Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 66 · Madaniy · 12 Oyatlar

Sura Tahrim

Harom qilish

سورة التحريم
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكَ ۖ تَبْتَغِى مَرْضَاتَ أَزْوَٰجِكَ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilasan! Alloh kechiruvchi va rahmdildir. (Alloh senga halol qilgan choʻrini yoki asalni oʻzingga harom qilishing durust emas.)

  2. 2

    قَدْ فَرَضَ ٱللَّهُ لَكُمْ تَحِلَّةَ أَيْمَٰنِكُمْ ۚ وَٱللَّهُ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ

    Batahhiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni boʻshatishni shariatga kiritdi va Alloh sizning xojangizdir va U oʻta biluvchi va oʻta hikmatlidir.

  3. 3

    وَإِذْ أَسَرَّ ٱلنَّبِىُّ إِلَىٰ بَعْضِ أَزْوَٰجِهِۦ حَدِيثًۭا فَلَمَّا نَبَّأَتْ بِهِۦ وَأَظْهَرَهُ ٱللَّهُ عَلَيْهِ عَرَّفَ بَعْضَهُۥ وَأَعْرَضَ عَنۢ بَعْضٍۢ ۖ فَلَمَّا نَبَّأَهَا بِهِۦ قَالَتْ مَنْ أَنۢبَأَكَ هَٰذَا ۖ قَالَ نَبَّأَنِىَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْخَبِيرُ

    Nabiy xotinlaridan baʼzisiga sir gap aytgan edi. Bas, u(sir)dan xabar berdi va Alloh ishni u(Nabiy)ga bildirdi. U baʼzisini bildirdi va baʼzisini eslamadi. Qachon (Nabiy) ul(ayol)ga (ish) haqida xabar berganida, u, buni senga kim xabar qildi? dedi. U, menga hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh xabar berdi, dedi. (Oyatda Paygʻambar xotinlaridan biri deb Hafsa onamiz nazarda tutilyaptilar. «Sir gap» esa. Paygʻambar alayhissalomning u kishiga «Moriyaga yaqinlik qilmaslik yoki asal ichmaslik» haqida aytgan gaplaridir. Lekin Hafsa onamiz sir gapni Oisha onamizga aytdilar. Alloh Hafsaning sirni fosh etganini Paygʻambar alayhissalomga Jabroil farishta orqali bildirdi. «Paygʻambar alayhissalom Hafsaga sirni Oishaga fosh qilinganini eslatganlarida, u «Bu xabarni sizga kim yetkazdi? deb soʻraydi. Paygʻambar alayhissalom: «Hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh bildirdi», deb javob beradilar.) Ey ikki ayol!

  4. 4

    إِن تَتُوبَآ إِلَى ٱللَّهِ فَقَدْ صَغَتْ قُلُوبُكُمَا ۖ وَإِن تَظَٰهَرَا عَلَيْهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ مَوْلَىٰهُ وَجِبْرِيلُ وَصَٰلِحُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَعْدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ

    Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moil boʻlur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih moʻminlar ham. Undan soʻng farishtalar ham unga suyanchiqdir.

  5. 5

    عَسَىٰ رَبُّهُۥٓ إِن طَلَّقَكُنَّ أَن يُبْدِلَهُۥٓ أَزْوَٰجًا خَيْرًۭا مِّنكُنَّ مُسْلِمَٰتٍۢ مُّؤْمِنَٰتٍۢ قَٰنِتَٰتٍۢ تَٰٓئِبَٰتٍ عَٰبِدَٰتٍۢ سَٰٓئِحَٰتٍۢ ثَيِّبَٰتٍۢ وَأَبْكَارًۭا

    U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbisi sizdan yaxshiroq, muslima, moʻmina, itoatli, tavbachi, ibodatli, roʻzador juvon va qizlarni oʻrningizga xotin qilib bersa.

  6. 6

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًۭا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَٰٓئِكَةٌ غِلَاظٌۭ شِدَادٌۭ لَّا يَعْصُونَ ٱللَّهَ مَآ أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Oʻzingizni va ahli ayolingizni yoqilgʻisi odamlaru toshdan boʻlgan oʻtdan saqlang. Uning tepasida qoʻpol, dargʻazab farishtalar boʻlib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.

