Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 22 · Madaniy · 78 Oyatlar

Sura Haj

Haj ibodati

سورة الحج
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ إِنَّ زَلْزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَىْءٌ عَظِيمٌۭ

    Ey odamlar! Robbingizdan qoʻrqing! Albatta, (qiyomat) soati zilzilasi ulkan narsadir.

  2. 2

    يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّآ أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى ٱلنَّاسَ سُكَٰرَىٰ وَمَا هُم بِسُكَٰرَىٰ وَلَٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدٌۭ

    Uni koʻradigan kuningizda, har bir emizuvchi oʻzi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda koʻrarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.

  3. 3

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَيَتَّبِعُ كُلَّ شَيْطَٰنٍۢ مَّرِيدٍۢ

    Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor. (Alloh taolo haqida, «bilmasdan» tortishish johillikdir. Bunday tortishuvga jurʼat qilgan shaytonga ergashgan boʻladi.)

  4. 4

    كُتِبَ عَلَيْهِ أَنَّهُۥ مَن تَوَلَّاهُ فَأَنَّهُۥ يُضِلُّهُۥ وَيَهْدِيهِ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

    Unga bitilganki, albatta, unga kim doʻst boʻlsa, shubhasiz, uni adashtiradi va doʻzax azobiga «hidoyat» qiladi.

  5. 5

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍۢ مِّنَ ٱلْبَعْثِ فَإِنَّا خَلَقْنَٰكُم مِّن تُرَابٍۢ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍۢ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍۢ ثُمَّ مِن مُّضْغَةٍۢ مُّخَلَّقَةٍۢ وَغَيْرِ مُخَلَّقَةٍۢ لِّنُبَيِّنَ لَكُمْ ۚ وَنُقِرُّ فِى ٱلْأَرْحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ثُمَّ نُخْرِجُكُمْ طِفْلًۭا ثُمَّ لِتَبْلُغُوٓا۟ أَشُدَّكُمْ ۖ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَيْلَا يَعْلَمَ مِنۢ بَعْدِ عِلْمٍۢ شَيْـًۭٔا ۚ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ هَامِدَةًۭ فَإِذَآ أَنزَلْنَا عَلَيْهَا ٱلْمَآءَ ٱهْتَزَّتْ وَرَبَتْ وَأَنۢبَتَتْ مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍۢ

    Ey odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan boʻlsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, soʻngra nutfadan, soʻngra alaqadan, soʻngra bitgan-bitmagan bir chaynam goʻshtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni maʼlum muddatgacha qaror topdiramiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqaramiz. Soʻngra voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilamiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada tuban umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda koʻrasan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanar va koʻpchir. Hamda har xil goʻzal juftlarni oʻstiradir. (Sizning otangiz Odamni tuproqdan yaratganmiz. Inson yoʻq edi. U otasining nutfa-spermasidan dunyoga keldi. Oddiy koʻzga koʻrinmas ushbu maniy hayvonchalar bilan barkamol inson orasida qancha farq bor?! Ana shu zarradan odam yaratgan Xoliq Alloh oʻlgan odamni qayta tiriltira olmasmi?! Qurʼoni Karimda «alaqa» deb nomlangan bosqichdagi homila zulukdek bachadonga yopishib turishi maʼlum boʻldi. Alaqaning suvrati haqiqiy zuluk bilan solishtirilsa, ularni farqlab boʻlmaydi. Xoʻsh, oʻsha zulukka oʻxshash qotgan laxta qon bilan inson orasida qancha farq bor? Homila rivojlanib, alaqa-laxta qon shaklidan bir parcha chaynalgan goʻsht holiga oʻtadi. Ana oʻshanda unga shakl kiradi. Shakl kirsa, bitgan boʻladi. Shakl kirmasa, bitmagan boʻladi, bachadondan tushib ketadi. Hech kim uni eslamaydi ham. Endi, oʻsha bir parcha chaynalgan goʻshtga oʻxshash narsa bilan inson orasida qancha farq borligini bir oʻylab koʻraylik? Oʻsha goʻshtdan inson yaratgan Alloh oʻlgan odamni qayta tiriltira olmasmi?!)

  6. 6

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّهُۥ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَأَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Bular koʻrsaturki, albatta, Alloh haq zotdir va, albatta, U oʻliklarni tiriltirur hamda U har bir narsaga qodirdir.

  7. 7

    وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌۭ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْعَثُ مَن فِى ٱلْقُبُورِ

    Va, albatta, (qiyomat) soati kelguvchidir, bunga shubha yoʻq. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.

