Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 30 · Makkiy · 60 Oyatlar

Sura Rum

Rumliklar

سورة الروم
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    الٓمٓ

    Alif. Lam. Miym.

  2. 2

    غُلِبَتِ ٱلرُّومُ

    Rum magʻlub boʻldi.

  3. 3

    فِىٓ أَدْنَى ٱلْأَرْضِ وَهُم مِّنۢ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ

    Yaqin yerda. Va ular magʻlubiyatlaridan keyin tezda gʻolib boʻlajaklar.

  4. 4

    فِى بِضْعِ سِنِينَ ۗ لِلَّهِ ٱلْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِنۢ بَعْدُ ۚ وَيَوْمَئِذٍۢ يَفْرَحُ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. Oʻsha kunda moʻminlar shodlanurlar.

  5. 5

    بِنَصْرِ ٱللَّهِ ۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

    Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U azizu rohiymdir. (Fors va Rum davlatlari orasidagi qirgʻinbarot urush natijalaridan keyin bunday gaplarni Alloh taolo aytmasa, odam bolasi jurʼat qilib ayta olmas edi. Har qanday odamga, shunchalar qaqshatqich zarbaga uchragan, tilka-pora boʻlib ketgan Rum davlati qanday qilib bir necha yil ichida qudratli Fors davlatini yenga oladi, degan fikr kelishi turgan gap edi. Mushriklar qurʼoniy xabarni masxara qilib, manzarani oʻz qarichlari bilan oʻlchashar, ammo Alloh taoloning oʻlchovi boshqa ekani xayollariga kelmasdi.)

  6. 6

    وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    (Bu) Allohning vaʼdasidir. Alloh Oʻz vaʼdasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning koʻpi buni bilmaslar. (Alloh Oʻzi xohlagan kishisiga nusrat berishi haqidagi gap Allohning vaʼdasidir. U zot Oʻz irodasi bilan vaʼda qiladi va Oʻz irodasi bilan vaʼdasini amalga oshiradi. Bunga hech kim va hech narsa toʻsiq boʻla olmaydi. Lekin odamlarning koʻpi buni bilmaslar. Oʻzlaricha nimanidir bilgandek boʻladilar, ammo asl mohiyatni anglab yetmaydilar.)

  7. 7

    يَعْلَمُونَ ظَٰهِرًۭا مِّنَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ ٱلْءَاخِرَةِ هُمْ غَٰفِلُونَ

    Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan gʻofildirlar. (Odamlarning koʻplari bu besh kunlik dunyoning zohiriy, sirtqi tarafini, yuzaki biladilar. Koʻzlariga koʻringan, qoʻllari bilan ushlaydigan yoki boshqa his etish aʼzolari va asboblari bilan sezadigan narsalarnigina, ularni ham bir qisminigina biladilar. Ular asosan bu dunyoga qiziqadilar.)

  8. 8

    أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِم ۗ مَّا خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ۗ وَإِنَّ كَثِيرًۭا مِّنَ ٱلنَّاسِ بِلِقَآئِ رَبِّهِمْ لَكَٰفِرُونَ

    Axir, ular Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va maʼlum muddatga yaratganini tafakkur qilib koʻrmaydilarmi?! Haqiqatda, odamlardan koʻplari Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir. (Insonning aql ishlatiladigan narsalar haqida oʻylashi «tafakkur» deyiladi. Oyatda odamlarning tafakkur yuritmasliklaridan ajablanish bor.)

  9. 9

    أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةًۭ وَأَثَارُوا۟ ٱلْأَرْضَ وَعَمَرُوهَآ أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldingilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ularning bulardan quvvatlari koʻproq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan koʻra koʻproq obod qilgan edilar. Va ularga Paygʻambarlari ochiq-oydin (oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular oʻzlariga zulm qilardilar. (Avvalgi kofirlar obodonchilik masalasida ham hozirgi kofirlardan ustun edilar. Ular yerga koʻproq ishlov berganlar. Dehqonchilikni juda ham rivojlantirganlar. Shuningdek, yerdan turli maʼdanlarni chiqarish va boshqa imroniy-obodonchilik ishlarini taraqqiy ettirganlar. Ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan davr kofirlaridan koʻra koʻproq obod qilganlar.)

