Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 41 · Makkiy · 54 Oyatlar

Sura Fussilat

Batafsil bayon qilingan

سورة فصلت
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Ha-a. Miym.

  2. 2

    تَنزِيلٌۭ مِّنَ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

    (Bu) Rohman va Rahiym tomonidan nozil qilingan.

  3. 3

    كِتَٰبٌۭ فُصِّلَتْ ءَايَٰتُهُۥ قُرْءَانًا عَرَبِيًّۭا لِّقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    Biladigan qavmlar uchun oyatlari mufassal bayon qilingan kitobdir.

  4. 4

    بَشِيرًۭا وَنَذِيرًۭا فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ

    Xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi boʻlgan holidadir. Bas, koʻplari undan yuz oʻgirdilar. Endi ular eshitmaslar.

  5. 5

    وَقَالُوا۟ قُلُوبُنَا فِىٓ أَكِنَّةٍۢ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ وَفِىٓ ءَاذَانِنَا وَقْرٌۭ وَمِنۢ بَيْنِنَا وَبَيْنِكَ حِجَابٌۭ فَٱعْمَلْ إِنَّنَا عَٰمِلُونَ

    Ular: «Qalblarimiz sen daʼvat qilayotgan narsadan gʻiloflardadir, quloqlarimizda ogʻirlik bor, sen bilan bizning oramizda esa, parda bor. Bas, sen amalingni qilaver, biz ham, albatta, oʻz amalimizni qilguvchilarmiz», dedilar. (Bu oyatda mushriklarning Qurʼoni Karim va Islom daʼvatiga munosabatlari ajoyib bir uslub bilan bayon qilinmoqda.)

  6. 6

    قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ فَٱسْتَقِيمُوٓا۟ إِلَيْهِ وَٱسْتَغْفِرُوهُ ۗ وَوَيْلٌۭ لِّلْمُشْرِكِينَ

    Sen: «Men ham sizga oʻxshar basharman, xolos. Menga, albatta, ilohingiz yagona ilohdir, deya vahiy qilinur. Bas, Uning Oʻzigagina toʻgʻri yuzlaning va Unga istigʻfor ayting. Mushriklar holiga voy boʻlsin.

  7. 7

    ٱلَّذِينَ لَا يُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ كَٰفِرُونَ

    Ular zakotni ado etmaslar va ular oʻzlari oxiratda kufr keltirguvchilardir.

  8. 8

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍۢ

    Albatta, iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajrlar bor», deb ayt.

  9. 9

    ۞ قُلْ أَئِنَّكُمْ لَتَكْفُرُونَ بِٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَرْضَ فِى يَوْمَيْنِ وَتَجْعَلُونَ لَهُۥٓ أَندَادًۭا ۚ ذَٰلِكَ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Sen: «Sizlar haqiqatan ham yerni ikki kunda yaratgan zotga kufr keltiryapsizmi va Unga tengdoshlar qoʻshyapsizmi?! Axir U zot olamlarning Robbi-ku!

  10. 10

    وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ مِن فَوْقِهَا وَبَٰرَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَآ أَقْوَٰتَهَا فِىٓ أَرْبَعَةِ أَيَّامٍۢ سَوَآءًۭ لِّلسَّآئِلِينَ

    U zot oʻsha(yer)ning ustida togʻlarni qildi, uni barakotli qildi va uning (ahli) rizqini toʻrt kunda oʻlchovli etib taqdir qildi. Bu soʻrovchilar uchundir», deb ayt. (Yerning rizqi, yaʼni yer, ahlining rizqi oʻlchovli, belgili qilib qoʻyilgan. Hammasi oʻlchovli, hammasi taqdir qilingan.)

