Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 57 · Madaniy · 29 Oyatlar

Sura Hadid

Temir

سورة الحديد
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. Va U aziz va hakimdir.

  2. 2

    لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va oʻldirur va U har bir narsaga qodirdir.

  3. 3

    هُوَ ٱلْأَوَّلُ وَٱلْءَاخِرُ وَٱلظَّٰهِرُ وَٱلْبَاطِنُ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

    U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir. («Avval»-U barcha mavjudotlar yoʻqligida bor edi. «Oxir»-U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi. «Oshkor»-Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. «Zohir»-U hamma narsadan-ustundir. «Pinhon»-U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon - maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.

  4. 4

    هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۖ وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, soʻngra arshni egallagan zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham unga nima chiqqanini ham biladir. U qayerda boʻlsangiz ham siz bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir. («Istivo» lugʻatda koʻtarilish, oʻrnashish va egallash maʼnolarini bildiradi. Lekin Allohga nisbatan bu maʼnolarni biz tushunganday holatda ishlatib boʻlmaydi. Shuning uchun, hamma narsani yaratgandan soʻng Alloh ularni Oʻzining tasarrufiga oldi, deb sharhlanadi.)

  5. 5

    لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Osmonlaru yerning mulki Unikidir va barcha ishlar Allohning Oʻzigagina qaytadir.

  6. 6

    يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ ۚ وَهُوَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    U kechasini kunduzga kiritadir, kunduzni kechasiga kiritadir va U koʻksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.

  7. 7

    ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَأَنفِقُوا۟ مِمَّا جَعَلَكُم مُّسْتَخْلَفِينَ فِيهِ ۖ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَأَنفَقُوا۟ لَهُمْ أَجْرٌۭ كَبِيرٌۭ

    Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qoʻygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir.

  8. 8

    وَمَا لَكُمْ لَا تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ ۙ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ لِتُؤْمِنُوا۟ بِرَبِّكُمْ وَقَدْ أَخَذَ مِيثَٰقَكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar?! Holbuki, Paygʻambar sizlarni Robbiingizga iymon keltirishga chaqirib turibdir. U sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi boʻlsalaringiz. (Yaʼni, Agar sizlar oʻzi biror narsaga ishonuvchi boʻlsalaringiz, nima uchun Allohga ishonmayapsizlar. Holbuki, orangizda Paygʻambar yurib, sizni parvardigoringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi.)

  9. 9

    هُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبْدِهِۦٓ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ لِّيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ بِكُمْ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    U zot Oʻz bandasiga sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun ravshan oyatlarni tushiradir. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahmlidir.

  10. 10

    وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِى مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ ٱلْفَتْحِ وَقَٰتَلَ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةًۭ مِّنَ ٱلَّذِينَ أَنفَقُوا۟ مِنۢ بَعْدُ وَقَٰتَلُوا۟ ۚ وَكُلًّۭا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida ehson qilmaysizlar?! Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar boʻla olmaydir. Ularning darajalari fathdan soʻng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan koʻra ulugʻdir. Alloh barchaga yaxshilikni vaʼda qilgandir. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir. (Oyatdagi «Fath» soʻzi Makkai mukarramani Paygʻmbar alayhissalom boshliq musulmonlar Madinai munavvaradan kelib mushriklardan ozod qilish maʼnosida aytilgan.)

  11. 11

    مَّن ذَا ٱلَّذِى يُقْرِضُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥ وَلَهُۥٓ أَجْرٌۭ كَرِيمٌۭ

    Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta koʻpaytirib qaytaradir va unga karamli ajr bordir. (Alloh taolo Oʻz dini yoʻlida sarflanadigan molu mulkni unga berilgan «yaxshi qarz»ga, yaʼni, oraga sudxoʻrlik va boshqa gʻarazlar qoʻshilmagan qarzga oʻxshatmoqda. Bunda ehson, infoq qilishga katta targʻib bordir. Chunki qarzni muhtojlar oladi, Alloh esa hech narsaga muhtojligi yoʻq, balki barchaning Unga muhtojligi bor zotdir. )

  12. 12

    يَوْمَ تَرَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ يَسْعَىٰ نُورُهُم بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَٰنِهِم بُشْرَىٰكُمُ ٱلْيَوْمَ جَنَّٰتٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Moʻmin va moʻminalarni ularning oldilarida va oʻng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda koʻrgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir, (deyiladir).

