Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 43 · Makkiy · 89 Oyatlar

Sura Zuxruf

Zeb-ziynat

سورة الزخرف
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Ha-a. Miym.

  2. 2

    وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    q-oydin kitob ila qasam.

  3. 3

    إِنَّا جَعَلْنَٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّۭا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Albatta, Biz uni arabcha Qurʼon qildik. Shoyadki aql yuritsangiz.

  4. 4

    وَإِنَّهُۥ فِىٓ أُمِّ ٱلْكِتَٰبِ لَدَيْنَا لَعَلِىٌّ حَكِيمٌ

    Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir. (Ulamolarimiz, «ona kitob»dan murod Lavhul Mahfuz, deganlar. Demak, Qurʼoni Karim Alloh taoloning huzuridagi Lavhul Mahfuzda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zoʻr qadrlaganini koʻrsatadi.)

  5. 5

    أَفَنَضْرِبُ عَنكُمُ ٱلذِّكْرَ صَفْحًا أَن كُنتُمْ قَوْمًۭا مُّسْرِفِينَ

    Nahotki siz isrofchi qavm boʻlganingiz uchun sizdan yuz oʻgirib, zikr-eslatmani burib yuborsak?! (Yaʼni, Qurʼonni bular qabul qilmas ekan, mayli, yuraversinlar, deb uni boshqalarga tomon burib yuborsak boʻladimi?! Yoʻq, Bizning odatimiz bunday emas. Asl odatimizni bilish uchun oʻtgan Paygʻambar va ummatlarning holiga bir nazar soling!)

  6. 6

    وَكَمْ أَرْسَلْنَا مِن نَّبِىٍّۢ فِى ٱلْأَوَّلِينَ

    Avvalgilarga qanchadan-qancha Paygʻambarlar yubordik.

  7. 7

    وَمَا يَأْتِيهِم مِّن نَّبِىٍّ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Ular oʻzlariga kelgan har bir Paygʻambarni, albatta, istehzo qilganlar.

  8. 8

    فَأَهْلَكْنَآ أَشَدَّ مِنْهُم بَطْشًۭا وَمَضَىٰ مَثَلُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Bas, Biz ulardan koʻra kuchliroqlarni halok qilganmiz. Avvalgilarning misoli (zikr boʻlib) oʻtdi.

  9. 9

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ خَلَقَهُنَّ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ

    Ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan!» deb soʻrasang, albatta: «Ularni aziz va oʻta ilmli zot yaratgan», derlar.

  10. 10

    ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًۭا وَجَعَلَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًۭا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

    U zot sizga yerni beshik qilib berdi va sizga unda yoʻllar qilib qoʻydi. Shoyadki, hidoyat topsangiz. (Alloh sizga yerni chaqaloqning beshigidek qulay qilib, yer yuzida yoʻllar ham yaratib qoʻydi. Shoyadki bu haqiqatlarni tushunib, insofga kelib hidoyat yoʻliga yursangiz.)

  11. 11

    وَٱلَّذِى نَزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍۢ فَأَنشَرْنَا بِهِۦ بَلْدَةًۭ مَّيْتًۭا ۚ كَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ

    U zot osmondan oʻlchov ila suv tushirdi. Bas, Biz u(suv) ila oʻlik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga oʻxshash chiqarilursiz.

  12. 12

    وَٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْفُلْكِ وَٱلْأَنْعَٰمِ مَا تَرْكَبُونَ

    U zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.

  13. 13

    لِتَسْتَوُۥا۟ عَلَىٰ ظُهُورِهِۦ ثُمَّ تَذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا ٱسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُوا۟ سُبْحَٰنَ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَنَا هَٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُۥ مُقْرِنِينَ

    Toki siz ularning ustiga oʻrnashgaysizlar, soʻngra ularning ustiga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: «Bizga buni boʻysundirgan zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.

