Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 39 · Makkiy · 75 Oyatlar

Sura Zumar

Guruhlar

سورة الزمر
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ

    Bu kitobning nozil qilinishi azizu hakim boʻlgan Alloh tomonidandir.

  2. 2

    إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ فَٱعْبُدِ ٱللَّهَ مُخْلِصًۭا لَّهُ ٱلدِّينَ

    Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.

  3. 3

    أَلَا لِلَّهِ ٱلدِّينُ ٱلْخَالِصُ ۚ وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَآ إِلَى ٱللَّهِ زُلْفَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِى مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ كَٰذِبٌۭ كَفَّارٌۭ

    Ogoh boʻlingkim, xolis din Allohnikidir. Undan oʻzga avliyo-doʻstlar tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalar boʻyicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolgʻonchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas. (Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, osmonlaru yerni yaratganini tan olar edi. Ammo oʻsha xoliqning tavhidini, yakka Oʻzigina ibodatga sazovor ekanini tan olmasdi. Ibodatda unga turli but va sanamlarni sherik qilar edi. Ular oʻzlaricha afsona toʻqib, farishtalar Allohning qizlari, deb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab oʻshalarga sigʻinishardi. Biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sigʻinamiz, deyishardi. Bu ishlari esa, botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.)

  4. 4

    لَّوْ أَرَادَ ٱللَّهُ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًۭا لَّٱصْطَفَىٰ مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ

    Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. U yakka va oʻta qahrli Allohdir.

  5. 5

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۖ يُكَوِّرُ ٱلَّيْلَ عَلَى ٱلنَّهَارِ وَيُكَوِّرُ ٱلنَّهَارَ عَلَى ٱلَّيْلِ ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّۭ يَجْرِى لِأَجَلٍۢ مُّسَمًّى ۗ أَلَا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّٰرُ

    U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kechani kunduz ustiga oʻraydigan, kunduzni kecha ustiga oʻraydigan, quyosh va oyni boʻysundiradigan zotdir. Har biri belgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh boʻlingkim, U azizu oʻta magʻfiratli zotdir. (Oyatda Alloh taoloning hech bir sherikka, farzandga mutlaqo hojati yoʻqligi bayon qilinmoqda. Alloh taoloning vahdoniyatining dalillari eslatilmoqda.)

  6. 6

    خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ ثُمَّ جَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْأَنْعَٰمِ ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍۢ ۚ يَخْلُقُكُمْ فِى بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ خَلْقًۭا مِّنۢ بَعْدِ خَلْقٍۢ فِى ظُلُمَٰتٍۢ ثَلَٰثٍۢ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ

    U sizlarni bir jondan yaratdi. Soʻngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida, bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga oʻtkazib, asta yaratadir. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan oʻzga hech bir ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?! (Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida yaratganining xabarini bermoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz bu savolga, uch zulmatning biri homilani oʻrab turuvchi parda, ikkinchisi bachadon, uchinchisi qorin, deb javob berganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar oʻtkazgan tekshirishlardan homilani oʻrab turuvchi parda uch qavat ekani maʼlum boʻldi. Alloh taoloning: «onalaringiz qornida uch zulmat ichida», degani bejiz emas ekan. Qorinning ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir emas, ikki emas yoki toʻrt emas, aynan uch qavat? Shuning oʻzi Alloh taoloning vahdoniyatiga dalil emasmi?)

  7. 7

    إِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ عَنكُمْ ۖ وَلَا يَرْضَىٰ لِعِبَادِهِ ٱلْكُفْرَ ۖ وَإِن تَشْكُرُوا۟ يَرْضَهُ لَكُمْ ۗ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U oʻz bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi boʻlur. Hech bir ogʻirlik koʻtarguvchi jon oʻzga jonning ogʻirligini koʻtarmas. Soʻngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham oʻta bilguvchi zotdir.

