Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 14 · Makkiy · 52 Oyatlar

Sura Ibrohim

Ibrohim paygʻambar

سورة إبراهيم
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓر ۚ كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ ٱلنَّاسَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ

    Alif. Lom. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziz va maqtalgan zotning yoʻliga chiqarishing uchun nozil qildik.

  2. 2

    ٱللَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَوَيْلٌۭ لِّلْكَٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍۢ شَدِيدٍ

    Alloh osmonlaru yerdagi narsalar Uniki boʻlgan zotdir. Kofirlar holiga shiddatli azobdan voy boʻlsin.

  3. 3

    ٱلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا عَلَى ٱلْءَاخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍۭ بَعِيدٍۢ

    Ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal koʻradiganlar, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlar va u(yoʻl)ning egri boʻlishini xohlaydiganlardir. Ana oʻshalar yiroq adashuvdadirlar. (Qattiq azobdan holiga voy boʻladigan kofirlarning shunday holatga tushishining sabablari ushbu oyatda keltiriladi. Ular dunyoni oxiratdan ustun qoʻyganlari uchun iymon yoʻliga yura olmaydilar. Faqat bu dunyoni koʻzlagan odam besh kunlik hayotida koʻproq matohga erishish uchun oʻlib-tiriladi. Harom-xarishga qoʻl uradi. Odamlarning haqqini yeydii Odamlarga zulm, xiyonat qiladi. Shuning uchun ham Paygʻambarimiz Muhammad mustafo (s. a. v.): «Dunyoning muhabbati har bir xatoning boshidir», deganlar.)

  4. 4

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِۦ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ ۖ فَيُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Qaysiki Paygʻambarni yuborgan boʻlsak, bayon qilib berishi uchun oʻz qavmi tili ila yuborganmiz. Bas, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazadir, kimni xohlasa, hidoyatga soladir. U aziz va hikmatli zotdir. (Butun olamlarga va barcha qavmlarga Paygʻambar boʻlgan Hazrati Muhammadga (s. a. v.) ham arablar tilida vahiy keldi. Buning asosiy hikmatlarini Allohning Oʻzi biladi. Boshqa Paygʻambarlar maʼlum qavmga va maʼlum muddatga kelgan boʻlsalar, Muhammad (s. a. v.) qavmlarning hammasiga qiyomat kuniga qadar Paygʻambar qilib yuborilganlar. Paygʻambarimiz (s. a. v.) Islom dini arablar yashab turgan yerlarga yoyilib boʻlishi bilan vafot topdilar. Islomni dunyoning qolgan qismiga u kishining qavmlari yetkazdilar.)

  5. 5

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنْ أَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ وَذَكِّرْهُم بِأَيَّىٰمِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍۢ

    Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz ila: «Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar va ularga Allohning kunlarini eslat! Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir», deb yubordik.

  6. 6

    وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ أَنجَىٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ وَيُذَبِّحُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌۭ

    Oʻshanda Muso qavmiga: «Allohning sizga bergan neʼmatlarini eslang; vaqtiki, u sizni Oli Firʼavndan qutqardi. Ular sizga bardavom yomon azob berardilar. Oʻgʻillaringizni soʻyib, qizlaringizni tirik qoldirardilar. Ana oʻshanda Robbingizdan buyuk sinov bordir», degan edi. (Yaʼni, azob-uqubatga duchor qilish bir sinov. Undan qutulish neʼmatini berish ikkinchi bir sinovdir. Birinchisida banda sabr qilib, ikkinchisida shukr qilib sinovdan oʻtishi kerak.)

  7. 7

    وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ ۖ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِى لَشَدِيدٌۭ

    Va Robbingiz sizga: «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», deb bildirganini eslang.

  8. 8

    وَقَالَ مُوسَىٰٓ إِن تَكْفُرُوٓا۟ أَنتُمْ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا فَإِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ حَمِيدٌ

    Muso: «Agar siz va yer yuzidagi kimsalar hammangiz kufr keltirsangizlar ham, albatta, Alloh behojat va maqtalgan zotdir», dedi. (Demak, shukr etgan kishi oʻziga foyda keltiradi. Kufr qilgan odam oʻziga zarar orttiradi. Alloh shundoq ham behojat va maqtalgan zotdir.) Ey Muhammad ummati!