  14. 14

    وَإِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ

    Va, albatta, Biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz. (Inson markabga minganda allaqanday bir koʻtarinkilik, gʻurur va manmanlik paydo boʻlganini sezadi. Ana shunda unga markab minish imkonini bergan zotni eslasa va shu oyatdagi duoni oʻqisa, hamma narsa oʻrniga tushadi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh (s. a. v.) qachon safarga chiqib ulovga minsalar, uch marta «Alloh akbar», deb takbir aytar va quyidagilarni oʻqir edilar: «Bizga buni boʻysundirgan zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz». Yo Alloh! Biz sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni, oʻzing rozi boʻladigan amallarni soʻraymiz. Yo Alloh! Oʻzing bizga bu safarimizni oson qilgin. Uning uzogʻini yaqin qilgin. Yo Alloh! Sening oʻzing safardagi sohibsan. Ahliayoldagi xalifasan. Yo Alloh! Men sendan safar qiyinchiliklaridan, turli yomonliklardan, molu mulk va ahliayolning yomonlikka yuz tutishidan panoh soʻrayman».)

  15. 15

    وَجَعَلُوا۟ لَهُۥ مِنْ عِبَادِهِۦ جُزْءًا ۚ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَكَفُورٌۭ مُّبِينٌ

    Ular bandalaridan Unga boʻlak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir. (Allohga Uning bandalaridan boʻlmish farishtalarni U zotning boʻlagi-farzandi deb hukm qildilar.)

  16. 16

    أَمِ ٱتَّخَذَ مِمَّا يَخْلُقُ بَنَاتٍۢ وَأَصْفَىٰكُم بِٱلْبَنِينَ

    Yoki U zot Oʻzi yaratadigan narsadan qizlar tutib, sizlarni oʻgʻillar ila siyladimi?

  17. 17

    وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِمَا ضَرَبَ لِلرَّحْمَٰنِ مَثَلًۭا ظَلَّ وَجْهُهُۥ مُسْوَدًّۭا وَهُوَ كَظِيمٌ

    Qachonki ulardan birortasiga, Rohmanga misol keltirgan narsaning xushxabari berilsa, gʻazabga toʻlib, yuzi qorayib ketur.

  18. 18

    أَوَمَن يُنَشَّؤُا۟ فِى ٱلْحِلْيَةِ وَهُوَ فِى ٱلْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍۢ

    Zebu ziynat ichida oʻstiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin boʻla olmaydigan kimsanimi?! (Bu oyatlarda mushriklarning, farishtalar Allohning qizi, degan eʼtiqodlariga rad kelmoqda.)

  19. 19

    وَجَعَلُوا۟ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ ٱلَّذِينَ هُمْ عِبَٰدُ ٱلرَّحْمَٰنِ إِنَٰثًا ۚ أَشَهِدُوا۟ خَلْقَهُمْ ۚ سَتُكْتَبُ شَهَٰدَتُهُمْ وَيُسْـَٔلُونَ

    Ular Rohmanning bandalari boʻlmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh boʻldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va soʻroqqa tutilurlar!

  20. 20

    وَقَالُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱلرَّحْمَٰنُ مَا عَبَدْنَٰهُم ۗ مَّا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

    Ular: «Agar Rohman xohlaganida, Biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yoʻq. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.

  21. 21

    أَمْ ءَاتَيْنَٰهُمْ كِتَٰبًۭا مِّن قَبْلِهِۦ فَهُم بِهِۦ مُسْتَمْسِكُونَ

    Yoki Biz ularga u(Qurʼon)dan oldin bir kitob berganmizu ular uni mahkam tutuvchilarmi?!

  22. 22

    بَلْ قَالُوٓا۟ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍۢ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّهْتَدُونَ

    Yoʻq! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan hidoyat topguvchidirmiz», dedilar.

  23. 23

    وَكَذَٰلِكَ مَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى قَرْيَةٍۢ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍۢ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّقْتَدُونَ

    Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Taʼkidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.

