Sura 52 · Makkiy · 49 Oyatlar
Sura Tur
Tur togʻi
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
وَٱلطُّورِ
Wat-Toor
Tur bilan qasam.
-
2
وَكِتَٰبٍۢ مَّسْطُورٍۢ
Wa kitaabim mastoor
Satrlangan kitob bilan qasam.
-
3
فِى رَقٍّۢ مَّنشُورٍۢ
Fee raqqim manshoor
Yoyilgan teriga. (satrlangan)
-
4
وَٱلْبَيْتِ ٱلْمَعْمُورِ
Wal baitil ma'moor
Va obod uy bilan qasam.
-
5
وَٱلسَّقْفِ ٱلْمَرْفُوعِ
Wassaqfil marfoo'
Va koʻtarilgan bilan shift qasam.
-
6
وَٱلْبَحْرِ ٱلْمَسْجُورِ
Wal bahril masjoor
Va toʻlgan dengiz bilan qasam.
-
7
إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ لَوَٰقِعٌۭ
Inna 'azaaba Rabbika lawaaqi'
Albatta, Robbing azobi roʻy berajak.
-
8
مَّا لَهُۥ مِن دَافِعٍۢ
Maa lahoo min daafi'
Uni hech bir qaytaruvchi yoʻqdir.
-
9
يَوْمَ تَمُورُ ٱلسَّمَآءُ مَوْرًۭا
Yawma tamoorus samaaa'u mawraa
U kunda osmon larzaga kelib chayqalur.
-
10
وَتَسِيرُ ٱلْجِبَالُ سَيْرًۭا
Wa taseerul jibaalu sairaa
Va togʻlar sayr etib yurur.
-
11
فَوَيْلٌۭ يَوْمَئِذٍۢ لِّلْمُكَذِّبِينَ
Fawailuny yawma 'izil lil mukaazzibeen
Bas, oʻsha kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
-
12
ٱلَّذِينَ هُمْ فِى خَوْضٍۢ يَلْعَبُونَ
Allazeena hum fee khawdiny yal'aboon
(Botilga) shoʻngʻib oʻynaydiganlarga! («vayl» soʻzi gohida «halokat», gohida «doʻzax» maʼnosida ishlatiladi va ikkalasi ham bu oyatga mosdir.)
-
13
يَوْمَ يُدَعُّونَ إِلَىٰ نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا
Yawma yuda'-'oona ilaa naari jahannama da'-'aa
U kunda jahannam oʻtiga (kuch bilan) itarilurlar.
-
14
هَٰذِهِ ٱلنَّارُ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ
Haazihin naarul latee kuntum bihaa tukazziboon
Mana bu, sizlar yolgʻonga chiqargan oʻt boʻladir!
-
15
أَفَسِحْرٌ هَٰذَآ أَمْ أَنتُمْ لَا تُبْصِرُونَ
Afasihrun haazaaaa am antum laa tubsiroon
Bu sehrmi?! Yoki sizlar koʻrmayapsizlarmi?!
-
16
ٱصْلَوْهَا فَٱصْبِرُوٓا۟ أَوْ لَا تَصْبِرُوا۟ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Islawhaa fasbirooo aw laa tasbiroo sawaaa'un 'alaikum innamaa tujzawna maa kuntum ta'maloon
Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi - baribir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olursizlar, xolos.
-
17
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَنَعِيمٍۢ
Innal muttaqeena fee jannaatinw wa na'eem
Albatta, taqvodorlar jannatlar va nozu neʼmatlar ichidadirlar.
-
18
فَٰكِهِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ وَوَقَىٰهُمْ رَبُّهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ
Faakiheena bimaaa aataahum rabbuhum wa waqaahum rabbuhum 'azaabal jaheem
Robbilari ularga bergan narsalardan lazzatdadirlar. Robbilari ularni jahannam azobidan saqlar.
-
19
كُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ هَنِيٓـًٔۢا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Kuloo washraboo haneee 'am bimaa kuntum ta'maloon
Yenglar, ichinglar, osh boʻlsin. (Bular)qilgan amallaringiz uchundir.
-
20
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ سُرُرٍۢ مَّصْفُوفَةٍۢ ۖ وَزَوَّجْنَٰهُم بِحُورٍ عِينٍۢ
Muttaki'eena 'alaa sururim masfoofatinw wa zawwaj naahum bihoorin 'een
Ular qator tizilgan soʻrilarga yonboshlagan holdalar. Va ularni goʻzal koʻzli hurlarga uylab qoʻyganmiz.
