Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 8 · Madaniy · 75 Oyatlar

Sura Anfol

Oʻljalar

سورة الأنفال
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْأَنفَالِ ۖ قُلِ ٱلْأَنفَالُ لِلَّهِ وَٱلرَّسُولِ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَصْلِحُوا۟ ذَاتَ بَيْنِكُمْ ۖ وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Sendan oʻljalar haqida soʻrarlar. Sen: «Oʻljalar Alloh va Paygʻambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va oʻz oralaringizni isloh etinglar. Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga va Uning Paygʻambariga itoat qilinglar», deb ayt.

  2. 2

    إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُهُۥ زَادَتْهُمْ إِيمَٰنًۭا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

    Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina moʻminlardir.

  3. 3

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Ular namozni toʻkis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.

  4. 4

    أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّۭا ۚ لَّهُمْ دَرَجَٰتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Ana oʻshalar haqiqiy moʻminlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, magʻfirat va karamli rizq bor.

  5. 5

    كَمَآ أَخْرَجَكَ رَبُّكَ مِنۢ بَيْتِكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّ فَرِيقًۭا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ لَكَٰرِهُونَ

    Albatta, bu holat, moʻminlardan bir guruhi yoqtirmagan boʻlsalar ham, Robbing seni haq ila uyingdan chiqarganga oʻxshaydi. (Yaʼni, uyingdan Badrga urush qilish uchun chiqarganga oʻxshaydi. Ushbu ikki ish - oʻljani boʻlish va gʻazotga chiqishning bir-biriga oʻxshashliklari bor. Oʻlja taqsimoti bir guruh moʻminlarga yoqmaganidek urushga chiqish ham baʼzi bir moʻminlarga yoqmagan edi.)

  6. 6

    يُجَٰدِلُونَكَ فِى ٱلْحَقِّ بَعْدَمَا تَبَيَّنَ كَأَنَّمَا يُسَاقُونَ إِلَى ٱلْمَوْتِ وَهُمْ يَنظُرُونَ

    Xuddi oʻzlari koʻrib turgan hollarida oʻlimga haydalayotgandek, haq ayon boʻlgandan keyin ham sen bilan bahslasharlar. (Haq ayon boʻlgandan keyin ham, yaʼni, urush boʻlishi ayon boʻlib qolgandan keyin ham. Chunki Abu Sufyon karvonni boshqa tomonga burib, sohil boʻylab oʻtib ketganining va qurayshliklar askar tortib kelayotganining aniq xabari yetgan edi. Shunday boʻlsa ham, baʼzilar biz karvonni qasd qilib chiqqan edik, urushga tayyor emasmiz, deb sen bilan bahs qildilar. Agar urushga borsak, albatta, oʻlamiz, deb oʻyladilar.)

  7. 7

    وَإِذْ يَعِدُكُمُ ٱللَّهُ إِحْدَى ٱلطَّآئِفَتَيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ ٱلشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُحِقَّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَيَقْطَعَ دَابِرَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Oʻshanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta, sizniki boʻlishini vaʼda qilgan edi. Sizlar shavkati yoʻgʻi sizlarniki boʻlishini suyar edingiz. Alloh esa, Oʻz kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi. (Yaʼni, Badr tomon yurgan vaqtingizda, ikki toifadan biri–yoki Abu Sufyonning karvoni yoki Quraysh lashkarlari sizniki boʻlishini Alloh vaʼda qilgan edi.)

  8. 8

    لِيُحِقَّ ٱلْحَقَّ وَيُبْطِلَ ٱلْبَٰطِلَ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ

    Jinoyatchilar yoqtirmasalar ham, haqni haq, botilni botil qilish uchun shunday boʻlishini iroda qilgan edi.

  9. 9

    إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَٱسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّى مُمِدُّكُم بِأَلْفٍۢ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُرْدِفِينَ

    Oʻshanda Robbingizdan madad soʻraganingizda, sizni (soʻrovingizni) ijobat qilib: «Albatta, men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», dedi. (Alloh taolo moʻmin bandalariga madad uchun farishtalarni yuborganligi haqida mavzularda eng ishonchli manba Qurʼoni Karim va hadisi sharif boʻladi. Ikrima va Ibn Abbos (r. a.)lardan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Paygʻambar (s. a. v.) Badr kuni:-Mana bu Jibroil otining boshidan tutib ustida urush anjomlari bilan kelmoqda, dedilar.)

  10. 10

    وَمَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ وَلِتَطْمَئِنَّ بِهِۦ قُلُوبُكُمْ ۚ وَمَا ٱلنَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

    Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam boʻlishi uchungina qildi. Gʻalaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli zotdir.