  24. 24

    ۞ قَٰلَ أَوَلَوْ جِئْتُكُم بِأَهْدَىٰ مِمَّا وَجَدتُّمْ عَلَيْهِ ءَابَآءَكُمْ ۖ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ

    U (ogohlantgiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni (eʼtiqod) ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan boʻlsam ham-a?!» dedi. Ular: «Biz siz ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.

  25. 25

    فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ

    Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilguvchilarning oqibati qanday boʻldi?!

  26. 26

    وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦٓ إِنَّنِى بَرَآءٌۭ مِّمَّا تَعْبُدُونَ

    Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.

  27. 27

    إِلَّا ٱلَّذِى فَطَرَنِى فَإِنَّهُۥ سَيَهْدِينِ

    Magar meni yaratgan zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.

  28. 28

    وَجَعَلَهَا كَلِمَةًۢ بَاقِيَةًۭ فِى عَقِبِهِۦ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Va bu(soʻz)ni u oʻz ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar. (Yaʼni, Ibrohim alayhissalom Allohdan oʻzga hech bir ilohga ibodat qilmaslik haqidagi soʻzni, boshqacha aytganda, «La ilaha illalloh»ni oʻzidan keyin keladigan zurriyotlari ichida boqiy qoladigan qildi. Shoyadki zurriyotlari kufr va shirkdan iymonga qaytsalar.)

  29. 29

    بَلْ مَتَّعْتُ هَٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ وَرَسُولٌۭ مُّبِينٌۭ

    Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Paygʻambar kelguncha foydalantirdim.

  30. 30

    وَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ قَالُوا۟ هَٰذَا سِحْرٌۭ وَإِنَّا بِهِۦ كَٰفِرُونَ

    Qachonki ularga haq kelganida, ular: «Bu sehrdir va, albatta, biz bunga kofirdirmiz», dedilar.

  31. 31

    وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ عَلَىٰ رَجُلٍۢ مِّنَ ٱلْقَرْيَتَيْنِ عَظِيمٍ

    Ular: «Ushbu Qurʼon ikki shahardan (birida) boʻlgan ulugʻ kishiga nozil qilinganida edi», dedilar. (Ularning johiliy oʻlchovlari boʻyicha molu dunyosi koʻp, mansabi, hukmi va sultoni bor odam «ulugʻ kishi» deb eʼtirof etilardi. Ana shunday odam Paygʻambar boʻlishga loyiq edi. Oʻsha paytda mushriklarning bu maqomga nomzodlari ham bor edi. Makkada al-Valid ibn Mugʻiyra, Toifda Urvatu ibn Masʼud as-Saqafiy ismli odamlar boʻlib, mushriklar ana shulardan biri Paygʻambar boʻlsa arziydi, degan fikrda edilar.)

  32. 32

    أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُم مَّعِيشَتَهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍۢ دَرَجَٰتٍۢ لِّيَتَّخِذَ بَعْضُهُم بَعْضًۭا سُخْرِيًّۭا ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌۭ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

    Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻyganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.

  33. 33

    وَلَوْلَآ أَن يَكُونَ ٱلنَّاسُ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ لَّجَعَلْنَا لِمَن يَكْفُرُ بِٱلرَّحْمَٰنِ لِبُيُوتِهِمْ سُقُفًۭا مِّن فِضَّةٍۢ وَمَعَارِجَ عَلَيْهَا يَظْهَرُونَ

    Agar odamlar bir millat boʻlib qolishlari (xavfi) boʻlmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qoʻyar edik.

  34. 34

    وَلِبُيُوتِهِمْ أَبْوَٰبًۭا وَسُرُرًا عَلَيْهَا يَتَّكِـُٔونَ

    Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan soʻrilarini ham (kumushdan qilib qoʻyar edik).

  35. 35

    وَزُخْرُفًۭا ۚ وَإِن كُلُّ ذَٰلِكَ لَمَّا مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَٱلْءَاخِرَةُ عِندَ رَبِّكَ لِلْمُتَّقِينَ

    Va zebu ziynatu bezaklarni ham. Bularning hammasi hayoti dunyoning matohidan boshqa narsa emas. Oxirat esa, Robbing nazdida taqvodorlar uchundir.

