Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 87 · Makkiy · 19 Oyatlar

Sura Aʼlo

Eng oliy

سورة الأعلى
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سَبِّحِ ٱسْمَ رَبِّكَ ٱلْأَعْلَى

    Oliy qadar boʻlgan Robbing ismini poklab yod et.

  2. 2

    ٱلَّذِى خَلَقَ فَسَوَّىٰ

    U yaratgan va mutanosib qilgan zotdir.

  3. 3

    وَٱلَّذِى قَدَّرَ فَهَدَىٰ

    U oʻlchovli qilgan va hidoyatga boshlagan zotdir.

  4. 4

    وَٱلَّذِىٓ أَخْرَجَ ٱلْمَرْعَىٰ

    U oʻt-oʻlanni chiqargan zotdir.

  5. 5

    فَجَعَلَهُۥ غُثَآءً أَحْوَىٰ

    Bas, U uni qoraygan xashak qilgan zotdir.

  6. 6

    سَنُقْرِئُكَ فَلَا تَنسَىٰٓ

    Biz senga qiroat qildiramiz, bas, esdan chiqarmayssan.

  7. 7

    إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ وَمَا يَخْفَىٰ

    Magar Alloh xohlaganini. Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsani ham biladir.

  8. 8

    وَنُيَسِّرُكَ لِلْيُسْرَىٰ

    Va seni oson yoʻlga muyassar qilarmiz.

  9. 9

    فَذَكِّرْ إِن نَّفَعَتِ ٱلذِّكْرَىٰ

    Bas, agar eslatish manfaat bersa, eslatgin.

  10. 10

    سَيَذَّكَّرُ مَن يَخْشَىٰ

    Albatta, qoʻrqqan esga oladir.

  11. 11

    وَيَتَجَنَّبُهَا ٱلْأَشْقَى

    Va badbaxt undan chetda boʻladir.

  12. 12

    ٱلَّذِى يَصْلَى ٱلنَّارَ ٱلْكُبْرَىٰ

    U katta olovga kiradir.

  13. 13

    ثُمَّ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ

    Soʻngra uning ichida oʻlmay ham, tirilmay ham qoladir.

  14. 14

    قَدْ أَفْلَحَ مَن تَزَكَّىٰ

    Batahqiq, kim pok boʻlsa, yutuq topadir.

  15. 15

    وَذَكَرَ ٱسْمَ رَبِّهِۦ فَصَلَّىٰ

    Va Robbisi ismini zikr qilsa va namoz oʻqisa hamdir.

  16. 16

    بَلْ تُؤْثِرُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا

    Lekin, sizlar dunyo hayotini ustun qoʻyasizlar.

  17. 17

    وَٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰٓ

    Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.

  18. 18

    إِنَّ هَٰذَا لَفِى ٱلصُّحُفِ ٱلْأُولَىٰ

    Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir.

  19. 19

    صُحُفِ إِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ

    Ibrohim va Muso sahifalaridadir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.