Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 21 · Makkiy · 112 Oyatlar

Sura Anbiyo

Paygʻambarlar

سورة الأنبياء
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍۢ مُّعْرِضُونَ

    Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, gʻaflatda, yuz oʻgiruvchi boʻlgan hollarida.

  2. 2

    مَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍۢ مِّن رَّبِّهِم مُّحْدَثٍ إِلَّا ٱسْتَمَعُوهُ وَهُمْ يَلْعَبُونَ

    Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, faqat uni oʻynayotgan hollarida tinglarlar.

  3. 3

    لَاهِيَةًۭ قُلُوبُهُمْ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّجْوَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ هَلْ هَٰذَآ إِلَّا بَشَرٌۭ مِّثْلُكُمْ ۖ أَفَتَأْتُونَ ٱلسِّحْرَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ

    Qalblari gʻofil boʻlib. Zulm qilganlar oʻzaro: «Bu oʻzimizga oʻxshagan bashardan oʻzga emas-ku. Oʻzingiz koʻrib turib sehrga kelasizmi?» deb pichirlasharlar.

  4. 4

    قَالَ رَبِّى يَعْلَمُ ٱلْقَوْلَ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    U: «Robbim osmonu yerdagi soʻzni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi zotdir», dedi.

  5. 5

    بَلْ قَالُوٓا۟ أَضْغَٰثُ أَحْلَٰمٍۭ بَلِ ٱفْتَرَىٰهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌۭ فَلْيَأْتِنَا بِـَٔايَةٍۢ كَمَآ أُرْسِلَ ٱلْأَوَّلُونَ

    Ular: «Balki algʻov-dalgʻov tushlardir, balki oʻzi uydirib olgandir, balki u shoirdir. Bas, bizga avvalgilar yuborilganidek, moʻʼjiza keltirsin», dedilar.

  6. 6

    مَآ ءَامَنَتْ قَبْلَهُم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَآ ۖ أَفَهُمْ يُؤْمِنُونَ

    Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?! (Ulardan oldin lol qoldiruvchi moʻʼjiza keltirishni talab qilganlardan birortasi ham iymonga kelmadi. shuning uchun hammasini halok qildik. Endi ular iymonga kelarmidilar?!

  7. 7

    وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ إِلَّا رِجَالًۭا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ۖ فَسْـَٔلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Paygʻambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz zikr ahllaridan soʻrang. (Bashar Paygʻambar boʻlmaydi, deb daʼvo qilayotgan, ey kofir-mushriklar, agar Paygʻambarlar bashar ekanini bilmasangiz zikr-ilm egalaridan, ahli kitoblardan soʻrang.)

  8. 8

    وَمَا جَعَلْنَٰهُمْ جَسَدًۭا لَّا يَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَمَا كَانُوا۟ خَٰلِدِينَ

    Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yoʻq. Ular abadiy qolguvchi ham boʻlgan emaslar.

  9. 9

    ثُمَّ صَدَقْنَٰهُمُ ٱلْوَعْدَ فَأَنجَيْنَٰهُمْ وَمَن نَّشَآءُ وَأَهْلَكْنَا ٱلْمُسْرِفِينَ

    Soʻngra ularga (bergan) vaʼdamiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda oʻzimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik. (Keyin Paygʻambarlarga bergan vaʼdamiz ustidan chiqdik, ularga ergashgan moʻminlarga najot va fathu nusrat berdik. Isrofchilarni, kofir boʻlganlarni halok etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.)

  10. 10

    لَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ كِتَٰبًۭا فِيهِ ذِكْرُكُمْ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?!. (Zikringiz-sharafingiz bor. Odamlar aqlnini ishlatishlari lozim. Yana Qurʼonga qaytib, unga amal qilmoqlari shart.)

  11. 11

    وَكَمْ قَصَمْنَا مِن قَرْيَةٍۢ كَانَتْ ظَالِمَةًۭ وَأَنشَأْنَا بَعْدَهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ

    Biz zolim boʻlgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.

  12. 12

    فَلَمَّآ أَحَسُّوا۟ بَأْسَنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَرْكُضُونَ

    Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.

  13. 13

    لَا تَرْكُضُوا۟ وَٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰ مَآ أُتْرِفْتُمْ فِيهِ وَمَسَٰكِنِكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْـَٔلُونَ

    Qochmanglar! Maishatparsatlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali ehtimol soʻralursizlar.

  14. 14

    قَالُوا۟ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ

    Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim boʻlgan ekanmiz», dedilar.