  9. 9

    أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَبَؤُا۟ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ قَوْمِ نُوحٍۢ وَعَادٍۢ وَثَمُودَ ۛ وَٱلَّذِينَ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۛ لَا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَرَدُّوٓا۟ أَيْدِيَهُمْ فِىٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَقَالُوٓا۟ إِنَّا كَفَرْنَا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ وَإِنَّا لَفِى شَكٍّۢ مِّمَّا تَدْعُونَنَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍۢ

    Sizga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyingilarning, Allohdan oʻzga hech kim bilmaydiganlarning, xabari kelmadimi? Ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ular esa, qoʻllarini ogʻizlariga qoʻyib: «Biz siz bizni chaqirayotgan narsada shubhalantiruvchi shakdadirmiz!» dedilar. (Yaʼni, oʻsha nobakor qavmlar ovozlari baland chiqishi uchun qoʻllarini ogʻizlariga karnay qilib qoʻyib: »Biz siz orqali Alloh tomonidan yuborilgan dinga kufr keltirdik. Biz siz daʼvat qilayotgan narsada kuchli shak va shubhadamiz! « dedilar. Demak, ular oʻzlarini zulmatlardan nurga olib chiqish uchun Alloh tomonidan kelgan hodiy Paygʻambarlarga nisbatan beodoblarcha munosabatda boʻldilar.)

  10. 10

    ۞ قَالَتْ رُسُلُهُمْ أَفِى ٱللَّهِ شَكٌّۭ فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يَدْعُوكُمْ لِيَغْفِرَ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرَكُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ قَالُوٓا۟ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُنَا تُرِيدُونَ أَن تَصُدُّونَا عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا فَأْتُونَا بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Paygʻambarlari ularga: «Osmonlaru yerning yaratguvchisi boʻlmish Allohga shak bormi? U sizlarni gunohlaringizni magʻfirat qilishga va oʻzingizni maʼlum muddatga qoldirishga chaqirmoqda-ku! « dedilar. Ular esa: «Siz bizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emassiz. Bizni otalarimiz ibodat qilib yurgan narsadan toʻsmoqchisiz. Bas, bizga ochiq-oydin hujjat keltiring», dedilar. (Barcha qavm kofirlari barcha Paygʻambarlarga shu gapni aytganlar. Ularning oʻz otalari nimaga ibodat qilib yurgani bilan ishlari yoʻq. Otalari ibodat etgan narsa nima boʻlsa ham, bari bir. U narsalar bir qiymatga arziydimi? Ularga ibodat qilish lozimligi haqida biror dalil bormi? Bu va bunga oʻxshash savollar bilan ishlari yoʻq. Ammo Alloh tomonidan ochiq hujjatlar bilan kelgan Paygʻambarlardan (a. s) yana hujjat-dalil soʻraydilar.)

  11. 11

    قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِن نَّحْنُ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَمُنُّ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ وَمَا كَانَ لَنَآ أَن نَّأْتِيَكُم بِسُلْطَٰنٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Paygʻambarlari ularga: «Biz sizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emasmiz. Lekin Alloh Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga (Paygʻambarlik) inʼom qilur. Biz oʻzimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila. Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar. (Yaʼni, bu gapingiz toʻgʻri. Biz farishta ham yoki boshqa bir oliy maqomli alohida zot ham emasmiz. Biroq bu degani odam zotidan Paygʻambar boʻlishi mumkin emas degan gap emas. Toʻgʻri, biz basharmiz.)

  12. 12

    وَمَا لَنَآ أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنَا سُبُلَنَا ۚ وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَىٰ مَآ ءَاذَيْتُمُونَا ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ

    Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yoʻlimizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar.

  13. 13

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِرُسُلِهِمْ لَنُخْرِجَنَّكُم مِّنْ أَرْضِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِى مِلَّتِنَا ۖ فَأَوْحَىٰٓ إِلَيْهِمْ رَبُّهُمْ لَنُهْلِكَنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Kufr keltirganlar oʻz Paygʻambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan chiqarib yuboramiz yoki, albatta, millatimizga qaytasizlar», dedilar. Bas, Robbilari ularga: «Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.

