Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 67 · Makkiy · 30 Oyatlar

Sura Mulk

Hukmronlik

سورة الملك
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    تَبَٰرَكَ ٱلَّذِى بِيَدِهِ ٱلْمُلْكُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌ

    Qoʻlida mulk boʻlgan U zot ulugʻ, muqaddas boʻldi. U barcha narsaga qodirdir.

  2. 2

    ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْمَوْتَ وَٱلْحَيَوٰةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًۭا ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفُورُ

    U oʻlim va hayotini sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratgandir. U aziz va oʻta magʻfiratlidir. (Oʻlimni eslagan odam unga tayyorgarlik koʻradi va oʻlgandan soʻng sharmanda boʻlmaslik uchun oʻzini yaxshi ishlarga safarbar qiladi.)

  3. 3

    ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ طِبَاقًۭا ۖ مَّا تَرَىٰ فِى خَلْقِ ٱلرَّحْمَٰنِ مِن تَفَٰوُتٍۢ ۖ فَٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ هَلْ تَرَىٰ مِن فُطُورٍۢ

    U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgandir. Rohmanning yaratganida hech tafovut koʻrmassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik koʻryapsanmi?

  4. 4

    ثُمَّ ٱرْجِعِ ٱلْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنقَلِبْ إِلَيْكَ ٱلْبَصَرُ خَاسِئًۭا وَهُوَ حَسِيرٌۭ

    Soʻng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horgʻin- charchagan holda qaytadi.

  5. 5

    وَلَقَدْ زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِمَصَٰبِيحَ وَجَعَلْنَٰهَا رُجُومًۭا لِّلشَّيَٰطِينِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابَ ٱلسَّعِيرِ

    Va darhaqiqat Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qoʻydik va u (chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qoʻydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qoʻydik. (Arab folbinlari bizning shaytonlarimiz osmonga chiqib, gʻoyibdagi narsalarni bilib beradi, deb maqtanar edilar. Qurʼoni Karim buni rad etib, bu dunyoda shaytonlarni yulduzlardan ajrab chiqqan uchqunlar quvib haydashini, u dunyoda esa, ularga Alloh jahannam azobini tayyorlab qoʻyganini taʼkidlamoqda.)

  6. 6

    وَلِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Oʻz Robbilariga kufr keltirganlar uchun jahannam azobi bordur va u qanday ham yomon qaytadigan joy!

  7. 7

    إِذَآ أُلْقُوا۟ فِيهَا سَمِعُوا۟ لَهَا شَهِيقًۭا وَهِىَ تَفُورُ

    Ular jahannamga tashlangan chogʻlarida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa qaynab turgan boʻladir.

  8. 8

    تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ ٱلْغَيْظِ ۖ كُلَّمَآ أُلْقِىَ فِيهَا فَوْجٌۭ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌۭ

    U gʻazabdan yorilib ketay deydir. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?», deb soʻraydir.

  9. 9

    قَالُوا۟ بَلَىٰ قَدْ جَآءَنَا نَذِيرٌۭ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍۢ كَبِيرٍۢ

    Ular: «Ha, darhaqiqat bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolgʻonchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yoʻq, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», derlar.

  10. 10

    وَقَالُوا۟ لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِىٓ أَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ

    Va ular: «Agar eʼtibor qulogʻi bilan eshitganimizda yoki aqlni ishlatganimizda edi, doʻzaxiylar orasida boʻlmagan boʻlar edik», derlar.

  11. 11

    فَٱعْتَرَفُوا۟ بِذَنۢبِهِمْ فَسُحْقًۭا لِّأَصْحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ

    Bas, ular oʻz gunohlarini eʼtirof etdilar. Yoʻqolsin doʻzaxiylar!

  12. 12

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَأَجْرٌۭ كَبِيرٌۭ

    Albatta oʻz Robbilaridan gʻoyibdan qoʻrqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir.

  13. 13

    وَأَسِرُّوا۟ قَوْلَكُمْ أَوِ ٱجْهَرُوا۟ بِهِۦٓ ۖ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Va siz soʻzingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U koʻngillardagini ham bilguvchi zotdir.

  14. 14

    أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ

    Yaratgan zot Oʻzi bilmasmidi? Va U daqiqlargacha biluvchi va xabardor zotdir.

  15. 15

    هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ ذَلُولًۭا فَٱمْشُوا۟ فِى مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا۟ مِن رِّزْقِهِۦ ۖ وَإِلَيْهِ ٱلنُّشُورُ

    U sizlarga yerni boʻysundirib qoʻygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga boʻladir. (Ulamolarimiz qadimdan ushbu oyati karimaning tafsirini Islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, yer yuzinining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqaat, Alloh taolo yerni insonga boʻysundirib qoʻygan, lekin bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek hech qachon yaqqol koʻzga tashlanmagan.)

