Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 42 · Makkiy · 53 Oyatlar

Sura Shuro

Maslahat

سورة الشورى
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Ha-a. Miym.

  2. 2

    عٓسٓقٓ

    Ayn. Siyn. Qo-of.

  3. 3

    كَذَٰلِكَ يُوحِىٓ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Azizu oʻta hikmatli boʻlmish Alloh senga va sendan avvalgilarga mana shunday vahiy qilur.

  4. 4

    لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْعَظِيمُ

    Osmondagi narsalar va yerdagi narslar unikidir. U zot yuksak va ulugʻdir. (Osmonda nimaiki boʻlsa, Allohnikidir. Alloh taoloning mulkidir. Yerda nimaiki boʻlsa, Allohnikidir. Ularning hamma-hammasi Alloh taloning mulkidir. Uning mulkiga hech kim sherik boʻla olmas.)

  5. 5

    تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرْنَ مِن فَوْقِهِنَّ ۚ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydir. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istigʻfor soʻrarlar. Ogoh boʻlingkim, albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahmli zotdir. (Alloh taoloning yuksakligi va ulugʻligi qarshisida chiday olmay, osmonlar oʻz ustilaridan yorilib ketay, deb turadilar.)

  6. 6

    وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهُ حَفِيظٌ عَلَيْهِمْ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍۢ

    Undan oʻzga «doʻstlar» tutganlarga Alloh kuzatguvchidir. Sen ularga vakil emassan

  7. 7

    وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ قُرْءَانًا عَرَبِيًّۭا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنذِرَ يَوْمَ ٱلْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ فَرِيقٌۭ فِى ٱلْجَنَّةِ وَفَرِيقٌۭ فِى ٱلسَّعِيرِ

    Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, boʻlishida hech shubha yoʻq jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qurʼonni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh doʻzaxda. (Ilmiy izlanishlar koʻrsatdiki, Makkai Mukarrama yerning quruqlik qismining qoq markazi ekan. Bu haqiqatdan, oyati karimadagi «shaharlarning onasi va uning atrofini ogohlantirishing uchun» degani, butun yer yuzini ogohlantirishing uchun, degani ekanligi maʼlum boʻldi. Shu kashfiyotga asoslanib, dunyoning hamma nuqtasidan turib qiblani topib oladigan asbob yaratildi.)

  8. 8

    وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَهُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَلَٰكِن يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّٰلِمُونَ مَا لَهُم مِّن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍ

    Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin U zot xohlagan kishini Oʻz rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir doʻst ham, yordam beruvchi ham yoʻqdir.

  9. 9

    أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۖ فَٱللَّهُ هُوَ ٱلْوَلِىُّ وَهُوَ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Yoki ular undan boshqa «doʻstlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning Oʻzigina doʻstdir. U zot oʻliklarni tiriltirur. Uzot har bir narsaga qodirdir.

  10. 10

    وَمَا ٱخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِن شَىْءٍۢ فَحُكْمُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبِّى عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ

    «Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana oʻsha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va Ungagina qayturman».

  11. 11

    فَاطِرُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًۭا وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ أَزْوَٰجًۭا ۖ يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ ۚ لَيْسَ كَمِثْلِهِۦ شَىْءٌۭ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ

    U osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi zotdir. U sizlarga oʻz jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni oʻsha (juftlik) asosida koʻpaytirur. U zotga oʻxshash hech narsa yoʻqdir. U zot oʻta eshitguvchi, oʻta koʻrguvchi zotdir.

  12. 12

    لَهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ

    Osmonlaru yer (xazinalari) kalitlari Unikidir. U xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan u barcha narsani oʻta bilguvchi zotdir.

  13. 13

    ۞ شَرَعَ لَكُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِۦ نُوحًۭا وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِۦٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰٓ ۖ أَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا۟ فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى ٱلْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ ٱللَّهُ يَجْتَبِىٓ إِلَيْهِ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ

    U zot sizlarga din etib Oʻzi Nuhga vasiyat qilgan va senga vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysolarga vasiyat qilgan narsamizni shariat qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni daʼvat qilgan narsa ogʻir keldi. Alloh Oʻzi xohlagan kishisini (Paygʻambarlikka) tanlab olur va U Oʻzigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur. (Ey odamlar, dinni Alloh taolodan qanday kelgan boʻlsa, shunday barpo qilingiz, unga ana shunday holida amal qilingiz. Din haqida turli tafriqaga tushib, ixtilof qilmangiz.)

