Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 73 · Makkiy · 20 Oyatlar

Sura Muzzammil

Oʻranuvchi

سورة المزمل
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمُزَّمِّلُ

    Ey oʻranib yotuvchi!

  2. 2

    قُمِ ٱلَّيْلَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Kechani ozginasidan boshqasini (ibodatda) tik turib oʻtkaz!

  3. 3

    نِّصْفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصْ مِنْهُ قَلِيلًا

    Yarmini yoki undan bir oz qisqarogʻini.

  4. 4

    أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا

    Yoki u(yarim)ga yana qoʻsh va Qurʼonni tartil bilan tilovat qil. (Qurʼonni tartil bilan oʻqish deb uni dona-dona qilib, har bir harfini oʻz oʻrnidan chiqarib, oyatlarini alohida-alohida qilib, tajvid qoidalari asosida oʻqishga aytiladi.)

  5. 5

    إِنَّا سَنُلْقِى عَلَيْكَ قَوْلًۭا ثَقِيلًا

    Albatta, Biz ustingga ogʻir soʻzni tashlarmiz.

  6. 6

    إِنَّ نَاشِئَةَ ٱلَّيْلِ هِىَ أَشَدُّ وَطْـًۭٔا وَأَقْوَمُ قِيلًا

    Albatta, kechasigi ibodat koʻproq muvofiq keladir va qiroati toʻgʻriroq boʻladir.

  7. 7

    إِنَّ لَكَ فِى ٱلنَّهَارِ سَبْحًۭا طَوِيلًۭا

    Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor.

  8. 8

    وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًۭا

    Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq.

  9. 9

    رَّبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱتَّخِذْهُ وَكِيلًۭا

    U mashriqu magʻribning Robbisidir. Undan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻq. Bas, Uni oʻzingga vakil tut.

  10. 10

    وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهْجُرْهُمْ هَجْرًۭا جَمِيلًۭا

    Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlashla, chetlab tur.

  11. 11

    وَذَرْنِى وَٱلْمُكَذِّبِينَ أُو۟لِى ٱلنَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا

    Ahli neʼmat boʻlgan, yolgʻonga chiqaruvchilarni Oʻzimga qoʻyib qoʻy va ularga ozgina muhlat ber.

  12. 12

    إِنَّ لَدَيْنَآ أَنكَالًۭا وَجَحِيمًۭا

    Albatta, Bizda ogʻir kishanlar va jahannam bor.

  13. 13

    وَطَعَامًۭا ذَا غُصَّةٍۢ وَعَذَابًا أَلِيمًۭا

    Va (tomoqqa) tiqiladigan taom va alamli azob bor.

  14. 14

    يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ وَكَانَتِ ٱلْجِبَالُ كَثِيبًۭا مَّهِيلًا

    Bir kundaki, unda yeru togʻlar larzaga keladir va togʻlar oquvchi qumtepalarga aylanadir.

  15. 15

    إِنَّآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْكُمْ رَسُولًۭا شَٰهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًۭا

    Albatta, Biz sizlarga, xuddi Firʼavnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik.

  16. 16

    فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذْنَٰهُ أَخْذًۭا وَبِيلًۭا

    Bas, Firʼavn Rasulga osiy boʻldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.

  17. 17

    فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرْتُمْ يَوْمًۭا يَجْعَلُ ٱلْوِلْدَٰنَ شِيبًا

    Agar kofir boʻlsangiz, bolalarning sochini oqartib yuboradigan kundan qanday saqlanasiz?! («bolalarning sochini oqartib yuboradigan kun»–qiyomat kuni ekani hammaga maʼlum.)

  18. 18

    ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرٌۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعْدُهُۥ مَفْعُولًا

    Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning vaʼdasi amalga oshadir.

  19. 19

    إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌۭ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا

    Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, oʻz Robisi tomon yoʻl oladir.

  20. 20

    ۞ إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِن ثُلُثَىِ ٱلَّيْلِ وَنِصْفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٌۭ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَىٰ ۙ وَءَاخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِى ٱلْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَءَاخَرُونَ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًۭا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍۢ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرًۭا وَأَعْظَمَ أَجْرًۭا ۚ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۢ

    Albatta, Robbing seni kechaning uchdan biridan ozrogʻini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim boʻlib oʻtkazayotganingni va sen bilan birga boʻlganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni Oʻzi oʻlchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (yengillikni) qaytardi. Bas (endi), Qurʼondan muyassar boʻlganicha oʻqinglar. Sizlardan kelajakda kasallar boʻlishini ham bildi. Boshqalar yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yoʻlida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar boʻlganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. Oʻzingiz uchun nima yaxshilik qilgan boʻlsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirogʻini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahmdildir. (Bu oyat bilan Alloh taolo suraning avvalidagi oyatlarga binoan farz qilingan kechasi qoim boʻlishni bekor qildi. Shundan soʻng kechada farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga alanadi. Islom taʼlimotlari har bir narsada yuksak insoniy fazilatlar hukm surishini yoʻlga qoʻyib kelgan va inshaalloh shunday boʻlib qoladi.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.