Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 32 · Makkiy · 30 Oyatlar

Sura Sajda

Sajda qilish

سورة السجدة
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓ

    Alif. Lam. Miym.

  2. 2

    تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Bu kitobning nozil qilinishi, hech shak-shubhasiz, olamlarning Robbi tomonidandir.

  3. 3

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۚ بَلْ هُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًۭا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍۢ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ

    Yoki, uning oʻzi toʻqib olgan, deydilarmi?! Yoʻq! U sendan oldin oʻzlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyad ular hidoyat topsalar.

  4. 4

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ مَا لَكُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّۢ وَلَا شَفِيعٍ ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ

    Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra arshni egallgan zotdir. Siz uchun undan oʻzga doʻst ham, shafoatchi ham yoʻqdir. Axir, eslamaysizlarmi?! (Osmonlaru yerning olti kunda yaratilishining hikmati va sirlari yolgʻiz Allohning Oʻzigagina maʼlum. Ulamolarimiz bu toʻgʻrida turli fikrlarni aytgan boʻlsalar ham, koʻplari Allohga havola etishni maʼqul biladilar.)

  5. 5

    يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ إِلَى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍۢ كَانَ مِقْدَارُهُۥٓ أَلْفَ سَنَةٍۢ مِّمَّا تَعُدُّونَ

    U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. Soʻngra oʻsha (ish) miqdorini siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Unga chiqar. (Yaʼni, Alloh taolo dunyodagi hamma ishlarning tadbirini qilib qoʻygan. Ammo bu ishlar qolib ketavermaydi. Unutilib ham, natijasiz ham qolmaydi. Balki qiyomat kuni yana Allohning huzuriga chiqadi. Qiyomat kuni oʻzining dahshati ila, bu dunyoda odamlar sanab yurgan ming kunga teng boʻladi. Ana oʻsha kunni oʻylab ish koʻrish kerak.)

  6. 6

    ذَٰلِكَ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Ana shu Zot gʻoyibniyu hozirni bilguvchi, azizu rahiymdir.

  7. 7

    ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ ۖ وَبَدَأَ خَلْقَ ٱلْإِنسَٰنِ مِن طِينٍۢ

    U Oʻzi yaratgan har bir narsani goʻzal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan zotdir.

  8. 8

    ثُمَّ جَعَلَ نَسْلَهُۥ مِن سُلَٰلَةٍۢ مِّن مَّآءٍۢ مَّهِينٍۢ

    Soʻngra uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.

  9. 9

    ثُمَّ سَوَّىٰهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِۦ ۖ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَشْكُرُونَ

    Soʻngra uni rostladi va uning ichiga Oʻz ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, koʻzlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.

  10. 10

    وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا ضَلَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍۢ جَدِيدٍۭ ۚ بَلْ هُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ كَٰفِرُونَ

    Ular: «Biz yer ostida yoʻq boʻlib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yoʻq! Ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir.

  11. 11

    ۞ قُلْ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلْمَوْتِ ٱلَّذِى وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ

    Sen: «Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi joningizni oladir. Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt. (Bu dunyoda odam bolasi hech qachon oʻlishni xohlamaydi. Ammo ajali yetsa, u qanchalik yashashni xohlasa-da, vakil qilingan oʻlim farishtasi kelib jonini oladi.)

  12. 12

    وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلْمُجْرِمُونَ نَاكِسُوا۟ رُءُوسِهِمْ عِندَ رَبِّهِمْ رَبَّنَآ أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَٱرْجِعْنَا نَعْمَلْ صَٰلِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ

    Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: »Ey Robbimiz, koʻrdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik«, deyishlarini koʻrsang edi.

  13. 13

    وَلَوْ شِئْنَا لَءَاتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَىٰهَا وَلَٰكِنْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ مِنِّى لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ

    Agar xohlaganimizda, har bir jonga oʻz hidoyatini berar edik. Lekin mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab toʻldiraman», degan soʻz haq boʻldi. (Ha, bu ish Alloh taolo uchun oson edi. Alloh insonni ayricha tabiat bilan yaratdi. Unga aql berdi. Iroda berdi. Istak berdi. Shahvat berdi. Paygʻambar yuborib, kitob nozil qildi. Hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatdi. Bu dunyodagi vazifasini tushuntirdi. Odamlar va jinlar ichidan kofirlikni, osiylikni tanlaganlarini qoʻshib jahannamga tashlab, ular bilan uni albatta toʻldiraman, degan soʻzim bor edi, shu haq boʻldi.)

  14. 14

    فَذُوقُوا۟ بِمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَآ إِنَّا نَسِينَٰكُمْ ۖ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    «Bas, totib koʻringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib oʻtgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.

  15. 15

    إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا۟ بِهَا خَرُّوا۟ سُجَّدًۭا وَسَبَّحُوا۟ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩ ۩

    Albatta, Bizning oyatlarimizga ularla eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirarlar. (Yaʼni, Allohning oyatlari tilovat qilingan chogʻda taʼsirlanib, qalblari erib, ixloslari ortib, Allohni ulugʻlab sajdaga yiqiladigan odamlargina oyatlarga iymon keltirar ekanlar.)

