Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 37 · Makkiy · 182 Oyatlar

Sura Soffot

Saf tortganlar

سورة الصافات
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلصَّٰٓفَّٰتِ صَفًّۭا

    Safda tizilib turuvchilar ila qasam.

  2. 2

    فَٱلزَّٰجِرَٰتِ زَجْرًۭا

    Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam.

  3. 3

    فَٱلتَّٰلِيَٰتِ ذِكْرًا

    Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam. (Uch toifa farishtalar bilan qasam ichib boʻlib, endi, qasam ichilgan narsa zikr qilinadi.)

  4. 4

    إِنَّ إِلَٰهَكُمْ لَوَٰحِدٌۭ

    Albatta, ilohingiz yagonadir.

  5. 5

    رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ ٱلْمَشَٰرِقِ

    U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir.

  6. 6

    إِنَّا زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِزِينَةٍ ٱلْكَوَاكِبِ

    Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik.

  7. 7

    وَحِفْظًۭا مِّن كُلِّ شَيْطَٰنٍۢ مَّارِدٍۢ

    Va har bir itoatsiz shaytondan saqlash uchun.

  8. 8

    لَّا يَسَّمَّعُونَ إِلَى ٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰ وَيُقْذَفُونَ مِن كُلِّ جَانِبٍۢ

    Ular yuksak toʻpliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar.

  9. 9

    دُحُورًۭا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ وَاصِبٌ

    Haydalurlar! Ular uchun uzluksiz azob bordir.

  10. 10

    إِلَّا مَنْ خَطِفَ ٱلْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌۭ ثَاقِبٌۭ

    Magar birorta soʻzni oʻgʻrilikcha tinglagan shaxs boʻlsa, uni yoqguvchi olov taʼqib etar.

  11. 11

    فَٱسْتَفْتِهِمْ أَهُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَم مَّنْ خَلَقْنَآ ۚ إِنَّا خَلَقْنَٰهُم مِّن طِينٍۢ لَّازِبٍۭ

    Bas, sen ulardan soʻra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik.

  12. 12

    بَلْ عَجِبْتَ وَيَسْخَرُونَ

    Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar.

  13. 13

    وَإِذَا ذُكِّرُوا۟ لَا يَذْكُرُونَ

    Qachonki eslatilsalar, eslamaslar.

  14. 14

    وَإِذَا رَأَوْا۟ ءَايَةًۭ يَسْتَسْخِرُونَ

    Qachonki biror oyat-belgini koʻrsalar, qattiqroq masxara qilurlar.

  15. 15

    وَقَالُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّبِينٌ

    Ular: «Bu (Qurʼon) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.

  16. 16

    أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًۭا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ

    Oʻlsak-da, tuproq va suyak boʻlsak-da, albatta, Biz qayta tiriltirilurmizmi?!

  17. 17

    أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ

    Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» dedilar.

  18. 18

    قُلْ نَعَمْ وَأَنتُمْ دَٰخِرُونَ

    Sen: «Ha! Xor boʻlgan hollaringizda!» degin.

  19. 19

    فَإِنَّمَا هِىَ زَجْرَةٌۭ وَٰحِدَةٌۭ فَإِذَا هُمْ يَنظُرُونَ

    Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da!

  20. 20

    وَقَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَا هَٰذَا يَوْمُ ٱلدِّينِ

    Va ular: «Voh, shoʻrimiz qurisin! Bu jazo kuni-ku!» derlar.

  21. 21

    هَٰذَا يَوْمُ ٱلْفَصْلِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ

    Bu sizlar yolgʻonga chiqarib yurgan ajrim kunidir.

  22. 22

    ۞ ٱحْشُرُوا۟ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَأَزْوَٰجَهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ

    Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan narsalarini toʻplang.

  23. 23

    مِن دُونِ ٱللَّهِ فَٱهْدُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْجَحِيمِ

    Allohdan oʻzga. Bas, ularni jahiym yoʻliga hidoyat qiling»(deyilur).