  8. 8

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَلَا هُدًۭى وَلَا كِتَٰبٍۢ مُّنِيرٍۢ

    Odamlardan Alloh haqida bilmasdan, hidoyatga yoki nurli kitobga ega boʻlmasdan turib tortishadiganlari bor.

  9. 9

    ثَانِىَ عِطْفِهِۦ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ لَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌۭ ۖ وَنُذِيقُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Allohning yoʻlidan adashtirish uchun, boʻynini bulqab (tortishadi). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini totdiramiz.

  10. 10

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ يَدَاكَ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّٰمٍۢ لِّلْعَبِيدِ

    Bunday boʻlishi oʻz qoʻllaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.

  11. 11

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعْبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرْفٍۢ ۖ فَإِنْ أَصَابَهُۥ خَيْرٌ ٱطْمَأَنَّ بِهِۦ ۖ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ

    Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, koʻngli toʻlur. Agar unga balo yetsa, yuz oʻgirib ketur. U dunyoda ham, oxiratda ham ziyon koʻrur. Ana oʻsha ochiq-oydin ziyondir. (Islom tijorat emaski, unga oʻtkinchi foydani koʻzlab kirilsa. Islom–iymon, eʼtiqod, Allohga bandalik qilish, Uning yoʻlida jonni ham, molni ham fido etish, har xil balo-ofatlarga bardosh berish demakdir. Ana oʻsha sinovlardan oʻtganlar ikki dunyo baxtiga sazovor boʻladilar. Ammo Islomga muayyan foydani koʻzlab kirgan, oʻsha foydaga erishsa, xursand boʻlib, erishmasa, dinni tark etib, yuz oʻgirib ketadigan munofiqlar ikki dunyoda ziyon koʻrishlari muqarrar. Aslini olganda munofiq, Islomdan, Allohdan yuz oʻgirib, qayoqqa ham borardi, kimga ham topinardi?)

  12. 12

    يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُۥ وَمَا لَا يَنفَعُهُۥ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلْبَعِيدُ

    U Allohni qoʻyib, oʻziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qilur. Shuning oʻzi qattiq adashishdir.

  13. 13

    يَدْعُوا۟ لَمَن ضَرُّهُۥٓ أَقْرَبُ مِن نَّفْعِهِۦ ۚ لَبِئْسَ ٱلْمَوْلَىٰ وَلَبِئْسَ ٱلْعَشِيرُ

    U manfaatidan koʻra zarari yaqinroq boʻlganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon doʻstdir!

  14. 14

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh iroda etgan narsani qiladir.

  15. 15

    مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لْيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُۥ مَا يَغِيظُ

    Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, soʻngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gʻam-gʻussani ketkizarmikan?! (Allohga iymoni yoʻq kishining holi shunday boʻladi. Uning balo-ofatdan, gʻam-gʻussadan qutulishga chorasi yoʻq. Allohga iymoni boʻlmagani uchun undan nusrat kelishiga ham umid qilmaydi. Shuning uchun yo osmonga chiqib, yordam topsin, yo, unday qila olmasa, oʻzini ossin. Boshqa iloji yoʻq.)

  16. 16

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ ءَايَٰتٍۭ بَيِّنَٰتٍۢ وَأَنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يُرِيدُ

    Mana shunday qilib, Biz u(Qurʼon)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.

  17. 17

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلصَّٰبِـِٔينَ وَٱلنَّصَٰرَىٰ وَٱلْمَجُوسَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌ

    Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy boʻlganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida Oʻzi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.

  18. 18

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسْجُدُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ وَٱلنُّجُومُ وَٱلْجِبَالُ وَٱلشَّجَرُ وَٱلدَّوَآبُّ وَكَثِيرٌۭ مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ ٱلْعَذَابُ ۗ وَمَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكْرِمٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ ۩ ۩

    Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, togʻlar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan koʻplari, albatta, Allohga sajda qilishini koʻrmaysanmi? Koʻplariga esa, azob haq boʻldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi boʻlmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladi. (Demak, dunyodagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi. Ularning qanday sajda qilishini Allohning Oʻzi biladi. «Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar Allohga sajda qiladi», deb qoʻyilsa, kifoya edi, butun borliqning sajda qilishi tushunaverilar edi. Lekin baʼzi maxluqlar alohida qayd etildi, chunki baʼzi odamlar oʻsha maxluqlarga–quyosh, oy va yulduzlarga sajda qiladilar. Oyatda oʻsha narsalarning Allohga sajda qilishini taʼkidlashdan maqsad ular xudo boʻla olmasligini yana bir bor taʼkidlashdir. Butun borliq hech bir istisnosiz Allohga sajda qilayotgani aytilgan boʻlsa ham, odamlarga kelganda, «koʻplari» sajda qilmasliklariga ishora etilmoqda. Ha, faqat odam bolasigina Allohga isyon qiladi. Allohga sajda qilmagani uchun, kofir boʻlgani uchun ularga azob haq boʻldi. Allohning azobiga duchor boʻlganlar ikki dunyoda xordir.)