  7. 7

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَعْتَذِرُوا۟ ٱلْيَوْمَ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Ey kofir boʻlganlar, bugungi kunda uzr aytmanglar, siz oʻzingiz qilgan ishlarning jazosini olmoqdasiz, xolos.

  8. 8

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ تُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ تَوْبَةًۭ نَّصُوحًا عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُكَفِّرَ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيُدْخِلَكُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ يَوْمَ لَا يُخْزِى ٱللَّهُ ٱلنَّبِىَّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ ۖ نُورُهُمْ يَسْعَىٰ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَٰنِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَٱغْفِرْ لَنَآ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga boʻlgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va oʻng taraflarida yurib boradir. Ular esa, Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan, derlar. (Qiyomat kunida moʻminlardan boshqalar zulmatda qoladilar. Moʻʼminlar yoʻlini esa nur yoritib turadi. Ular zulmatda adashmaydilar, qoqilib-surilmaydilar ham. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom: «Ey parvardigoro, qiyomat kuni sharmanda qilmagin», deb duo qilganliklari keltirilgan.)

  9. 9

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil!

  10. 10

    ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱمْرَأَتَ نُوحٍۢ وَٱمْرَأَتَ لُوطٍۢ ۖ كَانَتَا تَحْتَ عَبْدَيْنِ مِنْ عِبَادِنَا صَٰلِحَيْنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمْ يُغْنِيَا عَنْهُمَا مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًۭٔا وَقِيلَ ٱدْخُلَا ٱلنَّارَ مَعَ ٱلدَّٰخِلِينَ

    Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga, doʻzaxga kiruvchilar bilan kiringlar, deyildi. (Nuh alayhissalomning xotinlari iymonda xiyonat qilgan. U kishini masxara qilganlarga qoʻshilib, u ayol ham oʻz eri Nuh alayhissalomni masxara qilar ekan. Lut alayhissalomning xotinlari ham eʼtiqod ishida xiyonat qilgan. U gunohkor qavmga oʻz eri huzuriga kelgan mehmonlar haqida axborot berib turar ekan.)

  11. 11

    وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًۭا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱمْرَأَتَ فِرْعَوْنَ إِذْ قَالَتْ رَبِّ ٱبْنِ لِى عِندَكَ بَيْتًۭا فِى ٱلْجَنَّةِ وَنَجِّنِى مِن فِرْعَوْنَ وَعَمَلِهِۦ وَنَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Alloh iymon keltirganlarga Firʼavnning xotinini misol qilib koʻrsatdi. U: «Robbim, menga Oʻz huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Firʼavndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin, deb aytdi. (Firʼavnning xotini oʻsha paytdagi eng katta podshohning ayoli edi. Yemak-kiymakda toʻkin edi. Nimani xohlasa, shuni qilishi mumkin. Qasrlarda, turli neʼmatlar ichida farogʻatda yashashiga qaramasdan kofir va zolim eriga va qavmiga qarshi chiqdi. Allohga iymon keltirdi. Allohdan jannatda uy qurib berishni soʻradi. Bu esa dunyo hoyi havasidan ustun kelishning oliy misolidir.)

  12. 12

    وَمَرْيَمَ ٱبْنَتَ عِمْرَٰنَ ٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِن رُّوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَٰتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِۦ وَكَانَتْ مِنَ ٱلْقَٰنِتِينَ

    Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik va u Robbisining soʻzlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan boʻldi. (Bibi Maryam Imronning qizi Allohga sof eʼtiqodda boʻlganlar va oʻzlarini ham sof tutganlar. Alloh taolo Jabroil farishta orqali oʻsha pok jasadga oʻz ruhidan «puf» deyishi bilan Iyso alayhissalomni ato qilgan. Bu qissalar boshqa suralarda batafsil kelgani uchun biz bu yerda yana takrorlab oʻtirmaymiz, faqat shuni taʼkidlaymizki, u kishi Allohning soʻzlariga va kitoblariga iymon keltirganlar hamda itoatkor qavmlardan boʻlganlar. Moʻʼminlar, Bibi Maryam hayotlaridan oʻrnak olishlari kerak.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.