Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 47 · Madaniy · 38 Oyatlar

Sura Muhammad

Muhammad paygʻambar

سورة محمد
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَٰلَهُمْ

    Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlarning amallarini U zot botil qildi. (Iymonsizlarning qilgan yaxshiliklari ham ajr-savobsiz boʻladi. Inson Allohga ishonmasa, kofir boʻlsa, Alloh unga qandoq qilib savob ato etadi.)

  2. 2

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَءَامَنُوا۟ بِمَا نُزِّلَ عَلَىٰ مُحَمَّدٍۢ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۙ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ

    U zot iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qurʼon)ga–holbuki u Robbilaridan kelgan haqdir–iymon keltirganlarning ayblarini berkitur va ahvollarini yaxshilar.

  3. 3

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱتَّبَعُوا۟ ٱلْبَٰطِلَ وَأَنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبَعُوا۟ ٱلْحَقَّ مِن رَّبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَٰلَهُمْ

    Undoq boʻlishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan boʻlgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga oʻzlarining misollarini shunday keltiradi.

  4. 4

    فَإِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَضَرْبَ ٱلرِّقَابِ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَثْخَنتُمُوهُمْ فَشُدُّوا۟ ٱلْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنًّۢا بَعْدُ وَإِمَّا فِدَآءً حَتَّىٰ تَضَعَ ٱلْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ۚ ذَٰلِكَ وَلَوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَٱنتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَٰكِن لِّيَبْلُوَا۟ بَعْضَكُم بِبَعْضٍۢ ۗ وَٱلَّذِينَ قُتِلُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعْمَٰلَهُمْ

    Qachonki kufr keltirganlar bilan toʻqnashsangiz, bas, boʻyiniga urmoq kerak. Vaqtiki, ularni tor-mor qilsangiz, bas, mahkam bogʻlang. Soʻngra yoki minnat, yoki tovon olishdir. Hattoki urush oʻz anjomlarni qoʻyguncha. Ana shunday. Alloh xohlasa, ulardan Oʻzi gʻolib kelardi, lekin baʼzilaringizni baʼzilaringiz ila sinash uchun (qildi). Alloh yoʻlida qatl qilinganlarning amallarni U zot hech zoye qilmas.

  5. 5

    سَيَهْدِيهِمْ وَيُصْلِحُ بَالَهُمْ

    Albatta, ularni hidoyat qilar va ahvollarni yaxshilar.

  6. 6

    وَيُدْخِلُهُمُ ٱلْجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمْ

    Hamda Oʻzi ularga taʼriflab bergan jannatga kiritar. (Bu oyatda urushdan boshqa iloj qolmagan maydonda toʻqnashuv boʻlgandan soʻng qilinadigan ishlar haqida soʻz ketmoqda.)

  7. 7

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَنصُرُوا۟ ٱللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

    Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam beradir va qadamlaringizni sobit qiladir.

  8. 8

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَتَعْسًۭا لَّهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَٰلَهُمْ

    Va kufr keltirganlarga baxtsizlik va amallarini zoye qilish boʻlur.

  9. 9

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَٰلَهُمْ

    Bu ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlari sababidandir. Bas, U zot amallarini botil qildi.

  10. 10

    ۞ أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ دَمَّرَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۖ وَلِلْكَٰفِرِينَ أَمْثَٰلُهَا

    Yer yuzida yurib, oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qandoq boʻlganligiga nazar solmaslarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga ham shunga oʻxshash boʻlur.

  11. 11

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَأَنَّ ٱلْكَٰفِرِينَ لَا مَوْلَىٰ لَهُمْ

    Shundoq boʻlishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga doʻst ekanligidan va albatta, kofirlarga doʻst yoʻqligidandir.

  12. 12

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ ٱلْأَنْعَٰمُ وَٱلنَّارُ مَثْوًۭى لَّهُمْ

    Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va doʻzax ularning joyidir. (Bu yerda gap haqiqiy va nihoiy nasib haqida ketayapdi. Kofirlarga bu dunyoda mol kabi yegan taomidan oʻzga nasiba yoʻq.)

  13. 13

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ هِىَ أَشَدُّ قُوَّةًۭ مِّن قَرْيَتِكَ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَٰهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ

    Koʻpgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan koʻra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yoʻqdir. (Bu oyati karima Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga Makkai Mukarramani tashlab, majburan Madinai Munavvaraga hijrat qilib ketayotgan yoʻllarida nozil boʻlgan.)