  8. 8

    ۞ وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ضُرٌّۭ دَعَا رَبَّهُۥ مُنِيبًا إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُۥ نِعْمَةًۭ مِّنْهُ نَسِىَ مَا كَانَ يَدْعُوٓا۟ إِلَيْهِ مِن قَبْلُ وَجَعَلَ لِلَّهِ أَندَادًۭا لِّيُضِلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ قُلْ تَمَتَّعْ بِكُفْرِكَ قَلِيلًا ۖ إِنَّكَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ

    Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qiladir. Soʻngra unga Oʻz fazlidan neʼmat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutadir va Allohga Uning yoʻlidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qiladi. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt.

  9. 9

    أَمَّنْ هُوَ قَٰنِتٌ ءَانَآءَ ٱلَّيْلِ سَاجِدًۭا وَقَآئِمًۭا يَحْذَرُ ٱلْءَاخِرَةَ وَيَرْجُوا۟ رَحْمَةَ رَبِّهِۦ ۗ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Yoʻqsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qoʻrqib, Robbi rahmatidan umidvor boʻlgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!» deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. (Allohga kufr keltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga boʻyin egmagan, kechalari Uning roziligini yoʻlida bedor boʻlmagan, oxiratdan qoʻrqmagan, Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, ushbu kechalari Allohga ibodat qilgan, Allohning Oʻzigagina sigʻingan, Alloh taoloning roziligini topish uchun bedor boʻlgan, oxiratdan qoʻrqqan va Robbi rahmatidan umidvor kimsaga teng boʻla olmaydi.)

  10. 10

    قُلْ يَٰعِبَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌۭ ۗ وَأَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةٌ ۗ إِنَّمَا يُوَفَّى ٱلصَّٰبِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Sen mening tarafimdan: «Ey iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda goʻzal amal qilganlarga goʻzallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, toʻliq berilur», deb ayt. ( Iymon Allohga ishonish va uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo Allohni his qilib turish va amrlarini bajarishdir.)

  11. 11

    قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ مُخْلِصًۭا لَّهُ ٱلدِّينَ

    Sen: «Albatta, men dinni Oʻzi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.

  12. 12

    وَأُمِرْتُ لِأَنْ أَكُونَ أَوَّلَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Va men musulmonlarning avvalgisi boʻlishimga amr etilganman», deb ayt. (Avval aytilganidek, «din» itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat maʼnolarini anglatadi. Demak, Paygʻambarimiz (s. a. v.) faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning koʻrsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.)

  13. 13

    قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Sen: «Albatta, men agar Robbimga isyon etsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt.

  14. 14

    قُلِ ٱللَّهَ أَعْبُدُ مُخْلِصًۭا لَّهُۥ دِينِى

    Sen: «Dinimni Oʻziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.

  15. 15

    فَٱعْبُدُوا۟ مَا شِئْتُم مِّن دُونِهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَا ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ

    Bas, sizlar undan oʻzga nimani xohlasangiz, oʻshanga ibodat qilaveringlar», deb ayt. Sen: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh boʻlingkim, ana oʻsha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», deb ayt.

  16. 16

    لَهُم مِّن فَوْقِهِمْ ظُلَلٌۭ مِّنَ ٱلنَّارِ وَمِن تَحْتِهِمْ ظُلَلٌۭ ۚ ذَٰلِكَ يُخَوِّفُ ٱللَّهُ بِهِۦ عِبَادَهُۥ ۚ يَٰعِبَادِ فَٱتَّقُونِ

    Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitur: «Ey bandalarim, menga taqvo qilinglar!» (Alloh taolo qiyomatning azoblari haqida oldindan ogohlantirib qoʻyadi. Boshlariga musibat tushganda, ey Robbimiz, avvalroq aytmagan ekansan, demasinlar).

  17. 17

    وَٱلَّذِينَ ٱجْتَنَبُوا۟ ٱلطَّٰغُوتَ أَن يَعْبُدُوهَا وَأَنَابُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ ۚ فَبَشِّرْ عِبَادِ

    Togʻutdan, unga ibodat qilishdan chetda boʻlganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar ber.