  15. 15

    فَمَا زَالَت تِّلْكَ دَعْوَىٰهُمْ حَتَّىٰ جَعَلْنَٰهُمْ حَصِيدًا خَٰمِدِينَ

    Ularning oʻsha dod-voylari, Biz ularni oʻrilgan oʻtday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom boʻldi.

  16. 16

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَٰعِبِينَ

    Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻyin uchun yaratganimiz yoʻq. (Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, oʻyin uchun yaratilmaydi. Behudaga shunchalik urinishning keragi yoʻq. Maqsad oʻyin boʻlsa, shunga mosroq narsa yaratilar edi.)

  17. 17

    لَوْ أَرَدْنَآ أَن نَّتَّخِذَ لَهْوًۭا لَّٱتَّخَذْنَٰهُ مِن لَّدُنَّآ إِن كُنَّا فَٰعِلِينَ

    Agar Biz koʻngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi boʻlganimizda ham, Oʻz tomonimizdan tutar edik.

  18. 18

    بَلْ نَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَى ٱلْبَٰطِلِ فَيَدْمَغُهُۥ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌۭ ۚ وَلَكُمُ ٱلْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ

    Yoʻq, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Koʻribsanki, u(botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.

  19. 19

    وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَنْ عِندَهُۥ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَلَا يَسْتَحْسِرُونَ

    Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.

  20. 20

    يُسَبِّحُونَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لَا يَفْتُرُونَ

    Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.

  21. 21

    أَمِ ٱتَّخَذُوٓا۟ ءَالِهَةًۭ مِّنَ ٱلْأَرْضِ هُمْ يُنشِرُونَ

    Yoki ular yerdan xudolar tutdilaru oʻshalar tiriltirurlarmi?

  22. 22

    لَوْ كَانَ فِيهِمَآ ءَالِهَةٌ إِلَّا ٱللَّهُ لَفَسَدَتَا ۚ فَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan oʻzga «xudo»lar boʻlganida, buzulib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir. (Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga boʻysunadi. Shu bois ham hadsiz-hisobsiz boʻlishiga qaramay, borliqda qoyil qolarlik darajada nizom va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan, uni idora qilib turgan zot bittadan koʻp boʻlsa, oʻsha zotlarning irodasi bir-biri bilan, albatta, toʻqnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kelib chiqar, jipslik yoʻqolar va nizom buzilar edi. Modomiki borliq bir nizomda turibdimi, mutanosibmi, demak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta.)

  23. 23

    لَا يُسْـَٔلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْـَٔلُونَ

    U qilgan narsasidan soʻralmas. Holbuki, ular soʻralurlar.

  24. 24

    أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةًۭ ۖ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ ۖ هَٰذَا ذِكْرُ مَن مَّعِىَ وَذِكْرُ مَن قَبْلِى ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْحَقَّ ۖ فَهُم مُّعْرِضُونَ

    Yoki undan oʻzga «xudo»lar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yoʻq, ularning koʻplari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz oʻgirguvchidirlar. (Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib koʻrganda, Alloh taoloning sherigi boʻlishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?)

  25. 25

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِىٓ إِلَيْهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعْبُدُونِ

    Sendan ilgari yuborgan har bir Paygʻambarga: «Albatta, Mendan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻq. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.

  26. 26

    وَقَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَٰنُ وَلَدًۭا ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ۚ بَلْ عِبَادٌۭ مُّكْرَمُونَ

    Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yoʻq! Ikrom etilgan bandalardirlar. (Yaʼni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dedilar. Alloh bu nuqsondan pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridair.)

  27. 27

    لَا يَسْبِقُونَهُۥ بِٱلْقَوْلِ وَهُم بِأَمْرِهِۦ يَعْمَلُونَ

    Ular undan oldin soʻz aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.

  28. 28

    يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ٱرْتَضَىٰ وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِۦ مُشْفِقُونَ

    U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham biladir. Ular faqat u zot rozi boʻlgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular u zotning qoʻrqinchidan titragan holda tururlar.

  29. 29

    ۞ وَمَن يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّىٓ إِلَٰهٌۭ مِّن دُونِهِۦ فَذَٰلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ

    Ulardan kim: «Men undan oʻzga ilohman», desa, bas, oʻshani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.

