُم بِتَأْوِيلِهِۦ فَأَرْسِلُونِ

    Va ikkisidan najot topgani ancha muddat oʻtgandan soʻng xotirlab: «Buning taʼbirining xabarini sizga men beraman. Meni yuboring», dedi. (Yaʼni, Yusuf (a. s.) bilan qamoqda boʻlgan yigit bir necha yillar oʻtgandan soʻng Yusufni va uning tush taʼbiri bilimdoni ekanini xotirlab, meni Yusufning huzuriga yuboring, dedi.)

  46. 46

    يُوسُفُ أَيُّهَا ٱلصِّدِّيقُ أَفْتِنَا فِى سَبْعِ بَقَرَٰتٍۢ سِمَانٍۢ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌۭ وَسَبْعِ سُنۢبُلَٰتٍ خُضْرٍۢ وَأُخَرَ يَابِسَٰتٍۢ لَّعَلِّىٓ أَرْجِعُ إِلَى ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَعْلَمُونَ

    «Yusuf, ey rostgoʻy zot, bizga yettita semiz sigirni yettita oriq sigir yeyayotganini va yettita yashil boshoqni va shuncha qurugʻining taʼbirini ayt. Shoyadki odamlarga qaytib borsam, ular ham bilsalar», dedi.

  47. 47

    قَالَ تَزْرَعُونَ سَبْعَ سِنِينَ دَأَبًۭا فَمَا حَصَدتُّمْ فَذَرُوهُ فِى سُنۢبُلِهِۦٓ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّمَّا تَأْكُلُونَ

    U: «Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yigʻishtirib olgan hosilingizni boshogʻida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni (qoldirmang). (Yaʼni, podshoh tushida koʻrgan yettita semiz sigir va yashil boshoqning taʼbiri shulki, yetti yil juda serhosil keladi. Hosil toʻplaysizlar. Oʻshanda toʻplagan hosillaringizni boshogʻida qoldiring. Yaxshi saqlanadi. Chirimaydi, qurt-qumursqalar teshib ketolmaydi. Faqat oʻzingiz uchun yeyishga yarashasini olsangiz, boʻlaveradi.)

  48. 48

    ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ سَبْعٌۭ شِدَادٌۭ يَأْكُلْنَ مَا قَدَّمْتُمْ لَهُنَّ إِلَّا قَلِيلًۭا مِّمَّا تُحْصِنُونَ

    Soʻngra, undan keyin yettita shiddatli (yil) keladid, ular oldindan tayyorlab qoʻyganingizni yeydilar. Magar ozgina asrab qoʻyganingizgina qolur. (Cerhosil yetti yildan keyin qahatchilik yillari keladi. Podshohning tushidagi yetti oriq sigir va quruq boshoq shunga ishorat. Oʻsha yetti shiddatli, qahatchilik yili oʻzidan oldingi yetti serobchilik yilini yeydi.)

  49. 49

    ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَامٌۭ فِيهِ يُغَاثُ ٱلنَّاسُ وَفِيهِ يَعْصِرُونَ

    Soʻngra undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinadilar va unda (mevalarni) siqadilar. (Bu oyatda kelayotgan bashorat podshohning tushidan tashqaridadir. Yaʼni, Misr podshohi koʻrgan tushda bunday yilga taʼbir qilinadigan ishora yoʻq. Bu keyingisi Yusufning (a. s.) Paygʻambarlik moʻʼjizalaridir. )

  50. 50

    وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُ ٱلرَّسُولُ قَالَ ٱرْجِعْ إِلَىٰ رَبِّكَ فَسْـَٔلْهُ مَا بَالُ ٱلنِّسْوَةِ ٱلَّٰتِى قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ ۚ إِنَّ رَبِّى بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌۭ

    Podshoh: «Uni menga keltiringlar», dedi. Unga elchi kelgan paytda: «Xoʻjang huzuriga qaytib bor va undan qoʻllarini kesgan xotinlarning holi nima boʻlganini soʻra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», dedi.

  51. 51

    قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَٰوَدتُّنَّ يُوسُفَ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ قُلْنَ حَٰشَ لِلَّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِن سُوٓءٍۢ ۚ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْـَٰٔنَ حَصْحَصَ ٱلْحَقُّ أَنَا۠ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    U: «Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» dedi. Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», dedilar. Azizning xotini: «Endi haqiqat zohir boʻldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir.

  52. 52

    ذَٰلِكَ لِيَعْلَمَ أَنِّى لَمْ أَخُنْهُ بِٱلْغَيْبِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى كَيْدَ ٱلْخَآئِنِينَ

    Bu men unga yoʻgʻida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh xoinlarning makrini toʻgʻrilikka yoʻllamasligini bilishi uchundir.

