Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 25 · Makkiy · 77 Oyatlar

Sura Furqon

Ajratuvchi

سورة الفرقان
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    تَبَارَكَ ٱلَّذِى نَزَّلَ ٱلْفُرْقَانَ عَلَىٰ عَبْدِهِۦ لِيَكُونَ لِلْعَٰلَمِينَ نَذِيرًا

    Olamlarga ogohlantiruvchi boʻlsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulugʻdir.

  2. 2

    ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًۭا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌۭ فِى ٱلْمُلْكِ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍۢ فَقَدَّرَهُۥ تَقْدِيرًۭا

    U osmonlaru yerning mulki Unga xos boʻlgan, Oʻziga farzand tutmagan, mulkida sherigi boʻlmagan, har bir narsani oʻlchov ila oʻlchab yaratgan Zotdir.

  3. 3

    وَٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةًۭ لَّا يَخْلُقُونَ شَيْـًۭٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ وَلَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًۭا وَلَا يَمْلِكُونَ مَوْتًۭا وَلَا حَيَوٰةًۭ وَلَا نُشُورًۭا

    U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, oʻzlari yaratiladigan, oʻzlari uchun zararga ham, nafga ham ega boʻlmaydigan, oʻlimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik boʻlmaydigan «xudo»lar tutdilar.

  4. 4

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ ٱفْتَرَىٰهُ وَأَعَانَهُۥ عَلَيْهِ قَوْمٌ ءَاخَرُونَ ۖ فَقَدْ جَآءُو ظُلْمًۭا وَزُورًۭا

    Kufr keltirganlar: «Bu (Qurʼon) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni oʻzi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar koʻmak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolgʻon guvohlik keltirdilar.

  5. 5

    وَقَالُوٓا۟ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ ٱكْتَتَبَهَا فَهِىَ تُمْلَىٰ عَلَيْهِ بُكْرَةًۭ وَأَصِيلًۭا

    Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar. (Avvalgi mushriklar har qancha johil boʻlsalar ham, hozirgilarga qaraganda bir oz insofli boʻlgan ekan. Ular hozirgi mushriklarga oʻxshab, «yozib olgan», demasdan, «yozdirib olgan», demoqdalar. Chunki ular Muhammadning (s. a. v.) oʻqish va yozishni bilmasliklarini yaxshi biladilar. Shuning uchun afsonalarni boshqalarga yozdirib olgan, dedilar. Yaʼni, oʻsha afsonalar Muhammadga (s. a. v.) ertayu kech aytib turiladi, deydilar.)

  6. 6

    قُلْ أَنزَلَهُ ٱلَّذِى يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U magʻfiratli va rahmli Zotdir», degin. (Qurʼonni hamma narsani bilguvchi zot–Alloh nozil qilgandir. Hamma narsani bilguvchi zot oʻtgan ummatlarning tarixini ham juda yaxshi biladi. Oʻtganlarning afsonalarini birovdan yozdirib olishga hojat yoʻq. Balki bu afsonalar yolgʻon, bidʼat va xurofotlarga toʻliqdir. Qurʼoni Karimda esa, oʻtgan ummatlarning qissalari eng rost va toʻgʻri ravishda keltiriladi. Kishilarni ulardan oʻrnak olishga chaqiriladi. Vaqt oʻtib, ilm rivojlanishi bilan bu haqiqat yana ham ravshanlashib bormoqda.)

  7. 7

    وَقَالُوا۟ مَالِ هَٰذَا ٱلرَّسُولِ يَأْكُلُ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشِى فِى ٱلْأَسْوَاقِ ۙ لَوْلَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَلَكٌۭ فَيَكُونَ مَعَهُۥ نَذِيرًا

    Ular: «Bu ne Paygʻambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi boʻlar edi.

  8. 8

    أَوْ يُلْقَىٰٓ إِلَيْهِ كَنزٌ أَوْ تَكُونُ لَهُۥ جَنَّةٌۭ يَأْكُلُ مِنْهَا ۚ وَقَالَ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًۭا مَّسْحُورًا

    Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bogʻi boʻlsayu undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.

  9. 9

    ٱنظُرْ كَيْفَ ضَرَبُوا۟ لَكَ ٱلْأَمْثَٰلَ فَضَلُّوا۟ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًۭا

    Senga qanday misollar keltirganiga nazar sol! Bas, ular yoʻldan ozdilar. Endi yoʻl topishga qodir emaslar.