  19. 19

    ۞ هَٰذَانِ خَصْمَانِ ٱخْتَصَمُوا۟ فِى رَبِّهِمْ ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌۭ مِّن نَّارٍۢ يُصَبُّ مِن فَوْقِ رُءُوسِهِمُ ٱلْحَمِيمُ

    Mana bu ikki gʻanim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan oʻta qaynoq suv quyiladir.

  20. 20

    يُصْهَرُ بِهِۦ مَا فِى بُطُونِهِمْ وَٱلْجُلُودُ

    U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritiladi.

  21. 21

    وَلَهُم مَّقَٰمِعُ مِنْ حَدِيدٍۢ

    Ular uchun temir gurzilar bor.

  22. 22

    كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَا مِنْ غَمٍّ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Ular har qachon undagi gʻamdan chiqmoqchi boʻlsalar, unga qaytariladilar va «Yonish azobini toting!» deyiladir.

  23. 23

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍۢ وَلُؤْلُؤًۭا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌۭ

    Albatta, Alloh iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir. (Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada vasf qilishlik Qurʼoni Karimga xos xususiyatlardan biridir. Jahannamda olovning azobiga qoʻshimcha qilib, oʻta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bogʻlar ostidan muzdek zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turibdi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur. Doʻzaxilarga olovdan kiyim kiydirilsa, jannatilarga ipakdan koʻylak kiydiriladi. Doʻzaxilar boshiga temir gurzi bilan urilsa, jannatilarga oltin va injulardan bezak taqilgan.)

  24. 24

    وَهُدُوٓا۟ إِلَى ٱلطَّيِّبِ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَهُدُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْحَمِيدِ

    Ular shirin soʻzga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yoʻliga hidoyat qilinurlar. (Jahannam ahliga «Yonish azobini toting!» deb gurzi bilan urilsa, jannat ahliga shirin soʻzlar aytilib, Alloh taoloning yoʻliga hidoyat qilib qoʻyiladi.)

  25. 25

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ٱلَّذِى جَعَلْنَٰهُ لِلنَّاسِ سَوَآءً ٱلْعَٰكِفُ فِيهِ وَٱلْبَادِ ۚ وَمَن يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍۭ بِظُلْمٍۢ نُّذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍۢ

    Kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qoʻyganimiz Masjidul Haromdan toʻsganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yoʻlga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottiramiz.

  26. 26

    وَإِذْ بَوَّأْنَا لِإِبْرَٰهِيمَ مَكَانَ ٱلْبَيْتِ أَن لَّا تُشْرِكْ بِى شَيْـًۭٔا وَطَهِّرْ بَيْتِىَ لِلطَّآئِفِينَ وَٱلْقَآئِمِينَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ

    Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda rukuʼ, sujud qilguvchilar uchun poklagin.

  27. 27

    وَأَذِّن فِى ٱلنَّاسِ بِٱلْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًۭا وَعَلَىٰ كُلِّ ضَامِرٍۢ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍۢ

    Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yoʻllardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.

  28. 28

    لِّيَشْهَدُوا۟ مَنَٰفِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ فِىٓ أَيَّامٍۢ مَّعْلُومَٰتٍ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَٰمِ ۖ فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْبَآئِسَ ٱلْفَقِيرَ

    Va oʻzlariga boʻladigan manfaatlarga shohid boʻlsinlar. Maʼlum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (soʻyishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.

