Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 54 · Makkiy · 55 Oyatlar

Sura Qamar

Oy

سورة القمر
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱقْتَرَبَتِ ٱلسَّاعَةُ وَٱنشَقَّ ٱلْقَمَرُ

    Soat (qiyomat) yaqinlashdi va oy boʻlindi.

  2. 2

    وَإِن يَرَوْا۟ ءَايَةًۭ يُعْرِضُوا۟ وَيَقُولُوا۟ سِحْرٌۭ مُّسْتَمِرٌّۭ

    Agar bir oyat-moʻʼjizani koʻrsalar, yuz oʻgirarlar, bu oʻtkinchi sehr, derlar.

  3. 3

    وَكَذَّبُوا۟ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَكُلُّ أَمْرٍۢ مُّسْتَقِرٌّۭ

    Va yolgʻonga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish oʻz oʻrnini topuvchidir.

  4. 4

    وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّنَ ٱلْأَنۢبَآءِ مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ

    Va, darhaqiqat, ularga zajri bor xabarlardan kelgan edi.

  5. 5

    حِكْمَةٌۢ بَٰلِغَةٌۭ ۖ فَمَا تُغْنِ ٱلنُّذُرُ

    (Bu Qurʼon) yetuk hikmatdir. Bas, ogohlantiruvchilar foyda bermas.

  6. 6

    فَتَوَلَّ عَنْهُمْ ۘ يَوْمَ يَدْعُ ٱلدَّاعِ إِلَىٰ شَىْءٍۢ نُّكُرٍ

    Bas, ulardan yuz oʻgir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda. qabrlardan, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga oʻxshab chiqib keladilar.

  7. 7

    خُشَّعًا أَبْصَٰرُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌۭ مُّنتَشِرٌۭ

    Ular qabrlardan, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga oʻxshab chiqib kelurlar.

  8. 8

    مُّهْطِعِينَ إِلَى ٱلدَّاعِ ۖ يَقُولُ ٱلْكَٰفِرُونَ هَٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌۭ

    Chaqiruvchiga qarab boʻyinlarini choʻzib, shoshilib borurlar. Kofirlar, bu qiyin kun-ku, derlar.

  9. 9

    ۞ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ فَكَذَّبُوا۟ عَبْدَنَا وَقَالُوا۟ مَجْنُونٌۭ وَٱزْدُجِرَ

    Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolgʻonchi qilgan edi. Bas bandamizni yolgʻonchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi. Hamda unga toʻsiqlar qoʻyishdi.

  10. 10

    فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَغْلُوبٌۭ فَٱنتَصِرْ

    Bas, u Robbisiga duo qilib: «Albatta, men magʻlub boʻldim, yordam ber», dedi.

  11. 11

    فَفَتَحْنَآ أَبْوَٰبَ ٱلسَّمَآءِ بِمَآءٍۢ مُّنْهَمِرٍۢ

    Osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.

  12. 12

    وَفَجَّرْنَا ٱلْأَرْضَ عُيُونًۭا فَٱلْتَقَى ٱلْمَآءُ عَلَىٰٓ أَمْرٍۢ قَدْ قُدِرَ

    Va yerdan otiltirib, buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.

  13. 13

    وَحَمَلْنَٰهُ عَلَىٰ ذَاتِ أَلْوَٰحٍۢ وَدُسُرٍۢ

    Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga koʻtardik.

  14. 14

    تَجْرِى بِأَعْيُنِنَا جَزَآءًۭ لِّمَن كَانَ كُفِرَ

    U(kema) inkor qilingan shaxs (Nuh)ga mukofot boʻlib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.

  15. 15

    وَلَقَد تَّرَكْنَٰهَآ ءَايَةًۭ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ

    Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?

  16. 16

    فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ

    Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?!

  17. 17

    وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ

    Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

  18. 18

    كَذَّبَتْ عَادٌۭ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ

    Od (Hudni) yolgʻonchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?

  19. 19

    إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًۭا صَرْصَرًۭا فِى يَوْمِ نَحْسٍۢ مُّسْتَمِرٍّۢ

    Biz davomli mashʼum kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik. («Sorsor» deb nomlangan shamol oʻzi oʻta sovuq boʻlib, ovozi juda ham kuchli boʻlar ekan.)

  20. 20

    تَنزِعُ ٱلنَّاسَ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍۢ مُّنقَعِرٍۢ

    U odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qoʻporgandek, (yerdan) uzib-uchirib tashlardi.

  21. 21

    فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ

    Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?!

  22. 22

    وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ

    Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

  23. 23

    كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِٱلنُّذُرِ

    Samud ogohlantiruvchilarni yolgʻonga chiqardi.

  24. 24

    فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرًۭا مِّنَّا وَٰحِدًۭا نَّتَّبِعُهُۥٓ إِنَّآ إِذًۭا لَّفِى ضَلَٰلٍۢ وَسُعُرٍ

    Ular: «Biz oʻzimizdan boʻlgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday boʻlsa, albatta, adashuvda va jinnilikda boʻlamiz.

  25. 25

    أَءُلْقِىَ ٱلذِّكْرُ عَلَيْهِ مِنۢ بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌۭ

    Bizlarning oramizdan (kelib-kelib) unga zikr (vahiy) tushirilibdimi; Yoʻq, u yolgʻonchi va kekkaygandir», dedilar.

  26. 26

    سَيَعْلَمُونَ غَدًۭا مَّنِ ٱلْكَذَّابُ ٱلْأَشِرُ

    Ertaga kim yolgʻonchi va kekkaygan ekanini bilurlar.