  10. 10

    ثُمَّ كَانَ عَٰقِبَةَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔوا۟ ٱلسُّوٓأَىٰٓ أَن كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَكَانُوا۟ بِهَا يَسْتَهْزِءُونَ

    Soʻngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon boʻldi.

  11. 11

    ٱللَّهُ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Alloh maxluqotni yoʻqdan bor qiladi, soʻngra uni yana qaytadan vujudga keltiradi, soʻngra Unga qaytarilursiz.

  12. 12

    وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُبْلِسُ ٱلْمُجْرِمُونَ

    Qiyomat qoim boʻlgan kunda jinoyatchilar noumid boʻlurlar.

  13. 13

    وَلَمْ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَآئِهِمْ شُفَعَٰٓؤُا۟ وَكَانُوا۟ بِشُرَكَآئِهِمْ كَٰفِرِينَ

    Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar boʻlmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi boʻldilar.

  14. 14

    وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍۢ يَتَفَرَّقُونَ

    Qiyomat qoim boʻlgan kuni, oʻsha kuni (guruhlarga) boʻlinurlar. (Odamlar qiyomat kuni ikki guruhga ajraladilar.)

  15. 15

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَهُمْ فِى رَوْضَةٍۢ يُحْبَرُونَ

    Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar.

  16. 16

    وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَلِقَآئِ ٱلْءَاخِرَةِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ

    Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolgʻonga chiqarganlar, ana oʻshalar, azobga hozir qilinurlar.

  17. 17

    فَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ

    Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting. (Bundan murod, shom va xufton namozlarini oʻqib, Allohni poklab yod etinglar, tongga kirishda tasbih aytishdan murod bomdod namozini oʻqishdir.)

  18. 18

    وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَعَشِيًّۭا وَحِينَ تُظْهِرُونَ

    Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod etingiz). (Dunyoda barcha hamdu sano, maqtov Allohning Oʻziga xosdir. Sizlar Unga oqshom va peshin paytlarida ham tasbih aytingiz. Yaʼni, peshin va asr namozlarini qoim qilinglar.)

  19. 19

    يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَيُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ وَكَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ

    U oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarur va yerni oʻlimidan keyin tiriltirur. Shunga oʻxshash siz ham chiqarilursiz. (Har bir soniyada qandaydir oʻsimlik quriydi, boshqasi urugʻdan chiqadi. Kimdir oʻladi, kimdir tugʻiladi. Bu narsa yerda ham, koʻkda ham, suvda ham boʻlib turadi. Son-sanogʻiga yetib boʻlmaydigan ushbu jarayonlarning har birini Alloh taolo amalga oshiradi.)

  20. 20

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍۢ ثُمَّ إِذَآ أَنتُم بَشَرٌۭ تَنتَشِرُونَ

    Sizni tuproqdan yaratgani va soʻngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.

  21. 21

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًۭا لِّتَسْكُنُوٓا۟ إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةًۭ وَرَحْمَةً ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَتَفَكَّرُونَ

    Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun oʻzingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qoʻygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  22. 22

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَٰنِكُمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّلْعَٰلِمِينَ

    Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha boʻlishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir. (Inson bolasi oʻziga oʻxshagan odamlar bilan koʻrishadi, gaplashadi, lekin ilohiy qudrat tufayli ularning tillari va ranglari turlicha yaratilganiga eʼtibor bermaydi. Aslini olganda, bular ham ulkan moʻʼjizalardir.)

  23. 23

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ مَنَامُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱبْتِغَآؤُكُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَسْمَعُونَ

    Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (Uyqu oʻz holicha olib qaralganda, katta bir moʻʼjizadir. Uyqu Alloh taolo tomonidan bandaga berilgan ulugʻ neʼmat. Odam bolasining uyquga ehtiyoji juda kattadir. Buni bilish, anglab yetish uchun biror kun uyqusiz yurishning oʻzi yetadi.)