  36. 36

    وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ ٱلرَّحْمَٰنِ نُقَيِّضْ لَهُۥ شَيْطَٰنًۭا فَهُوَ لَهُۥ قَرِينٌۭ

    Kim Rohmanning eslatmasidan shabkoʻr boʻlib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qoʻyurmiz, bas, u unga doimiy hamroh boʻlur.

  37. 37

    وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

    Albatta, u(shayton)lar yoʻldan toʻsurlar va ular oʻzlarini shak-shubhasiz hidoyat topguvchilardek hisoblarlar.

  38. 38

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَنَا قَالَ يَٰلَيْتَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ بُعْدَ ٱلْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ ٱلْقَرِينُ

    Toki huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang magʻrib ila mashriqchalik uzoq boʻlsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der. (Allohning zikridan shabkoʻr boʻlib olgan gʻaflatda yura-yura, bir kuni qiyomat qoim qoʻpib: «huzurimizga kelganda», haqiqatni anglaydi hamma balo shayton bilan yaqinligi natijasi ekanligini tushunib yetadi.)

  39. 39

    وَلَن يَنفَعَكُمُ ٱلْيَوْمَ إِذ ظَّلَمْتُمْ أَنَّكُمْ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ

    Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik boʻlishingiz ham hech foyda bermas.

  40. 40

    أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ أَوْ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَمَن كَانَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Sen karlarga eshittira olarmiding yoki koʻrlarni va ochiq-oydin zalolatda boʻlgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!

  41. 41

    فَإِمَّا نَذْهَبَنَّ بِكَ فَإِنَّا مِنْهُم مُّنتَقِمُونَ

    Agar seni ketkazsak ham, albatta, Biz ulardan intiqom olurmiz.

  42. 42

    أَوْ نُرِيَنَّكَ ٱلَّذِى وَعَدْنَٰهُمْ فَإِنَّا عَلَيْهِم مُّقْتَدِرُونَ

    Yoki Biz ularga vaʼda qilingan narsani senga koʻrsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.

  43. 43

    فَٱسْتَمْسِكْ بِٱلَّذِىٓ أُوحِىَ إِلَيْكَ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Bas, oʻzingga vahiy qilingan narsani mahkam tut! Albatta, sen toʻgʻri yoʻldasan.

  44. 44

    وَإِنَّهُۥ لَذِكْرٌۭ لَّكَ وَلِقَوْمِكَ ۖ وَسَوْفَ تُسْـَٔلُونَ

    Albatta, u(Qurʼon) senga ham sharafdir, qavmingga ham. Va, albatta, soʻralursizlar.

  45. 45

    وَسْـَٔلْ مَنْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رُّسُلِنَآ أَجَعَلْنَا مِن دُونِ ٱلرَّحْمَٰنِ ءَالِهَةًۭ يُعْبَدُونَ

    Sendan oldin Biz yuborgan Paygʻambarlarimizdan soʻra: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?! (Dunyo tarixida hech bir Paygʻambar Allohdan boshqaga ibodat etishga chaqirgan emas. Dunyoda hech bir Paygʻambar Allohdan boshqa ilohga ibodat qilgan ham emas. Dunyoda oʻtgan hamma Paygʻambarlar faqat Rohman sifatli Alloh taologagina ibodat qilganlar va odamlarni ham faqat Allohning Oʻzigagina ibodat qilishga chaqirganlar.)

  46. 46

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَقَالَ إِنِّى رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Batahqiq, Biz Musoni Oʻz oyat-moʻʼjizalarimiz ila Firʼavnga va uning aʼyonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Paygʻambaridirman», dedi.

  47. 47

    فَلَمَّا جَآءَهُم بِـَٔايَٰتِنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَضْحَكُونَ

    Bas, qachonki u ularga moʻʼjizalarimizni keltirganda, ular banogoh u(moʻʼjiza)lardan kula boshladilar.

