Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 59 · Madaniy · 24 Oyatlar

Sura Hashr

Toʻplash

سورة الحشر
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U zot aziz va hikmatli Zotdir.

  2. 2

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَخْرَجَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مِن دِيَٰرِهِمْ لِأَوَّلِ ٱلْحَشْرِ ۚ مَا ظَنَنتُمْ أَن يَخْرُجُوا۟ ۖ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمْ حُصُونُهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَأَتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُوا۟ ۖ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ ۚ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِى ٱلْمُؤْمِنِينَ فَٱعْتَبِرُوا۟ يَٰٓأُو۟لِى ٱلْأَبْصَٰرِ

    U zot ahli kitobdan boʻlgan kofirlarni oʻz diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqardi. Ularni chiqadi deb oʻylamagan edingiz. Oʻzlari ham qoʻrgʻonimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qoladir, deb oʻylashardi. Alloh ular oʻylamagan tarafdan oldi va ularni qalbiga qoʻrqinch soldi. Uylarini oʻz qoʻllari bilan va moʻminlarning qoʻllari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey aql egalari! (Yahudiylar qoʻrgʻonlariga ishonib, bizga hech qanday yomonlik yetishi mumkin emas, deb xotirlari jam edi. Lekin Alloh taolo ular oʻylamagan, xayollariga kelmagan ishni amr qildi. Qoʻrgʻonlar joyida qolib, yahudiylarning qalblaridan putur ketdi. Alloh ularning qalblariga qoʻrqinch va vahima soldi. Ana shunda, biz koʻchib ketsak, bu qoʻrgʻonlar musulmonlarga qolmasin, deya uylarini oʻzlari buza boshladilar. Musulmonlar qamal davomida binolarga tashqaridan putur yetkazdi. Oqibatda mustahkam qoʻrgʻonlar vayron boʻldi. Bu voqea aqli bor har bir kishiga oʻrnak boʻlarlik bir ogohlantirishdir. Demak, bandasi qanchalik xom xayol qilmasin, Xudoning buyurgani boʻladi.)

  3. 3

    وَلَوْلَآ أَن كَتَبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمُ ٱلْجَلَآءَ لَعَذَّبَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ عَذَابُ ٱلنَّارِ

    Mabodo Alloh ularga koʻchishni yozmaganda ham bu dunyoda ularni azoblar edi. Ularga oxiratda doʻzax azobi bordur. (Inson oxiratda bu dunyoda qilgan gunoh amallariga yarasha jazo olishi muqarrar. Yahudiylarning koʻchirilishi, ular uchun nisbatan yengil azobdir.)

  4. 4

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۖ وَمَن يُشَآقِّ ٱللَّهَ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Unday boʻlishi, ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), albatta, Alloh - azobi zoʻr zotdir.

  5. 5

    مَا قَطَعْتُم مِّن لِّينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَآئِمَةً عَلَىٰٓ أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ ٱللَّهِ وَلِيُخْزِىَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Sizning xurmoni kesishingiz yoki aslida tik qoldirganingiz faqat, Allohning izni bilan va buzgʻunchilarni xorlashi uchun boʻldi. (Xurmo daraxtining eng yaxshi navi «liynatin» deb ataladi. Oyat tafsiridla taʼkidlanganidek, baʼzi xurmo daraxtlarini kesib, baʼzilarining qoldirilishi buzgʻunchilik uchun emas, balki Allohning izni bilan boʻldi. Islom shariatida urush paytida ham oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirish qatʼiyan man qilinadi. Bu boqiy hukmdir. Lekin Bani Naziyr hodisasida Alloh taolo Oʻzi ularni baʼzi xurmo daraxtlarini kesib oʻt qoʻyishga izn bergan.)

  6. 6

    وَمَآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْهُمْ فَمَآ أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍۢ وَلَا رِكَابٍۢ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُۥ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Alloh Oʻz Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarini xohlagan kimsaning ustidan, gʻolib qiladir. Alloh har bir narsaga qodirdir. (Bu oyatda Alloh taolo qoʻlga tushgan mol-mulk uchun musulmonlar tuya minib, ot choptirib qiynalmaganlarini, bu narsalarni Paygʻambariga Allohning Oʻzi, Oʻz qudrati bilan berganini eslatmoqda.)

  7. 7

    مَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ كَىْ لَا يَكُونَ دُولَةًۢ بَيْنَ ٱلْأَغْنِيَآءِ مِنكُمْ ۚ وَمَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمْ عَنْهُ فَٱنتَهُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

    Alloh Oʻz Rasuliga shahar ahlidan qaytarib bergan narsa. Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va koʻcha oʻgʻillarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa boʻlib qolmasligi uchun. Paygʻambar sizga nimani bersa, oʻshani olinglar va nimadan qaytarsa, oʻshandan qaytinglar. Allohdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh azobi shiddatli zotdir. ( Alloh taolo yahudiylar qoldirgan mollarni «qaytarilgan mol» deb nomlayapti. Aslida, mol Allohniki, Bani Naziyrga bergan molini endi Paygʻambariga qaytardi. Aslida oʻljalarni jihodda qatnashgan mujohidlarga taqsimlanadi. Ammo bu safar oʻlja urushsiz qoʻlga tushgani uchun ushbu va keyingi oyatda zikri kelgan: Alloh, Allohning Rasuli, Paygʻambar alayhissalomning yaqin qarindoshlari, safarda ogʻir ahvolga tushganlar, yetim, miskin va faqir muhojirlarga taqsimlanmoqda.)