  13. 13

    يَوْمَ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتُ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱنظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِن نُّورِكُمْ قِيلَ ٱرْجِعُوا۟ وَرَآءَكُمْ فَٱلْتَمِسُوا۟ نُورًۭا فَضُرِبَ بَيْنَهُم بِسُورٍۢ لَّهُۥ بَابٌۢ بَاطِنُهُۥ فِيهِ ٱلرَّحْمَةُ وَظَٰهِرُهُۥ مِن قِبَلِهِ ٱلْعَذَابُ

    Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «Toʻxtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qoʻrgʻon uriladir. Uning ichida rahmat, tashqarisida - oldida azobdir. (Qiyomat kuni zulmat boʻlib, albatta, bu oʻsha kunda roʻy beradigan hodisalarning bir bosqichi, xolos. Hech kim hech narsani koʻrmay qolganda, moʻminlarga nur ato qilinib, ular shodon va shahdam yurib borishadi. Shunda munofiqlar: «Bizni tashlab ketmanglar, kutib turinglar, bizga ham nuringizdan ozgina beringlar», deb yalinishar ekan. Ularga: «Ortingizga qaytib, oʻzingiz nur axtaring», deyilarkan. Ular qanday qilib nur topishardi. Bu dunyoda johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqishni xohlamagan edilar. Endi oxirat zulmatlarida xoru zor boʻlishlari turgan gap.)

  14. 14

    يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَلَٰكِنَّكُمْ فَتَنتُمْ أَنفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَٱرْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ ٱلْأَمَانِىُّ حَتَّىٰ جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَغَرَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

    Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha oʻzingizni oʻzingiz fitnaga duchor qildingiz, koʻz tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xom-xayollar gʻururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qoʻydi.

  15. 15

    فَٱلْيَوْمَ لَا يُؤْخَذُ مِنكُمْ فِدْيَةٌۭ وَلَا مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ مَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ ۖ هِىَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham toʻlov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» - derlar. (Munofiqlar: «Ajab emas, Islom magʻlubiyatga uchrab, musulmonlar yengilsa», degan xom xayollarga berilib, gʻururga ketadilar. Munofiqlarni shayton «Sizlar toʻgʻri ish qilyapsizlar, maboda notoʻgʻri boʻlsa ham, Allohning oʻzi kechiradi», deb ularni aldab qoʻyadi. Qiyomat kunida ularga hech qanday najot yoʻq.)

  16. 16

    ۞ أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ ٱللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ ٱلْحَقِّ وَلَا يَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ

    Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil boʻlgan haqqa qalblari yumshash, ayni choqda, oldin kitob berilgan, soʻng muddat oʻtishi bilan qalblari qotib qolgan, koʻplari fosiq boʻlganlarga oʻxshamaslik vaqti kelmadimi?! (Agar Alloh tez-tez eslab turilmasa, Qurʼon va shariatdan, din taʼlimotlaridan uzoqlashilsa, inson qalbini mogʻor bosadi, bagʻri toshga aylanadi. Unga Allohning zikri ham, diniy taʼlimotlar ham taʼsir qilmaydigan boʻlib qoladi. Avval Tavrot va Injil kabi ilohiy kitoblar berilgan yahudiy va nasroniylarning vaqt oʻtishi bilan oyatda tasvirlanganidek qalblarini mogʻor bosib, qattiq boʻlib qolgan.)

  17. 17

    ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Bilinglarki, albatta Alloh oʻlik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki aql yuritsangizlar.

  18. 18

    إِنَّ ٱلْمُصَّدِّقِينَ وَٱلْمُصَّدِّقَٰتِ وَأَقْرَضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا يُضَٰعَفُ لَهُمْ وَلَهُمْ أَجْرٌۭ كَرِيمٌۭ

    Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) koʻpaytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor.