  14. 14

    وَمَا تَفَرَّقُوٓا۟ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى لَّقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُورِثُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِنۢ بَعْدِهِمْ لَفِى شَكٍّۢ مِّنْهُ مُرِيبٍۢ

    Ular faqat oʻzlariga ilm kelgandan keyingina, oʻzaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) maʼlum muddatgacha (qoldirish) haqida soʻz oʻtgan boʻlmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar. (Dinda tafriqaga tushganlari uchun mazkur nobakor qavmlarini allaqachon halok qilib yuborish kerak edi. Ammo, Alloh taoloning oldindan ajalni belgilab qoʻyganigina bu ishni toʻsib turibdi. Ilohiy kitob kelganda oʻzaro hasad va adovat ila tafriqaga tushganlarning kitobiga voris qilingan yahudiy va nasorolar Qurʼon tushgan paytda ham oʻz kitoblari haqida shak-shubhadadirlar.)

  15. 15

    فَلِذَٰلِكَ فَٱدْعُ ۖ وَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ ۖ وَقُلْ ءَامَنتُ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِن كِتَٰبٍۢ ۖ وَأُمِرْتُ لِأَعْدِلَ بَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ ۖ لَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ ۖ لَا حُجَّةَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ يَجْمَعُ بَيْنَنَا ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

    Bas, shuning uchun ham daʼvat qil, oʻzingga amr qilinganidek, mustaqim tur va ularning havoi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat oʻrnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizning amallaringiz oʻzingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga oʻrin) yoʻq. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolgʻiz Uning Oʻzigadir», deb ayt. (Alloh senga bergan dinga odamlarni daʼvat qil va oʻz daʼvatingda Alloh senga buyurganidek mustaqim tur. Oʻtgan Paygʻambarlarning dinida tafriqaga tushgan va kitoblariga shak-shubha qilgan nobakor qavmlarning havoi nafslariga ergashma. Ey Paygʻambar, Alloh tomonidan menga siz bandalar orangizda mutlaq adolat ila hukm qilishga buyurildim. Kishilarning diniga, jinsiga, nasl-nasabiga, mansabiga, obroʻ-eʼtiboriga qarab emas, odamligiga, Allohning bandasi ekanligiga nisbatan adolat oʻrnatishga buyurildim, deb ayt)

  16. 16

    وَٱلَّذِينَ يُحَآجُّونَ فِى ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا ٱسْتُجِيبَ لَهُۥ حُجَّتُهُمْ دَاحِضَةٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَعَلَيْهِمْ غَضَبٌۭ وَلَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌ

    Alloh haqida Unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga gʻazab bordir va ularga shiddatli azob bordir. (Yaʼni, moʻmin-musulmonlar Allohga va uning diniga ijobat qilganlaridan keyin, kofir va mushriklarning haq ekanligiga har qancha hujjat-dalil keltirsalar ham, Allohning nazdida ularning hujjat-dalillari botildir.)

  17. 17

    ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ وَٱلْمِيزَانَ ۗ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ قَرِيبٌۭ

    Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol (qiyomat) soati yaqindir!

  18. 18

    يَسْتَعْجِلُ بِهَا ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا ٱلْحَقُّ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلَّذِينَ يُمَارُونَ فِى ٱلسَّاعَةِ لَفِى ضَلَٰلٍۭ بَعِيدٍ

    U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istarlar, iymon keltirganlar esa, undan qoʻrquvchidirlar, zotan uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh boʻling! Albatta, (qiyomat) soati haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.

  19. 19

    ٱللَّهُ لَطِيفٌۢ بِعِبَادِهِۦ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ

    Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu azizdir. (Yaʼni, bandalarning kim boʻlishidan qatʼi nazar, ularga shafqat qiladi, yaxshilik koʻrsatadi, isyonlariga qaramay, ularga xayru barakalarini serob qilib qoʻyadi.)