  18. 18

    ٱلَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَىٰهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمْ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ

    Ular gapni eshitib, eng goʻzaliga ergashadiganlardir. Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana oʻshalar, ha, oʻshalar aql egalaridir. (Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa–Allohga yoki togʻutga ibodat etadigan boʻladi. Uchinchi xili boʻlishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, togʻutga, yaʼni, Allohdan oʻzgaga sigʻingan boʻladi. Men dinsizman, hech narsaga ibodat qilmayman, deganlar yolgʻon gapiradilar. Ular, hech boʻlmasa, havoi nafsiga yoki oʻzi aʼzo boʻlgan jamiyatning urf-odatiga boʻysunadilar–ibodat qiladilar.)

  19. 19

    أَفَمَنْ حَقَّ عَلَيْهِ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ أَفَأَنتَ تُنقِذُ مَن فِى ٱلنَّارِ

    Yoki haqida azob soʻzi haq boʻlgan kimsani— doʻzaxdagi kimsani sen qutqara olurmisan?!

  20. 20

    لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ لَهُمْ غُرَفٌۭ مِّن فَوْقِهَا غُرَفٌۭ مَّبْنِيَّةٌۭ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ ٱلْمِيعَادَ

    Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning vaʼdasi shu! Alloh vaʼdaga xilof qilmas.

  21. 21

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَسَلَكَهُۥ يَنَٰبِيعَ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًۭا مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّۭا ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ حُطَٰمًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ

    Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbaʼlardan yuritib qoʻyganini koʻrmadingmi?! Soʻngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqarur. Keyin u quriydir. Bas, uni sargʻaygan holida koʻrarsan. Soʻngra uni quruq choʻpga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.

  22. 22

    أَفَمَن شَرَحَ ٱللَّهُ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِ فَهُوَ عَلَىٰ نُورٍۢ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ فَوَيْلٌۭ لِّلْقَٰسِيَةِ قُلُوبُهُم مِّن ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Alloh koʻksini Islomga keng qilib ochib qoʻygan shaxs oʻz Robbidan boʻlgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana oʻshalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.

  23. 23

    ٱللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ ٱلْحَدِيثِ كِتَٰبًۭا مُّتَشَٰبِهًۭا مَّثَانِىَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ

    Alloh eng goʻzal soʻzni oʻxshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qoʻrqadiganlarning terilari titrar. Soʻngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilur. Kimni Alloh zalolatiga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yoʻq. (Qurʼoni Karim eng goʻzal soʻzdir. Uning oyatlari goʻzallikda, purmaʼnolikda, hikmatda, toʻgʻrilikda va hukmda bir-biriga oʻxshashdir. «Takrorlanadigan» boʻlishi esa, hukmlari takror-takror keladi, hikmatlari takror-tarkor keladi, vaʼzlari, ogohlantirishlari, vaʼdayu tahdidlari ham takror-takror keladi. Shuningdek, suralari, oyatlari takror-takror oʻqiladi, yod olinadi, oʻrganiladi. Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qurʼon tilovatidan, undagi maʼnolardan juda qattiq taʼsirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi oyatlar kelganida xavfdan, qoʻrqinchdan badanlari titraydi, yaxshi vaʼda va rahmat oyatlari kelganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi, Allohning zikriga yana ham koʻproq beriladilar. Bunday boʻlishi yaxshilik alomatidir.)

  24. 24

    أَفَمَن يَتَّقِى بِوَجْهِهِۦ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَقِيلَ لِلظَّٰلِمِينَ ذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ

    Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib koʻring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (moʻmin ila teng boʻlarmidi)?!

  25. 25

    كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

    Ulardan oldingilar ham yolgʻonchi qilganlar, bas, ularga oʻzlari sezmagan tomondan azob kelgan.

  26. 26

    فَأَذَاقَهُمُ ٱللَّهُ ٱلْخِزْىَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Alloh ularga bu dunyoda xorlikni totdirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan boʻlur.

  27. 27

    وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍۢ لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Batahqiq, Biz ushbu Qurʼonda odamlarga turli misollar keltirdik. Shoyadki eslasalar.

  28. 28

    قُرْءَانًا عَرَبِيًّا غَيْرَ ذِى عِوَجٍۢ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

    Arabcha Qurʼonni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki taqvo qilsalar.

