Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 46 · Makkiy · 35 Oyatlar

Sura Ahqof

Qum tepaliklari

سورة الأحقاف
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    حمٓ

    Ha miym.

  2. 2

    تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ

    Kitobning tushirilishi Gʻolib va hikmatli Alloh tarafidandir.

  3. 3

    مَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَمَّآ أُنذِرُوا۟ مُعْرِضُونَ

    Osmonlaru yerni hamda ular oʻrtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar boʻlsa, oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻguruvchilardir. (Qurʼonni hikmat ila nozil qilgan gʻolib va qudratli Alloh osmonlaru yerni hamda ularning orasidagi narsalarni ham haq ila, hikmat ila yaratgan.)

  4. 4

    قُلْ أَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌۭ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ ۖ ٱئْتُونِى بِكِتَٰبٍۢ مِّن قَبْلِ هَٰذَآ أَوْ أَثَٰرَةٍۢ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Sen: « Allohdan oʻzga sigʻinayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga koʻrsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, menga bundan (Qurʼondan) oldingi kitobni yoki ilmiy asarni keltiring.»- deb ayt.

  5. 5

    وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُۥٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ وَهُمْ عَن دُعَآئِهِمْ غَٰفِلُونَ

    Allohni qoʻyib, qiyomat kunigicha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, U(but)lar ularning duosidan gʻofildirlar.

  6. 6

    وَإِذَا حُشِرَ ٱلنَّاسُ كَانُوا۟ لَهُمْ أَعْدَآءًۭ وَكَانُوا۟ بِعِبَادَتِهِمْ كَٰفِرِينَ

    Odamlar mahsharga toʻplanganda, (butlar) ularga dushman boʻlurlar va ibodatlariga ham munkir boʻlurlar. (Bizga ibodat qilganingiz yoʻq, deb inkor qiladilar. Hatto shayton oʻziga ergashganlardan tonar ekan.)

  7. 7

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ هَٰذَا سِحْرٌۭ مُّبِينٌ

    Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovot qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qurʼon) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar.

  8. 8

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَلَا تَمْلِكُونَ لِى مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِۦ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Balki u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqib olgan ham derlar. Sen: «Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning Oʻzi haqida siz shoʻngʻiyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning oʻrtangizda guvohlikka Uning Oʻzi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahmli zotdir», deb ayt.

  9. 9

    قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًۭا مِّنَ ٱلرُّسُلِ وَمَآ أَدْرِى مَا يُفْعَلُ بِى وَلَا بِكُمْ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ وَمَآ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Sen:»Men birinchi Paygʻambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmaysman. Faqat, oʻzimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.

  10. 10

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَكَفَرْتُم بِهِۦ وَشَهِدَ شَاهِدٌۭ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِۦ فَـَٔامَنَ وَٱسْتَكْبَرْتُمْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Sen: «Ayting-chi, agar u(Qurʼon) Allohdan boʻlsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qurʼon)ga oʻxshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmaydi», deb ayt. (Qurʼoni karimda buzuq aqidalarni tuzatish, toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun turli uslublar qoʻllangan. bu oyatda mushriklarning aqidasiga shubha solish yoʻli bilan, ularning xatoda ekanliklari bayon qilinmoqda.)

  11. 11

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَوْ كَانَ خَيْرًۭا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا۟ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَآ إِفْكٌۭ قَدِيمٌۭ

    Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u(Qurʼon) yaxshilik boʻlganida, unga bizdan avval bormasdilar», derlar. U(Qurʼon)dan hidoyat topishmagach, bu-qadimgi uydirmadir», derlar. (Kibru havoga uchgan arab boyvachchalarining nazarida kambagʻallarning Islomga kirishi, Qurʼonga ishonishi kamchilik, ayb boʻlib koʻringan. Ular oʻzlaricha,»yalangayoqlar yurgan yoʻl yaxshi boʻlarmidi?»demoqchilar. Lekin, ayni choqda, Hazrati Abu Bakr, Hazrati Usmon, Hadicha onamizga oʻxshash boy, zadogonlar ham birinchilardan boʻlib Islomga kirishganini eʼtiborga olishmaydi. Islom boyni ham, kambagʻalni ham, kuchlini ham, zaifni ham bir oila aʼzosi qilish uchun Alloh tamonidan yuborilgan din.)

