Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 89 · Makkiy · 30 Oyatlar

Sura Fajr

Tong

سورة الفجر
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلْفَجْرِ

    Fajr bilan qasam.

  2. 2

    وَلَيَالٍ عَشْرٍۢ

    Va oʻn kecha bilan qasam. (Ulamolarimiz, ushbu oyatdagi oʻn kechadan murod Ramazon oyining oxirgi oʻn kechasi, ularda Laylatul qadr kechasi ham bor, deganlar.)

  3. 3

    وَٱلشَّفْعِ وَٱلْوَتْرِ

    Juftu toq bilan qasam.

  4. 4

    وَٱلَّيْلِ إِذَا يَسْرِ

    Va yurilgan tun bilan qasam.

  5. 5

    هَلْ فِى ذَٰلِكَ قَسَمٌۭ لِّذِى حِجْرٍ

    Mana shularda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bordir?!

  6. 6

    أَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِعَادٍ

    Sen Robbing Odga qanday (muomala) qilganinni bilmadingmi?

  7. 7

    إِرَمَ ذَاتِ ٱلْعِمَادِ

    Baland ustunli «Iram»ga.

  8. 8

    ٱلَّتِى لَمْ يُخْلَقْ مِثْلُهَا فِى ٱلْبِلَٰدِ

    Uning misli boshqa diyorlarda xalq qilinmaganga.

  9. 9

    وَثَمُودَ ٱلَّذِينَ جَابُوا۟ ٱلصَّخْرَ بِٱلْوَادِ

    Va vodiyda xarsang toshlarni kesgan Samudga. ( Robbing nima qilganini bilmadingmi?)

  10. 10

    وَفِرْعَوْنَ ذِى ٱلْأَوْتَادِ

    Va koʻp askarlari bor Firʼavnga. (Robbing nima qilganini bilmadingmi?)

  11. 11

    ٱلَّذِينَ طَغَوْا۟ فِى ٱلْبِلَٰدِ

    Ular turli oʻlkalarda tugʻyonga ketgan edilar.

  12. 12

    فَأَكْثَرُوا۟ فِيهَا ٱلْفَسَادَ

    Ular u(oʻlka)larda buzgʻunchilikni koʻpaytirdilar.

  13. 13

    فَصَبَّ عَلَيْهِمْ رَبُّكَ سَوْطَ عَذَابٍ

    Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni quydi.

  14. 14

    إِنَّ رَبَّكَ لَبِٱلْمِرْصَادِ

    Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir. (U kim nima qilayotganini oʻta aniqlik bilan kuzatib turadi. Kuzatib turib tugʻyonga ketgan, haddidan oshgan va zulm qilganlarning jazosini beradi.)

  15. 15

    فَأَمَّا ٱلْإِنسَٰنُ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ رَبُّهُۥ فَأَكْرَمَهُۥ وَنَعَّمَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَكْرَمَنِ

    Bas, qachon insonni Robbisi sinash uchun ikrom qilsa va neʼmat bersa: «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.

  16. 16

    وَأَمَّآ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَهَٰنَنِ

    Bas, qachon Robbisi sinash uchun rizqini tor qilib qoʻysa: «Robbim meni xorladi», deydir.

  17. 17

    كَلَّا ۖ بَل لَّا تُكْرِمُونَ ٱلْيَتِيمَ

    Yoʻq! Balki Sizlar yetimlarni ikrom qilmassizlar.

  18. 18

    وَلَا تَحَٰٓضُّونَ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ

    Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamassizlar.

  19. 19

    وَتَأْكُلُونَ ٱلتُّرَاثَ أَكْلًۭا لَّمًّۭا

    Va merosni shiddatla yeysizlar.

  20. 20

    وَتُحِبُّونَ ٱلْمَالَ حُبًّۭا جَمًّۭا

    Va molni koʻp yaxshi koʻrasizlar.

  21. 21

    كَلَّآ إِذَا دُكَّتِ ٱلْأَرْضُ دَكًّۭا دَكًّۭا

    Yoʻq! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib parcha-parcha boʻlib ketsa.

  22. 22

    وَجَآءَ رَبُّكَ وَٱلْمَلَكُ صَفًّۭا صَفًّۭا

    Va Robbing va farishtalar saf-saf boʻlib kelsa.

  23. 23

    وَجِا۟ىٓءَ يَوْمَئِذٍۭ بِجَهَنَّمَ ۚ يَوْمَئِذٍۢ يَتَذَكَّرُ ٱلْإِنسَٰنُ وَأَنَّىٰ لَهُ ٱلذِّكْرَىٰ

    Va oʻsha kunda jahannamni keltirilsa, oʻsha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda?!

  24. 24

    يَقُولُ يَٰلَيْتَنِى قَدَّمْتُ لِحَيَاتِى

    U, afsuski, (oxirat) hayotimga ham biror narsa taqdim qilsam boʻlar ekan, deydir.

  25. 25

    فَيَوْمَئِذٍۢ لَّا يُعَذِّبُ عَذَابَهُۥٓ أَحَدٌۭ

    Bas, oʻsha kunda Allohning azobiga oʻxshash azobla hech kim azoblamas.

  26. 26

    وَلَا يُوثِقُ وَثَاقَهُۥٓ أَحَدٌۭ

    Va Uning bogʻlashiga oʻxshash hech kim bogʻlamas.

  27. 27

    يَٰٓأَيَّتُهَا ٱلنَّفْسُ ٱلْمُطْمَئِنَّةُ

    Ey xotirjam nafs!

  28. 28

    ٱرْجِعِىٓ إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةًۭ مَّرْضِيَّةًۭ

    Robbingga sen Undan, U sendan rozi boʻlgan holingda qayt!

  29. 29

    فَٱدْخُلِى فِى عِبَٰدِى

    Bas, bandalarim ichiga kirgin!

  30. 30

    وَٱدْخُلِى جَنَّتِى

    Va jannatimga kirgin!

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.