Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 65 · Madaniy · 12 Oyatlar

Sura Taloq

Ajrashish

سورة الطلاق
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُوا۟ ٱلْعِدَّةَ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ رَبَّكُمْ ۖ لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِنۢ بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَٰحِشَةٍۢ مُّبَيِّنَةٍۢ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ۚ لَا تَدْرِى لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَٰلِكَ أَمْرًۭا

    Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan boʻlsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Alohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va oʻzlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan boʻlsalar (chiqarilurlar). Va ana shu narsalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatda oʻzi oʻziga zulm qilibdi. Sen bilmayssan, shoyadki Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa. (Ayollar uchun idda oʻtirishni boshlashga munosib vaqt hayzdan pok boʻlganlaridan soʻng jinsiy yaqinlik qilmay turib taloq qoʻyishdir. Buning aksi ham boʻlishi mumkin. Shundan kelib chiqib, taloq ikkiga boʻlinadi: sunniy taloq va bidʼiy taloq. Sunniy taloq - er kishi oʻz xotinini hayzdan pok paytida, jinsiy yaqinlik qilmay turib yoki homiladorligi aniq boʻlgan da taloq qilishdir. Ushbu shartlarning qoʻyilishi ham taloqning oldini olish uchun tutilgan yoʻldir. Er kishi xotinini hayzdan pok boʻlishini kutib, hovridan tushib, taloq niyatidan qaytib qolishi mumkin. Yoki homiladorligi aniqlangandan soʻng mehri kuchayib, taloqni unutishi ham mumkin. Bidʼiy taloq - yuqorida sanalgan shartlar vujudga kelmagan paytdagi taloqdir. Yaʼni, hayz paytida, poklik payti-yu, ammo jinsiy yaqinlik sodir boʻlganda qoʻyiladiganidir. Bidʼiy taloq qilgan kishi gunohkor hisoblanadi. Lekin oʻrtaga taloq tushaveradi.)

  2. 2

    فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍۢ وَأَشْهِدُوا۟ ذَوَىْ عَدْلٍۢ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلشَّهَٰدَةَ لِلَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًۭا

    Bas, ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni boʻlsa, vaʼzlanadi. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yoʻlini ochib qoʻyur.

  3. 3

    وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمْرِهِۦ ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍۢ قَدْرًۭا

    Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Oʻzi kifoyadir. Albatta, Alloh Oʻz ishini yetkazuvchidir. Haqiqatda, Alloh har bir narsaga oʻlchov qilib qoʻygan. (Uchinchi poklik oxirlab qolganda er xotingarajʼat qilib qaytarib olsa, oilaviy hayotlari davom etaveradi. Idda tugashiga yaqin qolganda ham ajralish fikridan qaytmagan boʻlsa, yaxshilik bilan ajralish kerak.)

  4. 4

    وَٱلَّٰٓـِٔى يَئِسْنَ مِنَ ٱلْمَحِيضِ مِن نِّسَآئِكُمْ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَٰثَةُ أَشْهُرٍۢ وَٱلَّٰٓـِٔى لَمْ يَحِضْنَ ۚ وَأُو۟لَٰتُ ٱلْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مِنْ أَمْرِهِۦ يُسْرًۭا

    Ayollaringizdan hayzdan noumid boʻlganlarining iddasi, agar shubhangiz boʻlsa, uch oydir. Hayz koʻrmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qoʻymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.

  5. 5

    ذَٰلِكَ أَمْرُ ٱللَّهِ أَنزَلَهُۥٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُعْظِمْ لَهُۥٓ أَجْرًا

    Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini koʻpaytirib berur.

  6. 6

    أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنتُم مِّن وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَآرُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُوا۟ عَلَيْهِنَّ ۚ وَإِن كُنَّ أُو۟لَٰتِ حَمْلٍۢ فَأَنفِقُوا۟ عَلَيْهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۖ وَأْتَمِرُوا۟ بَيْنَكُم بِمَعْرُوفٍۢ ۖ وَإِن تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُۥٓ أُخْرَىٰ

    U(ayol)larga imkoningiz boricha oʻzingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador boʻlsalar, to homilalarini qoʻygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga (farzandini) boshqa ayol emizib berur.

  7. 7

    لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍۢ مِّن سَعَتِهِۦ ۖ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُۥ فَلْيُنفِقْ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَا ۚ سَيَجْعَلُ ٱللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍۢ يُسْرًۭا

    Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor boʻlsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni beradir. (Taloq qilingan ayol homilador boʻlsa, taloq qiluvchi er uni tuqqunicha nafaqa bilan taʼminlab turishi kerak. Ushbu nafaqa taom, kiyim va maskan kabilarni oʻz ichiga oladi. Agar ayol taloq qilgan eridan boʻlgan farzandni emizsa, xohlasa, emizgani uchun haq oladi. Bu haqning qancha boʻlishi «oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qiling» degan amrga binoan kelishiladi. Oralariga taloq tushgan eru xotin farzandni emizish haqqini kelishishdan «Agar qiyinchillika uchrasa»lar, unga (erga, farzandni) boshqa ayol emizib beradi». Yaʼni, er boshqa begona ayol bilan shartnoma tuzib, unga haq berib bolasini emizdiradi. Islom dini ayollarni qanchalik eʼzozlaganini ushbu hukmdan ham bilib olsa boʻladi. Taomi, kiyimi va maskani erining zimmasiga. Hatto bolani emizish tashvishi ham xotinning emas, balki erning zimmasida, uning burchi.)

  8. 8

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِۦ فَحَاسَبْنَٰهَا حِسَابًۭا شَدِيدًۭا وَعَذَّبْنَٰهَا عَذَابًۭا نُّكْرًۭا

    Koʻpgina qishloqlar oʻz Robbisin amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.

  9. 9

    فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَٰقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْرًا

    Bas, ular oʻz ishlarining yomonligini totib koʻrdilar va ishlarining oqibati yutqiziq boʻldi.

  10. 10

    أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًۭا شَدِيدًۭا ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَٰبِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ قَدْ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكُمْ ذِكْرًۭا

    Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qoʻydi. Bas, Allohga taqvo qiling, ey iymon keltirgan aql egalari. Haqiqatda, Alloh sizlarga zikrni tushirdi.

  11. 11

    رَّسُولًۭا يَتْلُوا۟ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ مُبَيِّنَٰتٍۢ لِّيُخْرِجَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَٰلِحًۭا يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ قَدْ أَحْسَنَ ٱللَّهُ لَهُۥ رِزْقًا

    Paygʻabarniki, u iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatda, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.

  12. 12

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍۢ وَمِنَ ٱلْأَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ ٱلْأَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ وَأَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَىْءٍ عِلْمًۢا

    Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani Oʻz ilmi ila oʻrab olganini bilishingiz uchun.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.