  11. 11

    إِذْ يُغَشِّيكُمُ ٱلنُّعَاسَ أَمَنَةًۭ مِّنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ لِّيُطَهِّرَكُم بِهِۦ وَيُذْهِبَ عَنكُمْ رِجْزَ ٱلشَّيْطَٰنِ وَلِيَرْبِطَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ ٱلْأَقْدَامَ

    Oʻshanda U sizni Oʻzidan omonlik qilib, mudroq ila oʻragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bogʻlash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi. (Musulmonlarga ajoyib bir ruhiy holat paydo boʻldi oʻshanda. Hozirgina qoʻrqib, xavsirab turgan odamlar bir mudroqdan keyin qalblari toʻla sokinlik, oʻzlari hotirjam, dushmandan zarracha qoʻrqmaydigan holga keldilar. Mudroq bosish holati Paygʻambarimizda (s. a. v.) qanday kechgani Imomi Buxoriyning «Sahih»larida bunday rivoyat qilingan: «Badr urushi kuni Rasululloh (s. a. v.) Abu Bakr Siddiq (r. a.) bilan kapada duo qilib turganlarida Rasulullohni (s. a. v.) mudroq bosdi. U kishi kulib uygʻondilar. «Suyunaver, ey Abu Bakr, Jabroil otda ikki tomonidan chang chiqarib kelmoqda», dedilar. Soʻngra kapadan «Tezda bu jamoat yengiladi va orqaga qarab qochurlar», degan oyatni oʻqib chiqdilar». Suvsizlikdan, shaytonning vasvasasidan yetgan zaiflikni ketkazish, sobitqadam qilish uchun Alloh taolo yomgʻir yogʻdirdi.)

  12. 12

    إِذْ يُوحِى رَبُّكَ إِلَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ أَنِّى مَعَكُمْ فَثَبِّتُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ سَأُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلرُّعْبَ فَٱضْرِبُوا۟ فَوْقَ ٱلْأَعْنَاقِ وَٱضْرِبُوا۟ مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍۢ

    Oʻshanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrqinch solaman. Bas, boʻyinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.

  13. 13

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ وَمَن يُشَاقِقِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.

  14. 14

    ذَٰلِكُمْ فَذُوقُوهُ وَأَنَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابَ ٱلنَّارِ

    Mana shu sizniki, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga doʻzax azobi bordir.

  15. 15

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ زَحْفًۭا فَلَا تُوَلُّوهُمُ ٱلْأَدْبَارَ

    Ey iymon keltirganlar, kufr keltirganlarga yaqinlashib, yuzma-yuz kelganingizda ularga orqa oʻgirmangiz.

  16. 16

    وَمَن يُوَلِّهِمْ يَوْمَئِذٍۢ دُبُرَهُۥٓ إِلَّا مُتَحَرِّفًۭا لِّقِتَالٍ أَوْ مُتَحَيِّزًا إِلَىٰ فِئَةٍۢ فَقَدْ بَآءَ بِغَضَبٍۢ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Kimki oʻsha kunda jang hunari koʻrsatib yoki boshqa guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan holatdan tashqari ularga orqa oʻgirib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan boʻlgan gʻazab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.

  17. 17

    فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ قَتَلَهُمْ ۚ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ رَمَىٰ ۚ وَلِيُبْلِىَ ٱلْمُؤْمِنِينَ مِنْهُ بَلَآءً حَسَنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Ularni siz oʻldirmadingiz, balki Alloh oʻldirdi. Otgan payitingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va moʻminlarni goʻzal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi zotdir. (Badr urushida Paygʻambarimiz (s. a. v.) siqimlariga tuproq olib, mushriklar tomonga «Shahatil vujuh» (Yuzlar qaro boʻlsin!) deb otganlari rivoyatlarda sobit. Hazrati Abdulloh ibn Abbos (r. a.) bu haqda shunday rivoyat qiladilar: «Badr kuni Rasululloh (s. a. v.) qoʻllarini koʻtarib: «Ey bor Xudoyo, agar ushbu jamoa halok boʻlsa, yer yuzida senga ibodat qiladigan odam qolmaydi...» deb duo qildilar. Jabroil kelib u kishiga: «Bir siqim tuproq olib, ularning yuziga qarab ot!» dedi. Bir siqim tuproq olib, ularga otdilar. Koʻziga va ogʻzi-burniga tuproq kirmagan birorta ham mushrik qolmadi. Shundan keyin ortlariga qarab qocha boshladilar».)

  18. 18

    ذَٰلِكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُوهِنُ كَيْدِ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Ana oʻshalar (ning sizga boʻlishi) Alloh, albatta, kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi boʻlganidandir.

  19. 19

    إِن تَسْتَفْتِحُوا۟ فَقَدْ جَآءَكُمُ ٱلْفَتْحُ ۖ وَإِن تَنتَهُوا۟ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۖ وَإِن تَعُودُوا۟ نَعُدْ وَلَن تُغْنِىَ عَنكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْـًۭٔا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Agar orani ochishni soʻragan boʻlsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar toʻxtasangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha koʻp boʻlsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh moʻminlar bilan birgadir.

  20. 20

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَا تَوَلَّوْا۟ عَنْهُ وَأَنتُمْ تَسْمَعُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz va eshitib turib, undan yuz oʻgirib ketmangiz.

  21. 21

    وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ قَالُوا۟ سَمِعْنَا وَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ

    Va oʻzlari eshitmasalar ham, «eshitdik» deganlar kabi boʻlmangiz.

  22. 22

    ۞ إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلصُّمُّ ٱلْبُكْمُ ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ

    Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov boʻlib, aql ishlatmaydiganlardir.

