Sura 53 · Makkiy · 62 Oyatlar
Sura Najm
Yulduz
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
وَٱلنَّجْمِ إِذَا هَوَىٰ
Wannajmi izaa hawaa
Botayotgan yulduz bilan qasam.
-
2
مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوَىٰ
Maa dalla saahibukum wa maa ghawaa
Sizning birodaringiz adashgani ham, yoʻldan ozgani ham yoʻq.
-
3
وَمَا يَنطِقُ عَنِ ٱلْهَوَىٰٓ
Wa maa yyantiqu 'anilhawaaa
U havodan nutq qilmas.
-
4
إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْىٌۭ يُوحَىٰ
In huwa illaa Wahyuny yoohaa
U (Qurʼon) vahiydan oʻzga narsa emas.
-
5
عَلَّمَهُۥ شَدِيدُ ٱلْقُوَىٰ
'Allamahoo shadeedul quwaa
Unga shiddatli quvvat egasi oʻrgatdi.
-
6
ذُو مِرَّةٍۢ فَٱسْتَوَىٰ
Zoo mirratin fastawaa
Mirrat egasi. Bas koʻtarildi.
-
7
وَهُوَ بِٱلْأُفُقِ ٱلْأَعْلَىٰ
Wa huwa bil ufuqil a'laa
Va u oliy ufqda edi.
-
8
ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّىٰ
Summa danaa fatadalla
Soʻngra yaqinlashdi va juda ham yaqin boʻldi.
-
9
فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ أَوْ أَدْنَىٰ
Fakaana qaaba qawsaini aw adnaa
Bas, ikki kamon miqdoriday joygda boʻldi. Balki undan ham yaqinroq keldi.
-
10
فَأَوْحَىٰٓ إِلَىٰ عَبْدِهِۦ مَآ أَوْحَىٰ
Fa awhaaa ilaa 'abdihee maaa awhaa
Va U zot bandasiga nimani vahiy qilgan boʻlsa, yetkazdi.
-
11
مَا كَذَبَ ٱلْفُؤَادُ مَا رَأَىٰٓ
Maa kazabal fu'aadu maa ra aa
Qalb (koʻz) koʻrganini yolgʻonga chiqarmadi.
-
12
أَفَتُمَٰرُونَهُۥ عَلَىٰ مَا يَرَىٰ
Afatumaaroonahoo 'alaa maayaraa
U bilan oʻzi koʻrgan narsa ustida tortishasizlarmi?!
-
13
وَلَقَدْ رَءَاهُ نَزْلَةً أُخْرَىٰ
Wa laqad ra aahu nazlatan ukhraa
Va darhaqiqat, uni boshqa safar koʻrdi.
-
14
عِندَ سِدْرَةِ ٱلْمُنتَهَىٰ
'Inda sidratil muntaha
Tugash daraxti oldida.
-
15
عِندَهَا جَنَّةُ ٱلْمَأْوَىٰٓ
'Indahaa jannatul maawaa
U(daraxt)ning huzurida maʼvo jannati bor.
-
16
إِذْ يَغْشَى ٱلسِّدْرَةَ مَا يَغْشَىٰ
Iz yaghshas sidrata maa yaghshaa
Oʻshanda, daraxtni oʻraydigan narsa oʻrab turibdi.
-
17
مَا زَاغَ ٱلْبَصَرُ وَمَا طَغَىٰ
Maa zaaghal basaru wa maa taghaa
Nigoh burilmadi ham, haddidan oshmadi ham.
-
18
لَقَدْ رَأَىٰ مِنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِ ٱلْكُبْرَىٰٓ
Laqad ra aa min aayaati Rabbihil kubraaa
Darhaqiqat, Oʻz Robbisining ulkan belgilaridan koʻrdi. (Muhammad alayhissalom meʼroj kechasida, jannatni, doʻzaxni, Baytul maʼmurni, oʻtgan Paygʻambarlarni, Jabroil alayhissalomning asl holatlarini va boshqalarni koʻrdilar.)