  14. 14

    وَلَنُسْكِنَنَّكُمُ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَافَ مَقَامِى وَخَافَ وَعِيدِ

    Va ulardan soʻng u yerga sizni joylashtirurmiz. Bu esa, maqomimdan xavf qilganlar va tahdidimdan qoʻrqqanlar uchundir», deb vahiy qildi. (Alloh taolo, Paygʻambarlarning koʻngillarini tinchlantirib, bashorat berdi. Zolimlar albatta halok boʻlishini taʼkidladi. »Zolimlar« deganda kofirlar koʻzda tutiladi. Chunki kufr eng katta zulmdir. Oʻsha kofir zolimlarni halok etgandan soʻng u yerga sizlarni, yaʼni, Paygʻambarlarni va ularga ergashgan moʻmin-musulmonlarni joylashtiramiz, dedi. U yerga kimki mening maqomimdan qoʻrqsa, oʻzidan ketib haddidan oshmasa, oʻsha joylashadi, dedi.)

  15. 15

    وَٱسْتَفْتَحُوا۟ وَخَابَ كُلُّ جَبَّارٍ عَنِيدٍۢ

    Fathu nusrat soʻradilar va har bir jabrchi, sarkash kimsa noumidlikka uchradi.

  16. 16

    مِّن وَرَآئِهِۦ جَهَنَّمُ وَيُسْقَىٰ مِن مَّآءٍۢ صَدِيدٍۢ

    Uning ortida jahannam bordir. Yiring suv ila sugʻoriladir.

  17. 17

    يَتَجَرَّعُهُۥ وَلَا يَكَادُ يُسِيغُهُۥ وَيَأْتِيهِ ٱلْمَوْتُ مِن كُلِّ مَكَانٍۢ وَمَا هُوَ بِمَيِّتٍۢ ۖ وَمِن وَرَآئِهِۦ عَذَابٌ غَلِيظٌۭ

    Uni yutishga urinadi-yu, yuta olmas. Unga har tomondan oʻlim keladi-yu, oʻla olmas. Uning ortidan esa, qattiq azob bor. (Jahannamda ularga alvon-alvon azoblar beriladi. Jumladan, oʻsha jabrchi-sarkash jahannam olovida yonib-chanqab suv soʻraganida, unga yiring beriladi. Yiringni ogʻizga olishning oʻzi qattiq azob. Uni chanqoqbosdi uchun ichish ikki karra azob, uni yuta olmay qiynalish azobdir. Oʻlimni oʻylashning oʻzi bir azob. Oʻlimning kelishi battarroq azob. Endi takror va takror oʻlim kelib turib oʻla olmaslik mislsiz azobdir.)

  18. 18

    مَّثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ ۖ أَعْمَٰلُهُمْ كَرَمَادٍ ٱشْتَدَّتْ بِهِ ٱلرِّيحُ فِى يَوْمٍ عَاصِفٍۢ ۖ لَّا يَقْدِرُونَ مِمَّا كَسَبُوا۟ عَلَىٰ شَىْءٍۢ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلْبَعِيدُ

    Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli, xuddi boʻronli kunda shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydir. Ular oʻz kasblaridan biror narsaga ega boʻlmaslar. Ana oʻsha uzoq adashuvning oʻzidir. (Har qanday amal, agar egasida kofirlik boʻlsa, bexudaga aylanadi. Kofirlik har qanday yaxshi amalni xuddi kulga oʻxshatib keraksiz qilib qoʻyadi. Choʻgʻi yoʻq kul befoyda narsaga aylanib, uni shamol toʻzitib uchirib ketganidek, kofirlarning amallari ham bexuda ketadi. Ular turli amallarni qilishlari mumkin, ammo foyda ola bilmaydilar.)

  19. 19

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍۢ جَدِيدٍۢ

    Alloh osmonlaru yerni haq ila yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi? Agar istasa, sizlarni ketkazib, yangi xalq keltiradi.

  20. 20

    وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍۢ

    Bu esa, Alloh uchun qiyin emas.

  21. 21

    وَبَرَزُوا۟ لِلَّهِ جَمِيعًۭا فَقَالَ ٱلضُّعَفَٰٓؤُا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًۭا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا مِنْ عَذَابِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ ۚ قَالُوا۟ لَوْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ لَهَدَيْنَٰكُمْ ۖ سَوَآءٌ عَلَيْنَآ أَجَزِعْنَآ أَمْ صَبَرْنَا مَا لَنَا مِن مَّحِيصٍۢ

    Ularning hammalari Alloh huzurida paydo boʻldilar. Bas, zaiflar mutakabbirlarga: «Albatta, biz sizlarga tobe boʻlgan edik. Endi, sizlar ustimizdagi Allohning azobidan biror narsani yengillata olasizlarmi?» dedilar. Ular: «Agar Alloh bizni hidoyat qilganida, biz ham sizlarni, albatta, hidoyat qilar edik. Biz uchun endi, dod-voy qilamizmi yoki sabr qilamizmi, bari bir. Biz uchun qochar joy yoʻq», dedilar. (Zaiflar–bu dunyoda zaifhol boʻlib oʻzidan kuchli, aqlli, yuqori mansabdorlarga ergashib gunoh etganlar qiyomat kunida Allohning huzurida ishining chatoq ekanligini anglab yetib, oʻz xoʻjayinlariga yuazkur murojaatni qiladilar.)