  11. 11

    ثُمَّ ٱسْتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ وَهِىَ دُخَانٌۭ فَقَالَ لَهَا وَلِلْأَرْضِ ٱئْتِيَا طَوْعًا أَوْ كَرْهًۭا قَالَتَآ أَتَيْنَا طَآئِعِينَ

    Soʻngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «Ikkovingiz ixtiyor qilgan holingizda yoki majbur boʻlgan holingizda keling!» dedi. Ikkovlari: «Ixtiyor qilgan holimizda keldik», dedilar. ( Oʻsha vaqtda osmon tutun-gaz holida edi. (Dunyoning yaratilishi yuzasidan ilmiy izlanish olib borgan olimlar ham shu natijani takrorlamoqdalar). Shunchalar ulkan, mustahkam, kuchli boʻlishlariga qaramay, Allohning irodasi ketishi bilan itoatkorliklarini darhol izhor etdilar.)

  12. 12

    فَقَضَىٰهُنَّ سَبْعَ سَمَٰوَاتٍۢ فِى يَوْمَيْنِ وَأَوْحَىٰ فِى كُلِّ سَمَآءٍ أَمْرَهَا ۚ وَزَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَٰبِيحَ وَحِفْظًۭا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

    Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz, u yaqin osmonni chiroqlar-la ziynatladik va qoʻridik. Bu azizu oʻta ilmli zotning oʻlchovidir. (Shunday qilib, osmonlaru yer olti kunda barpo qilindi. U kunlar qanday kunlar ekanini Allohning Oʻzigina biladi. Ulamolarimiz, agar Alloh taolo xohlasa, bularni koʻz ochib yumguncha yaratar edi, lekin bandalariga puxtalikni oʻrgatish uchun shoshilgani yoʻq, deydilar. Axir hajmini, ichlaridagi narsalarni tasavvur ham qilib boʻlmaydigan darajada koʻp va katta boʻlgan yetti osmonning har birida Allohning vahiysi asosida ish koʻrilsa-da inson Allohga kufr keltirib oʻtirsa, shu toʻgʻri boʻladimi?! Allohga shirk keltirsa, joizmi? Oʻziga kelgan vahiyni afsona, yolgʻon, sehr, toʻqilgan uydirma deyishi aqldanmi?! Bu vahiyni eskirib qoldi, zamonga toʻgʻri kelmaydi, deyishi toʻgʻrimi?! Alloh vahiy qilgan dasturni qoʻyib, oʻzi toʻqib chiqargan dastur asosida yashashi joizmi?! Insonga yaqin osmonga yulduzlarni ziynat qilib yaratdik. Oʻsha yulduzlar osmonni jinu shaytonlardan qoʻrib turadilar)

  13. 13

    فَإِنْ أَعْرَضُوا۟ فَقُلْ أَنذَرْتُكُمْ صَٰعِقَةًۭ مِّثْلَ صَٰعِقَةِ عَادٍۢ وَثَمُودَ

    Bas, agar yuz oʻgirsalar, sen: «Men sizlarni Od va Samudga kelgan chaqmoqqa oʻxshash chaqmoq-la ogohlantirdim», deb ayt.

  14. 14

    إِذْ جَآءَتْهُمُ ٱلرُّسُلُ مِنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ قَالُوا۟ لَوْ شَآءَ رَبُّنَا لَأَنزَلَ مَلَٰٓئِكَةًۭ فَإِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ

    Oʻshanda Paygʻambarlar ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham: «Faqat Allohdan oʻzgaga ibodat qilmanglar», deb kelganlarida, ular: «Agar Robbimiz xohlasa, farishtalarni tushurur edi. Albatta, biz siz bilan yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.

  15. 15

    فَأَمَّا عَادٌۭ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَقَالُوا۟ مَنْ أَشَدُّ مِنَّا قُوَّةً ۖ أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَهُمْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُمْ قُوَّةًۭ ۖ وَكَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَجْحَدُونَ

    Od (qavmi) boʻlsa, yer yuzida nohaqdan mutkabbirlik qildilar. Ular: «Bizdan quvvatliroq kim bor?!» dedilar. Ularni yaratgan Alloh oʻzlaridan quvvatli ekanini bilmasmidilar?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etar edilar.

