Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 24 · Madaniy · 64 Oyatlar

Sura Nur

Yorugʻlik

سورة النور
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    سُورَةٌ أَنزَلْنَٰهَا وَفَرَضْنَٰهَا وَأَنزَلْنَا فِيهَآ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ لَّعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    (Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik. Biz uni farz qildik. Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik. Shoyadki eslasangiz.

  2. 2

    ٱلزَّانِيَةُ وَٱلزَّانِى فَٱجْلِدُوا۟ كُلَّ وَٰحِدٍۢ مِّنْهُمَا مِا۟ئَةَ جَلْدَةٍۢ ۖ وَلَا تَأْخُذْكُم بِهِمَا رَأْفَةٌۭ فِى دِينِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۖ وَلْيَشْهَدْ عَذَابَهُمَا طَآئِفَةٌۭ مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Zinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan boʻlsangiz, sizlarni ularga nisbatan Allohning dinida shafqat tutmasin. Va ularning azobiga bir toifa moʻminlar guvoh boʻlsinlar. (Nikohda boʻlmay, er-xotinlik hayotini tanib olmaganlar zino qilsalar, ushbu oyatning hukmiga binoan yuz darradan uriladi.)

  3. 3

    ٱلزَّانِى لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةًۭ وَٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌۭ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu moʻminlarga harom qilinmishdir. (Zinokor Islom jamiyati jismidan umuman olib tashlanadi. Guvohligi qabul qilinmaydigan boʻladi, moʻminlar bilan nikohda boʻlishdan man etiladi va hokazo.)

  4. 4

    وَٱلَّذِينَ يَرْمُونَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ثُمَّ لَمْ يَأْتُوا۟ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَآءَ فَٱجْلِدُوهُمْ ثَمَٰنِينَ جَلْدَةًۭ وَلَا تَقْبَلُوا۟ لَهُمْ شَهَٰدَةً أَبَدًۭا ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Pokiza ayollarga (boʻhton) toshi otib, soʻngra toʻrtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana oʻshalar fosiqlardir.

  5. 5

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Magar bundan keyin tavba qilib, oʻzini isloh qilganlar (mustasno). Zero, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahmlidir.

  6. 6

    وَٱلَّذِينَ يَرْمُونَ أَزْوَٰجَهُمْ وَلَمْ يَكُن لَّهُمْ شُهَدَآءُ إِلَّآ أَنفُسُهُمْ فَشَهَٰدَةُ أَحَدِهِمْ أَرْبَعُ شَهَٰدَٰتٍۭ بِٱللَّهِ ۙ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Oʻz juftlariga (boʻhton) toshi otib, faqat oʻzlaridan boshqa guvohlari boʻlmaganlar esa, bas, ulardan har birining guvohligi Allohning nomi ila toʻrt marta, albatta, u rostgoʻylardan ekanligi haqida shohidlik berishdir.

  7. 7

    وَٱلْخَٰمِسَةُ أَنَّ لَعْنَتَ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كَانَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Beshinchisida esa, agar yolgʻonchilardan boʻlsa, unga Allohning laʼnati boʻlishini (aytishlikdir).

  8. 8

    وَيَدْرَؤُا۟ عَنْهَا ٱلْعَذَابَ أَن تَشْهَدَ أَرْبَعَ شَهَٰدَٰتٍۭ بِٱللَّهِ ۙ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Va u(ayol)dan azobni qaytaradigan narsa, Allohning nomi ila toʻrt marta, albatta, u(er) yolgʻonchilardandir, deb shohidlik berishidir.

  9. 9

    وَٱلْخَٰمِسَةَ أَنَّ غَضَبَ ٱللَّهِ عَلَيْهَآ إِن كَانَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ

    Beshinchisida esa, agar u(er) rostgoʻylardan boʻlsa, oʻzi(ayol)ga Allohning gʻazabi boʻlishini (aytishlikdir).

  10. 10

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ وَأَنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ حَكِيمٌ

    Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida!.. Albatta, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qilguvchi va oʻta hikmatli zot boʻlmaganida edi!..

  11. 11

    إِنَّ ٱلَّذِينَ جَآءُو بِٱلْإِفْكِ عُصْبَةٌۭ مِّنكُمْ ۚ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّۭا لَّكُم ۖ بَلْ هُوَ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۚ لِكُلِّ ٱمْرِئٍۢ مِّنْهُم مَّا ٱكْتَسَبَ مِنَ ٱلْإِثْمِ ۚ وَٱلَّذِى تَوَلَّىٰ كِبْرَهُۥ مِنْهُمْ لَهُۥ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Albatta, ifkni keltirganlar oʻzingizdan boʻlgan bir toʻdadir. Uni oʻzingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun oʻzi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini koʻtargan kimsaga buyuk azob bordir. (Islom dushmanlari aqliy tortishuvlarda, jang maydonlarida musulmonlardan ustun kela olishlariga koʻzlari yetmaganidan keyin musulmonlarning eng kuchli nuqtasini zaiflashtirish uchun ochiqdan-ochiq igʻvo, boʻhton, tuhmat va uydirma qilishga oʻtdilar. Gapni boshqa yoqqa burib, haqiqatdan chetga chiqish, yolgʻondan uydirma toʻqish, boʻhton va igʻvo qilish arab tilida »ifk« deyiladi. Munofiqlar Oyisha onamizga nisbatan ifk uyushtirdilar. Ularning ifkiga baʼzi sodda musulmonlar ham qoʻshildilar. Orada katta fitna chiqdi. Oyisha onamizni zino qilganlikda ayblay boshladilar. U kishiga nisbatan ifk–igʻvo, boʻhton, tuhmat va uydirma uyushtirildi. Bu hodisa »Ifk hodisasi« nomi bilan mashhurdir.)

