Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 40 · Makkiy · 85 Oyatlar

Sura Gʻofir

Magʻfirat qiluvchi

سورة غافر
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Ha-a. Miym.

  2. 2

    تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

    Bu kitobning nozil qilinishi azizu oʻta ilmli Alloh tomonidandir.

  3. 3

    غَافِرِ ٱلذَّنۢبِ وَقَابِلِ ٱلتَّوْبِ شَدِيدِ ٱلْعِقَابِ ذِى ٱلطَّوْلِ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ إِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

    U gunohni magʻfirat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi boʻlgan zotdir. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Qaytish Uning Oʻzigaginadir.

  4. 4

    مَا يُجَٰدِلُ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَلَا يَغْرُرْكَ تَقَلُّبُهُمْ فِى ٱلْبِلَٰدِ

    Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qoʻymasin. (Kofirlar hukm va sultonga, boshqa narsalarga ega boʻlishlari mumkin, bu hollar moʻmin kishini aldab qoʻymasligi kerak.)

  5. 5

    كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ وَٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۖ وَهَمَّتْ كُلُّ أُمَّةٍۭ بِرَسُولِهِمْ لِيَأْخُذُوهُ ۖ وَجَٰدَلُوا۟ بِٱلْبَٰطِلِ لِيُدْحِضُوا۟ بِهِ ٱلْحَقَّ فَأَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ

    Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolgʻonchi qilgan edilar. Har ummat oʻz Paygʻambarini tutishga qasd qildi va haqni yoʻqotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday boʻldi! (Ana oʻsha oʻtgan ummatlardan har biri oʻz Paygʻambarini tutib, oʻldirmoqni qasd qildi. Sui qasd kofirlarning qadimiy odati.)

  6. 6

    وَكَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ

    Kufr keltirganlarga ham Robbingning (azob) soʻzi xuddi ana shunday haq boʻldi. Albatta, ular doʻzax egalaridir.

  7. 7

    ٱلَّذِينَ يَحْمِلُونَ ٱلْعَرْشَ وَمَنْ حَوْلَهُۥ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيُؤْمِنُونَ بِهِۦ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَا وَسِعْتَ كُلَّ شَىْءٍۢ رَّحْمَةًۭ وَعِلْمًۭا فَٱغْفِرْ لِلَّذِينَ تَابُوا۟ وَٱتَّبَعُوا۟ سَبِيلَكَ وَقِهِمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ

    Arshni koʻtarib turadiganlar va uning atrofidagilar Robblariga hamd ila tasbih ayturlar, Unga iymon keltirurlar va iymon keltirganlarga magʻfirat soʻrab: «Ey Robbimiz, rahmating va ilming ila har bir narsani qurshagansan, bas, tavba qilib, yoʻlingga ergashganlarni magʻfirat qilgin va ularni doʻzax azobidan saqlagin. (Alloh taoloning Arshini inson idrok qila olmaydi, inson arshni koʻtarib turadiganlar va uning atrofidagilarning ham haqiqatini bilmaydi. Bilgani–Arshni koʻtarib turadigan, atrofini oʻrab olgan zotlar borligidir. Ular modomiki Arshni koʻtarib turgan ekanlar, shunga yarasha kuch-quvvat va maqom-martabaga egadirlar.)

  8. 8

    رَبَّنَا وَأَدْخِلْهُمْ جَنَّٰتِ عَدْنٍ ٱلَّتِى وَعَدتَّهُمْ وَمَن صَلَحَ مِنْ ءَابَآئِهِمْ وَأَزْوَٰجِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih boʻlganlarini ham Oʻzing ularga vaʼda qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening Oʻzing azizu oʻta hikmatli zotsan.

  9. 9

    وَقِهِمُ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ وَمَن تَقِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ يَوْمَئِذٍۢ فَقَدْ رَحِمْتَهُۥ ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Va ularni yomonliklardan saqla, oʻsha kuni kimni yomonliklardan saqlasang, batahqiq, unga rahm qilibsan. Ana oʻsha buyuk yutuqdir», (derlar).

  10. 10

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُنَادَوْنَ لَمَقْتُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ مِن مَّقْتِكُمْ أَنفُسَكُمْ إِذْ تُدْعَوْنَ إِلَى ٱلْإِيمَٰنِ فَتَكْفُرُونَ

    Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chogʻingizdagi Allohning gʻazabi sizning oʻzingizga (hozirgi) gʻazabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur.

  11. 11

    قَالُوا۟ رَبَّنَآ أَمَتَّنَا ٱثْنَتَيْنِ وَأَحْيَيْتَنَا ٱثْنَتَيْنِ فَٱعْتَرَفْنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلْ إِلَىٰ خُرُوجٍۢ مِّن سَبِيلٍۢ

    Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta oʻldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni eʼtirof etdik. Endi chiqishning biron yoʻli bormi?» dedilar. (Ular ona qornida ruh kirgunicha jonsiz holda yotganlarini va yorugʻ dunyoda oʻlib, koʻmilganlarini ikki marta oʻlish demoqdalar. Onaning qornida bir marta va qiyomat kuni ikkinchi marta tiriltirding. Sening har bir narsaga qodir ekaningni ham eʼtirof qildik.)