  16. 16

    فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًۭا صَرْصَرًۭا فِىٓ أَيَّامٍۢ نَّحِسَاتٍۢ لِّنُذِيقَهُمْ عَذَابَ ٱلْخِزْىِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَخْزَىٰ ۖ وَهُمْ لَا يُنصَرُونَ

    Bas, Biz ustlariga shumlik kunlarida sarsor shamolini yubordik. Buni ularga hayoti dunyoning xorlik azobini totdirish uchun qildik. Albatta, oxirat azobi xor qilguvchiroqdir va ularga nusrat berilmas. («Shumlik kunlari» yaʼni, yomonlik kunlari deb oyatda Od qavmi ustiga balo shamoli kelgan kunlar aytilmoqda. U oʻta sovuq va qattiq shamol boʻlib, tekkan joyini kuydirib ketadi.)

  17. 17

    وَأَمَّا ثَمُودُ فَهَدَيْنَٰهُمْ فَٱسْتَحَبُّوا۟ ٱلْعَمَىٰ عَلَى ٱلْهُدَىٰ فَأَخَذَتْهُمْ صَٰعِقَةُ ٱلْعَذَابِ ٱلْهُونِ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Ammo Samud boʻlsa, bas, Biz ularni hidoyat qildik. Ular esa, hidoyatdan koʻra koʻrlikni afzal koʻrdilar. Bas, kasb qilgan narsalari tufayli ularni xorlik azobi chaqmogʻi urdi.

  18. 18

    وَنَجَّيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ

    Iymon keltirganlarga va taqvo qilib yurganlarga najot berdik.

  19. 19

    وَيَوْمَ يُحْشَرُ أَعْدَآءُ ٱللَّهِ إِلَى ٱلنَّارِ فَهُمْ يُوزَعُونَ

    Allohning dushmanlari doʻzaxga (tashlanish uchun) jamlanadigan, ular tizib qoʻyiladigan kunni (esla).

  20. 20

    حَتَّىٰٓ إِذَا مَا جَآءُوهَا شَهِدَ عَلَيْهِمْ سَمْعُهُمْ وَأَبْصَٰرُهُمْ وَجُلُودُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Nihoyat unga yetib kelishgach, quloqlari, koʻzlari va terilari qilib oʻtgan narsalari haqida ularga qarshi guvohlik beradilar. (Allohning dushmanlari boʻlgan kofirlar jahannam tomon haydalganlaridan keyin, jahannamga yetib kelishgach, gunohlari haqida quloqlari, koʻzlari va terilari ularga qarshi guvohlik berur.)

  21. 21

    وَقَالُوا۟ لِجُلُودِهِمْ لِمَ شَهِدتُّمْ عَلَيْنَا ۖ قَالُوٓا۟ أَنطَقَنَا ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنطَقَ كُلَّ شَىْءٍۢ وَهُوَ خَلَقَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Ular terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» dedilar. U(teri)lar: «Har bir narsani nutq qildirgan Alloh bizni ham nutq qildirdi. U zot sizlarni avval- boshda yaratgan va Ungagina qaytarilursizlar», dedilar. (Alloh sizlarni yoʻqdan bor qilgan zot-ku, nima uchun unga dushman boʻldingiz oʻzi?! Yana, nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz, deysizlar!)

  22. 22

    وَمَا كُنتُمْ تَسْتَتِرُونَ أَن يَشْهَدَ عَلَيْكُمْ سَمْعُكُمْ وَلَآ أَبْصَٰرُكُمْ وَلَا جُلُودُكُمْ وَلَٰكِن ظَنَنتُمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَا يَعْلَمُ كَثِيرًۭا مِّمَّا تَعْمَلُونَ

    Siz oʻzingizga qarshi qulogʻingiz, koʻzlaringiz va terilaringiz guvohlik berishlaridan yashirinmas edingiz. Lekin Alloh qilayotgan amallaringizning koʻpini bilmaydi, deb gumon qilar edingiz. (Siz gunoh ishlarni qilayotgan vaqtingizda odamlar guvoh boʻlmasin, deb berkinsangiz ham, quloq, koʻz va terilaringizdan berkina olmas edingiz, bizga qarshi guvohlik bermaydi, deb oʻylardingiz.)