  53. 53

    ۞ وَمَآ أُبَرِّئُ نَفْسِىٓ ۚ إِنَّ ٱلنَّفْسَ لَأَمَّارَةٌۢ بِٱلسُّوٓءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Va oʻz nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka koʻp undovchidir. Albatta, Robbim magʻfiratli va bilguvchidir», dedi..

  54. 54

    وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦٓ أَسْتَخْلِصْهُ لِنَفْسِى ۖ فَلَمَّا كَلَّمَهُۥ قَالَ إِنَّكَ ٱلْيَوْمَ لَدَيْنَا مَكِينٌ أَمِينٌۭ

    Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni oʻzimga xos kishilardan qilib olaman», dedi. U bilan gaplashganda esa: «Albatta, sen bugungi kunda huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», dedi. (Podshohga Yusufning (a. s.) pok ekanliklari maʼlum boʻlganidan soʻng, uni qamoqdan chiqarib olib kelishni va u zotni oʻziga xos kishilardan qilib olishini aytdi.)

  55. 55

    قَالَ ٱجْعَلْنِى عَلَىٰ خَزَآئِنِ ٱلْأَرْضِ ۖ إِنِّى حَفِيظٌ عَلِيمٌۭ

    U: «Meni yerning xazinalari ustiga qoʻy. Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», dedi. (Yusuf a. s. podshohga, men xazinani qanday muhofaza qilish–saqlash va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedilar. Tush taʼbiriga koʻra, Misr oʻlkasi kelajakda xuddi shunday sifatlarni mujassam qilgan odamga muhtoj edi.)

  56. 56

    وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ يَتَبَوَّأُ مِنْهَا حَيْثُ يَشَآءُ ۚ نُصِيبُ بِرَحْمَتِنَا مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni oʻzi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. Oʻz rahmatimizni, kimni xohlasak, oʻshanga muyassar eturmiz va goʻzal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz.

  57. 57

    وَلَأَجْرُ ٱلْءَاخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ

    Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq boʻlur.

  58. 58

    وَجَآءَ إِخْوَةُ يُوسُفَ فَدَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَعَرَفَهُمْ وَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ

    Yusufning ogʻa-inilari keldilar va uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi. Ular esa, uni tanimadilar. ( Yusufning (a. s.) husni tadbirlari va Alloh bergan imkonlarni ishga solishlari Misr ahli qahatchilikdan katta zarar koʻrmadi. Hatto boshqa oʻlkalar ulardan oziq-ovqat soʻrab kela boshladi. Misrda oziq-ovqat serobligini eshitib, Yusufning (a. s.) ogʻa-inilari ham shu yoqqa kelishdi.)

  59. 59

    وَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ قَالَ ٱئْتُونِى بِأَخٍۢ لَّكُم مِّنْ أَبِيكُمْ ۚ أَلَا تَرَوْنَ أَنِّىٓ أُوفِى ٱلْكَيْلَ وَأَنَا۠ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ

    Ularning jihozlarini yuklagan vaqtda: «Mening huzurimga ota bir iningizni olib keling. Koʻrayapsizlarmi? Men oʻlchovni toʻla qilmoqdaman va men eng yaxshi mezbonman.

  60. 60

    فَإِن لَّمْ تَأْتُونِى بِهِۦ فَلَا كَيْلَ لَكُمْ عِندِى وَلَا تَقْرَبُونِ

    Agar uni huzurimga olib kelmasangiz, unda sizga mening dargohimda oʻlchab berish yoʻq va menga yaqin ham kelmanglar», dedi. ( Yusuf (a. s.) ularga soʻragan narsalarini–oziq-ovqatni ham berdilar. Joʻnab ketishlaridan oldin mollarini yuklash, yoʻlga tayyorgarlik koʻrish paytida, yanagi safar ota bir inilarini ham olib kelishni tayinladilar.)

  61. 61

    قَالُوا۟ سَنُرَٰوِدُ عَنْهُ أَبَاهُ وَإِنَّا لَفَٰعِلُونَ

    Ular: «Uni otasidan soʻrab olib kelishga urinamiz. Biz bu ishni, albatta, qilurmiz», dedilar.

  62. 62

    وَقَالَ لِفِتْيَٰنِهِ ٱجْعَلُوا۟ بِضَٰعَتَهُمْ فِى رِحَالِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَعْرِفُونَهَآ إِذَا ٱنقَلَبُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    U oʻz yigitlariga: «Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qoʻyinglar. Shoyad ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar», dedi.

  63. 63

    فَلَمَّا رَجَعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَبِيهِمْ قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا مُنِعَ مِنَّا ٱلْكَيْلُ فَأَرْسِلْ مَعَنَآ أَخَانَا نَكْتَلْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ

    Otalari huzuriga qaytib borganlarida: «Ey otamiz, bizga oʻlchab berish man etildi. Biz bilan inimizni yubor, oʻlchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», dedilar.

