Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 51 · Makkiy · 60 Oyatlar

Sura Zoriyot

Sochuvchi shamollar

سورة الذاريات
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلذَّٰرِيَٰتِ ذَرْوًۭا

    Chang toʻzituvchi(shamol) lar bilan qasam.

  2. 2

    فَٱلْحَٰمِلَٰتِ وِقْرًۭا

    Yuk koʻtaruvchi(bulut)lar bilan qasam.

  3. 3

    فَٱلْجَٰرِيَٰتِ يُسْرًۭا

    Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam;

  4. 4

    فَٱلْمُقَسِّمَٰتِ أَمْرًا

    Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.

  5. 5

    إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقٌۭ

    Albatta, sizga vaʼda qilingan narsa rostdir.

  6. 6

    وَإِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعٌۭ

    Va, albatta, qiyomat voqeʼ boʻlguvchidir.

  7. 7

    وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْحُبُكِ

    Goʻzal, mustahkam osmon bilan qasam.

  8. 8

    إِنَّكُمْ لَفِى قَوْلٍۢ مُّخْتَلِفٍۢ

    Albatta, siz ixtilofli gapdasiz.

  9. 9

    يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ

    U(Qurʼon)dan kim burilsa, (bir yoʻla) burib qoʻyilur. (Qurʼondan burilib, boshqa narsani tutmoqchi boʻlgan, hech qachon najot topmabdi. Chunki, bir yoʻla zalolatga burilib qolgan boʻladi.)

  10. 10

    قُتِلَ ٱلْخَرَّٰصُونَ

    Yolgʻonchilarga laʼnat boʻlsin!

  11. 11

    ٱلَّذِينَ هُمْ فِى غَمْرَةٍۢ سَاهُونَ

    Ular jaholatdagi gʻofillardir.

  12. 12

    يَسْـَٔلُونَ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلدِّينِ

    Ular hisob-kitob kuni qachon, deb soʻrarlar.

  13. 13

    يَوْمَ هُمْ عَلَى ٱلنَّارِ يُفْتَنُونَ

    Bu kunda ular olovda azoblanurlar.

  14. 14

    ذُوقُوا۟ فِتْنَتَكُمْ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ

    «Azobingizni tatib koʻring», siz qachon boʻlur? deb shoshilgan narsa-shu» (deyilur).

  15. 15

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍ

    Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.

  16. 16

    ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُحْسِنِينَ

    Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki ular bundan oldin ehson qiluvchilardan boʻlganlardir.

  17. 17

    كَانُوا۟ قَلِيلًۭا مِّنَ ٱلَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ

    Ular kechalari oz uxlar edilar.

  18. 18

    وَبِٱلْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

    Va ular saharlarda istigʻfor aytar edilar.

  19. 19

    وَفِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّۭ لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ

    Va molu mulklarida, soʻrovchi va bechoralarning haqi bordir.

  20. 20

    وَفِى ٱلْأَرْضِ ءَايَٰتٌۭ لِّلْمُوقِنِينَ

    Va yer yuzida chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bordir.

  21. 21

    وَفِىٓ أَنفُسِكُمْ ۚ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

    Va oʻzlaringizda ham. Yoki koʻrmayapsizlarmi?!

  22. 22

    وَفِى ٱلسَّمَآءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ

    Va osmonda rizqingiz hamda sizga vaʼda qilinayotgan narsalar (bor).

  23. 23

    فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِنَّهُۥ لَحَقٌّۭ مِّثْلَ مَآ أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ

    Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u(gap) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.

  24. 24

    هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْمُكْرَمِينَ

    Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?

  25. 25

    إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَٰمًۭا ۖ قَالَ سَلَٰمٌۭ قَوْمٌۭ مُّنكَرُونَ

    Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u: «Salom, notanish qavmlar», dedi.

  26. 26

    فَرَاغَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ فَجَآءَ بِعِجْلٍۢ سَمِينٍۢ

    Va ahliga borib, (pishirilgan) semiz buzoqni keltirdi.

  27. 27

    فَقَرَّبَهُۥٓ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ

    Uni ularga yaqiniga surdi va: «Yemaysizlarmi?» dedi.

  28. 28

    فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةًۭ ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَٰمٍ عَلِيمٍۢ

    Ulardan xavfsiradi. Ular: «qoʻrqma», dedilar va unga ilmli oʻgʻil bashoratini berdilar.

  29. 29

    فَأَقْبَلَتِ ٱمْرَأَتُهُۥ فِى صَرَّةٍۢ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌۭ

    Xotini qichqirib keldi va oʻz yuziga shapaloq tushirib: «Tugʻmas kampir-a?!» dedi.

  30. 30

    قَالُوا۟ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ

    Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning Oʻzi oʻta hakim va oʻta biluvchidir», dedilar.

  31. 31

    ۞ قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ

    U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nadir», dedi.

  32. 32

    قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍۢ مُّجْرِمِينَ

    Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.

  33. 33

    لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةًۭ مِّن طِينٍۢ

    Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.

  34. 34

    مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلْمُسْرِفِينَ

    Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qoʻyilgan(tosh)larni», dedilar.