  23. 23

    وَذَٰلِكُمْ ظَنُّكُمُ ٱلَّذِى ظَنَنتُم بِرَبِّكُمْ أَرْدَىٰكُمْ فَأَصْبَحْتُم مِّنَ ٱلْخَٰسِرِينَ

    Ana oʻsha Robbingiz haqida qilgan gumoningiz sizni halokatga uchratdi. Bas, ziyonkorlardan boʻldingiz.

  24. 24

    فَإِن يَصْبِرُوا۟ فَٱلنَّارُ مَثْوًۭى لَّهُمْ ۖ وَإِن يَسْتَعْتِبُوا۟ فَمَا هُم مِّنَ ٱلْمُعْتَبِينَ

    Agar sabr qilsalar, jahannam ularga makondir. Agar itobni talab qilsalar, ular itobga qaytariluvchi ham boʻlmaslar.

  25. 25

    ۞ وَقَيَّضْنَا لَهُمْ قُرَنَآءَ فَزَيَّنُوا۟ لَهُم مَّا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَحَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍۢ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ خَٰسِرِينَ

    Biz ularga «doʻstlar» tayyorladik. Bas, oʻshalar ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni ziynatlab koʻrsatdilar va ularga ham oʻzlaridan oldin oʻtgan jin va insdan boʻlgan ummatlar qatori (azob) soʻzi haq boʻldi. Albatta, ular ziyonkor boʻldilar. (Insonga yomon ishi, gunoh amali yaxshi boʻlib koʻrinishi eng katta balodir. Odam bolasiga eng katta musibat xatolari va gunohlarini his etish tuygʻusini yoʻqotishi oqibatida yetadi. U oʻzining har bir ishini yaxshi, goʻzal deb biladi. Uning atrofidagi doʻstlari ham buni tasdiqlab turadi. Agar yaqin doʻstlar unga avvalgi gunohlarini ham, boʻlajak gunohlarini ham ziynatlab koʻrsataversalar, ular uni jahannam tomon maqtab-maqtab olib ketayotgan boʻladilar. Aslida doʻstlik emas, dushmanlik qilayotgan boʻladilar. Oqil inson maslahatgoʻyning maslaxatidan kim doʻst, kim dushman ekanini bilib oladi. Doʻst achitib gapiradi, dushman kuldirib. Yaqin doʻstlari maqtovidan shod boʻlib, oʻz amali oʻziga ziynatli tuyulganlar borib-borib halokatga yoʻliqdilar.)

  26. 26

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَسْمَعُوا۟ لِهَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَٱلْغَوْا۟ فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَغْلِبُونَ

    Kufr keltirganlar: «Bu Qurʼonga quloq solmanglar, unga xalaqit bering, shoyadki gʻolib boʻlsangiz», dedilar.

  27. 27

    فَلَنُذِيقَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَذَابًۭا شَدِيدًۭا وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَسْوَأَ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Bas, albatta, Biz kufr keltirganlarga shiddatli azobni tottiramiz va, albatta, ularga qilib yurgan amallarining eng yomon jazosini beramiz.

  28. 28

    ذَٰلِكَ جَزَآءُ أَعْدَآءِ ٱللَّهِ ٱلنَّارُ ۖ لَهُمْ فِيهَا دَارُ ٱلْخُلْدِ ۖ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَجْحَدُونَ

    Mana, Alloh dushmanlarining jazosi doʻzaxdir. Ularga unda abadiylik diyori bor. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi shudir.

  29. 29

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ رَبَّنَآ أَرِنَا ٱلَّذَيْنِ أَضَلَّانَا مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ نَجْعَلْهُمَا تَحْتَ أَقْدَامِنَا لِيَكُونَا مِنَ ٱلْأَسْفَلِينَ

    Kufr keltirganlar: «Ey Robbimiz, bizni adashtirgan jin va insdan boʻlgan shaxslarni bizga koʻrsatgin, ularni oyoqlarimiz ostiga olaylik, toki ular eng pastlardan boʻlsinlar», dedilar.

