Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 36 · Makkiy · 83 Oyatlar

Sura Yosin

Yosin harflari

سورة يس
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يسٓ

    Yasin.

  2. 2

    وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْحَكِيمِ

    Qurʼoni Hakim ila qasam.

  3. 3

    إِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Albatta, sen Paygʻambarlardandirsan.

  4. 4

    عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Siroti mustaqiymdasan.

  5. 5

    تَنزِيلَ ٱلْعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ

    Bu Azizu Rahimning nozil qilganidir.

  6. 6

    لِتُنذِرَ قَوْمًۭا مَّآ أُنذِرَ ءَابَآؤُهُمْ فَهُمْ غَٰفِلُونَ

    Ota-bobolari ogohlantirilmagan, oʻzlari esa, gʻofil boʻlgan qavmlarni ogohlantirishing uchun.

  7. 7

    لَقَدْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ عَلَىٰٓ أَكْثَرِهِمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Batahqiq, ularning koʻplariga (azob) soʻz haq boʻldi. Bas, ular iymon keltirmaslar.

  8. 8

    إِنَّا جَعَلْنَا فِىٓ أَعْنَٰقِهِمْ أَغْلَٰلًۭا فَهِىَ إِلَى ٱلْأَذْقَانِ فَهُم مُّقْمَحُونَ

    Biz ularning boʻyinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadi. Bas, ular koʻzlari yumuq, osmonga qarab gʻoʻdayib qoldilar. (Gʻofilliklari sababli azob soʻzi haq boʻlgan kofirlarning holi ham xuddi shunday, ularning iymonga kelishiga umid yoʻq.)

  9. 9

    وَجَعَلْنَا مِنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّۭا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّۭا فَأَغْشَيْنَٰهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ

    Va Biz ularning oldilaridan ham toʻsiq qildik, orqalaridan ham toʻsiq qildik, koʻzlariga parda tortdik. Bas, ular koʻrmaslar. ( Boʻyniga qoʻlini qoʻshib, kishanlangan, koʻzi yumuq holda osmonga qaratib, gʻoʻdaytirib qoʻyilgan odamning biror narsani koʻrmasligi uchun oldidan ham, ortidan ham toʻsiq qoʻyilgan. Kamiga, yana koʻziga ham parda qoʻyilgan. Shunday holatdagi odamning biror narsani koʻra olishiga umid boʻlmaganidek, haligi kofirlarning ham iymonga kelishidan umid yoʻq.)

  10. 10

    وَسَوَآءٌ عَلَيْهِمْ ءَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Ularni ogohlantirsang ham, ogohlantirmasang ham, ular uchun baribir, iymonga kelmaslar.

  11. 11

    إِنَّمَا تُنذِرُ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلذِّكْرَ وَخَشِىَ ٱلرَّحْمَٰنَ بِٱلْغَيْبِ ۖ فَبَشِّرْهُ بِمَغْفِرَةٍۢ وَأَجْرٍۢ كَرِيمٍ

    Sen esa, faqat zikr-eslatmaga ergashgan va Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan kimsani ogohlantirasan. Bas, unga magʻfirat va goʻzal ajrning xushxabarini ber.

  12. 12

    إِنَّا نَحْنُ نُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا۟ وَءَاثَٰرَهُمْ ۚ وَكُلَّ شَىْءٍ أَحْصَيْنَٰهُ فِىٓ إِمَامٍۢ مُّبِينٍۢ

    Albatta, Biz, Oʻzimiz oʻliklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Har bir narsaning hisobini ochiq-oydin imomda olib qoʻyganmiz. ( Alloh taolo oʻlganlar, tirilishlari va qilgan amallari uchun javob berishlarini, xabar bermoqda.)