  23. 23

    وَلَوْ عَلِمَ ٱللَّهُ فِيهِمْ خَيْرًۭا لَّأَسْمَعَهُمْ ۖ وَلَوْ أَسْمَعَهُمْ لَتَوَلَّوا۟ وَّهُم مُّعْرِضُونَ

    Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta, eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta, yuz oʻgirib, burilib ketar edilar. (Alloh taolo ulardan biror yaxshilik chiqishini bilganida edi, albatta, ularni eshitganidan foyda oladigan qilib qoʻygan boʻlardi. Ammo ularning tabiatlari buzuqligini, eshitsalar ham, yuz oʻgirib ketishlarini bilgani uchun ham Alloh bunday qilmadi.)

  24. 24

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱسْتَجِيبُوا۟ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ ۖ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَقَلْبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida Alloh va Rasuliga javob bering va bilinki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qoʻyadi va, albatta, Uning huzurida toʻplanursiz. («Hayot beradigan narsa»–iymon va Islomdir. Qurʼoni Karim taʼbiri boʻyicha, haqiqiy hayot iymon va Islomdir. Inson bularsiz oʻlikdir. Alloh inson bilan qalbining orasini ajratgandan keyin u oʻzini oʻnglay olmay qoladi. Inson oʻz qalbiga molik boʻla olmay qolmaydi.)

  25. 25

    وَٱتَّقُوا۟ فِتْنَةًۭ لَّا تُصِيبَنَّ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنكُمْ خَآصَّةًۭ ۖ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Va sizlardan faqat zulm qilganlarning oʻzigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilinki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.

  26. 26

    وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ أَنتُمْ قَلِيلٌۭ مُّسْتَضْعَفُونَ فِى ٱلْأَرْضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ ٱلنَّاسُ فَـَٔاوَىٰكُمْ وَأَيَّدَكُم بِنَصْرِهِۦ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol boʻlib, odamlar sizni tutib olishidan qoʻrqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, Oʻz nusrati ila qoʻlladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki shukr qilsangiz. (Alloh taolo musulmonlarga juda qiyin paytlarida ham Oʻzi yordam berganini eslatmoqda. Islomiy daʼvatning boshlanishida musulmonlar oz sonli, zaifhol edilar. Makkada qoʻrqib bekinib yurardilar.)

  27. 27

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَخُونُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ وَتَخُونُوٓا۟ أَمَٰنَٰتِكُمْ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Ey iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Paygʻambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang. (Allohga xiyonat–«La ilaha ilalloh», deb iymonga kelgan shaxsning ana oʻsha «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq» shioriga xilof qilishidir. Allohdan oʻzganing yoʻliga yurish, Alloh farz qilgan amallarni tark etish, qaytarganlaridan qaytmaslik va boshqa gunohlar Allohga xiynat qilish boʻladi. Paygʻambarga xiyonat qilish esa, «Muhammadun Rasululloh»-ga xilof qilishdir. Paygʻambarimizni (s. a. v.) shariatlariga yurmaslik, sunnatlariga amal qilmaslikdir. Kishilar orasida boʻladigan muomalalarda omonatlar bor. Muomalalar shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqacha boʻlishi mumkin. Ularning hammasida ham birovga bir nima ishonib topshirilsa, omonat boʻladi. Uni oʻz oʻrniga qoʻya olmaslik xiyonat hisoblanadi.)

  28. 28

    وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَٰدُكُمْ فِتْنَةٌۭ وَأَنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌۭ

    Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan oʻzga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulugʻ ajr bordir. (Molu dunyo va farzandlar omonatga xiyonat qilishga sabab boʻlishi uchun emas, sinov uchun beriladi. Har bir insonda molu dunyoga, farzandga muhabbat bor. Bular ham Allohning neʼmatlari.)

  29. 29

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَانًۭا وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

    Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, magʻfirat qiladir. Alloh ulugʻ fazl egasidir.

  30. 30

    وَإِذْ يَمْكُرُ بِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِيُثْبِتُوكَ أَوْ يَقْتُلُوكَ أَوْ يُخْرِجُوكَ ۚ وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ ٱللَّهُ ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَٰكِرِينَ

    Kufr keltirganlarning seni ushlash, oʻldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir. (Ulamolarimiz Allohga «makkor» sifatini berishdan qaytarganlar. Shuning uchun ham Qurʼon yoki hadisda Alloh taologa nisbatan «makr» lafzi ishlatilsa, uni bandalarga nisbatan qoʻllanilgani kabi tushunmaslik kerak.)

  31. 31

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا قَالُوا۟ قَدْ سَمِعْنَا لَوْ نَشَآءُ لَقُلْنَا مِثْلَ هَٰذَآ ۙ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar hohlasak, bunga oʻxshashni oʻzimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan oʻzga narsa emas», derlar.

  32. 32

    وَإِذْ قَالُوا۟ ٱللَّهُمَّ إِن كَانَ هَٰذَا هُوَ ٱلْحَقَّ مِنْ عِندِكَ فَأَمْطِرْ عَلَيْنَا حِجَارَةًۭ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ أَوِ ٱئْتِنَا بِعَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    «Ey bor Xudoyo, agar mana shu Sening huzuringdan kelgan haq boʻlsa, ustimizga osmondan tosh yogʻdirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.