  29. 29

    ثُمَّ لْيَقْضُوا۟ تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُوا۟ نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُوا۟ بِٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ

    Soʻngra oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla. (Baytullohning egasi Alloh taolo tomonidan, uning quruvchisi Ibrohim alayhissalomga aytilayotgan bu sifatlar Quraysh kofirlarida emas, musulmonlarda mavjud. Demak, Baytullohga, Masjidul Haromga Quraysh kofirlari emas, musulmonlar haqlidirlar. Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir. Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib boʻlsa ham, kelsinlar. Yoʻl uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham, kelsinlar. Hajga keluvchilar, avvalo, Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda boʻladi, oʻzaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Haj mavsumning avji, iyd kunlari boʻlib, unda zikr qurbonlik soʻyish jarayonida yana avjlanadi. Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan oʻzi yesa ham boʻladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham boʻladi Qurbonlik qilib boʻlganidan keyin, hojiga ehromdan chiqishga ruxsat boʻladi, ehrom vaqtida mumkin boʻlmagan soch oldirish yoki qisqartirishga, qoʻltiq ostidagi va boshqa joylardagi tuklarni, tirnoqlarni olishga izn beriladi. Hoji bu ishlarni bajarib, yuvinib-taranadi. Oyatda«... oʻzlaridagi kirlarni ketkazsinlar...» deyishdan maqsad shu. «Qadimgi uy»dan murod Kaʼbatulloh. Bu tavofni farz tavof, ifoza tavofi, deyiladi. Bu tavofsiz haj haj boʻlmaydi. Shuni ado etishlik bilan haj ibodati ham tugaydi.)

  30. 30

    ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ حُرُمَٰتِ ٱللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌۭ لَّهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ ٱلْأَنْعَٰمُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱجْتَنِبُوا۟ ٱلرِّجْسَ مِنَ ٱلْأَوْثَٰنِ وَٱجْتَنِبُوا۟ قَوْلَ ٱلزُّورِ

    Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning oʻzi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq boʻling va yolgʻon soʻzdan yiroq boʻling.

  31. 31

    حُنَفَآءَ لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِۦ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَتَخْطَفُهُ ٱلطَّيْرُ أَوْ تَهْوِى بِهِ ٱلرِّيحُ فِى مَكَانٍۢ سَحِيقٍۢ

    Allohga boʻlgan iymondan ogʻmang, Unga shirk keltirguvchi boʻlmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u goʻyoki osmondan qulab tushganu uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir. (Inson iymonga erishganda, yuqori martabalarga erishgan boʻladi, kimki oʻsha yuksak martabani xohlamay, Allohga shirk keltirsa, xuddi osmondan qulab tushgan kabi boʻladi.)

  32. 32

    ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى ٱلْقُلُوبِ

    Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulugʻlasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir. (Ushbu oyat maʼnosida «nishonlar» deb tarjima qilgan ibora Qurʼoni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «shaʼiyra» soʻzining jami–koʻpligi, nishon, belgi, alomat maʼnolarini bildiradi. Bu soʻz Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh–Allohning nishonlari», deyilganda esa, Allohning dini, Islomning koʻzga koʻringan, shon-shavkati alomati boʻlgan ibodatlar koʻzda tutiladi. Ushbu oyati karimada esa, qurbonlikka soʻyiladigan katta hayvonlar koʻzda tutilmoqda.)

  33. 33

    لَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ مُّسَمًّۭى ثُمَّ مَحِلُّهَآ إِلَى ٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ

    Sizga u(nishon)larda maʼlum vaqtgacha manfaatlar bordir. Soʻngra ularni (soʻyish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.

  34. 34

    وَلِكُلِّ أُمَّةٍۢ جَعَلْنَا مَنسَكًۭا لِّيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَٰمِ ۗ فَإِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ فَلَهُۥٓ أَسْلِمُوا۟ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُخْبِتِينَ

    Har bir ummatga ularga chorva hayvonlarini rizq qilib berganiga Allohning ismini eslashlari uchun qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon boʻling. Itoatli, mutavozeʼlarga bashorat ber.

  35. 35

    ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَٱلصَّٰبِرِينَ عَلَىٰ مَآ أَصَابَهُمْ وَٱلْمُقِيمِى ٱلصَّلَوٰةِ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va oʻzlariga yetgan musibatga sabr qilguvchilar hamda namozni toʻkis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qilarlar.

  36. 36

    وَٱلْبُدْنَ جَعَلْنَٰهَا لَكُم مِّن شَعَٰٓئِرِ ٱللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌۭ ۖ فَٱذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا صَوَآفَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْقَانِعَ وَٱلْمُعْتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَٰهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bogʻliq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambagʻallarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydik. Shoyadki shukr qilsangiz.

  37. 37

    لَن يَنَالَ ٱللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَآؤُهَا وَلَٰكِن يَنَالُهُ ٱلتَّقْوَىٰ مِنكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا۟ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Ularning goʻshtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmaydir. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga boʻyinsundirib qoʻydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber. (Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Banda Allohni qancha ulugʻlasa, shuncha oz. Birgina hidoyatga boshlab qoʻygani uchun qancha takbir aytsa, oz. Qurbonlik qilish ham, Allohning yoʻlida har qanday qurbonlik berishga tayyor ekanini koʻrsatish ham oʻsha hidoyat uchun Alloh taoloni ulugʻlashdir.)