  24. 24

    وَقِفُوهُمْ ۖ إِنَّهُم مَّسْـُٔولُونَ

    Va ularni toʻxtatinglar! Albatta, ular soʻralguvchidirlar.

  25. 25

    مَا لَكُمْ لَا تَنَاصَرُونَ

    Sizlarga nima boʻldi? Oʻzaro yordamlashmayapsiz?!

  26. 26

    بَلْ هُمُ ٱلْيَوْمَ مُسْتَسْلِمُونَ

    Yoʻq! Ular bugungi kunda taslim boʻlguvchilardir.

  27. 27

    وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ يَتَسَآءَلُونَ

    Ular bir-birlariga savol berurlar.

  28. 28

    قَالُوٓا۟ إِنَّكُمْ كُنتُمْ تَأْتُونَنَا عَنِ ٱلْيَمِينِ

    Ular: «Albatta, sizlar bizga oʻng tomondan kelar edingiz», derlar.

  29. 29

    قَالُوا۟ بَل لَّمْ تَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ

    Ular: «Yoʻq! Siz oʻzingiz moʻmin boʻlmagan edingiz.

  30. 30

    وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُم مِّن سُلْطَٰنٍۭ ۖ بَلْ كُنتُمْ قَوْمًۭا طَٰغِينَ

    Bizning ustingizdan hukmronligimiz boʻlmagan edi. Yoʻq! Siz oʻzingiz tugʻyonga ketgan qavm edingiz.

  31. 31

    فَحَقَّ عَلَيْنَا قَوْلُ رَبِّنَآ ۖ إِنَّا لَذَآئِقُونَ

    Bas, hammamizga Robbimizning (azob) soʻzi haq boʻldi. Albatta, biz totguvchilarmiz.

  32. 32

    فَأَغْوَيْنَٰكُمْ إِنَّا كُنَّا غَٰوِينَ

    Ha, biz sizlarni igʻvo qildik. Albatta, biz igʻvo qilguvchi edik», derlar.

  33. 33

    فَإِنَّهُمْ يَوْمَئِذٍۢ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ

    Bas, ular u kunda azobda sherik boʻlguvchilardir.

  34. 34

    إِنَّا كَذَٰلِكَ نَفْعَلُ بِٱلْمُجْرِمِينَ

    Albatta, Biz jinoyatchilarga shundoq qilurmiz.

  35. 35

    إِنَّهُمْ كَانُوٓا۟ إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ

    Chunki, ularga qachonki «La ilaha illollohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar.

  36. 36

    وَيَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُوٓا۟ ءَالِهَتِنَا لِشَاعِرٍۢ مَّجْنُونٍۭ

    «Axir biz bir jinni shoirni deb oʻz xudolarimizni tark qilguvchi boʻlaylikmi?!» der edilar.

  37. 37

    بَلْ جَآءَ بِٱلْحَقِّ وَصَدَّقَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Yoʻq! U haqni keltirdi va Paygʻambarlarni tasdiq qildi.

  38. 38

    إِنَّكُمْ لَذَآئِقُوا۟ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَلِيمِ

    Albatta, siz alamli azobni totguvchidirsiz.

  39. 39

    وَمَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Qilib oʻtgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz.

  40. 40

    إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Magar Allohning ixlosli bandalari.

  41. 41

    أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ رِزْقٌۭ مَّعْلُومٌۭ

    Ana oʻshalarga, oʻzlariga maʼlum rizq bordir.

  42. 42

    فَوَٰكِهُ ۖ وَهُم مُّكْرَمُونَ

    Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida...

  43. 43

    فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Naʼiym jannatlarida...

  44. 44

    عَلَىٰ سُرُرٍۢ مُّتَقَٰبِلِينَ

    Soʻrilar ustida bir-birlariga qaragan hollarida boʻlurlar.

