Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 72 · Makkiy · 28 Oyatlar

Sura Jin

Jinlar

سورة الجن
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    قُلْ أُوحِىَ إِلَىَّ أَنَّهُ ٱسْتَمَعَ نَفَرٌۭ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَقَالُوٓا۟ إِنَّا سَمِعْنَا قُرْءَانًا عَجَبًۭا

    Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, Albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qurʼonni eshitdik.

  2. 2

    يَهْدِىٓ إِلَى ٱلرُّشْدِ فَـَٔامَنَّا بِهِۦ ۖ وَلَن نُّشْرِكَ بِرَبِّنَآ أَحَدًۭا

    U toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur. Bas, biz unga iymon keltirdik va oʻz Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz. (Jinlar oʻz aql-farosatlari ila Qurʼonni tushirgan Alloh ularning Robilari ekanligi va unga sherik boʻlishi mumkin emasligini ham tushunib yetadilar. Makka mushriklariga oʻxshab Allohga shirk keltirmasliklarini taʼkidlaydilar.)

  3. 3

    وَأَنَّهُۥ تَعَٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَٰحِبَةًۭ وَلَا وَلَدًۭا

    Va, albatta, Robbimizning azamati yuksak boʻldi. U oʻziga xotin va farzand tutgani yoʻq!

  4. 4

    وَأَنَّهُۥ كَانَ يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى ٱللَّهِ شَطَطًۭا

    Va albatta esi pastimiz Allohga nohaq gaplarni aytardi.

  5. 5

    وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن تَقُولَ ٱلْإِنسُ وَٱلْجِنُّ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا

    Va, albatta, biz, ins ham, jin ham Allohga (nisbatan) yolgʻon gapirmas, deb oʻylardik.

  6. 6

    وَأَنَّهُۥ كَانَ رِجَالٌۭ مِّنَ ٱلْإِنسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالٍۢ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَزَادُوهُمْ رَهَقًۭا

    Albatta, insdan baʼzi kishilar, jinlarning baʼzi kishilaridan panoh soʻrardilar. Bas, bu(jin)lar u(ins)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar.

  7. 7

    وَأَنَّهُمْ ظَنُّوا۟ كَمَا ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَبْعَثَ ٱللَّهُ أَحَدًۭا

    Va albatta u(ins)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini oʻlgandan soʻng tiriltirmas, deb gumon qilardilar.

  8. 8

    وَأَنَّا لَمَسْنَا ٱلسَّمَآءَ فَوَجَدْنَٰهَا مُلِئَتْ حَرَسًۭا شَدِيدًۭا وَشُهُبًۭا

    Va albatta biz osmonga (yetishni) talab qildik. Bas, uni kuchli qoʻriqchilarga va uchqunlarga toʻlgan holda koʻrdik.

  9. 9

    وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَٰعِدَ لِلسَّمْعِ ۖ فَمَن يَسْتَمِعِ ٱلْءَانَ يَجِدْ لَهُۥ شِهَابًۭا رَّصَدًۭا

    Va, alabatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, oʻzini poylab turgan uchqunga duchor boʻladir.

  10. 10

    وَأَنَّا لَا نَدْرِىٓ أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَن فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ أَرَادَ بِهِمْ رَبُّهُمْ رَشَدًۭا

    Va, albatta, biz yer yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robbilari ularga rushdni iroda qildimi-bilmasmiz.

  11. 11

    وَأَنَّا مِنَّا ٱلصَّٰلِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ كُنَّا طَرَآئِقَ قِدَدًۭا

    Va, albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar boʻlgan edik.

  12. 12

    وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن نُّعْجِزَ ٱللَّهَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَن نُّعْجِزَهُۥ هَرَبًۭا

    Va, albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va undan qochib qutila olmasligimizga ishondik.

  13. 13

    وَأَنَّا لَمَّا سَمِعْنَا ٱلْهُدَىٰٓ ءَامَنَّا بِهِۦ ۖ فَمَن يُؤْمِنۢ بِرَبِّهِۦ فَلَا يَخَافُ بَخْسًۭا وَلَا رَهَقًۭا

    Va, albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki oʻz Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga ogʻir yuk yuklanishidan ham qoʻrqmas.

  14. 14

    وَأَنَّا مِنَّا ٱلْمُسْلِمُونَ وَمِنَّا ٱلْقَٰسِطُونَ ۖ فَمَنْ أَسْلَمَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ تَحَرَّوْا۟ رَشَدًۭا

    Va, albatta, bizdan musulmonlar va bizdan adashganlar bor. Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yoʻlni tanlabdilar.

  15. 15

    وَأَمَّا ٱلْقَٰسِطُونَ فَكَانُوا۟ لِجَهَنَّمَ حَطَبًۭا

    Va, ammo, adashganlar, bas, jahannamga oʻtin boʻlibdilar. (Oyatda yoʻldan adashganlar jahannamga yoqilgʻi boʻlishliklari ham aniq, ochiq-oydin aytilmoqda.)

