Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 13 · Madaniy · 43 Oyatlar

Sura Raʼd

Momaqaldiroq

سورة الرعد
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓر ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ۗ وَٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ

    Alif. Lom. Mim. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.

  2. 2

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى رَفَعَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍۢ تَرَوْنَهَا ۖ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّۭ يَجْرِى لِأَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ يُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُم بِلِقَآءِ رَبِّكُمْ تُوقِنُونَ

    Alloh siz koʻrib turgan osmonni ustunsiz koʻtargan, soʻngra arshga ega boʻlgan, quyosh va oyni Oʻziga boʻyinsundirgan zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki Robbingizga muloqot boʻlishga ishonch hosil qilsangiz. (U–Alloh dunyodagi barcha ishning tadbirini qiladi. Ha, nima hodisa roʻy bersa, hammasi Allohning tadbiri bilandir, jumladan, yuqorida zikr qilingan ishlar ham. Ana shunday ishlarga qodir Alloh Paygʻambariga haq kitobni yubora olmasmidi?! Ana oʻsha Robbingizga muloqot boʻlganingizda, yaʼni, qiyomatda qayta tirilganingizda iymondan, jumladan, Allohning haq kitobiga boʻlgan iymondan ham soʻralasiz.)

  3. 3

    وَهُوَ ٱلَّذِى مَدَّ ٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنْهَٰرًۭا ۖ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ ۖ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    U yerni choʻzib, unda baland togʻlar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan zotdir. U kechani kunduzga oʻratur. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (Ha, u koʻz oʻngingizda yerni choʻzib qoʻygan zotdir. Qayerdan qarasangiz, qarshingizda yer choʻzilib yotibdi. Buni kim qilgan? Albatta, Alloh qilgan.)

  4. 4

    وَفِى ٱلْأَرْضِ قِطَعٌۭ مُّتَجَٰوِرَٰتٌۭ وَجَنَّٰتٌۭ مِّنْ أَعْنَٰبٍۢ وَزَرْعٌۭ وَنَخِيلٌۭ صِنْوَانٌۭ وَغَيْرُ صِنْوَانٍۢ يُسْقَىٰ بِمَآءٍۢ وَٰحِدٍۢ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَىٰ بَعْضٍۢ فِى ٱلْأُكُلِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Va yer yuzida qoʻshni boʻlaklar bor. Shuningdek, uzumlar, bogʻlar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar boʻlib, bir xil suv ila sugʻorilarlar va ularning baʼzilarining mevasini baʼzilarinikidan afzal qilamiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (Darhaqiqat, oʻylab koʻradigan boʻlsak. Ular bir xil yerga ekiladi, bir xil sugʻoriladi, ammo taʼmi xilma xildir. Xurmo ham shu. Yer bir, suv bir, lekin mevasining taʼmi bir-birinikiga oʻxshamaydi. Xoʻsh, buni kim qiladi? Albatta, Alloh.)

  5. 5

    ۞ وَإِن تَعْجَبْ فَعَجَبٌۭ قَوْلُهُمْ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍۢ جَدِيدٍ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ ٱلْأَغْلَٰلُ فِىٓ أَعْنَاقِهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Agar ajablanadigan boʻlsang, ularning: «Agar biz tuproq boʻlib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana oʻshalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana oʻshalar boʻyinlari kishanlarda boʻlganlardir. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  6. 6

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ وَقَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِمُ ٱلْمَثُلَٰتُ ۗ وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍۢ لِّلنَّاسِ عَلَىٰ ظُلْمِهِمْ ۖ وَإِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar oʻtmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun magʻfiratlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir. (Ularga oʻxshagan kofir qavmlar koʻp oʻtgan. Ular ham bularga oʻxshab Paygʻambarlarga qarshi chiqqan va turli talablar qoʻygan edilar. Oqibatda hammalari halok boʻlganlar. Endigilar avval oʻtgan misollardan ibrat olsalar, tavba qilsalar, yaxshi boʻlar edi.)