  45. 45

    يُطَافُ عَلَيْهِم بِكَأْسٍۢ مِّن مَّعِينٍۭ

    Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirib turilur.

  46. 46

    بَيْضَآءَ لَذَّةٍۢ لِّلشَّٰرِبِينَ

    Oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir.

  47. 47

    لَا فِيهَا غَوْلٌۭ وَلَا هُمْ عَنْهَا يُنزَفُونَ

    Unda hech bir zarar yoʻqdir va undan sarxush ham boʻlmaslar.

  48. 48

    وَعِندَهُمْ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ عِينٌۭ

    Oldilarida koʻzlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo koʻzlilar bordir.

  49. 49

    كَأَنَّهُنَّ بَيْضٌۭ مَّكْنُونٌۭ

    Ular xuddi asrab qoʻyilgan tuxumga oʻxsharlar.

  50. 50

    فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ يَتَسَآءَلُونَ

    Bas, ular bir-birlaridan soʻray boshlaydilar.

  51. 51

    قَالَ قَآئِلٌۭ مِّنْهُمْ إِنِّى كَانَ لِى قَرِينٌۭ

    Ichlaridan bir soʻzlovchi: «Aniqki, mening bir doʻstim bor edi. (Ahli jannatlardan birlari soʻz boshlab, hech shubha yoʻqki, u dunyoda mening bir tanishim bor edi.)

  52. 52

    يَقُولُ أَءِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُصَدِّقِينَ

    U: «Sen ham tasdiqlovchilardanmisan?!

  53. 53

    أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًۭا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَدِينُونَ

    Oʻlib, tuproq va suyaklar boʻlib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan boʻlurmizmi?!» der edi.

  54. 54

    قَالَ هَلْ أَنتُم مُّطَّلِعُونَ

    Sizlar ham qarayapsizlarmi?» dedi.

  55. 55

    فَٱطَّلَعَ فَرَءَاهُ فِى سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ

    Bas, oʻzi qarab, uni doʻzaxning oʻrtasida koʻrdi.

  56. 56

    قَالَ تَٱللَّهِ إِن كِدتَّ لَتُرْدِينِ

    U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan.

  57. 57

    وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ

    Agar Robbimning neʼmati boʻlmaganida, men ham (doʻzaxga) hozir qilinganlardan boʻlur edim.

  58. 58

    أَفَمَا نَحْنُ بِمَيِّتِينَ

    Biz oʻlguvchi emas ekanmizmi?!

  59. 59

    إِلَّا مَوْتَتَنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ

    Faqat birinchi oʻlimimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?!» dedi.

  60. 60

    إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Albatta, bu ayni ulugʻ yutuqdir.

  61. 61

    لِمِثْلِ هَٰذَا فَلْيَعْمَلِ ٱلْعَٰمِلُونَ

    Bas, amal qilguvchilar mana shunga oʻxshash narsa uchun amal etsinlar.

  62. 62

    أَذَٰلِكَ خَيْرٌۭ نُّزُلًا أَمْ شَجَرَةُ ٱلزَّقُّومِ

    Manzil oʻlaroq ana oʻsha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi?

  63. 63

    إِنَّا جَعَلْنَٰهَا فِتْنَةًۭ لِّلظَّٰلِمِينَ

    Albatta, Biz u(daraxt)ni zolimlar uchun fitna qildik. (Biz zaqqum daraxtini zolimlar–kofir va mushriklar uchun fitna qilib qoʻydik. Mushriklar, jahannamda zaqqum degan daraxt boʻlar ekan, degan gapni eshitganlarida, doimo olov yonib turadigan doʻzaxda qanday qilib daraxt oʻsadi, olovda kuyib ketmaydimi, deb masxara qilishdi.)

  64. 64

    إِنَّهَا شَجَرَةٌۭ تَخْرُجُ فِىٓ أَصْلِ ٱلْجَحِيمِ

    Darhaqiqat, u bir daraxt boʻlib, doʻzax qaʼridan chiqur.