  14. 14

    أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّهِۦ كَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُم

    Oʻz Robbisidan (aniq) hujjatga ega boʻlgan shaxs yomon amali oʻziga ziynatli koʻringan va havoi nafsiga ergashganlarga oʻxshashi mumkinmi?!

  15. 15

    مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۖ فِيهَآ أَنْهَٰرٌۭ مِّن مَّآءٍ غَيْرِ ءَاسِنٍۢ وَأَنْهَٰرٌۭ مِّن لَّبَنٍۢ لَّمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُۥ وَأَنْهَٰرٌۭ مِّنْ خَمْرٍۢ لَّذَّةٍۢ لِّلشَّٰرِبِينَ وَأَنْهَٰرٌۭ مِّنْ عَسَلٍۢ مُّصَفًّۭى ۖ وَلَهُمْ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَمَغْفِرَةٌۭ مِّن رَّبِّهِمْ ۖ كَمَنْ هُوَ خَٰلِدٌۭ فِى ٱلنَّارِ وَسُقُوا۟ مَآءً حَمِيمًۭا فَقَطَّعَ أَمْعَآءَهُمْ

    Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli: ichida aynimagan suvli anhorlari, taʼmi oʻzgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr-sharobli anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun u yerda barcha mevalar va oʻz Robbilaridan magʻfirat bor. Oʻshalar otashda mangu qoluvchi va oʻta qaynoq suv ila sugʻorilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga oʻxshaydilarmi?

  16. 16

    وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰٓ إِذَا خَرَجُوا۟ مِنْ عِندِكَ قَالُوا۟ لِلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ مَاذَا قَالَ ءَانِفًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ

    Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali u nima dedi?» derlar. Ana oʻshalar qalblariga Alloh tamgʻa bosganlar va havoi nafslariga ergashganlardir.

  17. 17

    وَٱلَّذِينَ ٱهْتَدَوْا۟ زَادَهُمْ هُدًۭى وَءَاتَىٰهُمْ تَقْوَىٰهُمْ

    U zot hidoyat topganlarning hidoyatini ziyoda qilgay va ularning taqvolarini bergay.

  18. 18

    فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةًۭ ۖ فَقَدْ جَآءَ أَشْرَاطُهَا ۚ فَأَنَّىٰ لَهُمْ إِذَا جَآءَتْهُمْ ذِكْرَىٰهُمْ

    Ular (qiyomat) soatining birdan kelishidan boshqa narsaga intizor boʻlishayotgani yoʻq. Darvoqeʼ, alomatlari kelib ham qoldi. Agar u kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?! (Paygʻambar alayhissalomning majlislariga kirib hech narsani tushunmay chiqayotgan gʻofil munofiqlar va ularning izdoshlari nimani kutishyapti? Ularga nima kerak? Ular qiyomat soatining birdan, toʻsatdan kelib qolishidan boshqa narsani kutishayotgani yoʻq. Qiyomatning alomatlari esa, kelib qoldi. Demak, oʻzining kelishi ham yaqin. Qiyomatning eng katta alomatlaridan biri Muhammad alayhissalomning Paygʻambar etib yuborilishlari. Chunki u kishi Paygʻambarlarning oxirgilaridirlar. U kishidan keyin Paygʻambar kelmaydi, balki qiyomat keladi.)

  19. 19

    فَٱعْلَمْ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَنۢبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَىٰكُمْ

    Bas, bilgin: Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq, oʻzingning, moʻminlarning va moʻminalarning gunohlarini magʻfirat qilinishini soʻra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur. (Alloh taoloning «Bilgin» deb xitob qilishi aqida masalasida bilim zarurligiga taʼkiddir. Bu ishda koʻr-koʻrona taqlid foyda bermaydi. Demak, «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq»ligiga aqida qilish bilim asosida boʻlishi juda ham yaxshi boʻlar ekan.)

  20. 20

    وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌۭ ۖ فَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌۭ مُّحْكَمَةٌۭ وَذُكِرَ فِيهَا ٱلْقِتَالُ ۙ رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ ٱلْمَغْشِىِّ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْمَوْتِ ۖ فَأَوْلَىٰ لَهُمْ

    Va iymon keltirganlar, biron sura nozil qilinsa edi, derlar. Vaqtiki, aniq sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarni senga jon berayotganning qarashidek qarayotganini koʻrasan.