  16. 16

    وَأَلَّوِ ٱسْتَقَٰمُوا۟ عَلَى ٱلطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَٰهُم مَّآءً غَدَقًۭا

    Va agar ular toʻgʻri yoʻlda mustaqim boʻlsalar, albatta, Biz koʻp suv ila sugʻoramiz.

  17. 17

    لِّنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَمَن يُعْرِضْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِۦ يَسْلُكْهُ عَذَابًۭا صَعَدًۭا

    U ila ularni sinash uchun. Va kimki oʻz Robbisi zikridan yuz oʻrigsa, uni U zot qiyin azobga soladir.

  18. 18

    وَأَنَّ ٱلْمَسَٰجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدْعُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ أَحَدًۭا

    Va, alabatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang. (Masjidlar Allohga ibodat qilish uchun bino qilingan joylardir, shuning uchun ham ular «Baytulloh» –Allohning uyi deb ataladi. Boshqa din vakillari oʻz ibodatxonalarida Allohga shirk keltirishar, yagona Allohdan oʻzgaga ham ibodat, duo qilishardi. Alloh taolo bu oyatda Oʻz Paygʻambari va moʻmin-musulmonlarni tavhidga-faqat Allohning Oʻziga ibodat qilishga chaqiradi.)

  19. 19

    وَأَنَّهُۥ لَمَّا قَامَ عَبْدُ ٱللَّهِ يَدْعُوهُ كَادُوا۟ يَكُونُونَ عَلَيْهِ لِبَدًۭا

    Va, albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek toʻplanib, bosib yuboray deyishdi. (Bu oyatda jinlarning Paygʻambar alayhissalom huzurlariga ikkinchi bor kelib Qurʼon eshitganlari payti tasvirlanyapti.)

  20. 20

    قُلْ إِنَّمَآ أَدْعُوا۟ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِهِۦٓ أَحَدًۭا

    Sen: «Albatta, men faqat oʻz Robbimga ibodat qilaman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», deb ayt.

  21. 21

    قُلْ إِنِّى لَآ أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّۭا وَلَا رَشَدًۭا

    Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, manfaatga ham molik emasman»-deb ayt.

  22. 22

    قُلْ إِنِّى لَن يُجِيرَنِى مِنَ ٱللَّهِ أَحَدٌۭ وَلَنْ أَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًا

    Sen: «Albatta, meni hech kim Alloh(azobi)dan saqlab qola olmas va hargiz Allohdan oʻzga pushti panoh topa olmasman.

  23. 23

    إِلَّا بَلَٰغًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِسَٰلَٰتِهِۦ ۚ وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا

    Mening vazifam, faqat, Allohning topshiriqlarini yetkazishdir. Kimki Allohga va Uning Paygʻambariga boʻysunmasa, unga jahannam otashi bor, unda abadiy qolajaklar.

  24. 24

    حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوْا۟ مَا يُوعَدُونَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ أَضْعَفُ نَاصِرًۭا وَأَقَلُّ عَدَدًۭا

    Toki ularga vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida, kimning yordamchisi zaifu, kimning soni ozligini ham bilarlar», deb ayt.

  25. 25

    قُلْ إِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌۭ مَّا تُوعَدُونَ أَمْ يَجْعَلُ لَهُۥ رَبِّىٓ أَمَدًا

    Sen: «Sizlarga vaʼda qilingan narsa yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muddat qilganmi–bilmayman.

  26. 26

    عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِۦٓ أَحَدًا

    U gʻaybni biluvchidir va hech kimni Oʻz gʻoybidan xabardor qilmaydi.

  27. 27

    إِلَّا مَنِ ٱرْتَضَىٰ مِن رَّسُولٍۢ فَإِنَّهُۥ يَسْلُكُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ رَصَدًۭا

    Magar Oʻzi rozi boʻlgan Paygʻambarlar. Albatta Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qoʻyib qoʻyadir.

  28. 28

    لِّيَعْلَمَ أَن قَدْ أَبْلَغُوا۟ رِسَٰلَٰتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَىْءٍ عَدَدًۢا

    Paygʻambarlar oʻz Robbilari risolalarini darhaqiqat yetkazganliklarini bilish uchun va Alloh bandalar huzuridagi barcha narsani ixota qilib olganligini va hamma narsani adadi, hisobini qilganligini bilish uchun», deb ayt. (Paygʻambarlar muhofazasi uchun qoʻyilgan farishtalar bir yoʻla, ularning Allohning dinini odamlarga qandoq yetkazayotganlariga guvoh ham boʻlib turadilar. Alloh hamma narsani Oʻz ixtiyoriga olib oʻragani, hamma narsaning hisob-kitobini qilib turishiga ham shohiddirlar.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.