  33. 33

    وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنتَ فِيهِمْ ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

    Modomiki sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki ular istigʻfor aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas.

  34. 34

    وَمَا لَهُمْ أَلَّا يُعَذِّبَهُمُ ٱللَّهُ وَهُمْ يَصُدُّونَ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَمَا كَانُوٓا۟ أَوْلِيَآءَهُۥٓ ۚ إِنْ أَوْلِيَآؤُهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُتَّقُونَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan toʻsmoqdalar. Holbuki, uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan oʻzga hech kim emas. Lekin koʻplari bilmaydilar.

  35. 35

    وَمَا كَانَ صَلَاتُهُمْ عِندَ ٱلْبَيْتِ إِلَّا مُكَآءًۭ وَتَصْدِيَةًۭ ۚ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

    Ularning bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib koʻring. (Mushriklar Baytullohning valiy-mutasaddilari boʻlsa, ibodatlari xushtak va chapak chalishdan iborat boʻlarmidi? Bu ishda na Baytullohga hurmat-ehtirom bor va na Allohga ibodat. Faqat ovoz chiqarish, toʻs-toʻpolon qilish. Shuning uchun ham oyatning soʻngida ularga xitoban: «Bas kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib koʻring», deyilmoqda.)(Yaʼni, Badr urushidagi azobni tatib turing, qolganini qiyomatda olasiz.)

  36. 36

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ لِيَصُدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةًۭ ثُمَّ يُغْلَبُونَ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ

    Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflaydilar-u, soʻngra oʻzlariga hasrat boʻladir, keyin mablugʻ boʻlarlar. Kufr keltirganlar jahannamga toʻplanurlar. (Ushbu surai karima tafsiri muqaddimasida keltirilgan Badr urushi haqidagi rivoyatlarda Makka mushriklarining boylari musulmonlarga, Paygʻambarga (s. a. v.) qarshi qanchalik molu mulk sariflaganliklarini koʻrib oʻtdik. Kofirlar odamlarini Allohning yoʻlidan qaytarish uchun undan keyin ham, hozir ham hisobsiz mablagʻlarini sarflamoqdalar. Ular oʻzlaricha, bu xarajatlarni ezgulik yoʻlida, savob uchun sarflayapmiz, deb oʻylaydilar. Ular xohlaganlaricha sarflayversinlar, lekin bir kuni kelib, xuddi shu sarflagan mollari oʻzlariga hasratnadomat boʻlib qaytadi. Bunga Badr urushiga xarjlangan mollar misol boʻla oladi. Ming-minglab sarf qilsalar ham, maqsadlariga erisha olmay, magʻlub boʻldilar. Oxiratda esa, jahannamda toʻplanadilar.)

  37. 37

    لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ ٱلْخَبِيثَ بَعْضَهُۥ عَلَىٰ بَعْضٍۢ فَيَرْكُمَهُۥ جَمِيعًۭا فَيَجْعَلَهُۥ فِى جَهَنَّمَ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning baʼzisi ustiga baʼzisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir. (Alloh taolo kofirlarni u dunyoda jahannamga toʻplaydi, ularni pok–jannati moʻminlardan ajratib olish uchun, xuddi oʻtinni taxlagandek, bir-birlarining ustiga taxlab turib, doʻzaxga tashlash uchun toʻplaydi. Haqiqiy ziyon koʻruvchilar ana shular boʻladi.)

  38. 38

    قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَنتَهُوا۟ يُغْفَرْ لَهُم مَّا قَدْ سَلَفَ وَإِن يَعُودُوا۟ فَقَدْ مَضَتْ سُنَّتُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Kufr keltirganlarga ayt, agar toʻxtasalar, oʻtgan narsalar magʻfirat qilinur va agar qaytadigan boʻlsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati oʻtgan.

  39. 39

    وَقَٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌۭ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ كُلُّهُۥ لِلَّهِ ۚ فَإِنِ ٱنتَهَوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Va ular bilan to fitna boʻlmaguncha va dinning hammasi Allohga boʻlguncha, urush qiling. Agar toʻxtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini koʻrib turguvchi zotdir.

  40. 40

    وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَىٰكُمْ ۚ نِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ

    Agar yuz oʻgirsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!

  41. 41

    ۞ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا غَنِمْتُم مِّن شَىْءٍۢ فَأَنَّ لِلَّهِ خُمُسَهُۥ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ إِن كُنتُمْ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا يَوْمَ ٱلْفُرْقَانِ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Va agar Allohga, furqon kuni-ikki jamoat toʻqnashgan kuni bandamizga nozil qilgan narsamizga iymon keltirgan boʻlsangiz, bilingki, oʻljaga olgan narsangizdan beshdan biri Allohga, Rasuliga, yaqinlariga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlargadir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir. («Furqon kuni-ikki jamoat toʻqnashgan kuni»dan murod Badr urushi kunidir. Chunki ayni oʻsha kun Alloh taolo haq bilan botilni farq qilgan, ajratgan kundir. Oʻsha kun musulmonlar bilan mushriklar toʻqnashgan kundir. Oyatda Badr urushi kuni Rasulullohga nozil qilingan oyatlarga iymon keltirishlik Allohga iymon keltirish bilan birga zikr etilmoqda. Oʻsha kuni nozil qilingan oyati karimalar oʻljani taqsimlashga ham taalluqli edi. Ana oʻsha oyatlardagi hukmlarga amal qilsalar, iymonlari borligiga dalolat boʻlishi taʼkidlanmoqda. Jihod paytida qoʻlga tushgan oʻljalarning beshdan toʻrti mujohidlarga boʻlib beriladi. Qolgan bir qismi esa, ushbu oyatda zikr qilingan toifalarga ajratiladi:)

