Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 38 · Makkiy · 88 Oyatlar

Sura Sod

Sod harfi

سورة ص
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    صٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ذِى ٱلذِّكْرِ

    Sod. Zikr sohibi boʻlmish Qurʼon ila qasam.

  2. 2

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى عِزَّةٍۢ وَشِقَاقٍۢ

    Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.

  3. 3

    كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍۢ فَنَادَوا۟ وَّلَاتَ حِينَ مَنَاصٍۢ

    Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam soʻrab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.

  4. 4

    وَعَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌۭ مِّنْهُمْ ۖ وَقَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ هَٰذَا سَٰحِرٌۭ كَذَّابٌ

    Ularning ichlariga oʻzlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu (odam) sehrgar va kazzobdir.

  5. 5

    أَجَعَلَ ٱلْءَالِهَةَ إِلَٰهًۭا وَٰحِدًا ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌ عُجَابٌۭ

    U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!» dedilar.

  6. 6

    وَٱنطَلَقَ ٱلْمَلَأُ مِنْهُمْ أَنِ ٱمْشُوا۟ وَٱصْبِرُوا۟ عَلَىٰٓ ءَالِهَتِكُمْ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌۭ يُرَادُ

    Ularning aʼyonlari: «Yuringlar, xudolaringiz toʻgʻrisida sabr qilinglar. Albatta, bu qasddan qilinayotgan narsadir.

  7. 7

    مَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِى ٱلْمِلَّةِ ٱلْءَاخِرَةِ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا ٱخْتِلَٰقٌ

    Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yoʻq. Bu toʻqilgandan boshqa narsa emas.

  8. 8

    أَءُنزِلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ مِنۢ بَيْنِنَا ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّۢ مِّن ذِكْرِى ۖ بَل لَّمَّا يَذُوقُوا۟ عَذَابِ

    Bizning ichimizdan oʻshanga zikr nozil qilinibdimi?!» deb turib ketdilar. Yoʻq! Ular Mening zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yoʻq! Ular azobimni tatib koʻrmadilar.

  9. 9

    أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَحْمَةِ رَبِّكَ ٱلْعَزِيزِ ٱلْوَهَّابِ

    Yoki ularning huzurida azizu oʻta sahovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?

  10. 10

    أَمْ لَهُم مُّلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ فَلْيَرْتَقُوا۟ فِى ٱلْأَسْبَٰبِ

    Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) koʻtarilsinlar!

  11. 11

    جُندٌۭ مَّا هُنَالِكَ مَهْزُومٌۭ مِّنَ ٱلْأَحْزَابِ

    Anavi yerdagi yengilgan firqalardan boʻlgan qandaydir lashkar. (Mushriklar, juda borganda, yengilgan firqalardan toʻplangan qandaydir haqir bir lashkar boʻla oladi, xolos. Ularning bundan balandroq qiymati yoʻq.)

  12. 12

    كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ وَعَادٌۭ وَفِرْعَوْنُ ذُو ٱلْأَوْتَادِ

    Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Firʼavn ham yolgʻonchi qilgan.

  13. 13

    وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍۢ وَأَصْحَٰبُ لْـَٔيْكَةِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلْأَحْزَابُ

    Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar oʻshalardir.

  14. 14

    إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ

    Barchalari, albatta, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq boʻldi.

  15. 15

    وَمَا يَنظُرُ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ مَّا لَهَا مِن فَوَاقٍۢ

    Ana oʻshalar bir lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor boʻlayotganlari yoʻq

  16. 16

    وَقَالُوا۟ رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْحِسَابِ

    Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» dedilar.

  17. 17

    ٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُۥدَ ذَا ٱلْأَيْدِ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ

    Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi boʻlgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u oʻta qaytguvchidir. (Yaʼni, har bir narsada Allohga qaytuvchidir-tavba qiluvchidir. Tavbaning lugʻaviy maʼnosi ham qaytishdir.)

  18. 18

    إِنَّا سَخَّرْنَا ٱلْجِبَالَ مَعَهُۥ يُسَبِّحْنَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِشْرَاقِ

    Albatta, Biz unga togʻlarni boʻysundirdik. Ular u bilan kechki paytu ertalab tasbih aytardilar.

  19. 19

    وَٱلطَّيْرَ مَحْشُورَةًۭ ۖ كُلٌّۭ لَّهُۥٓ أَوَّابٌۭ

    Toʻplangan holdagi qushlarni ham. Barchalari U zotga oʻta qaytguvchilardir. (Alloh taolo Dovudga alayhissalom qushlarni ham toʻp-toʻp qilib, boʻysundirib qoʻygan edi. Ular ham u kishiga qoʻshilib, Alloh taologa ertayu kech tasbih aytar edilar.)

