Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 86 · Makkiy · 17 Oyatlar

Sura Toriq

Tunda keluvchi

سورة الطارق
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلسَّمَآءِ وَٱلطَّارِقِ

    Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.

  2. 2

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلطَّارِقُ

    Toriq nimaligini senga ne bildirdi?

  3. 3

    ٱلنَّجْمُ ٱلثَّاقِبُ

    U nur sochib turuvchi yulduzdir.

  4. 4

    إِن كُلُّ نَفْسٍۢ لَّمَّا عَلَيْهَا حَافِظٌۭ

    Hech bir jon yoʻqki, uning hifz qilib turuvchisi boʻlmasa.

  5. 5

    فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَٰنُ مِمَّ خُلِقَ

    Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.

  6. 6

    خُلِقَ مِن مَّآءٍۢ دَافِقٍۢ

    U otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir.

  7. 7

    يَخْرُجُ مِنۢ بَيْنِ ٱلصُّلْبِ وَٱلتَّرَآئِبِ

    U (suv) sulb (umurtqa) va taroib (koʻkrak suyagi) orasidan chiqadir.

  8. 8

    إِنَّهُۥ عَلَىٰ رَجْعِهِۦ لَقَادِرٌۭ

    Albatta U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.

  9. 9

    يَوْمَ تُبْلَى ٱلسَّرَآئِرُ

    Sirlar fosh boʻladigan kundadir.

  10. 10

    فَمَا لَهُۥ مِن قُوَّةٍۢ وَلَا نَاصِرٍۢ

    Bas, (oʻshanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham boʻlmaydir.

  11. 11

    وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلرَّجْعِ

    Qaytuvchi (yomgʻir) sohibi boʻlgan osmon bilan qasam.

  12. 12

    وَٱلْأَرْضِ ذَاتِ ٱلصَّدْعِ

    Yorib chiquvchi egasi boʻlgan yer bilan qasam.

  13. 13

    إِنَّهُۥ لَقَوْلٌۭ فَصْلٌۭ

    Albatta u(Qurʼon) ajratuvchi soʻzdir.

  14. 14

    وَمَا هُوَ بِٱلْهَزْلِ

    Va u hazil emasdir.

  15. 15

    إِنَّهُمْ يَكِيدُونَ كَيْدًۭا

    Albatta ular hiyla-nayrang qilarlar.

  16. 16

    وَأَكِيدُ كَيْدًۭا

    Va Men ham hiyla qilurman. (Yaʼni, hiylasiga yarasha jazo berurman.)

  17. 17

    فَمَهِّلِ ٱلْكَٰفِرِينَ أَمْهِلْهُمْ رُوَيْدًۢا

    Muhlat ber kofirlarga, ularga ozgina muhlat ber. (Yaʼni, ularga azob kelmayotganidan shoshilma, hammasining vaqti, soati bor.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.