  13. 13

    وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا أَصْحَٰبَ ٱلْقَرْيَةِ إِذْ جَآءَهَا ٱلْمُرْسَلُونَ

    Sen ularga Paygʻambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir. (Bu shahar qaysi shahar ekani, qaysi Paygʻambarlar kelgani haqida Qurʼoni Karimda va sahih hadislarda ochiq-oydin maʼlumotlar yoʻq. Demak, bu oyatni shu holicha qabul qilgan maʼqul.)

  14. 14

    إِذْ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍۢ فَقَالُوٓا۟ إِنَّآ إِلَيْكُم مُّرْسَلُونَ

    Oʻshanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolgʻonchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan quvvatladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz», dedilar.

  15. 15

    قَالُوا۟ مَآ أَنتُمْ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُنَا وَمَآ أَنزَلَ ٱلرَّحْمَٰنُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَكْذِبُونَ

    Ular: «Siz bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yoʻq. Sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasiz, xolos», dedilar.

  16. 16

    قَالُوا۟ رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّآ إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ

    Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz.

  17. 17

    وَمَا عَلَيْنَآ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Bizning zimmamizda ochiq-oydan yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», dedilar.

  18. 18

    قَالُوٓا۟ إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهُوا۟ لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Ular: «Biz sizlardan badgumon boʻldik. Agar toʻxtamasangiz, albatta, sizni toshboʻron qilamiz va sizga bizdan alamli azob yetadi», dedilar.

  19. 19

    قَالُوا۟ طَٰٓئِرُكُم مَّعَكُمْ ۚ أَئِن ذُكِّرْتُم ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ مُّسْرِفُونَ

    Ular: «Badgumonligingiz oʻzingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yoʻq! Siz oʻzingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.

  20. 20

    وَجَآءَ مِنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ رَجُلٌۭ يَسْعَىٰ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱتَّبِعُوا۟ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Paygʻambarlarga ergashing!

  21. 21

    ٱتَّبِعُوا۟ مَن لَّا يَسْـَٔلُكُمْ أَجْرًۭا وَهُم مُّهْتَدُونَ

    Sizdan ajr-haq soʻramaydigan, oʻzlari hidoyatda boʻlgan shaxslarga ergashing! (Bu Paygʻambarlar daʼvatlari uchun sizdan ajr-haq soʻramaydilar. Shuning oʻzi ham ularning haqligiga dalildir. Agar daʼvat tufayli biror narsaga erishmoq niyatlari boʻlganida, sizdan, albatta, ajr-haq soʻrar edilar.)

  22. 22

    وَمَا لِىَ لَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِى فَطَرَنِى وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Menga nima boʻlibdiki, oʻzimni yaratgan zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.

  23. 23

    ءَأَتَّخِذُ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً إِن يُرِدْنِ ٱلرَّحْمَٰنُ بِضُرٍّۢ لَّا تُغْنِ عَنِّى شَفَٰعَتُهُمْ شَيْـًۭٔا وَلَا يُنقِذُونِ

    Men uni qoʻyib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.

  24. 24

    إِنِّىٓ إِذًۭا لَّفِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda boʻlaman.

  25. 25

    إِنِّىٓ ءَامَنتُ بِرَبِّكُمْ فَٱسْمَعُونِ

    Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi. (Eshitib, bilib qoʻying, men sizning va oʻzimning Robbim boʻlmish Allohga iymon keltirdim!)

  26. 26

    قِيلَ ٱدْخُلِ ٱلْجَنَّةَ ۖ قَالَ يَٰلَيْتَ قَوْمِى يَعْلَمُونَ

    «Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki qavmim bilsalar edi.

  27. 27

    بِمَا غَفَرَ لِى رَبِّى وَجَعَلَنِى مِنَ ٱلْمُكْرَمِينَ

    Robbim meni magʻfirat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi. (Iymoni va ixlosi tufayli Alloh taolo oʻz fazli va karami ila u bandani jannatga hukm qildi. U banda jannatga kirib, nozu neʼmatlarni va izzat-ikromni koʻrishi bilan qavmini esladi. «Koshki qavmim bilsalar edi. Robbim meni magʻfirat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi».)