  20. 20

    وَشَدَدْنَا مُلْكَهُۥ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْحِكْمَةَ وَفَصْلَ ٱلْخِطَابِ

    Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik. (Biz Dovudga Paygʻambarlikni ham berdik. Yana unga talashib-tortishganlar orasidagi janjalni hal qilish hukmini berdik. U hech ikkilanmay hukm chiqarar edi.)

  21. 21

    ۞ وَهَلْ أَتَىٰكَ نَبَؤُا۟ ٱلْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُوا۟ ٱلْمِحْرَابَ

    Senga daʼvolashganlarning xabari keldimi? Oʻshanda ular mehrobga chiqishgan edi.

  22. 22

    إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَىٰ دَاوُۥدَ فَفَزِعَ مِنْهُمْ ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ خَصْمَانِ بَغَىٰ بَعْضُنَا عَلَىٰ بَعْضٍۢ فَٱحْكُم بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَلَا تُشْطِطْ وَٱهْدِنَآ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلصِّرَٰطِ

    Oʻshanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: «Qoʻrqma, bular–ikki daʼvolashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qil», dedilar. (Kutilmaganda, iznsiz, man qilingan joyga devor oshib kirib kelishlari yaxshilik alomati emas edi. Moʻmin odam Paygʻambarning huzuriga bunday suratda kirib bormaydi. Shuning uchun ham Dovud alayhissalom qoʻrqib ketdi. Kirib kelganlar buni payqab, u kishini tinchlantirishga harakat qilishdi.)

  23. 23

    إِنَّ هَٰذَآ أَخِى لَهُۥ تِسْعٌۭ وَتِسْعُونَ نَعْجَةًۭ وَلِىَ نَعْجَةٌۭ وَٰحِدَةٌۭ فَقَالَ أَكْفِلْنِيهَا وَعَزَّنِى فِى ٱلْخِطَابِ

    «Mana bu mening birodarim. Uning toʻqson toʻqqizta sovligʻi bor. Mening esa, birgina sovligʻim bor. Bas, u: «Uni ham mening kafolatimga ber», dedi va soʻzlashuvda mendan ustun chiqdi».

  24. 24

    قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ۖ وَإِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلْخُلَطَآءِ لَيَبْغِى بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَقَلِيلٌۭ مَّا هُمْ ۗ وَظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّٰهُ فَٱسْتَغْفَرَ رَبَّهُۥ وَخَرَّ رَاكِعًۭا وَأَنَابَ ۩ ۩

    U: «Darhaqiqat, sening sovligʻingni soʻrab, oʻz sovliqlariga (qoʻshish) bilan senga zulm qilibdir. Albatta, koʻp sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istigʻfor aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.

  25. 25

    فَغَفَرْنَا لَهُۥ ذَٰلِكَ ۖ وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍۢ

    Bas, Biz uning oʻsha(xatosi)ni magʻfirat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.

  26. 26

    يَٰدَاوُۥدُ إِنَّا جَعَلْنَٰكَ خَلِيفَةًۭ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱحْكُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ ٱلْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۢ بِمَا نَسُوا۟ يَوْمَ ٱلْحِسَابِ

    Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoi nafsga ergashma! Yana u seni Allohning yoʻlidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadiganlarga unutganlari uchun hisob kunida shiddatli azob bordir.

  27. 27

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا بَٰطِلًۭا ۚ ذَٰلِكَ ظَنُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنَ ٱلنَّارِ

    Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yoʻq. Bu kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun doʻzax(azobi)dan voy boʻlsin!

  28. 28

    أَمْ نَجْعَلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَٱلْمُفْسِدِينَ فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ ٱلْمُتَّقِينَ كَٱلْفُجَّارِ

    Yoʻq! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yoʻq! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!

  29. 29

    كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ إِلَيْكَ مُبَٰرَكٌۭ لِّيَدَّبَّرُوٓا۟ ءَايَٰتِهِۦ وَلِيَتَذَكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir. (Qurʼon oyatlaridan aqlli kishi eslatma oladi)

  30. 30

    وَوَهَبْنَا لِدَاوُۥدَ سُلَيْمَٰنَ ۚ نِعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ

    Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u oʻta qaytguvchidir.

