Sura 56 · Makkiy · 96 Oyatlar
Sura Voqea
Muqarrar hodisa
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
إِذَا وَقَعَتِ ٱلْوَاقِعَةُ
Izaa waqa'atil waaqi'ah
Voqea voqeʼ boʻlganda.
-
2
لَيْسَ لِوَقْعَتِهَا كَاذِبَةٌ
Laisa liwaq'atihaa kaazibah
Uning voqeʼ boʻlishini yolgʻon qiluvchi (jon) yoʻqdir.
-
3
خَافِضَةٌۭ رَّافِعَةٌ
Khafidatur raafi'ah
U ham pastlatuvchi, ham koʻtaruvchidir.
-
4
إِذَا رُجَّتِ ٱلْأَرْضُ رَجًّۭا
Izaa rujjatil ardu rajjaa
Qachonki yer qattiq larzaga kelganda.
-
5
وَبُسَّتِ ٱلْجِبَالُ بَسًّۭا
Wa bussatil jibaalu bassaa
Togʻlar maydalanib, titilganda.
-
6
فَكَانَتْ هَبَآءًۭ مُّنۢبَثًّۭا
Fakaanat habaaa'am mumbassaa
Bas, ular tarqalgan chang-toʻzonga aylanganda.
-
7
وَكُنتُمْ أَزْوَٰجًۭا ثَلَٰثَةًۭ
Wa kuntum azwaajan salaasah
Va sizlar uch toifa boʻlgangda.
-
8
فَأَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ
Fa as haabul maimanati maaa as haabul maimanah
Oʻng taraf egalari. Oʻng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!
-
9
وَأَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ
Wa as haabul mash'amati maaa as haabul mash'amah
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
-
10
وَٱلسَّٰبِقُونَ ٱلسَّٰبِقُونَ
Wassaabiqoonas saabiqoon
Va peshqadamlar, peshqadamlar.
-
11
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلْمُقَرَّبُونَ
Ulaaa'ikal muqarraboon
Ana oʻshalar, (Allohga) yaqin boʻlganlar.
-
12
فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Fee Jannaatin Na'eem
Serneʼmat jannatlardalar.
-
13
ثُلَّةٌۭ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ
Sullatum minal awwaleen
Avvalgilardan koʻpgina jamoatlar.
-
14
وَقَلِيلٌۭ مِّنَ ٱلْءَاخِرِينَ
Wa qaleelum minal aa khireen
Va oxirgilardan ozdirlar.
-
15
عَلَىٰ سُرُرٍۢ مَّوْضُونَةٍۢ
'Alaa sururim mawdoonah
Toʻqima soʻrilaridalar.
-
16
مُّتَّكِـِٔينَ عَلَيْهَا مُتَقَٰبِلِينَ
Muttaki'eena 'alaihaa mutaqabileen
Bir-birlariga roʻbaroʻ boʻlib, yonboshlagan hollaridalar. (Yaʼni, peshqadamlar jannat duru-yoqutlarni aralash qilib toʻqilgan soʻrilarda bir-birlariga qarab, yonboshlab-yastanib rohatlanishar ekan.)
-
17
يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌۭ مُّخَلَّدُونَ
Yatoofu 'alaihim wildaa num mukkhalladoon
Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.
-
18
بِأَكْوَابٍۢ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍۢ مِّن مَّعِينٍۢ
Bi akwaabinw wa abaareeq, wa kaasim mim ma'een
Oqar chashma (mayi toʻlatilgan) qadahlar, koʻzalar va kosalar bilan.
-
19
لَّا يُصَدَّعُونَ عَنْهَا وَلَا يُنزِفُونَ
Laa yusadda'oona 'anhaa wa laa yunzifoon
Undan bosh ogʻrigʻi ham, mast ham boʻlmaslar.
-
20
وَفَٰكِهَةٍۢ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ
Wa faakihatim mimmaa yatakhaiyaroon
Va ular xohlagan mevalar bilan.