  42. 42

    إِذْ أَنتُم بِٱلْعُدْوَةِ ٱلدُّنْيَا وَهُم بِٱلْعُدْوَةِ ٱلْقُصْوَىٰ وَٱلرَّكْبُ أَسْفَلَ مِنكُمْ ۚ وَلَوْ تَوَاعَدتُّمْ لَٱخْتَلَفْتُمْ فِى ٱلْمِيعَٰدِ ۙ وَلَٰكِن لِّيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًۭا كَانَ مَفْعُولًۭا لِّيَهْلِكَ مَنْ هَلَكَ عَنۢ بَيِّنَةٍۢ وَيَحْيَىٰ مَنْ حَىَّ عَنۢ بَيِّنَةٍۢ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَسَمِيعٌ عَلِيمٌ

    Oʻshanda sizlar (vodiyning Madinaga) yaqin tarafida, ular uzoq tarafida, otliqlar esa, sizdan pastda edi. Agar vaʼdalashib olganingizda ham, kelishilgan joy va vaqtda xilof qilardingiz. Lekin Alloh qilinish kerak boʻlgan ishni hal etish uchun, halok boʻladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok, boʻlishi uchun, yashashi kerak boʻlgan odam ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun (toʻqnashdingiz). Va, albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi zotdir. (Yaʼni, Badr urushi kuni sizlar, ey musulmonlar, vodiyning Madinaga yaqin tarafiga kelib tushdingiz. Mushriklar vodiyning Madinadan uzoq tarafiga kelib tushdilar. Karvondagi otliqlar esa, siz turgan joyning pastrogʻidan yurib, sohil boʻylab oʻtib ketdi. Siz bilan mushriklar oʻrtasida tepalik boʻlib, bir-biringizni koʻrmas edingiz.)

  43. 43

    إِذْ يُرِيكَهُمُ ٱللَّهُ فِى مَنَامِكَ قَلِيلًۭا ۖ وَلَوْ أَرَىٰكَهُمْ كَثِيرًۭا لَّفَشِلْتُمْ وَلَتَنَٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ سَلَّمَ ۗ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Oʻshanda Alloh tushingda ularni senga oz koʻrsatdi. Agar ularni senga koʻp koʻrsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi zotdir.

  44. 44

    وَإِذْ يُرِيكُمُوهُمْ إِذِ ٱلْتَقَيْتُمْ فِىٓ أَعْيُنِكُمْ قَلِيلًۭا وَيُقَلِّلُكُمْ فِىٓ أَعْيُنِهِمْ لِيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًۭا كَانَ مَفْعُولًۭا ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Oʻshanda, toʻqnashganingizda ularni sizning koʻzingizga oz qilib koʻrsatganini, sizni ularning koʻziga oz qilib koʻrsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur. (Paygʻambarimizning (s. a. v.) koʻrgan tushlari rost chiqdi. Alloh taolo musulmonlarga koʻp sonli mushriklarni oz qilib koʻrsatdi. Alloh taolo mushriklarga oz sonli musulmonlarni yana ham kamaytib koʻrsatdi. Ular biz koʻpmiz, musulmonlar oz ekan, deb gʻururga ketishdi va gʻaflatda qolib, magʻlub boʻlishdi.)

  45. 45

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا لَقِيتُمْ فِئَةًۭ فَٱثْبُتُوا۟ وَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًۭا لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

    Ey iymon keltirganlar! (Kofir) jamoatga roʻbaroʻ kelganingizda, sabotli boʻling va Allohni koʻp zikr qiling, shoyadki najot topsangiz.

  46. 46

    وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَا تَنَٰزَعُوا۟ فَتَفْشَلُوا۟ وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ۖ وَٱصْبِرُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ

    Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Oʻzaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir. (Gʻalaba omillaridan biri–Allohga va uning Rasuliga itoat qilish boʻlib, u nafaqat urush maydonidagi, balki barcha sohalardagi gʻalaba va muvaffaqiyatlarning asosiy garovidir. Maʼlumki, urushda qoʻmondolikka itoat katta ahamiyatga ega. Bu oddiy bandalarga itoat haqidagai gap. Endi olamlarning yaratguvchisi va tadbirini qilguvchisiga, u zotning tanlab olgan oxirgi Paygʻambari Muhammadga (s. a. v.) boʻladigan itoat qanchalar ulugʻ ekanini, qanchalik muvaffaqiyatlar garovi ekanini oʻzimiz bilib olaverishimiz kerak.)