  22. 22

    وَقَالَ ٱلشَّيْطَٰنُ لَمَّا قُضِىَ ٱلْأَمْرُ إِنَّ ٱللَّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ ٱلْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ ۖ وَمَا كَانَ لِىَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَٰنٍ إِلَّآ أَن دَعَوْتُكُمْ فَٱسْتَجَبْتُمْ لِى ۖ فَلَا تَلُومُونِى وَلُومُوٓا۟ أَنفُسَكُم ۖ مَّآ أَنَا۠ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَآ أَنتُم بِمُصْرِخِىَّ ۖ إِنِّى كَفَرْتُ بِمَآ أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ ۗ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Ish bitib boʻlganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq vaʼdani qilgan edi. Men esa, sizga vaʼda berdim-u, vaʼdamga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yoʻq edi. Faqat daʼvat qilsam, oʻzingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, oʻzingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi. (Bu dunyoda har ishning boshida turgan, har qilmishga bosh-qosh boʻlgan laʼnati shayton u dunyoda hamma ish bitib, hukm chiqqandan soʻng paydo boʻladi. Bir-birini malomat qilib turgan kuchliyu zaif, ergashganu ergashtirgan atboʼlariga qarab, soʻz boshlaydi.)

  23. 23

    وَأُدْخِلَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ ۖ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَٰمٌ

    Va iymon keltirib, amali solih qilganlar ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritilurlar. Unda Robbilari izni ila abadiy qolurlar. Ularning undagi soʻrashishlari «Salom»dir. (Demak, har bir narsa oʻz joyini topdi. Mantiqiy va adolatli nihoyaga yetdi. Shayton va unga ergashganlar doʻzaxning dahshatli azobiga mahkum boʻldilar. Paygʻambarlar va ularning moʻmin ummatlari jannat va uning moddiy-maʼnaviy neʼmatlariga erishdilar.)

  24. 24

    أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا كَلِمَةًۭ طَيِّبَةًۭ كَشَجَرَةٍۢ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌۭ وَفَرْعُهَا فِى ٱلسَّمَآءِ

    Alloh yaxshi soʻzga qanday misol keltirganini koʻrmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga oʻxshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda. (Yaxshi soʻz, haq soʻz iymon soʻzidir. U soʻzni Alloh taolo bir yaxshi, sogʻlom daraxtga oʻxshatmoqda. Bu daraxtning asli sobitdir. Uning tomirlari yerga chuqur ildiz otgani uchun mustahkamdir. Turli shamollar, boʻronlar va boshqa omillar uni joyidan qimirlata olmaydi. Ayni choqda, bu daraxtning shoxlari osmonda, yuksaklikdadir. U doimo meva berib turadi. Iymon ham xuddi shu yaxshi daraxtga oʻxshaydi. Asli mustahkam. Hech narsadan taʼsirlanmaydi. Martabasi oliy. Doimo samarasini ham berib turadi.)

  25. 25

    تُؤْتِىٓ أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍۭ بِإِذْنِ رَبِّهَا ۗ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Robbi izni ila har doim mevalarini berib turadir. Alloh, shoyad eslasalar, deb odamlarga misollar keltiradir.

  26. 26

    وَمَثَلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍۢ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ ٱجْتُثَّتْ مِن فَوْقِ ٱلْأَرْضِ مَا لَهَا مِن قَرَارٍۢ

    Yomon soʻzning misoli, xuddi yomon daraxtga oʻxshaydir. U yerdan uzilib qolgan, uning qarori yoʻqdir. (Yomon soʻz, kufr soʻzdir. U ildizi yerdan uzilgan, qoʻporilgan, beqaror bir daraxtga oʻxshaydi. Suvrati, shakli daraxtni eslatadi. Ammo uning na yerga chuqur ildiz otgan tomiri, na osmonga koʻtarilgan shoxlari va na mevasi bor. Shunga oʻxshab, kufrning ham asli mustahkam emas. Sal narsaga qulaydi. Maqtashga arzimaydi. Beradigan samarasi ham yoʻq.)