  28. 28

    ۞ وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَىٰ قَوْمِهِۦ مِنۢ بَعْدِهِۦ مِن جُندٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا كُنَّا مُنزِلِينَ

    Biz uning qavmiga undan keyin osmondan biror lashkar tushirmadik va tushiruvchi emas ham edik.

  29. 29

    إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَإِذَا هُمْ خَٰمِدُونَ

    Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlmadi. Birdan ular soʻnib qoldilar.

  30. 30

    يَٰحَسْرَةً عَلَى ٱلْعِبَادِ ۚ مَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Bandalarga hasratlar boʻlsin! Har qachon ularga Paygʻambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar.

  31. 31

    أَلَمْ يَرَوْا۟ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ أَنَّهُمْ إِلَيْهِمْ لَا يَرْجِعُونَ

    Axir ular oʻzlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, oʻshalar ularga qaytmasliklarini koʻrmaydilarmi?!

  32. 32

    وَإِن كُلٌّۭ لَّمَّا جَمِيعٌۭ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ

    Albatta, barchalari toʻplangan hollarida huzurimizga hozir qilingaylar.

  33. 33

    وَءَايَةٌۭ لَّهُمُ ٱلْأَرْضُ ٱلْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَٰهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّۭا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ

    Ular uchun oʻlik yer oyat-belgidir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar.

  34. 34

    وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّٰتٍۢ مِّن نَّخِيلٍۢ وَأَعْنَٰبٍۢ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنَ ٱلْعُيُونِ

    Va unda xurmo va uzum bogʻlari yaratdik hamda ichidan buloqlarni chiqardik.

  35. 35

    لِيَأْكُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ

    Uning mevalaridan va oʻz qoʻllari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?!

  36. 36

    سُبْحَٰنَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنۢبِتُ ٱلْأَرْضُ وَمِنْ أَنفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ

    Yer oʻstiradigan narsalardan, ularning oʻzlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan zot pok boʻldi. (Oʻsimlik dunyosidan sanaluvchi barcha mavjudotlar juft qilib yaratilgani ilmga yaqinda maʼlum boʻldi. Hozirgi zamon ilmining bu kashfiyoti Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanini yana bir bor tasdiqladi.)

  37. 37

    وَءَايَةٌۭ لَّهُمُ ٱلَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ ٱلنَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظْلِمُونَ

    Ular uchun kechasi ham oyat-belgidir. Biz uni kunduzdan shilib olamiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir. (Kechaning kirish terini shilib olishga oʻxshatilmoqda. Teri asta-asta shilib olinganidek, kunduz ham undan ajratib olinadi.)

  38. 38

    وَٱلشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّۢ لَّهَا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

    Quyosh oʻz istiqrori uchun jarayon etar. Bu azizu oʻta bilguvchi zotning taqdir qilganidir. (Oyatda quyoshning oʻz istiqrori uchun ajratilgan makonda va zamonda jarayon etishi–harakatlanishi haqidagina gap ketmoqda.)

  39. 39

    وَٱلْقَمَرَ قَدَّرْنَٰهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَٱلْعُرْجُونِ ٱلْقَدِيمِ

    Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qoʻyganmiz. (Oy ham, quyosh ham dumaloq shakldagi samoviy jismdir. Insonning koʻziga quyosh doim bir xil suratda koʻrinadi. Lekin oy bir oy davomida yigirma sakkiz shaklga kiradi. Avval kichik hilol boʻlib koʻrinadi. Kundan-kunga kattalashib, toʻlin barkashga aylanadi. Keyin yana asta-sekin hilol holiga qaytadi. Chunki Alloh taolo oy uchun yigirma sakkiz manzilni bichib qoʻygan. Har kuni har xil manzildan chiqadi, har kuni har xil hajmda koʻrinadi.)