  65. 65

    طَلْعُهَا كَأَنَّهُۥ رُءُوسُ ٱلشَّيَٰطِينِ

    Uning (meva) tugar joyi, xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshaydir.

  66. 66

    فَإِنَّهُمْ لَءَاكِلُونَ مِنْهَا فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ

    Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni toʻldirguvchilardir.

  67. 67

    ثُمَّ إِنَّ لَهُمْ عَلَيْهَا لَشَوْبًۭا مِّنْ حَمِيمٍۢ

    Soʻngra, buning ustiga, ular uchun oʻta qaynoq suvdan aralashtirma ham bor.

  68. 68

    ثُمَّ إِنَّ مَرْجِعَهُمْ لَإِلَى ٱلْجَحِيمِ

    Soʻngra, albatta, ularning qaytar joyi jahannamga boʻlur.

  69. 69

    إِنَّهُمْ أَلْفَوْا۟ ءَابَآءَهُمْ ضَآلِّينَ

    Chunki ular oʻz otalarini adashgan holda topdilar.

  70. 70

    فَهُمْ عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِمْ يُهْرَعُونَ

    Endi esa, ular oʻshalarning izidan chopmoqdalar.

  71. 71

    وَلَقَدْ ضَلَّ قَبْلَهُمْ أَكْثَرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning koʻplari adashganlar.

  72. 72

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا فِيهِم مُّنذِرِينَ

    Batahqiq, Biz ichlariga ogohlantirguvchilar yubordik.

  73. 73

    فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ

    Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar sol.

  74. 74

    إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Magar ixlosli bandalarimizgina halokatga uchramadilar.

  75. 75

    وَلَقَدْ نَادَىٰنَا نُوحٌۭ فَلَنِعْمَ ٱلْمُجِيبُونَ

    Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz. (Nuhga oʻxshab iltijo etgan bandalarimizning duolarini doimo ijobat qilamiz.)

  76. 76

    وَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ

    Va Biz unga va uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.

  77. 77

    وَجَعَلْنَا ذُرِّيَّتَهُۥ هُمُ ٱلْبَاقِينَ

    Va uning zurriyotlarini, oʻzlarini boqiy qolguvchilar qildik.

  78. 78

    وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْءَاخِرِينَ

    Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.

  79. 79

    سَلَٰمٌ عَلَىٰ نُوحٍۢ فِى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Barcha olamlarda Nuhga salom boʻlsin!

  80. 80

    إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Albatta, Biz goʻzal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

  81. 81

    إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Albatta, u moʻmin bandalarimizdandir.

  82. 82

    ثُمَّ أَغْرَقْنَا ٱلْءَاخَرِينَ

    Soʻngra qolganlarni gʻarq qildik.

  83. 83

    ۞ وَإِنَّ مِن شِيعَتِهِۦ لَإِبْرَٰهِيمَ

    Albatta, Ibrohim ham uning guruhidandir. (Nuhdan keyin kelgan Ibrohim Paygʻambar, Allohning yoʻlini tutishda u bilan bir guruhdan edi.)

  84. 84

    إِذْ جَآءَ رَبَّهُۥ بِقَلْبٍۢ سَلِيمٍ

    Oʻshanda u oʻz Robbiga sogʻlom qalb ila kelmishdi.

  85. 85

    إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَاذَا تَعْبُدُونَ

    Oʻshanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!

  86. 86

    أَئِفْكًا ءَالِهَةًۭ دُونَ ٱللَّهِ تُرِيدُونَ

    Allohdan oʻzga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!

  87. 87

    فَمَا ظَنُّكُم بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» demishdi.