  20. 20

    مَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلْءَاخِرَةِ نَزِدْ لَهُۥ فِى حَرْثِهِۦ ۖ وَمَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْءَاخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ

    Kim oxirat hosilini istasa, Biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, Biz unga oʻshandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba boʻlmas. (Bu dunyo rizqini xohlab, oʻshanga yarasha harakat qilgan bandaga bu dunyo rizqini beradi. Ammo bu dunyo rizqini istagan oʻsha bandaga oxiratdan hech qanday nasiba qolmaydi. Oxirat hosilini istagan odam esa, bu dunyo hosilidan ham boshqalardan koʻra yaxshiroq bahramand boʻladi. Allohga iymon keltirib, Uning shariatiga amal qilganlar yaxshi oqibatga erishishlari turgan gap.)

  21. 21

    أَمْ لَهُمْ شُرَكَٰٓؤُا۟ شَرَعُوا۟ لَهُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنۢ بِهِ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةُ ٱلْفَصْلِ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik (xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi boʻlmaganida, albatta, ular oʻrtasida hukm qilingan boʻlar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir. (Dinsiz, iymonsiz kishilar, Allohning amriga yurmasdan, turli gunoh ishlarni qiladilar. Gunoh ishlarga Alloh taolo izn bermagani, ularni man qilgani juda ham ravshan. Ammo baʼzi odamlar gunoh va maʼsiyatlarni bemolol qilmoqdalar. Ularga mazkur gunoh va maʼsiyatlarni qilishga kim izn beradi? Allohga sherik keltirgan xudolarimi?! Oʻsha sherik xudolari ularga Alloh izn bermagan ishlarni qilishni qonunlashtirib berganmi? Agar bandalarning amallariga savob yoki azob qiyomatda boʻlishi haqidagi ajrim soʻzi boʻlmaganida, bandalar orasida hoziroq hukm qilinib qoʻyilgan boʻlar edi.)

  22. 22

    تَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا كَسَبُوا۟ وَهُوَ وَاقِعٌۢ بِهِمْ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِى رَوْضَاتِ ٱلْجَنَّاتِ ۖ لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ

    Zolimlarni oʻzlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qoʻrquvchi oʻlaroq koʻrasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat bogʻlaridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning oʻzi katta fazldir.

  23. 23

    ذَٰلِكَ ٱلَّذِى يُبَشِّرُ ٱللَّهُ عِبَادَهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا ٱلْمَوَدَّةَ فِى ٱلْقُرْبَىٰ ۗ وَمَن يَقْتَرِفْ حَسَنَةًۭ نَّزِدْ لَهُۥ فِيهَا حُسْنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ شَكُورٌ

    Ana oʻsha, Alloh iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga berayotgan xushxabardir. Sen: «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina soʻrayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga oʻsha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta shukr qilguvchi zotdir. (Ushbu jumla maʼnosi haqida ulamolarimiz bir necha xil fikrlar aytishgan. Misol uchun, Saʼiyd ibn Jubayr (r. a) «qarindoshlik mehri» iborasini Paygʻambarimizning (s. a. v) ahl baytlari, deb taʼvil qilganlar. Hazrati Abdulloh ibn Abbos (r. a) esa, Quraysh urugʻlari ichidan har biri turli yoʻllar bilan Paygʻambarimiz Muhammadga (s. a. v) qarindoshlik rishtalari ila bogʻlanar edi, shuning uchun bu jumlada u kishi qurayshliklarga, daʼvatlari uchun ulardan ajr soʻramasliklari, balki qarindoshlik haq-hurmatini oʻrniga qoʻyishini soʻrayotganlari, ifodalangan, deydilar. Bundan qarindoshchiligimiz hurmati mening ishimga qarshi chiqmanglar, daʼvatim yoʻlini toʻsmanglar, degan maʼno chiqadi.)

  24. 24

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا ۖ فَإِن يَشَإِ ٱللَّهُ يَخْتِمْ عَلَىٰ قَلْبِكَ ۗ وَيَمْحُ ٱللَّهُ ٱلْبَٰطِلَ وَيُحِقُّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh Oʻz soʻzlari ila botilni yoʻq qilib, haqni haq qilur. Albatta, u dillardagi narsani oʻta bilguvchidir.