  16. 16

    تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمْ عَنِ ٱلْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًۭا وَطَمَعًۭا وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq boʻlur. Ular Robbilariga qoʻrquv va umidvorlik ila duo qilurlar va oʻzlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.

  17. 17

    فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌۭ مَّآ أُخْفِىَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍۢ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Bas, hech bir jon oʻzlari uchun qilib oʻtgan amallari mukofotiga berkitib qoʻyilgan koʻz quvonchlarini bilmas. (Yaʼni, hech bir odam yaxshi amallari evaziga jannatda berkitib qoʻyilgan, koʻzni quvontiradigan mukofotlar borligini idrok qila bilmas. Ular riyo boʻlmasin deb amallarni kechasida, maxfiy ravishda qilgani uchun Alloh taolo ham ularga beradigan mukofotini maxfiy qilib, berkitib qoʻygan.)

  18. 18

    أَفَمَن كَانَ مُؤْمِنًۭا كَمَن كَانَ فَاسِقًۭا ۚ لَّا يَسْتَوُۥنَ

    Axir, moʻmin boʻlgan odam fosiq boʻlgan odamdek boʻladimi?! Teng boʻlmaslar.

  19. 19

    أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمْ جَنَّٰتُ ٱلْمَأْوَىٰ نُزُلًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ha, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, bas, ularga qilib oʻtgan amallari uchun jannatul maʼvo manzildir.

  20. 20

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فَسَقُوا۟ فَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَآ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ

    Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari doʻzaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «Oʻzingiz yolgʻonga chiqargan doʻzaxning azobini toting», deyilur. (Fosiqlar doʻzax azobidan qiynalib, undan qochib chiqishga harakat qiladilar. Ammo ular doʻzaxdan endi chiqay deb qolganlarida, yana unga qaytariladilar. Shunday qilib, u yerda doimiy va abadiy azoblanadilar.)

  21. 21

    وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَدْنَىٰ دُونَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki qaytsalar. (Yaʼni, oʻsha fosiqlarga oxiratning buyuk azobidan oldin bu dunyodagi yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki ular bundan saboq olib, kufr va fisqu fujurdan, yomonliklardan qaytsalar.)

  22. 22

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ثُمَّ أَعْرَضَ عَنْهَآ ۚ إِنَّا مِنَ ٱلْمُجْرِمِينَ مُنتَقِمُونَ

    Robbining oyatlari ila eslatilgan, soʻngra ulardan yuz oʻgirgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.

  23. 23

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ فَلَا تَكُن فِى مِرْيَةٍۢ مِّن لِّقَآئِهِۦ ۖ وَجَعَلْنَٰهُ هُدًۭى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning roʻbaroʻ boʻlishidan shubhada boʻlma. Va Biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik. (Ushbu jumla maʼnosi haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar. Birlari, bu jumlada Muhammadning (s. a. v.) Isro va Meʼroj kechasida Muso alayhissalomga roʻbaroʻ boʻlishlari aytilgan, deb tushunadilar. Ikkinchilari, Muso alayhissalomning Tavrotga roʻbaroʻ boʻlishlaridir, deb aytadilar. Uchinchilari esa, Musoga kitob berganimizdek, seni ham bir ilohiy kitobga roʻbaroʻ qilamiz, degan maʼnoda tafsir etadilar.)

  24. 24

    وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةًۭ يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُوا۟ ۖ وَكَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يُوقِنُونَ

    Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.

  25. 25

    إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Albatta, Robbing Oʻzi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari toʻgʻrisida ajrim qilur.

  26. 26

    أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَٰكِنِهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍ ۖ أَفَلَا يَسْمَعُونَ

    Oʻzlaridan oldin oʻtgan, maskanlarida yurib turganlari qanchadan-qancha asr(odam)larini halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!

  27. 27

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَسُوقُ ٱلْمَآءَ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًۭا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَٰمُهُمْ وَأَنفُسُهُمْ ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ

    Bizning suvni quruq yerga haydab u bilan chorvalari va oʻzlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, koʻrmaydilarmi?!

  28. 28

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْفَتْحُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, bu fath qachon boʻlur?!» derlar.

  29. 29

    قُلْ يَوْمَ ٱلْفَتْحِ لَا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِيمَٰنُهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ

    Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.

  30. 30

    فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَٱنتَظِرْ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ

    Bas, ulardan yuz oʻgir va muntazir boʻl. Albatta, ular ham muntazirdirlar. (Koʻrib oʻtganimizdek, Sajda surasida har bir inson doimo esda tutishi va hayotda tez-tez eslab turishi lozim boʻlgan maʼnolar oʻziga xos uslub bilan keltirilgandir. Shuning uchun ham Paygʻambarimiz (s. a. v.) bu surai karimani namozda va har kuni yotishlaridan oldin oʻqir edilar. Imomi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Hazrati Abu Hurayra (r. a.): «Rasululloh (s. a. v.) juma kuni bomdod namozida Sajda surasi bilan «Hal ata alal-insani» surasini oʻqir edilar», deganlar.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.