  64. 64

    قَالَ هَلْ ءَامَنُكُمْ عَلَيْهِ إِلَّا كَمَآ أَمِنتُكُمْ عَلَىٰٓ أَخِيهِ مِن قَبْلُ ۖ فَٱللَّهُ خَيْرٌ حَٰفِظًۭا ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    U: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning Oʻzi eng yaxshi muhofazachi va Uning Oʻzi rahmlilarning eng rahmligidir», dedi.

  65. 65

    وَلَمَّا فَتَحُوا۟ مَتَٰعَهُمْ وَجَدُوا۟ بِضَٰعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ ۖ قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا مَا نَبْغِى ۖ هَٰذِهِۦ بِضَٰعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا ۖ وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍۢ ۖ ذَٰلِكَ كَيْلٌۭ يَسِيرٌۭ

    Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining oʻzlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz oʻzimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) oʻlchovi olamiz. Bu ozgina oʻlchovdir», dedilar.

  66. 66

    قَالَ لَنْ أُرْسِلَهُۥ مَعَكُمْ حَتَّىٰ تُؤْتُونِ مَوْثِقًۭا مِّنَ ٱللَّهِ لَتَأْتُنَّنِى بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يُحَاطَ بِكُمْ ۖ فَلَمَّآ ءَاتَوْهُ مَوْثِقَهُمْ قَالَ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌۭ

    U: «Toki menga, albatta, huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor siz ila yubormasman. Magar (halokatga) oʻralib qolsangiz, boshqa gap», dedi. Unga vasiyqalarini berganlarida, u: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», dedi.

  67. 67

    وَقَالَ يَٰبَنِىَّ لَا تَدْخُلُوا۟ مِنۢ بَابٍۢ وَٰحِدٍۢ وَٱدْخُلُوا۟ مِنْ أَبْوَٰبٍۢ مُّتَفَرِّقَةٍۢ ۖ وَمَآ أُغْنِى عَنكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَعَلَيْهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ

    U: «Ey oʻgʻillarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmasman. Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», dedi. (Yaʼqub (a. s.) oʻgʻillariga manzilga yetganlarida shaharga bir eshikdan emas, boʻlinib, turli eshiklardan kirishlarini nasihat qildilar. U zot Allohning belgilagan taqdirini oʻzgartirib boʻlmasligini yaxshi bilar edilar.)

  68. 68

    وَلَمَّا دَخَلُوا۟ مِنْ حَيْثُ أَمَرَهُمْ أَبُوهُم مَّا كَانَ يُغْنِى عَنْهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ إِلَّا حَاجَةًۭ فِى نَفْسِ يَعْقُوبَ قَضَىٰهَا ۚ وَإِنَّهُۥ لَذُو عِلْمٍۢ لِّمَا عَلَّمْنَٰهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar Yaʼqubning koʻnglidagi ehtiyoj boʻlib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz taʼlim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin koʻpchilik odamlar bilmaslar. (Yaʼni, oʻgʻillar koʻzlagan manzilga yetib borganlarida otalari nasihatiga amal qilib, hammalari bir eshikdan emas, turli-turli eshiklardan kirdilar. Alloh taqdir qilgan narsa bir eshikdan kirsalar ham, turli eshikdan kirsalar ham, albatta, boʻlardi. Buni Yaʼqubning (a. s.) oʻzlari ham yaxshi bilardilar. Ammo shunga qaramay, oʻgʻillariga turli eshiklardan kirishni nasihat qilishlari «Yaʼqubning koʻnglidagi ehtiyoj boʻlib, uni qondirdi, xolos». Yaʼni, koʻngliga bir aytib qoʻyish tushib, aytib qoʻydi, xolos. Bu yerda boshqa hech qanday sir-asror yoʻq. Gapni koʻpaytirishning ham hojati yoʻq. Bu haqiqatlarni Yaʼqubning (a. s.) oʻzi juda yaxshi biladi.)

  69. 69

    وَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَخَاهُ ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَنَا۠ أَخُوكَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Yusufning oldiga kirganlarida, u inisini oʻziga yaqin joylashtirdi va: «Men akangman, ular qilgan narsalardan xafa boʻlma», dedi. (Ular Yusufning (a. s.) huzurlariga kirgan vaqtlarida, u zot mehmonlarni yana yaxshi kutib oldilar. Kichik ukalarini yonlariga olib, boshqalariga bildirmay, «Men akangman», deb oʻzlarini tanitdilar.)

  70. 70

    فَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ جَعَلَ ٱلسِّقَايَةَ فِى رَحْلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا ٱلْعِيرُ إِنَّكُمْ لَسَٰرِقُونَ

    Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qoʻydi. Soʻngra jarchi: «Ey karvondagilar, sizlar oʻgʻridirsizlar», deb jar soldi. (Yaʼni, Yusuf (a. s.) ogʻa-inilarining jihozlarini hozirlayotgan xodimlariga aytib, kichik ukasining yukiga bir suv idish qoʻshtirib qoʻydilar. Ular joʻnab ketganlaridan soʻng, orqalaridan bir odam yuborib, ularni oʻgʻrilikda aybladi.)