  12. 12

    لَّوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ ظَنَّ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتُ بِأَنفُسِهِمْ خَيْرًۭا وَقَالُوا۟ هَٰذَآ إِفْكٌۭ مُّبِينٌۭ

    U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda moʻminlar va moʻminalar oʻzlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» desalar boʻlmasmidi?!

  13. 13

    لَّوْلَا جَآءُو عَلَيْهِ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَآءَ ۚ فَإِذْ لَمْ يَأْتُوا۟ بِٱلشُّهَدَآءِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ عِندَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ

    U(ifkchi)lar oʻsha(ifk)ga toʻrtta guvoh keltirsalar boʻlmasmidi?! Bas, guvohlarni keltira olmagan chogʻda ana oʻshalar oʻzlari Allohning huzurida yolgʻonchidirlar.

  14. 14

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ لَمَسَّكُمْ فِى مَآ أَفَضْتُمْ فِيهِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

    Agar dunyoyu oxiratda sizlarga Allohning fazli, marhamati boʻlmaganida, oʻzingiz ichiga shoʻngʻigan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob tutar edi.

  15. 15

    إِذْ تَلَقَّوْنَهُۥ بِأَلْسِنَتِكُمْ وَتَقُولُونَ بِأَفْوَاهِكُم مَّا لَيْسَ لَكُم بِهِۦ عِلْمٌۭ وَتَحْسَبُونَهُۥ هَيِّنًۭا وَهُوَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمٌۭ

    Oʻshanda siz u(ifk)ni tillaringiz ila ilib olar, ogʻzingiz ila oʻzingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va u(ifk)ni oʻzingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir.

  16. 16

    وَلَوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُم مَّا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّتَكَلَّمَ بِهَٰذَا سُبْحَٰنَكَ هَٰذَا بُهْتَٰنٌ عَظِيمٌۭ

    Uni eshitgan chogʻingizda: «Bizga buni gapirmogʻimiz toʻgʻri kelmaydi. Sen, Oʻzing poksan! Bu katta boʻhtondir! « desangiz boʻlmasmidi?!

  17. 17

    يَعِظُكُمُ ٱللَّهُ أَن تَعُودُوا۟ لِمِثْلِهِۦٓ أَبَدًا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

    Agar moʻmin boʻlsangiz, hargiz u(ifk)ga oʻxshash narsaga qaytmasligingizni Alloh sizga vaʼz-nasihat qilur.

  18. 18

    وَيُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Alloh sizga oyatlarni bayon qilur. Va Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli zotdir.

  19. 19

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ ٱلْفَٰحِشَةُ فِى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌۭ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha tarqalishini yaxshi koʻradiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar.

  20. 20

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ وَأَنَّ ٱللَّهَ رَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Agar sizlarga Allohning fazli, marhamati boʻlmaganida... Va, albatta, Alloh oʻta shafqatli va rahmli boʻlmaganida...

  21. 21

    ۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ وَمَن يَتَّبِعْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ فَإِنَّهُۥ يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۚ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ مَا زَكَىٰ مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ أَبَدًۭا وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Ey iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradi. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xoxlagan kishini poklaydir. Alloh oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi zotdir.

  22. 22

    وَلَا يَأْتَلِ أُو۟لُوا۟ ٱلْفَضْلِ مِنكُمْ وَٱلسَّعَةِ أَن يُؤْتُوٓا۟ أُو۟لِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينَ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَلْيَعْفُوا۟ وَلْيَصْفَحُوٓا۟ ۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌ

    Sizlardan fazl va boylik egasi boʻlganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yoʻlida muhojir boʻlganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, avf etsinlar, oʻtib yuborsinlar. Alloh sizlarni magʻfirat qilishini xush koʻrmaysizlarmi?! Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahmli zotdir». (Oyisha onamiz quyidagilarni aytadilar: «Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh boʻlgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): »Allohga qasamki, Oyisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi. Abu Bakr (r. a.) darhol: «Ha! Allohga qasamki, albatta, Alloh meni magʻfirat qilishini xush koʻraman», dedilar va Mistohga berib yurgan nafaqalarini qaytadan joriy qildilar. Soʻngra: «Allohga qasamki, bu nafaqani undan hech uzmayman», dedilar».)

  23. 23

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَرْمُونَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ٱلْغَٰفِلَٰتِ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ لُعِنُوا۟ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌۭ

    Albatta, pokiza, gʻofila va moʻmina ayollarga (boʻhton) toshi otganlar, bu dunyoyu oxiratda laʼnatlanurlar. Ularga katta azob bordur.

