Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 61 · Madaniy · 14 Oyatlar

Sura Saf

Safda turish

سورة الصف
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadir. U zot gʻolib va hikmat egasidir.

  2. 2

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsangizni gapirasiz.

  3. 3

    كَبُرَ مَقْتًا عِندَ ٱللَّهِ أَن تَقُولُوا۟ مَا لَا تَفْعَلُونَ

    Qilmagan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon koʻrilgandir. (Jihod farz qilinishidan avval bir guruh moʻminlar, agar Alloh taolo bizni Oʻzi eng suyadigan amalga buyurganda edi, uni bajarib ulkan savoblarga erishardik, deb orzu qilib yurishardi. Shunda Alloh Paygʻambar alayhissalomga vahiy yuborib, jihodni farz qildi, ammo avval gapirib yurganlarga bu amr mashaqqatli tuyuldi, ogʻir botdi. Shundan soʻng Alloh taolo yuqoridagi oyatlarni tushirib, ularni ogohlantirdi. Bundan kamida ikkita ibrat chiqadi: birinchisi - jihod Alloh naqadar suygan amallardan ekanini hamda ikkinchisi - aytganiga amal qilish eng oliy darajadagi martaba ekanini bilamiz. Bu gaplar har bir islom ummatiga tegishlidir. Qaysi ummat - millat shunga amal qilsa, Alloh oldida ulkan savobga, hayotda esa ulkan taraqqiyotga erishadi.)

  4. 4

    إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلَّذِينَ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِهِۦ صَفًّۭا كَأَنَّهُم بُنْيَٰنٌۭ مَّرْصُوصٌۭ

    Albatta, Alloh Oʻz yoʻlida xuddi jips binodek boʻlib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi koʻradir. (Alloh taolo moʻminlar jamiyatini doimo birdam, hamfikr va jipslashgan boʻlishini xohlaydi. Bu oyatda esa urushda ham birdam boʻlishga, jipslashib, dushmanni bir jabha boʻlib qarshi olishga buyurmoqda.)

  5. 5

    وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِى وَقَد تَّعْلَمُونَ أَنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ ۖ فَلَمَّا زَاغُوٓا۟ أَزَاغَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Muso oʻz qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib, yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar Alloh ularning qalbini burib qoʻydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

  6. 6

    وَإِذْ قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُم مُّصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَمُبَشِّرًۢا بِرَسُولٍۢ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِى ٱسْمُهُۥٓ أَحْمَدُ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ قَالُوا۟ هَٰذَا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Iyso ibn Mariyam: «Ey Bani Isroil, albatta, men oʻzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlovchi va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini beruvchi, Alloh sizlarga yuborgan Paygʻambarman», deganini esla. (Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar.

  7. 7

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَىٰٓ إِلَى ٱلْإِسْلَٰمِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Islomga daʼvat qilinib turganda Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki. Alloh zolimlarni hidoyatga solmas. (Yaʼni, inson Islomga daʼvat qilinsa, ikki dunyoning saodatiga erishtiruvchi dinga chaqirilsa, uni xursandlik bilan qabul qilishning oʻrniga, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqisa, haqiqatdan u dunyodagi eng ashaddiy zolim hisoblanadi. Undaylarning Alloh taologa nisbatan toʻqigan yolgʻonlari turlicha boʻladi.)

  8. 8

    يُرِيدُونَ لِيُطْفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Ogʻizlari bilan Allohning nurini oʻchirmoqchi boʻlurlar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, Oʻz nurini tugal etguvchidir. ( Islom dinini yoʻq qilish uchun urinuvchilarning harakati quyoshning shuʼlasini ogʻiz bilan puflab oʻchirishga harakat qilishga oʻxshaydi.)

  9. 9

    هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ

    U zot, Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan zotdir. Garchi mushriklar yoqtirmasalar ham.

  10. 10

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ تِجَٰرَةٍۢ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Ey iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiruvchi tijoratga dalolat qilaymi?

  11. 11

    تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar hamda Uning yoʻlida molingiz va joningiz bilan jihod qilasizlar. Shundoq qilmoqlaringiz, agar bilsangizlar, oʻzlaringiz uchun yaxshidir.

  12. 12

    يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ وَمَسَٰكِنَ طَيِّبَةًۭ فِى جَنَّٰتِ عَدْنٍۢ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Ana shunda, U zot gunohlaringizni kechirur va sizlarni adn jannatidagi ostidan anhorlar oqib turgan bogʻlarga va yaxshi maskanlarga kiritur. Bu ulugʻ yutuqdir.

  13. 13

    وَأُخْرَىٰ تُحِبُّونَهَا ۖ نَصْرٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتْحٌۭ قَرِيبٌۭ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Va sizlar yaxshi koʻradigan boshqasi ham bor. Allohdan yordam va yaqin zafar. Va moʻminlarga bashorat ber. (Ushbu oyat Qurʼoni karimning gʻoyibdan bergan xabarlaridan boʻlib, ulkan moʻʼjiza hamdir. Chunki u Makkai Mukarrama fath etilishidan avval tushgan. Bundan bir oz vaqtdan keyin Alloh taolo ushbu oyatda bergan vaʼdasi ustidan chiqdi. Allohning yordami boʻlib, Makka musulmonlar qoʻliga oʻtdi. Soʻng tezda butun Arabiston yarim roliga Islom dini tarqaldi.)

  14. 14

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوٓا۟ أَنصَارَ ٱللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّۦنَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ۖ فَـَٔامَنَت طَّآئِفَةٌۭ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَكَفَرَت طَّآئِفَةٌۭ ۖ فَأَيَّدْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَىٰ عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُوا۟ ظَٰهِرِينَ

    Ey iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari boʻling! Xuddi Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», deganlaridek. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir boʻldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qoʻllab-quvvatladik. Va ular gʻolib boʻldilar. (Havoriylar Iyso alayhissalomning shogirdlari, u kishiga yaqin odamlardir. Alloh taolo bu oyati karimada musulmonlarni Islom diniga xizmat qilishga chaqirmoqda va bu xizmatni Allohga yordamchi boʻlish, deb atamoqda.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.