  47. 47

    وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ خَرَجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِم بَطَرًۭا وَرِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌۭ

    Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlarga oʻxshamang. Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir. (Ushbu oyati karimada kofirlarga, jumladan, Makkadan Badrga qarab otlangan qurayshliklarga ishora qilinmoqda. Ular urushga katta dabdaba bilan borardilar. Kibru havolari dunyoni olardi. Qayerga tushsalar, tuyalar soʻyishar, oʻyinchi qizlarni oʻynatib, qoʻshiq ayttirishar, odamlarni mehmon qilishar edi. Bu dabdabalar riyo uchun, kuch -quvvatlarini boshqalarga koʻrsatish uchun edi.)

  48. 48

    وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ وَقَالَ لَا غَالِبَ لَكُمُ ٱلْيَوْمَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَإِنِّى جَارٌۭ لَّكُمْ ۖ فَلَمَّا تَرَآءَتِ ٱلْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّنكُمْ إِنِّىٓ أَرَىٰ مَا لَا تَرَوْنَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ ۚ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Oʻshanda shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatdi va: «Bu kunda odamlardan sizga gʻolib kela oladigan hech kim yoʻq. Men sizning homiyingizman», dedi. Ikki jamoa bir-birini koʻrganida esa, orqasiga qaytdi va: «Albatta, men siz koʻrmayotgan narsani koʻrmoqdaman. Men Allohdan qoʻrqaman. Alloh iqobi shiddatli zotdir», dedi. (Yaʼni, musulmonlar bir tomondan, mushriklar boshqa bir tomondan jang maydoniga qarab yurib, bir-birlariga yaqin kelganda esa, shayton orqasiga qarab qochdi. Mushriklarni vasvasa qilish, ularning ishini ziynatlab koʻrsatish toʻxtadi. Demak, shayton mushriklar magʻlubiyatga uchrashlari shubhasiz ekanligini koʻrgan, shuning uchun qochgan.)

  49. 49

    إِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ غَرَّ هَٰٓؤُلَآءِ دِينُهُمْ ۗ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlganlar: «Anavilarni dini magʻrur qilib yubordi», dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh gʻolib va hikmatli zotdir.

  50. 50

    وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ يَتَوَفَّى ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۙ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَٰرَهُمْ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Agar farishtalar kufr keltirganlarning jonini olaturib, yuzlariga va ketlariga urib: «Yongʻin azobini toting!

  51. 51

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّٰمٍۢ لِّلْعَبِيدِ

    Bu qoʻlingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», deyishlarini koʻrsang edi.

  52. 52

    كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّۭ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishlariga oʻxshaydir. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli zotdir. (Yaʼni, mushriklarning bu qilmishi, xuddi oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishlariga oʻxshaydi.)

  53. 53

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًۭا نِّعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَىٰ قَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا۟ مَا بِأَنفُسِهِمْ ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Bunday boʻlishi Alloh bir qavmga bergan neʼmatini toki ular oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha oʻzgartiruvchi boʻlmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot boʻlganidandir.

  54. 54

    كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ ۚ وَكُلٌّۭ كَانُوا۟ ظَٰلِمِينَ

    Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishiga oʻxshab, Robbilarining oyatlarini yolgʻonga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Firʼavni gʻarq qildik. Hammalari zolim edilar.

  55. 55

    إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Albatta, Allohning huzurida hayvonning yomoni kufr keltirganlaridir. Bas, ular iymon keltirmaslar. (Iymon boʻlmagan joyda yaxshilik qayerdan boʻlsin. Yaratgan xoliqqa–Allohga ishonmay yurgan odamdan har qanday yomonlikni kutish mumkin. Bunday odam iymonsiz–kofir boʻlgani uchun hayvondan ham past darajaga tushib qoladi. Tushganda ham, Allohning huzurida tushadi. Bu esa, har qanday inson uchun badbaxtlikdir.)

  56. 56

    ٱلَّذِينَ عَٰهَدتَّ مِنْهُمْ ثُمَّ يَنقُضُونَ عَهْدَهُمْ فِى كُلِّ مَرَّةٍۢ وَهُمْ لَا يَتَّقُونَ

    Ulardan sen ahdlashganlar soʻngra har safar ahdlarini buzarlar va ular (Allohdan) qoʻrqmaslar. (Bu qilmishlari bilan yana bir insoniylik xususiyatlarini yoʻqotadilar. Yaʼni, ahdda turish insonni hayvondan ajratadigan xususiyatlaridan biri sanaladi. Kofirlar ahdni buzish bilan shu sifatni ham yoʻqotdilar. Bu qilmishlariga bosh sabab ularning Allohdan qoʻrqmasliklaridir.)

  57. 57

    فَإِمَّا تَثْقَفَنَّهُمْ فِى ٱلْحَرْبِ فَشَرِّدْ بِهِم مَّنْ خَلْفَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ

    Agar urushda ulardan zafar qozonsang, bas, ularni halok qilish bilan ortlaridagilarni sarson qilib qoʻy, shoyadki eslasalar.