  8. 8

    لِلْفُقَرَآءِ ٱلْمُهَٰجِرِينَ ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِمْ وَأَمْوَٰلِهِمْ يَبْتَغُونَ فَضْلًۭا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًۭا وَيَنصُرُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّٰدِقُونَ

    Faqir muhojirlargaki, ular oʻz diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan edilar, (ular) Allohdan fazl va Uning roziligini umid qilular. Allohga va Uning Rasuliga yordam berurlar. Ana oʻshalar sodiqlardir.

  9. 9

    وَٱلَّذِينَ تَبَوَّءُو ٱلدَّارَ وَٱلْإِيمَٰنَ مِن قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِى صُدُورِهِمْ حَاجَةًۭ مِّمَّآ أُوتُوا۟ وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌۭ ۚ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    U(muhojir)lardan avval bu joyda yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Oʻzlariga hijrat qilib kelganlarni sevadirlar va u(muhojir)larga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar oʻzlarining hojatlari boʻlsa ham, (ularni) oʻzlaridan ustun qoʻyarlar. Kim oʻz nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, oʻshalar yutuvchilardir. (Madinalik musulmonlar Paygʻambar alayhissalomga va muhojirlarga yordam berganlari uchun «Ansorlar» deb nomlanganlar. Ushbu oyat ansorlarning insoniyat tarixida misli koʻrilmagan saxovatlariyu odamgarchiliklarini vasf qilmoqda.)

  10. 10

    وَٱلَّذِينَ جَآءُو مِنۢ بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّۭا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌ

    Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan oʻtgan birodarlarimizni magʻfirat qilgin, qalbimizda iymon keltirganlarga nafrat solmagin, ey Robbimiz, albatta, sen shafqatli va mehribonsan», derlar. (Oyati karimada Islom ummatining avvali bilan oxirini bogʻlab turuvchi ip namoyon boʻlmoqda. Keyin kelgan musulmon avlodi, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzidan avval oʻlib ketganlarni yaxshilik bilan eslab, ularning haqiga xayrli duolar qiladilar. Oʻlganlarni soʻkish, ularni xorlash musulmonlarga munosib ish emas. Islom ummatining oʻligiyu, tirigi, avvaliyu oxiri bir xilda eʼzozga loyiqdir.)

  11. 11

    ۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نَافَقُوا۟ يَقُولُونَ لِإِخْوَٰنِهِمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًۭا وَإِن قُوتِلْتُمْ لَنَنصُرَنَّكُمْ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Nifoq qilganlarning ahli kitobdan boʻlmish kufr keltirgan oʻz birodarlariga: «Agar sizlar chiqarilsangiz, biz ham sizlar bilan chiqamiz, sizni quyib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini koʻrmaysanmi? (Munofiq lar ahli kitob boʻlmish yahudiy qabilasi Bani Naziyrga kelib: «Muhammaddan qoʻrqmanglar, biz sizlar bilan birgamiz. Mabodo oʻz yurtlaringdan chiqib ketishga majbur boʻlsalaringiz, biz ham sizga qoʻshilib chiqib ketamiz. Agar Muhammad sizga qarshi urush qiladigan boʻlsa, biz sizlarga yordam beramiz», deyishgan.)

  12. 12

    لَئِنْ أُخْرِجُوا۟ لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِن قُوتِلُوا۟ لَا يَنصُرُونَهُمْ وَلَئِن نَّصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ ٱلْأَدْبَٰرَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ

    Albatta agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, ular birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga urush qilinsa, (munofiqlar) ularga yordam bermaslar. Bordiyu yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va alar yordamsiz qolarlar.

  13. 13

    لَأَنتُمْ أَشَدُّ رَهْبَةًۭ فِى صُدُورِهِم مِّنَ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَفْقَهُونَ

    Albatta, ularning qalblariga Allohdan koʻra sizlar koʻproq qoʻrqinchli tuyulasizlar. Chunki ular yaxshi anglamaydigan qavmdirlar. (Munofiqu kofirlar Allohdan koʻra moʻmin-musulmonlardan koʻproq qoʻrqadilar. Agar Allohning Oʻzidangina qoʻrqanlarida edi, munofiq ham, kofir ham boʻlmas edilar.)

  14. 14

    لَا يُقَٰتِلُونَكُمْ جَمِيعًا إِلَّا فِى قُرًۭى مُّحَصَّنَةٍ أَوْ مِن وَرَآءِ جُدُرٍۭ ۚ بَأْسُهُم بَيْنَهُمْ شَدِيدٌۭ ۚ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًۭا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌۭ لَّا يَعْقِلُونَ

    Sizlarga qarshi uyushib ochiq urush qila olmaslar, balki qoʻrgʻon bilan oʻralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar. Oʻz oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb oʻylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir. Bu, ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir. (Tabiiyki, ixtiloflar tufayli istaklar, maqsadlar, firqalar va shiorlar koʻpayadi. Bu esa har bir millatni halokatga olib boradi.)