  30. 30

    إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَٰمُوا۟ تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَبْشِرُوا۟ بِٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ

    Albatta, «Robbimiz Alloh» degan, soʻngra mustaqiym boʻlganlarning ustilaridan farishtalar: «Qoʻrqmanglar, mahzun ham boʻlmanglar, oʻzingizga vaʼda qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar.

  31. 31

    نَحْنُ أَوْلِيَآؤُكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَشْتَهِىٓ أَنفُسُكُمْ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَدَّعُونَ

    Biz hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning doʻstlaringizdirmiz. Sizga u(jannat)da koʻnglingiz ishtaha qilgan narsa bordir va sizga unda orzu qilingan narsangiz bordir.

  32. 32

    نُزُلًۭا مِّنْ غَفُورٍۢ رَّحِيمٍۢ

    Bu oʻta magʻfiratli va oʻta rahmli zotdan ziyofatdir», deb tusharlar.

  33. 33

    وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلًۭا مِّمَّن دَعَآ إِلَى ٱللَّهِ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا وَقَالَ إِنَّنِى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Allohga daʼvat qilgan, solih amallarni qilgan va «Albatta, men musulmonlardanman!» degan, kishidan ham goʻzal soʻzli kim bor?! (Dunyodagi eng goʻzal soʻz Alloh taolo yoʻliga chaqiruvchi soʻzdir. Dunyodagi eng goʻzal soʻzlovchi Alloh taologa daʼvat qiluvchining oʻzidir. Ammo oʻsha soʻzning haqiqatda goʻzal boʻlishi va oʻsha soʻzlovchining oʻzi eng goʻzal soʻzlovchi boʻlishi uchun quruq daʼvatning oʻzi yetmaydi. Balki daʼvat bilan birga, solih amal boʻlishi hamda: «Albatta, men musulmonlardanman», deyishi kerak. Ana oʻshandagina, u odam eng goʻzal soʻz soʻzlagan boʻladi. Zero, faqat musulmonligi tufayli shu fazlga ega boʻlgandir.)

  34. 34

    وَلَا تَسْتَوِى ٱلْحَسَنَةُ وَلَا ٱلسَّيِّئَةُ ۚ ٱدْفَعْ بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ فَإِذَا ٱلَّذِى بَيْنَكَ وَبَيْنَهُۥ عَدَٰوَةٌۭ كَأَنَّهُۥ وَلِىٌّ حَمِيمٌۭ

    Yaxshilik bilan yomonlik barobar boʻlmas. Sen yaxshilik boʻlgan narsa ila daf qil. Koʻribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa, xuddi sodiq doʻstdek boʻlur. (Bu Islom daʼvatchilari uchun juda ham zarur bir sifatdir. Har bir narsani yomonlik bilan emas, faqat yaxshilik bilan qarshi olish darajasiga yetgan daʼvatchigina katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ammo bu sifatga erishish oson emas.)

  35. 35

    وَمَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَمَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ذُو حَظٍّ عَظِيمٍۢ

    Unga faqat sabr qilganlargina erishur. Unga faqat ulugʻ nasiba egasi boʻlganlargina erishur. (Sabr qilmasa, darhol yomon soʻzga yomon soʻz qaytaradi. Yomon ishga yomon ish qaytaradi. Bu esa, daʼvatchiga hech foyda bermaydi. Allohning diniga daʼvat qiluvchi shaxs kishilarning havoi nafslariga, oʻrganib qolgan odatlariga, ularning shaxsiy manfaat deb oʻylab yurgan baʼzi bir narsalariga qarshi gapirishi kerak.)