  40. 40

    لَا ٱلشَّمْسُ يَنۢبَغِى لَهَآ أَن تُدْرِكَ ٱلْقَمَرَ وَلَا ٱلَّيْلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِ ۚ وَكُلٌّۭ فِى فَلَكٍۢ يَسْبَحُونَ

    Na quyoshning oyga yetib olmogʻi durust boʻlar va na kecha kunduzdan oʻzib ketar. Har biri falakda suzib yurar. (Hech qachon quyosh oyga yetib olib, bemahalda bosh koʻtarib qolishi mumkin emas. Ulardan har biri Alloh belgilagan vaqtdagina chiqadi. Bu, nizom hatto daqiqalarigacha aniqdir. Undan kech ham qolmaydi, ilgari ham ketmaydi. Bu jarayon dunyo bunyod boʻlganidan buyon davom etib kelmoqda. Biron marta biron daqiqaga oʻzgargan emas. Ushbu jarayonni taqdir qilgan zot oʻliklarni qayta tiriltirishga qodir emasmi?!)

  41. 41

    وَءَايَةٌۭ لَّهُمْ أَنَّا حَمَلْنَا ذُرِّيَّتَهُمْ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ

    Ular uchun Biz ularning nasllarini toʻla kemada koʻtarganimiz ham bir oyat-belgidir.

  42. 42

    وَخَلَقْنَا لَهُم مِّن مِّثْلِهِۦ مَا يَرْكَبُونَ

    Va Biz ular uchun unga oʻxshash minadigan narsalarni xalq qildik.

  43. 43

    وَإِن نَّشَأْ نُغْرِقْهُمْ فَلَا صَرِيخَ لَهُمْ وَلَا هُمْ يُنقَذُونَ

    Agar xohlasak, ularni gʻarq eturmiz. Bas, ularning yordamchisi boʻlmas va ham ular qutqazilmas.

  44. 44

    إِلَّا رَحْمَةًۭ مِّنَّا وَمَتَٰعًا إِلَىٰ حِينٍۢ

    Magar Bizdan bir rahmat va maʼlum muddatgacha bahramand boʻlish boʻlsagina. (Faqat Allohning Oʻzi rahmat nazarini solib, qutqarib qolishi mumkin. Yoki maʼlum muddatgacha dunyoning matohidan bahramand qilish uchun omon qoldirishi mumkin. Boʻlmasa, hech kim eson qolmas. Buning misoli hayotda tez-tez takrorlanib ham turadi.)

  45. 45

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّقُوا۟ مَا بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَمَا خَلْفَكُمْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qoʻrqing. Shoyad rahm qilinsangiz», deyilsa.

  46. 46

    وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍۢ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ

    Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganida, faqat undan yuz oʻgirguvchi boʻlurlar.

  47. 47

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنُطْعِمُ مَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ أَطْعَمَهُۥٓ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganda, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, oʻzi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar. (Siz Alloh hammaga rizq beradi, degan zalolatli eʼtiqoddasizlar, mana, bizdan baʼzi bir odamlarga taom berishimizni soʻrab turishingiz buning dalili, demoqchilar. Aslida esa, ularning tasavvurlari, gaplari ayni zalolatdir. Hech qachon, hech qanday inson oʻziga ham, boshqaga ham rizq topib bera olmaydi. Alloh taolo birovning rizqini keng, birovning rizqini tor qilib qoʻyadi. Hammasi bandalarni sinash uchundir. Hammaga rizq beruvchi, boquvchi Alloh taoloning yagona Oʻzidir. Men birovga rizq beryapman, taomlantiryapman, boqyapman, degan odam kofir boʻladi, ochiq-oydin zalolatga ketadi.)

  48. 48

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» derlar.

  49. 49

    مَا يَنظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ

    Ular faqat talashib-tortishib turganlarida oʻzlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yoʻq.