  88. 88

    فَنَظَرَ نَظْرَةًۭ فِى ٱلنُّجُومِ

    U yulduzlarga bir nazar soldi

  89. 89

    فَقَالَ إِنِّى سَقِيمٌۭ

    Va: «Albatta, men bemorman» dedi. (Ibrohim alayhissalom yuragi siqilaverib, noqulay holatga tushib qolganini aytdi. Qavmiga kuyaverib, qalbi dardga toʻlganini bildirdi. )

  90. 90

    فَتَوَلَّوْا۟ عَنْهُ مُدْبِرِينَ

    Darhol, undan yuz oʻgirib yurib ketdilar.

  91. 91

    فَرَاغَ إِلَىٰٓ ءَالِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ

    Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?!

  92. 92

    مَا لَكُمْ لَا تَنطِقُونَ

    Sizga nima boʻldi?! Gapirmaysizlarmi?!» dedi.

  93. 93

    فَرَاغَ عَلَيْهِمْ ضَرْبًۢا بِٱلْيَمِينِ

    Soʻng ularga yaqinlashib, oʻng qoʻl bilan ura boshladi.

  94. 94

    فَأَقْبَلُوٓا۟ إِلَيْهِ يَزِفُّونَ

    Ular u tomon shoshib, bir-birlarini turtib kela boshladi. (Mushriklar Ibrohim alayhissalom tomon shoshib-pishib, tezroq borish uchun bir-birlarini turtishib-surishib yetib kelishdi.)

  95. 95

    قَالَ أَتَعْبُدُونَ مَا تَنْحِتُونَ

    U: «Oʻzingiz yoʻnib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?!

  96. 96

    وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ

    Holbuki, sizni ham, qolgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!» dedi.

  97. 97

    قَالُوا۟ ٱبْنُوا۟ لَهُۥ بُنْيَٰنًۭا فَأَلْقُوهُ فِى ٱلْجَحِيمِ

    Ular: «Uning uchun (oʻchoq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar.

  98. 98

    فَأَرَادُوا۟ بِهِۦ كَيْدًۭا فَجَعَلْنَٰهُمُ ٱلْأَسْفَلِينَ

    Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik.

  99. 99

    وَقَالَ إِنِّى ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّى سَيَهْدِينِ

    U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur.

  100. 100

    رَبِّ هَبْ لِى مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Robbim, menga solihlardan ato et», dedi.

  101. 101

    فَبَشَّرْنَٰهُ بِغُلَٰمٍ حَلِيمٍۢ

    Bas, Biz unga bir halim oʻgʻilning xushxabarini berdik.

  102. 102

    فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ ٱلسَّعْىَ قَالَ يَٰبُنَىَّ إِنِّىٓ أَرَىٰ فِى ٱلْمَنَامِ أَنِّىٓ أَذْبَحُكَ فَٱنظُرْ مَاذَا تَرَىٰ ۚ قَالَ يَٰٓأَبَتِ ٱفْعَلْ مَا تُؤْمَرُ ۖ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰبِرِينَ

    Bas, qachonki (bola) uning oʻzi bilan birga yuradigan boʻlganida: «Ey oʻgʻilcham, men tushimda seni soʻyayotganimni koʻrmoqdaman, boqib koʻr, nima deysan?» dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, insha Alloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.

  103. 103

    فَلَمَّآ أَسْلَمَا وَتَلَّهُۥ لِلْجَبِينِ

    Ikkovlari taslim boʻlib, uni peshonasicha yotqizganida.

  104. 104

    وَنَٰدَيْنَٰهُ أَن يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ

    Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim!

  105. 105

    قَدْ صَدَّقْتَ ٱلرُّءْيَآ ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, biz goʻzal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz», deb.

  106. 106

    إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْبَلَٰٓؤُا۟ ٱلْمُبِينُ

    Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni oʻzidir.