  48. 48

    وَمَا نُرِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ إِلَّا هِىَ أَكْبَرُ مِنْ أُخْتِهَا ۖ وَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْعَذَابِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Biz ularga qaysi bir oyat-moʻʼjizani koʻrsatsak ham, albatta, u oʻz sherigidan kattaroq boʻlar edi. Shoyad (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.

  49. 49

    وَقَالُوا۟ يَٰٓأَيُّهَ ٱلسَّاحِرُ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ

    Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan boʻlamiz», dedilar.

  50. 50

    فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ

    Bas, qachonki ulardan azobni aritsang, toʻsatdan ular (ahdni) buzarlar.

  51. 51

    وَنَادَىٰ فِرْعَوْنُ فِى قَوْمِهِۦ قَالَ يَٰقَوْمِ أَلَيْسَ لِى مُلْكُ مِصْرَ وَهَٰذِهِ ٱلْأَنْهَٰرُ تَجْرِى مِن تَحْتِىٓ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

    Firʼavn oʻz qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Koʻrmayapsizlarmi?!

  52. 52

    أَمْ أَنَا۠ خَيْرٌۭ مِّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى هُوَ مَهِينٌۭ وَلَا يَكَادُ يُبِينُ

    Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?

  53. 53

    فَلَوْلَآ أُلْقِىَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌۭ مِّن ذَهَبٍ أَوْ جَآءَ مَعَهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ مُقْتَرِنِينَ

    Unga tillodan boʻlgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelsa boʻlmas edimi?!» deb nido qildi.

  54. 54

    فَٱسْتَخَفَّ قَوْمَهُۥ فَأَطَاعُوهُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Bas, u qavmini laqillatdi va ular unga itoat qildilar. Chunki ular fosiq qavm edilar.

  55. 55

    فَلَمَّآ ءَاسَفُونَا ٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ أَجْمَعِينَ

    Bas, qachonki ular Bizni dargʻazab qilishgach, ulardan intiqom oldik–ularning barchalarini jamlab, gʻarq qildik.

  56. 56

    فَجَعَلْنَٰهُمْ سَلَفًۭا وَمَثَلًۭا لِّلْءَاخِرِينَ

    Bas, ularni oʻtmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qoʻydik.

  57. 57

    ۞ وَلَمَّا ضُرِبَ ٱبْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ

    Ibn Maryam misol keltirilgan choqda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) Anbiyo surasidagi «Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam oʻtin-toshidirsiz. Sizlar unga kirguvchidirsiz» oyatini tilovat qilganlarida, Abdulloh ibn az-Zabʼariy at-Tamimiy ismli mushrik: «Bu biz va bizning olihalarimiz uchunmi yoki hamma ummatlar uchunmi?» deb soʻragan. Rasululloh (s. a. v.): «U siz uchun hamma ummatlar uchun», dedilar. U: «Shubhasiz, endi seni yengdim, Kaʼbaning Robbiga qasam! Nasorolar Masiyhga, Yahudiylar Uzayrga, Bani Fulon farishtalarga ibodat qilmaydilarmi?! Agar ana oʻshalar ham jahannamga tushsalar, bizning va olihalarimizning jahannamda boʻlishiga rozimiz», dedi. Shunda Alloh taolo: «Albatta, bizdan ularga oldin goʻzal soʻz oʻtganlar u (jahannam)dan uzoqlashtirilgandirlar», oyatini tushirdi. «Ibn Maryam misol keltirilgan choqda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar» oyati bilan oʻsha hodisani yodga solmoqda.)

  58. 58

    وَقَالُوٓا۟ ءَأَٰلِهَتُنَا خَيْرٌ أَمْ هُوَ ۚ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلًۢا ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ خَصِمُونَ

    Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.

  59. 59

    إِنْ هُوَ إِلَّا عَبْدٌ أَنْعَمْنَا عَلَيْهِ وَجَعَلْنَٰهُ مَثَلًۭا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    U faqat bir bandadir. Biz unga neʼmat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik.