  25. 25

    وَهُوَ ٱلَّذِى يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَعْفُوا۟ عَنِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ وَيَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ

    Uning Oʻzi bandalaridan tavbani qabul qilur, gunohlarini afv etur va nima qilayotganingizni bilur.

  26. 26

    وَيَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۚ وَٱلْكَٰفِرُونَ لَهُمْ عَذَابٌۭ شَدِيدٌۭ

    U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga Oʻz fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga, shiddatli azob bordir.

  27. 27

    ۞ وَلَوْ بَسَطَ ٱللَّهُ ٱلرِّزْقَ لِعِبَادِهِۦ لَبَغَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَٰكِن يُنَزِّلُ بِقَدَرٍۢ مَّا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرٌۢ بَصِيرٌۭ

    Agar Alloh bandaariga rizqni keng qilib qoʻysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U Oʻzi xohlaganiga oʻlchov bilan tushirur. Albatta, u oʻz bandalaridan oʻta xabardor va ularni oʻta koʻrguvchidir.

  28. 28

    وَهُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ مِنۢ بَعْدِ مَا قَنَطُوا۟ وَيَنشُرُ رَحْمَتَهُۥ ۚ وَهُوَ ٱلْوَلِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    U zot (odamlar) noumid boʻlganlaridan keyin yomgʻirni nozil qilur va Oʻz rahmatini taratur. U valiy va maqtalgan zotdir.

  29. 29

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَثَّ فِيهِمَا مِن دَآبَّةٍۢ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ جَمْعِهِمْ إِذَا يَشَآءُ قَدِيرٌۭ

    U zotning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qoʻyilishidir. Va U zot agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.

  30. 30

    وَمَآ أَصَٰبَكُم مِّن مُّصِيبَةٍۢ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُوا۟ عَن كَثِيرٍۢ

    Sizga qaysi bir musibat yetsa, bas, oʻz qoʻlingiz qilgan kasbdandir va U zot koʻpini afv qilur. (Insonning oʻzidan oʻtmasa, unga biror musibat yetmaydi. Lekin oʻta mehribon boʻlgan Alloh bandasini har bir gunohi uchun musibatga duchor qilavermaydi, faqat baʼzisi uchungina musibatga duchor qiladi, koʻpini kechirib yuboradi. Agar Alloh taolo insonni har bir aybi uchun musibatga uchratadigan boʻlsa, inson darhol halokatga yuz tutar edi.)

  31. 31

    وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا نَصِيرٍۢ

    Va siz yer yuzida qochib qutula olmassiz. Hamda siz uchun Allohdan oʻzga valiy ham, nusrat berguvchi ham yoʻq.

  32. 32

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِ ٱلْجَوَارِ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَٰمِ

    Dengizda togʻdek boʻlib suzib yurguvchi kemalar U zotning oyat-belgilaridandir.

  33. 33

    إِن يَشَأْ يُسْكِنِ ٱلرِّيحَ فَيَظْلَلْنَ رَوَاكِدَ عَلَىٰ ظَهْرِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍ

    Agar U zot xohlasa, shamolni toʻxtatib qoʻyur. Bas, u(kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, ana shunda har bir sabr qiluvchi va shukr qilguvchi uchun oyat-belgilar bordir.

  34. 34

    أَوْ يُوبِقْهُنَّ بِمَا كَسَبُوا۟ وَيَعْفُ عَن كَثِيرٍۢ

    Yoki u(kema)larni alarning kasbi tufayli halok qilur va U zot koʻpni afv qilur.

  35. 35

    وَيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍۢ

    Toki Bizning oyatlarimiz haqida tortishadiganlar bilsinlarki, ular uchun hech bir qochar joy yoʻqdir.