  12. 12

    ذَٰلِكُم بِأَنَّهُۥٓ إِذَا دُعِىَ ٱللَّهُ وَحْدَهُۥ كَفَرْتُمْ ۖ وَإِن يُشْرَكْ بِهِۦ تُؤْمِنُوا۟ ۚ فَٱلْحُكْمُ لِلَّهِ ٱلْعَلِىِّ ٱلْكَبِيرِ

    Bunday boʻlishingiz Allohning yolgʻiz Oʻziga daʼvat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulugʻ Allohnikidir.

  13. 13

    هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ وَيُنَزِّلُ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ رِزْقًۭا ۚ وَمَا يَتَذَكَّرُ إِلَّا مَن يُنِيبُ

    Uning Oʻzi sizga oyat-belgilarini koʻrsatadigan, osmondan sizga rizq tushiradigan zotdir. Faqat qaytadigan kishigina anglar. (Har bir narsada Allohga qaytadigan, tavba qiladigan, koʻrgan-bilganidan vaʼz-nasihat oladigan kishilargina anglab yetadilar.)

  14. 14

    فَٱدْعُوا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolboring.

  15. 15

    رَفِيعُ ٱلدَّرَجَٰتِ ذُو ٱلْعَرْشِ يُلْقِى ٱلرُّوحَ مِنْ أَمْرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ لِيُنذِرَ يَوْمَ ٱلتَّلَاقِ

    U darajasi yuksak, Arsh egasi boʻlgan zotdir. U Oʻz amri ila bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur. (Muloqot- uchrashuv kunidan murod qiyomatdir. Ruhdan murod esa, vahiy va uni olib keluvchi farishtadir.)

  16. 16

    يَوْمَ هُم بَٰرِزُونَ ۖ لَا يَخْفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِنْهُمْ شَىْءٌۭ ۚ لِّمَنِ ٱلْمُلْكُ ٱلْيَوْمَ ۖ لِلَّهِ ٱلْوَٰحِدِ ٱلْقَهَّارِ

    Oʻsha kunda ular zohir boʻlurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolgʻiz, oʻta qahrli Allohnikidir! (Qiyomat kunida odamlar koʻmilib yotgan joylaridan chiqib, zohir boʻlib, koʻrinish beradilar. Bandalaridan sodir boʻlgan biron narsa Alloh taologa maxfiy qolmas, ammo bu haqiqatni qiyomat kuni haqida alohida takror aytishdan maqsad kofir, munofiq va osiylar, qilgan ishlarimiz toʻpolonning ichida maxfiy qolsa ajab emas, degan oʻyda boʻlsalar, oʻsha xayolni koʻtarish uchundir.)

  17. 17

    ٱلْيَوْمَ تُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ ۚ لَا ظُلْمَ ٱلْيَوْمَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Bugungi kunda har bir jon oʻzi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bugungi kunda zulm yoʻqdir. Albatta, Alloh hisobni tez qilguvchi zotdir.

  18. 18

    وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ ٱلْءَازِفَةِ إِذِ ٱلْقُلُوبُ لَدَى ٱلْحَنَاجِرِ كَٰظِمِينَ ۚ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ حَمِيمٍۢ وَلَا شَفِيعٍۢ يُطَاعُ

    Sen ularni yaqinlashguvchi kundan ogohlantir. Oʻshanda jonlar xalqumga kelib, gʻam-gʻussaga toʻlib turarlar. Zolimlar uchun hech bir doʻst ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yoʻq. (Yaqinlashguvchi kun qiyomat kunidir. U hademay kelib qoladi. Koʻzni ochib yumguncha roʻy beradi. Odamlar oʻsha kundan ogoh boʻlsinlar. U kun ogʻir kun boʻladi. Hayoti dunyoda kufr va shirk ila zulmga yurgan kishilar uchun yonini oladigan doʻst ham, gapiga quloq soladigan shafoatchi ham boʻlmaydi.)

  19. 19

    يَعْلَمُ خَآئِنَةَ ٱلْأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِى ٱلصُّدُورُ

    U zot koʻzlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur. (Yaʼni, birovga bildirmasdan, oʻgʻirincha koʻz qiri tashlaganini ham biladi, hisobga olib qoʻyadi. Hech kimga bildirmasdan, dilda tugib qoʻyilgan narsalarni ham juda yaxshi biladi. Shunday boʻlganidan keyin boshqa narsalarni bilishida hech shak-shubha yoʻqdir. Odamlar undan ogoh boʻlsinlar.)

  20. 20

    وَٱللَّهُ يَقْضِى بِٱلْحَقِّ ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَقْضُونَ بِشَىْءٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ

    Alloh haq ila hukm qilur. Undan oʻzga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning Oʻzi oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi zotdir.

  21. 21

    ۞ أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا۟ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةًۭ وَءَاثَارًۭا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍۢ

    Axir ular yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldin oʻtganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Oʻshalar ulardan koʻra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Bas, Alloh oʻshalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan oʻzga bir saqlovchi boʻlmadi.

  22. 22

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَكَفَرُوا۟ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ قَوِىٌّۭ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Bunday boʻlishining sababi shuki, ularga Paygʻambarlari kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi. Albatta, u kuchli va iqobi shiddatli zotdir.

  23. 23

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا وَسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍ

    Batahqiq, Biz Musoni Oʻz oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik.