  24. 24

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦ يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًۭا وَطَمَعًۭا وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَيُحْىِۦ بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    Va Uning oyatlaridan sizga qoʻrquv va umid uchun chaqmoqni koʻrsatadi va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni oʻlgandan keyin tiriltiradi. Albatta, bunda aql yuratadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (Olimlar kashf qilishlaricha, chaqmoq chaqqanda havoni kuydirib oʻsimliklar uchun oʻta foydali oʻgʻit–azot paydo boʻlar ekan. Ana oʻsha modda yomgʻir ila yerga tushib oʻsimliklarning oʻsishiga, hosil berishiga omil boʻlar ekan. Demak, xavf va umid chaqmoqqa bogʻliq ekan.)

  25. 25

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن تَقُومَ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ بِأَمْرِهِۦ ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةًۭ مِّنَ ٱلْأَرْضِ إِذَآ أَنتُمْ تَخْرُجُونَ

    Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. Soʻngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.

  26. 26

    وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ كُلٌّۭ لَّهُۥ قَٰنِتُونَ

    Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar.

  27. 27

    وَهُوَ ٱلَّذِى يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ ۚ وَلَهُ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    U maxluqotni yoʻqdan bor qiladir, soʻngra uni yana qaytadan vujudga keltiradir, bu unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziz va hakim zotdir.

  28. 28

    ضَرَبَ لَكُم مَّثَلًۭا مِّنْ أَنفُسِكُمْ ۖ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُم مِّن شُرَكَآءَ فِى مَا رَزَقْنَٰكُمْ فَأَنتُمْ فِيهِ سَوَآءٌۭ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنفُسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ

    U sizga oʻzingizdan misol keltirdi. Sizlarning qoʻlingizdagi (qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng boʻlib, ular haqida ham oʻzingizdan haqqingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz. (Biz rizq qilib bergan neʼmatga qulingiz ham sizga sherik boʻlishini xohlaysizmi? Yoʻq. U qulni mazkur molu mulkingizning bir qismi hisoblaysiz. Uning mol-mulkingizdan chiqib ketishini ham xohlamaysiz. Alloh bergan rizqqa oʻz qulingiz sherik boʻlishini xohlamas ekansiz, qanday qilib Allohga Uning Oʻzi yaratgan maxluqotlarini sheriklikka ravo koʻrasiz? Sherik boʻlish oson boʻlibdimi? Siz oʻz haqqingiz zoye boʻlishidan qoʻrqqaningiz kabi, uning haqqi zoye ketishidan ham qoʻrqishingiz mumkinmi? Hech mumkin emas. Shunday ekan, nima uchun Alloh taologa Uning Oʻzi yaratgan maxluqotlarni sherik qilasiz? Ushbu tafsilotlarni toʻgʻri tushungan odamlar Allohga shirk keltirishning asosiy sababini anglab oladilar.)

  29. 29

    بَلِ ٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَهْوَآءَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍۢ ۖ فَمَن يَهْدِى مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ

    Yoʻq!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va oxiratda ularga nusrat berguvchilar boʻlmas.

  30. 30

    فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًۭا ۚ فِطْرَتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى فَطَرَ ٱلنَّاسَ عَلَيْهَا ۚ لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Bas, sen haqqa moyil boʻlib, dinga yuz tut. Bu Alloh odamlarni yaratgan asil tabiatdir. Allohning yaratganini oʻzgartirib boʻlmas. Ushbu toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar. (Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, oʻzlarinikini maʼqullayveradi, ularning barini eʼtiborsiz qoldirib, haq dinga yuzlan. Alloh odamlarning asil tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa, insonning asil tabiatiga zid boʻlib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo boʻladi.)

  31. 31

    ۞ مُنِيبِينَ إِلَيْهِ وَٱتَّقُوهُ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَلَا تَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    (Har bir narsada) Unga qaytguvchi boʻlaroq, U zotga taqvo qiling, namozni toʻkis ado eting va mushriklardan boʻlmang.