  29. 29

    ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا رَّجُلًۭا فِيهِ شُرَكَآءُ مُتَشَٰكِسُونَ وَرَجُلًۭا سَلَمًۭا لِّرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Alloh bir misol keltirur. Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd boʻlsin. Yoʻq, koʻplari bilmaslar.

  30. 30

    إِنَّكَ مَيِّتٌۭ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ

    Albatta, sen ham oʻlguvchisan, ular ham oʻlguvchidirlar. (Allohdan boshqa har bir tirik jon oʻladi. Hamma ham oʻladi. Oʻlmaydigan hech kim yoʻq. Faqat Alloh taoloning Oʻzigina qoladi.)

  31. 31

    ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عِندَ رَبِّكُمْ تَخْتَصِمُونَ

    Soʻngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.

  32. 32

    ۞ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَبَ عَلَى ٱللَّهِ وَكَذَّبَ بِٱلصِّدْقِ إِذْ جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًۭى لِّلْكَٰفِرِينَ

    Allohga nisbatan yolgʻon gapirgan va oʻziga sodiq (soʻz) kelganida uni yolgʻonga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!

  33. 33

    وَٱلَّذِى جَآءَ بِٱلصِّدْقِ وَصَدَّقَ بِهِۦٓ ۙ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ

    Sodiq (soʻz)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana oʻshalar taqvodorlardir. (Yaʼni, Allohning sodiq soʻzini bandalarga yetkazgan va oʻsha sodiq soʻzni tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qurʼoni Karimni keltirgan Muhammad (s. a. v.) hamda boshqa barcha Paygʻambarlar alayhissalom va barcha moʻmin bandalar shu siraga kiradilar. Ular Alloh taologa taqvo etgan, uning aytganini qilgan, qaytarganidan qaytgan bandalardir.)

  34. 34

    لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana oʻsha goʻzal amal qilguvchilarning mukofotidir.

  35. 35

    لِيُكَفِّرَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ أَسْوَأَ ٱلَّذِى عَمِلُوا۟ وَيَجْزِيَهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini oʻchirib, qilib yurgan eng goʻzal amallari ajri ila mukofotlar.

  36. 36

    أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِكَافٍ عَبْدَهُۥ ۖ وَيُخَوِّفُونَكَ بِٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍۢ

    Alloh Oʻz bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni undan boshqalar bilan qoʻrqitadilar. Kimni Alloh zalolatga ketkizsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yoʻq. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) mushriklarni Alloh taoloning tavhidiga chaqirib, ularning turli soxta xudolarini ayblaganlarida, ular: «Muhammad xudolarimizni soʻkishdan toʻxtamasa, unga, albatta, yomonlik yetadi», deb u zotni (s. a. v.) qoʻrqitmoqchi boʻlganlar. Ushbu oyat shu munosabat ila tushgan ekan. Garchi xos sabab bilan nozil boʻlsa ham, maʼnosi umumiydir.)

  37. 37

    وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّضِلٍّ ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِعَزِيزٍۢ ذِى ٱنتِقَامٍۢ

    Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hech bir zalolatga ketkazguvchi yoʻq. Alloh azizu intiqom egasi emasmi?!

  38. 38

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلْ أَفَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَنِىَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ هَلْ هُنَّ كَٰشِفَٰتُ ضُرِّهِۦٓ أَوْ أَرَادَنِى بِرَحْمَةٍ هَلْ هُنَّ مُمْسِكَٰتُ رَحْمَتِهِۦ ۚ قُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ ۖ عَلَيْهِ يَتَوَكَّلُ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» deb soʻrasang, albatta: «Alloh!» derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, oʻshalar uning zararini aritguvchi boʻla olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, oʻshalar Uning marhamatini tutib qolguvchi boʻla olurmi?!» deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.

  39. 39

    قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَٰمِلٌۭ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Sen: «Ey qavmim, oʻz holingizcha amal qilavering. Albatta, men ham amal qilguvchiman. Bas, tezda bilursiz.