  24. 24

    إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَقَٰرُونَ فَقَالُوا۟ سَٰحِرٌۭ كَذَّابٌۭ

    Firʼavnga, Homonga va Qorunga. Bas, ular: «(Bu) sehrgar va kazzob», dedilar.

  25. 25

    فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْحَقِّ مِنْ عِندِنَا قَالُوا۟ ٱقْتُلُوٓا۟ أَبْنَآءَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ وَٱسْتَحْيُوا۟ نِسَآءَهُمْ ۚ وَمَا كَيْدُ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ

    Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan choqda, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning oʻgʻillarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas. (Bani Isroilni oʻziga qul qilib olgan Firʼavn bu xalqqa turli azob-uqubatlarni yogʻdirar, nima qilib boʻlsa ham, ularni qullikda ushlab turib, oʻz foydasi uchun ishlatishga urinar edi. Oʻziga qarshi yosh yigitlar bosh koʻtarishi mumkinligini yaxshi bilganidan, qolaversa, atrofidagi gumashtalaridan, mulkiga Bani Isroildan tugʻiladigan bola zavol boʻlishini eshitganidan keyin Bani Isroilda tugʻiladigan qiz bolaga tegmasdan, oʻgʻil bolalarni oʻldirishga farmon bergan edi. Muso alayhissalom kelib, Alloh taolo tomonidan Paygʻambar etib yuborilganlarini aytganlaridan keyin Firʼavnning xavfi yana ham ziyoda boʻldi va Bani Isroilning, yaʼni, Muso alayhissalomga qoʻshilib, iymon keltirganlarning oʻgʻil bolalarini oʻldirish haqidagi farmonini yangiladi.)

  26. 26

    وَقَالَ فِرْعَوْنُ ذَرُونِىٓ أَقْتُلْ مُوسَىٰ وَلْيَدْعُ رَبَّهُۥٓ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُبَدِّلَ دِينَكُمْ أَوْ أَن يُظْهِرَ فِى ٱلْأَرْضِ ٱلْفَسَادَ

    Firʼavn: «Meni qoʻyinglar, Musoni oʻldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin. Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qoʻrqmoqdaman», dedi. (Mantiq bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan, Paygʻambarni sehrgar, kazzob, deb ham biror naf topmagan zolim podshoh endi kuch ishlatishga oʻtdi. Tugʻyonga ketgan hukmdor oʻz taxtidan ajrab qolishdan qoʻrqib, har qanday pastkashlikka tayyor ekanini koʻrsatdi. Haq yoʻlga daʼvat qiluvchini oʻldirishda Allohni ham eʼtiborga olmasligini bildirdi. Robbiga duo qilsa, qilaversin, men baribir uni oʻldiraman, dedi. Shu bilan birga, eng qizigʻi, dinni himoya etayotgan qilib koʻrsatdi oʻzini. Yer yuzida buzuqilik boʻlmasligi uchun kurashyapman, deb iddio qildi.)

  27. 27

    وَقَالَ مُوسَىٰٓ إِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُم مِّن كُلِّ مُتَكَبِّرٍۢ لَّا يُؤْمِنُ بِيَوْمِ ٱلْحِسَابِ

    Muso: «Albatta, men Robbim va Robbingiz boʻlgan zotdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan har bir mutakabbirdan panoh soʻrayman», dedi.

  28. 28

    وَقَالَ رَجُلٌۭ مُّؤْمِنٌۭ مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَٰنَهُۥٓ أَتَقْتُلُونَ رَجُلًا أَن يَقُولَ رَبِّىَ ٱللَّهُ وَقَدْ جَآءَكُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ مِن رَّبِّكُمْ ۖ وَإِن يَكُ كَٰذِبًۭا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُۥ ۖ وَإِن يَكُ صَادِقًۭا يُصِبْكُم بَعْضُ ٱلَّذِى يَعِدُكُمْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ مُسْرِفٌۭ كَذَّابٌۭ

    Firʼavn ahlidan boʻlgan, iymonini berkitib yuradigan bir moʻmin kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun oʻldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolgʻonchi boʻlsa, yolgʻoni oʻziga zarar. Agar rostgoʻy boʻlsa, unda u vaʼda qilayotgan baʼzi musibatlar sizga yetadi. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob boʻlgan shaxsni hidoyat qilmas. (Darhaqiqat, Muso alayhissalomning «Alloh Robbimdir» degan soʻzdan boshqa daʼvolar yoʻq edi. Bu degani Alloh mening yaratguvchim, rizq berguvchim, tadbirimni qilguvchi tarbiyachim, degani edi. Bu eʼtirof oddiy haqiqat edi. Buning yomon joyi yoʻq edi. Buni hamma tan olishi kerak edi. Bu narsa sof qalb va oddiy mantiqning taqozosi edi. Shuning uchun sof qalb egasi boʻlgan kishi tomonidan bu haqiqat eʼlon etildi.)