  30. 30

    أَوَلَمْ يَرَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ كَانَتَا رَتْقًۭا فَفَتَقْنَٰهُمَا ۖ وَجَعَلْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ ۖ أَفَلَا يُؤْمِنُونَ

    Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan boʻlgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon keltirmaydilarmi? (Oyati karima maʼnosi xususida tafsirchilar bir necha xil maʼnolar aytganlar. Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abboslardan (r. a.) rivoyat qilingan boʻlib, osmon yopiq edi, Biz uni ochdik va yomgʻir-qor yogʻdirdik, oqibatda oʻsha suv ila hamma tirik narsalar paydo boʻldi, degan maʼno chiqadi. Ikkinchisi, unga koʻra osmonlaru yer yoʻq edi, ularni Biz yaratdik, soʻngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, maʼnosi boʻladi. Uchinchisi, Hasan, Qatodalardan (r. a.) rivoyat qilingan boʻlib, osmonlaru yer bir-biriga bitishgan bir narsa edi, ularning orasini Biz ochdik, soʻngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, maʼnosi bor. Toʻrtinchisi hozirgi zamon baʼzi tafsirchilarning fikrlari boʻlib: osmonu yer, yulduzlaru quyosh hamma-hammasi bir butun edi, Allohning irodasi ila koʻp aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib, alohida-alohida boʻlib ketdi: quyosh alohida, yer alohida, oy alohida, yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham; suvdan esa, barcha tirik narsalar, inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi. Bular, oyati karimaning maʼnosini tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy maʼnosini Allohning Oʻzi biladi.)

  31. 31

    وَجَعَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجًۭا سُبُلًۭا لَّعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ

    Biz yerda ularni tebranmasliklari uchun togʻlar qildik va shoyadki toʻgʻri yoʻl topsalar, deb unda daralar, yoʻllar qildik.

  32. 32

    وَجَعَلْنَا ٱلسَّمَآءَ سَقْفًۭا مَّحْفُوظًۭا ۖ وَهُمْ عَنْ ءَايَٰتِهَا مُعْرِضُونَ

    Va osmonni saqlagan shift qilib qoʻydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz oʻgirguvchi boʻlmoqdalar.

  33. 33

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّۭ فِى فَلَكٍۢ يَسْبَحُونَ

    U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.

  34. 34

    وَمَا جَعَلْنَا لِبَشَرٍۢ مِّن قَبْلِكَ ٱلْخُلْدَ ۖ أَفَإِي۟ن مِّتَّ فَهُمُ ٱلْخَٰلِدُونَ

    Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yoʻq. Agar sen oʻlsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?

  35. 35

    كُلُّ نَفْسٍۢ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَنَبْلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَٱلْخَيْرِ فِتْنَةًۭ ۖ وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

    Har bir jon oʻlimni tatib koʻrguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda bizgagina qaytarilursiz.

  36. 36

    وَإِذَا رَءَاكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِى يَذْكُرُ ءَالِهَتَكُمْ وَهُم بِذِكْرِ ٱلرَّحْمَٰنِ هُمْ كَٰفِرُونَ

    Kufr keltirganlar seni koʻrganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga oʻzlari kofirdirlar.

  37. 37

    خُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ مِنْ عَجَلٍۢ ۚ سَأُو۟رِيكُمْ ءَايَٰتِى فَلَا تَسْتَعْجِلُونِ

    Inson shoshqaloq oʻlaroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga Oʻz oyat-alomatlarimni koʻrsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.

  38. 38

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Ular: «Agar sodiq boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladir», derlar.

  39. 39

    لَوْ يَعْلَمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ حِينَ لَا يَكُفُّونَ عَن وُجُوهِهِمُ ٱلنَّارَ وَلَا عَن ظُهُورِهِمْ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

    Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni toʻsa olmaydigan va oʻzlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.

  40. 40

    بَلْ تَأْتِيهِم بَغْتَةًۭ فَتَبْهَتُهُمْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ

    Yoʻq! U ularga toʻsatdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir boʻlmaslar va ularga muhlat ham berilmas.

  41. 41

    وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga oʻzlari masxara etib yurgan narsa tushdi.

  42. 42

    قُلْ مَن يَكْلَؤُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ مِنَ ٱلرَّحْمَٰنِ ۗ بَلْ هُمْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِم مُّعْرِضُونَ

    Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qoʻriydi?» degin. Yoʻq! Ular Robbilari zikridan yuz oʻgirguvchilardir!