  38. 38

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُدَٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانٍۢ كَفُورٍ

    Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qiladir. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush koʻrmas.

  39. 39

    أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَٰتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا۟ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ

    Oʻzlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani uchun (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir. (Demak, kofirlar avval musulmonlarga qarshi urush ochgan. Musulmonlar hujumga va zulmga uchraganlar. Endi ular oʻzlarini himoya qilmasalar, boʻlmaydi. Kofirlar ularni yoʻq qilib yuborishlari mumkin. Musulmonlar urushga kirsalar, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.)

  40. 40

    ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَٰرِهِم بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّآ أَن يَقُولُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍۢ لَّهُدِّمَتْ صَوَٰمِعُ وَبِيَعٌۭ وَصَلَوَٰتٌۭ وَمَسَٰجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا ٱسْمُ ٱللَّهِ كَثِيرًۭا ۗ وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ

    Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun oʻz diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan boʻlur edi. Albatta, Alloh Oʻziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va gʻolibdir.

  41. 41

    ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُوا۟ بِٱلْمَعْرُوفِ وَنَهَوْا۟ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ

    Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻkis ado etarlar, zakotni berarlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytararlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir. (Oyati karimadagi «Ularga yer yuzida imkon bersak» jumlasidan «makon bersak» maʼnosi ham tushuniladi. Bunga qoʻshimcha «yer yuzida nusrat, gʻalaba bersak» maʼnolari ham chiqadi. Diyorlaridan «Robbimiz Alloh» deganlari uchun chiqarilgan musulmonlarga yer yuzida makon, nusrat, gʻalaba–imkon bersak: Xovliqib ketmaydilar, balki Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladilar, u bilan bogʻlanishni kuchaytiradilar. Alloh xohlagan oqibatini keltirib chiqaradi. Xohlasa, magʻlubiyatni ham gʻalabaga aylantirib yuboradi.)

  42. 42

    وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍۢ وَعَادٌۭ وَثَمُودُ

    Agar seni yolgʻonchi qilayotgan boʻlsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolgʻonchi qilgan edilar.

  43. 43

    وَقَوْمُ إِبْرَٰهِيمَ وَقَوْمُ لُوطٍۢ

    Ibrohim qavmi, Lut qavmi.

  44. 44

    وَأَصْحَٰبُ مَدْيَنَ ۖ وَكُذِّبَ مُوسَىٰ فَأَمْلَيْتُ لِلْكَٰفِرِينَ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Madyan egalari ham. Va Muso ham yolgʻonchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, soʻngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?! (Albatta, oʻta shiddatli boʻldi. Oʻta qoʻrqinchli boʻldi. Oʻsha kofir, jinoyatchi, Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqargan qavmlarning baʼzilarini toʻfon azobi tutdi. Baʼzilarini yer yutdi, zilzila va boshqa azoblarga duchor boʻldilar.)

  45. 45

    فَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌۭ فَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَبِئْرٍۢ مُّعَطَّلَةٍۢ وَقَصْرٍۢ مَّشِيدٍ

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi boʻlgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).

  46. 46

    أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌۭ يَعْقِلُونَ بِهَآ أَوْ ءَاذَانٌۭ يَسْمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى ٱلْأَبْصَٰرُ وَلَٰكِن تَعْمَى ٱلْقُلُوبُ ٱلَّتِى فِى ٱلصُّدُورِ

    Axir, yer yuzida aylanib yurmaydimilarki, ularga aql etadigan qalblar, eshitadigan quloqlar boʻlsin. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmas, koʻksilardagi qalblar koʻr boʻlur. (Oʻsha kofirlar yer yuzida aylanib yurganlarida, oʻtgan kofirlardan qolgan asarlarni koʻrar edilar. Ularni koʻrib, tafakkur qilganlarida qalblari taʼsirlanib, aqllari kirar edi. Odamlardan oʻtgan zolim kofir qavmlar nima uchun va qanday qilib halokatga uchraganlari haqidagi rivoyatlarni eshitar, ulardan ibrat olar edilar.)