  107. 107

    وَفَدَيْنَٰهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍۢ

    Biz uning oʻrniga katta qurbonlik fido qildik. (Ibrohim qurbonlik uchun bolasini soʻyishga tayyorligini bildirdi. Uni yotqizib, boʻyniga pichoq tiradi. Ammo Allohning maqsadi Ismoilning qonini oqizish boʻlmagani uchun pichoq oʻtmadi. Shunda Alloh taolo Ibrohimga alayhissalom yuqoridagi nidoni qildi va Ismoilning alayhissalom oʻrniga soʻyish uchun jannatdan katta bir qoʻchqorni ato etdi. Ibrohim alayhissalom oʻsha qoʻchqorni qurbonlikka soʻydi.)

  108. 108

    وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْءَاخِرِينَ

    Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.

  109. 109

    سَلَٰمٌ عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ

    Ibrohimga salom boʻlsin!

  110. 110

    كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Biz goʻzal amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.

  111. 111

    إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Chunki u moʻmin bandalarimizdandir.

  112. 112

    وَبَشَّرْنَٰهُ بِإِسْحَٰقَ نَبِيًّۭا مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Yana Biz unga solihlardan bir Paygʻambar boʻlajak Ishoqning xushxabarini berdik.

  113. 113

    وَبَٰرَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَىٰٓ إِسْحَٰقَ ۚ وَمِن ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌۭ وَظَالِمٌۭ لِّنَفْسِهِۦ مُبِينٌۭ

    Va unga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan goʻzal amal qilguvchi ham, oʻziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham boʻlur. (Ibrohimga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. Ularning naslidan Paygʻambarlar chiqadigan qilib qoʻydik. Kim oʻsha Paygʻambarlarga ergashsa, goʻzal ish qilgan boʻladi. Kim ergashmasa, oʻziga oʻzi zulm qilgan boʻladi.)

  114. 114

    وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ

    Batahqiq, Biz Muso va Horunga neʼmat berdik.

  115. 115

    وَنَجَّيْنَٰهُمَا وَقَوْمَهُمَا مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ

    Ikkovlariga va qavmlariga katta gʻamdan najot berdik.

  116. 116

    وَنَصَرْنَٰهُمْ فَكَانُوا۟ هُمُ ٱلْغَٰلِبِينَ

    Va ularga nusrat berdik, bas, ular gʻolib boʻldilar.

  117. 117

    وَءَاتَيْنَٰهُمَا ٱلْكِتَٰبَ ٱلْمُسْتَبِينَ

    Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik.

  118. 118

    وَهَدَيْنَٰهُمَا ٱلصِّرَٰطَ ٱلْمُسْتَقِيمَ

    Va ikkovlarini sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.

  119. 119

    وَتَرَكْنَا عَلَيْهِمَا فِى ٱلْءَاخِرِينَ

    Va keyingilar ichida ikkovlari uchun (olqishlar) qoldirdik.

  120. 120

    سَلَٰمٌ عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ

    Muso va Horunga salom boʻlsin!

  121. 121

    إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Biz goʻzal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

  122. 122

    إِنَّهُمَا مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Chunki ikkovlari moʻmin bandalarimizdandirlar.

  123. 123

    وَإِنَّ إِلْيَاسَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Albatta, Ilyos ham Paygʻambarlardandir.

  124. 124

    إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَلَا تَتَّقُونَ

    Oʻshanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!

  125. 125

    أَتَدْعُونَ بَعْلًۭا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ ٱلْخَٰلِقِينَ

    Baʼlga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini.

  126. 126

    ٱللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Oʻz Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» dedi.

  127. 127

    فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ

    Bas, uni yolgʻonchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir.

  128. 128

    إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Magar Allohning muxlis bandalarigina (mustasnodir).

  129. 129

    وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْءَاخِرِينَ

    Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.

  130. 130

    سَلَٰمٌ عَلَىٰٓ إِلْ يَاسِينَ

    Iliyosiynga salom boʻlsin.

  131. 131

    إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Biz goʻzal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

  132. 132

    إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Chunki u moʻmin bandalarimizdandir. (Shuning uchun iymon taqozosi bilan Bizning yoʻlimizda jihod qildi va oliy maqomlarga erishdi.)