  15. 15

    كَمَثَلِ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَرِيبًۭا ۖ ذَاقُوا۟ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    Bu xuddi yaqinda oʻz qilmishlarining oqibatini tatib koʻrganlarga oʻxshashdir. Va ularga (oxiratda) alamli azoblar bor. (Bu oyatda, Bani Naziyr ahli ham xiyonat, isyon tufayli xuddi ulardan avvalgi Bani Qayniqoʼ ahli tushgan holga tushganlari eslatilmoqda.)

  16. 16

    كَمَثَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَٰنِ ٱكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّنكَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Bu xuddi Shayton insonga, kofir boʻl, degan paytga oʻxshaydir. U (inson) kufr keltirganda esa, sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Obbisi-Allohdan qoʻrqaman, dedi.

  17. 17

    فَكَانَ عَٰقِبَتَهُمَآ أَنَّهُمَا فِى ٱلنَّارِ خَٰلِدَيْنِ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُا۟ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Bas, ularning oqibatlari bir. Albatta, ikkovlari ham doʻzaxda boʻlurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir. (Bani Naziyr qabilasi ushbu jonli misol bilan xotima topadi.)

  18. 18

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌۭ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍۢ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik uchun nima taqdim qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Qiyomat nisbatan juda yaqin vaqt, shuning uchun ham u «erta» deyiladi. Demak, har bir inson qiyomat kuni uchun nima ish qilganini oʻylab qoʻyishi kerak.)

  19. 19

    وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ نَسُوا۟ ٱللَّهَ فَأَنسَىٰهُمْ أَنفُسَهُمْ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Allohni unutganlarga oʻxshagan boʻlmanglar. U zot ularga oʻz shaxslarini unutdirdi. Ana oʻshalar, fosiqdirlar. (Allohni unutgan odam bu dunyoda uni oliy maqom bilan bogʻlab turuvchi aloqani yoʻqotadi. Uni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan oliy maqsaddan mahrum boʻladi. Va nihoyat, oʻzining insonligini unutadi.)

  20. 20

    لَا يَسْتَوِىٓ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ وَأَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۚ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Doʻzax egalari va jannat egalari teng boʻlmaslar. Jannat egalari, oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.

  21. 21

    لَوْ أَنزَلْنَا هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ عَلَىٰ جَبَلٍۢ لَّرَأَيْتَهُۥ خَٰشِعًۭا مُّتَصَدِّعًۭا مِّنْ خَشْيَةِ ٱللَّهِ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

    Agar ushbu Quʼonni togʻga tushirganimizda edi, uning Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab va parchalanib ketganini koʻrar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki ular fikr yuritsalar.

  22. 22

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ۖ هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ

    U Alloh Undan oʻzga iloh yoʻq zotdir. U gʻoyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahmlidir.

  23. 23

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْمَلِكُ ٱلْقُدُّوسُ ٱلسَّلَٰمُ ٱلْمُؤْمِنُ ٱلْمُهَيْمِنُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْجَبَّارُ ٱلْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    U Alloh, Undan oʻzga iloh yoʻq. U - Malik, U-Quddus, U-Salom, U- Moʻmin, U- Muhaymin, U-Aziz, U-Jabbor, U-mutakabbirdir. Alloh Unga shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (Malik-haqiqiy egadir, Undan oʻzga ega yoʻq. Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Quddus-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning Oʻzigagina xosdir. Salom-nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. Moʻmin-iymon va omonlikni beruvchi. Muhaymin-hamma narsani qamrab oluvchi, yaʼni, Alloh bandalarning barcha holatlarining guvohi boʻlib turadi, undan hech narsa maxfiy qolmaydi. Aziz-barchaning ustidan gʻolib. Jabbor - oliy qadar, ulugʻ, Uning oldida oʻzgalar oʻzini xor tutadi. Mutakabbir-kibiryosi va ulugʻligi mubolagʻali zot.)

  24. 24

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلْخَٰلِقُ ٱلْبَارِئُ ٱلْمُصَوِّرُ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    U Alloh Xoliq, Bariʼu, Musavvirdur. Barcha goʻzal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etarlar. Yana U Aziz va Hakimdir. (Xoliq-yaratuvchi. Bariʼu-yoʻqdan bor qiluvchi. Musavvir-maxluqotlarning suvratini shakllantiruvchi zot. Dunyodagi barcha chiroyli ismlar Allohnikidir. Hadisi sharifda Allohning toʻqson toʻqqizta chiroyli ismi zikr qilingan. Osmonda boʻlsin, yerda boʻlsin, dunyodagi barcha narsalar Alloh taoloni poklab yod etadi, lekin biz ularning tasbihini tushunmaymiz. U Alloh gʻolibdir va hakim-barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi zotdir.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.