  58. 58

    وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوْمٍ خِيَانَةًۭ فَٱنۢبِذْ إِلَيْهِمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْخَآئِنِينَ

    Agar bir qavmning xiyonatidan qoʻrqadigan boʻlsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) oʻrtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas. (Yaʼni, biror kofir qavm bilan ahdlashgan boʻlsang, ammo sodir boʻlayotgan gap-soʻz va tasarruflardan, baʼzi bir maʼlumotlardan ahdga xiyonat qilayotganlarini bilib qolsang, ularga ahd ikki tomondan barobar buzilganini bildir. Ahdga ishonib, xotirjam turgan tomonga yomonlik qilish xoinlik boʻladi.)

  59. 59

    وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ سَبَقُوٓا۟ ۚ إِنَّهُمْ لَا يُعْجِزُونَ

    Kufr keltirganlar oʻzdik deb oʻylamasinlar. Ular hech qochib qutula olmaydilar.

  60. 60

    وَأَعِدُّوا۟ لَهُم مَّا ٱسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍۢ وَمِن رِّبَاطِ ٱلْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَءَاخَرِينَ مِن دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ ٱللَّهُ يَعْلَمُهُمْ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِن شَىْءٍۢ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ

    Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyor qoʻyingiz, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydiganlarni qoʻrqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻliq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas. (Ushbu oyat musulmon jamiyatining qurolli kuchlari doimo shay turishi lozimligiga dalildir. Har bir musulmon jamiyat qoʻlidan kelganicha harbiy tayyorgarlikni koʻrib qoʻyish bilan Allohning amrini bajargan boʻladi.)

  61. 61

    ۞ وَإِن جَنَحُوا۟ لِلسَّلْمِ فَٱجْنَحْ لَهَا وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, sen ham moyil boʻl. Va Allohga tavakkul qil. Albatta, U eshitguvchi va bilguvchi zotdir.

  62. 62

    وَإِن يُرِيدُوٓا۟ أَن يَخْدَعُوكَ فَإِنَّ حَسْبَكَ ٱللَّهُ ۚ هُوَ ٱلَّذِىٓ أَيَّدَكَ بِنَصْرِهِۦ وَبِٱلْمُؤْمِنِينَ

    Agar seni aldashni iroda qilsalar, bas, senga Alloh kifoya qiladir. U seni Oʻz nusrati va moʻminlar bilan qoʻllagan.

  63. 63

    وَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ ۚ لَوْ أَنفَقْتَ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا مَّآ أَلَّفْتَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ أَلَّفَ بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Hamda ularning qalblarini birlashtirgan zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U gʻolib va hikmatli zotdir. (Insoniyat tarixida turli xalqlar, qabila-urugʻlar va millatlarni Islomchalik birlashtirgan tuzum yoki mafkura yoʻq. Boʻlmaydi ham. Kishilar qalbidan Islom munosib oʻrin olgan joylarda va zamonlarda millatchilik, mahalliychilik va tarafkashlikning salbiy koʻrinishlari tamoman yoʻqolgan. (Bu masalalar xalqlar boshiga bitgan balo boʻlgani hammaga maʼlum.) Chunki Islom birodarligi irq, nasab, til, qabila, qavm asosida emas, Allohga muhabbat asosida boʻladi.)

  64. 64

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَسْبُكَ ٱللَّهُ وَمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Ey Nabiy, senga va senga ergashganlar moʻminlarga Alloh kifoyadir.

  65. 65

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَى ٱلْقِتَالِ ۚ إِن يَكُن مِّنكُمْ عِشْرُونَ صَٰبِرُونَ يَغْلِبُوا۟ مِا۟ئَتَيْنِ ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُم مِّا۟ئَةٌۭ يَغْلِبُوٓا۟ أَلْفًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ

    Ey Nabiy, moʻminlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadir. Agar sizdan yuzta boʻlsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadir. Bu ular tushunmaydigan qavm boʻlganlaridandir.

  66. 66

    ٱلْـَٰٔنَ خَفَّفَ ٱللَّهُ عَنكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًۭا ۚ فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّا۟ئَةٌۭ صَابِرَةٌۭ يَغْلِبُوا۟ مِا۟ئَتَيْنِ ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُمْ أَلْفٌۭ يَغْلِبُوٓا۟ أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ

    Endi Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadir. Agar sizdan mingta boʻlsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadir. Alloh sabrlilar bilandir. (Musulmonlar doimo quvvatli boʻlib turavermas ekanlar, ularda zaiflik hollari ham uchrab turarkan. Buni Alloh taolo hammadan koʻra yaxshiroq biladi. Shuning uchun avvalgi oyatda kelgan hukmni yengillashtirib, zaif holatida bir musulmon jangchi ikkita dushmanga gʻolib kelishini taʼkidlamoqda. Shu bilan birga, nomi musulmon boʻlsa boʻldi, degan tushuncha uygʻonmasligi uchun «Allohning izni ila» sharti ham qoʻshib qoʻyildi.)

  67. 67

    مَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَكُونَ لَهُۥٓ أَسْرَىٰ حَتَّىٰ يُثْخِنَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ تُرِيدُونَ عَرَضَ ٱلدُّنْيَا وَٱللَّهُ يُرِيدُ ٱلْءَاخِرَةَ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Nabiy uchun yer yuzida zabardast boʻlmagunicha asirlari boʻlishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning oʻtkinchi matohini istarsizlar. Alloh esa, oxiratni istar. Va Alloh gʻolib va hikmatli zotdir. (Ushbu va keyingi oyati karimalar Badr urushida asirga tushgan mushriklar masalasida nozil boʻlgandir.)