  43. 43

    أَمْ لَهُمْ ءَالِهَةٌۭ تَمْنَعُهُم مِّن دُونِنَا ۚ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَ أَنفُسِهِمْ وَلَا هُم مِّنَّا يُصْحَبُونَ

    Yoki ularning Bizdan oʻzga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular oʻzlariga ham yordam berishga qodir boʻla olmaslar va Bizdan doʻstlik topmaslar. (Doʻstlik topganlarida himoyamizga oʻtishlari mumkin edi. Lekin zinhor bizdan doʻstlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar. Kofirlar esa, buni oʻylab ham koʻrmaydilar. Qachon va qayerda soxta xudolari ularga homiy boʻlibdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?)

  44. 44

    بَلْ مَتَّعْنَا هَٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۗ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَآ ۚ أَفَهُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ

    Balki Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto ularga umr uzun koʻrindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni koʻrmaydilarmi?! Gʻolib kelguvchi ularmi? (Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla maʼnosi haqida bir necha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, yerning atrofidan qisqartirilishi–kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kengayib borishi, deganlar. Mujohid va Ikrimalar (r. a.), yerning atrofidan qisqarishi–xarob boʻlishi, deyishgan. Al-Afviy Ibn Abbosdan (r. a.) qilgan rivoyatda esa, barakasining qisqarishi, deyilgan. Ash-Shaʼbiy, agar yer qisqaradigan boʻlsa, unga sigʻmay qolar eding, lekin jonlar va meva-cheva, hosillar qisqaradi, degan. Ikrima (r. a.) ham, agar yer qisqarganida, oʻtirgani joy topa olmay qolar eding, qisqarish oʻlimdir, deb aytgan. Keyingi davr tafsirchilari esa, rohat-farogʻatda yashagan, yerning turli atroflarida gʻolib boʻlib, oʻzining soʻzini oʻtkazib turgan davlatlar va xalqlar bahramandlikdan hovliqib ketib, hadlaridan oshganlarida, nuqsonga duchor qilinishlari–qisqartirilishlaridir, deydilar. Ushbu maʼnolar bir-birini toʻldirib keladi. Har bir tafsirchi olim oʻz zamonasidagi voqelikdan, oʻz tushunchasidan kelib chiqib maʼno aytgan boʻladi.)

  45. 45

    قُلْ إِنَّمَآ أُنذِرُكُم بِٱلْوَحْىِ ۚ وَلَا يَسْمَعُ ٱلصُّمُّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا مَا يُنذَرُونَ

    Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantirurman. Gunglar ogohlantirilganlarida daʼvatni eshitmaslar», degin.

  46. 46

    وَلَئِن مَّسَّتْهُمْ نَفْحَةٌۭ مِّنْ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ

    Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatda biz zolimlar boʻlgan ekanmiz», derlar.

  47. 47

    وَنَضَعُ ٱلْمَوَٰزِينَ ٱلْقِسْطَ لِيَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌۭ شَيْـًۭٔا ۖ وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍۢ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَٰسِبِينَ

    Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qoʻyurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi ogʻirligicha boʻlsa ham, keltirurmiz. Hisobchilikda Oʻzimiz kifoya qilurmiz.

  48. 48

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ ٱلْفُرْقَانَ وَضِيَآءًۭ وَذِكْرًۭا لِّلْمُتَّقِينَ

    Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik. (Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horunlarga alayhissalom berganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand boʻlish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor boʻlish kerak. Betavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand boʻla olmaydilar.)

  49. 49

    ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَهُم مِّنَ ٱلسَّاعَةِ مُشْفِقُونَ

    Ular Robbilaridan gʻoyibona qoʻrqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.

  50. 50

    وَهَٰذَا ذِكْرٌۭ مُّبَارَكٌ أَنزَلْنَٰهُ ۚ أَفَأَنتُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ

    Bu, Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi boʻlasizlarmi?!

  51. 51

    ۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَآ إِبْرَٰهِيمَ رُشْدَهُۥ مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِهِۦ عَٰلِمِينَ

    Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik. (Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat berilgan zotlar ichida avvalgilaridan biri edi. Biz unga rushdni bexosdan berganimiz yoʻq. Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, Paygʻambar boʻlishga loyiq zotligini yaxshi bilar edik.)

  52. 52

    إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا هَٰذِهِ ٱلتَّمَاثِيلُ ٱلَّتِىٓ أَنتُمْ لَهَا عَٰكِفُونَ

    Oʻshanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» degan edi.

  53. 53

    قَالُوا۟ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا لَهَا عَٰبِدِينَ

    Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.

  54. 54

    قَالَ لَقَدْ كُنتُمْ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمْ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.

