Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 44 · Makkiy · 59 Oyatlar

Sura Duxon

Tutun

سورة الدخان
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Ha-a. Miym.

  2. 2

    وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Ochiq-oydin Kitobga qasam.

  3. 3

    إِنَّآ أَنزَلْنَٰهُ فِى لَيْلَةٍۢ مُّبَٰرَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ

    Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi boʻldik. (Ushbu oyatda zikr etilayotgan, Qurʼon nozil qilingan kecha muborak Ramazon oyining kechalaridan biri boʻlmish «Laylatul qadr»dir. Bu kecha, dunyo tarixidagi eng muborak kechadir. Chunki, bu kechada Alloh taoloning oxirgi, barkamol va butun insoniyatga qiyomat kunigacha saodat yoʻlini koʻrsatib beruvchi kitobi tusha boshlagan.)

  4. 4

    فِيهَا يُفْرَقُ كُلُّ أَمْرٍ حَكِيمٍ

    Oʻsha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur.

  5. 5

    أَمْرًۭا مِّنْ عِندِنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ

    Biz tomonimizdan boʻlgan amrga binoan. Albatta, Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.

  6. 6

    رَحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Robbing tomonidan (koʻrsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi zotdir.

  7. 7

    رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ

    Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi boʻlsangiz.

  8. 8

    لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U tiriltirur va oʻldirur. U sizning Robbingiz va ota- bobolaringizning Robbidir.

  9. 9

    بَلْ هُمْ فِى شَكٍّۢ يَلْعَبُونَ

    Yoʻq! Ular shak-shubhada, oʻynamoqdalar.

  10. 10

    فَٱرْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِى ٱلسَّمَآءُ بِدُخَانٍۢ مُّبِينٍۢ

    Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.

  11. 11

    يَغْشَى ٱلنَّاسَ ۖ هَٰذَا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    U odamlarni oʻrab olur. Bu alamli azobdir.

  12. 12

    رَّبَّنَا ٱكْشِفْ عَنَّا ٱلْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ

    Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, Biz iymon keltirguvchidirmiz.

  13. 13

    أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلذِّكْرَىٰ وَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌۭ مُّبِينٌۭ

    Ularga qayoqdan ham eslatma boʻlsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelgan edi.

  14. 14

    ثُمَّ تَوَلَّوْا۟ عَنْهُ وَقَالُوا۟ مُعَلَّمٌۭ مَّجْنُونٌ

    Soʻngra undan yuz oʻgirdilar va: «Bu oʻrgatilgan majnun», dedilar.

  15. 15

    إِنَّا كَاشِفُوا۟ ٱلْعَذَابِ قَلِيلًا ۚ إِنَّكُمْ عَآئِدُونَ

    Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar. (Biz sizdan azobni ozgina kushoyish qilamiz. Ammo siz bundan ibrat olmaysiz, yana kufrga qaytasiz.)

  16. 16

    يَوْمَ نَبْطِشُ ٱلْبَطْشَةَ ٱلْكُبْرَىٰٓ إِنَّا مُنتَقِمُونَ

    Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz. (Bu ushlash va intiqom olish qiyomat kunidadir.)

  17. 17

    ۞ وَلَقَدْ فَتَنَّا قَبْلَهُمْ قَوْمَ فِرْعَوْنَ وَجَآءَهُمْ رَسُولٌۭ كَرِيمٌ

    Batahqiq, ulardan oldin Firʼavn qavmini sinadik. Ularga karamli Paygʻambar keldi.

  18. 18

    أَنْ أَدُّوٓا۟ إِلَىَّ عِبَادَ ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌۭ

    «Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.

  19. 19

    وَأَن لَّا تَعْلُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّىٓ ءَاتِيكُم بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.

  20. 20

    وَإِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُمْ أَن تَرْجُمُونِ

    Va, albatta, men oʻzimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshboʻron qilishingizdan panoh soʻradim.

  21. 21

    وَإِن لَّمْ تُؤْمِنُوا۟ لِى فَٱعْتَزِلُونِ

    Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning», deb.