  24. 24

    يَوْمَ تَشْهَدُ عَلَيْهِمْ أَلْسِنَتُهُمْ وَأَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    U kunda tillari, qoʻllari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur.

  25. 25

    يَوْمَئِذٍۢ يُوَفِّيهِمُ ٱللَّهُ دِينَهُمُ ٱلْحَقَّ وَيَعْلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ ٱلْمُبِينُ

    Oʻsha kunda Alloh ularning haq jazolarini toʻliq berur va ular Allohning Oʻzi ochiq haq ekanini bilurlar.

  26. 26

    ٱلْخَبِيثَٰتُ لِلْخَبِيثِينَ وَٱلْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَٰتِ ۖ وَٱلطَّيِّبَٰتُ لِلطَّيِّبِينَ وَٱلطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَٰتِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ مُبَرَّءُونَ مِمَّا يَقُولُونَ ۖ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana oʻshalar u (boʻhtonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga magʻfirat va goʻzal rizq bordir. (Shu bilan ifk hodisasi — musulmonlar jamoasini katta musibatga solgan hodisa haqidagi oyatlar nihoyasiga yetdi. Bu hodisa Paygʻambar (s. a. v.) oilasining pokligini va bu oilani Allohning Oʻzi saqlashini isbot etdi.)

  27. 27

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَدْخُلُوا۟ بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّىٰ تَسْتَأْنِسُوا۟ وَتُسَلِّمُوا۟ عَلَىٰٓ أَهْلِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌۭ لَّكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Ey iymon keltirganlar! Oʻz uylaringizdan boshqa uylarga to izn soʻramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmogʻingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki eslasangiz. (Ushbu oyatga amal qilinsa, birovning xonadoniga izn soʻrab, salom berib kirilsagina, turli noqulay holatlarning oldi olinadi. Izn soʻramay kirgan odam uy egalarining noqulay holda turganlarini koʻrib qolsa, gunoh boʻladi. Ikki tomon ham hijolatga tushadi. Balki xusumat, urush-janjal chiqishi ham mumkin. Baʼzi hollarda uyda ayol kishi yolgʻiz boʻlishi, ustiga begona erkak kirib, orada igʻvo, boʻhton, fitna chiqishi mumkin.)

  28. 28

    فَإِن لَّمْ تَجِدُوا۟ فِيهَآ أَحَدًۭا فَلَا تَدْخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤْذَنَ لَكُمْ ۖ وَإِن قِيلَ لَكُمُ ٱرْجِعُوا۟ فَٱرْجِعُوا۟ ۖ هُوَ أَزْكَىٰ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌۭ

    Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, oʻsha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni oʻta bilguvchidir.

  29. 29

    لَّيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَدْخُلُوا۟ بُيُوتًا غَيْرَ مَسْكُونَةٍۢ فِيهَا مَتَٰعٌۭ لَّكُمْ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ

    Maskan boʻlmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yoʻqdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladi.

  30. 30

    قُل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا۟ مِنْ أَبْصَٰرِهِمْ وَيَحْفَظُوا۟ فُرُوجَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَزْكَىٰ لَهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ

    Sen moʻminlarga ayt, koʻzlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.

  31. 31

    وَقُل لِّلْمُؤْمِنَٰتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَٰرِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا ۖ وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ ءَابَآئِهِنَّ أَوْ ءَابَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَآئِهِنَّ أَوْ أَبْنَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ أَخَوَٰتِهِنَّ أَوْ نِسَآئِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُنَّ أَوِ ٱلتَّٰبِعِينَ غَيْرِ أُو۟لِى ٱلْإِرْبَةِ مِنَ ٱلرِّجَالِ أَوِ ٱلطِّفْلِ ٱلَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا۟ عَلَىٰ عَوْرَٰتِ ٱلنِّسَآءِ ۖ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ ۚ وَتُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

    Sen moʻminalarga ayt: Koʻzlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar zohir boʻlgan ziynatlar boʻlsa (mayli). Roʻmollarini koʻksilariga toʻsib yursinlar. Ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo oʻgʻillariga yo erlarining oʻgʻillariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining oʻgʻillariga yo opa-singillarining oʻgʻillariga yo ayollariga yo oʻz qoʻllarida mulk boʻlganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (boʻlsa mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (yerga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey moʻminlar! Shoyadki, najot topsangizlar». (Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimizga (s. a. v.) xitob qilib, moʻmina ayollarga kiyim kiyish va avrat berkitish borasida oʻzlarini qanday tutishlari lozimligini bayon qilib berishini buyurmoqda. Muslima ayollar ham nomahramlarga shahvat nazari bilan qaramasliklari lozimligi ushbu oyatdan tushuniladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir. Ayol kishining nomahram erkaklarga nisbatan avrati yuzi va ikki kaftidan boshqa butun badanidir. Moʻmina-muslima ayol sharafini saqlash uchun Allohning amriga itoat etib, avratini nomahram erkaklardan berkitmogʻi kerak. Buning uchun esa, yuzi va ikki kaftidan boshqa butun tanasini toʻsib turadigan kiyim kiymogʻi lozim. Shuningdek, kiyim yupqa, badanga yopishgan, tor boʻlmasligi ham zarur. Nomahram erkaklarning eʼtiborini jalb qilmaydigan darajada boʻlishi kerak. Ziynat deganda chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar va ayollar oʻzlarini chiroyli koʻrsatish uchun ishlatadigan turli vositalar koʻzda tutiladi. Ayol kishi ushbu oyatga amal qilib, ziynatini nomahramlardan berkitmogʻi lozim, berkitishning imkoni boʻlmay qolganda gunoh emas. boshlariga oʻragan roʻmollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, koʻksilari va koʻkraklarini ham toʻsib tursin. Toki, ularning jamoli begona koʻzlarga moʻljal boʻlmasin, turli fitnalar keltirib chiqarmasin. Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqinchoqlar, qoʻngʻiroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning eʼtiborini jalb etish uchun oyoqlarini yerga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, oʻz navbatida, erkaklarning shahvatini qoʻzgʻagan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin boʻlgan.)