  19. 19

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦٓ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصِّدِّيقُونَ ۖ وَٱلشُّهَدَآءُ عِندَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar, ana oʻshalar, siddiqlardir. Va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar, ana oʻshalar, doʻzax egalaridir. (Ushbu oyatda Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar, siddiqlar, deb atalmoqda. «Siddiq» aslida soʻziga, eʼtiqodiga va amaliga sodiq kishilarning sifatidir. Ular fazl va martabada Paygʻambarlardan keyin turadilar. Ularnin hammalariga ulugʻ ajr va qiyomat zulmatida yoʻllarini yoritib boradigan nur bordir. Kofirlarga esa doʻzax roʻpara qilinadi.)

  20. 20

    ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌۭ وَلَهْوٌۭ وَزِينَةٌۭ وَتَفَاخُرٌۢ بَيْنَكُمْ وَتَكَاثُرٌۭ فِى ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَوْلَٰدِ ۖ كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ ٱلْكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّۭا ثُمَّ يَكُونُ حُطَٰمًۭا ۖ وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ وَمَغْفِرَةٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٌۭ ۚ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلْغُرُورِ

    Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti oʻyin, koʻngil ermagi va zeb-ziynatdan, oʻzaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani koʻpaytirishdan iboratdir. Xuddi oʻsimligi dehqonlarni ajablantirgan yomgʻirga oʻxshaydir. Keyinroq bu oʻsimliklar quriydir va sargʻayganini koʻrasan. U soʻngra xas-choʻpga aylanib ketadir. Oxiratda esa qattiq azob bor, Allohdan magʻfirat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti gʻururga ketgazuvchi matodan oʻzga hech narsa emas. (Yaʼni, bu dunyo hayoti shunday bir yomgʻirga oʻxshaydiki, u yoqqandan soʻng chiqqan nabotot dehqonlarni hayratga soladi, zavqlantiradi. Aslida esa bu hol oʻtkinchidir. Yaʼni, oʻsimliklar tezda quriydi. rangi sargʻayadi va qurib, qovjirab, uqalanib ketadi. Ha, bu dunyo hayoti ham shu kabi aldamchidir. Shu bilangina ovunib qolmasligi kerak. Chunki oxiratda kofirlarga qattiq azob, moʻminlarga esa Allohning magʻfirati va roziligi bor. Albatta, bu gaplar tarki dunyo qilishga, hamma narsadan yuz oʻgirishga chaqiriq emas. Balki mezon va oʻlchovlarni toʻgʻri yoʻlga solishga, oʻtkinchi hoy-havasdan ustun boʻlishga daʼvat, xolos.)

  21. 21

    سَابِقُوٓا۟ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍۢ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا كَعَرْضِ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أُعِدَّتْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

    Robbingizning magʻfiratiga va Allohga hamda Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha boʻlgan jannatga musobaqalashing. Ana oʻsha Allohning fazli. Kimga xohlasa beradi, Alloh ulugʻ fazl egasidir. (Qurʼoni karim nazarida, musobaqa bu dunyo hayotining oʻtkinchi hoy-havaslariga, boylikka, oʻyin-kulguga emas, balki Allohning magʻfiratiga va jannatga eltuvchi yaxshi amallarga qaratilishi kerak.)

  22. 22

    مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مِّن قَبْلِ أَن نَّبْرَأَهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ

    Biror musibatni paydo qilmasamizdan oldin u Kitobda bitilgan boʻlur, aks holda yer yuzida va oʻz shaxslaringizda sizga biror musibat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.

  23. 23

    لِّكَيْلَا تَأْسَوْا۟ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا تَفْرَحُوا۟ بِمَآ ءَاتَىٰكُمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍۢ فَخُورٍ

    Toki, ketgan narsaga qaygʻurib, kelgan narsadan xursand boʻlmasligingiz uchun, Alloh barcha dimogʻdor va maqtanchoqlarni suymaydir.

  24. 24

    ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ ۗ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyuradilar. Kim yuz oʻgirsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan zotdir. (Ular baxillik qilib, kishilarni ham baxillikka buyursalar-da, Allohga hech zarari yoʻq, chunki Alloh behojat, boy va maqtalgan zotdir.)