-
21
وَلَحْمِ طَيْرٍۢ مِّمَّا يَشْتَهُونَ
Wa lahmi tairim mimmaa yashtahoon
Ishtahalari tusagan qush goʻshti bilan.
-
22
وَحُورٌ عِينٌۭ
Wa hoorun'een
Yana koʻzi goʻzal hurlar bor.
-
23
كَأَمْثَٰلِ ٱللُّؤْلُؤِ ٱلْمَكْنُونِ
Ka amsaalil lu'lu'il maknoon
Misoli yashirilgan dur.
-
24
جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Jazaaa'am bimaa kaanoo ya'maloon
Bular, qilgan amallarning mukofotidur.
-
25
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًۭا وَلَا تَأْثِيمًا
Laa yasma'oona feehaa laghwanw wa laa taaseemaa
Ular u yerda behuda, gunoh soʻzlarni eshitmaslar.
-
26
إِلَّا قِيلًۭا سَلَٰمًۭا سَلَٰمًۭا
Illaa qeelan salaaman salaamaa
Faqat «Salom, Salom» deyilganini (eshitarlar). (Bir-birlariga salom beradilar, ularga farishtalar ham salom beradilar. Allohning salomi ham yetkazib turiladi.)
-
27
وَأَصْحَٰبُ ٱلْيَمِينِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْيَمِينِ
Wa as haabul yameeni maaa as haabul Yameen
Oʻng taraf egalari. Oʻng taraf egalari ne(saodatlilar)dir!
-
28
فِى سِدْرٍۢ مَّخْضُودٍۢ
Fee sidrim makhdood
Ular tikonsiz sidrzorlardadir. (Sidr-hushboʻy hidli buta boʻlib, arablar uni hidi uchun yaxshi koʻrar ekanlar. Ammo tikani juda koʻp boʻlarkan.)
-
29
وَطَلْحٍۢ مَّنضُودٍۢ
Wa talhim mandood
Sermeva bananzorlardadir.
-
30
وَظِلٍّۢ مَّمْدُودٍۢ
Wa zillim mamdood
Va yoyilgan soyalardadir.
-
31
وَمَآءٍۢ مَّسْكُوبٍۢ
Wa maaa'im maskoob
Oqar suvlardadir.
-
32
وَفَٰكِهَةٍۢ كَثِيرَةٍۢ
Wa faakihatin kaseerah
Serob mevalardadir.
-
33
لَّا مَقْطُوعَةٍۢ وَلَا مَمْنُوعَةٍۢ
Laa maqtoo'atinw wa laa mamnoo'ah
Tugamaydigan va man qilinmaydiganlardadir.
-
34
وَفُرُشٍۢ مَّرْفُوعَةٍ
Wa furushim marfoo'ah
Baland-baland koʻrpachalardadir.
-
35
إِنَّآ أَنشَأْنَٰهُنَّ إِنشَآءًۭ
Innaaa anshaanaahunna inshaaa'aa
Albatta, Biz u(hurlar)ni dafʼatan, xos qilib, yaratdik.
-
36
فَجَعَلْنَٰهُنَّ أَبْكَارًا
Faja'alnaahunna abkaaraa
Bas, ularni bokiralar qildik.
-
37
عُرُبًا أَتْرَابًۭا
'Uruban atraabaa
Tengdosh mahbubalar qildik.
-
38
لِّأَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ
Li as haabil yameen
Oʻng taraf egalari uchun.
-
39
ثُلَّةٌۭ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ
Sullatum minal awwa leen
Ular avvalgilardan koʻpgina jamoatlardir.
-
40
وَثُلَّةٌۭ مِّنَ ٱلْءَاخِرِينَ
Wa sullatum minal aakhireen
Keyingilardan ham koʻpgina jamoatlardir.