  32. 32

    وَأَنكِحُوا۟ ٱلْأَيَٰمَىٰ مِنكُمْ وَٱلصَّٰلِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَآئِكُمْ ۚ إِن يَكُونُوا۟ فُقَرَآءَ يُغْنِهِمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ

    Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu choʻrilaringizdan solihlarini nikohlab qoʻying. Agar faqir boʻlsalar, Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilur. Alloh (fazli) keng, oʻta bilguvchi zotdir.

  33. 33

    وَلْيَسْتَعْفِفِ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغْنِيَهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱلَّذِينَ يَبْتَغُونَ ٱلْكِتَٰبَ مِمَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ فَكَاتِبُوهُمْ إِنْ عَلِمْتُمْ فِيهِمْ خَيْرًۭا ۖ وَءَاتُوهُم مِّن مَّالِ ٱللَّهِ ٱلَّذِىٓ ءَاتَىٰكُمْ ۚ وَلَا تُكْرِهُوا۟ فَتَيَٰتِكُمْ عَلَى ٱلْبِغَآءِ إِنْ أَرَدْنَ تَحَصُّنًۭا لِّتَبْتَغُوا۟ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَمَن يُكْرِههُّنَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ مِنۢ بَعْدِ إِكْرَٰهِهِنَّ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Nikoh (imkoni)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilgunicha iffatlarini saqlasinlar. Qoʻllaringizda mulk boʻlganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari boʻlsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning oʻtkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan choʻrilaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan boʻlsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin oʻta magʻfiratli va rahmli zotdir. (Ushbu oyati karimada uchta muhim masala–nikohga qodir boʻlmaganlar nima qilishligi, ozod boʻlishni istab, oʻz xojasi bilan shartnoma tuzgan, maʼlum mablagʻ evaziga ozod boʻlishga harakat qilayotgan qulu choʻrilar va fohishabozlik, yaʼni, baʼzi ayollarni zinoga majburlab pul topishga urinish masalalari muolaja etilmoqda.)

  34. 34

    وَلَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ ءَايَٰتٍۢ مُّبَيِّنَٰتٍۢ وَمَثَلًۭا مِّنَ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِكُمْ وَمَوْعِظَةًۭ لِّلْمُتَّقِينَ

    Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin oʻtganlardan misolni va taqvodorlar uchun vaʼzni nozil qildik.

  35. 35

    ۞ ٱللَّهُ نُورُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ مَثَلُ نُورِهِۦ كَمِشْكَوٰةٍۢ فِيهَا مِصْبَاحٌ ۖ ٱلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ ۖ ٱلزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌۭ دُرِّىٌّۭ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٍۢ مُّبَٰرَكَةٍۢ زَيْتُونَةٍۢ لَّا شَرْقِيَّةٍۢ وَلَا غَرْبِيَّةٍۢ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىٓءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌۭ ۚ نُّورٌ عَلَىٰ نُورٍۢ ۗ يَهْدِى ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَٰلَ لِلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ

    Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qoʻyilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, goʻyo durdan boʻlgan bir yulduz boʻlib, sharqiy ham, gʻarbiy ham boʻlmagan muborak zaytun daraxtidan yoqilur. Uning moyi oʻziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir. (Suraning nomi ushbu oyati karimadan olingan. Bu oyati karima «Nur» oyati deb ham nomlanadi. Oyatda Alloh taoloning Oʻzi Oʻz zoti oliysini «Nur» deb atamoqda. Lekin bu nur siz bilan bizning tushunchamizdagi moddiy, koʻzga taʼsir oʻtkazadigan yorugʻlik nuri emas. Alloh taoloning hech bir sifati siz bilan bizning tasavvurimizga toʻgʻri kelmaydi. Bu jumlani baʼzi ulamolarimiz, «Alloh osmonlar va yerni munavvar qilguvchidir», deb tushuntirganlar. Boshqa birlari esa, «Alloh osmonlaru yerni vujudga keltirguvchidir», deganlar. Yana boshqalari, Alloh taolo osmonlar va yerni, yaʼni, borliqni Oʻz nuridan yaratgandir, degan maʼnoda tafsir qilganlar. Bu tushunchalarning hammasi arab tilida «nur» soʻzi ifoda etadigan maʼnolardan olingandir. «Nur» soʻzi aslida oʻzi zohir boʻlib, oʻzgalarni ham zohir etuvchi vujudga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun, qorongʻulikda yorugʻlik zohir boʻlib, avval oʻzi koʻrinadi va shuning barobarida atrofni ham yoritadi-koʻrsatadi.)