  36. 36

    وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ نَزْغٌۭ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Agar seni shayton vasvasasidan bir vasvasa tutsa, Allohdan panoh soʻra. Albatta, U zot oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchi zotdir. (Agar shayton vasvasaga solib, seni yomonliklarni yaxshilik bilan qaytarishan aynitmoqchi boʻlsa, Alloh taoloning Oʻzidan panoh soʻra. unga sigʻin. U seni saqlaydi. «Albatta, U zot oʻta eshituvchi va oʻta biluvchi zotdir». U har bir muhtojning iltimosini eshitadi. Daʼvatchi buni yaxshi anglashi lozim.)

  37. 37

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِ ٱلَّيْلُ وَٱلنَّهَارُ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ ۚ لَا تَسْجُدُوا۟ لِلشَّمْسِ وَلَا لِلْقَمَرِ وَٱسْجُدُوا۟ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَهُنَّ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ

    Kechayu kunduz, quyoshu oy Uning oyat-belgilaridan. Bas, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar. Ularni yaratgan Allohga sajda qiling. Gar siz Ungagina ibodat qilmoqchi boʻlsangiz.

  38. 38

    فَإِنِ ٱسْتَكْبَرُوا۟ فَٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ يُسَبِّحُونَ لَهُۥ بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَهُمْ لَا يَسْـَٔمُونَ ۩ ۩

    Agar ular mutakabbirlik qilsalar. Robbingning huzuridagilar Unga kechasiyu kunduzi tasbih ayturlar. Ular malol olmaslar.

  39. 39

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنَّكَ تَرَى ٱلْأَرْضَ خَٰشِعَةًۭ فَإِذَآ أَنزَلْنَا عَلَيْهَا ٱلْمَآءَ ٱهْتَزَّتْ وَرَبَتْ ۚ إِنَّ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاهَا لَمُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Yana Uning oyat-belgilaridan, yerni qaqragan holda koʻrishingdir. Bas, Biz uning ustidan suv tushursak, u qimirlar va oʻsadir. Uni tiriltirgan zot, albatta, oʻliklarni ham tiriltirguvchidir. Albatta, U zot har bir narsaga qodirdir.

  40. 40

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا لَا يَخْفَوْنَ عَلَيْنَآ ۗ أَفَمَن يُلْقَىٰ فِى ٱلنَّارِ خَيْرٌ أَم مَّن يَأْتِىٓ ءَامِنًۭا يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ ٱعْمَلُوا۟ مَا شِئْتُمْ ۖ إِنَّهُۥ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

    Albatta, oyatlarimiz haqida egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy boʻlib qolmaslar. Doʻzaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?! Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir. (Bu oyati karima Qurʼoni Karim moʻʼjizasi boʻlib, Allohning biru borligi va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi borliqdagi oyat-belgilarga nisbatan egrilik ila munosabatda boʻlgan odamlarning ahvolini bayon qiladi. Allohning oyatlari haqida egrilik qiladiganlar qiyomat kuni doʻzaxga, toʻgʻrilik qiladiganlar jannatga kiradilar. Xoʻsh, ulardan qaysi biri yaxshi? Hamma narsa maʼlum va ochiq-oydin boʻldi. Endi: Xohlasangiz, quyoshga sajda qiling. Xohlasangiz, oyga sajda qiling. Xohlasangiz, Allohning oyatlari haqida kufr soʻzlar ayting. Har bir ishingizni Alloh taolo koʻrib turadi. Qiyomatda amalingizga yarasha jazolaydi.)

  41. 41

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِٱلذِّكْرِ لَمَّا جَآءَهُمْ ۖ وَإِنَّهُۥ لَكِتَٰبٌ عَزِيزٌۭ

    Albatta, oʻzlariga Zikr kelganda unga kufr keltirganlar... Albatta, U aziz kitobdir.

  42. 42

    لَّا يَأْتِيهِ ٱلْبَٰطِلُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَلَا مِنْ خَلْفِهِۦ ۖ تَنزِيلٌۭ مِّنْ حَكِيمٍ حَمِيدٍۢ

    Uning oldidan ham, ortidan ham botil kelmas. U oʻta hikmatli va oʻta maqtalgan zotning tushirganidir.