  71. 71

    قَالُوا۟ وَأَقْبَلُوا۟ عَلَيْهِم مَّاذَا تَفْقِدُونَ

    Ular (ortlaridan kelganlarga) qarab: «Nima yoʻqotdingiz?» dedilar. (Demak, karvon ortidan faqat ovoz chiqarib jar solgan kishi emas, boshqalar ham borgan ekan. Ogʻa-inilar ularga qarab turib: «Nima yoʻqotdingiz?» dedilar.)

  72. 72

    قَالُوا۟ نَفْقِدُ صُوَاعَ ٱلْمَلِكِ وَلِمَن جَآءَ بِهِۦ حِمْلُ بَعِيرٍۢ وَأَنَا۠ بِهِۦ زَعِيمٌۭ

    Ular: «Podshohning idishini yoʻqotdik. Uni keltirgan kishiga bir tuya yuk. Men unga kafilman», dedi. (Yaʼni, xizmatkorlardan biri hammaning nomidan yuqoridagi gaplarni aytdi. Lekin karvondagilar oʻzlarining aybsiz ekanliklariga ishonchlari komil edi.)

  73. 73

    قَالُوا۟ تَٱللَّهِ لَقَدْ عَلِمْتُم مَّا جِئْنَا لِنُفْسِدَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كُنَّا سَٰرِقِينَ

    Ular: «Allohga qasamki, oʻzingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod uchun kelgan emasmiz, biz oʻgʻrilar boʻlgan emasmiz», dedilar.

  74. 74

    قَالُوا۟ فَمَا جَزَٰٓؤُهُۥٓ إِن كُنتُمْ كَٰذِبِينَ

    Ular: «Agar yolgʻonchi boʻlib chiqsangiz, jazosi nima?» dedilar.

  75. 75

    قَالُوا۟ جَزَٰٓؤُهُۥ مَن وُجِدَ فِى رَحْلِهِۦ فَهُوَ جَزَٰٓؤُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ

    Ular: «Uning jazosi, kimning yukida topilsa, oʻshadir. Bas, uning jazosi oʻshadir. Zolimni shunday jazolaymiz», dedilar. (Yaʼni, bizning qonun-qoidamiz boʻyicha, oʻgʻirlangan narsa kimning yukidan chiqsa, oʻsha odam jazolanadi, dedilar.)

  76. 76

    فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَآءِ أَخِيهِ ثُمَّ ٱسْتَخْرَجَهَا مِن وِعَآءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِى دِينِ ٱلْمَلِكِ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍۢ مَّن نَّشَآءُ ۗ وَفَوْقَ كُلِّ ذِى عِلْمٍ عَلِيمٌۭ

    U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. Soʻngra u( idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U podshohning dini boʻyicha inisini olib qola olmas edi. Magar Alloh xohlasagina, boʻlishi mumkin edi. Kimni xohlasak, oʻshaning darajasini koʻtaramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor. (Misr podshohining qonuni oʻgʻriga boshqa jazo berardi, uni olib qolish mumkin emas edi. Shuning uchun ogʻa-inilarning eʼtirof qildirib, Yaʼqub (a. s.) dini hukmi boʻyicha amal qilishga–oʻgʻrini olib qolishga yoʻl ochildi.)

  77. 77

    ۞ قَالُوٓا۟ إِن يَسْرِقْ فَقَدْ سَرَقَ أَخٌۭ لَّهُۥ مِن قَبْلُ ۚ فَأَسَرَّهَا يُوسُفُ فِى نَفْسِهِۦ وَلَمْ يُبْدِهَا لَهُمْ ۚ قَالَ أَنتُمْ شَرٌّۭ مَّكَانًۭا ۖ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَصِفُونَ

    Ular: «Agar bu oʻgʻirlagan boʻlsa, bundan oldin uning akasi ham oʻgʻirlagan edi», dedilar. Yusuf buni koʻngliga tugib qoʻydi, ularga oshkor qilmadi. «Oʻzingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan narsani yaxshi bilguvchi zotdir», dedi. (Ular oʻzlarini oqlash uchun navbatdagi yolgʻonni gapirdilar. Endi Yusufning (a. s.) oʻzlariga u kishi va ukalari haqida yolgʻon toʻqimoqdalar. Ular, kichik oʻgay uka oʻgʻrilik qilgan boʻlsa, bu ajablanarli emas, uning tugʻishgan akasi ham oldin oʻgʻrilik qilgan edi, bu ish ularnig tabiatida bor oʻzi, deyishmoqchi.)

