Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 31 · Makkiy · 34 Oyatlar

Sura Luqmon

Luqmoni Hakim

سورة لقمان
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓ

    Alif. Lam. Miym.

  2. 2

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْحَكِيمِ

    Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.

  3. 3

    هُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لِّلْمُحْسِنِينَ

    U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.

  4. 4

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ

    Namozni toʻkis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga ishonch-la iymon keltiradiganlarga.

  5. 5

    أُو۟لَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدًۭى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Ana oʻshalar, Robbilaridan boʻlgan hidoyatdadirlar. Ana oʻshalar, oʻzlari najot topguvchilardir.

  6. 6

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْتَرِى لَهْوَ ٱلْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Odamlar orasida ilmsiz ravishda Allohning yoʻlidan adashtirish uchun va u(yoʻl)ni istehzo qilish uchun behuda soʻzni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana oʻshalarga oʻzlariga xorlovchi azob bordir. (Ular hikmat toʻla Qurʼoni Karimni, Allohning purhikmat soʻzlarini qabul qilmasdan, ularga badalsiz taqdim etilayotgan ikki dunyo saodatiga eltuvchi ilohiy dasturga boʻyinsunmasdan, qandaydir behuda soʻzlarni koʻtarib yuradilar. Ha, oʻsha behuda soʻzlar egasi boʻlish uchun molu mulkni, hayotni, zehn-zakovatni, butun imkoniyatlarni sarflaydilar.)

  7. 7

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا وَلَّىٰ مُسْتَكْبِرًۭا كَأَن لَّمْ يَسْمَعْهَا كَأَنَّ فِىٓ أُذُنَيْهِ وَقْرًۭا ۖ فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, xuddi ularni eshitmagandek, xuddi qulogʻida ogʻirlik bordek mutakabbirlik bilan ortga qarab ketadir. Bas, unga alamli azobning bashoratini ber.

  8. 8

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلنَّعِيمِ

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarga, oʻshalarga neʼmat jannatlari bordir.

  9. 9

    خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّۭا ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Ular unda abadiy qolurlar. Allohning vaʼdasi haqdir. Va U aziz va hakimdir.

  10. 10

    خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍۢ تَرَوْنَهَا ۖ وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍۢ ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۢ كَرِيمٍ

    U, siz koʻrib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga ogʻir togʻlarni tashlagan va (yer)da har turli jonivorlarni taratib qoʻygan zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan un(yer yuzi)da turli goʻzal va foydali juftlarni oʻstirib qoʻydik. (Oyatda «oʻsimliklarni oʻstirib qoʻydik», deyilmasdan, «karamli (goʻzal va foydali) juftlarni oʻstirib qoʻydik», deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, oʻsimliklardagi goʻzallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft boʻlishi ham bildirib qoʻyilyapti. Allohning kitobida oʻn besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir oʻsimlikda erkak va urgʻochi xoʻjayralar boʻlib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil boʻlishi endi tushunib yetildi. Oʻsimliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.)

  11. 11

    هَٰذَا خَلْقُ ٱللَّهِ فَأَرُونِى مَاذَا خَلَقَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦ ۚ بَلِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Bu Allohning yaratganidir. Qani menga koʻrsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yoʻq! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar.

  12. 12

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا لُقْمَٰنَ ٱلْحِكْمَةَ أَنِ ٱشْكُرْ لِلَّهِ ۚ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ حَمِيدٌۭ

    Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, oʻzi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan zotdir», deb hikmatni berdik. («Hikmat», aslida, har bir narsani yaxshilab oʻz joyiga qoʻyish, degan maʼnoni beradi. Shu boisdan ham har bir gapni toʻgʻri soʻzlash va har bir ishni toʻgʻri bajarishga «hikmat» deyiladi. Alloh taolo hazrati Luqmonga ana shunday neʼmatni ato qilganini ushbu oyatda bildirmoqda. U kishining ismlariga »hakim« laqabi qoʻshilib zikr qilishi sababi ham shundan. Baʼzi kishilar bu hikmat sohibi boʻlgan zotni Paygʻambar deb ham aytishgan. Ammo aksar ulamolarimiz, jumladan, koʻpgina tafsirchilarimiz, Hazrati Luqmon Paygʻambar emas, hakim boʻlgan, deydilar. Chunki Paygʻambarlarning zikri kelgan Qurʼon oyatlarida bu kishining ismlari kelmagan. Shuningdek, u kishining Paygʻambar boʻlganlari haqida Paygʻambarimiz Muhammad (s. a. v.) ham hech bir xabar bermaganlar.)

  13. 13

    وَإِذْ قَالَ لُقْمَٰنُ لِٱبْنِهِۦ وَهُوَ يَعِظُهُۥ يَٰبُنَىَّ لَا تُشْرِكْ بِٱللَّهِ ۖ إِنَّ ٱلشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌۭ

    Luqmon oʻgʻliga vaʼz-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey oʻgʻilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir».