  7. 7

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۗ إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرٌۭ ۖ وَلِكُلِّ قَوْمٍ هَادٍ

    Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir oyat nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir. (Ha, Paygʻambar kishilarni kufrning, isyonning va gunohkorlikning oqibatidan ogohlantiradi, xolos. U odamlar soʻragan oyat-moʻʼjizalarni keltirishga masʼul emas. )

  8. 8

    ٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَحْمِلُ كُلُّ أُنثَىٰ وَمَا تَغِيضُ ٱلْأَرْحَامُ وَمَا تَزْدَادُ ۖ وَكُلُّ شَىْءٍ عِندَهُۥ بِمِقْدَارٍ

    Alloh har bir urgʻochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida oʻlchovlidir.

  9. 9

    عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْكَبِيرُ ٱلْمُتَعَالِ

    U zot gʻoyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir.

  10. 10

    سَوَآءٌۭ مِّنكُم مَّنْ أَسَرَّ ٱلْقَوْلَ وَمَن جَهَرَ بِهِۦ وَمَنْ هُوَ مُسْتَخْفٍۭ بِٱلَّيْلِ وَسَارِبٌۢ بِٱلنَّهَارِ

    Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi boʻlsayu kim kunduzi oshkor yuruvchi boʻlsa, baribir.

  11. 11

    لَهُۥ مُعَقِّبَٰتٌۭ مِّنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ يَحْفَظُونَهُۥ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا۟ مَا بِأَنفُسِهِمْ ۗ وَإِذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِقَوْمٍۢ سُوٓءًۭا فَلَا مَرَدَّ لَهُۥ ۚ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَالٍ

    Uning oldida ham, ortida ham taʼqib qilguvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib tururlar. Albatta, to bir qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini oʻzgartirmas. Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib boʻlmas va ular uchun Undan oʻzga valiy ham yoʻq. (Alloh Oʻzi yuqorida zikr qilganidek, bandalar uchun oʻta maxfiy boʻlgan holatlarni ham juda aniqlik ila bilib turishiga qaramay, har bir bandaga toʻrttadan farishtani biriktirib qoʻygandir. Ulardan ikkitasi bandaning har bir qilgan amalini oʻsha vaqtning oʻzidayoq yozib qoʻyadi. Bu har bir bandaga katta masʼuliyat yuklaydi. Farishtalardan ikkitasining bandani qoʻriqlab turishi esa, Alloh uni mukarram qilganini koʻrsatadi. Demak, har bir inson oʻsha ikromga loyiq boʻlib, oʻsha masʼuliyatni his etmogʻi kerak. Oʻzini oʻnglashga, tuzatishga, Allohning roziligini qozontiradigan amallarni bajarishga urinishi lozim.)

  12. 12

    هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًۭا وَطَمَعًۭا وَيُنشِئُ ٱلسَّحَابَ ٱلثِّقَالَ

    U sizlarga chaqmoqni xavf va tamaʼ qilib koʻrsatadi va ogʻir bulutlarni paydo qiladi.

  13. 13

    وَيُسَبِّحُ ٱلرَّعْدُ بِحَمْدِهِۦ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ مِنْ خِيفَتِهِۦ وَيُرْسِلُ ٱلصَّوَٰعِقَ فَيُصِيبُ بِهَا مَن يَشَآءُ وَهُمْ يُجَٰدِلُونَ فِى ٱللَّهِ وَهُوَ شَدِيدُ ٱلْمِحَالِ

    Va momaqaldiroq (raʼd) Uning hamdi ila tasbih aytadir va farishtalar ham undan qoʻrqqanlaridan (tasbih aytadir). U chaqmoqlarni yuboradir va ular ila xohlagan odamlarini, ular Alloh haqida talashib turganlarida, uradir. U qattiq ushlaydigan zotdir. ( Inson momaqaldiroqning ovozidan dahshatga tushadi, bu ovoz unga qoʻrqinchli bir quvvat boʻlib tuyuladi, aslida esa, momaqaldiroq oʻzining Xoliqiga–Alloh taologa hamd va tasbeh aytayotgan boʻladi.)