  47. 47

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ ۚ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍۢ مِّمَّا تَعُدُّونَ

    Ular sendan azobning tezroq kelishini soʻrarlar. Holbuki, Alloh vaʼdasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun, siz sanaydigan ming yildekdir. (Modomiki kofirlarga azob yuborishni vaʼda qildimi, ularga Allohning azobi, albatta, keladi. Shoshilmay tursinlar. Azobni qachon yuborishni Allohning Oʻzi biladi. Alloh taolo hech shoshilmaydi. «Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir». Shuning uchun ham U zot shoshilmaydi.)

  48. 48

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَمْلَيْتُ لَهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌۭ ثُمَّ أَخَذْتُهَا وَإِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi boʻlgan holida ham muhlat berdim. Soʻngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat mengaginadir.

  49. 49

    قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَآ أَنَا۠ لَكُمْ نَذِيرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.

  50. 50

    فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga magʻfirat va ikromli rizq bordir.

  51. 51

    وَٱلَّذِينَ سَعَوْا۟ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُو۟لَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi boʻlib, saʼyi-harakat qilganlar, ana oʻshalar jahiym egalaridir.

  52. 52

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍۢ وَلَا نَبِىٍّ إِلَّآ إِذَا تَمَنَّىٰٓ أَلْقَى ٱلشَّيْطَٰنُ فِىٓ أُمْنِيَّتِهِۦ فَيَنسَخُ ٱللَّهُ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَٰنُ ثُمَّ يُحْكِمُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan boʻlsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. Soʻngra Alloh Oʻz oyatlarini mustahkam qilur. Alloh oʻta bilguvchi va hikmatli zotdir. (Lugʻat jihatidan qaraydigan boʻlsak «Tamanniy» soʻzi arab tilida «oliy orzu» (ajNabiy tildagi «ideal») maʼnosini anglatadi. Shuning uchun ham oyati karima maʼnosini tarjima qilishda bu soʻzni shu holda qoldirishni ravo koʻrdik. Ushbu oyati karimada, bu oliy orzu boshqa Rasul va Nabiylarda ham boʻlganligi, bu koʻproq shayton tomonidan notoʻgʻri fikr yoki holatlarga olib borishi mumkinligi, ammo Alloh doimo Oʻzi Paygʻambarlarni bundan saqlab kelganligi aytilmoqda. Ushbu holat Paygʻambarimiz (s. a. v) hayotlarida bir necha marta koʻrilgan.)

  53. 53

    لِّيَجْعَلَ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَٰنُ فِتْنَةًۭ لِّلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌۭ وَٱلْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَفِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍۢ

    Shayton tashlaydigan narsaning qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna boʻlishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.

  54. 54

    وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤْمِنُوا۟ بِهِۦ فَتُخْبِتَ لَهُۥ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Ilm berilganlar u(Qurʼon) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bogʻlanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilguvchidir.

  55. 55

    وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى مِرْيَةٍۢ مِّنْهُ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً أَوْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَقِيمٍ

    Kufr keltirganlar, ularga (qiyomat) soati toʻsatdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qurʼon)dan shubhada boʻlishda davom eturlar. (Kofirlar qiyomatgacha Qurʼoni Karim Allohdan kelgan haq ekaniga shubhada boʻladilar. Shuning uchun iymon keltirmaydilar. Lekin bu bilan faqat oʻzlariga ziyon qiladilar, xolos.)

  56. 56

    ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍۢ لِّلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Oʻsha kunda hukmronlik (yolgʻiz) Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu neʼmat jannatlaridadirlar.

  57. 57

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا فَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar esa, bas, ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.

  58. 58

    وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوٓا۟ أَوْ مَاتُوا۟ لَيَرْزُقَنَّهُمُ ٱللَّهُ رِزْقًا حَسَنًۭا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

    Alloh yoʻlida hijrat qilganlar, soʻngra oʻldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh goʻzal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir. (Hijrat Alloh yoʻlida vatandan, qarindosh-urugʻdan, molu dunyodan, turli qulayliklardan uzoqda boʻlishdir. Hijrat barcha Paygʻambarlar, ulugʻ zotlar boshidan oʻtkazgan holatdir. Islomda esa, Islom Paygʻambari Muhammad (s. a. v.) va u kishining safdoshlari–sahobalarning bir qismi hayotidagi katta sinovdir. Alloh taolo ularning Makkadan Madinaga qilgan hijratlaridan soʻng Islomga fathu futuh, shonu shavkat berdi.)

  59. 59

    لَيُدْخِلَنَّهُم مُّدْخَلًۭا يَرْضَوْنَهُۥ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمٌۭ

    Albatta, U zot ularni oʻzlari rozi boʻladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va halim zotdir.