  55. 55

    قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا بِٱلْحَقِّ أَمْ أَنتَ مِنَ ٱللَّٰعِبِينَ

    Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki oʻyin qilguvchilardanmisan?» dedilar.

  56. 56

    قَالَ بَل رَّبُّكُمْ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلَّذِى فَطَرَهُنَّ وَأَنَا۠ عَلَىٰ ذَٰلِكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ

    U: «Yoʻq! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.

  57. 57

    وَتَٱللَّهِ لَأَكِيدَنَّ أَصْنَٰمَكُم بَعْدَ أَن تُوَلُّوا۟ مُدْبِرِينَ

    Allohga qasamki, sizlar ortga oʻgirilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi. (Yaʼni, Ibrohim alayhissalom oʻzlari bilan tortishayotgan qavmlariga, ularning sanamlariga bir yomonlik yetkazishlari aniqligini qasam ila taʼkidlab aytdilar. Ammo nima qilishlarini ochiq-oydin aytmadilar. Arab tilida «sanam» deb bosh qismi inson shakliga oʻxshatib ishlangan butlarga aytiladi.)

  58. 58

    فَجَعَلَهُمْ جُذَٰذًا إِلَّا كَبِيرًۭا لَّهُمْ لَعَلَّهُمْ إِلَيْهِ يَرْجِعُونَ

    Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki unga qaytsalar, deb qoldirdi. (Mushrik qavm yillik bayramlarida shahardan tashqariga chiqar edi. Ular navbatdagi yillik bayramni nishonlash uchun ketganlarida Ibrohim alayhissalom hamma butlarni parcha-parcha qilib tashladilar va eng katta butga tegmasdan qoldirib qoʻydilar.)

  59. 59

    قَالُوا۟ مَن فَعَلَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَآ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» dedilar.

  60. 60

    قَالُوا۟ سَمِعْنَا فَتًۭى يَذْكُرُهُمْ يُقَالُ لَهُۥٓ إِبْرَٰهِيمُ

    Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.

  61. 61

    قَالُوا۟ فَأْتُوا۟ بِهِۦ عَلَىٰٓ أَعْيُنِ ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَشْهَدُونَ

    Ular: «Uni odamlar koʻzi oldiga olib kelinglar. Shoyadki guvoh boʻlsinlar», dedilar.

  62. 62

    قَالُوٓا۟ ءَأَنتَ فَعَلْتَ هَٰذَا بِـَٔالِهَتِنَا يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ

    Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» dedilar.

  63. 63

    قَالَ بَلْ فَعَلَهُۥ كَبِيرُهُمْ هَٰذَا فَسْـَٔلُوهُمْ إِن كَانُوا۟ يَنطِقُونَ

    U: «Yoʻq, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan boʻlsalar, ulardan soʻrab koʻringlar», dedi.

  64. 64

    فَرَجَعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ فَقَالُوٓا۟ إِنَّكُمْ أَنتُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Bas, ular oʻzlariga keldilar va: «Albatta, sizlar oʻzingiz zolimdirsiz», dedilar. (Ibrohimning alayhissalom mantiqli savollaridan keyin mushriklar oʻzlariga keldilar.)

  65. 65

    ثُمَّ نُكِسُوا۟ عَلَىٰ رُءُوسِهِمْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا هَٰٓؤُلَآءِ يَنطِقُونَ

    Soʻngra yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» dedilar.

  66. 66

    قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْـًۭٔا وَلَا يَضُرُّكُمْ

    U: «Allohni qoʻyib, siz hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!

  67. 67

    أُفٍّۢ لَّكُمْ وَلِمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Sizga ham, Allohni qoʻyib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib koʻrmaysizlarmi?!» dedi.

  68. 68

    قَالُوا۟ حَرِّقُوهُ وَٱنصُرُوٓا۟ ءَالِهَتَكُمْ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ

    Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan boʻlsangiz, xudolaringizga yordam bering!» dedilar. (Yaʼni, Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam boʻladi, dedilar. Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohimni alayhissalom oʻsha gulxanga otdilar.)

  69. 69

    قُلْنَا يَٰنَارُ كُونِى بَرْدًۭا وَسَلَٰمًا عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ

    Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik boʻl!» dedik.

  70. 70

    وَأَرَادُوا۟ بِهِۦ كَيْدًۭا فَجَعَلْنَٰهُمُ ٱلْأَخْسَرِينَ

    Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qoʻydik.