  14. 14

    لَهُۥ دَعْوَةُ ٱلْحَقِّ ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَجِيبُونَ لَهُم بِشَىْءٍ إِلَّا كَبَٰسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَٰلِغِهِۦ ۚ وَمَا دُعَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ

    Haq daʼvati Unikidir. Undan oʻzgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv ogʻziga yetishini kutgan odamga oʻxsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan oʻzga hech narsa emasdir.

  15. 15

    وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًۭا وَكَرْهًۭا وَظِلَٰلُهُم بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْءَاصَالِ ۩ ۩

    Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar. («Osmonlardagi kimsalar» farishtalar va yana ularga oʻxshagan-oʻxshamagan yoki umuman boshqa maxluqlar boʻlishi mumkin. «Yerdagi kimsalar» deganda esa, insonlar va jinlar tushuniladi. Ularning hammasi, xohlasalar ham, xohlamasalar ham, Alloh taologa sajda qiladilar, Unga taslimdirlar, U joriy etgan qonunlarga boʻyinsunib yashaydilar. Nafaqat ularning jasadlari, balki soyalari ham Allohning amriga ertayu kech boʻyinsunadilar–sajda qiladilar. Birorta soya oʻz egasining xohishiga binoan tushmaydi, uning xohlaganicha ham boʻlmaydi.)

  16. 16

    قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ قُلِ ٱللَّهُ ۚ قُلْ أَفَٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ لَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ نَفْعًۭا وَلَا ضَرًّۭا ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ أَمْ هَلْ تَسْتَوِى ٱلظُّلُمَٰتُ وَٱلنُّورُ ۗ أَمْ جَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ خَلَقُوا۟ كَخَلْقِهِۦ فَتَشَٰبَهَ ٱلْخَلْقُ عَلَيْهِمْ ۚ قُلِ ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ وَهُوَ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّٰرُ

    Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «Oʻzingizga Undan oʻzga, oʻzlariga foyda yoki zararga ega boʻlmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Koʻzi koʻr bilan koʻruvchi barobar boʻlurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar boʻlurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga oʻxshash maxuqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilaru ularga yaratilgan maxluqotlarga oʻxshash koʻrinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U birdir, Qahhordir», degin.

  17. 17

    أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَسَالَتْ أَوْدِيَةٌۢ بِقَدَرِهَا فَٱحْتَمَلَ ٱلسَّيْلُ زَبَدًۭا رَّابِيًۭا ۚ وَمِمَّا يُوقِدُونَ عَلَيْهِ فِى ٱلنَّارِ ٱبْتِغَآءَ حِلْيَةٍ أَوْ مَتَٰعٍۢ زَبَدٌۭ مِّثْلُهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ وَٱلْبَٰطِلَ ۚ فَأَمَّا ٱلزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَآءًۭ ۖ وَأَمَّا مَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ فَيَمْكُثُ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَالَ

    U zot osmondan suv tushirdi. Soʻngra vodiylarda oʻz miqdoricha sel oqdi. Bas, sel oʻz ustiga chiqqan koʻpikni koʻtarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida oʻtda toblanadigan narsalarda ham shunga oʻxshash koʻpik boʻladir. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo koʻpik oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketdi. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qoldi. Alloh misollarni ana shunday keltiradir. (Alloh taolo osmondan suv tushirib, yomgʻir yogʻdirsa, sel oqadi. Shu bilan birga, sel oʻzining ustida koʻpikni ham oqizib keladi. Bunda suv haqqa, koʻpik botilga oʻxshatilmoqda. Zeb-ziynat yasaladigan oltin va kumush, asbob-uskuna yasaladigan temir va mis kabi maʼdanlar ustida ham zang va keraksiz moddalar boʻladi. Bu masalda haqqa asl maʼdanlar, botilga zang va koʻpik qiyos qilinmoqda. Koʻpik, garchand suvning ustiga chiqib turgan boʻlsa ham, baribir u koʻpikdir. Maʼdanlardagi zang va boshqa moddalar ularni oʻrab turgan boʻlsalar ham, toblanish vaqti kelganda, birpasda yoʻq boʻlib ketadilar. Botil ham shunday: oʻzidan-oʻzi yoʻq boʻlib ketadi.)