  10. 10

    تَبَارَكَ ٱلَّذِىٓ إِن شَآءَ جَعَلَ لَكَ خَيْرًۭا مِّن ذَٰلِكَ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ وَيَجْعَل لَّكَ قُصُورًۢا

    Agar xohlasa, senga oʻshandan yaxshirogʻini–ostidan anhorlar oqib turadigan bogʻlarni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulugʻ boʻldi. (Alloh xohlasa, bu narsalarni istagan lahzada Paygʻambariga ato etishi hech gap emas. Lekin maqsad bogʻu rogʻ va qasrlar emas. Maqsad hamma narsaning xoliqi Alloh taoloning roziligiga erishishdir.)

  11. 11

    بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلسَّاعَةِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لِمَن كَذَّبَ بِٱلسَّاعَةِ سَعِيرًا

    Yoʻq! Ular soat(qiyomat)ni ham yolgʻonga chiqardilar. Va Biz soat(qiyomat)ni yolgʻonga chiqarganlarga doʻzaxni tayyorlab qoʻydik. (Kofirlar, qiyomat boʻlmaydi, dedilar. Qiyomat boʻladi, deyayotganlarning gapi yolgʻon, dedilar. Holbuki, doʻzax ularni kutib turibdi. Ushbu mushriklar toʻppa-toʻgʻri oʻsha tayyor doʻzaxga ravona boʻladilar.)

  12. 12

    إِذَا رَأَتْهُم مِّن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍۢ سَمِعُوا۟ لَهَا تَغَيُّظًۭا وَزَفِيرًۭا

    Vaqtiki u ularni uzoq joydan koʻrganida, uning gʻazabnok qaynashini va boʻkirishini eshiturlar. (Qiyomat soatini yolgʻonga chiqarganlarga Alloh taolo tomonidan tayyorlab qoʻyilgan doʻzax shu darajada dahshatliki, u kofirlarni uzoqdan koʻrishi bilan gʻazabi toʻlib-toshib, qaynab oʻkira boshlaydi.)

  13. 13

    وَإِذَآ أُلْقُوا۟ مِنْهَا مَكَانًۭا ضَيِّقًۭا مُّقَرَّنِينَ دَعَوْا۟ هُنَالِكَ ثُبُورًۭا

    Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlaganlarida esa, oʻsha joyda (oʻzlariga) halokat tilarlar.

  14. 14

    لَّا تَدْعُوا۟ ٱلْيَوْمَ ثُبُورًۭا وَٰحِدًۭا وَٱدْعُوا۟ ثُبُورًۭا كَثِيرًۭا

    Bugungi kunda bir halokatni emas, koʻp halokatni tilanglar! (Bir marta halok boʻlib qutulib keta olmaysizlar. Hali koʻp halok boʻlasizlar. Oʻzingizcha, halok boʻlsak, bu azoblardan qutularmiz, deb oʻylamanglar.)

  15. 15

    قُلْ أَذَٰلِكَ خَيْرٌ أَمْ جَنَّةُ ٱلْخُلْدِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۚ كَانَتْ لَهُمْ جَزَآءًۭ وَمَصِيرًۭا

    Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qoʻyilgan mangulik jannati yaxshimi? U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.

  16. 16

    لَّهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ خَٰلِدِينَ ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ وَعْدًۭا مَّسْـُٔولًۭا

    Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu Robbing zimmasidagi masʼuliyatli vaʼdadir. (Jannatda taqvodor moʻminlarga istagan narsalari bor. Jannatda nimalar borligini sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Shuning uchun osongina, istagan narsalari bor, deb qoʻyildi.)

  17. 17

    وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَقُولُ ءَأَنتُمْ أَضْلَلْتُمْ عِبَادِى هَٰٓؤُلَآءِ أَمْ هُمْ ضَلُّوا۟ ٱلسَّبِيلَ

    U(mushrik)larni va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalarini toʻplagan kunda U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?!» deydir. (Bu dunyoda mushrik boʻlib, Allohdan oʻzga narsalarga ibodat etib, oʻshalarning «aytgani»ni qilib, oʻshalarning «roziligi»ni tilab oʻtgan manavi bandalarning mushrik boʻlishlari sababi nima? Ularni oʻsha «xudo»lari adashtirdimi? Yoki oʻzlari yoʻldan ogʻdilarmi?)