  78. 78

    قَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ إِنَّ لَهُۥٓ أَبًۭا شَيْخًۭا كَبِيرًۭا فَخُذْ أَحَدَنَا مَكَانَهُۥٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Ular: «Ey Aziz, buning katta yoshli chol otasi bor. Bas, birimizni uning oʻrniga ol. Biz seni yaxshilik qiluvchilardan ekanligingni koʻrmoqdamiz», dedilar.

  79. 79

    قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ أَن نَّأْخُذَ إِلَّا مَن وَجَدْنَا مَتَٰعَنَا عِندَهُۥٓ إِنَّآ إِذًۭا لَّظَٰلِمُونَ

    U: «Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan boʻlib qolamiz», dedi. (Boshqa oʻrinlarda boʻlgani kabi, bu safar ham Yusuf (a. s.) nozik iboralarni ishlatib, hech kimning haqqiga nojoʻya gap aytmadilar. «Oʻgʻriningg» yo «aybdorning oʻrniga» demasdan, «narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin», deya marhamat qildilar.)

  80. 80

    فَلَمَّا ٱسْتَيْـَٔسُوا۟ مِنْهُ خَلَصُوا۟ نَجِيًّۭا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُم مَّوْثِقًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَمِن قَبْلُ مَا فَرَّطتُمْ فِى يُوسُفَ ۖ فَلَنْ أَبْرَحَ ٱلْأَرْضَ حَتَّىٰ يَأْذَنَ لِىٓ أَبِىٓ أَوْ يَحْكُمَ ٱللَّهُ لِى ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ

    Undan umidni uzgan chogʻlarida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir.

  81. 81

    ٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَبِيكُمْ فَقُولُوا۟ يَٰٓأَبَانَآ إِنَّ ٱبْنَكَ سَرَقَ وَمَا شَهِدْنَآ إِلَّا بِمَا عَلِمْنَا وَمَا كُنَّا لِلْغَيْبِ حَٰفِظِينَ

    Otangiz oldiga qaytinglar, bas, unga: «Ey otamiz, haqiqatda oʻgʻling oʻgʻrilik qildi. Biz faqat oʻzimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz gʻaybni biluvchi emas edik.

  82. 82

    وَسْـَٔلِ ٱلْقَرْيَةَ ٱلَّتِى كُنَّا فِيهَا وَٱلْعِيرَ ٱلَّتِىٓ أَقْبَلْنَا فِيهَا ۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ

    Biz boʻlgan shahardan soʻra va u yerda biz uchragan karvondan soʻra, biz, albatta, rostgoʻylardanmiz, denglar», dedi. (Ogʻa-inilarning kattasi boʻlib oʻtgan voqeadan keyin masʼuliyatni his etdi. Otasi oldiga qaytib borishga jurʼat qila olmadi. Otam aybimni kechib, huzuriga borishimga ruxsat bermaguncha yoki Alloh taoloning Oʻzi bu haqda biror hukm chiqarmaguncha Misrdan hech qayerga qimirlamayman. Otamga vaʼda bergan edik. U rozi boʻlib, oʻzi ruxsat bersa yo Alloh bir hukm chiqarsa, yurtimizga qaytishim mumkin. Sizlar, ey ukalarim, yurtimizga qaytib boringlar va otamizga boʻlib oʻtgan voqeani aytib beringlar, deb oyatda kelgan gaplarni oʻrgatdi.)

  83. 83

    قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًۭا ۖ فَصَبْرٌۭ جَمِيلٌ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِيَنِى بِهِمْ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ

    U: «Yoʻq, sizga havoi nafsingiz bir ishni yaxshi koʻrsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli zotdir», dedi. (Yaʼqub (a. s.) xuddi shu gapni Yusufni (a. s.) yoʻqotgan kunlarida ham aytgan edilar. Endi yillar oʻtib, kichik oʻgʻlini yoʻqotgan kuni ham shu gapni takrorladilar, ketidan Alloh taoloning marhamatidan umid uzmaganlarini bildirib qoʻydilar.)

  84. 84

    وَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰٓأَسَفَىٰ عَلَىٰ يُوسُفَ وَٱبْيَضَّتْ عَيْنَاهُ مِنَ ٱلْحُزْنِ فَهُوَ كَظِيمٌۭ

    Va ulardan yuz oʻgirdi hamda: «Oh, Yusuf!!!» deb koʻzlariga oq tushdi. Bas, u dardini yutuvchidir.

  85. 85

    قَالُوا۟ تَٱللَّهِ تَفْتَؤُا۟ تَذْكُرُ يُوسُفَ حَتَّىٰ تَكُونَ حَرَضًا أَوْ تَكُونَ مِنَ ٱلْهَٰلِكِينَ

    Ular: «Allohga qasamki, toki madordan ketguningcha yoki halok boʻluvchilardan boʻlguningcha, Yusufni zikr qilaverasan», dedilar. (Yaʼni, yoʻq boʻlib ketgan Yusufni eslayverib, holdan toyasan yoki bir yoʻla halok boʻlasan, deyishdi.)