-
41
وَأَصْحَٰبُ ٱلشِّمَالِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلشِّمَالِ
Wa as haabush shimaali maaa as haabush shimaal
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
-
42
فِى سَمُومٍۢ وَحَمِيمٍۢ
Fee samoominw wa hameem
Ular oʻt shamol va qaynoq suvdadirlar.
-
43
وَظِلٍّۢ مِّن يَحْمُومٍۢ
Wa zillim miny yahmoom
Qop-qora tutundan boʻlgan soyadadirlar.
-
44
لَّا بَارِدٍۢ وَلَا كَرِيمٍ
Laa baaridinw wa laa kareem
Salqin hamemas, foydaii ham.
-
45
إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُتْرَفِينَ
Innaahum kaanoo qabla zaalika mutrafeen
Albatta ular bundan oldin hoy-havasga berilganlardan edilar.
-
46
وَكَانُوا۟ يُصِرُّونَ عَلَى ٱلْحِنثِ ٱلْعَظِيمِ
Wa kaanoo yusirroona 'alal hinsil 'azeem
Va mudom katta gunoh ishlar qilar edilar.
-
47
وَكَانُوا۟ يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًۭا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
Wa kaanoo yaqooloona a'izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa izaaman'ainnaa lamab'oosoon
Va «Biz oʻlib, tuproqqa va suyakka aylanganimizdan keyin qayta tiriltrilamizmi?
-
48
أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ
Awa aabaaa'unal awwaloon
Avvalgi otalarimiz ham-a?!» der edilar.
-
49
قُلْ إِنَّ ٱلْأَوَّلِينَ وَٱلْءَاخِرِينَ
Qul innal awwaleena wal aakhireen
Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar.
-
50
لَمَجْمُوعُونَ إِلَىٰ مِيقَٰتِ يَوْمٍۢ مَّعْلُومٍۢ
Lamajmoo'oona ilaa meeqaati yawmim ma'loon
Maʼlum kunga belgilangan vaqtda albatta toʻplanuvchilar».
-
51
ثُمَّ إِنَّكُمْ أَيُّهَا ٱلضَّآلُّونَ ٱلْمُكَذِّبُونَ
summa innakum ayyuhad daaalloonal mukazziboon
Soʻngra, siz ey adashganlar, yolgʻonga chiqaruvchilar!
-
52
لَءَاكِلُونَ مِن شَجَرٍۢ مِّن زَقُّومٍۢ
La aakiloona min shaja rim min zaqqoom
Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.
-
53
فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ
Famaali'oona minhal butoon
Bas, undan qorinlarni toʻldiruvchisizlar.
-
54
فَشَٰرِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْحَمِيمِ
Fashaariboona 'alaihi minal hameem
Bas, ustidan oʻta qaynoq suvdan ichuvchisizlar.
-
55
فَشَٰرِبُونَ شُرْبَ ٱلْهِيمِ
Fashaariboona shurbal heem
Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar.
-
56
هَٰذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ ٱلدِّينِ
Haazaa nuzuluhum yawmad deen
Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!
-
57
نَحْنُ خَلَقْنَٰكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ
Nahnu khalaqnaakum falaw laa tusaddiqoon
Biz sizlarni yaratganimiz, ishonsalaring-chi!
-
58
أَفَرَءَيْتُم مَّا تُمْنُونَ
Afara'aytum maa tumnoon
Oʻzingiz chiqaradigan maniyni oʻylab koʻring-a!
-
59
ءَأَنتُمْ تَخْلُقُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلْخَٰلِقُونَ
'A-antum takhluqoo nahooo am nahnul khaaliqoon
Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
-
60
نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ ٱلْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ
Nahnu qaddarnaa baina kumul mawta wa maa nahnu bimasbooqeen
Orangizdagi oʻlimni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.
-
61
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ أَمْثَٰلَكُمْ وَنُنشِئَكُمْ فِى مَا لَا تَعْلَمُونَ
'Alaaa an nubaddila amsaalakum wa nunshi'akum fee maa laa ta'lamoon
Sizning oʻrningizga sizga oʻxshashlarni almashtirishdan va sizlarni oʻzingiz bilmaydigan holda yaratishdan.
