Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 68 · Makkiy · 52 Oyatlar

Sura Qalam

Yozuv qalami

سورة القلم
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    نٓ ۚ وَٱلْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ

    Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam. (Oyatda qasam qalam bilan cheklanmadi, balki Alloh satrlarga yozilajak narsalar bilan ham qasam ichdi. Bizning zamonamizda qalamdan boshqa yozuv qoʻllanmalari ham chiqdi. Qalam va yozish bilan qasam ichilishi musulmonlar uchun oʻqish-yozish, ilm-maʼrifatga katta eʼtibor berishga chaqiriqdur.)

  2. 2

    مَآ أَنتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍۢ

    Sen Robbing neʼmati ila majnun emassan.

  3. 3

    وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍۢ

    Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.

  4. 4

    وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍۢ

    Va albatta, sen ulkan xulqdasan.

  5. 5

    فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ

    Bas, tezda koʻrursan va ular ham koʻrurlar.

  6. 6

    بِأَييِّكُمُ ٱلْمَفْتُونُ

    Sizlardan kimda jununlik borligini.

  7. 7

    إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ

    Albatta, Robbing Oʻzi, kim Uning yoʻlidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.

  8. 8

    فَلَا تُطِعِ ٱلْمُكَذِّبِينَ

    Bas, yolgʻonga chiqaruvchilarga itoat qilma.

  9. 9

    وَدُّوا۟ لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ

    Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qilarlar.

  10. 10

    وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍۢ مَّهِينٍ

    Itoat qilma! Har bir qasamxoʻr, pastkashga.

  11. 11

    هَمَّازٍۢ مَّشَّآءٍۭ بِنَمِيمٍۢ

    Kishilarni ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.

  12. 12

    مَّنَّاعٍۢ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ

    yaxshilikni man qiluvchi, tajavuzkor, sergunohga.

  13. 13

    عُتُلٍّۭ بَعْدَ ذَٰلِكَ زَنِيمٍ

    Qoʻpol, undan soʻng otasining taʼyini yoʻqqa.

  14. 14

    أَن كَانَ ذَا مَالٍۢ وَبَنِينَ

    Moli va oʻgʻillari koʻp boʻlganidan.

  15. 15

    إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا قَالَ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Bizning oyatlarimiz Ungaoʻqilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, deganga.

  16. 16

    سَنَسِمُهُۥ عَلَى ٱلْخُرْطُومِ

    Tezda uning tumshugʻiga belgi qoʻyamiz.

  17. 17

    إِنَّا بَلَوْنَٰهُمْ كَمَا بَلَوْنَآ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُوا۟ لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ

    Albatta, Biz ularini bogʻ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Vaqtiki, erta tongada terib olamiz, deb qasam ichdilar.

  18. 18

    وَلَا يَسْتَثْنُونَ

    Va istisno qilmadilar.

  19. 19

    فَطَافَ عَلَيْهَا طَآئِفٌۭ مِّن رَّبِّكَ وَهُمْ نَآئِمُونَ

    Ular uxlab yotganda, bogʻ ustidan Robbingdan boʻlgan aylanuvchi aylanib chiqdi.

  20. 20

    فَأَصْبَحَتْ كَٱلصَّرِيمِ

    Bas, u xuddi mevasi terib olinganga oʻxshab qoldi.

  21. 21

    فَتَنَادَوْا۟ مُصْبِحِينَ

    Ular, tong-saharda bir-birlarini chaqirdilar:

  22. 22

    أَنِ ٱغْدُوا۟ عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰرِمِينَ

    «Agar teradigan boʻlsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring», deb.

  23. 23

    فَٱنطَلَقُوا۟ وَهُمْ يَتَخَٰفَتُونَ

    Bas, past ovozla gaplashib, yurib ketdilar.

  24. 24

    أَن لَّا يَدْخُلَنَّهَا ٱلْيَوْمَ عَلَيْكُم مِّسْكِينٌۭ

    «Bugun siz boringizda u bogʻga miskin kira koʻrmasin», deb.

  25. 25

    وَغَدَوْا۟ عَلَىٰ حَرْدٍۢ قَٰدِرِينَ

    Va ertalabda qasdla, oʻzlarini qodir sezib, bordilar.

  26. 26

    فَلَمَّا رَأَوْهَا قَالُوٓا۟ إِنَّا لَضَآلُّونَ

    Uni koʻrganlarida, biz adashibmiz, dedilar.

  27. 27

    بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ

    Balki biz mahrum boʻlgandirimiz, dedilar.