  25. 25

    لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْمِيزَانَ لِيَقُومَ ٱلنَّاسُ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَنزَلْنَا ٱلْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌۭ شَدِيدٌۭ وَمَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥ وَرُسُلَهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ عَزِيزٌۭ

    Darhaqiqat, Biz Paygʻambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob, hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik - unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim Oʻziga va Paygʻambarlariga gʻoyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va azizdir. (Oyati karimada Alloh subhanahu va taolo Oʻz Paygʻambarlariga yubordim deyayotgan ravshan, ochiq-oydin narsalar - moʻʼjizalar, shariat ahkomlari, oyatlar boʻlishi mumkin. Ushbu oyat tushgan vaqtidayoq musulmonlarni temirga eʼtibor berishga, undan samarali foydalanishga daʼvat qilgan edi. Temirning odamlar uchun manfaatini sanab tugatib boʻlmaydi. Oyatning oxiridagi jumlada bir-ikki nozik maʼno bor. Jumladan, temirdan yasalgan asboblarni ishlatib, Allohga va Uning Paygʻambarlariga yordam beruvchilarni bilishi uchun, degan ishora. Maʼlumki, Alloh ilmining chegarasi yoʻq - hamma narsani roʻy berishidan avval bilib turadi. Lekin bu oyatdagi «bilishi»ni yuzaga chiqarishi, xaloyiqqa bildirishi deb tushunmoq kerak. Shuningdek, «gʻoyibona» soʻzi ham Allohni va Uning Paygʻambarlarini koʻrmasdan turib ularni diniga yordam beringlar, deb sharhlanadi.)

  26. 26

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًۭا وَإِبْرَٰهِيمَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِمَا ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَٰبَ ۖ فَمِنْهُم مُّهْتَدٍۢ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ

    Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Paygʻambar qilib yubordik hamda Paygʻambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning koʻplari fosiqlardir.

  27. 27

    ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْإِنجِيلَ وَجَعَلْنَا فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ رَأْفَةًۭ وَرَحْمَةًۭ وَرَهْبَانِيَّةً ٱبْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَٰهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ٱبْتِغَآءَ رِضْوَٰنِ ٱللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا ۖ فَـَٔاتَيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ ۖ وَكَثِيرٌۭ مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ

    Soʻngra ularning ortidan Paygʻambarlarimizni ketma-ket yubordik va Isyo ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahmdillikni soldik. Rohiblikni oʻzlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat oʻzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning koʻpi fosiqlardir. (Rohiblik, tarkidunyochilikdan iborat boʻlib, oʻrislarda, monaxlik, deyiladi. Monaxlikni ixtiyor qilgan erkak erkaklar monastirida, ayol esa ayollar monastirida, oila qurmay, dunyoni tark etib hayot kechiradilar. Qurʼoni karim bunday rohiblikni Alloh Iyso alayhissalomga ergashuvchilarga buyurmaganini, balki ular oʻzlari bidʼat sifatida keyinchalik oʻylab topib odat qilishganini eslatmoqda.)

  28. 28

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَءَامِنُوا۟ بِرَسُولِهِۦ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِن رَّحْمَتِهِۦ وَيَجْعَل لَّكُمْ نُورًۭا تَمْشُونَ بِهِۦ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Paygʻambariga iymon keltiringlar. U zot Oʻz rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni magʻfirat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahmli zotdir.

  29. 29

    لِّئَلَّا يَعْلَمَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ أَلَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَىْءٍۢ مِّن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَأَنَّ ٱلْفَضْلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

    Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qoʻlida boʻlib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulugʻ fazl egasidir. (Yahudiy va nasroniylar vahiy, Paygʻambarlik va ilohiy kitoblar faqat bizga xos, oʻzgalarga berilmaydi, deb faxrlanishar edi. Alloh taolo ularning bu daʼvolarini rad qilib, fazl oʻzining qoʻlida ekanini, kimga xohlasa, shunga ravo koʻrishini, shu jumladan, arablardan boʻlgan Muhammad alayhissalomga berishini taʼkidlamoqda.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.