-
62
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُولَىٰ فَلَوْلَا تَذَكَّرُونَ
Wa laqad 'alimtumun nash atal oolaa falaw laa tazakkaroon
Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishini bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi!
-
63
أَفَرَءَيْتُم مَّا تَحْرُثُونَ
Afara'aytum maa tahrusoon
Oʻzingiz ekayotgan narsani oʻylab koʻring-a!
-
64
ءَأَنتُمْ تَزْرَعُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلزَّٰرِعُونَ
'A-antum tazra'oonahooo am nahnuz zaari'ooon
Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi?
-
65
لَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَٰهُ حُطَٰمًۭا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ
Law nashaaa'u laja'al naahu hutaaman fazaltum tafakkahoon
Agar xohlasak, Biz uni quruq choʻpga aylantirib qoʻyamiz. Sizlar esa nadomatda ajablanib:
-
66
إِنَّا لَمُغْرَمُونَ
Innaa lamughramoon
«Albatta, biz ziyon koʻrganlarmiz.
-
67
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ
Bal nahnu mahroomoon
Balki mahrum boʻlganlarmiz», (deysiz).
-
68
أَفَرَءَيْتُمُ ٱلْمَآءَ ٱلَّذِى تَشْرَبُونَ
Afara'aytumul maaa'allazee tashraboon
Oʻzingiz ichadigan suvni oʻylab koʻring-a!
-
69
ءَأَنتُمْ أَنزَلْتُمُوهُ مِنَ ٱلْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنزِلُونَ
'A-antum anzaltumoohu minal muzni am nahnul munziloon
Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushuruvchimizmi?
-
70
لَوْ نَشَآءُ جَعَلْنَٰهُ أُجَاجًۭا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ
Law nashaaa'u ja'alnaahu ujaajan falaw laa tashkuroon
Agar xohlasak, Biz uni shoʻr qilib qoʻyamiz. Shukr qilsangiz-chi!
-
71
أَفَرَءَيْتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى تُورُونَ
Afara'aytumun naaral latee tooroon
Oʻzingiz yoqadigan olovni oʻylab koʻring-a!
-
72
ءَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَآ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنشِـُٔونَ
'A-antum anshaatum shajaratahaaa am nahnul munshi'oon
Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?
-
73
نَحْنُ جَعَلْنَٰهَا تَذْكِرَةًۭ وَمَتَٰعًۭا لِّلْمُقْوِينَ
Nahnu ja'alnaahaa tazkira tanw wa mataa'al lilmuqween
Biz u(olov)ni eslatma va yoʻlovchilar uchun manfaʼat qilib qoʻydik.
-
74
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ
Fasabbih bismi Rabbikal 'azeem
Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et! (Mazkur neʼmatlarning egasini tanigan inson Ulugʻ Alloh taologa tasbih aytib, ibodat qilishga oʻtadi.)
-
75
۞ فَلَآ أُقْسِمُ بِمَوَٰقِعِ ٱلنُّجُومِ
Falaa uqsimu bimaawaa qi'innujoom
Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman. («Joylari» deganimiz - uning oʻrnashgan, chiqish va botish joylari - burjlaridir.)
-
76
وَإِنَّهُۥ لَقَسَمٌۭ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ
Wa innahoo laqasamul lawta'lamoona'azeem
Albatta, agar bilsangiz bu ulugʻ qasamdir. (Bu oyati karima oʻn toʻrt asrdan koʻproq muqaddam nozil boʻlganligi hammaga maʼlum. Oʻsha paytda odamlar yulduzlar haqida sodda tushunchaga ega edilar, ularning hajmi, soni, harakati haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Falakiyot ilmi rivojlanib, ular vositasida ochilgan juda koʻplab kulliyotlar Qurʼon oyatlarining ulugʻligini tasdiqladi.)