  18. 18

    قَالُوا۟ سُبْحَٰنَكَ مَا كَانَ يَنۢبَغِى لَنَآ أَن نَّتَّخِذَ مِن دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَآءَ وَلَٰكِن مَّتَّعْتَهُمْ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَكَانُوا۟ قَوْمًۢا بُورًۭا

    Ular: «Ey pok Parvardigor, Sendan oʻzgani doʻst tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi boʻlib qoldilar», derlar.

  19. 19

    فَقَدْ كَذَّبُوكُم بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسْتَطِيعُونَ صَرْفًۭا وَلَا نَصْرًۭا ۚ وَمَن يَظْلِم مِّنكُمْ نُذِقْهُ عَذَابًۭا كَبِيرًۭا

    Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolgʻonchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir boʻlmassiz. Sizdan kim zulm qilgan boʻlsa, unga azobni tortdiramiz.

  20. 20

    وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّآ إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِى ٱلْأَسْوَاقِ ۗ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍۢ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ ۗ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًۭا

    Biz sendan oldin yuborgan Paygʻambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Baʼzilaringizni baʼzilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing koʻrguvchi boʻlgan zotdir. (Oddiy bashardan Paygʻambar yuborib odamlarni sinovga uchratdik, baʼzilari sinovdan oʻta olmay, oddiy bashar ham Paygʻambar boʻladimi, deb yoʻldan adashdi. Ularning bu tasarruflari esa, iymonlilar uchun sinov boʻldi.)

  21. 21

    ۞ وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ نَرَىٰ رَبَّنَا ۗ لَقَدِ ٱسْتَكْبَرُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ وَعَتَوْ عُتُوًّۭا كَبِيرًۭا

    Bizga uchrashdan umidsiz boʻlganlar, bizga farishtalar tushirilsa yoki, Robbimizni koʻrsak edi, derlar. Batahqiq, ular oʻzlaridan ketdilar va katta tugʻyon-la tugʻyon qildilar.

  22. 22

    يَوْمَ يَرَوْنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ لَا بُشْرَىٰ يَوْمَئِذٍۢ لِّلْمُجْرِمِينَ وَيَقُولُونَ حِجْرًۭا مَّحْجُورًۭا

    Ular farishtalarni koʻradigan kunda, ha, oʻsha kunda jinoyatchilarga xushxabar boʻlmas. Va u(farishta)lar: «Harom, harom», derlar. (Ey kofir-mushriklar, sizlarga xushxabar harom, jannat harom, magʻfirat harom, mehr-shafqat harom, osoyishtalik harom... derlar.)

  23. 23

    وَقَدِمْنَآ إِلَىٰ مَا عَمِلُوا۟ مِنْ عَمَلٍۢ فَجَعَلْنَٰهُ هَبَآءًۭ مَّنثُورًا

    Va qilgan amaliga kelib, ularni toʻzon kabi sochib yuborurmiz. (Kofirlarning bu dunyoda qilgan baʼzi bir yaxshi amalaridan umidlari boʻlishi mumkin. Ammo iymon boʻlmaganidan keyin u ishlar hech foyda bera olmaydi. Qiyomat kuni Alloh taolo u amallarni ham toʻzon kabi sochib yuboradi.)

  24. 24

    أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌۭ مُّسْتَقَرًّۭا وَأَحْسَنُ مَقِيلًۭا

    Oʻsha kunda jannat egalarining qarorgohlari va oromgohlar gʻoyat yaxshidir.

  25. 25

    وَيَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلسَّمَآءُ بِٱلْغَمَٰمِ وَنُزِّلَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ تَنزِيلًا

    U kunda bulutli osmon yorilib, farishtalar boʻlak-boʻlak tushurilurlar.

  26. 26

    ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ لِلرَّحْمَٰنِ ۚ وَكَانَ يَوْمًا عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ عَسِيرًۭا

    U kunda hukmronlik Rohmanga haq boʻlur. U kun kofirlar uchun koʻp qiyin kun boʻlur.