  40. 40

    مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌۭ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌۭ مُّقِيمٌ

    Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini va kimga davomli azob tushajagini», deb ayt. (Yaʼni, ey qavmim, Allohning tavhid yoʻliga yurmay, Unga shirk keltiradigan boʻlsangiz, oʻz ixtiyoringiz bilan, oʻz xohishingiz va yoʻlingiz bilan amal qilavering. Ammo men Allohning aytganiga amal qilaman. Tezda qiyomat qoim boʻlajak, oʻshanda bilasiz. Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Meningmi, sizlarningmi?)

  41. 41

    إِنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ لِلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ

    Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, oʻziga foyda. Kim zalolatga ketsa, oʻziga zarar. Sen ularga vakil-qoʻriqchi emassan. (Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qurʼonga amal qilsa, oʻziga foyda boʻladi. Kim shunchalik gap-soʻzdan keyin ham, Alloh unga aql-hush berib, Paygʻambar yuborib, kitob tushirib, haq yoʻlni koʻrsatib qoʻyganidan keyin ham zalolat yoʻlini tanlasa, oʻziga zarar qiladi, boshqaga emas.)

  42. 42

    ٱللَّهُ يَتَوَفَّى ٱلْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَٱلَّتِى لَمْ تَمُتْ فِى مَنَامِهَا ۖ فَيُمْسِكُ ٱلَّتِى قَضَىٰ عَلَيْهَا ٱلْمَوْتَ وَيُرْسِلُ ٱلْأُخْرَىٰٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, oʻlishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini maʼlum muddatgacha qoʻyib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir. (Har lahzada qanchadan qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni maʼlum muddat uxlaydi, oʻshanda u oʻlikka oʻxshab yotadi. Uning joni nima boʻladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor. Jonlarni oʻlim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan boʻladi. Kimning qazosi yetgan boʻlsa, uyqusidan qayta uygʻonmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qoʻyib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.)

  43. 43

    أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُفَعَآءَ ۚ قُلْ أَوَلَوْ كَانُوا۟ لَا يَمْلِكُونَ شَيْـًۭٔا وَلَا يَعْقِلُونَ

    Yoki Allohdan oʻzga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir ular biror narsaga ega boʻlmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» deb ayt.

  44. 44

    قُل لِّلَّهِ ٱلشَّفَٰعَةُ جَمِيعًۭا ۖ لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Sen: «Barcha shafoat yolgʻiz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki-egaligi ham yolgʻiz Unikidir. Soʻngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.

  45. 45

    وَإِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَحْدَهُ ٱشْمَأَزَّتْ قُلُوبُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَإِذَا ذُكِرَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

    Qachonki Allohning yolgʻiz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki undan oʻzgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.

  46. 46

    قُلِ ٱللَّهُمَّ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ عَٰلِمَ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ أَنتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِى مَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan zot! Gʻoyib va oshkorni bilguvchi zot! Sening Oʻzing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.

  47. 47

    وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْا۟ بِهِۦ مِن سُوٓءِ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ وَبَدَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُوا۟ يَحْتَسِبُونَ

    Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga toʻlov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan oʻzlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir boʻlur. (Kofir va mushriklar bu dunyoda gerdayib, talashib - tortishganlari bilan, qiyomat qoim boʻlib, oʻzlariga beriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulishi uchun bor-yoʻq dunyosini berishga tayyor turadilar. Ammo bu toʻlov kimga ham kerak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, toʻlov ham olmaydi. U behojat zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos.)

  48. 48

    وَبَدَا لَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Va ularga oʻzlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir boʻlur va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsa oʻrab olur.

  49. 49

    فَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَٰنَ ضُرٌّۭ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلْنَٰهُ نِعْمَةًۭ مِّنَّا قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍۭ ۚ بَلْ هِىَ فِتْنَةٌۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u bizga duo qilur. Soʻngra unga Biz oʻzimizdan neʼmat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yoʻq! U sinovdir. Lekin koʻplari bilmaslar. (Boshiga musibat tushsa, balo-ofat kelsa, oʻshanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolboradi. Ogʻir musibat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati sof tabiati ochiladi. Insonning fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik boʻlmasin, boshiga musibat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning oʻziga yolboradi. Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bersa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bergan neʼmatni, tinchlik-omonlik, ofiyat va yaxshiliklarni oʻz ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, deb daʼvo qila boshlaydi.)