  36. 36

    فِى بُيُوتٍ أَذِنَ ٱللَّهُ أَن تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ يُسَبِّحُ لَهُۥ فِيهَا بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْءَاصَالِ

    (U) bir uylardaki, Alloh ularning koʻtarilishiga va ularda Oʻz ismi zikr qilinishiga izn bergandir. Ularda Unga ertayu kech tasbih ayturlar;

  37. 37

    رِجَالٌۭ لَّا تُلْهِيهِمْ تِجَٰرَةٌۭ وَلَا بَيْعٌ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ وَإِقَامِ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءِ ٱلزَّكَوٰةِ ۙ يَخَافُونَ يَوْمًۭا تَتَقَلَّبُ فِيهِ ٱلْقُلُوبُ وَٱلْأَبْصَٰرُ

    Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakot berishdan mashgʻul qila olmas. Ular qalblar va koʻzlar iztirobga tushadigan kundan qoʻrqarlar.

  38. 38

    لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا۟ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍۢ

    Alloh ularni qilgan amallarining eng goʻzali ila mukofotlashi va fazli karamidan ziyoda qilib berishi uchundir. Alloh xohlagan kishiga behisob rizq berur.

  39. 39

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَعْمَٰلُهُمْ كَسَرَابٍۭ بِقِيعَةٍۢ يَحْسَبُهُ ٱلظَّمْـَٔانُ مَآءً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَهُۥ لَمْ يَجِدْهُ شَيْـًۭٔا وَوَجَدَ ٱللَّهَ عِندَهُۥ فَوَفَّىٰهُ حِسَابَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

    Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga oʻxshaydir. Chanqoq odam uni suv deb hisoblaydir. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini toʻliq qilur. Alloh oʻta tez hisob qilguvchidir. (Ushbu oyati karimada Alloh taoloning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlarning holi ajoyib uslub ila vasf etilmoqda. Oʻzlari chanqoq odamga, amallari esa, sahrodagi sarobga oʻxshatilmoqda. Munofiqlar ham bu dunyoda oʻzlaricha, u qildim-bu qildim, deb amallarini sanab, »yaxshi-yaxshi« umidlar bilan oxirat tomon ketaveradilar. Qiyomat qoim boʻlib, »manzil«ga yetganlarida esa, hech narsa topmaydilar. Qilgan amalimizning savobini topamiz, deb borgan joylarida Allohni topadilar va Alloh ularni bekamu koʻst hisob-kitob qiladi.)

  40. 40

    أَوْ كَظُلُمَٰتٍۢ فِى بَحْرٍۢ لُّجِّىٍّۢ يَغْشَىٰهُ مَوْجٌۭ مِّن فَوْقِهِۦ مَوْجٌۭ مِّن فَوْقِهِۦ سَحَابٌۭ ۚ ظُلُمَٰتٌۢ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ إِذَآ أَخْرَجَ يَدَهُۥ لَمْ يَكَدْ يَرَىٰهَا ۗ وَمَن لَّمْ يَجْعَلِ ٱللَّهُ لَهُۥ نُورًۭا فَمَا لَهُۥ مِن نُّورٍ

    Yoki xuddi qaʼrsiz dengizdagi zulmatlarga oʻxshaydir. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qoʻlini chiqarsa, koʻra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur boʻlmas. (Ushbu oyati karimada ham Allohning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlarning holati ajoyib uslub ila vasf qilinmoqda. Yaʼni, dengizni katta toʻlqin qoplab olgandir. Bu toʻlqin esa, zulmat ustiga zulmatdir. Ammo bu hali hammasi emas. Oʻsha qop-qora toʻlqinning ustidan qop-qora bulut qoplab turibdi. Bu zulmatlar ostida kofir va munofiq qanday qilib Allohning nurini koʻrsin. U oʻz qoʻlini koʻra olmagandan keyin, Allohning nurini koʻra olmasligi turgan gap.)

  41. 41

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱلطَّيْرُ صَٰٓفَّٰتٍۢ ۖ كُلٌّۭ قَدْ عَلِمَ صَلَاتَهُۥ وَتَسْبِيحَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِمَا يَفْعَلُونَ

    Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham koʻrmaysanmi?! Har biri oʻz duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini oʻta bilguvchidir.

  42. 42

    وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ

    Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir va qaytish ham faqat Allohgadir.