  27. 27

    وَيَوْمَ يَعَضُّ ٱلظَّالِمُ عَلَىٰ يَدَيْهِ يَقُولُ يَٰلَيْتَنِى ٱتَّخَذْتُ مَعَ ٱلرَّسُولِ سَبِيلًۭا

    U kunda zolim ikki qoʻlini tishlab: «Ey voh!!! Paygʻambar ila bir yoʻlni tutganimda edi!» der.

  28. 28

    يَٰوَيْلَتَىٰ لَيْتَنِى لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًۭا

    «Ey voh!!! Koshki falonchini doʻst tutmasam edi.

  29. 29

    لَّقَدْ أَضَلَّنِى عَنِ ٱلذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَآءَنِى ۗ وَكَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ لِلْإِنسَٰنِ خَذُولًۭا

    Batahqiq, menga zikr (Qurʼon) kelgandan soʻng u (doʻst) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir», der. (Muhammaddan (c. a. v.) boshqaga ergashganlarning barchasining holi shu boʻladi. Qurʼon yoʻlidan boshqa yoʻlga yurgan, Qurʼondan boshqa dasturga amal qilganlarning barchasining holi shu boʻladi. Qiyomat kuni ularning hammasining bu dunyodagi «doʻst»lari yordamsiz tashlab ketadi.)

  30. 30

    وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُوا۟ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ مَهْجُورًۭا

    Va Paygʻambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qurʼonni tark etdilar», dedi. (Muhammad (s. a. v.) Robbilariga shikoyat qilib, ey Robbim, mening qavmim–Quraysh ushbu Qurʼonni tark etdi, dedilar. Alloh taolo ularning qilmishlarini juda yaxshi biladi. Ammo Paygʻambar (s. a. v.) oʻzlarining dardlarini toʻkib solish uchun, Allohning amrini toʻla bajarganliklarini bildirish uchun aytmoqdalar.)

  31. 31

    وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّۭا مِّنَ ٱلْمُجْرِمِينَ ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ هَادِيًۭا وَنَصِيرًۭا

    Ana shunday. Har Paygʻambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing Oʻzi kifoya qilur.

  32. 32

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلْقُرْءَانُ جُمْلَةًۭ وَٰحِدَةًۭ ۚ كَذَٰلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۖ وَرَتَّلْنَٰهُ تَرْتِيلًۭا

    Kufr keltirganlar: «Unga Qurʼon bir yoʻla nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib oʻqidik. (Yaʼni, ey Muhammad, Biz sening qalbingni Qurʼon bilan sobit qilish, quvvatlash uchun uni boʻlak-boʻlak holda nozil etdik va goʻzal ravishda dona-dona qilib oʻqib berdik. Qurʼon birdaniga tushmasdan, boʻlak-boʻlak boʻlib tushar, har vahiy kelganida Paygʻambarning (s. a. v.) qalblari quvvatlanar, kuchlariga kuch, gʻayratlariga gʻayrat qoʻshilar edi.)

  33. 33

    وَلَا يَأْتُونَكَ بِمَثَلٍ إِلَّا جِئْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ وَأَحْسَنَ تَفْسِيرًا

    Ular senga biror masal keltirsalar, Biz, albatta, senga haqni va goʻzal sharhini keltiramiz.

  34. 34

    ٱلَّذِينَ يُحْشَرُونَ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ أُو۟لَٰٓئِكَ شَرٌّۭ مَّكَانًۭا وَأَضَلُّ سَبِيلًۭا

    Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana oʻshalar, makonlari eng yomon, yoʻllari eng adashgan kimsalardir.

  35. 35

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلْنَا مَعَهُۥٓ أَخَاهُ هَٰرُونَ وَزِيرًۭا

    Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik va unga akasi Horunni vazir qildik.

  36. 36

    فَقُلْنَا ٱذْهَبَآ إِلَى ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا فَدَمَّرْنَٰهُمْ تَدْمِيرًۭا

    Bas: «Ikkingiz bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga boring», dedik. Soʻng ularni yer bilan yakson qildik.

  37. 37

    وَقَوْمَ نُوحٍۢ لَّمَّا كَذَّبُوا۟ ٱلرُّسُلَ أَغْرَقْنَٰهُمْ وَجَعَلْنَٰهُمْ لِلنَّاسِ ءَايَةًۭ ۖ وَأَعْتَدْنَا لِلظَّٰلِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًۭا

    Va Nuh qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlarida gʻarq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qoʻydik.