  22. 22

    فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌۭ مُّجْرِمُونَ

    Bas, u(Muso) Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.

  23. 23

    فَأَسْرِ بِعِبَادِى لَيْلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ

    Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz. (Bani Isroilni olib, kechasi Misrdan chiqib ket. Dushman, albatta, sizlarning izingizdan tushadi.)

  24. 24

    وَٱتْرُكِ ٱلْبَحْرَ رَهْوًا ۖ إِنَّهُمْ جُندٌۭ مُّغْرَقُونَ

    Va dengizni sokin holida qoʻy, albatta, ular gʻarq qilinadigan qoʻshindir. (Darhaqiqat, Firʼavn va uning askarlari ham toʻxtab turgan dengiz sari tushdilar. Hammalari dengizda ochilgan yoʻlga tushib boʻlganlaridan keyin shu damgacha ikkiga boʻlinib sokin turgan suv harakatga keldi va ularni gʻarq qildi.)

  25. 25

    كَمْ تَرَكُوا۟ مِن جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍۢ

    Ular ortlaridan qanchadan-qancha bogʻu rogʻlarni va buloqlarni.

  26. 26

    وَزُرُوعٍۢ وَمَقَامٍۢ كَرِيمٍۢ

    Ekinzorlarni va yaxshi joylarni.

  27. 27

    وَنَعْمَةٍۢ كَانُوا۟ فِيهَا فَٰكِهِينَ

    Va oʻzlari ichida maza qilayotgan nozu neʼmatlarni qoldirdilar.

  28. 28

    كَذَٰلِكَ ۖ وَأَوْرَثْنَٰهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ

    Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.

  29. 29

    فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ وَمَا كَانُوا۟ مُنظَرِينَ

    Bas, ularga osmon ham, yer ham yigʻlamadi va ular muhlat berilganlardan ham boʻlmadilar.

  30. 30

    وَلَقَدْ نَجَّيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ

    Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan.

  31. 31

    مِن فِرْعَوْنَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَالِيًۭا مِّنَ ٱلْمُسْرِفِينَ

    Firʼavndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi. (Firʼavn va qavmini halok qilish bilan biz Bani Isroilni azobdan ozod etdik. Ular uning qavmi qoʻl ostida azob chekar edilar.)

  32. 32

    وَلَقَدِ ٱخْتَرْنَٰهُمْ عَلَىٰ عِلْمٍ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik.

  33. 33

    وَءَاتَيْنَٰهُم مِّنَ ٱلْءَايَٰتِ مَا فِيهِ بَلَٰٓؤٌۭا۟ مُّبِينٌ

    Va ularga oyat-moʻʼzijalardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik. (Alloh taolo Bani Isroilga turli oyat-moʻʼjizalar yubordi. Ularda sinov bor edi.)

  34. 34

    إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَيَقُولُونَ

    Albatta, anavilar derlar:

  35. 35

    إِنْ هِىَ إِلَّا مَوْتَتُنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُنشَرِينَ

    «Birinchi oʻlimimizdan boshqa hech qanday oʻlim yoʻq va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.

  36. 36

    فَأْتُوا۟ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar».

  37. 37

    أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍۢ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ أَهْلَكْنَٰهُمْ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

    Ular yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmiyu ulardan oldin oʻtganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi boʻlgan edilar. (« Tubbaʼ» Yaman podshohlarining laqabidir. Arablar ichida ularning dovrugʻi keng tarqalgan edi.)

  38. 38

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَٰعِبِينَ

    Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻynab yaratganimiz yoʻq!

  39. 39

    مَا خَلَقْنَٰهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin koʻplari bilmaslar.

  40. 40

    إِنَّ يَوْمَ ٱلْفَصْلِ مِيقَٰتُهُمْ أَجْمَعِينَ

    Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir. («Ajratish kuni» qiyomatning nomlaridan biri. U kunda haq botildan, moʻminni kofirdan, yaxshi yomondan ajratiladi. Shuning uchun ham « ajratish kuni « deb nomlangan. Ana oʻsha kun hammaning qayta tirilishi va toʻplanishi uchun belgilangan vaqtdir.)

