Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 55 · Madaniy · 78 Oyatlar

Sura Rahmon

Mehribon

سورة الرحمن
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱلرَّحْمَٰنُ

    Rohman.

  2. 2

    عَلَّمَ ٱلْقُرْءَانَ

    Qurʼoni oʻrgatdi.

  3. 3

    خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ

    Insonni yaratdi.

  4. 4

    عَلَّمَهُ ٱلْبَيَانَ

    Unga bayonni oʻrgatdi.

  5. 5

    ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ بِحُسْبَانٍۢ

    Quyosh va oy hisobdadir.

  6. 6

    وَٱلنَّجْمُ وَٱلشَّجَرُ يَسْجُدَانِ

    Oʻt-oʻlan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar. (Dunyodagi jonliyu jonsiz barcha narsa Allohning irodasidan tashqari chiqa olmasligiga, hammasi olam Parvardigoriga bogʻliq ekaniga dalolat qilmoqda.)

  7. 7

    وَٱلسَّمَآءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ ٱلْمِيزَانَ

    Osmonni baland koʻtardi va tarozuni oʻrnatdi.

  8. 8

    أَلَّا تَطْغَوْا۟ فِى ٱلْمِيزَانِ

    Tortishda haddan oshmasligingiz uchun. (Agar ushbu tarozuni Islom dini, Qurʼon kitobi, Muhammad alayhissalom Paygʻambari orqali oʻrnatmaganida, adolat mezoni buzilardi, haqdan botil ustun kelardi. Yer yuzini fisqu fasod bosardi.)

  9. 9

    وَأَقِيمُوا۟ ٱلْوَزْنَ بِٱلْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا۟ ٱلْمِيزَانَ

    Adolat ila oʻlchang va tarozudan urib qolmang.

  10. 10

    وَٱلْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ

    Va yerni haloyiq uchun qoʻydi.

  11. 11

    فِيهَا فَٰكِهَةٌۭ وَٱلنَّخْلُ ذَاتُ ٱلْأَكْمَامِ

    U(yer)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.

  12. 12

    وَٱلْحَبُّ ذُو ٱلْعَصْفِ وَٱلرَّيْحَانُ

    Va somonli donlar hamda rayhon bor.

  13. 13

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  14. 14

    خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِن صَلْصَٰلٍۢ كَٱلْفَخَّارِ

    Insonni sopolga oʻxshash qurigan loydan yaratdi.

  15. 15

    وَخَلَقَ ٱلْجَآنَّ مِن مَّارِجٍۢ مِّن نَّارٍۢ

    Va jinlarni alangadan yaratdi.

  16. 16

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz.

  17. 17

    رَبُّ ٱلْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ ٱلْمَغْرِبَيْنِ

    U ikki mashriq va ikki magʻribning Robbisidir. (Ikki mashriq deganda, quyoshning yozdagi va qishdagi chiqish joylarini hamda ikki magʻrib deganda, yozdagi va qishdagi botish joylarini tushunish kerak.)

  18. 18

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?

  19. 19

    مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ

    Daryo-dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qoʻydi.

  20. 20

    بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌۭ لَّا يَبْغِيَانِ

    Oʻrtalaridagi toʻsiqdan oshib oʻtolmaslar. (Shoʻr dengiz bilan chuchuk suvli daryo oʻrtasida bir toʻsiq boʻlib, ular bir-birlariga aralashib ketmaydi degan maʼnoni anglatadi.)

  21. 21

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?

  22. 22

    يَخْرُجُ مِنْهُمَا ٱللُّؤْلُؤُ وَٱلْمَرْجَانُ

    U ikkisidan luʼluʼ va marjon chiqar.

  23. 23

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlrini yolgʻon deya olursiz?!

  24. 24

    وَلَهُ ٱلْجَوَارِ ٱلْمُنشَـَٔاتُ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَٰمِ

    Dengizlarda togʻdek boʻlib suzib yuruvchilar ham Unikidir.

  25. 25

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  26. 26

    كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍۢ

    (Yer) yuzidagi barcha jonzot foniydir.

  27. 27

    وَيَبْقَىٰ وَجْهُ رَبِّكَ ذُو ٱلْجَلَٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ

    Ulugʻlik va ikrom egasi Robbingning Oʻzigina boqiydir.

  28. 28

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?

  29. 29

    يَسْـَٔلُهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَأْنٍۢ

    Undan yeru osmondagi jonzotlar soʻrarlar. U har kuni ishdadir. (Butun mavjudot, yerda boʻlsin, osmonda boʻlsin, Allohdan soʻrovlarini soʻraydi. Nimani soʻrashlari oyatda tayin qilinmagan. Har kim nimaga muhtoj boʻlsa, oʻshani soʻraydi.)

  30. 30

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  31. 31

    سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَ ٱلثَّقَلَانِ

    Albatta, sizlar uchun vaqt toparmiz, ey insu jinlar!

