Sura 70 · Makkiy · 44 Oyatlar
Sura Maorij
Yuksalish yoʻllari
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
سَأَلَ سَآئِلٌۢ بِعَذَابٍۢ وَاقِعٍۢ
Sa ala saaa'ilum bi'azaa binw-waaqi'
Soʻrovchi voqeʼ boʻluvchi azob haqida soʻradi.
-
2
لِّلْكَٰفِرِينَ لَيْسَ لَهُۥ دَافِعٌۭ
Lilkaafireen laisa lahoo daafi'
Kofirlar ustiga. U(azob)ni daf qiluvchi yoʻqdir.
-
3
مِّنَ ٱللَّهِ ذِى ٱلْمَعَارِجِ
Minal laahi zil ma'aarij
U maʼorijlar egasi Allohdandir.
-
4
تَعْرُجُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَٱلرُّوحُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍۢ كَانَ مِقْدَارُهُۥ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍۢ
Ta'rujul malaaa'ikatu war Roohu ilaihi fee yawmin kaana miqdaaruhoo khamseena alfa sanah
Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil boʻlgan kunda koʻtariladir.
-
5
فَٱصْبِرْ صَبْرًۭا جَمِيلًا
Fasbir ssabran jameelaa
Bas, chiroyli sabr qil.
-
6
إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُۥ بَعِيدًۭا
Inaahum yarawnahoo ba'eedaa
Albatta, ular u(qiyomat)ni uzoq deb bilurlar.
-
7
وَنَرَىٰهُ قَرِيبًۭا
Wa naraahu qareebaa
Va Biz uni juda yaqin deb bilurmiz.
-
8
يَوْمَ تَكُونُ ٱلسَّمَآءُ كَٱلْمُهْلِ
Yawma takoonus samaaa'u kalmuhl
U kunda osmon xuddi qora moy qoldiqlariga oʻxshab qoladir.
-
9
وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ
Wa takoonul jibaalu kal'ihn
Va togʻlar xuddi titilgan junga oʻxshab qoladir.
-
10
وَلَا يَسْـَٔلُ حَمِيمٌ حَمِيمًۭا
Wa laa yas'alu hameemun hameemaa
Va yaqin doʻst oʻz doʻstidan soʻramaydir.
-
11
يُبَصَّرُونَهُمْ ۚ يَوَدُّ ٱلْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِى مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍۭ بِبَنِيهِ
Yubassaroonahum; ya waddul mujrimu law yaftadee min 'azaabi yawma'izim bibaneeh
Ularni koʻrib tururlar. Gunohkor oʻsha kun azobidan qutulish uchun oʻz bolalarini ham.
-
12
وَصَٰحِبَتِهِۦ وَأَخِيهِ
Wa saahibatihee wa akheeh
Xotinini va aka-ukasini ham,
-
13
وَفَصِيلَتِهِ ٱلَّتِى تُـْٔوِيهِ
Wa faseelathil latee tu'weeh
Va uni oʻziga olgan qabilasini ham.
-
14
وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًۭا ثُمَّ يُنجِيهِ
Wa man fil ardi jamee'an summa yunjeeh
Va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni, soʻngra oʻzi najot topishni istaydir.
-
15
كَلَّآ ۖ إِنَّهَا لَظَىٰ
Kallaa innahaa lazaa
Yoʻq! Albatta u(jahannam) kuchli alangadir.
-
16
نَزَّاعَةًۭ لِّلشَّوَىٰ
Nazzaa'atal lishshawaa
Boshning terisini sidirib oluvchidir. (Bosh terisi shilib olingan doʻzaxiyga Alloh taolo yana yangi teri ato etadi. Jahannam oʻti esa yana uni shilib oladi va shu tariqa toʻxtovsiz davom etaveradi.)
-
17
تَدْعُوا۟ مَنْ أَدْبَرَ وَتَوَلَّىٰ
Tad'oo man adbara wa tawallaa
U chaqiradir; orqaga ketgan va yuz oʻgirganni.
-
18
وَجَمَعَ فَأَوْعَىٰٓ
W jama'a fa aw'aa
Va (molni) yigʻib berkitganni.
-
19
۞ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ خُلِقَ هَلُوعًا
Innal insaana khuliqa haloo'aa
Albatta, inson «haluʼ» qilib yaratilgandir. («Haluʼ» soʻzi hirs, zajr, chidamsizlik va sabrsizlik maʼnolarini mujassamlashtiradi.)
-
20
إِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ جَزُوعًۭا
Izaa massahush sharru jazoo'aa
Agar unga yomonlik yetsa, chidamsizdir.
-
21
وَإِذَا مَسَّهُ ٱلْخَيْرُ مَنُوعًا
Wa izaa massahul khairu manoo'aa
Va agar yaxshilik yetsa, koʻp man qiluvchidir.
-
22
إِلَّا ٱلْمُصَلِّينَ
Illal musalleen
Magara namoz oʻquvchilargina mustasnodir.
-
23
ٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ دَآئِمُونَ
Allazeena hum 'alaa Salaatihim daaa'imoon
Ular namozlarida doim boʻladiganlardir.
-
24
وَٱلَّذِينَ فِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّۭ مَّعْلُومٌۭ
Wallazeena feee amwaalihim haqqum ma'loom
Ularning molu mulklarida mvʼlum haq bordir.
-
25
لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ
Lissaaa 'ili walmahroom
Soʻrovchi va bechoralar uchundir.