  43. 43

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُزْجِى سَحَابًۭا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُۥ ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ رُكَامًۭا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَٰلِهِۦ وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن جِبَالٍۢ فِيهَا مِنۢ بَرَدٍۢ فَيُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ وَيَصْرِفُهُۥ عَن مَّن يَشَآءُ ۖ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِۦ يَذْهَبُ بِٱلْأَبْصَٰرِ

    Alloh bulutlarni haydashini, soʻngra birga toʻplashini, soʻngra uyib qoʻyishini koʻrmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrursan. U zot osmondan, undagi togʻlardan doʻl tushirib, u bilan Oʻzi xohlagan kishilarga musibat yetkazur va uni Oʻzi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmogʻining yarqirashi koʻzlarni ketkazgudek boʻlur.

  44. 44

    يُقَلِّبُ ٱللَّهُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةًۭ لِّأُو۟لِى ٱلْأَبْصَٰرِ

    Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta, bunda koʻzi borlar uchun ibrat bordir.

  45. 45

    وَٱللَّهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةٍۢ مِّن مَّآءٍۢ ۖ فَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ بَطْنِهِۦ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ رِجْلَيْنِ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰٓ أَرْبَعٍۢ ۚ يَخْلُقُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan baʼzilari qorni bilan yuradir, baʼzilari ikki oyoq bilan yuradir va baʼzilari toʻrt (oyoq) bilan. Alloh Oʻzi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

  46. 46

    لَّقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَٰتٍۢ مُّبَيِّنَٰتٍۢ ۚ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Batahqiq, Biz ochiq-oydin bayon qilguvchi oyatlarni tushirdik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsani toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir.

  47. 47

    وَيَقُولُونَ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلرَّسُولِ وَأَطَعْنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌۭ مِّنْهُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَآ أُو۟لَٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ

    Ular: «Allohga va Paygʻambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. Soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirib keturlar. Ana oʻshalar moʻmin emaslar. (U guruh–munofiqlardir. Ular tillari bilan: «Allohga va Paygʻambarga iymon keltirdik va itoat qildik», deydilar. Lekin iymonga amalni qoʻshmaydilar. Ogʻizlari bilan iymonli ekanlari haqida safsata sotsalar ham, hayotda iymon taqozosi ila amal qilmay, Islom shariatiga yurishni istamay, boshqa qonun-qoidalar asosida yashashga urinadilar. Allohga va Paygʻambarga (s. a. v.) iymonlari borligini aytsalar ham, ularga itoat etishlari haqida ogʻiz koʻpirtirib soʻzlasalar ham, amal qilmaydilar. Ularga, ayniqsa, Nur surasi oʻqilganda yuraklari siqilib ketadi. Chunki bu sura ularga zinoni, ochiq-sochiqlikni, axloqiy buzuqlik boʻlmish havoyi nafsning xohishlarini man qilib, odob-axloq doirasida halol-pok yashashni taklif etadi. «Soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirib keturlar». Tillari bilan aytgan gaplariga amal qilish kerak boʻlganda yuz oʻgirib, boshqa tomonga qarab ketadilar.)

  48. 48

    وَإِذَا دُعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ إِذَا فَرِيقٌۭ مِّنْهُم مُّعْرِضُونَ

    Ularni qachonki Allohga va Uning Paygʻambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlansa, banogoh ulardan bir guruhi yuz oʻgirguvchilardir.

  49. 49

    وَإِن يَكُن لَّهُمُ ٱلْحَقُّ يَأْتُوٓا۟ إِلَيْهِ مُذْعِنِينَ

    Agar haq ular(tarafda) boʻlsa, u (Paygʻambar)ga boʻyin egib kelurlar.

  50. 50

    أَفِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَمِ ٱرْتَابُوٓا۟ أَمْ يَخَافُونَ أَن يَحِيفَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَرَسُولُهُۥ ۚ بَلْ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Ularning qalblarida maraz bormi?! Yoki shubha qildilarmi?! Yoxud Alloh va Uning Paygʻambari ularga zulm qilishidan qoʻrqadilarmi?! Yoʻq! Ularning oʻzlari zolimlardir.

  51. 51

    إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَن يَقُولُوا۟ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Albatta, moʻminlarning Allohga va Uning Paygʻambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlanganlaridagi gaplari: «Eshitdik va itoat qildik», demoqlaridir. Ana oʻshalarning oʻzlarigina najot topguvchilardir.

  52. 52

    وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَخْشَ ٱللَّهَ وَيَتَّقْهِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Kim Allohga va Uning Paygʻambariga itoat etsa hamda Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana oʻshalargina yutuqqa erishguvchilardir.

  53. 53

    ۞ وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِنْ أَمَرْتَهُمْ لَيَخْرُجُنَّ ۖ قُل لَّا تُقْسِمُوا۟ ۖ طَاعَةٌۭ مَّعْرُوفَةٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Ular agar amr qilsang, albatta, (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam ichadilar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) maʼlum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt.

  54. 54

    قُلْ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ ۖ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا۟ ۚ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Sen: «Allohga itoat qilinglar, Paygʻambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz oʻgirib ketsangiz, u(Paygʻambar)ga oʻziga yuklatilgan narsa, sizga oʻzingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Paygʻambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», deb ayt.