  32. 32

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  33. 33

    يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ إِنِ ٱسْتَطَعْتُمْ أَن تَنفُذُوا۟ مِنْ أَقْطَارِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ فَٱنفُذُوا۟ ۚ لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَٰنٍۢ

    Ey jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir boʻlsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat Sulton ila chiqa olursiz, xolos.

  34. 34

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  35. 35

    يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌۭ مِّن نَّارٍۢ وَنُحَاسٌۭ فَلَا تَنتَصِرَانِ

    Ustingizdan oʻt-choʻgʻ va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz.

  36. 36

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  37. 37

    فَإِذَا ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ وَرْدَةًۭ كَٱلدِّهَانِ

    Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...

  38. 38

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  39. 39

    فَيَوْمَئِذٍۢ لَّا يُسْـَٔلُ عَن ذَنۢبِهِۦٓ إِنسٌۭ وَلَا جَآنٌّۭ

    Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan soʻralmas. (Qiyomat boshlangandan insdan ham, jindan ham gunoh qilgan-qilmagani haqida soʻrab oʻtirilmaydi. Chunki hammaning basharasidan, holatidan uning kim ekanligi bilinib turadi.)

  40. 40

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  41. 41

    يُعْرَفُ ٱلْمُجْرِمُونَ بِسِيمَٰهُمْ فَيُؤْخَذُ بِٱلنَّوَٰصِى وَٱلْأَقْدَامِ

    Jinoyatchmlar siymolaridan bilinib turur. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur.

  42. 42

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  43. 43

    هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى يُكَذِّبُ بِهَا ٱلْمُجْرِمُونَ

    Jinoyatchilar yolgʻonga chiqarayotgan jahannam shu boʻlur.

  44. 44

    يَطُوفُونَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ حَمِيمٍ ءَانٍۢ

    Ular jahannam bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylanur.

  45. 45

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  46. 46

    وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ جَنَّتَانِ

    Robbisi huzurida turishdan qoʻrqqanlar uchun ikki jannat bor. (Qiyomat kuni olam Parvardigorining huzurida savollarga javob berishdan, hisob-kitob maqomidan qoʻrqib, tirikligidayoq tayyorgarlik koʻrib, yaxshilik bilan kun kechirganlarga ikki jannat bor ekan. «Ikkin jannat»ning bir necha sharhlari bor, jumladan, insga alohida jannat, jinga alohida jannat yoki ikkovlaridan har birlariga ikkitadan jannat, gunohkorlar jahannam bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylansalar, taqvodorlar birinchi jannatlari, yaʼni, bogʻlari bilan ikkinchi jannatlari - bogʻlari orasida sayr qiladilar.)

  47. 47

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  48. 48

    ذَوَاتَآ أَفْنَانٍۢ

    Ular shox-novdalidirlar.

  49. 49

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  50. 50

    فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ

    Ikkovlarida oquvchi ikki buloq bor.

  51. 51

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  52. 52

    فِيهِمَا مِن كُلِّ فَٰكِهَةٍۢ زَوْجَانِ

    Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor.

  53. 53

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  54. 54

    مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ فُرُشٍۭ بَطَآئِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍۢ ۚ وَجَنَى ٱلْجَنَّتَيْنِ دَانٍۢ

    Ipak astarli toʻshaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin boʻlgan hollari bor.

  55. 55

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  56. 56

    فِيهِنَّ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌۭ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّۭ

    Ularda koʻzlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor.

  57. 57

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  58. 58

    كَأَنَّهُنَّ ٱلْيَاقُوتُ وَٱلْمَرْجَانُ

    U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga oʻxsharlar.

  59. 59

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  60. 60

    هَلْ جَزَآءُ ٱلْإِحْسَٰنِ إِلَّا ٱلْإِحْسَٰنُ

    Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir.

  61. 61

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  62. 62

    وَمِن دُونِهِمَا جَنَّتَانِ

    U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor.

  63. 63

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  64. 64

    مُدْهَآمَّتَانِ

    Ikkovlari yam-yashildir.

  65. 65

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  66. 66

    فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ

    Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bor.

  67. 67

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  68. 68

    فِيهِمَا فَٰكِهَةٌۭ وَنَخْلٌۭ وَرُمَّانٌۭ

    Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bor.

  69. 69

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  70. 70

    فِيهِنَّ خَيْرَٰتٌ حِسَانٌۭ

    Ularda yaxshi, goʻzallar bor.

  71. 71

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  72. 72

    حُورٌۭ مَّقْصُورَٰتٌۭ فِى ٱلْخِيَامِ

    Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor.

  73. 73

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  74. 74

    لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌۭ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّۭ

    Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan.

  75. 75

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  76. 76

    مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ رَفْرَفٍ خُضْرٍۢ وَعَبْقَرِىٍّ حِسَانٍۢ

    Yashil bolishlarga va goʻzal gilamlarda yonboshlagan hollari bor.

  77. 77

    فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

    Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursiz?!

  78. 78

    تَبَٰرَكَ ٱسْمُ رَبِّكَ ذِى ٱلْجَلَٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ

    Ulugʻlik va ikrom egasi boʻlmish Robbing ismi muborak boʻldi.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.