  27. 27

    يُثَبِّتُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْقَوْلِ ٱلثَّابِتِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَيُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلظَّٰلِمِينَ ۚ وَيَفْعَلُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ

    Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit soʻz ila sobitqadam qilur. Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur. Alloh xohlaganini qilur.

  28. 28

    ۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ بَدَّلُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ كُفْرًۭا وَأَحَلُّوا۟ قَوْمَهُمْ دَارَ ٱلْبَوَارِ

    Allohning neʼmatini kufrga almashtirgan va qavmlarini halokat diyoriga tushirganlarni koʻrmadingmi? (Oʻylab koʻrgin, bu narsa taajjublanarli emasmi? Alloh bir qavmga oʻzlaridan Paygʻambar yuborib, ularni iymonga, Islomga daʼvat qilsa, oxirgi ilohiy kitobi Qurʼonni indirib, hech kimga bermagan ulugʻ neʼmatini ato etsa-yu, gumroh qavm bu neʼmat oʻrniga kufrni ixtiyor qilsa! Iymonni kufrga almashtirib olsa! Oʻzlariga qoʻshib qavmlarini ham halokat diyoriga tushirsalar!)

  29. 29

    جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا ۖ وَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ

    Ular jahannamga kirurlar. Bu qandoq ham yomon qarorgoh! (Ha, halokat diyori deyilganidan murod jahannamdir. Ular oʻsha jahannamga kiradilar. Jahannam qanday ham yomon joy.)

  30. 30

    وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ أَندَادًۭا لِّيُضِلُّوا۟ عَن سَبِيلِهِۦ ۗ قُلْ تَمَتَّعُوا۟ فَإِنَّ مَصِيرَكُمْ إِلَى ٱلنَّارِ

    Ular Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlar qildilar. Sen ularga: «Huzurlanib qoling! Bas, albatta, boradigan joyingiz doʻzaxdir», deb ayt! (Odamlarni Allohning yoʻlidan adashtirib, oʻzingiz aytgan yoʻlga yurgizib, gapingizni qildirib, oʻzingizcha huzurlanyapsizmi? Mayli, hozircha huzurlanib turavering. Ammo bilib qoʻyingki, albatta, oxir-oqibat boradigan joyingiz jahannamdir.)

  31. 31

    قُل لِّعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ سِرًّۭا وَعَلَانِيَةًۭ مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌۭ لَّا بَيْعٌۭ فِيهِ وَلَا خِلَٰلٌ

    Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni toʻla-toʻkis ado etsinlar. Savdo-sotiq, ogʻaynigarchilik yoʻq boʻlgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar.

  32. 32

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزْقًۭا لَّكُمْ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلْأَنْهَٰرَ

    Alloh osmonlaru yerni yaratgan, osmondan suv tushirib, u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan, Oʻz amri ila dengizda suzmogʻi uchun kemalarni sizga boʻysundirgan va anhorlarni sizga boʻysundirgan zotdir.

  33. 33

    وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ دَآئِبَيْنِ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ

    U sizga doimiy harakatdagi quyosh va oyni ham, shuningdek, kecha ila kunduzni ham xizmatchi qilib qoʻydi.

  34. 34

    وَءَاتَىٰكُم مِّن كُلِّ مَا سَأَلْتُمُوهُ ۚ وَإِن تَعُدُّوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ لَا تُحْصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَظَلُومٌۭ كَفَّارٌۭ

    Va U sizga barcha soʻragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmassizlar. Albatta, inson oʻta zolim va oʻta noshukrdir.

  35. 35

    وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ رَبِّ ٱجْعَلْ هَٰذَا ٱلْبَلَدَ ءَامِنًۭا وَٱجْنُبْنِى وَبَنِىَّ أَن نَّعْبُدَ ٱلْأَصْنَامَ

    Esla, Ibrohim demishdi: «Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin.

  36. 36

    رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ فَمَن تَبِعَنِى فَإِنَّهُۥ مِنِّى ۖ وَمَنْ عَصَانِى فَإِنَّكَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan koʻpini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy boʻlsa, albatta, Oʻzing magʻfirat qilguvchi va rahmlisan. (Ibrohim (a. s.) oʻz davrlarida va undan oldingi zamonlarda but-sanamlar koʻplab kishilarning zalolatga ketishiga sabab boʻlganini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham ushbu maʼnodagi duoni qildilar.)