  38. 38

    وَعَادًۭا وَثَمُودَا۟ وَأَصْحَٰبَ ٱلرَّسِّ وَقُرُونًۢا بَيْنَ ذَٰلِكَ كَثِيرًۭا

    Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla. (Biz «quduq» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «rass» iborasi ila ifodalangan boʻlib, ichi mahkamlanmagan, nurab turgan quduqqa aytiladi. Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha jinoyatchi qavm quduq atrofida oʻtirganlarida, u qulab, hammalari ichiga tushib halok boʻlgan ekanlar. Baʼzi tafsirchilarimiz, bu qavm Solih alayhissalom qavmi, desalar, boshqalari Shuayb alayhissalom qavmidir, deydilar. Ibn Jarir Tabariy esa, ular Uxdud egalaridir, degan ekanlar. Ular haqida Buruj surasida soʻz yuritilgan.)

  39. 39

    وَكُلًّۭا ضَرَبْنَا لَهُ ٱلْأَمْثَٰلَ ۖ وَكُلًّۭا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًۭا

    Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik. (Yaʼni, oʻsha oʻtmish asrlardagi barcha jinoyatchi qavmlarning har biriga oʻrnak boʻlsin uchun misollar keltirdik. Ular ibrat olmadilar, oʻzlarini oʻnglamadilar.)

  40. 40

    وَلَقَدْ أَتَوْا۟ عَلَى ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِىٓ أُمْطِرَتْ مَطَرَ ٱلسَّوْءِ ۚ أَفَلَمْ يَكُونُوا۟ يَرَوْنَهَا ۚ بَلْ كَانُوا۟ لَا يَرْجُونَ نُشُورًۭا

    Batahqiq, ular yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shaharga kelgan edilar. Uni koʻrmagan edilarmi?! Yoʻq! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar. (Ushbu oyati karimadagi «yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shahar»dan murod Lut alayhissalom qavmi yashagan shahardir. Maʼlumki, bu shaharni Alloh taolo tosh yogʻdirib halok qilgandir. Oyatdagi «Ular»dan murod esa, Makka kofirlari. Ular Shomga qilgan safarlarida Lut alayhissalom qavmi shahri xarobalari yonidan oʻtar edilar. Agar ularda insof boʻlganida, zarracha tafakkur boʻlganida, koʻrganlaridan ibrat olardilar.)

  41. 41

    وَإِذَا رَأَوْكَ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِى بَعَثَ ٱللَّهُ رَسُولًا

    Ular seni koʻrgan vaqtlarida: «Alloh Paygʻambar qilib yuborgan shumi?!

  42. 42

    إِن كَادَ لَيُضِلُّنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا لَوْلَآ أَن صَبَرْنَا عَلَيْهَا ۚ وَسَوْفَ يَعْلَمُونَ حِينَ يَرَوْنَ ٱلْعَذَابَ مَنْ أَضَلُّ سَبِيلًا

    Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni sal boʻlmasa xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb masxaraga olurlar. Yaqinda–azobni koʻrgan chogʻlarida–kim yoʻldan ozganroq ekanini bilurlar.

  43. 43

    أَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا

    Havoi nafsini oʻziga xudo qilib olganni koʻrdingmi?! Endi sen unga vakil boʻlasanmi?! (Yoʻq, albatta. Paygʻambarning vazifasi havoi nafsini oʻziga xudo qilib olganlarga vakil boʻlish emas, balki Allohdan kelgan amrlarni kishilarga yetkazishdir.)

  44. 44

    أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ ۚ إِنْ هُمْ إِلَّا كَٱلْأَنْعَٰمِ ۖ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا

    Yoki sen ularning koʻplari tinglay oladilar yo anglay oladilar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yoʻq. Balki yana ham yoʻldan ozganroqdirlar. (Ushbu oyati karimada Paygʻambarga (s. a. v.) tasalli va havoi nafslarini xudo qilib olgan kofirlarni yerga urish bor.)