  29. 29

    يَٰقَوْمِ لَكُمُ ٱلْمُلْكُ ٱلْيَوْمَ ظَٰهِرِينَ فِى ٱلْأَرْضِ فَمَن يَنصُرُنَا مِنۢ بَأْسِ ٱللَّهِ إِن جَآءَنَا ۚ قَالَ فِرْعَوْنُ مَآ أُرِيكُمْ إِلَّا مَآ أَرَىٰ وَمَآ أَهْدِيكُمْ إِلَّا سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ

    Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir. Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam beradi?!» dedi. Firʼavn: «Men sizga oʻzim koʻrayotgan narsadan boshqani koʻrsatmasman va sizlarni toʻgʻri yoʻldan boshqaga yoʻllamasman», dedi. (Yaʼni, menikidan boshqa fikrni qabul qilishingizga rozi emasman, bilib qoʻying, faqat mengina sizni toʻgʻri yoʻlga boshlayman, dedi.)

  30. 30

    وَقَالَ ٱلَّذِىٓ ءَامَنَ يَٰقَوْمِ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُم مِّثْلَ يَوْمِ ٱلْأَحْزَابِ

    Iymon kelirgan kishi: «Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga oʻxshash kun...

  31. 31

    مِثْلَ دَأْبِ قَوْمِ نُوحٍۢ وَعَادٍۢ وَثَمُودَ وَٱلَّذِينَ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۚ وَمَا ٱللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًۭا لِّلْعِبَادِ

    Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga oʻxshash hol boʻlishidan qoʻrqaman. Alloh bandalarga zulmni iroda qilmas.

  32. 32

    وَيَٰقَوْمِ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ يَوْمَ ٱلتَّنَادِ

    Ey qavmim, albatta, men sizlarga nidolashuv kunidan qoʻrqaman.

  33. 33

    يَوْمَ تُوَلُّونَ مُدْبِرِينَ مَا لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنْ عَاصِمٍۢ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍۢ

    U kunda ortga qarab qochasiz. Siz uchun Allohdan hech bir qutqarguvchi boʻlmas. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas.

  34. 34

    وَلَقَدْ جَآءَكُمْ يُوسُفُ مِن قَبْلُ بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا زِلْتُمْ فِى شَكٍّۢ مِّمَّا جَآءَكُم بِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَن يَبْعَثَ ٱللَّهُ مِنۢ بَعْدِهِۦ رَسُولًۭا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌۭ مُّرْتَابٌ

    Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u oʻzingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Paygʻambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi boʻlgan kimsani zalolatga ketkazdi. (Ey qavmim, siz Yusuf alayhissalomning Paygʻambarligiga shubha qilib, iymon keltirmay turib oldingiz. Xullas, Yusuf alayhissalom vafot etganida, undan qutuldik, Alloh tomonidan Paygʻambar boʻlib keldim, deydigan odam endi boʻlmaydi, dedingiz. Alloh Yusuf alayhissalom haqida shubhada turib olgan oʻsha ota-bobolaringizni zalolatga ketkazgani kabi, har bir xususda isrofgar boʻlgan va dinda shubha qilganlarni ham zalolatga ketkazdi. Muso haqida isrofchi va shubhachi boʻlmang, yana Alloh sizni ham zalolatga ketkazib qoʻymasin.)

  35. 35

    ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَٰنٍ أَتَىٰهُمْ ۖ كَبُرَ مَقْتًا عِندَ ٱللَّهِ وَعِندَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ قَلْبِ مُتَكَبِّرٍۢ جَبَّارٍۢ

    Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq gʻazabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zoʻrovon qalbni muhrlar», dedi.

  36. 36

    وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَٰهَٰمَٰنُ ٱبْنِ لِى صَرْحًۭا لَّعَلِّىٓ أَبْلُغُ ٱلْأَسْبَٰبَ

    Firʼavn dedi: «Ey Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad sabablarga yetsam.

  37. 37

    أَسْبَٰبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ كَٰذِبًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرْعَوْنَ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَصُدَّ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۚ وَمَا كَيْدُ فِرْعَوْنَ إِلَّا فِى تَبَابٍۢ

    Osmonlarning sabablariga yetsam, soʻngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolgʻonchi deb gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Firʼavnga uning yomon amali ziynatlandi va u yoʻldan toʻsildi. Firʼavnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas. (U vaziri Homonni baland qasr qurishga buyurdi. U qasr nima uchun kerak boʻlib qolganini ham aytdi, osmonlarga chiqadigan sabablarga, yoʻllarga yetishsamu chiqib Musoning xudosini koʻrsam. Men Musoning Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambar ekaniga ishonmayman, oʻzim osmonga chiqib, uning yolgʻonchi ekanini isbotlamoqchiman, dedi. Firʼavnning bu gaplari qaysi tomondan olib qaralganda ham qavmni aldash, oʻzini oliy maqom qilib koʻrsatish va Allohning dinini inkor etishdan iborat ekani bilinadi. Bu gaplar uning insofga kelib, toʻgʻri yoʻlga tushmasligidan darak berardi.)

  38. 38

    وَقَالَ ٱلَّذِىٓ ءَامَنَ يَٰقَوْمِ ٱتَّبِعُونِ أَهْدِكُمْ سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ

    Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, menga ergashinglar, sizni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilaman.

  39. 39

    يَٰقَوْمِ إِنَّمَا هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا مَتَٰعٌۭ وَإِنَّ ٱلْءَاخِرَةَ هِىَ دَارُ ٱلْقَرَارِ

    Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir, matoh, xolos. Albatta, oxirat- oʻshaning oʻzi barqarorlik diyoridir.

