Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 93 · Makkiy · 11 Oyatlar

Sura Zuho

Choshgoh

سورة الضحى
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلضُّحَىٰ

    Choshgoh bilan qasam.

  2. 2

    وَٱلَّيْلِ إِذَا سَجَىٰ

    Sukunatga choʻmgan tun bilan qasam.

  3. 3

    مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ

    Robbing seni tark qilmadi va gʻazab ham qilmadi. (Ushbu oyati karima mushriklar, Muhammadning Robbisi unga gʻazab qildi, uni tark etdi, deb gap tarqatganlarida raddiya sifatida tushgandir.)

  4. 4

    وَلَلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لَّكَ مِنَ ٱلْأُولَىٰ

    Va, albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir.

  5. 5

    وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَىٰٓ

    Va tezda Robbing senga ato qiladir va sen rozi boʻlursan.

  6. 6

    أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًۭا فَـَٔاوَىٰ

    U seni yetim topib, joylab qoʻymadimi?

  7. 7

    وَوَجَدَكَ ضَآلًّۭا فَهَدَىٰ

    Va U seni hayron topib, hidoyatga boshlamadimi?

  8. 8

    وَوَجَدَكَ عَآئِلًۭا فَأَغْنَىٰ

    Va U seni kambagʻal topib, boy qilmadimi?

  9. 9

    فَأَمَّا ٱلْيَتِيمَ فَلَا تَقْهَرْ

    Ammo yetimga qahr qilma.

  10. 10

    وَأَمَّا ٱلسَّآئِلَ فَلَا تَنْهَرْ

    Va, ammo, «soil»ga zajr qilma. («Soil» kelganda–biror narsasi boʻlsa berishi, boʻlmasa yaxshi muomala qilishi kerak.)

  11. 11

    وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ

    Va, ammo, Robbingning bergan neʼmati haqida soʻzla.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.