  133. 133

    وَإِنَّ لُوطًۭا لَّمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Albatta, Lut ham Paygʻambarlardandir.

  134. 134

    إِذْ نَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ أَجْمَعِينَ

    Oʻshanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik.

  135. 135

    إِلَّا عَجُوزًۭا فِى ٱلْغَٰبِرِينَ

    Magar bir kampirgina (azobda) qolguvchilardan boʻldi.

  136. 136

    ثُمَّ دَمَّرْنَا ٱلْءَاخَرِينَ

    Soʻngra qolganlarini halok etdik.

  137. 137

    وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِم مُّصْبِحِينَ

    Albatta, siz ularning ustidan oʻtib turursizlar. Ertalab.

  138. 138

    وَبِٱلَّيْلِ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Va kechda ham. Aql yuritmaysizlarmi?!

  139. 139

    وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Albatta, Yunus ham Paygʻambarlardandir.

  140. 140

    إِذْ أَبَقَ إِلَى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ

    Oʻshanda u toʻlgan kemaga qochdi.

  141. 141

    فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُدْحَضِينَ

    Bas, qurʼa tashlashdi va u magʻlublardan boʻldi. (Yunus alayhissalomga ham qurʼa tashlashdi va magʻlub boʻldi. Qurʼa u kishiga chiqdi. Kelishuvga binoan, u kishi suvga tashlandi.)

  142. 142

    فَٱلْتَقَمَهُ ٱلْحُوتُ وَهُوَ مُلِيمٌۭ

    Bas, uni malomatga loyiq boʻlgan holida nahang baliq yutdi.

  143. 143

    فَلَوْلَآ أَنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُسَبِّحِينَ

    Agar u koʻp tasbih aytguvchilardan boʻlmaganida edi.

  144. 144

    لَلَبِثَ فِى بَطْنِهِۦٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ

    Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi. (Yunus alayhissalom baliq qornida turib Allohga koʻp tasbih aytmaganida, oʻsha baliqning ichida qiyomatgacha qolib ketar edi.)

  145. 145

    ۞ فَنَبَذْنَٰهُ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ سَقِيمٌۭ

    Bas, Biz uni bemor holida maydonga otdik.

  146. 146

    وَأَنۢبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةًۭ مِّن يَقْطِينٍۢ

    Va uning ustiga qovoq daraxtini oʻstirib qoʻydik.

  147. 147

    وَأَرْسَلْنَٰهُ إِلَىٰ مِا۟ئَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ

    Va uni yuz ming yoki undan koʻproqqa Paygʻambar qilib yubordik.

  148. 148

    فَـَٔامَنُوا۟ فَمَتَّعْنَٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍۢ

    Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni maʼlum muddat bahramand qildik.

  149. 149

    فَٱسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ ٱلْبَنَاتُ وَلَهُمُ ٱلْبَنُونَ

    Bas, u(mushrik)lardan soʻra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga oʻgʻillar ekanmi?!

  150. 150

    أَمْ خَلَقْنَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ إِنَٰثًۭا وَهُمْ شَٰهِدُونَ

    Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmizu ular guvoh boʻlib turganlarmi?

  151. 151

    أَلَآ إِنَّهُم مِّنْ إِفْكِهِمْ لَيَقُولُونَ

    Ogoh boʻlingkim! Ular oʻz uydirmalarida derlar:

  152. 152

    وَلَدَ ٱللَّهُ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    «Alloh tugʻdi». Albatta, ular yolgʻonchilardir.

  153. 153

    أَصْطَفَى ٱلْبَنَاتِ عَلَى ٱلْبَنِينَ

    U zot oʻgʻillarini qoʻyib qizlarni tanlab olibdimi?

  154. 154

    مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ

    Sizga nima boʻldi?! Qanday hukm chiqarmoqdasiz?