  50. 50

    قَدْ قَالَهَا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari oʻzlariga asqotmadi.

  51. 51

    فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ ۚ وَٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ هَٰٓؤُلَآءِ سَيُصِيبُهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ وَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ

    Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musibat boʻldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musibat boʻlur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.

  52. 52

    أَوَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  53. 53

    ۞ قُلْ يَٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ أَسْرَفُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا۟ مِن رَّحْمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Sen mening tarafimdan: «Ey oʻz jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid boʻlmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magʻfirat etar. Albatta, uning oʻzi oʻta magʻfiratli va oʻta rahmli zotdir», deb ayt. (Imom «Buxoriy Saʼd ibn Jubayrdan (r. a.) keltirgan rivoyatda aytilishicha, koʻplab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasulullohning (s. a. v.) huzurlariga kelib: «Albatta, sen daʼvat qilayotgan narsa juda ham goʻzal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» deb soʻrashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)

  54. 54

    وَأَنِيبُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَأَسْلِمُوا۟ لَهُۥ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

    Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim boʻling. Soʻngra sizga yordam berilmas.

  55. 55

    وَٱتَّبِعُوٓا۟ أَحْسَنَ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ بَغْتَةًۭ وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ

    Sizga oʻzingiz sezmagan holda toʻsatdan azob kelib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng goʻzal narsaga ergashing.

  56. 56

    أَن تَقُولَ نَفْسٌۭ يَٰحَسْرَتَىٰ عَلَىٰ مَا فَرَّطتُ فِى جَنۢبِ ٱللَّهِ وَإِن كُنتُ لَمِنَ ٱلسَّٰخِرِينَ

    Jon: «Alloh haqida yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun nadomat boʻlsin. Toʻgʻrisi, men masxara qilguvchilardan boʻlgan edim», demasidan oldin...

  57. 57

    أَوْ تَقُولَ لَوْ أَنَّ ٱللَّهَ هَدَىٰنِى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُتَّقِينَ

    Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim», demasidan oldin...

  58. 58

    أَوْ تَقُولَ حِينَ تَرَى ٱلْعَذَابَ لَوْ أَنَّ لِى كَرَّةًۭ فَأَكُونَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Yoki azobni koʻrgan chogʻida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish boʻlganida, goʻzal amal qilguvchilardan boʻlar edim», demasidan oldin... (Oxirat azobini, oʻlim talvasasini koʻrgandan keyingi nadomatlar foyda bermaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga toʻla-toʻkis taslim boʻlish va Qurʼonga ergashish kerak. Chunki, oxiratda ushbu soʻzlarga javoban Alloh:)

  59. 59

    بَلَىٰ قَدْ جَآءَتْكَ ءَايَٰتِى فَكَذَّبْتَ بِهَا وَٱسْتَكْبَرْتَ وَكُنتَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ

    «Yoʻq! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolgʻonga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan boʻlding!» deydi. (Ey kofir! Ey mushrik! Ey osiy! Aytayotgan gaplaring hammasi yolgʻon. Sen azobni koʻrganingdan soʻng noiloj qolib, doʻpping tor kelganidan aytmoqdasan bu gaplarni. Agar sening niyating toʻgʻri boʻlsa, u dunyoda yaxshi ishlarni qilishing mumkin edi. Senga qulay fursat berilgan edi.)

  60. 60

    وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ تَرَى ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ وُجُوهُهُم مُّسْوَدَّةٌ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًۭى لِّلْمُتَكَبِّرِينَ

    Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolgʻon soʻzlaganlarni koʻrsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!

  61. 61

    وَيُنَجِّى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ بِمَفَازَتِهِمْ لَا يَمَسُّهُمُ ٱلسُّوٓءُ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot berur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham boʻlmas.

  62. 62

    ٱللَّهُ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ وَكِيلٌۭ

    Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.

  63. 63

    لَّهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana oʻshalar ziyonkorlardir.