  45. 45

    أَلَمْ تَرَ إِلَىٰ رَبِّكَ كَيْفَ مَدَّ ٱلظِّلَّ وَلَوْ شَآءَ لَجَعَلَهُۥ سَاكِنًۭا ثُمَّ جَعَلْنَا ٱلشَّمْسَ عَلَيْهِ دَلِيلًۭا

    Robbingning soyani qanday yoyib qoʻyganini koʻrmadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. Soʻngra quyoshni Biz unga dalil qildik. (Ha, agar Alloh xohlasa, soyani jilmas qilib, bir xilda, yaʼni, uzaymay ham, qisqarmay ham turadigan qilib qoʻyar edi. Misol uchun yerni aylanmaydigan qilib qoʻysa, soya jilmay turaverar edi, biz eʼtibor bermaydigan soyaning yoyilishi hodisasi ortida Allohning ulkan qudrati turibdi.)

  46. 46

    ثُمَّ قَبَضْنَٰهُ إِلَيْنَا قَبْضًۭا يَسِيرًۭا

    Soʻngra Biz uni Oʻzimizga asta-sekin tortib oldik.

  47. 47

    وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِبَاسًۭا وَٱلنَّوْمَ سُبَاتًۭا وَجَعَلَ ٱلنَّهَارَ نُشُورًۭا

    U siz uchun kechani libos, uyquni istirohot qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.

  48. 48

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ طَهُورًۭا

    U Oʻz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik.

  49. 49

    لِّنُحْۦِىَ بِهِۦ بَلْدَةًۭ مَّيْتًۭا وَنُسْقِيَهُۥ مِمَّا خَلَقْنَآ أَنْعَٰمًۭا وَأَنَاسِىَّ كَثِيرًۭا

    U ila oʻlik yurtni tiriltirishimiz va oʻzimiz yaratgan koʻplab chorva hayvonlari hamda insonlarni sugʻorishimiz uchun.

  50. 50

    وَلَقَدْ صَرَّفْنَٰهُ بَيْنَهُمْ لِيَذَّكَّرُوا۟ فَأَبَىٰٓ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورًۭا

    Batahqiq, Biz u(Qurʼon)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib koʻrdik. Odamlarning koʻplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar. (Alloh osmondan pok suv tushiradi. Alloh osmondan pok soʻz (Qurʼon) tushiradi. Alloh osmondan tushirgan pok suvi ila oʻlik diyorlarni tiriltiradi, chanqoq hayvon va odamlarni sugʻoradi. Alloh osmondan tushirgan pok soʻzi bilan maʼnaviy oʻlik xalqlarni tiriltiradi, ruhiy chanqoqlarni, tashnalarni ruhiy-maʼnaviy taʼlimotlar ila sugʻoradi. Qurʼonni ularga turli uslublar ila taqdim qildik. Lekin ular bundan oʻzlariga eslatma olmadilar.)

  51. 51

    وَلَوْ شِئْنَا لَبَعَثْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍۢ نَّذِيرًۭا

    Agar xohlasak, har shaharga bitta ogohlantirguvchi yuborar edik.

  52. 52

    فَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَجَٰهِدْهُم بِهِۦ جِهَادًۭا كَبِيرًۭا

    Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qurʼon) bilan katta jihod qil!

  53. 53

    ۞ وَهُوَ ٱلَّذِى مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ هَٰذَا عَذْبٌۭ فُرَاتٌۭ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌۭ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًۭا وَحِجْرًۭا مَّحْجُورًۭا

    U ikki dengizni-bunisi chuchuk-shirin, unisi shoʻr-achchiq qilib oqizib qoʻygan va oralariga koʻrinmas toʻsiq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir. (Barcha ummonlar va dengizlar shoʻr, daryolar chuchuk. Daryolar oqib borib suvini dengizlarga, ummonlarga quyadi. Ammo bu bilan dengiz suvi chuchuk boʻlib qolmaydi, daryo suvi shoʻr boʻlib qolmaydi. Zotan, daryolarning suvi ham dengiz va ummonlardan bugʻlanib koʻtarilgan suvdan iborat.)

  54. 54

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ مِنَ ٱلْمَآءِ بَشَرًۭا فَجَعَلَهُۥ نَسَبًۭا وَصِهْرًۭا ۗ وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًۭا

    U suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qoʻygan Zotdir. Robbing qodir boʻlgan Zotdir.

  55. 55

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُهُمْ وَلَا يَضُرُّهُمْ ۗ وَكَانَ ٱلْكَافِرُ عَلَىٰ رَبِّهِۦ ظَهِيرًۭا

    Ular Allohdan oʻzga ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan narsalarga ibodat qilarlar. Va kofir Robbiga qarshi yordamchi boʻlgandir.