  50. 50

    فَلَا يَسْتَطِيعُونَ تَوْصِيَةًۭ وَلَآ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ يَرْجِعُونَ

    Ular na vasiyat qilishga qodir boʻlarlar va na oʻz ahllariga qaytarlar.

  51. 51

    وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَإِذَا هُم مِّنَ ٱلْأَجْدَاثِ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يَنسِلُونَ

    Va surga puflandi. Bas, ular birdan Robbilari tomon qabrlardan shoshilib chiqurlar.

  52. 52

    قَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَا مَنۢ بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا ۜ ۗ هَٰذَا مَا وَعَدَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَصَدَقَ ٱلْمُرْسَلُونَ

    Ular: «Voh, shoʻrimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qoʻzgʻotdi?! Bu Rohman vaʼda qilgan va yuborilgan Paygʻambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» derlar.

  53. 53

    إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةًۭ وَٰحِدَةًۭ فَإِذَا هُمْ جَمِيعٌۭ لَّدَيْنَا مُحْضَرُونَ

    Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlgani yoʻq. Bas, ular birdan toʻplanib, huzurimizda hozir qilingandirlar.

  54. 54

    فَٱلْيَوْمَ لَا تُظْلَمُ نَفْسٌۭ شَيْـًۭٔا وَلَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib oʻtgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz.

  55. 55

    إِنَّ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ ٱلْيَوْمَ فِى شُغُلٍۢ فَٰكِهُونَ

    Albatta, jannat egalari u kunda zavqlanuvchilik ila mashgʻullar. ( Nima ularga zavq, shodlik, xursandchilik bersa, hammasi u yerda muhayyodir.)

  56. 56

    هُمْ وَأَزْوَٰجُهُمْ فِى ظِلَٰلٍ عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ مُتَّكِـُٔونَ

    Ular va ularning juftlari soyalarda soʻrilarda yonboshlab yoturlar.

  57. 57

    لَهُمْ فِيهَا فَٰكِهَةٌۭ وَلَهُم مَّا يَدَّعُونَ

    Ular uchun u yerda mevalar bordir. Ular uchun u yerda istagan narsalar bordir. (Ahli jannatlar nimani istasalar, jannatda oʻsha narsa bordir. Koʻngillari istashi bilan oldilarida muhayyo boʻladi.)

  58. 58

    سَلَٰمٌۭ قَوْلًۭا مِّن رَّبٍّۢ رَّحِيمٍۢ

    Rahim boʻlgan Robbdan «Salom» soʻzi bordir. (Shuncha nozu neʼmat, rohat-farogʻat, shavqu zavqning ustiga oʻzlari uchun nihoyatda rahmli boʻlgan zot Robbilari Alloh taolo tomonidan «Salom» ham keladi.)

  59. 59

    وَٱمْتَٰزُوا۟ ٱلْيَوْمَ أَيُّهَا ٱلْمُجْرِمُونَ

    Ey jinoyatchilar! Bugungi kunda siz ajralingiz!

  60. 60

    ۞ أَلَمْ أَعْهَدْ إِلَيْكُمْ يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ أَن لَّا تَعْبُدُوا۟ ٱلشَّيْطَٰنَ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Men sizlarga: «Ey odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.

  61. 61

    وَأَنِ ٱعْبُدُونِى ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌۭ مُّسْتَقِيمٌۭ

    Va Menga ibodat qiling, mana shu toʻgʻri yoʻldir», deb amr qilmagan edimmi?!

  62. 62

    وَلَقَدْ أَضَلَّ مِنكُمْ جِبِلًّۭا كَثِيرًا ۖ أَفَلَمْ تَكُونُوا۟ تَعْقِلُونَ

    Batahqiq, u sizlardan koʻpchilik avlodni adashtirdi. Aql yurituvchi boʻlmagan edingizmi?! (Shayton sizlardan koʻp avlodlarni toʻgʻri yoʻldan adashtirdi, siz aql yuritmadingizmi? U yur desa, orqasidan ketaverdingizmi?!)