  55. 55

    وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ كَمَا ٱسْتَخْلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ ٱلَّذِى ٱرْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًۭا ۚ يَعْبُدُونَنِى لَا يُشْرِكُونَ بِى شَيْـًۭٔا ۚ وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ

    Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin oʻtganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan soʻng omonlikni badal qilib berishni vaʼda qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari fosiqlardir. (Oldingi oʻtgan ummatlardan qaysi biri Alloh taologa iymon keltirgan va bu iymoni haqiqiy boʻlib, butun vujudini qamrab olgan hamda oʻsha haqiqiy iymonlari taqozosi ila solih amallar qilib hayot kechirgan boʻlsa, Alloh taolo ularni yer yuziga Oʻzining xalifasi etib tayinlab qoʻygan edi. Yer yuzida hukmi yuritilishi uchun ularni Oʻziga oʻrinbosar qilib qoʻygan edi. Endi oʻshalar kabi yer yuzida xalifa boʻlish imkoniyati faqat Muhammadning (s. a. v.) ummatlarida bordir. Ularning mazkur xalifalikka erishishlari uchun asosiy shart–iymon keltirib, amali solih qilishdir. Islom ummati qachon ushbu shartni bajarganida, Alloh taolo vaʼdasining ustidan chiqqan.)

  56. 56

    وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Paygʻambarga itoat qilinglar. Shoyadki rahm qilsangiz.

  57. 57

    لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ وَلَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Sen kufr keltirganlarni yer yuzida qochib qutula olguvchilardir, deb hisoblama! Ularning joyi doʻzaxdir. U naqadar yomon borar joydir!

  58. 58

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِيَسْتَـْٔذِنكُمُ ٱلَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا۟ ٱلْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَٰثَ مَرَّٰتٍۢ ۚ مِّن قَبْلِ صَلَوٰةِ ٱلْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ ٱلظَّهِيرَةِ وَمِنۢ بَعْدِ صَلَوٰةِ ٱلْعِشَآءِ ۚ ثَلَٰثُ عَوْرَٰتٍۢ لَّكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌۢ بَعْدَهُنَّ ۚ طَوَّٰفُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Ey iymon keltirganlar! Qoʻlingizda mulk boʻlganlar va oʻzingizdan balogʻatga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn soʻrasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan soʻng. (Ushbu) uch vaqt, siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yoʻq. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli zotdir. (Ushbu oyati karimada zikri kelagan shaxslar uch vaqtda, albatta izn soʻrashlari kerak: «... bomdod namozidan oldin...» Chunki bu vaqtda odam hali oʻrnida yotgan boʻladi. «... peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda...» Qurʼon nozil boʻlgan issiq oʻlkalarda peshin vaqtida yechinib, salqinlab, dam olmaslikning hech iloji yoʻq. «... xufton namozidan soʻng». Bu vaqtda ham kishilar yechinib, dam olayotgan boʻladi. «(Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir». Yaʼni, avratlar ochiladigan vaqtdir. Shuning uchun qul va choʻrilar ham, balogʻatga yetmagan yosh bolalar ham izn soʻrab kirsinlar. Odatda xizmatchilar va yosh bolalarning kirib chiqishlari koʻp boʻladiShuning uchun mazkur avrat vaqtlaridan boshqasida izn soʻramay kirishlariga ruxsat berildi.)

  59. 59

    وَإِذَا بَلَغَ ٱلْأَطْفَٰلُ مِنكُمُ ٱلْحُلُمَ فَلْيَسْتَـْٔذِنُوا۟ كَمَا ٱسْتَـْٔذَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Qachon sizning yosh bolalaringiz balogʻatga yetsalar, ulardan oldingilar izn soʻraganidek, izn soʻrasinlar. Alloh Oʻz oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli zotdir.

  60. 60

    وَٱلْقَوَٰعِدُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِى لَا يَرْجُونَ نِكَاحًۭا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَٰتٍۭ بِزِينَةٍۢ ۖ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌۭ لَّهُنَّ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌۭ

    Ayollardan (keksayib) oʻtirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan holda kiyimlarini qoʻyishlarida gunoh yoʻqdir. Iffat talabida boʻlsalar, oʻzlari uchun yaxshidir. Alloh oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi zotdir. (Ushbu oyatdagi «kiyimlari»dan murod katta yopinchiq va hamda ustdan kiyiladigan ridodir. Ayol kishi oʻta qarib, nikohdan umuman umidsiz boʻlib qolganda paranji-chimmat qilmaslikka ruxsat bor. Lekin, shunday boʻlsa ham, iffatlarini saqlaganlari oʻzlari uchun yaxshidir. Ammo voqeʼlikda qari ayollarning oʻranib-chirmanib, yoshlarning ochilib-sochilib yurgani koʻriladi. Bu ham, yaʼni, yoshlarning bu holati shariatga boʻyinsunmaslikning bir koʻrinishidir.)