-
21
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّبَعَتْهُمْ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَٰنٍ أَلْحَقْنَا بِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَمَآ أَلَتْنَٰهُم مِّنْ عَمَلِهِم مِّن شَىْءٍۢ ۚ كُلُّ ٱمْرِئٍۭ بِمَا كَسَبَ رَهِينٌۭ
Wallazeena aamanoo wattaba'at hum zurriyyatuhum bieemaanin alhaqnaa bihim zurriyyatahum wa maaa alatnaahum min 'amalihim min shai'; kullum ri'im bimaa kasaba raheen
Oʻzlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qoʻshdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi oʻz kasbi garovidir. (Bu dunyoda iymonu islom bilan oʻtgan kishilarning agar zurriyotlari ham iymon bilan oʻtgan boʻlsa, darajalari uncha yuqori boʻlmasa ham, Alloh ularni otalariga qoʻshib qoʻyar ekan. Lekin, shu bilan birga otalarning amalidan hech bir narsa kamaytirilmas ekan. Yaʼni, bolalariga olib berilib, ularning darajasi tenglatilmas ekan. Chunki har kim oʻzi qilgan kasb-amalning garovidir, amali yaxshi boʻlsa, oqibati ham yaxshi boʻladi. Alloh koʻrsatmasin, amali yomon boʻlsa, oqibati ham...)
-
22
وَأَمْدَدْنَٰهُم بِفَٰكِهَةٍۢ وَلَحْمٍۢ مِّمَّا يَشْتَهُونَ
Wa amdadnaahum bifaa kihatinw wa lahmim mimmaa yashtahoon
Va Biz ularga xohlagan mevalari va goʻshtlarini muhayyo qilib qoʻydik.
-
23
يَتَنَٰزَعُونَ فِيهَا كَأْسًۭا لَّا لَغْوٌۭ فِيهَا وَلَا تَأْثِيمٌۭ
Yatanaaza'oona feehaa kaasal laa laghwun feehaa wa laa taaseem
Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yoʻq. (Oxirat sharobida noxush ishlarning birontasi roʻy bermas ekan.)
-
24
۞ وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ غِلْمَانٌۭ لَّهُمْ كَأَنَّهُمْ لُؤْلُؤٌۭ مَّكْنُونٌۭ
Wa yatoofu 'alaihim ghilmaanul lahum ka annahum lu'lu'um maknoon
Va atroflarida xuddi sadafdagi durdek gʻulomlari aylanib, xizmatda yurishadir.
-
25
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ يَتَسَآءَلُونَ
Wa aqbala ba'duhum 'alaa ba'diny yatasaaa'aloon
Baʼzilari boshqalaridan oʻgrilib soʻrasha boshladilar.
-
26
قَالُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا قَبْلُ فِىٓ أَهْلِنَا مُشْفِقِينَ
Qaalooo innaa kunnaa qablu feee ahlinaa mushfiqeen
Albatta, biz ilgari oʻz ahlimiz davrasida U zotdan qoʻrquvchilardan edik.
-
27
فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَوَقَىٰنَا عَذَابَ ٱلسَّمُومِ
Famannnal laahu 'alainaa wa waqaanaa 'azaabas samoom
Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni doʻzax azobidan saqladi.
-
28
إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلُ نَدْعُوهُ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْبَرُّ ٱلرَّحِيمُ
Innaa kunnaa min qablu nad'oohu innahoo huwal barrur raheem
Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning Oʻzi yaxshilik qiluvchi va rahmlidur.
-
29
فَذَكِّرْ فَمَآ أَنتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍۢ وَلَا مَجْنُونٍ
Fazakkir famaaa anta bini'mati rabbika bikaahininw wa laa majnoon
Bas, eslatgin: sen Robbing neʼmati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan. (Oyatdagi «kohin» soʻzini biz folbin deb tarjima qildik. Aslida, Arabiston yarim orolida kohin alohida tushunchadir. U jinlar bilan aloqasi borligini va gʻoyibdan xabar berishni daʼvo qiluvchi shaxsdir. Shuningdek, kohinlar ruhlar, xudolar bilan ham aloqamiz bor deyishadi va baʼzan tabiblik daʼvosini ham qilishadi.)
-
30
أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌۭ نَّتَرَبَّصُ بِهِۦ رَيْبَ ٱلْمَنُونِ
Am yaqooloona shaa'irun natarabbasu bihee raibal manoon
Balki ular: «U shoir, biz unga oʻlim yetishini kutamiz», derlar?
-
31
قُلْ تَرَبَّصُوا۟ فَإِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُتَرَبِّصِينَ
Qul tarabbasoo fa innee ma'akum minal mutarabbiseen
Sen: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman», deb ayt.
-
32
أَمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَٰمُهُم بِهَٰذَآ ۚ أَمْ هُمْ قَوْمٌۭ طَاغُونَ
Am taamuruhum ahlaamuhum bihaazaaa am hum qawmun taaghoon
Yo aqllari shunga buyurarmi yoki ular tugʻyonga ketgan qavmlarmi?
-
33
أَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُۥ ۚ بَل لَّا يُؤْمِنُونَ
Am yaqooloona taqawwalah; bal laa yu'minoon
Balki, u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqidi, derlar? Yoʻq, ular iymon keltirmaslar.
-
34
فَلْيَأْتُوا۟ بِحَدِيثٍۢ مِّثْلِهِۦٓ إِن كَانُوا۟ صَٰدِقِينَ
Falyaatoo bihadeesim misliheee in kaanoo saadiqeen
Agar ularning gapi rost boʻlsa, u(Qurʼon)ga oʻxshash soʻzni keltirsinlar.