  32. 32

    مِنَ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًۭا ۖ كُلُّ حِزْبٍۭ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ

    Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh boʻlib olib, har bir firqa oʻz oldidagi narsadan shod boʻlganlardan (boʻlmang). (Mushriklikning bir maʼnosi Allohga sherik keltirish boʻlsa-da, dunyoda mushriklikdan koʻp narsa boʻlmasa kerak. Chunki mushriklar dinlarida firqalanib ketgan. Alloh taolo musulmonlarni shular kabi tafriqaga tushmaslikka amr qilmoqda.)

  33. 33

    وَإِذَا مَسَّ ٱلنَّاسَ ضُرٌّۭ دَعَوْا۟ رَبَّهُم مُّنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَآ أَذَاقَهُم مِّنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌۭ مِّنْهُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ

    Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining Oʻzigagina qaytib, duo qilurlar. Soʻngra U zot ularga Oʻzidan rahmat tottirganda, koʻribsanki, ulardan baʼzi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.

  34. 34

    لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا۟ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!

  35. 35

    أَمْ أَنزَلْنَا عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنًۭا فَهُوَ يَتَكَلَّمُ بِمَا كَانُوا۟ بِهِۦ يُشْرِكُونَ

    Yoki Biz ularga osmondan hujjat tushirganmizu u(hujjat) U zotga shirk keltirgan narsa (joizligi) haqida soʻzlaydimi?!

  36. 36

    وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةًۭ فَرِحُوا۟ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ إِذَا هُمْ يَقْنَطُونَ

    Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod boʻlurlar. Agar ularga oʻz qoʻllari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.

  37. 37

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Ular Alloh Oʻzi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaydilarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.

  38. 38

    فَـَٔاتِ ذَا ٱلْقُرْبَىٰ حَقَّهُۥ وَٱلْمِسْكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ يُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Bas, qarindoshga, miskinga va yoʻl oʻgʻliga haqqini ber. Ana shu Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana oʻshalar najot topguvchilardir. (Rizq berish Alloh taoloning qoʻlida boʻlgach, rizqning kamayib qolishidan qoʻrqmay, qarindosh-urugʻlarga, miskinlar va safari tufayli muhtojlikka tushib, yoʻlda qolganlarga haqlarini ber. Xayr-sadaqa qil. Sening qoʻlingdagi rizqi roʻzda ularning ham haqlari borligini unutma.)

  39. 39

    وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن رِّبًۭا لِّيَرْبُوَا۟ فِىٓ أَمْوَٰلِ ٱلنَّاسِ فَلَا يَرْبُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن زَكَوٰةٍۢ تُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُضْعِفُونَ

    Odamlar mollari ichida ziyoda boʻlsin, deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda boʻlmas. Allohning yuzini koʻzlab bergan zakotingiz esa, bas, ana oʻshalar, bir necha barobar qilib olguvchilardir. («Ribo» oʻzbek tilida «sudxoʻrlik» deb yuritiladi. Ribo bir odam ikkinchisiga maʼlum muddatga maʼlum miqdor pulni ustiga foiz qoʻyib qaytarish sharti ila berishidir. Alloh taolo riboni harom qilgan, harom narsa qancha koʻp boʻlsa ham, ziyoda boʻlmaydi. Shuningdek, riboda savob ham yoʻq. Balki gunoh bor. «Zakot» soʻzi oʻzbek tilida «pokiza» va «ziyoda» maʼnolarini anglatadi. Darhaqiqat, zakoti berilgan mol pokizalanadi va Alloh bergan baraka ila ziyoda ham boʻladi.)

  40. 40

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۖ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَفْعَلُ مِن ذَٰلِكُم مِّن شَىْءٍۢ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Sizlarni xalq qilgan, soʻngra rizqlantirgan, keyin oʻldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan, kim ana shularingizdan birortasini qila oladi?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy boʻldi.