  37. 37

    رَّبَّنَآ إِنِّىٓ أَسْكَنتُ مِن ذُرِّيَّتِى بِوَادٍ غَيْرِ ذِى زَرْعٍ عِندَ بَيْتِكَ ٱلْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱجْعَلْ أَفْـِٔدَةًۭ مِّنَ ٱلنَّاسِ تَهْوِىٓ إِلَيْهِمْ وَٱرْزُقْهُم مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ

    Ey Robbimiz, haqiqatda men oʻz zurriyotimdan, sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni toʻkis ado etishlari uchun Bas, Oʻzing odamlardan baʼzilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad shukr qilsalar. (Alloh taolo Ibrohimning (a. s.) bu duolarini qabul etdi. Mazkur yurtni, Harami Sharifni omonlik yurti qilib qoʻydi. Uning omonligiga tahdid soladiganlarni halok qildi. U yerdagilar Allohga ibodatni toʻgʻri qilib, namozni toʻkis ado etganlarida, omonlikka qoʻshib toʻqchilikni ham berdi. Musulmon boʻlgan odamlar qalbini oʻsha tomonga talpinib turadigan etib qoʻydi. U joyniyu aholisini, yerlarida hech narsa oʻsmasligiga qaramasdan, turli mevalar bilan rizqlantirib qoʻydi. Faqat, oʻsha yer aholisining shukr qilishi qoldi, xolos.)

  38. 38

    رَبَّنَآ إِنَّكَ تَعْلَمُ مَا نُخْفِى وَمَا نُعْلِنُ ۗ وَمَا يَخْفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ

    Ey Robbimiz, albatta, Sening Oʻzing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilasan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas.

  39. 39

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى وَهَبَ لِى عَلَى ٱلْكِبَرِ إِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ ۚ إِنَّ رَبِّى لَسَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ

    Keksalik paytimda menga Ismoil va Ishoqni ato qilgan Allohga hamd boʻlsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir. (Maʼlumki, Ibrohim (a. s.) uzoq vaqt farzand koʻrmaganlar. Toʻqson yoshlarida Ismoil (a. s.), soʻngra Ishoq (a. s.) dunyoga kelgan. Keksa kishiga farzand berish Allohning ulugʻ neʼmatidir.)

  40. 40

    رَبِّ ٱجْعَلْنِى مُقِيمَ ٱلصَّلَوٰةِ وَمِن ذُرِّيَّتِى ۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَآءِ

    Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni toʻkis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin.

  41. 41

    رَبَّنَا ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ ٱلْحِسَابُ

    Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va moʻminlarni hisob qilinadigan kuni magʻfirat aylagin».

  42. 42

    وَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ غَٰفِلًا عَمَّا يَعْمَلُ ٱلظَّٰلِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍۢ تَشْخَصُ فِيهِ ٱلْأَبْصَٰرُ

    Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan gʻofil, deb gumon qilma. Faqatgina ularni koʻzlar qotib qoladigan kungacha qoʻyib qoʻyadi, xolos.

  43. 43

    مُهْطِعِينَ مُقْنِعِى رُءُوسِهِمْ لَا يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ ۖ وَأَفْـِٔدَتُهُمْ هَوَآءٌۭ

    Ular boshlarini koʻtargan holda yugururlar. Koʻzlari oʻzlariga qaytmaydir. Koʻngillari esa, boʻm-boʻsh boʻlur. (Ularning koʻzlari dahshatdan qotib qolgan. Atroflaridagi dahshatli narsalardan uzilmaydi. Oʻzlariga qaytmaydi. Qoʻrquv tufayli boʻm-boʻsh boʻlib qolgan koʻngillariga biron narsa sigʻmaydi.)

  44. 44

    وَأَنذِرِ ٱلنَّاسَ يَوْمَ يَأْتِيهِمُ ٱلْعَذَابُ فَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ رَبَّنَآ أَخِّرْنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ قَرِيبٍۢ نُّجِبْ دَعْوَتَكَ وَنَتَّبِعِ ٱلرُّسُلَ ۗ أَوَلَمْ تَكُونُوٓا۟ أَقْسَمْتُم مِّن قَبْلُ مَا لَكُم مِّن زَوَالٍۢ

    Sen odamlarni ularga azob keladigan Kundan ogohlantir. Oʻshanda zulm qilganlar: «Ey Robbimiz, bizni ozgina vaqt qoʻyib turgin, Sening daʼvatingni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz», derlar. Bundan oldin sizlarga zavol yoʻqligiga qasam ichmagan edingizmi?!