-
77
إِنَّهُۥ لَقُرْءَانٌۭ كَرِيمٌۭ
Innahoo la quraanun kareem
Albatta, u Qurʼoni karimdir.
-
78
فِى كِتَٰبٍۢ مَّكْنُونٍۢ
Fee kitaabim maknoon
U saqlangan kitobdadir.
-
79
لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ
Laa yamassuhooo illal mutahharoon
Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.
-
80
تَنزِيلٌۭ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Tanzeelum mir Rabbil'aalameen
U olamlarning Robbisidan tushirilgandir.
-
81
أَفَبِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَنتُم مُّدْهِنُونَ
Afabihaazal hadeesi antum mudhinoon
Bas, sizlar mana shu soʻz(Qurʼon)ga beparvolik qilasizlarmi?!
-
82
وَتَجْعَلُونَ رِزْقَكُمْ أَنَّكُمْ تُكَذِّبُونَ
Wa taj'aloona rizqakum annakum tukazziboon
Va yolgʻonga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi?! (Yaʼni, iymon keltirish lozim boʻlgan narsalarga ishonmaslikni oʻz nasibangiz qilib olasizlarmi?)
-
83
فَلَوْلَآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلْحُلْقُومَ
Falaw laaa izaa balaghatil hulqoom
Joningiz halqumga kelib qolsa-chi?!
-
84
وَأَنتُمْ حِينَئِذٍۢ تَنظُرُونَ
Wa antum heena'izin tanzuroon
Holbuki, oʻsha vaqtda oʻzlaringiz qarab turgan boʻlasizlar.
-
85
وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنكُمْ وَلَٰكِن لَّا تُبْصِرُونَ
Wa nahnu aqrabu ilaihi minkum wa laakil laa tubsiroon
Biz esa, sizdan koʻra unga yaqinmiz, ammo sizlar koʻrmaysizlar. (Yaʼni, Allohning Oʻz bandasiga qanchalar yaqinligini anglamaysizlar. Oʻlayotgan odamga Alloh taolo uning ustida turgan qarindoshidan koʻra yaqinroq boʻladi.)
-
86
فَلَوْلَآ إِن كُنتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ
Falaw laaa in kuntum ghira madeeneen
Agar siz hisob bermas boʻlsangiz.
-
87
تَرْجِعُونَهَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ
Tarji'oonahaaa in kuntum saadiqeen
U(jon)ni oʻrniga qaytaring-chi! Agar rostgoʻy boʻlsangiz!
-
88
فَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ
Fa ammaaa in kaana minal muqarrabeen
Agar, u muqarrablardan boʻlsa.
-
89
فَرَوْحٌۭ وَرَيْحَانٌۭ وَجَنَّتُ نَعِيمٍۢ
Farawhunw wa raihaa nunw wa jannatu na'eem
Rohatda, farogʻatda va serneʼmat jannatdadir.
-
90
وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ
Wa ammaaa in kaana min as haabil yameen
Agar oʻng taraf egalaridan boʻlsa.
-
91
فَسَلَٰمٌۭ لَّكَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ
Fasalaamul laka min as haabil yameen
Bas, «Senga oʻng taraf egalaridan Salom»dir.
-
92
وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُكَذِّبِينَ ٱلضَّآلِّينَ
Wa ammaaa in kaana minal mukazzibeenad daaalleen
Va agar yolgʻonga chiqaruvchilardan, gumrohlardan boʻlsa.
-
93
فَنُزُلٌۭ مِّنْ حَمِيمٍۢ
Fanuzulum min hameem
Bas, oʻta qaynoq suvdan ziyofatdir.
-
94
وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ
Wa tasliyatu jaheem
Va doʻzaxga kirishdir.
-
95
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ حَقُّ ٱلْيَقِينِ
Inna haaza lahuwa haqqul yaqeen
Albatta, ushbuochiq-oydin haqiqatdir.
-
96
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ
Fasabbih bismi rabbikal 'azeem
Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et!
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.