Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 71 · Makkiy · 28 Oyatlar

Sura Nuh

Nuh paygʻambar

سورة نوح
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِنَّآ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ أَنْ أَنذِرْ قَوْمَكَ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Biz Nuhni oʻz qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin deb, Paygʻambar qilib yubordik.

  2. 2

    قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌ

    U: «Ey qavmim, albatta men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  3. 3

    أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ

    Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar.

  4. 4

    يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ إِذَا جَآءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    U sizlarning gunohlaringizdan magʻfirat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qoʻyib qoʻyadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», dedi. (Bu oyatda zikr qilingan, gunohlarnig kechirilishi va belgilangan muddatgacha yashab qolish, avvalgi oyatda shart qilingan Allohga ibodat qilish, unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat qilish ishalri boʻlsagina vujudga keladi.)

  5. 5

    قَالَ رَبِّ إِنِّى دَعَوْتُ قَوْمِى لَيْلًۭا وَنَهَارًۭا

    U: «Robbim, men oʻz qavmimni kechayu kunduz daʼvat qildim.

  6. 6

    فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَآءِىٓ إِلَّا فِرَارًۭا

    Mening chaqirigʻim ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi.

  7. 7

    وَإِنِّى كُلَّمَا دَعَوْتُهُمْ لِتَغْفِرَ لَهُمْ جَعَلُوٓا۟ أَصَٰبِعَهُمْ فِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَٱسْتَغْشَوْا۟ ثِيَابَهُمْ وَأَصَرُّوا۟ وَٱسْتَكْبَرُوا۟ ٱسْتِكْبَارًۭا

    Va alabatta qachonki men ularni sening magʻfirat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar va (kofirlikda) sobit boʻldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar.

  8. 8

    ثُمَّ إِنِّى دَعَوْتُهُمْ جِهَارًۭا

    Soʻngra, albatta men ularni ochiq daʼvat qildim.

  9. 9

    ثُمَّ إِنِّىٓ أَعْلَنتُ لَهُمْ وَأَسْرَرْتُ لَهُمْ إِسْرَارًۭا

    Soʻngra, albatta men ularga eʼlon va sirriy (daʼvat) qildim.

  10. 10

    فَقُلْتُ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ إِنَّهُۥ كَانَ غَفَّارًۭا

    Bas, oʻz Robbingizga istigʻfor ayting, albatta u gunohlarni koʻplab magʻfirat qiluvchidir, dedim.

  11. 11

    يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًۭا

    U zot osmondan ustingizga ketma-ket (baraka yomgʻirini) yuboradir.

  12. 12

    وَيُمْدِدْكُم بِأَمْوَٰلٍۢ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّٰتٍۢ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَٰرًۭا

    Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bogʻu rogʻlar hamda anqorlarni beradir.

  13. 13

    مَّا لَكُمْ لَا تَرْجُونَ لِلَّهِ وَقَارًۭا

    Sizlarga nima boʻldiki, Allohning azamatini oʻylab koʻrmaysizlar?

  14. 14

    وَقَدْ خَلَقَكُمْ أَطْوَارًا

    Holbuki, u sizlarni holatma-holat yaratdi.

  15. 15

    أَلَمْ تَرَوْا۟ كَيْفَ خَلَقَ ٱللَّهُ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ طِبَاقًۭا

    Alloh yettti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qoʻyganini koʻrmadingizmi?

  16. 16

    وَجَعَلَ ٱلْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًۭا وَجَعَلَ ٱلشَّمْسَ سِرَاجًۭا

    Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qoʻyganini koʻrmadingizmi?

  17. 17

    وَٱللَّهُ أَنۢبَتَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ نَبَاتًۭا

    Va Alloh sizlarni yerdan oʻstirib chiqaradir.

  18. 18

    ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًۭا

    Soʻngra sizlarni unga qaytarib, yana chiqaradir.

  19. 19

    وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ بِسَاطًۭا

    Va Alloh sizlarga yerni gilamdek toʻshab qoʻydi.

  20. 20

    لِّتَسْلُكُوا۟ مِنْهَا سُبُلًۭا فِجَاجًۭا

    Unda siz keng yoʻllardan yurishingiz uchun», deb aytdim.

  21. 21

    قَالَ نُوحٌۭ رَّبِّ إِنَّهُمْ عَصَوْنِى وَٱتَّبَعُوا۟ مَن لَّمْ يَزِدْهُ مَالُهُۥ وَوَلَدُهُۥٓ إِلَّا خَسَارًۭا

    Nuh: «Ey Robbim, albatta ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar.

  22. 22

    وَمَكَرُوا۟ مَكْرًۭا كُبَّارًۭا

    Va nihoyatda ulkan makr qildilar.

  23. 23

    وَقَالُوا۟ لَا تَذَرُنَّ ءَالِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّۭا وَلَا سُوَاعًۭا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًۭا

    Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar va albatta Vaddni ham, Suvaʼni ham, Yagʻusni ham, Yaʼuqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar. (Shayton vasvasasi tufayli kishilar haykallarga sigʻinishining bayoni ushbu oyatda nozil qilingandir.)

  24. 24

    وَقَدْ أَضَلُّوا۟ كَثِيرًۭا ۖ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا ضَلَٰلًۭا

    Darhaqiqat ular koʻplarini adashtirdilar va sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi. (Koʻrinib turibdiki, Nuh alayhissalomning bu duolari nihoyatda alamli duo. Nuh alayhissalom oʻz qavmlariga qilgan ushbu duoibandni Alloh subhanahu va taolo u zotga sening qavmingdan hozir iymonga kelganlaridan oʻzgasi zinhor iymonga kelmas, deb xabar berganidan soʻng, ularning iymonlaridan noumid boʻlib turib qolganlar.)

  25. 25

    مِّمَّا خَطِيٓـَٰٔتِهِمْ أُغْرِقُوا۟ فَأُدْخِلُوا۟ نَارًۭا فَلَمْ يَجِدُوا۟ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَنصَارًۭا

    Ular xatolari tufayli gʻarq qilindilar, bas, doʻzaxga kiritildilar. Bas, oʻzlariga Allohdan oʻzga yordamchi topa olmadilar.

  26. 26

    وَقَالَ نُوحٌۭ رَّبِّ لَا تَذَرْ عَلَى ٱلْأَرْضِ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ دَيَّارًا

    Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qoʻymagin.

  27. 27

    إِنَّكَ إِن تَذَرْهُمْ يُضِلُّوا۟ عِبَادَكَ وَلَا يَلِدُوٓا۟ إِلَّا فَاجِرًۭا كَفَّارًۭا

    Albatta sen ularni tek qoʻysang, bandalaringni adashtirurlar va fojiru kofirdan boshqa tugʻmaslar.

  28. 28

    رَّبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِمَن دَخَلَ بَيْتِىَ مُؤْمِنًۭا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا تَبَارًۢا

    Robbim, meni magʻfirat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga moʻmin boʻlib kirganlarni va moʻminlaru moʻminalarni ham. Va zolimlarga halokatdan oʻzga narsani ziyoda qilmagin», dedi. (Nuh alayhissalomning duolari qabul boʻldi. Alloh taolo kofirlarni bitta ham qoʻymay halok qildi. Chunki ular insoniyat badaniga tushgan qorason kasalidek edilar. Ularni kesib tashlamasa boʻlmas edi.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.