-
19
أَفَرَءَيْتُمُ ٱللَّٰتَ وَٱلْعُزَّىٰ
Afara'aytumul laata wal 'uzzaa
Lot va Uzzoni oʻylab koʻrdingizmi?
-
20
وَمَنَوٰةَ ٱلثَّالِثَةَ ٱلْأُخْرَىٰٓ
Wa manaatas saalisatal ukhraa
Va boshqasi-uchinchisi Manotni ham?
-
21
أَلَكُمُ ٱلذَّكَرُ وَلَهُ ٱلْأُنثَىٰ
A-lakumuz zakaru wa lahul unsaa
Sizlarga erkag-u, U zotga ayolmi?
-
22
تِلْكَ إِذًۭا قِسْمَةٌۭ ضِيزَىٰٓ
Tilka izan qismatun deezaa
Undoq boʻlsa, bu notoʻgʻri taqsim-ku!
-
23
إِنْ هِىَ إِلَّآ أَسْمَآءٌۭ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَمَا تَهْوَى ٱلْأَنفُسُ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلْهُدَىٰٓ
In hiya illaaa asmaaa'un sammaitumoohaaa antum wa aabaaa'ukum maaa anzalal laahu bihaa min sultaan; inyyattabi'oona illaz zanna wa maa tahwal anfusu wa laqad jaaa'ahum mir Rabbihimul hudaa
U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qoʻygan nomlardan oʻzga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U (mushrik)lar Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.
-
24
أَمْ لِلْإِنسَٰنِ مَا تَمَنَّىٰ
Am lil insaani maa taman naa
Yoki har inson nimani xohlasa, shu boʻlurmi?
-
25
فَلِلَّهِ ٱلْءَاخِرَةُ وَٱلْأُولَىٰ
Falillaahil aakhiratu wal oolaa
Zero, oxirat ham, dunyo ham Allohnikidir.
-
26
۞ وَكَم مِّن مَّلَكٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ لَا تُغْنِى شَفَٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا إِلَّا مِنۢ بَعْدِ أَن يَأْذَنَ ٱللَّهُ لِمَن يَشَآءُ وَيَرْضَىٰٓ
Wa kam mim malakin fissamaawaati laa tughnee shafaa'atuhum shai'an illaa mim ba'di anyyaazanal laahu limany yashaaa'u wa yardaa
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar Alloh Oʻzi xohlagan va rozi boʻlganlarga izn bersagina.
-
27
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ لَيُسَمُّونَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ تَسْمِيَةَ ٱلْأُنثَىٰ
innal lazeena laa yu'minoona bil aakhirati la yusammoonal malaaa'ikata tasmiyatal unsaa
Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.
-
28
وَمَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ ۖ وَإِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًۭٔا
Wa maa lahum bihee min 'ilmin iny yattabi'oona illaz zanna wa innaz zanna laa yughnee minal haqqi shai'aa
Ularda bu haqda hech qanday ilm yoʻq. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat oʻrniga oʻtmas.
-
29
فَأَعْرِضْ عَن مَّن تَوَلَّىٰ عَن ذِكْرِنَا وَلَمْ يُرِدْ إِلَّا ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا
Fa a'rid 'am man tawallaa 'an zikrinaa wa lam yurid illal hayaatad dunyaa
Bizning zikrimizga orqa oʻgirgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz oʻgir.
-
30
ذَٰلِكَ مَبْلَغُهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱهْتَدَىٰ
Zalika mablaghuhum minal 'ilm; inna rabbaka huwa a'lamu biman dalla 'an sabee lihee wa huwa a'lamu bimanih tadaa
Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yoʻlidan adashganlarni bilguvchidir va hidoyatdagilarni ham bilguvchidir.
-
31
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔوا۟ بِمَا عَمِلُوا۟ وَيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ بِٱلْحُسْنَى
Wa lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ardi liyajziyal lazeena asaaa'oo bimaa 'amiloo wa yajziyal lazeena ahsanoo bilhusnaa
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni goʻzal(mukofot)ila mukofotlar.