  60. 60

    ۞ ذَٰلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِۦ ثُمَّ بُغِىَ عَلَيْهِ لَيَنصُرَنَّهُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌۭ

    Ish bundoq. Kim oʻziga iqob qilinganiga oʻxshash iqob qilsayu, soʻngra unga yana zoʻravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh avfli va magʻfiratli zotdir. (Birov zulmga uchrab, boshqa bir kishi tomonidan iqobga uchrasa, qasos olish tariqasida oʻsha zolimdan oʻziga qilingan iqob darajasida oʻch olsayu, soʻngra unga yana tajovuz qilinsa, oʻsha odamga Alloh yordam beradi. Chunki u zulm qilmayapti, haddidan oshmayapti, faqat oʻz haqqini talab qilyapti. Boshqa tomon esa, avval nohaqdan tajovuzkorlik qilgan edi. Tajovuziga yarasha javob kelganida, tushunib oʻzini tiyishi kerak edi. Ammo u yana tajovuzkorlik qildi.)

  61. 61

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌۭ

    Chunki Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi zotdir. (Doimiy suvratda kecha kunduzga, kunduz kechaga kirib turadi. Buni Allohga kufr keltirib, gerdayib yurgan odamlar ham, boshqalari ham qila olmaydi. Buni faqat Alloh taologina qiladi. Allohning bu ishini birov toʻxtata olmaganidek, u zotning mazlumlarga nusrat berishini ham toʻxtata olmaydi.)

  62. 62

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ هُوَ ٱلْبَٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

    Chunki Allohning Oʻzigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.

  63. 63

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَتُصْبِحُ ٱلْأَرْضُ مُخْضَرَّةً ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌۭ

    Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil boʻlishini koʻrmadingmi?! Albatta, Alloh oʻta lutfli va xabardor zotdir.

  64. 64

    لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning Oʻzigina behojat va maqtalgan zotdir. (Alloh taolo osmonlaru yerdagi narsalarga ega boʻlganidan, U zotning hech bir narsaga hojati yoʻq. Shunday ham maqtalgan, hamdu sano egasi boʻlgan zotdir. Oʻzidan boshqa yordamchiga Uning hojati boʻlmaganidek, birovning maqtoviga ham hojati yoʻqdir.)

  65. 65

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ وَيُمْسِكُ ٱلسَّمَآءَ أَن تَقَعَ عَلَى ٱلْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Alloh yerdagi narsalarni, dengizda Oʻz izni ila yuradigan kemani sizlarga boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir. (Insof bilan fikr ishlatib qaralsa, Alloh taolo yer yuzidagi hamma narsalarni inson foydasi uchun, unga boʻysunadigan, unga beminnat xizmat qiladigan qilib qoʻygan. Havodan tortib, toshu toqqacha, nabototu jamodot, katta-kichik jonzotlar, hamma-hammasi inson uchun xizmatkor. Ularning evaziga insondan haq talab qilinmaydi.)

  66. 66

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَكَفُورٌۭ

    Sizlarni tiriltirgan, keyin oʻldiradigan, soʻngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning Oʻzidir. Albatta, inson oʻta noshukrdir. (Insonga hayot berib, uni yoʻqdan bor qilgan kim?! Albatta, Alloh! Ana shu zotga shukr qilib, Unga iymon keltirib, Uning ibodatini qilsa, boʻlmasmidi?! Bu dunyoda yashab yurgan insonni oʻldiradigan kim?! Albatta, Alloh! Oʻlganlarni qiyomat kuni qayta tiriltiradigan, ularni soʻroq-savolga tutadigan, qilganiga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson oʻsha kunga tayyorgarlik koʻrsa boʻlmasmidi?! «Albatta, inson oʻta noshukrdir». Shuning uchun ham Allohga kufr keltiradi. Unga isyon qiladi. Uning koʻrsatgan yoʻlidan yurmaydi.)

  67. 67

    لِّكُلِّ أُمَّةٍۢ جَعَلْنَا مَنسَكًا هُمْ نَاسِكُوهُ ۖ فَلَا يُنَٰزِعُنَّكَ فِى ٱلْأَمْرِ ۚ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ إِنَّكَ لَعَلَىٰ هُدًۭى مُّسْتَقِيمٍۢ

    Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular oʻshanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga daʼvat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.

  68. 68

    وَإِن جَٰدَلُوكَ فَقُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.

  69. 69

    ٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

    Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa boʻyicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.