  63. 63

    هَٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ

    Mana bu sizga vaʼda qilingan jahannamdir!

  64. 64

    ٱصْلَوْهَا ٱلْيَوْمَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

    Kufr keltirib oʻtganingiz tufayli bugungi kunda unga kiring!

  65. 65

    ٱلْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلَىٰٓ أَفْوَٰهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَآ أَيْدِيهِمْ وَتَشْهَدُ أَرْجُلُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Bugungi kunda ularning ogʻizlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qoʻllari soʻzlar va oyoqlari guvohlik berur. (Jinoyatchilarning ogʻizlari muhrlab qoʻyiladi, boshqa aʼzolari shohidlik bera boshlaydi. Qoʻli gapiradi, oyogʻi guvohlik beradi.)

  66. 66

    وَلَوْ نَشَآءُ لَطَمَسْنَا عَلَىٰٓ أَعْيُنِهِمْ فَٱسْتَبَقُوا۟ ٱلصِّرَٰطَ فَأَنَّىٰ يُبْصِرُونَ

    Agar xohlasak, koʻzlarini tep-tekis qilib qoʻyurmiz. Bas, ular yoʻlga shoshilurlar. Ammo qanday ham koʻrsinlar.

  67. 67

    وَلَوْ نَشَآءُ لَمَسَخْنَٰهُمْ عَلَىٰ مَكَانَتِهِمْ فَمَا ٱسْتَطَٰعُوا۟ مُضِيًّۭا وَلَا يَرْجِعُونَ

    Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qoʻyurmiz. Bas, oldingi yurishga ham qodir boʻlmaslar, ortga ham qayta olmaslar.

  68. 68

    وَمَن نُّعَمِّرْهُ نُنَكِّسْهُ فِى ٱلْخَلْقِ ۖ أَفَلَا يَعْقِلُونَ

    Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qoʻyurmiz. Axir aql ishlatib koʻrmaydilarmi?! (Iymonga kelib, ibodat bilan oʻtgan moʻminlar qariganlari sari rohatlari koʻpayib boradi. Hayotda qolishni savob ishlash uchun fursat deb xursand boʻladilar. Jannatga va Allohning roziligiga yetishish umidida oʻlimni xursand boʻlib kutib oladilar. Kofirlar esa, aqllarini ishlatmaganlari uchun bu masalada katta qiyinchilikda qoladilar.)

  69. 69

    وَمَا عَلَّمْنَٰهُ ٱلشِّعْرَ وَمَا يَنۢبَغِى لَهُۥٓ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ وَقُرْءَانٌۭ مُّبِينٌۭ

    Biz unga sheʼrni taʼlim berganimiz yoʻq. Va bu uning uchun toʻgʻri ham kelmaydi. U zikr va ochiq-oydin Qurʼondan oʻzga narsa emas.

  70. 70

    لِّيُنذِرَ مَن كَانَ حَيًّۭا وَيَحِقَّ ٱلْقَوْلُ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ

    Tirik boʻlgan shaxslarni ogohlantirish va kofirlarga (azob) soʻzini haq qilishi uchundir.

  71. 71

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا خَلَقْنَا لَهُم مِّمَّا عَمِلَتْ أَيْدِينَآ أَنْعَٰمًۭا فَهُمْ لَهَا مَٰلِكُونَ

    Axir Biz ular uchun Oʻz qoʻllarimiz—la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qoʻyganimizni koʻrmaydilarmi?! Bas, ular oʻshalarga molik–egadirlar-ku!

  72. 72

    وَذَلَّلْنَٰهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ

    Biz ularga oʻsha(hayvon)larni boʻyinsundirib qoʻydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.