  31. 31

    إِذْ عُرِضَ عَلَيْهِ بِٱلْعَشِىِّ ٱلصَّٰفِنَٰتُ ٱلْجِيَادُ

    Esla, bir oqshom unga gijinglab turgan uchqur otlar koʻrsatildi.

  32. 32

    فَقَالَ إِنِّىٓ أَحْبَبْتُ حُبَّ ٱلْخَيْرِ عَن ذِكْرِ رَبِّى حَتَّىٰ تَوَارَتْ بِٱلْحِجَابِ

    U: «Albatta, men Robbimning zikridan koʻra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto(quyosh) parda ila berkinibdi-ku!

  33. 33

    رُدُّوهَا عَلَىَّ ۖ فَطَفِقَ مَسْحًۢا بِٱلسُّوقِ وَٱلْأَعْنَاقِ

    Ularni menga qaytaring!» dedi. Soʻngra ularning oyoq va boʻyinlarini «silay» boshladi! (Bir muddat zehnimni Allohning zikridan chalgʻitgani uchun bu otlarni Alloh yoʻlida qurbonlik qilay, deb boʻyinlari va oyoqlarini kesa boshladi.)

  34. 34

    وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَٰنَ وَأَلْقَيْنَا عَلَىٰ كُرْسِيِّهِۦ جَسَدًۭا ثُمَّ أَنَابَ

    Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. Soʻngra u tavba qildi. (Ushbu oyati karimadagi zikr qilingan sinov nimadan iborat? Kursiga tashlangan jasad nima edi? Bu savolga boshqa oyatlarda ham, Paygʻambarimizning (s. a. v.) sunnatlarida ham ochiq-oydin javob yoʻq. Shuning uchun ham turli asossiz qissa va hikoyalar koʻpayib ketgan.)

  35. 35

    قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَهَبْ لِى مُلْكًۭا لَّا يَنۢبَغِى لِأَحَدٍۢ مِّنۢ بَعْدِىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ

    U: «Ey Robbim, meni magʻfirat qilgin va menga oʻzimdan keyin biror kishiga muyassar boʻlmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen koʻplab atolarni berguvchisan», dedi.

  36. 36

    فَسَخَّرْنَا لَهُ ٱلرِّيحَ تَجْرِى بِأَمْرِهِۦ رُخَآءً حَيْثُ أَصَابَ

    Bas, Biz unga shamolni boʻyinsundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.

  37. 37

    وَٱلشَّيَٰطِينَ كُلَّ بَنَّآءٍۢ وَغَوَّاصٍۢ

    Yana barcha binokor va gʻavvos shaytonlarni ham.

  38. 38

    وَءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ

    Va boshqalarini ham kishanlangan holda toʻplab (boʻyinsundirdik).

  39. 39

    هَٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمْنُنْ أَوْ أَمْسِكْ بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Bu Bizning ato etgan narsamizdir. Inʼom et yoki tutib qol, hisob yoʻq.

  40. 40

    وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍۢ

    Va, albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.

  41. 41

    وَٱذْكُرْ عَبْدَنَآ أَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلشَّيْطَٰنُ بِنُصْبٍۢ وَعَذَابٍ

    Bizning bandamiz Ayyubni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.

  42. 42

    ٱرْكُضْ بِرِجْلِكَ ۖ هَٰذَا مُغْتَسَلٌۢ بَارِدٌۭ وَشَرَابٌۭ

    «Oyogʻing ila tepgin! Bu choʻmiladigan va ichiladigan sovuq (suv)», (deyildi). (Yaʼni, oyogʻing bilan yerni tepgin, deyidi. Ayyub alayhissalom Allohning amriga itoat etib, oyogʻi bilan yerni tepgan edi, u yerdan suv chiqdi.)

  43. 43

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةًۭ مِّنَّا وَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ

    Va biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu Bizdan rahmat oʻlaroq va aql egalariga eslatma uchun boʻldi. (Ayyubga alayhissalom mazkur suvda choʻmilib, undan ichib, shifo topganidan keyin Alloh taolo u kishiga ahlini qaytardi. Ular bilan birga ziyoda, yana oʻshancha ahl ham berdi.)

  44. 44

    وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًۭا فَٱضْرِب بِّهِۦ وَلَا تَحْنَثْ ۗ إِنَّا وَجَدْنَٰهُ صَابِرًۭا ۚ نِّعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌۭ

    «Qoʻlingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (deyildi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u oʻta qaytguvchidir. (Ey Ayyub, necha marta urishni aytgan boʻlsang, oʻshancha novdani bir dasta qilib ol-da, u bilan xotiningni ur. Shunda qasamingni ado etgan boʻlasan. Qasaming buzilmaydi.)