  18. 18

    لِلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِرَبِّهِمُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُۥ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْا۟ بِهِۦٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْحِسَابِ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

    Robbilariga ijobat etganlarga goʻzallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega boʻlsalaru uni fido qilsalar ham, ana oʻshalarga yomon hisob boʻlur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir.

  19. 19

    ۞ أَفَمَن يَعْلَمُ أَنَّمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَىٰٓ ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Senga Robbingdan nozil qilingan narsa, albatta, haq ekanini biladigan kimsa koʻr odamga oʻxsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslaydilar.

  20. 20

    ٱلَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَلَا يَنقُضُونَ ٱلْمِيثَٰقَ

    Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir. (Bu oyati karimadagi ahd barcha ahdlarni oʻz ichiga oladi, bu ahdlarning avvalida iymon ahdi turadi. Bu oyati karimadagi miysoq ham barcha miysoqlarini oʻz ichiga oladi.)

  21. 21

    وَٱلَّذِينَ يَصِلُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوٓءَ ٱلْحِسَابِ

    Ular Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsani bogʻlarlar, Robbilaridan choʻchirlar va yomon hisobdan qoʻrqarlar. (Bu ishlarning boshida «silayi rahm»–qarindoshlik aloqalarini bogʻlash, ularga yaxshilik qilish turadi. Shuningdek, beva-bechora, yetim-yesir va barcha muhtojlarga, butun mavjudodga yaxshilik qilishlik musulmon insonga vazifa qilib yuklatilgandir.)

  22. 22

    وَٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّۭا وَعَلَانِيَةًۭ وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عُقْبَى ٱلدَّارِ

    Ular Robbilari yuzini koʻzlab, sabr qilarlar. Namozni toʻkis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana oʻshalarga oqibat diyori bordir.

  23. 23

    جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ يَدْخُلُونَهَا وَمَن صَلَحَ مِنْ ءَابَآئِهِمْ وَأَزْوَٰجِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِم مِّن كُلِّ بَابٍۢ

    Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih boʻlganlari kirarlar. Soʻngra ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib:

  24. 24

    سَلَٰمٌ عَلَيْكُم بِمَا صَبَرْتُمْ ۚ فَنِعْمَ عُقْبَى ٱلدَّارِ

    «Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom boʻlsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!!!» (derlar). (Mazkur jannatga huzur-halovatlari yanada toʻliq boʻlsin uchun ota-onalari, er yoki xotinlari va oʻgʻil-qizlari ham qoʻshilib kiradilar. Ammo sharti bor. Oʻsha ota-onalar, jufti halollar va zurriyotlar ahli solih boʻlishlari kerak. Ahli solih boʻlmasalar, kira olmaydilar. Adn jannatlari katta neʼmat, unga kirganlar ulugʻ maqomga erishadilar.)

  25. 25

    وَٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مِيثَٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ

    Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzgʻunchilik qiladiganlarga, ana oʻshalarga laʼnat va ularga yomon diyor bor.

  26. 26

    ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ وَفَرِحُوا۟ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْءَاخِرَةِ إِلَّا مَتَٰعٌۭ

    Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlaganinikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod boʻldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos.

  27. 27

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ

    Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir oyat-moʻʼjiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazadir va Oʻziga yoʻnalganlarini hidoyat qiladir», deb ayt.