  35. 35

    فَأَخْرَجْنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Va Biz u joydan moʻminlarni chiqardik.

  36. 36

    فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍۢ مِّنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.

  37. 37

    وَتَرَكْنَا فِيهَآ ءَايَةًۭ لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ

    Va u yerda alamli azobdan qoʻrqadiganlar uchun belgi qoldirdik.

  38. 38

    وَفِى مُوسَىٰٓ إِذْ أَرْسَلْنَٰهُ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Va Musoda ham. Biz uni Firʼavnga ravshan hujjat ila yuboganimizda...

  39. 39

    فَتَوَلَّىٰ بِرُكْنِهِۦ وَقَالَ سَٰحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌۭ

    U yuz oʻgirib, ishongani tomon yurdi va: «Bu sehrgar yoki majnundir», dedi.

  40. 40

    فَأَخَذْنَٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌۭ

    Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.

  41. 41

    وَفِى عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلْعَقِيمَ

    Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tugʻmas shamolni yubordik. (Odatda, shamol yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Od qavmiga kelgan shamol esa ularga yomgʻir emas, balo-ofat, halokatni olib kelgan, shuning uchun uning tugʻmas, yaʼni befoyda deb sifatlanyapti.)

  42. 42

    مَا تَذَرُ مِن شَىْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَٱلرَّمِيمِ

    U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qoʻymas.

  43. 43

    وَفِى ثَمُودَ إِذْ قِيلَ لَهُمْ تَمَتَّعُوا۟ حَتَّىٰ حِينٍۢ

    Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga vaqtinchalik maza qilib turinglar, deyilgan vaqtda...

  44. 44

    فَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَهُمْ يَنظُرُونَ

    Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.

  45. 45

    فَمَا ٱسْتَطَٰعُوا۟ مِن قِيَامٍۢ وَمَا كَانُوا۟ مُنتَصِرِينَ

    Bas, ular oʻrinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.

  46. 46

    وَقَوْمَ نُوحٍۢ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.

  47. 47

    وَٱلسَّمَآءَ بَنَيْنَٰهَا بِأَيْي۟دٍۢ وَإِنَّا لَمُوسِعُونَ

    Osmonni Oʻz qudratimiz ila bino qildik. Albatta, Biz keng qiluvchimiz.

  48. 48

    وَٱلْأَرْضَ فَرَشْنَٰهَا فَنِعْمَ ٱلْمَٰهِدُونَ

    Va yerni toʻshab qoʻydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchimiz!

  49. 49

    وَمِن كُلِّ شَىْءٍ خَلَقْنَا زَوْجَيْنِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki eslasangiz.

  50. 50

    فَفِرُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman. (Odatda inson xavfu xatardan, balo-ofatdan qochadi. Bu oyatda tilga olingan xavf-xatar - dinsizlik, gʻaflat va osiylikdir, undan qochish gunoh va harom ishlarni tark etib, Allohga iltijo etish bilan boʻladi. Allohga qochishda inson uchun ulugʻ saodat va martaba bordir.)

  51. 51

    وَلَا تَجْعَلُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Va Allohga boshqa maʼbudni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  52. 52

    كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُوا۟ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ

    Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Paygʻambar kelgan vaqt, uni, sehrgar yoki majnun, deganlar.

  53. 53

    أَتَوَاصَوْا۟ بِهِۦ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌۭ طَاغُونَ

    Kelishib olganmilar?! Yoʻq, ular tugʻyonga ketgan qavmlardir!

  54. 54

    فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومٍۢ

    Ulardan yuz oʻgir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan. (Paygʻambarning vazifasi Allohning amrini yetkazish. U zot bu ishni oʻz oʻrnida ado etdilar. Mushriklar gapga kirmadilar, Paygʻambar alayhissalom ulardan yuz oʻgirsalar, u zotga malomat yoʻq.)

  55. 55

    وَذَكِّرْ فَإِنَّ ٱلذِّكْرَىٰ تَنفَعُ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Va eslatgin. Albatta, eslatish moʻminlarga manfaat berur.

  56. 56

    وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ

    Jin va insonni faqat Menga ibodat qilish uchungina yaratdim.

  57. 57

    مَآ أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍۢ وَمَآ أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ

    Men ulardan rizq xohlamasman va Meni toamlantirishlarini ham xohlamasman.

  58. 58

    إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلْقُوَّةِ ٱلْمَتِينُ

    Albatta, Alloh Oʻzi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir. (Demak, Alloh taolo insu jindan rizq soʻramaydi, balki ularga rizq beradi. Allohning birdan-bir iroda qilgani ibodatdir, insu jinni yaratishdan maqsad ham shudir. Lekin ibodatdan kimga foyda bor? Ibodat qiluvchining oʻziga. Unga ikki dunyoning baxtini ibodat beradi.)

  59. 59

    فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذَنُوبًۭا مِّثْلَ ذَنُوبِ أَصْحَٰبِهِمْ فَلَا يَسْتَعْجِلُونِ

    Albatta, zulm qilganlarga oʻz birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.

  60. 60

    فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن يَوْمِهِمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ

    Kofirlarga vaʼda qilinayotgan kunlarida halokat boʻlsin.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.