  86. 86

    قَالَ إِنَّمَآ أَشْكُوا۟ بَثِّى وَحُزْنِىٓ إِلَى ٱللَّهِ وَأَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    U: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning Oʻziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilaman.

  87. 87

    يَٰبَنِىَّ ٱذْهَبُوا۟ فَتَحَسَّسُوا۟ مِن يُوسُفَ وَأَخِيهِ وَلَا تَا۟يْـَٔسُوا۟ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يَا۟يْـَٔسُ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Ey oʻgʻillarim, boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlanglar, Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Haqiqatda Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid boʻlurlar», dedi.

  88. 88

    فَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ قَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا ٱلضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَٰعَةٍۢ مُّزْجَىٰةٍۢ فَأَوْفِ لَنَا ٱلْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَجْزِى ٱلْمُتَصَدِّقِينَ

    Uning huzuriga kirganlarida: «Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga oʻlchovni toʻliq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa qiluvchilarni mukofotlaydir», dedilar. (Gaplaridan koʻrinib turibdiki, ularning ahvoli ogʻir. Avvalgidek bor narsalarini oziq-ovqatga almashtirishga imkonlari ham qolmagan. Olib kelgan mollari juda arzimas. Sadaqaga muhtojlar. Avvalgi gerdayishlaridan asar ham yoʻq.)

  89. 89

    قَالَ هَلْ عَلِمْتُم مَّا فَعَلْتُم بِيُوسُفَ وَأَخِيهِ إِذْ أَنتُمْ جَٰهِلُونَ

    U: «Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» dedi. (Shunda akalarining koʻz-quloqlari yalt etib ochildi. Koʻzlari Aziz siymosida Yusufni koʻrdi, quloqlari uning ovozini eshitdi.)

  90. 90

    قَالُوٓا۟ أَءِنَّكَ لَأَنتَ يُوسُفُ ۖ قَالَ أَنَا۠ يُوسُفُ وَهَٰذَآ أَخِى ۖ قَدْ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّهُۥ مَن يَتَّقِ وَيَصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Ular: «E-e, hali senn senn Yusufmisan?!» dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat koʻrsatdi. Haqiqatda kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, goʻzal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay», dedi.

  91. 91

    قَالُوا۟ تَٱللَّهِ لَقَدْ ءَاثَرَكَ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَإِن كُنَّا لَخَٰطِـِٔينَ

    Ular: «Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan boʻldik», dedilar. (Ogʻalar bor haqiqatni eʼtirof qildilar, xato qilganlarini ham tan oldilar.)

  92. 92

    قَالَ لَا تَثْرِيبَ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ ۖ يَغْفِرُ ٱللَّهُ لَكُمْ ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    U: «Bugungi kunda sizlarni ayblash yoʻq. Sizlarni Alloh magʻfirat qilgay. U rahm qilguvchilarning rahmlirogʻidir. (Oʻtgan ishga salovot. Bugun sizni birov ayblamoqchi emas, uyaltirmoqchi ham emas. Gunohlarni kechiruvchi Allohning oʻzi.)

  93. 93

    ٱذْهَبُوا۟ بِقَمِيصِى هَٰذَا فَأَلْقُوهُ عَلَىٰ وَجْهِ أَبِى يَأْتِ بَصِيرًۭا وَأْتُونِى بِأَهْلِكُمْ أَجْمَعِينَ

    Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, koʻzi ochilur. Soʻngra ahlingiz ila jam boʻlib huzurimga kelinglar», dedi. (Ajablanishga hech hojat yoʻq. Avvalo, Yaʼqub (a. s.) ham, Yusuf (a. s.) ham Allohning Paygʻambarlari, oralarida moʻʼjiza boʻlib, bir koʻylak sababli dardga shifo yetishi gʻaroyib ish emas.)

  94. 94

    وَلَمَّا فَصَلَتِ ٱلْعِيرُ قَالَ أَبُوهُمْ إِنِّى لَأَجِدُ رِيحَ يُوسُفَ ۖ لَوْلَآ أَن تُفَنِّدُونِ

    Karvon yoʻlga chiqqan vaqtda otalari: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi. (Yaʼni, Yusufning koʻylagini olgan karvon yoʻlga chiqib, Misrdan joʻnab ketgan vaqtda Yaʼqub (a. s.) huzuridagilarga yuqoridagi gaplarni aytdilar. Yusufning hidi Yaʼqubga (a. s.) qanday yetib borganini Allohning oʻzi biladi. Lekin u kishining gaplariga oldilarida turganlar ishonmadilar.)