  60. 60

    وَلَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَا مِنكُم مَّلَٰٓئِكَةًۭ فِى ٱلْأَرْضِ يَخْلُفُونَ

    Agar xohlasak, oʻrningizga yer yuzida xalifa boʻladigan farishtalar qilib qoʻyar edik.

  61. 61

    وَإِنَّهُۥ لَعِلْمٌۭ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمْتَرُنَّ بِهَا وَٱتَّبِعُونِ ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ

    Albatta, u(Iyso) qiyomat soati ilmi-belgisidir. Bas, siz u (soat) haqida hech shubha qilmang va Menga ergashing. Mana shu toʻgʻri yoʻldir. (Vaqti kelib Iyso qiyomat kunining belgisi boʻladi. Uning qayta tushishidan qiyomat juda ham yaqin qolgani bilib olinadi.)

  62. 62

    وَلَا يَصُدَّنَّكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Shayton sizni hargiz (toʻgʻri yoʻldan) toʻsmasin. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.

  63. 63

    وَلَمَّا جَآءَ عِيسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِٱلْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى تَخْتَلِفُونَ فِيهِ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Iyso ochiq-oydin moʻʼjizalar bilan kelgan chogʻida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va baʼzi siz ixtilof qilayotgan narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.

  64. 64

    إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ

    Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu toʻgʻri yoʻldir», dedi. (Iyso alayhissalom qavmlariga: «Alloh mening Robbim», deganlar. Alloh mening otam, degan emaslar. Demak, Alloh taolo boshqa bandalarga Robb boʻlgani kabi, Isoga alayhissalom ham Robbdir. Bu haqda boshqa gap bexuda.)

  65. 65

    فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌۭ لِّلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ

    Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy boʻlsin! (Iyso alayhissalom Bani Isroilga Paygʻambar qilib yuborilgan edilar. U zot Bani Isroilga ularning Muso alayhissalom shariati xususidagi ixtiloflariga barham berish, yagona Allohning ibodatiga chaqirish uchun hikmat ila kelgan edilar. Ammo ular bu chaqiriqqa munosib javob bermadilar. Balki Iyso alayhissalomga qarshi chiqdilar. Turli firqalarga boʻlinib olib, hozirgacha ixtilof qilib kelmoqdalar.)

  66. 66

    هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةًۭ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Ular faqat oʻzlari ham sezmay qolgan holda (qiyomat) soati kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.

  67. 67

    ٱلْأَخِلَّآءُ يَوْمَئِذٍۭ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلْمُتَّقِينَ

    Oʻsha kunda taqvodorlardan boshqa doʻstlar bir-birlariga dushmandir. (Qiyomat kuni hamma oʻz oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda yaqin oʻzaro doʻst boʻlsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan doʻstlarning doʻzaxga tushib jazo tortishlari aniq maʼlum boʻlib qoladi. Ana oʻshanda, yomon bilan doʻst boʻlganiga afsuslanadi.

  68. 68

    يَٰعِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ

    Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yoʻq va mahzun ham boʻlmassiz.

  69. 69

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُوا۟ مُسْلِمِينَ

    Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon boʻlganlar.

  70. 70

    ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ تُحْبَرُونَ

    Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod boʻlursizlar.

  71. 71

    يُطَافُ عَلَيْهِم بِصِحَافٍۢ مِّن ذَهَبٍۢ وَأَكْوَابٍۢ ۖ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ ٱلْأَنفُسُ وَتَلَذُّ ٱلْأَعْيُنُ ۖ وَأَنتُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Ularga tillodan boʻlgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda koʻngil ishtaha qiladigan va koʻzlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.

  72. 72

    وَتِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِىٓ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Mana shu qilib yurgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir.

  73. 73

    لَكُمْ فِيهَا فَٰكِهَةٌۭ كَثِيرَةٌۭ مِّنْهَا تَأْكُلُونَ

    Sizga u yerda koʻplab mevalar bor, ulardan yersizlar.