-
32
ٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌۭ فِى بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ
Allazeena yajtaniboona kabaaa'iral ismi walfawaa hisha illal lamam; inna rabbaka waasi'ul maghfirah; huwa a'lamu bikum iz ansha akum minal ardi wa iz antum ajinnatun fee butooni umma haatikum falaa tuzakkooo anfusakum huwa a'lamu bimanit taqaa
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda boʻladiganlardir. Albatta, Robbing magʻfirati keng zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chogʻingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, oʻzingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir. (Oyatdagi «Lamam» soʻzini biz «kichik gunohlar» deb tarjima qildik. Aslida, «lamam» soʻzi «oz», «kichik» maʼnolarini anglatadi. «Kichik gunoh» iborasi eng munosib maʼnodir. «Fahsh ishlar» iborasi qabihligi katta ish va soʻzlarga nisbatan ishlatiladi. Shariatda «katta gunoh» deb Alloh haromligini bayon qilgan va yoki jazosi belgilangan gunohlarga aytiladi. Oʻgʻrilik, odam oʻldirish va zino kabilar.)
-
33
أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى تَوَلَّىٰ
Afara'ayatal lazee tawallaa
Yuz oʻgirib ketganni koʻrmadingmi?!
-
34
وَأَعْطَىٰ قَلِيلًۭا وَأَكْدَىٰٓ
Wa a'taa qaleelanw wa akdaa
U ozgina berdi va toʻxtatdi.
-
35
أَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْغَيْبِ فَهُوَ يَرَىٰٓ
A'indahoo 'ilmul ghaibi fahuwa yaraa
Uning huzurida gʻayb ilmi boru, u koʻrib turibdimi?! (Gʻaybni faqat Alloh bilib, boshqa hech kim bilmasligi aniq. Oxiratning gʻamini yemay yurganlar nimaga suyanishadi? Gʻaybni bilmagandan keyin inson doimo oʻziga oxiratda foyda beradigan ishlarni koʻproq bajarishga harakat qilmogʻi lozim.)
-
36
أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِى صُحُفِ مُوسَىٰ
Am lam yunabbaa bimaa fee suhuhfi Moosa
Yoki Musoning sahifalaridagi soʻzlar xabari unga berilmadimi?
-
37
وَإِبْرَٰهِيمَ ٱلَّذِى وَفَّىٰٓ
Wa Ibraaheemal lazee waffaaa
Va vafo qilgan Ibrohimning?
-
38
أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ
Allaa taziru waaziratunw wizra ukhraa
«Hech bir gunohkor jon boshqaning gunohini koʻtarmas.
-
39
وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَٰنِ إِلَّا مَا سَعَىٰ
Wa al laisa lil insaani illaa maa sa'aa
Har bir insonga oʻz qilganidan boshqa narsa yoʻq.
-
40
وَأَنَّ سَعْيَهُۥ سَوْفَ يُرَىٰ
Wa anna sa'yahoo sawfa yuraa
Va, albatta, uning qilmishi tezda koʻrinar.
-
41
ثُمَّ يُجْزَىٰهُ ٱلْجَزَآءَ ٱلْأَوْفَىٰ
Summa yujzaahul jazaaa 'al awfaa
Soʻngra jazo yoki mukofoti toʻliq berilar», deb. (Ushbu zikr etilgan maʼnolar Muso a. s. ning Tavrotlarida va Ibrohim a. s. ning sahifalarida kelgandir.)
-
42
وَأَنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلْمُنتَهَىٰ
Wa anna ilaa rabbikal muntahaa
Va, albatta, intiho Robbing huzuridadir.
-
43
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَىٰ
Wa annahoo huwa adhaka wa abkaa
Va, albatta, kuldirgan ham Oʻzi, yigʻlatgan ham Oʻzi.