  64. 64

    قُلْ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَأْمُرُوٓنِّىٓ أَعْبُدُ أَيُّهَا ٱلْجَٰهِلُونَ

    Sen: «Ey johillar! Meni Allohdan oʻzgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» deb ayt.

  65. 65

    وَلَقَدْ أُوحِىَ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Batahqiq, senga va sendan oldin oʻtganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va, albatta, ziyonkorlardan boʻlursan.

  66. 66

    بَلِ ٱللَّهَ فَٱعْبُدْ وَكُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ

    Yoʻq! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan boʻl!» deb vahiy qilingan.

  67. 67

    وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦ وَٱلْأَرْضُ جَمِيعًۭا قَبْضَتُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ مَطْوِيَّٰتٌۢ بِيَمِينِهِۦ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Ular Allohning qadrini toʻgʻri taqdirlamadilar. Holbuki, yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qudrat qoʻliga yigʻilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. (Bu dunyoda Allohga shirk keltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini toʻgʻri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk keltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulugʻligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu maʼnolarni idrok qilganlarida unga shirk keltirmas edilar.)

  68. 68

    وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَىٰ فَإِذَا هُمْ قِيَامٌۭ يَنظُرُونَ

    Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim boʻlsa, qulab oʻldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. Soʻngra unga yana bir bor puflandi. Bas, toʻsatdan ular turib intizor boʻlurlar. (Demak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday birdan yiqilib oʻladilar. Shuning uchun ham bu puflash «saʼq»–«yiqilib oʻlish» puflashi, deyiladi. Allohning xohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun u zot xohlasa, baʼzi jonzotlar saʼq–puflashidan keyin ham tirik qoladi. Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi, barcha xaloyiq tirilib, oʻrinlaridan turib, bundan keyin nima boʻlishini kutadilar. Shuning uchun ham ikkinchi puflash «turish puflashi» deb nomlanadi.)

  69. 69

    وَأَشْرَقَتِ ٱلْأَرْضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَوُضِعَ ٱلْكِتَٰبُ وَجِا۟ىٓءَ بِٱلنَّبِيِّۦنَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qoʻyildi. Paygʻambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi. (Yaʼni, mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorugʻ boʻldi. U kunda faqat Allohning nuri boʻladi. Endi hamma narsa hisob-kitobga tayyor ham boʻldi. Bandalarning nomai amallari–bu dunyoda qilgan amallari farishtalar tomonidan yozib yurilgan kitob oʻrtaga qoʻyildi.)

  70. 70

    وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍۢ مَّا عَمِلَتْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا يَفْعَلُونَ

    Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) toʻliq berildi. U zot ular qilayotgan ishlarni oʻta yaxshi bilguvchidir.

  71. 71

    وَسِيقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌۭ مِّنكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِ رَبِّكُمْ وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَلَٰكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chogʻlarida uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir», dedilar. («Ha», oʻzimizdan boʻlgan Paygʻambarlar bizga kelgan, ular bizga Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bergan va u kunning dahshatidan ogohlantirgan edilar, demoqchilar. Lekin toʻliq ayta olmaydilar. «Ha», deb qoʻyishga zoʻrgʻa yaraydilar.)

  72. 72

    قِيلَ ٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ

    «Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon boʻldi.

  73. 73

    وَسِيقَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ إِلَى ٱلْجَنَّةِ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا وَفُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَٱدْخُلُوهَا خَٰلِدِينَ

    Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kelgan chogʻlarida uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar.

  74. 74

    وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى صَدَقَنَا وَعْدَهُۥ وَأَوْرَثَنَا ٱلْأَرْضَ نَتَبَوَّأُ مِنَ ٱلْجَنَّةِ حَيْثُ نَشَآءُ ۖ فَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ

    Ular: «Bizlarga bergan vaʼdasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar boʻlsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi boʻldi!

  75. 75

    وَتَرَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ حَآفِّينَ مِنْ حَوْلِ ٱلْعَرْشِ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَقِيلَ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Va farishtalarni Arshni oʻrab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda koʻrursan. Ular orasida haq ila hukm qilinur va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano boʻlsin!» deyildi.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.