Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 92 · Makkiy · 21 Oyatlar

Sura Layl

Tun

سورة الليل
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰ

    Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam.

  2. 2

    وَٱلنَّهَارِ إِذَا تَجَلَّىٰ

    Nahorning tajalli payti bilan qasam.

  3. 3

    وَمَا خَلَقَ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰٓ

    Erkak va urgʻochining yaratilishi bilan qasam.

  4. 4

    إِنَّ سَعْيَكُمْ لَشَتَّىٰ

    Albatta, sizlarning ishlaringiz turlichadur.

  5. 5

    فَأَمَّا مَنْ أَعْطَىٰ وَٱتَّقَىٰ

    Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa.

  6. 6

    وَصَدَّقَ بِٱلْحُسْنَىٰ

    Va goʻzal(soʻz)ni tasdiq qilsa.

  7. 7

    فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْيُسْرَىٰ

    Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.

  8. 8

    وَأَمَّا مَنۢ بَخِلَ وَٱسْتَغْنَىٰ

    Ammo kimki baxillik va istigʻno qilsa.

  9. 9

    وَكَذَّبَ بِٱلْحُسْنَىٰ

    Va goʻzal(soʻz)ni yolgʻonga chiqarsa.

  10. 10

    فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْعُسْرَىٰ

    Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.

  11. 11

    وَمَا يُغْنِى عَنْهُ مَالُهُۥٓ إِذَا تَرَدَّىٰٓ

    U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas.

  12. 12

    إِنَّ عَلَيْنَا لَلْهُدَىٰ

    Albatta, hidoyatga boshlash Bizning zimmamizdadir.

  13. 13

    وَإِنَّ لَنَا لَلْءَاخِرَةَ وَٱلْأُولَىٰ

    Albatta, ham oxirat va ham bu dunyo Biznikidir.

  14. 14

    فَأَنذَرْتُكُمْ نَارًۭا تَلَظَّىٰ

    Bas, Men sizlarni (alangasi avj olib turgan) oʻtdan ogohlantirdim.

  15. 15

    لَا يَصْلَىٰهَآ إِلَّا ٱلْأَشْقَى

    U(oʻt)ga badbaxtdan boshqa hech kim kirmas.

  16. 16

    ٱلَّذِى كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ

    Oʻsha yolgʻonga chiqargan va yuz oʻgirgan edi.

  17. 17

    وَسَيُجَنَّبُهَا ٱلْأَتْقَى

    Va albatta, undan taqvodor banda chetda qoladi.

  18. 18

    ٱلَّذِى يُؤْتِى مَالَهُۥ يَتَزَكَّىٰ

    U boyligini sarflaydi va oʻzini poklaydi.

  19. 19

    وَمَا لِأَحَدٍ عِندَهُۥ مِن نِّعْمَةٍۢ تُجْزَىٰٓ

    Unda biror kishining qaytarilishi lozim yaxshiligi yoʻq edi.

  20. 20

    إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِ ٱلْأَعْلَىٰ

    Faqatgina oliy maqom Robbisining roziligini soʻrab qiladi.

  21. 21

    وَلَسَوْفَ يَرْضَىٰ

    Va u albatta tezda rozi boʻladi.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.