  61. 61

    لَّيْسَ عَلَى ٱلْأَعْمَىٰ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَى ٱلْأَعْرَجِ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَى ٱلْمَرِيضِ حَرَجٌۭ وَلَا عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَن تَأْكُلُوا۟ مِنۢ بُيُوتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ ءَابَآئِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أُمَّهَٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ إِخْوَٰنِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخَوَٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَعْمَٰمِكُمْ أَوْ بُيُوتِ عَمَّٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخْوَٰلِكُمْ أَوْ بُيُوتِ خَٰلَٰتِكُمْ أَوْ مَا مَلَكْتُم مَّفَاتِحَهُۥٓ أَوْ صَدِيقِكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَأْكُلُوا۟ جَمِيعًا أَوْ أَشْتَاتًۭا ۚ فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتًۭا فَسَلِّمُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةًۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُبَٰرَكَةًۭ طَيِّبَةًۭ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Koʻzi ojizga gunoh-tanglik yoʻqdir. Choʻloqqa gunoh-tanglik yoʻqdir. Bemorga gunoh-tanglik yoʻqdir. Sizning oʻzingizga ham oʻz uyingizdan yo otalaringizning uylaridan yo onalaringizning uylaridan yo aka-ukalaringizning uylaridan yo opa-singillaringizning uylaridan yo amakilaringizning uylaridan yo ammalaringizning uylaridan yo togʻalaringizning uylaridan yo xolalaringizning uylaridan yo siz kalitiga molik boʻlgan yoki doʻstingiz (uyidan) yemoqligingizda (gunoh-tanglik) yoʻqdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh-tanglik yoʻqdir. Uylarga kirgan chogʻingizda oʻzlaringizga Allohdan boʻlgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki aql yuritsangiz. (Ushbu oyati karimaning avvalida koʻzi ojiz, choʻloq va bemor kishilarga nimada gunoh boʻlmasligi, tanglik yoʻqligi haqida mufassir ulamolarimiz ixtilof qilishgan. Bir guruhlari, ularning jihodga chiqmay qolishlarida gunoh va tanglik yoʻq, deydilar. Boshqalari, bu yerda esa, soʻz jihod haqida emas, balki aynan taom yemoq haqida ketmoqda, shuning uchun ham mazkur jumlani «taom yeyishda ularga gunoh va tanglik yoʻq», deb tushunmoq kerak, deydilar va bu fikrlarini tasdiqlovchi rivoyatlarni keltiradilar. Ikkinchi toifa mufassirlarning fikrlari kuchliroqdir. «Kalitga molik boʻlish» uy egasining kalitni ishonib topshirib qoʻyishidir. Ana shunday kishilar insof bilan, qorinlari toʻyguncha yesalar, boʻlaveradi. Oyisha onamizdan Imom az-Zuhriy qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s. a. v.) bilan jihodga joʻnab ketayotgan musulmonlar uylari kalitlarini oʻzlari bilgan kishilarga topshirib, hojatingiz tushganda yemoqni sizga halol qildik, deb ketar ekanlar. Ammo kalitni olib qolganlar, quruq manzirat uchun aytilgan boʻlsa kerak, deb oʻzlarini tiyisharkan. Ushbu oyat bilan ularga Alloh ham izn bergan.)

  62. 62

    إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَإِذَا كَانُوا۟ مَعَهُۥ عَلَىٰٓ أَمْرٍۢ جَامِعٍۢ لَّمْ يَذْهَبُوا۟ حَتَّىٰ يَسْتَـْٔذِنُوهُ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَـْٔذِنُونَكَ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ فَإِذَا ٱسْتَـْٔذَنُوكَ لِبَعْضِ شَأْنِهِمْ فَأْذَن لِّمَن شِئْتَ مِنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمُ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Albatta, moʻminlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u (Paygʻambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda boʻlsalar, undan izn soʻramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn soʻraydiganlar, ana oʻshalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular baʼzi ishlari uchun sendan izn soʻrasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istigʻfor ayt. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahmli zotdir.

  63. 63

    لَّا تَجْعَلُوا۟ دُعَآءَ ٱلرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَآءِ بَعْضِكُم بَعْضًۭا ۚ قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمْ لِوَاذًۭا ۚ فَلْيَحْذَرِ ٱلَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِۦٓ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

    Paygʻambarning orangizdagi daʼvatini bir-biringizning daʼvatingizga oʻxshatmang. Batahqiq, Alloh sizlardan panalab, asta-asta sugʻirilib chiqib ketadiganlarni yaxshi biladir. Uning ishiga xilof qiladiganlar oʻzlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir boʻlsinlar. (Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar uch xil fikr aytganlar. Uchala fikr ham bir-birini toʻldirib keladi. Birinchi fikrga binoan, Paygʻambarni chaqirishda, bir-biringizni chaqirishingizdagi lafzlarni qoʻllamang, degani. Ikkinchi fikrga koʻra, Paygʻambarning chaqirigʻini, buyrugʻini boshqalarning chaqirigʻi kabi oddiy qabul qilmang, balki alohida ahamiyat va eʼtibor bilan qabul qiling, deganidir. Uchinchi fikrga koʻra esa, Paygʻambarning duosini, boshqalarning duosiga oʻxshatmang, deganidir. U zotning duosi, albatta, qabul boʻlishi muqarrardir.)

  64. 64

    أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قَدْ يَعْلَمُ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ

    Ogoh boʻlinglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi biladir. Uning Oʻziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi zotdir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.