  28. 28

    قَالَ أَوْسَطُهُمْ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ لَوْلَا تُسَبِّحُونَ

    Ularning eng yaxshi va adolatlisi, «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim?!», dedi.

  29. 29

    قَالُوا۟ سُبْحَٰنَ رَبِّنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ

    Robbimiz ayblardan pok boʻldi, albatta biz zolimlardan edik, dedilar.

  30. 30

    فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ يَتَلَٰوَمُونَ

    Bas, baʼzilari baʼzilarni malomat qila boshladilar.

  31. 31

    قَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا طَٰغِينَ

    Voy, shoʻrimiz qursin, tugʻyonga ketgan ekanmiz.

  32. 32

    عَسَىٰ رَبُّنَآ أَن يُبْدِلَنَا خَيْرًۭا مِّنْهَآ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا رَٰغِبُونَ

    Shoyad Robbimiz uning oʻrniga undan koʻra yaxshirogʻini bersa. Biz oʻz Robbimizga ragʻbatlimiz, dedilar.

  33. 33

    كَذَٰلِكَ ٱلْعَذَابُ ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Azob shundoq boʻlur va agar bilsalar, albatta oxirat azobi bundan katta boʻladir.

  34. 34

    إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida naʼiym jannatlari bordur.

  35. 35

    أَفَنَجْعَلُ ٱلْمُسْلِمِينَ كَٱلْمُجْرِمِينَ

    Musulmonlarni jinoyatkorlarga oʻxshatib qoʻyarmidik?!

  36. 36

    مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ

    Sizlarga nima boʻldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!

  37. 37

    أَمْ لَكُمْ كِتَٰبٌۭ فِيهِ تَدْرُسُونَ

    Yoki sizlarning kitobingiz bor-u, undan oʻqidingizmi?

  38. 38

    إِنَّ لَكُمْ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ

    Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (boʻlaveradi) deyilganmi?!

  39. 39

    أَمْ لَكُمْ أَيْمَٰنٌ عَلَيْنَا بَٰلِغَةٌ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ۙ إِنَّ لَكُمْ لَمَا تَحْكُمُونَ

    Yoki sizlarga Bizning qiyomat kunigacha yetadigan vaʼdalarimiz boʻlib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz shu boʻladi, deyilganmi?!

  40. 40

    سَلْهُمْ أَيُّهُم بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ

    Soʻra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?

  41. 41

    أَمْ لَهُمْ شُرَكَآءُ فَلْيَأْتُوا۟ بِشُرَكَآئِهِمْ إِن كَانُوا۟ صَٰدِقِينَ

    Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgoʻy boʻlsalar, oʻsha sheriklarini ham olib kelsinlar.

  42. 42

    يَوْمَ يُكْشَفُ عَن سَاقٍۢ وَيُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ

    Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir boʻlmaslar. (Bu, qiyomat kunidir. Ogʻir holatda qolib qochishga uringan odam halaqit bermasin, deb ishtonini shimarib, boldirini ochib oladi.

  43. 43

    خَٰشِعَةً أَبْصَٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌۭ ۖ وَقَدْ كَانُوا۟ يُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ وَهُمْ سَٰلِمُونَ

    Ularning koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik oʻrab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.

  44. 44

    فَذَرْنِى وَمَن يُكَذِّبُ بِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ

    Bu gapni yolgʻonga chiqaruvchilarni Mening Oʻzimga qoʻyib qoʻy. Biz ularni oʻzlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.

  45. 45

    وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ

    Va ularga muhlat beraman, albatta, Mening hiylam metindir.

  46. 46

    أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًۭا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍۢ مُّثْقَلُونَ

    Yoki sen ulardan haq soʻrayapsanu, ular qarzga botib qoldilarmi?

  47. 47

    أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ

    Yoki huzurlarida gʻoyib ilmi boru, ular yozib oladilarmi?

  48. 48

    فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُن كَصَاحِبِ ٱلْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌۭ

    Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar gʻamga toʻlgan holda nido qilgan baliq sohibiga oʻxshama.

  49. 49

    لَّوْلَآ أَن تَدَٰرَكَهُۥ نِعْمَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ لَنُبِذَ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ مَذْمُومٌۭ

    Agar uni Robbisining neʼmati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan boʻlardi.

  50. 50

    فَٱجْتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَجَعَلَهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi.

  51. 51

    وَإِن يَكَادُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَٰرِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُۥ لَمَجْنُونٌۭ

    Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni koʻzlari bilan toydirmoqchi boʻldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.

  52. 52

    وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    Holbuki, u butun odamlarga eslatmadan oʻzga narsa emas.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.