  40. 40

    مَنْ عَمِلَ سَيِّئَةًۭ فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَٰلِحًۭا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ يُرْزَقُونَ فِيهَا بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Kim biror yomonlik qilsa, faqat oʻshanga yarasha jazo oladir, xolos. Erkakdir, ayoldir, har kim moʻmin boʻlgan holida solih amal qilsa, bas, ana oʻshalar jannatga kirurlar, u yerda hisobsiz rizqlanurlar.

  41. 41

    ۞ وَيَٰقَوْمِ مَا لِىٓ أَدْعُوكُمْ إِلَى ٱلنَّجَوٰةِ وَتَدْعُونَنِىٓ إِلَى ٱلنَّارِ

    Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni doʻzaxga chaqirursiz?! (Men sizni Allohga, Uning yuborgan Paygʻambariga iymon keltirib, najotga erishishga chorlasam, siz meni kufrga chaqirmoqdasiz, kufrga chaqirishingiz doʻzaxga chaqirishingizdir.)

  42. 42

    تَدْعُونَنِى لِأَكْفُرَ بِٱللَّهِ وَأُشْرِكَ بِهِۦ مَا لَيْسَ لِى بِهِۦ عِلْمٌۭ وَأَنَا۠ أَدْعُوكُمْ إِلَى ٱلْعَزِيزِ ٱلْغَفَّٰرِ

    Siz meni Allohga kufr keltirishimga va oʻzim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz. Holbuki, men sizni azizu oʻta magʻfiratli zotga chaqirmoqdaman. (Siz meni Allohni inkor etib, unga ibodat qilmaslikka, xudoligini bilmaganim narsani unga shirk keltirib, oʻshanga ibodat qilishimga chaqirmoqdasiz. Bu chaqirigʻingiz asossiz va foydasizdir.)

  43. 43

    لَا جَرَمَ أَنَّمَا تَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ لَيْسَ لَهُۥ دَعْوَةٌۭ فِى ٱلدُّنْيَا وَلَا فِى ٱلْءَاخِرَةِ وَأَنَّ مَرَدَّنَآ إِلَى ٱللَّهِ وَأَنَّ ٱلْمُسْرِفِينَ هُمْ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ

    Hech shubha yoʻqki, albatta, siz meni unga chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham daʼvatga haqqi yoʻqdir. Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir. Albatta, isrofchilar, ayni oʻshalar doʻzax egalaridir.

  44. 44

    فَسَتَذْكُرُونَ مَآ أَقُولُ لَكُمْ ۚ وَأُفَوِّضُ أَمْرِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرٌۢ بِٱلْعِبَادِ

    Hali men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar. Men ishimni Allohning Oʻziga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarini aniq koʻrib turguvchidir», dedi.

  45. 45

    فَوَقَىٰهُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِ مَا مَكَرُوا۟ ۖ وَحَاقَ بِـَٔالِ فِرْعَوْنَ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ

    Bas, Alloh uni makrlari yomonliklaridan saqladi va Firʼavn ahlini yomon azob oʻrab oldi. (Alloh taolo mazkur moʻmin kishini Firʼavn va uning odamlari makr-hiylalarining yomonliklaridan qutqardi. Firʼavn ahlini esa, yomon azob oʻrab oldi.)

  46. 46

    ٱلنَّارُ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا غُدُوًّۭا وَعَشِيًّۭا ۖ وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ أَدْخِلُوٓا۟ ءَالَ فِرْعَوْنَ أَشَدَّ ٱلْعَذَابِ

    U olovdir. Unga ertayu kech koʻndalang qilinurlar. (Qiyomat) soati qoim boʻlganida esa: «Firʼavn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur. (Demak, oʻsha Firʼavn ahlini oʻrab olgan yomon azob bir olovdir. Ular oʻsha olovga doimo, ertayu kech koʻndalang qilib turiladilar. Yaʼni, qabrlarida qiyomatgacha olov bilan azoblanadilar.)

  47. 47

    وَإِذْ يَتَحَآجُّونَ فِى ٱلنَّارِ فَيَقُولُ ٱلضُّعَفَٰٓؤُا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًۭا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا نَصِيبًۭا مِّنَ ٱلنَّارِ

    Oʻshanda ular doʻzaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi boʻlgan edik. Endi siz bizning doʻzax nasibamizdan biror boʻlagini daf qilasizlarmi?!» derlar.

  48. 48

    قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُلٌّۭ فِيهَآ إِنَّ ٱللَّهَ قَدْ حَكَمَ بَيْنَ ٱلْعِبَادِ

    Mutakabbirlik qilganlar: «Albatta, hammamiz uning ichidamiz. Shubhasiz, Alloh bandalar orasida hukm chiqarib boʻldi», derlar. (Boʻlar ish boʻldi, endi bu savolni berib nima qilasizlar. Bu yerda u dunyodagiga oʻxshab katta-boshliq yoki zaifligiga qarab emas, qilgan amaliga qarab hukm chiqarilar ekan. Biz ham kufr keltirdik, siz ham kufr keltirdingiz va qilganimizga yarasha hammamiz jazoimizni oldik. Alloh hukmini chiqarib boʻldi. Hammamiz jahannamga tushdik.)