  21. 21

    طَاعَةٌۭ وَقَوْلٌۭ مَّعْرُوفٌۭ ۚ فَإِذَا عَزَمَ ٱلْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُوا۟ ٱللَّهَ لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُمْ

    Ularga toat va yaxshi soʻz yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, oʻzlariga yaxshi boʻlur edi. (Iymon saodatiga muyassar boʻlganlar doimo oʻzlari iymon keltirgan Zotdan farmon boʻlishini orziqib kutadilar. Chunki ularning eng ulkan saodati farmoni ilohiyga amal qilib Allohga qurbat hosil qilishdir. Xuddi shu tuygʻu ularni «Va iymon keltirganlar, biron sura nozil qilinsa edi, deydilar», kabi mavqifiga sabab boʻlgan. Oʻsha orzu qilingan sura nozil qilinsa, nima boʻladi? U vaqtda moʻmin musulmonlar xursandlik ila unga amal qilishni boshlaydilar. Oʻzlarining iymonda sodiqliklarini isbot qiladilar. Ammo shunday paytda munofiqlarning haqiqiy basharalari namoyon boʻladi, ularning riyo pardalari yirtiladi.)

  22. 22

    فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِن تَوَلَّيْتُمْ أَن تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوٓا۟ أَرْحَامَكُمْ

    Ehtimol, (iymondan) yuz oʻgirsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?! (Bu oyatda iymondan yuz oʻgirib, johiliyatga qaytishdan keladigan bu dunyodagi zararlar eslatilmoqda.)

  23. 23

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَىٰٓ أَبْصَٰرَهُمْ

    Ana oʻshalarni Alloh laʼnatladi, ularni kar qildi va koʻzlarini koʻr qildi.

  24. 24

    أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ أَمْ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقْفَالُهَآ

    Qurʼonni tadabbur ila oʻylab koʻrmaslarmi? Yoki qalblarida qulf bormi? (Har bir oyatni, har bir soʻzni chuqur tushunishga harakat qilish Qurʼonni tadabbur qilishdir. Oʻshanda parda koʻtariladi, hamma narsa ravshanlashadi, qalb halovot topadi, vijdon musaffo boʻladi. «Qalblarida qulf» boʻlsa, unda hamma narsa berk, ularga hech narsa, jumladan, Qurʼon nuri ham kirmaydi.)

  25. 25

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱرْتَدُّوا۟ عَلَىٰٓ أَدْبَٰرِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَى ۙ ٱلشَّيْطَٰنُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَىٰ لَهُمْ

    Albatta, hidoyat ravshan boʻlgandan soʻng ortlariga qaytganlarga shayton ziynatlab koʻrsatdi va ularni oʻsha yoʻlladi. («Ortlariga qaytganlar»dan murod munofiqlardir, ular hidoyat–iymon nima ekanligini ravshan koʻrgan, moʻminlikka yaqin boʻlgan edilar, lekin ortga qaytdilar. )

  26. 26

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لِلَّذِينَ كَرِهُوا۟ مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِى بَعْضِ ٱلْأَمْرِ ۖ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ

    Undoq boʻlishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlarga: »Sizlarga baʼzi ishlarda itoat qilamiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi. (Oyatdagi «Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlar»dan murod yahudiylardir.)

  27. 27

    فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَٰرَهُمْ

    Farishtalar yuzlariga va ortlariga urib jonlarini olayotganlarida qandoq boʻlarkin?!

  28. 28

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱتَّبَعُوا۟ مَآ أَسْخَطَ ٱللَّهَ وَكَرِهُوا۟ رِضْوَٰنَهُۥ فَأَحْبَطَ أَعْمَٰلَهُمْ

    Bunday boʻlishi, albatta ularning Allohni gʻazablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush koʻrmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi.

  29. 29

    أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخْرِجَ ٱللَّهُ أَضْغَٰنَهُمْ

    Qalblarida kasal borlar, Alloh ularning qattiq hasadlarini oshkor qilmaydi, deb hisoblaydilarmi?! (Munofiqlar oʻzlaricha, munofiqlik sanʼatini qoillatib qoʻyamiz, bizning Islomga, musulmonlarga boʻlgan dushmanligimizni hech kim bilmaydi, deb oʻylashadi.)