  95. 95

    قَالُوا۟ تَٱللَّهِ إِنَّكَ لَفِى ضَلَٰلِكَ ٱلْقَدِيمِ

    Ular: «Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasan», dedilar. (Yaʼni, yoʻq boʻlib ketgan Yusufdan hali ham umidvorsan-a, dedilar. Lekin ish boshqacha boʻlib chiqdi.)

  96. 96

    فَلَمَّآ أَن جَآءَ ٱلْبَشِيرُ أَلْقَىٰهُ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ فَٱرْتَدَّ بَصِيرًۭا ۖ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

    Xushxabarchi kelgan chogʻida u(koʻylak) ni uning yuziga tashlaganida, yana koʻradigan boʻldi. U: «Sizlarga men, Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?!» dedi.

  97. 97

    قَالُوا۟ يَٰٓأَبَانَا ٱسْتَغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَآ إِنَّا كُنَّا خَٰطِـِٔينَ

    Ular: «Ey otamiz, gunohlarimiz uchun istigʻfor ayt. Albatta, biz xatokorlardan boʻlgan ekanmiz», dedilar.

  98. 98

    قَالَ سَوْفَ أَسْتَغْفِرُ لَكُمْ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    U: «Sizlar uchun Robbimga soʻngra istigʻfor aytaman. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi va rahmli Zotdir», dedi. (Shundan soʻng hammalari Yaʼqub (a. s.) boshchiliklarida yurtlari Kanʼondan Misrga qarab yoʻlga tushdilar. Qurʼoni Karim ularning safarlari haqida hech narsa demaydi. Balki soʻzni ular Yusuf (a. s.) huzurlariga kirishlari sahnasidan ulab ketadi.)

  99. 99

    فَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَبَوَيْهِ وَقَالَ ٱدْخُلُوا۟ مِصْرَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ

    Yusuf huzuriga kirgan chogʻlarida u otasi va onasini oʻziga yaqinlashtirdi va: «Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!» dedi.

  100. 100

    وَرَفَعَ أَبَوَيْهِ عَلَى ٱلْعَرْشِ وَخَرُّوا۟ لَهُۥ سُجَّدًۭا ۖ وَقَالَ يَٰٓأَبَتِ هَٰذَا تَأْوِيلُ رُءْيَٰىَ مِن قَبْلُ قَدْ جَعَلَهَا رَبِّى حَقًّۭا ۖ وَقَدْ أَحْسَنَ بِىٓ إِذْ أَخْرَجَنِى مِنَ ٱلسِّجْنِ وَجَآءَ بِكُم مِّنَ ٱلْبَدْوِ مِنۢ بَعْدِ أَن نَّزَغَ ٱلشَّيْطَٰنُ بَيْنِى وَبَيْنَ إِخْوَتِىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى لَطِيفٌۭ لِّمَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ

    Va ota-onasini taxtga koʻtardi. Ular unga sajda qilib yiqildilar. U: «Ey otajon, bu avval koʻrgan tushimning taʼbiridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan soʻng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, oʻshanga latifdir. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli zotdir. (Bu oyati karimada uzoq ayriliqdan soʻng diydor topishib, soʻrashib boʻlganlaridan keyingi holatlarning tasviri keltirilmoqda. Bu hol qanday boʻlganini Allohning Oʻzi biladi. Ammo qadimgi tafsirchilarimiz bu haqda turli fikrlar aytganlar. Baʼzilari, salom maʼnosida boshlarini bir oz egdilar, deydilar. Boshqalari, berilgan bu neʼmat uchun Allohga shukr sajdasi qildilar, deydilar. Yana birlari, oʻsha vaqtda kattalarning oyogʻiga yiqilib sajda qilish bor edi, lekin Islom shariatida bekor qilingan, degan fikrni aytganlar.)

  101. 101

    ۞ رَبِّ قَدْ ءَاتَيْتَنِى مِنَ ٱلْمُلْكِ وَعَلَّمْتَنِى مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَنتَ وَلِىِّۦ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ تَوَفَّنِى مُسْلِمًۭا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّٰلِحِينَ

    Ey Robbim, haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyyimsan. Meni musulmon holimda vafot etdirgin va solihlarga qoʻshgin», dedi. (Ushbu oyatda Yusuf (a. s.) Alloh taologa neʼmatlarini bergani uchun shukrlar aytish bilan birga oxiratning neʼmatini ham berishini soʻramoqdalar.)

  102. 102

    ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۖ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ أَجْمَعُوٓا۟ أَمْرَهُمْ وَهُمْ يَمْكُرُونَ

    Bu gʻayb xabarlardan boʻlib, uni senga vahiy qilmoqdamiz. Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida boʻlmagan eding.

  103. 103

    وَمَآ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ وَلَوْ حَرَصْتَ بِمُؤْمِنِينَ

    Odamlarning koʻplari, garchi sen juda qiziqsang ham, moʻmin emaslar. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) qavmlariga yaxshilikni ravo koʻrganlaridan, iymonga kelishlarini juda qattiq istar edilar. Shunga harakat ham qilar edilar. Ammo Alloh taolo bu urinish ularning iymonga kelishlariga sabab boʻla olmasligini bildirmoqda.)