  49. 49

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ فِى ٱلنَّارِ لِخَزَنَةِ جَهَنَّمَ ٱدْعُوا۟ رَبَّكُمْ يُخَفِّفْ عَنَّا يَوْمًۭا مِّنَ ٱلْعَذَابِ

    Doʻzaxda turganlar jahannam qoʻriqchilariga: «Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin», dedilar.

  50. 50

    قَالُوٓا۟ أَوَلَمْ تَكُ تَأْتِيكُمْ رُسُلُكُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ ۚ قَالُوا۟ فَٱدْعُوا۟ ۗ وَمَا دُعَٰٓؤُا۟ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍ

    Ular: «Sizga Paygʻambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar. (Jahannam qoʻrqinchlari: «Nima sababdan bu holga tushib qoldingiz?! Sizga Paygʻambar kelib, shu kun boshingizga tushishi mumkinligidan ogohlantirmagan edimi?! « deb soʻradilar.

  51. 51

    إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ ٱلْأَشْهَٰدُ

    Albatta, Biz Paygʻambarlarimizga va iymon keltirganlarga bu dunyo hayotida va guvohlar turgan kunda ham nusrat berurmiz.

  52. 52

    يَوْمَ لَا يَنفَعُ ٱلظَّٰلِمِينَ مَعْذِرَتُهُمْ ۖ وَلَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ

    U kunda zolimlarga maʼziratlari naf bermas. Ularga laʼnat boʻlgʻay va ularga yomon hovli joy boʻlgʻay. (Iymon bilan kufr orasidagi kurash bir shaxs, bir avlod, bir zamonga bogʻliq emas. Balki bu kurash dunyo bunyod boʻlganidan boshlab, qiyomatgacha davom etadigan kurashdir. Bu kurash davomida turli holatlar boʻlib oʻtadi. Iymon tomonida turgan baʼzi kishilarning eʼtiqod yoʻlida shahid boʻlishlari ulkan nusrat boʻlishi mumkin. Hozirgacha butun dunyo qanchadan-qancha shahidlarni madh etib, ehtirom ila eslab kelmoqda, ularni shahid etgan qotillar esa, laʼnatlanmoqda. Qani, koʻraylik-chi, bu yerda nusrat shahidgami yo qotilga?! Baʼzi bir shahidlarning oʻlimi butun boshli ummatlarni gʻalabaga chorlagan vaqtlar ham boʻlgan. Demak, oʻlimning hammasi ham, xususan iymon yoʻlidagi oʻlim, magʻlubiyat hisoblanmaydi. Iymon va kufr orasidagi kurashda nusrat kimga boʻlishi tor oʻlchovda emas, balki keng mezonlar bilan oʻlchanadi. Iymonning qalblarda, yer yuzida tantanasi uchun insonning oʻzi saʼyi-harakat qilishini Alloh shart etgan ekan, Uning yoʻlidagi qurbonlar, mashaqqatlar erishiladigan nusratning qiymatini oshiradi, qadrini koʻtaradi. Undan keyin, insoniyat tarixidagi iymon bilan kufr oʻrtasidagi kurashning oraliq natijalariga ham bir nazar solaylik. Ularning hammasi Paygʻambarlar va moʻminlarga nusrat berilishi bilan yakun topganini koʻramiz.)

  53. 53

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْهُدَىٰ وَأَوْرَثْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْكِتَٰبَ

    Batahqiq, Biz Musoga hidoyatni berdik va Bani Isroilni Kitobga voris qildik.

  54. 54

    هُدًۭى وَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ

    Aql egalariga hidoyatchi va eslatma boʻlsin uchun.

  55. 55

    فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَنۢبِكَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِبْكَٰرِ

    Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Gunohing uchun istigʻfor ayt. Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt. (Oyati karimada Paygʻambarimizga (s. a. v.) xitob orqali moʻmin bandaga iymon yoʻlida zarur boʻladigan zodi rohila taqdim etilmoqda.)

  56. 56

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَٰنٍ أَتَىٰهُمْ ۙ إِن فِى صُدُورِهِمْ إِلَّا كِبْرٌۭ مَّا هُم بِبَٰلِغِيهِ ۚ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ

    Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan oʻzga narsa yoʻq. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh soʻra. Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi, oʻta koʻrguvchi zotdir.

  57. 57

    لَخَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَكْبَرُ مِنْ خَلْقِ ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.

  58. 58

    وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَلَا ٱلْمُسِىٓءُ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَتَذَكَّرُونَ

    Koʻr bilan koʻruvchi barobar boʻlmas. Iymon keltirib, solih amallar qilganlar bilan yomonlik qilguvchi ham. Juda ham kam eslaysizlar.

  59. 59

    إِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَءَاتِيَةٌۭ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ

    Albatta, (qiyomat) soati kelguvchidir. Unda shubha yoʻq. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar. (Yaʼni, qiyomat qoim boʻlishiga ishonmaydilar. Ishonmaganlari uchun ham Allohning oyatlari haqida hech qanday hujjat-dalilsiz talashib-tortishadilar. Oʻzlarining kim ekanlarini unutib, kibrga ketadilar. Kibr esa, ularni halokatga eltadi. Bu halokatdan, unga eltuvchi kibrdan saqlanish uchun Allohga ibodat etish kerak, U zotga duo qilish kerak.)