  36. 36

    فَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍۢ فَمَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

    Sizga berilgan narsalar hayoti dunyoning matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir. (Ushbu berilgan narsalar xoh molu dunyo boʻlsin, nima boʻlsa boʻlsin—hammasi bu dunyoning matohi, oʻtkinchi hoy-havas, xolos. Ularning haqiqiy qadr mezonida hech bir ogʻirligi yoʻq. Haqiqiy qadr-qiymatga, boqiylikka ega narsalar boshqa tomonda —oxiratda, Allohning huzuridadir. Allohning huzuridagi oʻsha narsalar, bu dunyo matohi kabi, kim boʻlishidan qatʼi nazar hamma uchun emas.)

  37. 37

    وَٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ وَإِذَا مَا غَضِبُوا۟ هُمْ يَغْفِرُونَ

    Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda boʻladigan va gʻazablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir.

  38. 38

    وَٱلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِرَبِّهِمْ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَمْرُهُمْ شُورَىٰ بَيْنَهُمْ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Robbilariga ijobat qilgan, namozni toʻkis ado etgan, ishlari oʻzaro shuro ila boʻlgan va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar uchundir.

  39. 39

    وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَابَهُمُ ٱلْبَغْىُ هُمْ يَنتَصِرُونَ

    Oʻzlariga tajovuzkorlik yetganda nusrat qozonadiganlar uchundir.

  40. 40

    وَجَزَٰٓؤُا۟ سَيِّئَةٍۢ سَيِّئَةٌۭ مِّثْلُهَا ۖ فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Yomonlikning jazosi oʻz mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.

  41. 41

    وَلَمَنِ ٱنتَصَرَ بَعْدَ ظُلْمِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَا عَلَيْهِم مِّن سَبِيلٍ

    Albatta, kim oʻziga boʻlgan zulmdan keyin nusrat qozonsa, bas, undaylarni (ayblashga) hech yoʻl yoʻq.

  42. 42

    إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَظْلِمُونَ ٱلنَّاسَ وَيَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Faqatgina odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaq tajovuzkorlik qiladiganlarni (ayblashga) yoʻl bordir. Ana oʻshalarga alamli azob bordir.

  43. 43

    وَلَمَن صَبَرَ وَغَفَرَ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

    Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir. (Yana tavozuʼ ila ish koʻrishga daʼvat. Yana sabr qilishga daʼvat. Yana kechirimli boʻlishga daʼvat. Yaxshilar sifati boʻlgan ushbu sifatlarga takror-takror daʼvat bejiz emas. Avvalo, bu ishlarni amalga oshirish oson emas. Qolaversa, yaxshi sifatlarga qancha targʻib qilinsa, shuncha oz.)

  44. 44

    وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن وَلِىٍّۢ مِّنۢ بَعْدِهِۦ ۗ وَتَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ يَقُولُونَ هَلْ إِلَىٰ مَرَدٍّۢ مِّن سَبِيلٍۢ

    Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga U zotdan oʻzga hech bir valiy boʻlmas. Zolimlarni koʻrursanki, azobni koʻrgan choqlarida: «(Ortga) qaytishga hech bir yoʻl bormikan?» derlar.

  45. 45

    وَتَرَىٰهُمْ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا خَٰشِعِينَ مِنَ ٱلذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرْفٍ خَفِىٍّۢ ۗ وَقَالَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ ٱلْخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ فِى عَذَابٍۢ مُّقِيمٍۢ

    Sen ularni u(doʻzax)ga koʻndalang qilinayotganlarida xoru zor va qoʻrqqan hollarida koʻz qiri bilan nazar solayotganlarini koʻrursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir» derlar. Ogoh boʻlingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar. (Ha, kofir, zolim va osiylar doʻzaxga toʻgʻri qaray olmaydilar. Balki, faqat koʻz qirlari bilan nazar soladilar. Ularning bu dunyodagi gerdayishlaridan, shahdamliklaridan asar ham qolmaydi. Biror narsani gapira olmay qoladilar. Oxiratda erkin gapira oladiganlar moʻminlardir.)

  46. 46

    وَمَا كَانَ لَهُم مِّنْ أَوْلِيَآءَ يَنصُرُونَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن سَبِيلٍ

    Va ularga Allohdan oʻzga yordam beradigan hech qanday valiylar boʻlmadi. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir (toʻgʻri) yoʻl yoʻqdir.