  73. 73

    وَلَهُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَمَشَارِبُ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ

    Ular uchun oʻshalarda manfaatlar va ichkiliklar bor. Axir shukr qilmaydilarmi?!

  74. 74

    وَٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةًۭ لَّعَلَّهُمْ يُنصَرُونَ

    Ular Allohdan oʻzga ilohlar tutdilar. Goʻyoki ulardan yordam berilar emish.

  75. 75

    لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَهُمْ وَهُمْ لَهُمْ جُندٌۭ مُّحْضَرُونَ

    Ularning yordamiga u(xudo)lari qodir boʻlmaslar. Ular esa, oʻsha(xudo)lari uchun hozir qilingan askardirlar. (Mushriklarning «xudolari» ularga yordam berishga qodir boʻla olmaydilar. Lekin ular oʻsha «xudolari» uchun jon fido qilishga tayyor turgan askarlardir. Ular uchun turli xizmatlar ado etadilar. Soxta xudolarini himoya qilish uchun oʻzlarini oʻtga-choʻqqa uradilar. Bular qanday xudolar boʻldi?! Bular qanday bandalar boʻldi? Bunday xudolik va bandalik qaysi mantiqqa toʻgʻri keladi?)

  76. 76

    فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ

    Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.

  77. 77

    أَوَلَمْ يَرَ ٱلْإِنسَٰنُ أَنَّا خَلَقْنَٰهُ مِن نُّطْفَةٍۢ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌۭ مُّبِينٌۭ

    Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmasmi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi?!

  78. 78

    وَضَرَبَ لَنَا مَثَلًۭا وَنَسِىَ خَلْقَهُۥ ۖ قَالَ مَن يُحْىِ ٱلْعِظَٰمَ وَهِىَ رَمِيمٌۭ

    U Bizga misol keltirdi va oʻz yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltiradi? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» dedi.

  79. 79

    قُلْ يُحْيِيهَا ٱلَّذِىٓ أَنشَأَهَآ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ

    Sen: «Ularni ilk marta yoʻqdan bor qilgan zot tiriltirur va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.

  80. 80

    ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلْأَخْضَرِ نَارًۭا فَإِذَآ أَنتُم مِّنْهُ تُوقِدُونَ

    U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz. (U zot shunday qudratli zotki, baʼzi narsalarni oʻziga qarama-qarshi tomondan ham chiqaraveradi. Misol uchun, yam-yashil daraxtni olaylik. U hoʻl boʻladi. Tarkibida suv bor. Suv esa, olovni oʻchiradi. Ammo Alloh taolo olovga ters boʻlmish hoʻl daraxtni bir-biriga ishqasa, oʻt chiqaradigan holga keltirib qoʻygandir. Olovga yoqilgʻini ham oʻsha daraxtning oʻzidan qilib qoʻygandir. Bu ulkan bir moʻʼjizaga odamlar eʼtibor bermaydilar.)

  81. 81

    أَوَلَيْسَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُم ۚ بَلَىٰ وَهُوَ ٱلْخَلَّٰقُ ٱلْعَلِيمُ

    Osmonlaru yerni yaratgan zot ularga oʻxshashni yaratishga qodir emasmi?! Yoʻq! U oʻta yaratguvchi, oʻta bilguvchi zotdir.

  82. 82

    إِنَّمَآ أَمْرُهُۥٓ إِذَآ أَرَادَ شَيْـًٔا أَن يَقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

    Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Boʻl» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa boʻlur.

  83. 83

    فَسُبْحَٰنَ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍۢ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Bas, barcha narsaning tom egaligi qoʻlida boʻlgan zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar. (Gap shunday ekan, demak dunyodagi barcha narsalarning toʻla egaligi va tasarrufi qoʻlida boʻlgan Alloh taolo pokdir. Barcha ayb va nuqsonlardan, jumladan, kofir va mushriklar, oʻlganlarni qayta tiriltira olmaydi, deb taqayotgan nuqsondan ham pokdir.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.