  60. 60

    وَقَالَ رَبُّكُمُ ٱدْعُونِىٓ أَسْتَجِبْ لَكُمْ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِى سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ

    Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi. (Allohga banda tomonidan qilinadigan duo, ibodat lugʻatda bir xil maʼnoni bildiradi. Duo va ibodat xoh soʻzdan iborat boʻlsin, xoh amaldan, banda tomonidan Alloh taoloning roziligini izlashdir, iymon ila Uning roziligini soʻrashdir. Duo va ibodat bandaning Alloh taolo huzurida hojatmand ekanini eʼtirof etishidir. Oʻzining nochorligiyu ojizligini tan olishidir. Bu ishni faqat iymoni borlargina, qalb koʻzlari ochiqlargina, oʻzining kimligini anglab yetganlargina, insof qilganlargina, qalbida Allohga nisbatan kibru havo boʻlmaganlargina qiladilar. Buni bandaga Allohning Oʻzi buyurgandir.)

  61. 61

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ

    Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, koʻrsatuvchi etib kunduzni qilib bergan zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.

  62. 62

    ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ

    Ana oʻsha Alloh–Robbingizdir. U har bir narsaning yaratguvchisidir. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?! (Allohga ibodat qilmay, qaysi tomonga burilib ketmoqdasizlar?! Allohning aytganini qilmay, qayon qarab ketmoqdasizlar?! Allohning oyatlariga amal qilmay, qayoqqa ketmoqdasizlar?!)

  63. 63

    كَذَٰلِكَ يُؤْفَكُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ

    Allohning oyatlarini inkor qiladiganlar ana shunday burilib keturlar.

  64. 64

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ قَرَارًۭا وَٱلسَّمَآءَ بِنَآءًۭ وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ ۖ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni goʻzal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan zotdir. Ana oʻsha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh yuksak-barakotli boʻldi.

  65. 65

    هُوَ ٱلْحَىُّ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱدْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۗ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    U zot tirikdir. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar boʻlsin. (Allohga xolis boʻysungan holda, shariatga toʻla amal qilgan holda, iymon-eʼtiqodni yolgʻonu riyodan pok oʻtgan holda duo-ibodat qiling.

  66. 66

    ۞ قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَمَّا جَآءَنِىَ ٱلْبَيِّنَٰتُ مِن رَّبِّى وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Sen: «Albatta, men oʻzimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr etildim», deb ayt.

  67. 67

    هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍۢ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍۢ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍۢ ثُمَّ يُخْرِجُكُمْ طِفْلًۭا ثُمَّ لِتَبْلُغُوٓا۟ أَشُدَّكُمْ ثُمَّ لِتَكُونُوا۟ شُيُوخًۭا ۚ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ مِن قَبْلُ ۖ وَلِتَبْلُغُوٓا۟ أَجَلًۭا مُّسَمًّۭى وَلَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    U sizni tuproqdan, soʻngra nutfadan, soʻngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan zotdir. Soʻngra U sizni buvak holingizda chiqarur. Soʻngra kamolga yetishingiz uchun, qari boʻlishingiz uchun (ulgʻaytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham boʻlur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki aql yuritsangiz. (Bu oyatda kibrga ketib, oʻzini unutgan, Allohni–xoliqini tan olmay qoʻygan insonga asli, ojizligi eslatilmoqda. Yaʼni, ey odamlar, sizning ayrimlaringiz kamolga yoki qarilikka yetishdan oldin vafot etib ketadi. Har lahzada tushayotgan homilalar, oʻlayotgan bolalar, yoshlar buning dalilidir. Har bir inson uchun belgilab qoʻyilgan ajal bor. Ana oʻsha ajalga yetguncha yashaydi. Bu ham Alloh taoloning ishidir. Shoyadki ushbu haqiqatlar ustida aql yuritib, kim ekaningizni anglab, Robbingizga ibodat qilsangiz.)

  68. 68

    هُوَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ فَإِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًۭا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

    U zot tiriltirur va oʻldirur. Qachonki biror ishni xohlasa, «Boʻl!» der va u boʻlur.

  69. 69

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ أَنَّىٰ يُصْرَفُونَ

    Allohning oyatlari haqida talashib-tortishadiganlarni koʻrmaysanmi?! Qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

  70. 70

    ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِٱلْكِتَٰبِ وَبِمَآ أَرْسَلْنَا بِهِۦ رُسُلَنَا ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Kitobni va Biz Paygʻambarlarimiz ila yuborgan narsani yolgʻonga chiqarganlar tezda bilurlar.

  71. 71

    إِذِ ٱلْأَغْلَٰلُ فِىٓ أَعْنَٰقِهِمْ وَٱلسَّلَٰسِلُ يُسْحَبُونَ

    Oʻshanda ular boʻyinlarida kishanlar va zanjirlar ila tortilurlar.

  72. 72

    فِى ٱلْحَمِيمِ ثُمَّ فِى ٱلنَّارِ يُسْجَرُونَ

    Oʻta qaynoq suvga. Soʻngra olovda kuydirilurlar.

  73. 73

    ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تُشْرِكُونَ

    Soʻngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani?!