  47. 47

    ٱسْتَجِيبُوا۟ لِرَبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌۭ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۚ مَا لَكُم مِّن مَّلْجَإٍۢ يَوْمَئِذٍۢ وَمَا لَكُم مِّن نَّكِيرٍۢ

    Alloh tomonidan, qaytarib boʻlmaydigan kun kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! Oʻsha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas.

  48. 48

    فَإِنْ أَعْرَضُوا۟ فَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ۗ وَإِنَّآ إِذَآ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِنَّا رَحْمَةًۭ فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ كَفُورٌۭ

    Agar ular yuz oʻgirsalar, bas, Biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq. Sening zimmangda faqat yetkazish bor, xolos. Albatta, Biz insonga Oʻzimizdan rahmat tottirgan chogʻimizda u undan quvonur va agar ularga oʻz qoʻllari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni neʼmat qilur. (Yaxshilik yetganda haddan oshganidek, yomonlik yetganda ham oʻzini toʻgʻri tuta ololmaydi, kufroni neʼmat qiladi. Aslida esa, yaxshilik yetsa, inson shukr qilib, yomonlik yetsa, sabr etishi lozim. Unga nimaiki yetsa, Allohdandir.)

  49. 49

    لِّلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ إِنَٰثًۭا وَيَهَبُ لِمَن يَشَآءُ ٱلذُّكُورَ

    Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga oʻgʻillar hadya etur.

  50. 50

    أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًۭا وَإِنَٰثًۭا ۖ وَيَجْعَلُ مَن يَشَآءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۭ قَدِيرٌۭ

    Yoki ularni juftlab oʻgʻil-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tugʻmas qilur. Albatta, U zot oʻta bilguvchi va oʻta qodirdir. (Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida koʻrinadi. Ayni shu masalada inson oʻzining ojizligini xis etadi. Oʻz xohishiga koʻra biron narsani bor qila olmasligini, Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj boʻlib turishini anglab yetadi.)

  51. 51

    ۞ وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ ٱللَّهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِن وَرَآئِ حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًۭا فَيُوحِىَ بِإِذْنِهِۦ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ عَلِىٌّ حَكِيمٌۭ

    Alloh bashar bilan gaplashmogʻi boʻlmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradiyu, U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot oʻta oliy va oʻta hikmatlidir. (Inson zoti uchun Alloh Taolo bilan bevosita gaplashish muyassar boʻladigan narsa emas. Alloh bilan bashar orasidagi aloqa bovosita boʻlur. Vositaning bir tarafida insonlar orasidan tanlab olingan eng yetuk zotlar, Paygʻambar (a. s)lar turur. Yaʼni, oʻsha vositali gaplashishga ham har bir inson qodir emas. Endi, odamlar orasidan tanlab olingan Paygʻambarlar ham barobar emaslar, osmondagi nur sochib turgan yulduzlar hajm va nur jihatidan xilma xil boʻlganlaridek ular ham xilma-xildirlar.)

  52. 52

    وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ رُوحًۭا مِّنْ أَمْرِنَا ۚ مَا كُنتَ تَدْرِى مَا ٱلْكِتَٰبُ وَلَا ٱلْإِيمَٰنُ وَلَٰكِن جَعَلْنَٰهُ نُورًۭا نَّهْدِى بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنْ عِبَادِنَا ۚ وَإِنَّكَ لَتَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Ana shunga oʻxshash, Biz senga Oʻz amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilursan. (Alloh Taolo bu oyati karimada Qurʼoni Karimni, Muhammad (s. a. v)ga vahiy orqali yuborgan soʻnggi kitobini ruh-jon, deb atamoqda. Qurʼoni Karim insoniyat uchun maʼnaviy ruhdir.)

  53. 53

    صِرَٰطِ ٱللَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِلَى ٱللَّهِ تَصِيرُ ٱلْأُمُورُ

    Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Allohning yoʻliga (hidoyat qilursan). Ogoh boʻlingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur. (Sen Allohning kitobi vahiylari ila Allohning bandalarini, Allohning toʻgʻri yoʻliga hidoyat qilursan.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.