-
26
وَٱلَّذِينَ يُصَدِّقُونَ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ
Wallazeena yusaddiqoona bi yawmid Deen
Va ular qiyomat kunini tasdiqlaydiganlardir.
-
27
وَٱلَّذِينَ هُم مِّنْ عَذَابِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ
Wallazeena hum min 'azaabi Rabbihim mushfiqoon
Va ular oʻz Robbilari azobidan qoʻrqadiganlardir.
-
28
إِنَّ عَذَابَ رَبِّهِمْ غَيْرُ مَأْمُونٍۢ
Inna 'azaaba Rabbihim ghairu maamoon
Albatta Robbilarining azobidan omonlik yoʻqdir.
-
29
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَٰفِظُونَ
Wallazeena hum lifuroo jihim haafizoon
Va ular oʻz farjlarini saqlaydiganlardir.
-
30
إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ
Illaa 'alaaa azwaajihim aw maa malakat aymaanuhum fainnahum ghairu maloomeen
Magaram oʻz xotinlari yoki oʻz mulki boʻlganlar mustasnodir. Albatta ular bunga malomat qilinmaydir.
-
31
فَمَنِ ٱبْتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْعَادُونَ
Famanib taghaa waraaa'a zaalika fa ulaaa'ika humul 'aadoon
Kimki oʻshandan oʻzgani istasa, bas, ular chegaradan chiqqanlardir.
-
32
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَٰنَٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ
Wallazeena hum li amaa naatihim wa 'ahdihim raa'oon
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir.
-
33
وَٱلَّذِينَ هُم بِشَهَٰدَٰتِهِمْ قَآئِمُونَ
Wallazeena hum bishahaadaatihim qaaa'imoon
Va ular guvohliklarini toʻgʻri beradiganlardir.
-
34
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ
Wallazeena hum 'alaa salaatihim yuhaafizoon
Ular namozlarini muhofaza qiladiganlardir.
-
35
أُو۟لَٰٓئِكَ فِى جَنَّٰتٍۢ مُّكْرَمُونَ
Ulaaa'ika fee jannaatim mukramoon
Oʻshalar jannatlarda hurmatlanadiganlardir.
-
36
فَمَالِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قِبَلَكَ مُهْطِعِينَ
Famaa lil lazeena kafaroo qibalaka muhti'een
Kufr keltirganlarga nima boʻldiki, boʻyinlarini choʻzib sen tomon shoshmoqdalar?!
-
37
عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ عِزِينَ
'Anil yameeni wa 'anish shimaali 'izeen
Oʻng tarafdan va chap tarafdan toʻp-toʻp boʻlmoqdalar?! (Paygʻambar sallollohu alayhi vasallam Qurʼon tilovat qilganlarida mushriklar shoshilib kelib, toʻp-toʻp boʻlib oʻtirishar va koʻz uzmay tikilib turishar edilar.)
-
38
أَيَطْمَعُ كُلُّ ٱمْرِئٍۢ مِّنْهُمْ أَن يُدْخَلَ جَنَّةَ نَعِيمٍۢ
Ayatma'u kullum ri'im minhum anyyudkhala jannata Na'eem
Ulardan har bir kishi naʼim jannatga kiritilishni tamaʼ qiladimi?
-
39
كَلَّآ ۖ إِنَّا خَلَقْنَٰهُم مِّمَّا يَعْلَمُونَ
Kallaaa innaa khalaq nahum mimmaa ya'lamoon
Yoʻq! Albatta, Biz ularni oʻzlari bilgan narsadan yaratganmiz.
-
40
فَلَآ أُقْسِمُ بِرَبِّ ٱلْمَشَٰرِقِ وَٱلْمَغَٰرِبِ إِنَّا لَقَٰدِرُونَ
Falaaa uqsimu bi Rabbil mashaariqi wal maghaaribi innaa laqaadiroon
Mashriqlar va magʻriblar Robbisi bilan qasam ichamanki, albatta Biz qodirmiz.
-
41
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ خَيْرًۭا مِّنْهُمْ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ
'Alaaa an nubaddila khairam minhum wa maa Nahnu bimasbooqeen
Oʻrinlariga ulardan yaxshiroqlarini almashtirishga qodirmiz va Biz bu ishni qilishdan ojiz emasmiz.
-
42
فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا۟ وَيَلْعَبُوا۟ حَتَّىٰ يُلَٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ
Fazarhum yakhoodoo wa yal'aboo hattaa yulaaqoo yaw mahumul lazee yoo'adoon
Ularni tek qoʻy. To vaʼda qilingan kunga yoʻliqqunlaricha xohlaganlariga shoʻngʻiyversinlar va oʻynayversinlar.
-
43
يَوْمَ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ سِرَاعًۭا كَأَنَّهُمْ إِلَىٰ نُصُبٍۢ يُوفِضُونَ
Yawma yakhrujoona minal ajdaasi siraa'an ka anna hum ilaa nusubiny yoofidoon
U kunda xuddi sanamlar (ibodatiga) shoshganlaridek, qabrlaridan shoshib chiqurlar.
-
44
خَٰشِعَةً أَبْصَٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌۭ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمُ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يُوعَدُونَ
Khaashi'atan absaaruhum tarhaquhum zillah; zaalikal yawmul lazee kaanoo yoo'adoon
Koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan, oʻzlarini xorlik qoplagan holda tururlar. Bu oʻsha-ularga vaʼda qilingan kundir. (Qiyomatni inkor etuvchilarga bundan ortiq tahdid boʻlmasa kerak!)
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.