  30. 30

    وَلَوْ نَشَآءُ لَأَرَيْنَٰكَهُمْ فَلَعَرَفْتَهُم بِسِيمَٰهُمْ ۚ وَلَتَعْرِفَنَّهُمْ فِى لَحْنِ ٱلْقَوْلِ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ أَعْمَٰلَكُمْ

    Agar xohlasak, Biz ularni senga koʻrsatamiz, taʼkidki, sen ularni siymolaridan taniysan, albatta, sen ularni gap ohanglaridan taniysan. Alloh amallaringizni bilib turur. (Munofiqlar oʻz kirdikorlarini qanchalik yashirsalar ham, oʻzlarini Islom uchun fidokor qilib koʻrsatsalar ham, Qalblarida kasali boʻlgani uchun nifoqlari oshkor boʻladi.)

  31. 31

    وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ حَتَّىٰ نَعْلَمَ ٱلْمُجَٰهِدِينَ مِنكُمْ وَٱلصَّٰبِرِينَ وَنَبْلُوَا۟ أَخْبَارَكُمْ

    Va taʼkidki, Biz sizlarni sinaymiz, toki sizlardan mujohidlarni, sabrlilarni bilsak va xabarlaringizni imtihon etsak. (Sinov Alloh taoloning Oʻzi uchun emas. U shundoq ham hamma narsani–odamlarning kimligini, sir yashirganlari-yu oshkorini, imkoniyati-yu xohishini–barcha-barchasini yaxshi biladi. Ammo odamlar bu narsani anglamaydilar. Insonlarning bu narsalarni anglashi kelajak hayotlarida yordam beradi.)

  32. 32

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَشَآقُّوا۟ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَىٰ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًۭٔا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَٰلَهُمْ

    Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsganlar hamda hidoyat aniq boʻlgandan soʻng Paygʻambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini U zot habata qilur. (Bular u zotning hayotlik davrlarida shaxslariga, dinlariga, Qurʼonlariga, sahobalariga qarshi chiqqanlardir. Paygʻambarning vafotlaridan soʻng esa u kishining dinlariga, shariatlariga, sunnatlariga, daʼvatlariga, ummatlariga qarshi chiqanlardir.)

  33. 33

    ۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَلَا تُبْطِلُوٓا۟ أَعْمَٰلَكُمْ

    Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat eting va Rasulga itoat eting. Va amallaringizni botil qilmangiz.

  34. 34

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ مَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌۭ فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ

    Albatta kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsgan, soʻngra kofir hollarida oʻlganlarni Alloh hech-hech magʻfirat qilmas.

  35. 35

    فَلَا تَهِنُوا۟ وَتَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّلْمِ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ وَٱللَّهُ مَعَكُمْ وَلَن يَتِرَكُمْ أَعْمَٰلَكُمْ

    Bas, boʻsh kelmanglar va oʻzingiz ustun boʻlib turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas. (Allohning yoʻlidagi kurash oson boʻlmaydi. Lekin din uchun xizmat qiluvchi moʻminlar doimo ustun boʻladilar. Ustun turganlar esa «boʻsh kelmanglar» degan xitobni doimo yodda tutishadi. Ular hamma tarafdan ustun.)

  36. 36

    إِنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌۭ وَلَهْوٌۭ ۚ وَإِن تُؤْمِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْـَٔلْكُمْ أَمْوَٰلَكُمْ

    Albatta, bu dunyo hayoti oʻyin va koʻngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni soʻramas.

  37. 37

    إِن يَسْـَٔلْكُمُوهَا فَيُحْفِكُمْ تَبْخَلُوا۟ وَيُخْرِجْ أَضْغَٰنَكُمْ

    Agar sizdan ularni soʻrasa, qiynasa, baxillik qilursizlar va kek-hiqdlaringizni chiqaradir.

  38. 38

    هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ تُدْعَوْنَ لِتُنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبْخَلُ ۖ وَمَن يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ ٱلْغَنِىُّ وَأَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ ۚ وَإِن تَتَوَلَّوْا۟ يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓا۟ أَمْثَٰلَكُم

    Hoy sizlar! Anavilar! Allohning yoʻlida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, baʼzilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, oʻziga baxillik qiladir. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambagʻalsizlar. Va agar siz yuz oʻgirib ketsangiz, U zot sizdan boshqa qavmni oʻrningizga keltirur, ular esa sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar. (Alloh taolo inson tabiatini qanchalik daqiq bilishini taʼkidlamoqda. Saxiylik, Allohning yoʻlida mol sarflashdek fazilatlar koʻp musulmonlarga xos boʻlib, ularning bu boradagi ishlari tarix sahifalarida boqiy qolgan. Shu bilan birga, baʼzi baxillar ham boʻlgan, bu ham voqealikdir. Qurʼoni karim ushbu oyatda shu baxillikni muolaja qilmoqda.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.