  28. 28

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ ٱللَّهِ ۗ أَلَا بِذِكْرِ ٱللَّهِ تَطْمَئِنُّ ٱلْقُلُوبُ

    Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? (Ha, iymon keltirganlarning qalblari Allohning zikri ila orom topadi. Chunki u qalblar oʻzlarining Allohga doimiy bogʻliq ekanlarini his etadilar. Chunki bu qalblar dunyodagi hamma narsa Allohdan ekanligini yaxshi biladilar.)

  29. 29

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ طُوبَىٰ لَهُمْ وَحُسْنُ مَـَٔابٍۢ

    Iymon keltirganlar va yaxshi amallarni qilganlarga xushnudlik va goʻzal maskan bor.

  30. 30

    كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَٰكَ فِىٓ أُمَّةٍۢ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهَآ أُمَمٌۭ لِّتَتْلُوَا۟ عَلَيْهِمُ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِٱلرَّحْمَٰنِ ۚ قُلْ هُوَ رَبِّى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ

    Shunday qilib, seni oʻzlaridan oldin ham ummatlar oʻtgan bir ummatga ularga oʻzingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Uning Oʻzigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning Oʻzigadir», deb ayt.

  31. 31

    وَلَوْ أَنَّ قُرْءَانًۭا سُيِّرَتْ بِهِ ٱلْجِبَالُ أَوْ قُطِّعَتْ بِهِ ٱلْأَرْضُ أَوْ كُلِّمَ بِهِ ٱلْمَوْتَىٰ ۗ بَل لِّلَّهِ ٱلْأَمْرُ جَمِيعًا ۗ أَفَلَمْ يَا۟يْـَٔسِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَهَدَى ٱلنَّاسَ جَمِيعًۭا ۗ وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ تُصِيبُهُم بِمَا صَنَعُوا۟ قَارِعَةٌ أَوْ تَحُلُّ قَرِيبًۭا مِّن دَارِهِمْ حَتَّىٰ يَأْتِىَ وَعْدُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ

    Agar Qurʼon ila togʻlar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki oʻliklar tilga kiritiladigan boʻlganida (imkoni bor edi). Ammo ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga to Allohning vaʼdasi kelguncha oʻz ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh vaʼdaga xilof qilmas. (Qurʼonning ishi ham Allohga xosdir. Alloh Qurʼonni odamlarga xitob etish uchun, ularning qalblariga taʼsir oʻtkazish uchun nozil etdi. Bu bilan esa, togʻlarni joyidan jildirishdan, yerni parchalashdan yoki oʻliklarni tilga kiritishdan koʻra ulkanroq ishlar qilindi. Butun dunyo xalqlarining tarixi joyidan jildirildi, qalblaridagi, fikrlardagi toshlar, muzlar parchalandi va xalqlarning ruhiga jon kirdi.)

  32. 32

    وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَأَمْلَيْتُ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ

    Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. Soʻngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq boʻlgan edi?!

  33. 33

    أَفَمَنْ هُوَ قَآئِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ ۗ وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ۚ أَمْ تُنَبِّـُٔونَهُۥ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلْأَرْضِ أَم بِظَٰهِرٍۢ مِّنَ ٱلْقَوْلِ ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مَكْرُهُمْ وَصُدُّوا۟ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍۢ

    Har bir jonning qilgan kasbi ustidan turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yoʻq, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab koʻrsatildi va ular yoʻldan toʻsildilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas. (Demak, gap boshqa yoqda ekan. Kofirlarning dinu diyonatga qarshi qilayotgan makr-hiylalari ularga ziynatlab koʻrsatilibdi. Ular, bu qilayotgan ishimiz toʻgʻri va goʻzaldir, deb oʻyladilar. Makr-hiylalarida davom etaverdilar. Oqibatda esa, Allohning yoʻlidan toʻsildilar. Zalolatga ketdilar.)

  34. 34

    لَّهُمْ عَذَابٌۭ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَشَقُّ ۖ وَمَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍۢ

    Ularga bu dunyo hayotida azob bor. Albatta, oxirat azobi mashaqqatliroq. Ular uchun Allohdan saqlovchi boʻlmas.