  16. 16

    ءَأَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يَخْسِفَ بِكُمُ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا هِىَ تَمُورُ

    Osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan omonda boʻldingizmi? U (yer) esa iztirobda harakatlanib turadi. («Osmondagi zot»dan murod Alloh taolo, lekin bu degani Alloh osmonda degani emas. Chunki Alloh taolo makonga muhtoj emasdir. U makon va zamondan ustun zotdir. Ahli sunna va jamoa eʼtiqodiga binoan, Allohning yerda yoki osmonda deyilishidan maqsad, Uning xohishi va hukmi yeru osmonga barobar oʻtishi va Uning sultoni gʻolib ekanligidir.)

  17. 17

    أَمْ أَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًۭا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ كَيْفَ نَذِيرِ

    Yoki osmondagi zot sizlarga azob shamolni yuborishidan omonda boʻldingizmi? Bas, albatta ogohlantirish qandoq boʻlishini bilursizlar.

  18. 18

    وَلَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Va darhaqiqat ulardan avvalgilari ham yolgʻonga chiqargan edilar. Bas inkorim qanday boʻldi?!

  19. 19

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَٰٓفَّٰتٍۢ وَيَقْبِضْنَ ۚ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱلرَّحْمَٰنُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍۭ بَصِيرٌ

    Tepalarida (qanoatlarini) yoyib va yigʻayotgan qushni koʻrmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yoʻq. Albatta, U barcha narsani koʻruvchidir.

  20. 20

    أَمَّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى هُوَ جُندٌۭ لَّكُمْ يَنصُرُكُم مِّن دُونِ ٱلرَّحْمَٰنِ ۚ إِنِ ٱلْكَٰفِرُونَ إِلَّا فِى غُرُورٍ

    Rohmandan boshqa sizlarga yordam beradigan askar kim oʻzi? Kofirlar gʻururdan boshqa hech narsada emaslar!

  21. 21

    أَمَّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى يَرْزُقُكُمْ إِنْ أَمْسَكَ رِزْقَهُۥ ۚ بَل لَّجُّوا۟ فِى عُتُوٍّۢ وَنُفُورٍ

    U Rizqni tortib qoʻysa, sizga rizq beradigan kim oʻzi?! Balki ular abadiy tugʻyonda va haqdan nafratda boʻlurlar.

  22. 22

    أَفَمَن يَمْشِى مُكِبًّا عَلَىٰ وَجْهِهِۦٓ أَهْدَىٰٓ أَمَّن يَمْشِى سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki toʻgʻri yoʻldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi? («Yuz tuban, qoqilib yurayotgan kishi» kofir kishidir. Chunki, uning aniq yoʻli, maqsadi va koʻrsatmasi yoʻq. Yoʻli adashtiruvchi, xavf-xatarlarga toʻladir.)

  23. 23

    قُلْ هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُمْ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۖ قَلِيلًۭا مَّا تَشْكُرُونَ

    Sen: «U sizlarni yoʻqdan bor qilgan va sizlarga eshitish, koʻrish va aqlni bergan zotdir. Juda ham oz shukr qilasizlar-a?!» deb ayt.

  24. 24

    قُلْ هُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

    Sen: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, koʻpaytirgan zotdir. Va Uning huzuriga toʻplanursizlar», deb ayt.

  25. 25

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Va ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?» derlar.

  26. 26

    قُلْ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Men: «Albatta, ilm, faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.

  27. 27

    فَلَمَّا رَأَوْهُ زُلْفَةًۭ سِيٓـَٔتْ وُجُوهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَقِيلَ هَٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَدَّعُونَ

    Bas azobni yaqindan koʻrganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayar. Va ularga: «Soʻragan narsangiz shu boʻladi», deyilur.

  28. 28

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِىَ ٱللَّهُ وَمَن مَّعِىَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَن يُجِيرُ ٱلْكَٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Sen: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan boʻlganlarni halok qilsa yoki rahm qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladi?!» deb ayt.

  29. 29

    قُلْ هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ءَامَنَّا بِهِۦ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Sen: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar», deb ayt.

  30. 30

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَصْبَحَ مَآؤُكُمْ غَوْرًۭا فَمَن يَأْتِيكُم بِمَآءٍۢ مَّعِينٍۭ

    Sen: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltiradi?» deb ayt.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.