  41. 41

    ظَهَرَ ٱلْفَسَادُ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِى ٱلنَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ ٱلَّذِى عَمِلُوا۟ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Qilgan amallarining baʼzisini tottirish uchun, odamlar qoʻllari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir boʻldi. Shoyadki ular qaytsalar. (Odamlardagi buzuq eʼtiqod va tasavvurlardan fisqu fasod kelib chiqadi. Bu esa, oʻz navbatida, quruqlikdayu dengizda buzgʻunchilik ustun kelishiga sabab boʻladi. Odamlar qilgan gunohlar va fisqu fasod oʻzlarining boshlariga balo-ofat keltiradi. Bu musibatlar ularga tanbeh boʻlishi, zalolatdan hidoyatga, notoʻgʻri yoʻldan qaytishlariga sabab boʻlishi kerak.)

  42. 42

    قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلُ ۚ كَانَ أَكْثَرُهُم مُّشْرِكِينَ

    Sen: «Yer yuzida sayr qilinglar. Oldin oʻtganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar. Ularning koʻplari mushrik boʻlgan edilar», deb ayt.

  43. 43

    فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ ٱلْقَيِّمِ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌۭ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۖ يَوْمَئِذٍۢ يَصَّدَّعُونَ

    Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval toʻgʻri dinga yuz tut. Oʻsha kunda (odamlar) boʻlak-bzlak boʻlurlar.

  44. 44

    مَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَٰلِحًۭا فَلِأَنفُسِهِمْ يَمْهَدُونَ

    Kim kufr keltirsa, uning kufri oʻz zarariga. Kimlar yaxshi amallar qilgan boʻlsa, oʻzlari uchun zamin tayyorlarlar.

  45. 45

    لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْكَٰفِرِينَ

    U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni Oʻz fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas. (Banda har qancha yaxshi amal qilgan chogʻida ham, Allohning shukrini joyiga keltira olmaydi va jannatga haqdor boʻla bilmaydi. Unga bu maqomni Alloh taolo Oʻz fazli-marhamati ila ato qiladi. Chunki u moʻmin boʻlib yaxshi amallar etgan bandalarni sevadi.)

  46. 46

    وَمِنْ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن يُرْسِلَ ٱلرِّيَاحَ مُبَشِّرَٰتٍۢ وَلِيُذِيقَكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَلِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Va Uning oyat-belgilaridan sizga Oʻz rahmatidan tottirish uchun, Oʻz amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki shukr qilsangiz. (Yomgʻir yogʻishini intiqib kutayotgan kishilar gʻir etgan shamoldan xursand boʻlishadi. Chunki tajribada yomgʻirdan oldin uning shamoli kelishi aniqlangan. Odatda, yomgʻirdan oldin esadigan shamol yomgʻirga intizor boʻlib turganlar uchun xushxabarchi boʻladi. Darhaqiqat, oʻsha shamol bandalar Allohning rahmatidan totishlari uchun zarur boʻlgan yomgʻirli bulutlarni olib kelayotgan boʻladi. Yomgʻir yogʻadi, hamma foydalanadi. Rizqi roʻz serob boʻladi. Bandalar Allohning rahmatidan bahramand boʻladilar. Shuningdek, avvallari tijorat va kasb-kor uchun safarni ixtiyor etgan kishilar dengiz safariga hozirlanib, yelkanli kemalarini tayyorlab, shamolni kutishgan. Ular uchun ham shamol xushxabarchi boʻlgan. Allohning amri ila yurgan kemada safar qilib, hojatlarini chiqarishgan, Allohning fazlidan rizqi roʻz talab qilishgan.)

  47. 47

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَٱنتَقَمْنَا مِنَ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ ۖ وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. Soʻng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Moʻminlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.

  48. 48

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًۭا فَيَبْسُطُهُۥ فِى ٱلسَّمَآءِ كَيْفَ يَشَآءُ وَيَجْعَلُهُۥ كِسَفًۭا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَٰلِهِۦ ۖ فَإِذَآ أَصَابَ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

    Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qoʻzgʻatar va u (bulut)ni osmonda Oʻzi xohlaganicha yoyar va boʻlak-boʻlak qilar, bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrasan. Qachon u(yomgʻir)ni Oʻz bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod boʻlurlar.

  49. 49

    وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبْلِ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْهِم مِّن قَبْلِهِۦ لَمُبْلِسِينَ

    Holbuki, ustlariga (yomgʻir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.