  35. 35

    ۞ مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۖ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ أُكُلُهَا دَآئِمٌۭ وَظِلُّهَا ۚ تِلْكَ عُقْبَى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوا۟ ۖ وَّعُقْبَى ٱلْكَٰفِرِينَ ٱلنَّارُ

    Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli (budir): ostidan anhorlar oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, doʻzaxdir.

  36. 36

    وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ ۖ وَمِنَ ٱلْأَحْزَابِ مَن يُنكِرُ بَعْضَهُۥ ۚ قُلْ إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ وَلَآ أُشْرِكَ بِهِۦٓ ۚ إِلَيْهِ أَدْعُوا۟ وَإِلَيْهِ مَـَٔابِ

    Biz kitob berganlar, senga nozil qilingan narsadan xursand boʻlurlar. Guruhlar ichida uning baʼzisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina daʼvat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir«, deb ayt.

  37. 37

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ حُكْمًا عَرَبِيًّۭا ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَمَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا وَاقٍۢ

    Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen oʻzingga kelgan ilmdan soʻng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir doʻst va na bir saqlovchi boʻlmas.

  38. 38

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًۭا مِّن قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَٰجًۭا وَذُرِّيَّةًۭ ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍۢ كِتَابٌۭ

    Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Paygʻambar Allohning iznisiz oyat-moʻʼjiza keltirgan emas. Har bir ajalning oʻz kitobi bordir. (Yaʼni, sening oddiy bashar boʻlishingning ajablanadigan joyi yoʻq. Birov, bu oʻzimizga oʻxshagan odam ekan, unga iymon keltirmayman, agar farishta boʻlganida iymon keltirar edim, deyishga haqqi yoʻq. Biz doimo oddiy odamlarni Paygʻambar qilib kelganmiz, farishtalarni emas. Oʻsha sendan oldin oʻtgan Paygʻambarlarning ham senga oʻxshab oilasi, bola-chaqalari boʻlgan.)

  39. 39

    يَمْحُوا۟ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ وَيُثْبِتُ ۖ وَعِندَهُۥٓ أُمُّ ٱلْكِتَٰبِ

    Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir. (Dunyodagi narsalardan nimani xohlasa, foydasiz yoki muddati bitdi, deb topsa, mahv etadi, yoʻqotadi. Nimani foydali deb topsa, tursin desa, sobit qiladi, qoldiradi. Bularning hammasi va boshqa narsalar yozilgan ona kitob Allohning huzuridadir.)

  40. 40

    وَإِن مَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ وَعَلَيْنَا ٱلْحِسَابُ

    Ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini senga koʻrsatarmiz yoki seni (undan oldin) vafot etdirarimz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir.

  41. 41

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا ۚ وَٱللَّهُ يَحْكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكْمِهِۦ ۚ وَهُوَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni koʻrmaydilarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini taʼqib qilguvchi yoʻq. U hisobi tez zotdir. (Kofirlar vaqt oʻtishi bilan yerdagi hayrotlar kamayib borayotganini koʻrmaydilarmi? Boy-badavlat, hayrotlarga toʻla yurtlar aholisining kofirligi tufayli boyligi, davlati va hayrotlaridan judo boʻlayotganlarini koʻrmaydilarmi? Uni biz qilmoqdamiz. Allohdan oʻzga hech kim hukm qila olmaydi. Agar U biror yurtni tanazzulga uchrashiga hukm qilsa, oʻsha boʻladi. Agar ishonmaydigan boʻlsalar, tarixga bir nazar solsinlar.)

  42. 42

    وَقَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلِلَّهِ ٱلْمَكْرُ جَمِيعًۭا ۖ يَعْلَمُ مَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍۢ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلْكُفَّٰرُ لِمَنْ عُقْبَى ٱلدَّارِ

    Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga boʻlishini bilajaklar.

  43. 43

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَسْتَ مُرْسَلًۭا ۚ قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْكِتَٰبِ

    Kufr keltirganlar: «Paygʻambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.