  45. 45

    وَسَكَنتُمْ فِى مَسَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَتَبَيَّنَ لَكُمْ كَيْفَ فَعَلْنَا بِهِمْ وَضَرَبْنَا لَكُمُ ٱلْأَمْثَالَ

    Va oʻziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi? Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan boʻlmadimi? Sizga misollar keltirmadikmi? (Ushbu oyati karimada Alloh taolo Paygʻambarimizga (s. a. v.) oʻzlarining asosiy ishlari–odamlarni ogohlantirishda bardavom boʻlishni amr etmoqda. Boshqa narsa bilan, yaʼni, kimga iqob tez kelyaptiyu kimga kelmay turgani bilan ishing boʻlmasin. Qiyomat kuni hammaning koʻzi moshday ochilishi turgan gap.)

  46. 46

    وَقَدْ مَكَرُوا۟ مَكْرَهُمْ وَعِندَ ٱللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ ٱلْجِبَالُ

    Darhaqiqat, ular oʻz makrlarini qildilar. Holbuki, ularning makrlari, garchi makrlaridan togʻlar zavolga uchraydigan boʻlsa ham, Allohning huzuridadir. (Kofir-mushriklar Paygʻambarga (s. a. v.), moʻminlarga, dinga qarshi qoʻllaridan kelgan barcha makrlarni qildilar. Ammo ularning makrlari har qancha kuchli hatto togʻlarni yoʻq qilib yuboradigan darajada boʻlmasin, hech narsa qila olmaydilar. Chunki ularning barcha makrlari Alloh taoloning huzuridadir, U hammasini koʻrib, bilib turadi. Oʻzi xohlaganicha tasarruf qiladi.)

  47. 47

    فَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ مُخْلِفَ وَعْدِهِۦ رُسُلَهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌۭ ذُو ٱنتِقَامٍۢ

    Sen, Alloh Paygʻambarlariga bergan vaʼdasiga xilof qiluvchi, deb gumon qilma. Albatta, Alloh aziz va intiqom egasidir.

  48. 48

    يَوْمَ تُبَدَّلُ ٱلْأَرْضُ غَيْرَ ٱلْأَرْضِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ ۖ وَبَرَزُوا۟ لِلَّهِ ٱلْوَٰحِدِ ٱلْقَهَّارِ

    Yer boshqa yerga va osmonlar ham boshqa osmonlarga almashtiriladigan, yolgʻiz va qahhor Alloh huzurida paydo boʻlishadigan Kunda boʻladi. (Yaʼni, qiyomat kunining dahshatidan bizga hozir juda ham ulkan boʻlib koʻrinib turgan Yer boshqacha, umuman boshqa yerga aylanib qoladi. Shuningdek, osmonlar ham oʻzgarib ketadi. Odamlarning hammasi Alloh huzurida hisob-kitob uchun yigʻiladilar. Oʻshanday kunda Alloh Paygʻambarlarga va ularga ergashgan moʻminlarga najot beradi. Zolim va kofirlardan intiqom oladi.)

  49. 49

    وَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍۢ مُّقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ

    Va u kunda jinoyatchilarni kishanlar ila toʻplangan hollarida koʻrasan.

  50. 50

    سَرَابِيلُهُم مِّن قَطِرَانٍۢ وَتَغْشَىٰ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ

    Ularning kiyimlari qora moydan boʻlib, yuzlarini olov qoplagandir.

  51. 51

    لِيَجْزِىَ ٱللَّهُ كُلَّ نَفْسٍۢ مَّا كَسَبَتْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Alloh har bir jonga qilgan kasbiga yarasha jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob qilguvchidir.

  52. 52

    هَٰذَا بَلَٰغٌۭ لِّلنَّاسِ وَلِيُنذَرُوا۟ بِهِۦ وَلِيَعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ وَلِيَذَّكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Bu(Qurʼon) odamlar uchun, ularning u ila ogohlantirilishlari, U yagona iloh ekanini bilishlari va aql egalari eslashlari uchun bayonotdir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.