Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 60 · Madaniy · 13 Oyatlar

Sura Mumtahana

Imtihon qilinuvchi ayol

سورة الممتحنة
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ عَدُوِّى وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَآءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلْحَقِّ يُخْرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَن تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَٰدًۭا فِى سَبِيلِى وَٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِى ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَأَنَا۠ أَعْلَمُ بِمَآ أَخْفَيْتُمْ وَمَآ أَعْلَنتُمْ ۚ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ

    Ey iymon keltirganlar! Agar Mening yoʻlimda jihod qilib va roziligimni soʻrab chiqqan boʻlsangiz, Mening dushmanlarimni va oʻzingizning dushmanlaringizni doʻst tutmanglar. Sizlar ularga doʻstlik qilasizlar, ular boʻlsa sizlarga kelgan haqqa kufr keltirarlar. Robbingiz boʻlmish Allohga iymon keltirganingiz uchun Paygʻambarni va sizni haydab chiqararlar. Siz ularga doʻstlik qilib sir aytasiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim oʻsha ishni qilsa, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻladir. (Allohning va musulmonlarning dushmanlariga doʻstlik qiluvchi kishilar bilib qoʻysinlarki, ular musulmonlarga kelgan haqqa - Qurʼon va Islomga kofir boʻlganlar. Bu ham yetmaganidek, Paygʻambarning va moʻminlarning iymonlarini ayb hisoblab, oʻz diyorlaridan haydab chiqarganlar. Shuning uchun u mushriklarni doʻst tutmaslik kerak. Birov bilmaydi deb ularga sir aytmang, Alloh taolo siru oshkor barcha amallaringizni bilib turuvchi zotdir.)

  2. 2

    إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُوا۟ لَكُمْ أَعْدَآءًۭ وَيَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَوَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ

    Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman boʻlarlar va sizlarga qoʻllariyu tillarini yomonlikla choʻzar lar. Va sizlarning kofir boʻlishlaringizni xohlarlar.

  3. 3

    لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُمْ ۚ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni boʻlur. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir.

  4. 4

    قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌۭ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذْ قَالُوا۟ لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُا۟ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةُ وَٱلْبَغْضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥٓ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَآ أَمْلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍۢ ۖ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ

    Haqiqatda, sizlarga Ibrohim va u bilan birga boʻlganlarda yaxshi oʻrnak bor. Ular, biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo boʻldi, dedilar. Magar Ibrohimning otasiga qarata, albatta sen uchun istigʻfor aytaman, sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman, degan soʻzi mustasno. Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Senginadir. (Ibrohim Paygʻambar otalariga rahmlari kelib: «Albatta, sen uchun istigʻfor aytaman», deya vaʼda berganlar. Lekin otaning iymonga kelmasligiga koʻzlari yetgach, «Sendan Allohning azobini qaytarishga molik emasman», deb qoʻshib qoʻyganlar.)

  5. 5

    رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةًۭ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَٱغْفِرْ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qoʻymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta, Sen, Oʻzing azizu hakimsan.

  6. 6

    لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌۭ لِّمَن كَانَ يَرْجُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْءَاخِرَ ۚ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi boʻlsa, shular uchun ularda yaxshi oʻrnak bor edi. Lekin kim yuz oʻgirsa, Alloh behojat, maqtalgan zotdir.

  7. 7

    ۞ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةًۭ ۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٌۭ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz oʻrtasida doʻstlik paydo qilsa, Alloh qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahmdildir. (Alloh taolodan «shoyadki» kalimasi sodir boʻlsa, albatta, voqelikda sodir boʻlishi shart. Bu vaʼda Makkai mukarrama fath boʻlishi bilan amalga oshdi. Mushriklar toʻp-toʻp boʻlib Allohning diniga kirdilar va musulmonlar bilan doʻst-birodar boʻldilar. Qalblaridagi dushmanlik tuygʻulari ham koʻtarildi.)

  8. 8

    لَّا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمْ يُقَٰتِلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوٓا۟ إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ

    Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan chiqarmaganlarga yaxshilik va adolatli muomala qilishdan sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi koʻradir.

  9. 9

    إِنَّمَا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَٰتَلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ وَظَٰهَرُوا۟ عَلَىٰٓ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Albatta Alloh sizlarni diniy urush qilganlar, diyoringizdan chiqarganlar va chiqarilishingizga yordam berganlarga doʻstlik qilishdan qaytarur. Ularni doʻst tutganlar, ana oʻshalar, zolimlardir. (Alloh taolo bu oyati karimada moʻmin-musulmonlarni boshqa millat va diyonat vakillari bilan agar ular musulmonlarga diniy adovat ila urush qilmasa va ularni siquvga olib oʻz diyorlaridan chiqarib yuborishga urinmasa, yaxshi aloqada boʻlishga buyurmoqda va ularga nisbatan adolatli boʻlishni taʼkidlamoqda. Ammo kimki musulmonlarga diniy adovat tufayli urush ochsa, ularni diyorlaridan chiqarsa yoki dushmanlariga ularni diyorlaridan chiqarishda yordam bersa, albatta, unday kishilarni doʻst tutib boʻlmaydi. Bu ham ayni adolatdir.)

  10. 10

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتُ مُهَٰجِرَٰتٍۢ فَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَٰنِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَٰتٍۢ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّۭ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُوا۟ بِعِصَمِ ٱلْكَوَافِرِ وَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ ٱللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga moʻminalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib koʻringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, moʻminaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu (ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol boʻlmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini (qaytarib) beringlar. Va u(ayol)larni nikohlab olsangiz, agar mahrlarini bersangiz, sizlarga gunoh boʻlmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni soʻranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini soʻrasinlar. Bu sizlarga Allohning hukmidir. Orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir. (Dushman tarafdan kelgan har bir kishini ham quchoq ochib kutib olinavermaydi. Chunki, dushman josus yuborishi ham mumkin. Shuning uchun Alloh taolo imtihon qilib koʻrishni amr qilmoqda. Ushbu oyati karima tushguncha musulmonlardan baʼzilari mushrika xotinlari bilan birga yashayotgan edilar. Oyat tushgandan soʻng ularni taloq qildilar.)

  11. 11

    وَإِن فَاتَكُمْ شَىْءٌۭ مِّنْ أَزْوَٰجِكُمْ إِلَى ٱلْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَـَٔاتُوا۟ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَٰجُهُم مِّثْلَ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ

    Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga oʻtib ketsa, urushda tushirilgan oʻljadan xotini ketib qolganga, u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. Oʻzingiz iymon keltirgan Allohdan qoʻrqing.

  12. 12

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُؤْمِنَٰتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِٱللَّهِ شَيْـًۭٔا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَٰدَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَٰنٍۢ يَفْتَرِينَهُۥ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِى مَعْرُوفٍۢ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Ey Nabiy! Agar moʻminalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, oʻgʻrilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini oʻldirmaslik, qoʻllari va oyoqlari orasidan boʻhton toʻqib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bayʼat qilib kelsalar, ularning bayʼatini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni soʻra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir. (Ahdnoma (bayʼat) berish - Islom rahbariga oʻzining sodiqligini bayon qilib vaʼda berishdir. Paygʻambar alayhissalom er musulmonlardan avvallari ahdnoma olgan edilar. Ayollardan esa ushbu oyat tushgandan soʻng ola boshlaganlar.)

  13. 13

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا۟ مِنَ ٱلْءَاخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْقُبُورِ

    Ey iymon keltirganlar! Allohning gʻazabiga uchragan qavmni doʻst tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.