  14. 14

    وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ وَهْنًا عَلَىٰ وَهْنٍۢ وَفِصَٰلُهُۥ فِى عَامَيْنِ أَنِ ٱشْكُرْ لِى وَلِوَٰلِدَيْكَ إِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ

    Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtardi; uni sutdan ajratish ikki yil ichidadir: «Menga va ota-onaga shukr qilgin. Va qaytish faqat Mengadir».

  15. 15

    وَإِن جَٰهَدَاكَ عَلَىٰٓ أَن تُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌۭ فَلَا تُطِعْهُمَا ۖ وَصَاحِبْهُمَا فِى ٱلدُّنْيَا مَعْرُوفًۭا ۖ وَٱتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَىَّ ۚ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Agar ikkovlari seni oʻzing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zoʻrlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyoda ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yoʻnalganlarning yoʻliga ergash. Soʻngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman.

  16. 16

    يَٰبُنَىَّ إِنَّهَآ إِن تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍۢ مِّنْ خَرْدَلٍۢ فَتَكُن فِى صَخْرَةٍ أَوْ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ أَوْ فِى ٱلْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌۭ

    «Ey oʻgʻilcham, albatta, u(amal) agar achitqining bir dona urugʻicha boʻlsayu u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda boʻlsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh oʻta lutfli va oʻta xabardor zotdir.

  17. 17

    يَٰبُنَىَّ أَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ وَأْمُرْ بِٱلْمَعْرُوفِ وَٱنْهَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَآ أَصَابَكَ ۖ إِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

    Ey oʻgʻilcham, namozni toʻkis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va oʻzingga yetgan musibatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir.

  18. 18

    وَلَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلَا تَمْشِ فِى ٱلْأَرْضِ مَرَحًا ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍۢ فَخُورٍۢ

    Odamlardan takabburla yuz oʻgirma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.

  19. 19

    وَٱقْصِدْ فِى مَشْيِكَ وَٱغْضُضْ مِن صَوْتِكَ ۚ إِنَّ أَنكَرَ ٱلْأَصْوَٰتِ لَصَوْتُ ٱلْحَمِيرِ

    Yurishingda moʻʼtadil boʻl va ovozingni pasaytir. Chunki ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir». (Yaʼni, yurishing oʻrtacha va maqsadli boʻlsin. Bekorchi soxta harakatlar bilan kuch-quvvatni isrof qilib, kibru havo bilan ham yurma, juda lapashang boʻlib, sudralma ham eshak bekordan-bekorga bor ovozi bilan hangrab turadi. Hech bir sababsiz baland koʻtarilgan ovozning eshaknikiga oʻxshatilishining oʻzi yetarli. Oyatda bu ovoz eng yomon ekanligi ham taʼkidlanmoqda.)

  20. 20

    أَلَمْ تَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُۥ ظَٰهِرَةًۭ وَبَاطِنَةًۭ ۗ وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَلَا هُدًۭى وَلَا كِتَٰبٍۢ مُّنِيرٍۢ

    Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini va sizga zohiriy va botiniy neʼmatlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlardan ilmsiz, hidoyatsiz va yorituvchi kitobsiz Alloh haqida tortishadiganlari ham bor. (Baʼzi odamlar oʻzlarida haqiqatni isbot qiluvchi ilm boʻlmasa ham, Alloh haqida tortishaveradilar. Toʻgʻri yoʻlga boshlovchi hidoyatchilari boʻlmasa ham, Alloh xususida bahslashaveradilar. Turli boʻlmagʻur fikrlarni aytadilar. Unga kufr keltiradilar. Unga shirk keltiradilar.)

  21. 21

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُوا۟ بَلْ نَتَّبِعُ مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوْ كَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ يَدْعُوهُمْ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

    Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yoʻq! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, oʻshanga ergashamiz», derlar. Agar shayton ularni doʻzax azobiga chaqirayotgan boʻlsa ham-a?!

  22. 22

    ۞ وَمَن يُسْلِمْ وَجْهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌۭ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ

    Kim goʻzal amallarni qilguvchi boʻlgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur. (Biz «ishonchli arqon» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «al-urvatul vusqo» deb kelgan. «Vusqo» ishonchli degani, «al-urvatu» deb esa, toqqa osilib chiqiladigan arqonga aytiladi. Demak, bu dunyoda oliy maqsadga erishish baland togʻ choʻqqisiga chiqish deb olinsa, Islom dinini tutish oʻsha choʻqqiga chiqish uchun uzilmaydigan, ishonchli arqonni mahkam tutishga oʻxshar ekan. Choʻqqiga chiqmoqchi boʻlgan odam, endi arqondan koʻngli toʻq boʻlaversin. Bu yogʻi oʻziga bogʻliq, harakat qilsa, choʻqqiga albatta chiqadi. Shuning uchun avval-boshdan unga iymon keltirib, u nozil qilgan Qurʼonga ergashaverish kerak.)