  45. 45

    وَٱذْكُرْ عِبَٰدَنَآ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ أُو۟لِى ٱلْأَيْدِى وَٱلْأَبْصَٰرِ

    Qoʻllar va koʻzlar sohiblari boʻlgan bandalarimiz Ibrohim, Ishoq va Yaʼqublarni esla.

  46. 46

    إِنَّآ أَخْلَصْنَٰهُم بِخَالِصَةٍۢ ذِكْرَى ٱلدَّارِ

    Albatta, Biz ularni xolis bir xislat-la ajratdik. U (oxirat) diyorini eslash edi.

  47. 47

    وَإِنَّهُمْ عِندَنَا لَمِنَ ٱلْمُصْطَفَيْنَ ٱلْأَخْيَارِ

    Albatta, ular Bizning huzurimizda tanlangan axyorlardandir.

  48. 48

    وَٱذْكُرْ إِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ وَكُلٌّۭ مِّنَ ٱلْأَخْيَارِ

    Ismoil, al-Yasaʼ va Zul-Kiflni ham esla. Barchalari axyorlardandir. (Bu uch Paygʻambar hayotida eslashga loyiq ibratli hodisalar boʻlib oʻtgan. Ular ham Allohning huzurida eng yaxshi bandalardan.)

  49. 49

    هَٰذَا ذِكْرٌۭ ۚ وَإِنَّ لِلْمُتَّقِينَ لَحُسْنَ مَـَٔابٍۢ

    Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun goʻzal oqibat.

  50. 50

    جَنَّٰتِ عَدْنٍۢ مُّفَتَّحَةًۭ لَّهُمُ ٱلْأَبْوَٰبُ

    Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.

  51. 51

    مُتَّكِـِٔينَ فِيهَا يَدْعُونَ فِيهَا بِفَٰكِهَةٍۢ كَثِيرَةٍۢ وَشَرَابٍۢ

    U yerda yonboshlagan hollarida undagi koʻplab mevalar va sharoblardan chaqirarlar.

  52. 52

    ۞ وَعِندَهُمْ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ أَتْرَابٌ

    Ularning huzurida koʻzlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh (hur)lar bordir.

  53. 53

    هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِيَوْمِ ٱلْحِسَابِ

    Bu sizga hisob kuni uchun vaʼda etilgan narsalardir.

  54. 54

    إِنَّ هَٰذَا لَرِزْقُنَا مَا لَهُۥ مِن نَّفَادٍ

    Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning ʼyech tugashi yщqdir.

  55. 55

    هَٰذَا ۚ وَإِنَّ لِلطَّٰغِينَ لَشَرَّ مَـَٔابٍۢ

    (Ish) bundaydir. Albatta, tugʻyonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.

  56. 56

    جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

    Jahannam bordir. Unga kirurlar. Bas, u qanday ham yomon yotoq!

  57. 57

    هَٰذَا فَلْيَذُوقُوهُ حَمِيمٌۭ وَغَسَّاقٌۭ

    Mana buni tatib tursinlar, qaynoq suv va yiringni!

  58. 58

    وَءَاخَرُ مِن شَكْلِهِۦٓ أَزْوَٰجٌ

    Va boshqa uning shaklidagi qoʻsha-qoʻsha(azob)larni ham.

  59. 59

    هَٰذَا فَوْجٌۭ مُّقْتَحِمٌۭ مَّعَكُمْ ۖ لَا مَرْحَبًۢا بِهِمْ ۚ إِنَّهُمْ صَالُوا۟ ٱلنَّارِ

    «Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yoʻq. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», (deyyulur).

  60. 60

    قَالُوا۟ بَلْ أَنتُمْ لَا مَرْحَبًۢا بِكُمْ ۖ أَنتُمْ قَدَّمْتُمُوهُ لَنَا ۖ فَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ

    Ular: «Yoʻq! Oʻzingizga marhabo yoʻq! Sizlar oʻsha (jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» derlar.

  61. 61

    قَالُوا۟ رَبَّنَا مَن قَدَّمَ لَنَا هَٰذَا فَزِدْهُ عَذَابًۭا ضِعْفًۭا فِى ٱلنَّارِ

    Ular: «Ey Robbimiz, bizga bu(jahannam)ni kim taqdim etgan boʻlsa, unga doʻzaxda ikki barobar azobni ziyoda qil!» derlar. (Oxiratdagi bu tortishuv kofir peshvolar va ularning atboʼlari orasida boʻladi. Peshvolar oʻzlari adashib, boshqalarni ham adashtirganlari uchun ikki barobar azobga qoladilar.)