  12. 12

    وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًۭا وَرَحْمَةًۭ ۚ وَهَٰذَا كِتَٰبٌۭ مُّصَدِّقٌۭ لِّسَانًا عَرَبِيًّۭا لِّيُنذِرَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ

    U(Qurʼon)dan oldin Musoning kitobi yoʻl boshlovchi va rahmat edi. Bu esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir. (Qurʼon oʻzidan avvalgi kitoblarda, jumladan, Tavrotda kelgan aqida aslini, ilohiy yoʻlni, dinu diyonatni tasdiqlaydi.)

  13. 13

    إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَٰمُوا۟ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, soʻngra bunda mustaqim turganlarga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.

  14. 14

    أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ana oʻshalar jannat egalaridir, unda qilgan amallari mukofotiga abadiy qolurlar.

  15. 15

    وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ إِحْسَٰنًا ۖ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ كُرْهًۭا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًۭا ۖ وَحَمْلُهُۥ وَفِصَٰلُهُۥ ثَلَٰثُونَ شَهْرًا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةًۭ قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَٰلِحًۭا تَرْضَىٰهُ وَأَصْلِحْ لِى فِى ذُرِّيَّتِىٓ ۖ إِنِّى تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiylanib homilador boʻldi va uni qiylanib tugʻdi. Va uning homilasi va koʻkrakdan ajratishi oʻttiz oydir. Toki u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr qilishimga va sen rozi boʻlgan solih ishlarni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman, dedi. (Alloh taolo insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurmoqda. Bu insoniylik burchidir, boshqa hech qanday asos yoʻq. Inson faqat insonligi uchun ota-onasini hurmat qilishi, eʼzozlashi zarur. Lekin shu bilan birga, oyatning oʻzida ota-onaga yaxshilik qilishning boislaridan baʼzisi aytib oʻtilmoqda.)

  16. 16

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا۟ وَنَتَجَاوَزُ عَن سَيِّـَٔاتِهِمْ فِىٓ أَصْحَٰبِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَعْدَ ٱلصِّدْقِ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يُوعَدُونَ

    Ana oʻshalarning eng yaxshi amallarni qabul qilib, yomonliklarini oʻtib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq vaʼda shuldir. (Avvalgi oyatdagi maqtovli sifatlarga ega boʻlgan moʻminlarning qilgan yaxshi amallarini qabul qilamiz, deydi Alloh taolo. Albatta, amalni qabul qilgandan soʻng uning mukofati va savobini ham koʻpaytirib beradi.)

  17. 17

    وَٱلَّذِى قَالَ لِوَٰلِدَيْهِ أُفٍّۢ لَّكُمَآ أَتَعِدَانِنِىٓ أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ ٱلْقُرُونُ مِن قَبْلِى وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ ٱللَّهَ وَيْلَكَ ءَامِنْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ فَيَقُولُ مَا هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning vaʼdasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar oʻtgan-ku!» degan kishiga, Allohdan madad soʻragan holda ular: «Holingga voy boʻlgur, iymon keltir, albatta, Allohning vaʼdasi haqdir», dedilar. U boʻlsa «Bu oʻtganlarning afsonalari, xolos», der.

  18. 18

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍۢ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ خَٰسِرِينَ

    Ana oʻshalarga oʻzlaridan avval oʻtgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) soʻzi haq boʻlgandir. Albatta, ular ziyon koʻruvchilardan boʻldilar.

  19. 19

    وَلِكُلٍّۢ دَرَجَٰتٌۭ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۖ وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَٰلَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofat yoki jazosi) toʻliq berilur va ularga zulm qilinmas. (Ushbu oyatda har bir insonga bu dunyoda qilgan amliga yarasha u dunyoda daraja berilishi taʼkidlanmoqda. Qiyomatda yaxshilarni toʻplab jannatga, yomonlarni doʻzaxga kiritib yuborish bilan kifoyalanmasligi maʼlum boʻlmoqda. Balki har bir inson bu dunyoda qilgan amaliga qarab alohida darajaga ega boʻladi. Zarracha yaxshilik ham, yomonlik ham hisob-kitobdan chetda qolmaydi. Koʻp yaxshilik qilganlarning darajalari jannatda oliy boʻladi. Shuning uchun yaxshilikni iloji boricha koʻproq qilishga urinish kerak.)