-
44
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا
Wa annahoo huwa amaata wa ahyaa
Albatta, oʻldirgan ham Oʻzi, tiriltirgan ham Oʻzi.
-
45
وَأَنَّهُۥ خَلَقَ ٱلزَّوْجَيْنِ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰ
Wa annahoo khalaqaz zawjainiz zakara wal unsaa
Albatta, ikki juftni; erkak va ayolni yaratgan ham Oʻzi.
-
46
مِن نُّطْفَةٍ إِذَا تُمْنَىٰ
Min nutfatin izaa tumnaa
Nutfadan, oqib tushganda.
-
47
وَأَنَّ عَلَيْهِ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُخْرَىٰ
Wa anna 'alaihin nash atal ukhraa
Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham Oʻzi.
-
48
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَغْنَىٰ وَأَقْنَىٰ
Wa annahoo huwa aghnaa wa aqnaa
Va, albatta, behojat qilgan ham Oʻzi, badavlat qilgan ham Oʻzi.
-
49
وَأَنَّهُۥ هُوَ رَبُّ ٱلشِّعْرَىٰ
Wa annahoo huwa rabbush shi'raa
Va, albatta Sheʼroning Robbisi ham Uning Oʻzi.
-
50
وَأَنَّهُۥٓ أَهْلَكَ عَادًا ٱلْأُولَىٰ
Wa annahooo ahlak a 'Aadanil oolaa
Va, albatta, birinchi Odni halok qilgan ham Oʻzi.
-
51
وَثَمُودَا۟ فَمَآ أَبْقَىٰ
Wa samooda famaaa abqaa
Va Samudni boqiy qoldirmagan ham Oʻzi.
-
52
وَقَوْمَ نُوحٍۢ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ هُمْ أَظْلَمَ وَأَطْغَىٰ
Wa qawma Noohim min qablu innahum kaanoo hum azlama wa atghaa
Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham Oʻzi). Chunki ular oʻta zolim va oʻta tugʻyonga ketgan edilar.
-
53
وَٱلْمُؤْتَفِكَةَ أَهْوَىٰ
Wal mu'tafikata ahwaa
Va toʻntarilganni qulatgan (ham Oʻzi).
-
54
فَغَشَّىٰهَا مَا غَشَّىٰ
Faghashshaahaa maa ghashshaa
Bas, ularni oʻragan narsa oʻrab oldi.
-
55
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكَ تَتَمَارَىٰ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbika tatamaaraa
Shunday ekan, Robbingning qaysi neʼmatlariga shak keltirasan?
-
56
هَٰذَا نَذِيرٌۭ مِّنَ ٱلنُّذُرِ ٱلْأُولَىٰٓ
Haazaa nazeerum minan nuzuril oolaa
Bu avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir. (Ogoh boʻlinglar: avvalgi ogohlantiruvchilarga dushman boʻlganlarning kuni sizlarning boshingizga tushib qolmasin!)
-
57
أَزِفَتِ ٱلْءَازِفَةُ
Azifatil laazifah
Yaqinlashuvchi yaqinlashdi.
-
58
لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ كَاشِفَةٌ
Laisa lahaa min doonil laahi kaashifah
Uni Allohdan boshqa kashf qiluvchi yoʻq.
-
59
أَفَمِنْ هَٰذَا ٱلْحَدِيثِ تَعْجَبُونَ
Afamin hazal hadeesi ta'jaboon
Bu soʻzdan sizlar ajablanasizlarmi?
-
60
وَتَضْحَكُونَ وَلَا تَبْكُونَ
Wa tadhakoona wa laa tabkoon
Va kulasizlar-u, yigʻlamaysizlarmi?
-
61
وَأَنتُمْ سَٰمِدُونَ
Wa antum saamidoon
Va holbuki, sizlar beparvosizlar.
-
62
فَٱسْجُدُوا۟ لِلَّهِ وَٱعْبُدُوا۟ ۩ ۩
Fasjudoo lillaahi wa'budoo
Bas, llohga sajda va ibodat qilinglar.
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.