  41. 41

    يَوْمَ لَا يُغْنِى مَوْلًى عَن مَّوْلًۭى شَيْـًۭٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

    U kunda doʻst doʻstga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.

  42. 42

    إِلَّا مَن رَّحِمَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Magar kimga Alloh rahm qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziz va oʻta rahmli zotdir. (Aziz va rahimli sifati ila moʻmin-musulmon, taqvodor bandalariga rahm qiladi, yordam beradi.)

  43. 43

    إِنَّ شَجَرَتَ ٱلزَّقُّومِ

    Albatta, Zaqqum daraxti.

  44. 44

    طَعَامُ ٱلْأَثِيمِ

    Gunohkorlar taomidir.

  45. 45

    كَٱلْمُهْلِ يَغْلِى فِى ٱلْبُطُونِ

    U xuddi eritilgan maʼdandek qorinlarda qaynaydir.

  46. 46

    كَغَلْىِ ٱلْحَمِيمِ

    Qaynoq suvning qaynashiga oʻxshaydir. (Doʻzaxilar qorinlari ochsa, nima yeyishadi? Ularga qorinlari ochganida taom uchun Zaqqum daraxtining mevasi beriladi. Zaqqum achchiqligi va zaharliligi bilan ogʻizlarda zarbulmasal boʻlib ketgan. Ana oʻsha zahar gunohkorlarga taom boʻladi, qorinlarida eritilgan maʼdan, temir yoki misdek yoxud dogʻ qilinayotgan yogʻdek qaynab turadi. U xuddi suvdek qaynaydi.)

  47. 47

    خُذُوهُ فَٱعْتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ

    Uni tutib, jahiymning oʻrtasiga sudrab olib boringlar!

  48. 48

    ثُمَّ صُبُّوا۟ فَوْقَ رَأْسِهِۦ مِنْ عَذَابِ ٱلْحَمِيمِ

    Soʻngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar!

  49. 49

    ذُقْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْكَرِيمُ

    Totib koʻr! Albatta, sen oʻzing «azizu mukarramsan»!

  50. 50

    إِنَّ هَٰذَا مَا كُنتُم بِهِۦ تَمْتَرُونَ

    Albatta, bu siz (boʻlishida) shubha qilib yurgan narsadir!

  51. 51

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى مَقَامٍ أَمِينٍۢ

    Albatta, taqvodorlar omonlik joyida.

  52. 52

    فِى جَنَّٰتٍۢ وَعُيُونٍۢ

    Bogʻu rogʻlar va buloqlarda boʻlurlar.

  53. 53

    يَلْبَسُونَ مِن سُندُسٍۢ وَإِسْتَبْرَقٍۢ مُّتَقَٰبِلِينَ

    Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (oʻltirurlar).

  54. 54

    كَذَٰلِكَ وَزَوَّجْنَٰهُم بِحُورٍ عِينٍۢ

    Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik.

  55. 55

    يَدْعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَٰكِهَةٍ ءَامِنِينَ

    Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar.

  56. 56

    لَا يَذُوقُونَ فِيهَا ٱلْمَوْتَ إِلَّا ٱلْمَوْتَةَ ٱلْأُولَىٰ ۖ وَوَقَىٰهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ

    Ular u yerda birinchi oʻlimdan boshqa oʻlimni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar. (Yaʼni, taqvodorlar bu dunyodan u dunyoga oʻtishda totgan oʻlimdan boshqa oʻlimni totmaydilar, jannatda abadiy tirik qoladilar. Hamda Alloh taolo ularni doʻzax azobidan saqlaydi.)

  57. 57

    فَضْلًۭا مِّن رَّبِّكَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Bu Robbingdan boʻlgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir.

  58. 58

    فَإِنَّمَا يَسَّرْنَٰهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Bas, albatta, Biz u(Qurʼon)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki eslasalar.

  59. 59

    فَٱرْتَقِبْ إِنَّهُم مُّرْتَقِبُونَ

    Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.