  20. 20

    وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَٰتِكُمْ فِى حَيَاتِكُمُ ٱلدُّنْيَا وَٱسْتَمْتَعْتُم بِهَا فَٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَفْسُقُونَ

    Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur halovatingizni ketkazib, mazasini tatib boʻlgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanasiz», deyilur.

  21. 21

    ۞ وَٱذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنذَرَ قَوْمَهُۥ بِٱلْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ ٱلنُّذُرُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦٓ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Oʻz qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar oʻtgan. «U zotdan oʻzgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulugʻ kunda boshingizga tushadigan azobdan qoʻrqurman», (deb). («Odning birodaridan» murod Paygʻambar Hud alayhissalomdir. U kishi oʻz qavmi Odga Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilganlar. Od qavmi «Boida» arablaridan boʻlib, asli Arabiston yarim orolining janubida, Hazaramavt tomonda, balandlik–qumtepa joylarda yashagan. (Ismoil alayhissalomdan avval oʻtgan arablarni «Boida» arablari deyiladi.)

  22. 22

    قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir», dedilar.

  23. 23

    قَالَ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَأُبَلِّغُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَلَٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًۭا تَجْهَلُونَ

    U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan boʻlsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni koʻrib turibman», dedi. (Kofirlar Paygʻambardan vʼda qilinayotgan azobni tezroq keltirishni talab qilishdi. Paygʻambar esa, menga sizlarni ogohlantirish topshirilgan edi, shuni bajardim, azobning qachon kelishining ilmi esa faqat Allohning huzurida. Men uning vaqtini ham, shaklini ham bilmayman, dedilar.)

  24. 24

    فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًۭا مُّسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا۟ هَٰذَا عَارِضٌۭ مُّمْطِرُنَا ۚ بَلْ هُوَ مَا ٱسْتَعْجَلْتُم بِهِۦ ۖ رِيحٌۭ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌۭ

    U(azob)ning vodiylari tomon koʻndalang boʻlib yurganini koʻrishganda, bu koʻndalang boʻluvchi, bizga yomgʻir yogʻdirur, dedilar. Yoʻq! Bu oʻzingiz orziqib soʻragan narsa, alamli azobi bor boʻrondir.

  25. 25

    تُدَمِّرُ كُلَّ شَىْءٍۭ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُوا۟ لَا يُرَىٰٓ إِلَّا مَسَٰكِنُهُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ

    U Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa koʻrinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolayrmiz. (Od qavmiga yuborilgan shamol alohida azob shamoli edi. U Allohning amri ila nimaga tegsa, vayron (halok) qilishi kerak edi.)

  26. 26

    وَلَقَدْ مَكَّنَّٰهُمْ فِيمَآ إِن مَّكَّنَّٰكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًۭا وَأَبْصَٰرًۭا وَأَفْـِٔدَةًۭ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَآ أَبْصَٰرُهُمْ وَلَآ أَفْـِٔدَتُهُم مِّن شَىْءٍ إِذْ كَانُوا۟ يَجْحَدُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, koʻz va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na koʻzlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni oʻzlari masxara qilgan narsa (azob) oʻrab oldi.

  27. 27

    وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْقُرَىٰ وَصَرَّفْنَا ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Haqiqatda, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, oʻzlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik. (Alloh taolo Makka mushriklariga oʻzlari xabardor boʻlgan, ularning atrofida kufri va inkori tufayli halokatga uchragan Od, Samud, Sabaʼ va Lut qavmlarini eslatmoqda.)

  28. 28

    فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ قُرْبَانًا ءَالِهَةًۢ ۖ بَلْ ضَلُّوا۟ عَنْهُمْ ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Qani endi, Allohni qoʻyib, (U zotga) yaqinlashtiruvchi deb tutingan xudolari ularga yordam bersalar edi. Yoʻq! Ular gʻoyib boʻldilar va bu ularning uydirma hamda toʻqigan boʻhtonlaridir. (Avvalgi oyatlarni oʻrganish jarayonida tushunganimizdek, mushriklar butu sanamlarga, bular bizni katta xudoga yaqirlashtiradilar, shafoat qiladilar, deb eʼtiqod qilar edilar.)