  23. 23

    وَمَن كَفَرَ فَلَا يَحْزُنكَ كُفْرُهُۥٓ ۚ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ فَنُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni oʻta bilguvchidir.

  24. 24

    نُمَتِّعُهُمْ قَلِيلًۭا ثُمَّ نَضْطَرُّهُمْ إِلَىٰ عَذَابٍ غَلِيظٍۢ

    Ularni bir oz huzurlantirurmiz, soʻngra qattiq azobga majbur qilurmiz.

  25. 25

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb soʻrasang, albatta, — «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd boʻlsin», deb ayt. Yoʻq! Koʻplari bilmaslar.

  26. 26

    لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh Oʻzi behojat va maqtalgan zotdir.

  27. 27

    وَلَوْ أَنَّمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن شَجَرَةٍ أَقْلَٰمٌۭ وَٱلْبَحْرُ يَمُدُّهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ سَبْعَةُ أَبْحُرٍۢ مَّا نَفِدَتْ كَلِمَٰتُ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌۭ

    Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar boʻlib, dengiz–uni ortida yetti dengiz madad berib turib (siyoh) boʻlsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh aziz va hakimdir.

  28. 28

    مَّا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ إِلَّا كَنَفْسٍۢ وَٰحِدَةٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ

    Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jon (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchidir.

  29. 29

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّۭ يَجْرِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى وَأَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌۭ

    Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini koʻrmadingmi?!

  30. 30

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلْبَٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

    Bu, albatta, Allohning Oʻzi haq, albatta, Undan oʻzga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning Oʻzi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.

  31. 31

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِنِعْمَتِ ٱللَّهِ لِيُرِيَكُم مِّنْ ءَايَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍۢ

    Kemalar Allohning neʼmati ila sizga Uning oyat-belgilarini koʻrsatish uchun dengizda yurganini koʻrmadingmi?! Albatta, bunda har bir oʻta sabrli va oʻta shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir.

  32. 32

    وَإِذَا غَشِيَهُم مَّوْجٌۭ كَٱلظُّلَلِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ فَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌۭ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا كُلُّ خَتَّارٍۢ كَفُورٍۢ

    Qachon ularni togʻ kabi toʻlqin oʻrab qolsa, Allohning diniga ixlos etaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, baʼzilari tejamkor boʻlur. Bizning oyatlarimizni faqat oʻta xoin va oʻta kofirlargina inkor eturlar. (Oʻlim koʻziga koʻringan chogʻda, mingan kemasi qattiq dovulga uchrab, dengizda xasdek u yon-bu yon otilayotgan bir paytda hamma narsani unutib, yolgʻiz Allohning Oʻziga yolborib iltijo qilishga tushadi. Allohdan boshqa narsa yodiga kelmaydi. Allohga, Uning diniga ixlos qilib qoladi. Eson-omon qutulib olsa, doimo Allohga shukr etib, ibodat qilib yurishga vaʼdalar beradi. Ular toʻlqinga uchragan paytlarida, bundan buyon Allohga iymon-eʼtiqodda boʻlib, ibodat qilib yuraman, deb vaʼdalar bergan edilar, oʻsha vaʼdalariga xiyonat qiladilar. Allohning neʼmati ila oʻlimdan topgan najotlariga noshukrlik qiladilar. Kemaga mingan va dovulda qolgan paytda koʻrgan oyat-belgilarini inkor etadilar.)

  33. 33

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱخْشَوْا۟ يَوْمًۭا لَّا يَجْزِى وَالِدٌ عَن وَلَدِهِۦ وَلَا مَوْلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِۦ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

    Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi boʻlmaydigan kundan qoʻrqing. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni gʻururga ketkazmasin. Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin. (Bu kun qiyomat kunidir. U kunda insonlar orasidagi bogʻlanishlar, aloqalar kesiladi. Har kim oʻzi uchun javob beradi. Birovning birovga foydasi tegmaydi. Hatto, ota bolaga, bola otaga foyda bera olmay qoladi. U kunda birdan-bir foyda beradigan narsa iymon va yaxshi amal boʻladi. Ana oʻshanday kundan qoʻrqish barcha odamlarning odamiylik burchidir. Qiyomat kunidan qoʻrqqan odamgina barcha yomonliklardan qaytadi. Aksincha, qiyomat kunidan qoʻrqmaydigan odam hech qanday yomonlikdan qaytmaydi.)

  34. 34

    إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْأَرْحَامِ ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۭ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًۭا ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۢ بِأَىِّ أَرْضٍۢ تَمُوتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌۢ

    Albatta, soat (qiyomat) ilmi yolgʻiz Allohning huzuridadir. Yomgʻirni U yogʻdirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda oʻlishini ham bilmas. Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va oʻta xabardordir. (Oyatda Alloh taoloning ilmi shomilu komil hamda mutlaq ekani, uning ilmi qarshisida boshqa ilmlar hech narsaga arzimasligi bayon qilinmoqda.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.