  56. 56

    وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرًۭا وَنَذِيرًۭا

    Biz seni faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yuborganmiz, xolos.

  57. 57

    قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِلَّا مَن شَآءَ أَن يَتَّخِذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًۭا

    Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr soʻramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yoʻl olishini (soʻrayman)», deb ayt. (Islomda eʼtiqod-dinga kirish yoki uning aʼzolari safida boʻlish uchun toʻlanadigan badal yoki soligʻu majburiyatlar yoʻq. Xohlagan kishi Allohga tomon yoʻl olsin. Unga iymon keltirsin, ibodat qilsin. Boshqalar esa, uning yoʻlini toʻsmasin.)

  58. 58

    وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْحَىِّ ٱلَّذِى لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِهِۦ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًا

    Va barhayot, oʻlmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan oʻta xabardor boʻlishda Uning Oʻzi kifoyadir.

  59. 59

    ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍۢ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ ٱلرَّحْمَٰنُ فَسْـَٔلْ بِهِۦ خَبِيرًۭا

    U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, soʻngra arshni egallagan zotdir. U Rohmandir. Bas, oʻsha oʻta Xabardordan soʻra. (Ushbu maʼnolar eʼtiqod bobida oʻta nozik va hassos ekanligi eʼtiboridan ulamolarimiz juda ham ehtiyotkorlik bilan bayon qilishga harakat qiladilar. «Olti kun» masalasiga kelganda, baʼzilari, bu dunyoning kunlariga oʻxshash kunlar, Alloh «boʻl» desa boʻlib qolar edi-yu, lekin bandalarga shoshilmay ish qilishni oʻrgatish maqsadida shunday qildi, deydilar. Boshqalari esa, «olti kun» qanday kunlar ekanini Allohning Oʻzi biladi. Bizning kunlarimiz osmonlaru yer yaratib boʻlingandan keyin, quyosh majmuasidagi sayyoralar nizomi yaratilgandan keyin vujudga kelgan tushunchalar, deydilar. «Soʻngra» kalimasi odatda «keyin» maʼnosidagi tartibni ifoda qiladi, bu oyatdagi «soʻngra» esa, martabani bildiradi.)

  60. 60

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱسْجُدُوا۟ لِلرَّحْمَٰنِ قَالُوا۟ وَمَا ٱلرَّحْمَٰنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًۭا ۩ ۩

    Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.

  61. 61

    تَبَارَكَ ٱلَّذِى جَعَلَ فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًۭا وَجَعَلَ فِيهَا سِرَٰجًۭا وَقَمَرًۭا مُّنِيرًۭا

    Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli-buyuk boʻldi.

  62. 62

    وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ خِلْفَةًۭ لِّمَنْ أَرَادَ أَن يَذَّكَّرَ أَوْ أَرَادَ شُكُورًۭا

    U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir.

  63. 63

    وَعِبَادُ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى ٱلْأَرْضِ هَوْنًۭا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ ٱلْجَٰهِلُونَ قَالُوا۟ سَلَٰمًۭا

    Rohmanning bandalari yer yuzida tavozuʼ ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir. (Rohmanning suyukli bandasi boʻlish sharafiga erishgan inson yer yuzida kamtarlik, sodda va muloyimlik bilan yuradi. Unda takabburlik, manmanlik, vahshatu dahshat, turli soxta koʻrinishlardan asar ham boʻlmaydi. Shu bilan birga, boʻshanglik, irodasizlik, behuda qisilib-qimtinish, oʻzini pastga urishlik ham boʻlmaydi.)

  64. 64

    وَٱلَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًۭا وَقِيَٰمًۭا

    Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor oʻtkazurlar.

  65. 65

    وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ ۖ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا

    Ular: «Ey Robbimiz, Oʻzing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir.

  66. 66

    إِنَّهَا سَآءَتْ مُسْتَقَرًّۭا وَمُقَامًۭا

    Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir.

  67. 67

    وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَنفَقُوا۟ لَمْ يُسْرِفُوا۟ وَلَمْ يَقْتُرُوا۟ وَكَانَ بَيْنَ ذَٰلِكَ قَوَامًۭا

    Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi oʻrtasida moʻʼtadil boʻlurlar.