  29. 29

    وَإِذْ صَرَفْنَآ إِلَيْكَ نَفَرًۭا مِّنَ ٱلْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقُرْءَانَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوٓا۟ أَنصِتُوا۟ ۖ فَلَمَّا قُضِىَ وَلَّوْا۟ إِلَىٰ قَوْمِهِم مُّنذِرِينَ

    Va sen tomon bir guruh jinlarni Qurʼon eshitishga burganimizni esla. Unga hozir boʻlganlarida: «Jim, quloq osinglar!», dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, oʻz qavmlariga ogohlantiruvchi boʻlib qaytdilar: (Oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, jinlarning Qurʼonga quloq osishlari toʻsatdan, kutilmaganda sodir boʻlmagan, balki ularni Alloh taoloning Oʻzi burib qoʻygan. Bu fazlni Paygʻambar alayhissalomga ham eslatmoqda.)

  30. 30

    قَالُوا۟ يَٰقَوْمَنَآ إِنَّا سَمِعْنَا كِتَٰبًا أُنزِلَ مِنۢ بَعْدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ وَإِلَىٰ طَرِيقٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    «Ey, qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, oʻzidan avvalgi narsa(kitob)larni tasdiqlovchi, haq(din)ga va toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik.

  31. 31

    يَٰقَوْمَنَآ أَجِيبُوا۟ دَاعِىَ ٱللَّهِ وَءَامِنُوا۟ بِهِۦ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Ey, qavmimiz, Allohning daʼvatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring: U zot sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qiladir va alamli azobdan saqlaydir. (Jinlar Qurʼoni Karimdan baʼzi oyatlarni tinglashlari bilan, uni insu jinga yuborilgan ilohiy kitob ekanligini tushunib yetganlar. Shuningdek, Muhammad alayhissalomni Allohning daʼvatchisi ekanliklarini, u zotning chaqiriqlariga javob berish lozimligi, Allohga iymon keltirish vojibligini ham anglab yetganlar. Eng muhimi, oxiratni, qiyomat kunini bilganlar, unda alamli azoblar borligini, Allohga iymongina u azobdan saqlab qolishi mumkinligini fahmlaganlar. Afsuski, insonlar bu borada jinlarchalik ham emaslar.)

  32. 32

    وَمَن لَّا يُجِبْ دَاعِىَ ٱللَّهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُۥ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءُ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍ

    Kimki, Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, bas u yer yuzida qochib qutila oluvchi emasdir va unga U zotdan oʻzga valiylar ham yoʻqdir. Ana oʻshalar ochiq-oydin zalolatdadir», dedilar.

  33. 33

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَلَمْ يَعْىَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْۦِىَ ٱلْمَوْتَىٰ ۚ بَلَىٰٓ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol boʻlmagan zot–Alloh, oʻliklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.

  34. 34

    وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

    Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda: «Bu haqiqat emasmi?!» (deyilur). Ular, Robbimizga qasamki, xuddi shundoq, derlar. U zot: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni totinglar», der.

  35. 35

    فَٱصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْعَزْمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِل لَّهُمْ ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةًۭ مِّن نَّهَارٍۭ ۚ بَلَٰغٌۭ ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Bas, azmu-matonat sohibi boʻlgan Paygʻambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga oʻxsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur! (Alloh taolo ushbu oyatda kofir, mushrik va dinsizlar doimo moʻmin- musulmonlarga zulm qilib, ozor berib, tazyiq oʻtkazib kelaganliklarini eslatmoqda. «Ulul azm», yaʼni sabr matonat sohibi boʻlgan Paygʻambarlar–Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso alayhissalomlardir. Bu buyuk Paygʻambarlarning har birlarining boshlariga iymon yoʻlida, dinu diyonat yoʻlida qanchadan-qancha kulfatlar yogʻilgan. Lekin ular sabr matonatda zarbulmasal boʻlganlar. Oyatda Qurʼon, yetkazish, deb atalmoqda.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.