Sura 90 · Makkiy · 20 Oyatlar
Sura Balad
Shahar
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
لَآ أُقْسِمُ بِهَٰذَا ٱلْبَلَدِ
Laaa uqsimu bihaazal balad
Mana shu shahar bilan qasam.
-
2
وَأَنتَ حِلٌّۢ بِهَٰذَا ٱلْبَلَدِ
Wa anta hillum bihaazal balad
Sen muqim turgan bu shaharla.
-
3
وَوَالِدٍۢ وَمَا وَلَدَ
Wa waalidinw wa maa walad
Va volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.
-
4
لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ فِى كَبَدٍ
Laqad khalaqnal insaana fee kabad
Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.
-
5
أَيَحْسَبُ أَن لَّن يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌۭ
Ayahsabu al-lai yaqdira 'alaihi ahad
U inson unga hech kimning kuchi yetmaydi, deb hisoblaydimi?
-
6
يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًۭا لُّبَدًا
Yaqoolu ahlaktu maalal lubadaa
U, koʻplab mol-dunyo nafaqa qildim, deydir. (Mol-dunyo bilan gʻururga ketganlarga yaxshilik yoʻlida ehson qil, deb aytilsa, yuqoridagi gapni aytishadi. Vaholanki, yaxshilik yoʻlida hech narsa sarflamagan boʻladi.)
-
7
أَيَحْسَبُ أَن لَّمْ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ
Ayahsabu al lam yarahooo ahad
U inson uni birov koʻrmadi, deb oʻylaydimi?
-
8
أَلَمْ نَجْعَل لَّهُۥ عَيْنَيْنِ
Alam naj'al lahoo 'aynayn
Biz unga ikki koʻzni bermadikmi?
-
9
وَلِسَانًۭا وَشَفَتَيْنِ
Wa lisaananw wa shafatayn
Va tilni va ikki labni (bermadikmi?)
-
10
وَهَدَيْنَٰهُ ٱلنَّجْدَيْنِ
Wa hadaynaahun najdayn
Va Biz uni ikki: (yaxshi va yomon) yoʻlga yoʻllab qoʻydik.
-
11
فَلَا ٱقْتَحَمَ ٱلْعَقَبَةَ
Falaq tahamal-'aqabah
Bas, u dovon oshib oʻtmadi.
-
12
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْعَقَبَةُ
Wa maaa adraaka mal'aqabah
Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
-
13
فَكُّ رَقَبَةٍ
Fakku raqabah
U qul ozod qilishdir.
-
14
أَوْ إِطْعَٰمٌۭ فِى يَوْمٍۢ ذِى مَسْغَبَةٍۢ
Aw it'aamun fee yawmin zee masghabah
Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.
-
15
يَتِيمًۭا ذَا مَقْرَبَةٍ
Yateeman zaa maqrabah
Qarindosh yetimlarga.
-
16
أَوْ مِسْكِينًۭا ذَا مَتْرَبَةٍۢ
Aw miskeenan zaa matrabah
Yoki tuproqqa qorigan miskinlarga.
-
17
ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْمَرْحَمَةِ
Summa kaana minal lazeena aamanoo wa tawaasaw bissabri wa tawaasaw bilmarhamah
Soʻngra iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar boʻlsa.
-
18
أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ
Ulaaa'ika As-haabul maimanah
Ana oʻshalar oʻng tomon egalaridir.
-
19
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا هُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ
Wallazeena kafaroo bi aayaatinaa hum as-haabul Mash'amah
Oyatlarimizga kufr keltirganlar, ular, chap tomon egalaridir.
-
20
عَلَيْهِمْ نَارٌۭ مُّؤْصَدَةٌۢ
Alaihim naarum mu'sadah
Ularni chiqib boʻlmaydigan oʻt-olov oʻrab olgandir.
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.