  68. 68

    وَٱلَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ يَلْقَ أَثَامًۭا

    Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan oʻldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor boʻlur. (Allohga shirk keltirish ulkan zulmdir. Birovni nohaqdan oʻldiradigan odam Rohmanning suyukli bandasi boʻla olmaydi. Zinoda ham moddiy, ham maʼnaviy ravishda odam oʻldirish ruhi bor. Zinokorlar bola koʻrishdan qochadilar. Ular, zinodan bola boʻlib qolmasligiga urinadilar. Bu esa, oʻziga xos odam oʻldirishdir. Allohga shirk keltirsa, nohaqdan odam oʻldirsa va zino qilsa, gunohning uqubatiga duchor boʻladi.)

  69. 69

    يُضَٰعَفْ لَهُ ٱلْعَذَابُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِۦ مُهَانًا

    Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar koʻpaytirilur va u(azob) da xor boʻlib abadiy qolur.

  70. 70

    إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ عَمَلًۭا صَٰلِحًۭا فَأُو۟لَٰٓئِكَ يُبَدِّلُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِهِمْ حَسَنَٰتٍۢ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana oʻshalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh magʻfiratli va rahmli boʻlgan zotdir.

  71. 71

    وَمَن تَابَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَإِنَّهُۥ يَتُوبُ إِلَى ٱللَّهِ مَتَابًۭا

    Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar. (Tavbaning haqiqiy yoki soxta ekanligi uning eʼlonidan keyingi amaldan bilinadi. Agar eʼlondan keyingi amal solih-yaxshi boʻlsa, tavba haqiqiy, yomon boʻlsa, tavba soxta boʻladi. Gunoh ham faqat niyat emas, balki qilingan amaldir, tavba ham amalsiz boʻlmas.)

  72. 72

    وَٱلَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ ٱلزُّورَ وَإِذَا مَرُّوا۟ بِٱللَّغْوِ مَرُّوا۟ كِرَامًۭا

    Ular yolgʻon guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan oʻtsalar, hurmatlarini saqlagan holda oʻtarlar.

  73. 73

    وَٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا۟ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ لَمْ يَخِرُّوا۟ عَلَيْهَا صُمًّۭا وَعُمْيَانًۭا

    Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va koʻrlardek tashlanmaslar. (Rohmanning suyukli bandalari butparast mushriklarga oʻxshab, oʻzlari anglamagan narsaga yopishib olmaydilar. Mushriklar soxta xudolariga xuddi koʻr va karquloqdek bilib-bilmay, koʻrib-koʻrmay, eshitib-eshitmay yopishib oladilar. Agar ular «xudo»larining nima ekanligini bilganlarida, koʻrganlarida va eshitganlarida, hech qachon ularga ibodat qilmas edilar.)

  74. 74

    وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَٰجِنَا وَذُرِّيَّٰتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍۢ وَٱجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا

    Ular: «Ey Robbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi et», deydiganlardir.

  75. 75

    أُو۟لَٰٓئِكَ يُجْزَوْنَ ٱلْغُرْفَةَ بِمَا صَبَرُوا۟ وَيُلَقَّوْنَ فِيهَا تَحِيَّةًۭ وَسَلَٰمًا

    Ana oʻshalar sabr qilganlari uchun «gʻurfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar. (Arab tilida oliy maqom xos xonani «gʻurfa» deyiladi. Tafsirchi ulamolarimizdan baʼzilari ushbu oyatdagi «gʻurfa» soʻziga, «oliy daraja», «jannat», «jannatdagi alohida xona» maʼnolarini berishgan. Aslida, hammasini qoʻshib, jannatdagi oliy maqom xos xona, desak maqsadga muvofiq boʻlsa kerak.)

  76. 76

    خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ حَسُنَتْ مُسْتَقَرًّۭا وَمُقَامًۭا

    Ular oʻshanda abadiy qolurlar. U qanday ham goʻzal qarorgoh va manzildir.

  77. 77

    قُلْ مَا يَعْبَؤُا۟ بِكُمْ رَبِّى لَوْلَا دُعَآؤُكُمْ ۖ فَقَدْ كَذَّبْتُمْ فَسَوْفَ يَكُونُ لِزَامًۢا

    Sen: «Agar duo-iltijolaringiz boʻlmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolgʻonga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim boʻlur», deb ayt.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.