  50. 50

    فَٱنظُرْ إِلَىٰٓ ءَاثَٰرِ رَحْمَتِ ٱللَّهِ كَيْفَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni oʻlib yotganidan keyin qanday tiriltiradi?! Albatta, U zot oʻliklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.

  51. 51

    وَلَئِنْ أَرْسَلْنَا رِيحًۭا فَرَأَوْهُ مُصْفَرًّۭا لَّظَلُّوا۟ مِنۢ بَعْدِهِۦ يَكْفُرُونَ

    Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sargʻaygan holda koʻrsalar, undan keyin, albatta, kufroni neʼmat qilishga oʻtarlar. (Alloh issiq shamol esdirib, ekinlarini sargʻaytirib qoʻysa, Allohga va Uning qazoi qadariga ishonmaydiganlar noumid boʻlib, kufroni neʼmat qiladilar.)

  52. 52

    فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْا۟ مُدْبِرِينَ

    Albatta, sen oʻlikka eshittira olmassan va daʼvatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmayssan.

  53. 53

    وَمَآ أَنتَ بِهَٰدِ ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ

    Sen koʻrlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana oʻshalar musulmonlardir.

  54. 54

    ۞ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن ضَعْفٍۢ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعْدِ ضَعْفٍۢ قُوَّةًۭ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعْدِ قُوَّةٍۢ ضَعْفًۭا وَشَيْبَةًۭ ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْقَدِيرُ

    Alloh sizni zaiflikda yaratgan, soʻngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, soʻngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan zotdir. U xohlaganini yaratur. U oʻta ilmli va oʻta qudratlidir. (Asli urugʻlaringiz nutfa deb atalmish bir tomchi jirkanch suvdir. U juda ham zaif narsa. Alloh Oʻz inoyati ila oʻsha zaif suvdan homila paydo qiladi. Homila ham juda zaif boʻladi. Tugʻilgan chogʻida ham inson bolasi eng zaif bola boʻladi. Uzoq yillar oʻzi mustaqil ravishda biror ish qila olmaydi. Shunday zaif odamni Alloh «soʻngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan»dir. Allohdan oʻzga hech kim unga bu quvvatni bermaydi. Vaqti-soati yetib inson qarib kuch-quvvatdan ketadi. Dunyo ana shunday. Undagi hamma narsa oʻzgarib turadi. Bu oʻzgarishlarning hammasini Alloh taolo bajaradi.)

  55. 55

    وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُقْسِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ مَا لَبِثُوا۟ غَيْرَ سَاعَةٍۢ ۚ كَذَٰلِكَ كَانُوا۟ يُؤْفَكُونَ

    Qiyomat qoim boʻladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday oʻgrilar edilar. (Ular yorugʻ dunyoda bir soatdan ortiq turmaganlari haqida qasam ichadilar. Agar koʻproq turganlarida, iymon keltirishlari mumkinligini pesh qilmoqchi boʻladilar.)

  56. 56

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ وَٱلْإِيمَٰنَ لَقَدْ لَبِثْتُمْ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْبَعْثِ ۖ فَهَٰذَا يَوْمُ ٱلْبَعْثِ وَلَٰكِنَّكُمْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi boʻyicha qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.

  57. 57

    فَيَوْمَئِذٍۢ لَّا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَعْذِرَتُهُمْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ

    Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga maʼziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar. (Ortga qaytsak, Alloh rozi boʻladigan ishlarni qilar edik, deb yolborsalar ham, qaytarilmaydilar.)

  58. 58

    وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍۢ ۚ وَلَئِن جِئْتَهُم بِـَٔايَةٍۢ لَّيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُبْطِلُونَ

    Batahqiq, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga oyat-moʻʼjiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan oʻzga emassiz», derlar.

  59. 59

    كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ

    Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar.

  60. 60

    فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ ۖ وَلَا يَسْتَخِفَّنَّكَ ٱلَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ

    Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar. (Iymonsiz va iymoni zaiflar qachongacha sabr qilamiz, sabrning oxiri bormi, deya bezovtalanib, igʻvolari bilan seni yengiltaklikka boshlamasinlar.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.