  70. 70

    أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ إِنَّ ذَٰلِكَ فِى كِتَٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌۭ

    Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana oʻsha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?! (Ushbu oyatdagi savol iqror qildirish maʼnosidadir. Yaʼni, bilar eding-ku, deyilmoqda. Oyati karimadagi «kitob»dan murod «Lavhul mahfuz»dir. Demak, hukm qilish Alloh taolo uchun hech narsa emas.)

  71. 71

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًۭا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِۦ عِلْمٌۭ ۗ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍۢ

    Ular Allohni qoʻyib, U zot haqlarida biron hujjat tushirmagan, oʻzlarida u haqda ilm boʻlmagan narsaga ibodat qiladilar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yoʻqdir.

  72. 72

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ تَعْرِفُ فِى وُجُوهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلْمُنكَرَ ۖ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِٱلَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا ۗ قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرٍّۢ مِّن ذَٰلِكُمُ ۗ ٱلنَّارُ وَعَدَهَا ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni koʻrursan. Ular oʻzlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga vaʼda qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», deb ayt.

  73. 73

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌۭ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخْلُقُوا۟ ذُبَابًۭا وَلَوِ ٱجْتَمَعُوا۟ لَهُۥ ۖ وَإِن يَسْلُبْهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيْـًۭٔا لَّا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَٱلْمَطْلُوبُ

    Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qoʻyib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan oʻshani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz boʻldi. (Boshqa katta jonzotlarni qoʻysinlar-u, eng kichik, eng haqir, eng ahamiyatsiz koʻringan pashshani yaratishga urinib koʻrsinlar. Yarata olmaslar. Xoʻsh, endi bir dona pashshani yarata olmagan butga qanday qilib topinish, sigʻinish, aytganini (agar aytolsa,) qilish mumkin? Aslo mumkin emas. Umuman aqlga, mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Pashsha juda zaif, haqir jon. Ammo, u sabab boʻlib baʼzi bir kasalliklarni tashib keltirsa, hammasi toʻplanib, harakat qilsa ham, oʻsha kasallikdan zarar koʻrayotganni yoki oʻlayotganni qutqarib qololmaydilar. Buni hamma hayotda koʻrgan. «Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz boʻldi». Yaʼni, Allohdan oʻzganing ibodatini talab qiluvchi ham, ibodati talab qilingan narsalar ham ojizdirlar. Biron narsa qoʻllaridan kelmas.)

  74. 74

    مَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ

    Ular Allohning qadrini joyiga qoʻymadilar. Albatta, Alloh kuchli va azizdir. (Yaʼni, ular yolgʻiz Allohning Oʻziga eʼtiqod qilishlari, faqat Ungagina ibodat qilishlari lozim edi. Ammo ular Allohning qadrini bilmadilar, unga shirk keltirdilar, Undan oʻzgalarga topindilar.)

  75. 75

    ٱللَّهُ يَصْطَفِى مِنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلًۭا وَمِنَ ٱلنَّاسِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌۭ

    Alloh farishtalardan va odamlardan Paygʻambarlar tanlar. Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va koʻrguvchidir.

  76. 76

    يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolgʻiz Allohgagina qaytarilur.

  77. 77

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱرْكَعُوا۟ وَٱسْجُدُوا۟ وَٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱفْعَلُوا۟ ٱلْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ۩ ۩

    Ey iymon keltirganlar! Rukuʼ, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki najot topsangiz.

  78. 78

    وَجَٰهِدُوا۟ فِى ٱللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِۦ ۚ هُوَ ٱجْتَبَىٰكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلدِّينِ مِنْ حَرَجٍۢ ۚ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَٰهِيمَ ۚ هُوَ سَمَّىٰكُمُ ٱلْمُسْلِمِينَ مِن قَبْلُ وَفِى هَٰذَا لِيَكُونَ ٱلرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا۟ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ ۚ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱعْتَصِمُوا۟ بِٱللَّهِ هُوَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ فَنِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ

    Va Alloh (yoʻlida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu(Qurʼon)da Paygʻambar sizlarga guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar boʻlishingiz uchun musulmonlar deb nomladi. Bas, namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bogʻlaninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi. (Suraning oxiridagi ushbu ikki oyatda Alloh taolo Islom ummatiga nido qilmoqda. Bu nido musulmonlarga eng mahbub murojaat bilan «Ey iymon keltirganlar», deb boshlamoqda. Bu nido oʻzidan keyin keladigan amrlarni alohida koʻtarinki ruhda ado etishga undaydi. Undan keyin kelayotgan amrlar esa, rukuʼ, sajda qilmoqlikdir.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.