  74. 74

    إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى عَذَابِ جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ

    Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar.

  75. 75

    لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ

    U ulardan yengillatilmas va ular u (azob)da noumid holda qolurlar. (Yaʼni, azob ahli jahannamdan hech yengillatilmaydi. Ular oʻsha azob ichida noumid boʻlgan hollarida abadiy qolib ketadilar.)

  76. 76

    وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن كَانُوا۟ هُمُ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Biz ularga zulm qilganimiz yoʻq. Lekin ular oʻzlari zolim boʻldilar.

  77. 77

    وَنَادَوْا۟ يَٰمَٰلِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ۖ قَالَ إِنَّكُم مَّٰكِثُونَ

    Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi. (Yaʼni, doʻzaxilar oʻzlariga berilayotgan azoblar ogʻrigʻi, alami va shiddatiga chiday olmay, doʻzax ishlariga qarab turuvchi Molik ismli farishtaga qarab: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» deydilar.)

  78. 78

    لَقَدْ جِئْنَٰكُم بِٱلْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَكُمْ لِلْحَقِّ كَٰرِهُونَ

    Batahqiq, Biz sizga haqni keltirdik. Lekin koʻplaringiz haqni yomon koʻrguvchisiz. (Shuning uchun bugungi kunda ushbu ayanchli holga tushib turibsiz.)

  79. 79

    أَمْ أَبْرَمُوٓا۟ أَمْرًۭا فَإِنَّا مُبْرِمُونَ

    Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.

  80. 80

    أَمْ يَحْسَبُونَ أَنَّا لَا نَسْمَعُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُم ۚ بَلَىٰ وَرُسُلُنَا لَدَيْهِمْ يَكْتُبُونَ

    Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmaydi) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmaydi deb hisoblaydilarmi? Yoʻq! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.

  81. 81

    قُلْ إِن كَانَ لِلرَّحْمَٰنِ وَلَدٌۭ فَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْعَٰبِدِينَ

    Sen: «Agar Rohmanning bolasi boʻlganida, men unga ibodat qilguvchilarning birinchisi boʻlar edim», deb ayt.

  82. 82

    سُبْحَٰنَ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Osmonlaru yerning Robbi, Arshning Robbi ular qilayotgan vasfdan pokdir.

  83. 83

    فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا۟ وَيَلْعَبُوا۟ حَتَّىٰ يُلَٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ

    Bas, ularni qoʻyib ber, oʻzlariga vaʼda qilinayotgan kunga roʻbaroʻ boʻlgunlaricha (yomonlikka) shoʻngʻiyversinlar, oʻynayversinlar.

  84. 84

    وَهُوَ ٱلَّذِى فِى ٱلسَّمَآءِ إِلَٰهٌۭ وَفِى ٱلْأَرْضِ إِلَٰهٌۭ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ

    U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot oʻta hikmatli, oʻta ilmlidir.

  85. 85

    وَتَبَارَكَ ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega boʻlgan zot barakotli-buyukdir. (Qiyomat) soati ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.

  86. 86

    وَلَا يَمْلِكُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِٱلْحَقِّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

    Allohdan oʻzga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega boʻlmaslar. Magar bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega boʻlurlar).

  87. 87

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَهُمْ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Agar sen ulardan oʻzlarini kim yaratganini soʻrasang, albatta, «Alloh», derlar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

  88. 88

    وَقِيلِهِۦ يَٰرَبِّ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌۭ لَّا يُؤْمِنُونَ

    U(Muhammad)ning: «Ey Robbim, albatta, anavilar iymon keltirmaydigan qavmlardir», degan gapini ham (bilur).

  89. 89

    فَٱصْفَحْ عَنْهُمْ وَقُلْ سَلَٰمٌۭ ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Bas, sen ulardan yuz oʻgir va: «Sizlarga salom boʻlsin», degin. Bas, ular tezda bilurlar.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.