  74. 74

    مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُوا۟ ضَلُّوا۟ عَنَّا بَل لَّمْ نَكُن نَّدْعُوا۟ مِن قَبْلُ شَيْـًۭٔا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلْكَٰفِرِينَ

    Allohdan oʻzga» deyildi. Ular: «Bizdan yoʻqolib qoldilar. Yoʻq. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib, zalolatga ketkazur. (Siz shunchalar azob uqubatlarga duchor boʻlyapsiz. Qutqaradi, deb u dunyoda Allohdan oʻzga narsalarga ibodat qilgan edingiz. Allohga sherik qilgan oʻsha narsalaringiz endi qani? Nima uchun ular kelib, sizlarni qutqarib olmayaptilar? deb soʻraladi. Ular avval haqiqatni–soxta xudolarining oʻzlaridan yoʻqolib qolganlarini, azobdan saqlab qola olmayotganlarini tan olib turib, keyin tona boshladilar. Yoʻq-yoʻq, biz oldin hech kimni shirk keltirmagan edik, deyishga oʻtdilar.)

  75. 75

    ذَٰلِكُم بِمَا كُنتُمْ تَفْرَحُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَمْرَحُونَ

    Mana shularingiz yer yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir.

  76. 76

    ٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ

    Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning joyi naqadar yomon!

  77. 77

    فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ ۚ فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ

    Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga vaʼda qilgan narsalarimizning baʼzilarini koʻrsatamiz, yoki seni vafot ettiramiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar.

  78. 78

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًۭا مِّن قَبْلِكَ مِنْهُم مَّن قَصَصْنَا عَلَيْكَ وَمِنْهُم مَّن لَّمْ نَقْصُصْ عَلَيْكَ ۗ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ فَإِذَا جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ قُضِىَ بِٱلْحَقِّ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلْمُبْطِلُونَ

    Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Paygʻambar Allohning iznisiz oyat-moʻʼjiza keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va oʻshanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar. (Alloh taolo Qurʼoni Karimda Paygʻambarimiz Muhammadga (s. a. v.) va u zotning ummatlariga oʻtgan Paygʻambarlardan yigirma toʻrttasining qissasini aytgan. Oʻsha qissalarning hammasi bilan tanishib chiqildi. Ularning hammasida kofirlar tomonidan Paygʻambarlarga (alayhimussalom) va moʻminlarga turli ozorlar berilgani, azob-uqubatlar yogʻdirilgani haqida turli maʼlumotlarga ega ham boʻlindi. Yana Qurʼoni Karimda qanchadan-qancha qissalari kelmagan Paygʻambarlar (alayhimussalom) oʻtgan boʻlib, ular ham qiyinchilik, ozor va mashaqqatlarga duchor boʻlganlar. Paygʻambarlar oʻz hollaricha odamlarga moʻʼjiza koʻrsatib, ularni lol qoldirishga uringan emas. Chunki bu ularning ishi emas. Ularning ishi Allohning taʼlimotlarini xalqqa yetkazishdir. Moʻʼjiza koʻrsatish esa, Allohga xos ishdir. U zot Oʻzi xohlagan vaqtida, Oʻzi xohlagan Paygʻambariga moʻʼjizani va uni koʻrsatish iznini beradi. Boshqa vaqtlarda Paygʻambarlar moʻʼjiza koʻrsatish haqida tashvish qilishlari kerak emas.)

  79. 79

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَنْعَٰمَ لِتَرْكَبُوا۟ مِنْهَا وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ

    Alloh sizlarga chorva hayvonlarini, ulardan baʼzilarini minishingiz uchun yaratdi. Ulardan baʼzilarini yersizlar.

  80. 80

    وَلَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَلِتَبْلُغُوا۟ عَلَيْهَا حَاجَةًۭ فِى صُدُورِكُمْ وَعَلَيْهَا وَعَلَى ٱلْفُلْكِ تُحْمَلُونَ

    Siz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz.

  81. 81

    وَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ فَأَىَّ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ تُنكِرُونَ

    Va U zot sizlarga Oʻz oyat-belgilarini koʻrsatur. Bas, Allohning qaysi oyatlarini inkor qilursizlar?!

  82. 82

    أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوٓا۟ أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةًۭ وَءَاثَارًۭا فِى ٱلْأَرْضِ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ular bulardan koʻra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi.

  83. 83

    فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَرِحُوا۟ بِمَا عِندَهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Qachonki ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular oʻzlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni oʻzlari istehzo qilgan narsa oʻrab oldi.

  84. 84

    فَلَمَّا رَأَوْا۟ بَأْسَنَا قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥ وَكَفَرْنَا بِمَا كُنَّا بِهِۦ مُشْرِكِينَ

    Qachonki azobimizni koʻrganlarida: «Biz Allohning yolgʻiz Oʻziga iymon keltirdik va Unga sherik qilgan narsalarimizga kufr keltirdik», dedilar.

  85. 85

    فَلَمْ يَكُ يَنفَعُهُمْ إِيمَٰنُهُمْ لَمَّا رَأَوْا۟ بَأْسَنَا ۖ سُنَّتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ فِى عِبَادِهِۦ ۖ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Bizning azobimizni koʻrganlaridagi iymonlari ularga mafaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy boʻlib kelgan sunnati shu. Ana oʻshanda kofirlar ziyon koʻrdilar. (Alloh taoloning joriy etgan sunnati– qoidasi boʻyicha, azobni koʻrganidan keyin qilingan tavba, keltirilgan iymon qabul etilmas. Fursatning borida iymon keltirib, amal qilib qolish kerak.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.