  43. 43

    مَّا يُقَالُ لَكَ إِلَّا مَا قَدْ قِيلَ لِلرُّسُلِ مِن قَبْلِكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍۢ وَذُو عِقَابٍ أَلِيمٍۢ

    Senga aytilayotgan narsaki bor, batahqiq, sendan oldingi Paygʻambarlarga ham aytilgandir. Albatta, Robbing magʻfirat egasidir va alamli azob egasidir.

  44. 44

    وَلَوْ جَعَلْنَٰهُ قُرْءَانًا أَعْجَمِيًّۭا لَّقَالُوا۟ لَوْلَا فُصِّلَتْ ءَايَٰتُهُۥٓ ۖ ءَا۬عْجَمِىٌّۭ وَعَرَبِىٌّۭ ۗ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ هُدًۭى وَشِفَآءٌۭ ۖ وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ فِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرٌۭ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ يُنَادَوْنَ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍۢ

    Agar Biz uni ajamiycha Qurʼon qilganimizda, albatta: «Uning oyatlari mufassal bayon qilinganida edi. Arabiyga ajamchami?!» der edilar. Sen: «U iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir. Iymon keltirmaydiganlarning quloqlarida ogʻirlik bordir. U ular uchun koʻrlikdir. Ular uzoq makondan chaqirilayotganlardir», deb ayt. (Farazan Qurʼonni arab tilida emas, biror ajamiy tilda nozil qilganimizda, kofir mushriklar bunga ham gap topar edilar. Chunki, aslida, Qurʼonga ergashish niyatlari yoʻq.)

  45. 45

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۗ وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّۢ مِّنْهُ مُرِيبٍۢ

    Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbing tomonidan oldin soʻz oʻtmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi. Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar. (Muso alayhissalomning qavmi Tavrot haqida ixtilof qildi. Baʼzilari iymon keltirdi. Baʼzilari kufrga ketdi. Xuddi Qurʼonga nisbatan munosabatga oʻxshash munosabat boʻldi. Agar Alloh taolo qiyomatda hisob-kitob qilishga soʻz bermaganida, kitobiga kufr keltirganlarni, albatta, azobga duchor etar edi.)

  46. 46

    مَّنْ عَمِلَ صَٰلِحًۭا فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَسَآءَ فَعَلَيْهَا ۗ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّٰمٍۢ لِّلْعَبِيدِ

    Kim solih amal qilsa, oʻziga foyda. Kim yomonlik qilsa, oʻziga zarar. Robbing bandalarga zulm qilguvchi emas.

  47. 47

    ۞ إِلَيْهِ يُرَدُّ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ ۚ وَمَا تَخْرُجُ مِن ثَمَرَٰتٍۢ مِّنْ أَكْمَامِهَا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ أَيْنَ شُرَكَآءِى قَالُوٓا۟ ءَاذَنَّٰكَ مَا مِنَّا مِن شَهِيدٍۢ

    Soat (Qiyomat) ilmi Uning Oʻzigagina qaytarilur. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir urgʻochining nimaga homilador boʻlishi ham, nimani tugʻishi ham faqat Uning ilmi ila boʻlur. U zot ularga: «Mening sheriklarim qani?!» deb nido qiladigan kunda, ular: «Biz Senga bildiramizki, bunga bizdan birorta guvoh yoʻq», derlar.

  48. 48

    وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَدْعُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَظَنُّوا۟ مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍۢ

    Va ulardan ilgari iltijo qilib yurgan narsalari gʻoyib boʻldi. Ular oʻzlariga qochar joy yoʻqligiga toʻla ishondilar.