  27. 27

    إِنَّا مُرْسِلُوا۟ ٱلنَّاقَةِ فِتْنَةًۭ لَّهُمْ فَٱرْتَقِبْهُمْ وَٱصْطَبِرْ

    Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.

  28. 28

    وَنَبِّئْهُمْ أَنَّ ٱلْمَآءَ قِسْمَةٌۢ بَيْنَهُمْ ۖ كُلُّ شِرْبٍۢ مُّحْتَضَرٌۭ

    Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (oʻz vaqtida) hozir boʻlinar. (Tuya bilan Samud qavmi suvning kunma-kun taqsimlangani toʻgʻrisida gap borayotibdi.)

  29. 29

    فَنَادَوْا۟ صَاحِبَهُمْ فَتَعَاطَىٰ فَعَقَرَ

    Bas, ular oʻz sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va soʻyib yubordi.

  30. 30

    فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ

    Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?!

  31. 31

    إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَكَانُوا۟ كَهَشِيمِ ٱلْمُحْتَظِرِ

    Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qoʻra quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga oʻxshab qoldilar.

  32. 32

    وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ

    Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

  33. 33

    كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍۭ بِٱلنُّذُرِ

    Lut qavmi ogohlantiruvchilarni yolgʻonchiga chiqardi.

  34. 34

    إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلَّآ ءَالَ لُوطٍۢ ۖ نَّجَّيْنَٰهُم بِسَحَرٍۢ

    Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) boʻron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chogʻi najot berdik.

  35. 35

    نِّعْمَةًۭ مِّنْ عِندِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى مَن شَكَرَ

    Bu Biz tarafimizdan neʼmat boʻldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.

  36. 36

    وَلَقَدْ أَنذَرَهُم بَطْشَتَنَا فَتَمَارَوْا۟ بِٱلنُّذُرِ

    Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning (azobga) tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar.

  37. 37

    وَلَقَدْ رَٰوَدُوهُ عَن ضَيْفِهِۦ فَطَمَسْنَآ أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ

    Ular undan mehmonlarini topshirishni soʻradilar. Bas, koʻzlarini koʻr qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib koʻrsinlar.

  38. 38

    وَلَقَدْ صَبَّحَهُم بُكْرَةً عَذَابٌۭ مُّسْتَقِرٌّۭ

    Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi.

  39. 39

    فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ

    Bas, Mening azoblarimni va ogohlantirishlarimni tatib koʻringlar!

  40. 40

    وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ

    Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

  41. 41

    وَلَقَدْ جَآءَ ءَالَ فِرْعَوْنَ ٱلنُّذُرُ

    Darhaqiqat, Firʼavn ahliga ogohlantirishlar keldi.

  42. 42

    كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَٰهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍۢ مُّقْتَدِرٍ

    Ular Bizning oyatlarimizning barchasini yolgʻonga chiqarishdi. Bas, Biz ularni gʻolib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.

  43. 43

    أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌۭ مِّنْ أُو۟لَٰٓئِكُمْ أَمْ لَكُم بَرَآءَةٌۭ فِى ٱلزُّبُرِ

    Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki samoviy kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!

  44. 44

    أَمْ يَقُولُونَ نَحْنُ جَمِيعٌۭ مُّنتَصِرٌۭ

    Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishadimi?!

  45. 45

    سَيُهْزَمُ ٱلْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ ٱلدُّبُرَ

    U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar.

  46. 46

    بَلِ ٱلسَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَٱلسَّاعَةُ أَدْهَىٰ وَأَمَرُّ

    Yoʻq! Ularga vaʼda qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir.

  47. 47

    إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى ضَلَٰلٍۢ وَسُعُرٍۢ

    Albatta, jinoyatkorlar adashuvda va olov-otashdadirlar.

  48. 48

    يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِى ٱلنَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا۟ مَسَّ سَقَرَ

    Yuztuban doʻzaxga sudraladigan kunlarida: «Jahannam azobini tatib koʻring!» (deyilur).

  49. 49

    إِنَّا كُلَّ شَىْءٍ خَلَقْنَٰهُ بِقَدَرٍۢ

    Albatta, Biz har narsani oʻlchov bilan yaratdik.

  50. 50

    وَمَآ أَمْرُنَآ إِلَّا وَٰحِدَةٌۭ كَلَمْحٍۭ بِٱلْبَصَرِ

    Bizning farmonimiz bir soʻzdan oʻzga emas. Koʻz yumguncha boʻlur.

  51. 51

    وَلَقَدْ أَهْلَكْنَآ أَشْيَاعَكُمْ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ

    Darhaqiqat, Biz sizga oʻxshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchi bormi oʻzi?!

  52. 52

    وَكُلُّ شَىْءٍۢ فَعَلُوهُ فِى ٱلزُّبُرِ

    Va ularning har bir ishi kitoblardadir.

  53. 53

    وَكُلُّ صَغِيرٍۢ وَكَبِيرٍۢ مُّسْتَطَرٌ

    Har bir kichigu katta satrlangandir. (Makka mushriklari, qanday qilib insonning ishlarini satrlarga yozib, hujjat toʻplab borish mumkin, deb oʻsha vaqtda ajablangan boʻlishlari mumkin. Ammo biz hozirgi hisob-kitoblarni, yozish asboblarini koʻrib-bilib turib, qandoq qilib bu haqiqatni inkor eta olamiz?)

  54. 54

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَنَهَرٍۢ

    Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlarda.

  55. 55

    فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍۢ مُّقْتَدِرٍۭ

    Sidq oʻrindiqda, qudratli Podshoh huzuridadirlar.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.