-
35
أَمْ خُلِقُوا۟ مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ أَمْ هُمُ ٱلْخَٰلِقُونَ
Am khuliqoo min ghairi shai'in am humul khaaliqoon
Balki, ular hech narsadan hech narsa yoʻq oʻzlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi?
-
36
أَمْ خَلَقُوا۟ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ۚ بَل لَّا يُوقِنُونَ
Am khalaqus samaawaati wal ard; bal laa yooqinoon
Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yoʻq, ular ishonmaslar.
-
37
أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَبِّكَ أَمْ هُمُ ٱلْمُصَۣيْطِرُونَ
Am'indahum khazaaa'inu rabbika am humul musaitiroon
Balki ularning huzurida Robbingning xazinalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi?
-
38
أَمْ لَهُمْ سُلَّمٌۭ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ ۖ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُم بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍ
Am lahum sullamuny yastami'oona feehi falyaati mustami'uhum bisultaanim mubeen
Balki ularning (xabar) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq boʻlsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsinlar. (Mushriklar Muhammad alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarganlar. Xoʻsh, nimaga asoslanib bunday qilishgan? Yoki ularning osmonga qoʻygan narvonlari bor-u unga chiqib, Muhammad Paygʻambar emas, unga vahiy yuborilayotgani yoʻq, degan xabarni eshitishdimi? Agar haqiqatda eshitgan boʻlsalar, ochiq-oydin dalil koʻrsatsinlar.)
-
39
أَمْ لَهُ ٱلْبَنَٰتُ وَلَكُمُ ٱلْبَنُونَ
Am lahul banaatu wa lakumul banoon
Yoki U zotga qizlaru sizlarga oʻgʻillarmi?!
-
40
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًۭا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍۢ مُّثْقَلُونَ
Am tas'aluhum ajran fahum mim maghramim musqaloon
Yoki sen ulardan haq soʻrayapsan-u, ular toʻlovdan qiynalayaptilarmi?!
-
41
أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ
Am 'indahumul ghaibu fahum yaktuboon
Balki ularning ixtiyorida gʻayb (ilmi) boʻlib, ular yozib olayotgandirlar?!
-
42
أَمْ يُرِيدُونَ كَيْدًۭا ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هُمُ ٱلْمَكِيدُونَ
Am yureedoona kaidan fallazeena kafaroo humul makeedoon
Balki hiyla koʻrsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini torturlar.
-
43
أَمْ لَهُمْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Am lahum ilaahun ghairul laa; subhaanal laahi 'ammaa yushrikoon
Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok boʻldi.
-
44
وَإِن يَرَوْا۟ كِسْفًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ سَاقِطًۭا يَقُولُوا۟ سَحَابٌۭ مَّرْكُومٌۭ
Wa iny yaraw kisfam minas samaaa'i saaqitany yaqooloo sahaabum markoom
Agar ular boshlariga tushayotgan parchani koʻrsalar ham, toʻplangan bulut, derlar.
-
45
فَذَرْهُمْ حَتَّىٰ يُلَٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى فِيهِ يُصْعَقُونَ
Fazarhum hatta yulaaqoo yawmahumul lazee feehi yus'aqoon
Ularni halokatga uchraydigan kunlariga yoʻliqqunlarigacha tek qoʻy. (Mushrik va dinsizlarni qiyomat kunigacha qoʻyib ber, nima qilishsa qilishaversin.)
-
46
يَوْمَ لَا يُغْنِى عَنْهُمْ كَيْدُهُمْ شَيْـًۭٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Yawma laa yughnee 'anhum kaidumhum shai'anw wa laa hum yunsaroon
U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.
-
47
وَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ عَذَابًۭا دُونَ ذَٰلِكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Wa inna lillazeena zalamoo 'azaaban doona zalika wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon
Va, albatta, zulm qilganlarga undan oʻzga azob ham bor, lekin koʻplari bilmaslar. (Yaʼni, kofir, zolimlarga oxirat azobidan oʻzga bu dunyoning azobi ham bor yoki qabr azobi boʻlishi ham mumkin.)
-
48
وَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا ۖ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ حِينَ تَقُومُ
Wasbir lihukmi rabbika fa innaka bi-a'yuninaa wa sabbih bihamdi rabbika heena taqoom
Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen koʻz oʻngimizdasan, oʻringdan turganingda Robbingga tasbih ayt!
-
49
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَإِدْبَٰرَ ٱلنُّجُومِ
Wa minal laili fasabbihhu wa idbaaran nujoom
Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt. (Demak, har doim Allohga bogʻliq boʻlmoq zarur. Imom Molik Zuhriydan qilgan rivoyatlarida Ibn Matʼamning otasi aytadiki, «Paygʻambar alayhissalomni shom namozida «Vat-Tur» surasini oʻqiyotganlarini eshitdim. U kishidan koʻra ovozi shirinroq va qiroati yaxshiroq odamni koʻrmaganman».)
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.