  104. 104

    وَمَا تَسْـَٔلُهُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    Sen ulardan buning uchun ajr ham soʻramaysan. U faqat olamlar uchun eslatma, xolos.

  105. 105

    وَكَأَيِّن مِّنْ ءَايَةٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يَمُرُّونَ عَلَيْهَا وَهُمْ عَنْهَا مُعْرِضُونَ

    Ular osmonlaru yerdagi qanchadan-qancha oyat-belgilar qarshisidan yuz oʻgirgan hollarida oʻtarlar. (Yaʼni, ularga eʼtibor qilmaydilar. Ulardan ibratlanib, vaʼz-nasihat olib, iymonga kelmaydilar. Inson yashab turgan borliqning har bir qarichida Allohning borligiga, birligiga, qudratiga, tadbiriga, biluvchiligiga va boshqa kamoli sifatlariga dalolat qiluvchi oyat-belgilar, dalil-hujjatlar mavjud. Lekin odamlar oʻsha hujjatlarga, oyat-belgilarga eʼtibor bilan qaramaydilar. Shuning uchun ham iymonga kelmaydilar.)

  106. 106

    وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُم بِٱللَّهِ إِلَّا وَهُم مُّشْرِكُونَ

    Koʻplari esa, Allohga mushrik boʻlgan hollaridagina iymon keltiradilar, xolos. (Yaʼni, iymon keltirsalar ham, Unga shirk keltirgan hollarida iymon keltiradilar. Xolis tavhid ila iymon keltirmaydilar. Chunki xolis tavhid masalasi nozik masala, shirkning turlari esa, juda ham koʻp.)

  107. 107

    أَفَأَمِنُوٓا۟ أَن تَأْتِيَهُمْ غَٰشِيَةٌۭ مِّنْ عَذَابِ ٱللَّهِ أَوْ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Ular oʻzlariga Allohdan qamrab oluvchi azob kelishidan yoki sezmay turganlarida qiyomat nogahon kelib qolishidan omondamilar?!

  108. 108

    قُلْ هَٰذِهِۦ سَبِيلِىٓ أَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا۠ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِى ۖ وَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Sen: «Bu–mening yoʻlimdir. Men Allohga bilib–ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt. (Yaʼni, biz yoʻlimizning toʻgʻri ekanini aniq bilib, ishonib turib chaqiramiz. Bizga Alloh taolo hidoyat va nur bergandir. Biz bu yoʻldan ishonch va bilim ila yuramiz, unga boshqalarni ham chaqiramiz.)

  109. 109

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًۭا نُّوحِىٓ إِلَيْهِم مِّنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰٓ ۗ أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۗ وَلَدَارُ ٱلْءَاخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Biz sendan ilgari ham faqat shahar ahlidan er kishilarga vahiy yuborib, Paygʻambar etganmiz. Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati nima boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Albatta, oxirat diyori taqvo qiladiganlar uchun yaxshiroqdir. Aql yuritmaydilarmi?! (Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammadga (s. a. v.) tasalli berib, kofir va mushriklarning u kishini inkor etishlariga eʼtibor qilmaslikka, avvalgi Paygʻambarlar ham u zotga oʻxshagan insonlar boʻlganiga ishora etmoqda.)

  110. 110

    حَتَّىٰٓ إِذَا ٱسْتَيْـَٔسَ ٱلرُّسُلُ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُوا۟ جَآءَهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّىَ مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Hattoki Paygʻambarlar noumid boʻlib, oʻzlarini yolgʻonchiga chiqarilganlar, deb gumon qilib qolganlarida, ularga Bizning nusratimiz keladir. Bas, Biz xohlaganlarga najot beriladir. Jinoyatchi qavmlardan Bizning azobimiz qaytarilmas. (Ha, Allohning nusrati oxirgi lahzada, hech umid qolmaganda keladi. Gulga yetish uchun tikan zahrini totib koʻrish kerak. Paygʻambarimiz (s. a. v.): «Jannat tikanlar bilan oʻralgandir», deydilar.)

  111. 111

    لَقَدْ كَانَ فِى قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌۭ لِّأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ ۗ مَا كَانَ حَدِيثًۭا يُفْتَرَىٰ وَلَٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلِّ شَىْءٍۢ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qurʼon) toʻqima gap emas, lekin oʻzidan oldin kelganni tasdiqlash va har bir narsani batafsil qilish, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir. (Ha, oʻtgan ummatlarning, jumladan Yusuf (a. s.) va zamondoshlarining qissalarida ham aql ishlatgan har bir kishi uchun ibrat bor.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.