  62. 62

    وَقَالُوا۟ مَا لَنَا لَا نَرَىٰ رِجَالًۭا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ ٱلْأَشْرَارِ

    Ular: «Bizga nima boʻldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni koʻrmayapmiz?

  63. 63

    أَتَّخَذْنَٰهُمْ سِخْرِيًّا أَمْ زَاغَتْ عَنْهُمُ ٱلْأَبْصَٰرُ

    Biz ularni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki koʻzlar ulardan toydimi?!» derlar.

  64. 64

    إِنَّ ذَٰلِكَ لَحَقٌّۭ تَخَاصُمُ أَهْلِ ٱلنَّارِ

    Albatta, mana shu haqdir–doʻzax ahlining oʻzaro tortishuvidir. (Ushbu oyatlarda zikr qilinganlar haqdir. Bular doʻzax ahlining oʻzaro tortishuvidir. Bu narsa, albatta, boʻladigan ishdir.)

  65. 65

    قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مُنذِرٌۭ ۖ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ

    Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yoʻqdir, magar yagona va oʻta qahrli Allohgina bor.

  66. 66

    رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّٰرُ

    U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Azizu Gʻaffordir», deb ayt.

  67. 67

    قُلْ هُوَ نَبَؤٌا۟ عَظِيمٌ

    «Bu ulugʻ bir xabardir.

  68. 68

    أَنتُمْ عَنْهُ مُعْرِضُونَ

    Siz boʻlsangiz, undan yuz oʻgirmoqdasiz.

  69. 69

    مَا كَانَ لِىَ مِنْ عِلْمٍۭ بِٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰٓ إِذْ يَخْتَصِمُونَ

    Mening oliy toʻplam haqida ular tortishayotganlarida hech bilimim boʻlmagan edi. (Ey mushriklar, bu Qurʼon va Paygʻambarlik shaʼni siz oʻylayotgandek oddiy va joʻn emas. U mening shaxsimga ham bogʻliq emas. Oliy toʻplamda (farishtalar olamida) bu haqda oʻzaro tortishuvlar boʻlayotganida mening u haqda hech narsa bilmas edim.)

  70. 70

    إِن يُوحَىٰٓ إِلَىَّ إِلَّآ أَنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ

    Menga faqat oʻzimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.

  71. 71

    إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى خَٰلِقٌۢ بَشَرًۭا مِّن طِينٍۢ

    Esla! Oʻshanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.

  72. 72

    فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُوا۟ لَهُۥ سَٰجِدِينَ

    Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» degan edi.

  73. 73

    فَسَجَدَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ

    Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda qildilar.

  74. 74

    إِلَّآ إِبْلِيسَ ٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Magar Iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan boʻldi.

  75. 75

    قَالَ يَٰٓإِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَىَّ ۖ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْعَالِينَ

    U zot: «Ey Iblis, Oʻz qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan boʻldingmi?!» dedi.

  76. 76

    قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌۭ مِّنْهُ ۖ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍۢ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍۢ

    U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.

  77. 77

    قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌۭ

    U zot: «Sen undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.

  78. 78

    وَإِنَّ عَلَيْكَ لَعْنَتِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ

    Va, albatta, senga jazo kunigacha Mening laʼnatim boʻlgay», dedi.

  79. 79

    قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ

    U: «Ey Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» dedi.

  80. 80

    قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ

    U zot: «Sen muhlat berilganlardansan.

  81. 81

    إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ

    Maʼlum vaqtli kungacha», dedi.

  82. 82

    قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ

    U: «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini igʻvo qilaman.

  83. 83

    إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Magar ulardan tanlangan bandalaringgina (mustasnodir)», dedi.

  84. 84

    قَالَ فَٱلْحَقُّ وَٱلْحَقَّ أَقُولُ

    U zot: «Haq shulki, Men faqat haqni ayturman.

  85. 85

    لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَمِمَّن تَبِعَكَ مِنْهُمْ أَجْمَعِينَ

    Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab toʻldirurman», dedi.

  86. 86

    قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍۢ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُتَكَلِّفِينَ

    Sen: «Men uning uchun sizdan hech ajr-haq soʻramasman. Men soxtakorlardan ham emasman.

  87. 87

    إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    U (Qurʼon) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.

  88. 88

    وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُۥ بَعْدَ حِينٍۭ

    Albatta, uning xabarini bir muddatdan soʻng bilursiz», deb ayt.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.