  155. 155

    أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Axir eslamaysizlarmi?!

  156. 156

    أَمْ لَكُمْ سُلْطَٰنٌۭ مُّبِينٌۭ

    Yoki sizda ochiq-oydin hujjat bormi?! (Oʻsha hujjatda, farishtalar Allohning qizi, deyilganmi?!)

  157. 157

    فَأْتُوا۟ بِكِتَٰبِكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, kitobingizni keltiring!

  158. 158

    وَجَعَلُوا۟ بَيْنَهُۥ وَبَيْنَ ٱلْجِنَّةِ نَسَبًۭا ۚ وَلَقَدْ عَلِمَتِ ٱلْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ

    Va ular U bilan jinlar orasida nasab (daʼvosi) qildilar. Holbuki, jinlar oʻzlarining, albatta, (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.

  159. 159

    سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.

  160. 160

    إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Faqat Allohning ixlosli bandalarigina (mustasnodir).

  161. 161

    فَإِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ

    Albatta, siz ham, siz ibodat qilayotgan narsalar ham.

  162. 162

    مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ بِفَٰتِنِينَ

    U zotga qarshi fitnaga solguvchi boʻla olmassiz.

  163. 163

    إِلَّا مَنْ هُوَ صَالِ ٱلْجَحِيمِ

    Oʻzi (aslida) jahannamga kirguvchi kimsadan boshqani.

  164. 164

    وَمَا مِنَّآ إِلَّا لَهُۥ مَقَامٌۭ مَّعْلُومٌۭ

    Bizdan har birimizning maʼlum maqomi bordir.

  165. 165

    وَإِنَّا لَنَحْنُ ٱلصَّآفُّونَ

    Albatta, bizlar saf tortib turguvchilarmiz.

  166. 166

    وَإِنَّا لَنَحْنُ ٱلْمُسَبِّحُونَ

    Va, albatta, bizlar tasbih aytguvchilarmiz.

  167. 167

    وَإِن كَانُوا۟ لَيَقُولُونَ

    Holbuki, ular der edilar:

  168. 168

    لَوْ أَنَّ عِندَنَا ذِكْرًۭا مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ

    «Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma boʻlganida.

  169. 169

    لَكُنَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan boʻlar edik».

  170. 170

    فَكَفَرُوا۟ بِهِۦ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Bas, unga kufr keltirdilar. Endi yaqinda bilurlar.

  171. 171

    وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا ٱلْمُرْسَلِينَ

    Batahqiq, Paygʻambar etib yuborilgan bandalarimizga soʻzimiz oʻtgandir.

  172. 172

    إِنَّهُمْ لَهُمُ ٱلْمَنصُورُونَ

    Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari.

  173. 173

    وَإِنَّ جُندَنَا لَهُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ

    Va, albatta, Bizning lashkarimizgina gʻolib boʻlishi haqida.

  174. 174

    فَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍۢ

    Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz oʻgir.

  175. 175

    وَأَبْصِرْهُمْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ

    Va ularning (tomoshasini) koʻr! Bas, tezda oʻzlari ham koʻrurlar.

  176. 176

    أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ

    Hali ular Bizning azobimizni shoshiltirmoqdamilar?!

  177. 177

    فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمْ فَسَآءَ صَبَاحُ ٱلْمُنذَرِينَ

    Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon boʻlur.

  178. 178

    وَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍۢ

    Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz oʻgir.

  179. 179

    وَأَبْصِرْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ

    Va ularning (tomoshasini) koʻr! Bas, tezda oʻzlari ham koʻrurlar.

  180. 180

    سُبْحَٰنَ رَبِّكَ رَبِّ ٱلْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir.

  181. 181

    وَسَلَٰمٌ عَلَى ٱلْمُرْسَلِينَ

    Va Paygʻambarlarga salom boʻlsin!

  182. 182

    وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Olamlarning Robbi Allohga hamdlar boʻlsin!

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.