  49. 49

    لَّا يَسْـَٔمُ ٱلْإِنسَٰنُ مِن دُعَآءِ ٱلْخَيْرِ وَإِن مَّسَّهُ ٱلشَّرُّ فَيَـُٔوسٌۭ قَنُوطٌۭ

    Inson yaxshilik tilashni hech malol olmas. Agar uni yomonlik tutsa, u umidsiz tushkundir. (Bu dunyoda inson oʻziga yaxshilik tilashdan hech toʻxtamaydi. Unga qanchalik koʻp yaxshilik yetsa, yana koʻproq yaxshilik kelishini istaydi, hech malol olmaydi. Ammo ozgina zarar yetsa, qattiq xafa boʻlib ketadi. Umidsizlanib tushkunlikka tushadi. Besh kunlik dunyoning yaxshiligiga shunchalik qattiq hirs qoʻygan, yomonligidan shunchalik qoʻrqqan inson nima uchun oxiratning abadiy azobidan qoʻrqmaydi va abadiy yaxshiligiga qiziqmaydi?!)

  50. 50

    وَلَئِنْ أَذَقْنَٰهُ رَحْمَةًۭ مِّنَّا مِنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ هَٰذَا لِى وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةًۭ وَلَئِن رُّجِعْتُ إِلَىٰ رَبِّىٓ إِنَّ لِى عِندَهُۥ لَلْحُسْنَىٰ ۚ فَلَنُنَبِّئَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِمَا عَمِلُوا۟ وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍۢ

    Agar Biz unga uni tutgan zarardan soʻng Oʻzimizdan rahmat tottirsak, albatta, u: «Bu menikidir. Men (Qiyomat) soati qoim boʻladir, deb oʻylamasman. Agar Robbimga qaytarilsam, albatta, men uchun Uning huzurida goʻzal (mukofot) bordir», der. Bas, albatta, kufr keltirganlarga qilgan amallari xabarini berurmiz. Albatta, ularga ogʻir azobdan tottirurmiz.

  51. 51

    وَإِذَآ أَنْعَمْنَا عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ أَعْرَضَ وَنَـَٔا بِجَانِبِهِۦ وَإِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ فَذُو دُعَآءٍ عَرِيضٍۢ

    Qachon insonga neʼmat bersak, u yuz oʻgirar va yonboshi ila uzoqlashar. Qachon uni yomonlik tutsa, bas, u uzundan-uzoq duo egasidir.

  52. 52

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ثُمَّ كَفَرْتُم بِهِۦ مَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ هُوَ فِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍۢ

    Sen: «Menga aytinglar-chi, agar u Allohning huzuridan boʻlsa-yu, siz unga kufr keltirib yurgan boʻlsangiz. Xoʻsh, (haqdan) uzoq tortishuvda boʻlganlardan ham adashganroq kim bor?!» deb ayt.

  53. 53

    سَنُرِيهِمْ ءَايَٰتِنَا فِى ٱلْءَافَاقِ وَفِىٓ أَنفُسِهِمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ ۗ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌ

    Biz ularga ham ufqlardagi, ham oʻz nafslaridagi oyat-belgilarimizni koʻrsatamiz. Toki ularga Uning haqligi ravshan boʻlsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?! (Darhaqiqat, oʻtgan davr ichida Alloh taolo odamlarga ufqlarda, atrof-jonibida koʻplab ajoyibotlarni anglatib qoʻydiki, oʻsha belgilarni oʻrgangan odamlar Qurʼonning haq ilohiy kitob ekanini tan olib, musulmon boʻlmoqdalar. Yershunos, osmonshunos, tabiatshunos, hayvonshunos va boshqa turli soha olimlari Allohning ufqlaridagi oyat-belgilarini oʻrganib, Alloh taologa iymon keltirmoqdalar. Shuningdek, insonning oʻzini oʻrgangan olimlar ham Qurʼonni tan olmoqdalar.)

  54. 54

    أَلَآ إِنَّهُمْ فِى مِرْيَةٍۢ مِّن لِّقَآءِ رَبِّهِمْ ۗ أَلَآ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍۢ مُّحِيطٌۢ

    Ogoh boʻlinglar. Albatta, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishdan shakdadirlar. Ogoh boʻlinglar. Albatta, U zot har bir narsani ixota qilguvchidir. (Unga roʻbaroʻ boʻlishdan qochib qayerga boradilar?)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.