  68. 68

    لَّوْلَا كِتَٰبٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَآ أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Agar Allohning oldindan yozgani boʻlmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulugʻ azob yetar edi. (Alloh taolo avvaldan Badr urushida ishtirok etgan musulmonlarning barcha gunohlarini kechib yuborgan edi. Shuning uchun ularning bu xolatlari ham oldindan yozib qoʻyilgan qazoi qadarga binoan kechib yuborildi. Buning ustiga, ularga boshqa inʼomlar ham berdi.)

  69. 69

    فَكُلُوا۟ مِمَّا غَنِمْتُمْ حَلَٰلًۭا طَيِّبًۭا ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Bas, oʻljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qilguvchi va rahmli zotdir.

  70. 70

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّمَن فِىٓ أَيْدِيكُم مِّنَ ٱلْأَسْرَىٰٓ إِن يَعْلَمِ ٱللَّهُ فِى قُلُوبِكُمْ خَيْرًۭا يُؤْتِكُمْ خَيْرًۭا مِّمَّآ أُخِذَ مِنكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Ey Nabiy, qoʻlingizdagi asirlarga: «Agar Alloh qalblaringizda yaxshilik borligini bilsa, sizga oʻzingizdan olingan narsadan koʻra yaxshiroq narsani berur va sizni magʻfirat qilur. Alloh magʻfirat qilguvchi va rahmli zotdir», deb ayt! («Qurayshliklar Rasulullohga (s. a. v.) asirlarni toʻlovini berib, ozod qilish uchun odam yubordilar. Abbos: «Ey Allohning Rasuli, men musulmon edim», dedi. Rasululloh (s. a. v.): «Musulmonligingni Alloh biladi. Ammo sen sirtdan bizga qarshi boʻlding. Oʻzing uchun, akalaringning oʻgʻillari uchun hamda ittifoqdoshing Bani Horis ibn Fehrning ukasi uchun toʻlov ber», dedilar. Abbos: Ey Allohning Rasuli, menda uncha mol yoʻq», dedi. Rasululloh (s. a. v.): «Ummu Fazl ikkovingiz koʻmgan mollar qani?» dedilar. Abbos: «Allohga qasamki, ey Muhammad, siz Allohning Rasuli ekaningizni yaxshi bilaman, bu mollarni men va Ummu Fazldan boshqa hech kim bilmas edi. Mendagi molning yigirma uqiyasi oʻzingizga oʻtdi deb hisoblayvering», dedi. Rasululloh (s. a. v.): «Yoʻq, u boylik Alloh sendan bizga olib berganidir», –dedilar. Abbos oʻziga, ikki akasining ikki oʻgʻliga va ittifoqdoshiga toʻlov berdi. Shunda Alloh taolo ushbu oyatini nozil qildi.)

  71. 71

    وَإِن يُرِيدُوا۟ خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُوا۟ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir.

  72. 72

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَوا۟ وَّنَصَرُوٓا۟ أُو۟لَٰٓئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍۢ ۚ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يُهَاجِرُوا۟ مَا لَكُم مِّن وَلَٰيَتِهِم مِّن شَىْءٍ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا۟ ۚ وَإِنِ ٱسْتَنصَرُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ فَعَلَيْكُمُ ٱلنَّصْرُ إِلَّا عَلَىٰ قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌۭ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yoʻlida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy boʻla olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam soʻrasalar, yordam bermogʻingiz vojib. Faqat siz bilan oʻrtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni koʻrguvchi zotdir. (Islomda «vala»-valiylik aqida asosida boʻladi. Kim moʻmin-musulmon boʻlib, Islomga kirar ekan, boshqa hamma vosita va aloqalardan uzilib, aqida ila bogʻlanadi. Barcha moʻmin-musulmonlar uning valiysiga aylanadi. Qarindoshlari moʻmin boʻlmasa, valiy emaslar; jamiyati moʻmin boʻlmasa, valiy emas.)

  73. 73

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۚ إِلَّا تَفْعَلُوهُ تَكُن فِتْنَةٌۭ فِى ٱلْأَرْضِ وَفَسَادٌۭ كَبِيرٌۭ

    Kufr keltirganlar bir-birlariga valiydirlar. Agar (mazkur narsani) qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta fasod boʻladir.

  74. 74

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَوا۟ وَّنَصَرُوٓا۟ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّۭا ۚ لَّهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yoʻlida jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar haq moʻminlardir. Ular uchun magʻfirat va karamli rizq bordir.

  75. 75

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنۢ بَعْدُ وَهَاجَرُوا۟ وَجَٰهَدُوا۟ مَعَكُمْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مِنكُمْ ۚ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍۢ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ

    Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi zotdir. ( hijratning avvalida meros maʼlum muddat musulmon birodarligi asosida taqsimlangan. Ushbu oyat nozil boʻlgandan boshlab, meros musulmon qarindoshlar orasida boʻladigan boʻldi.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.