  71. 71

    وَنَجَّيْنَٰهُ وَلُوطًا إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا لِلْعَٰلَمِينَ

    Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik. (Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga va u kishining jiyanlari Lut alayhissalomga najot berdi. Qavmlariga yetgan balodan ularni sogʻ-salomat olib qolib, «olamlar uchun barakali qilgan yer»ga–Shomga yubordi. Darhaqiqat, Shom yeri eng barakali yerlardan hisoblanadi. Barcha Paygʻambarlar oʻsha joydan chiqqan. U yer muqaddas joy. U yurtda Baytul Maqdis joylashgan.)

  72. 72

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ نَافِلَةًۭ ۖ وَكُلًّۭا جَعَلْنَا صَٰلِحِينَ

    Unga Ishoqni hadya etdik va Yaʼqubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.

  73. 73

    وَجَعَلْنَٰهُمْ أَئِمَّةًۭ يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِمْ فِعْلَ ٱلْخَيْرَٰتِ وَإِقَامَ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءَ ٱلزَّكَوٰةِ ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا عَٰبِدِينَ

    Va ularni Oʻz amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar boʻldilar.

  74. 74

    وَلُوطًا ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا وَنَجَّيْنَٰهُ مِنَ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَت تَّعْمَلُ ٱلْخَبَٰٓئِثَ ۗ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍۢ فَٰسِقِينَ

    Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzgʻunchi qavm edilar.

  75. 75

    وَأَدْخَلْنَٰهُ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Va Biz uni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.

  76. 76

    وَنُوحًا إِذْ نَادَىٰ مِن قَبْلُ فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ

    Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.

  77. 77

    وَنَصَرْنَٰهُ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍۢ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ أَجْمَعِينَ

    Unga oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini gʻarq qildik. (Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.)

  78. 78

    وَدَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِى ٱلْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ ٱلْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَٰهِدِينَ

    Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). Oʻshanda u(ekinzor)ga qavmning qoʻyi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid boʻlgan edik. (Oʻz davrining Paygʻambari va podshohi boʻlmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni soʻrab kelishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qoʻylar egasi ekan. «Oʻshanda u (ekinzor)ga qavmning qoʻyi kechasi tarqalib ketgan edi». Kechasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib boʻlib, qoʻylarni ekinzor egasiga berilishiga hukm chiqardilar. Payhon boʻlib yoʻqolgan ekinzor oʻrniga uni payhon qilgan qoʻylarni olib berish ayni adolat edi. Bu hukmdan keyin qaytib ketayotgan qoʻy egasi Sulaymonni alayhissalom koʻrib qolib, boʻlgan hodisani u kishiga aytib berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kirdilar va «Ey Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdek boʻlmasligi kerak edi», dedilar. Dovud alayhissalom: «Qanday boʻlishi kerak edi», dedilar. Sulaymon alayhissalom: «Qoʻyni ekinzor egasiga bering, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qoʻy egasiga bering, uni tuzatib asl holiga keltirsin. Soʻngra har kim oʻz narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kelgandan soʻngra qaytarib oladi. Qoʻy egasi ham qoʻylarini qaytarib oladi», dedilar. Shunda Dovud alayhissalom: «Hukm sen chiqargan hukmdir», dedilar.)

  79. 79

    فَفَهَّمْنَٰهَا سُلَيْمَٰنَ ۚ وَكُلًّا ءَاتَيْنَا حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا ۚ وَسَخَّرْنَا مَعَ دَاوُۥدَ ٱلْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ وَٱلطَّيْرَ ۚ وَكُنَّا فَٰعِلِينَ

    Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb togʻlarni va qushlarni boʻyinsundirib qoʻydik. Shularni qilguvchi boʻlgan Bizmiz.

  80. 80

    وَعَلَّمْنَٰهُ صَنْعَةَ لَبُوسٍۢ لَّكُمْ لِتُحْصِنَكُم مِّنۢ بَأْسِكُمْ ۖ فَهَلْ أَنتُمْ شَٰكِرُونَ

    Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish sanʼatini oʻrgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!

  81. 81

    وَلِسُلَيْمَٰنَ ٱلرِّيحَ عَاصِفَةًۭ تَجْرِى بِأَمْرِهِۦٓ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا ۚ وَكُنَّا بِكُلِّ شَىْءٍ عَٰلِمِينَ

    Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U(shamol)ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qoʻydik. Barcha narsani bilguvchi boʻldik.

  82. 82

    وَمِنَ ٱلشَّيَٰطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُۥ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًۭا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَكُنَّا لَهُمْ حَٰفِظِينَ

    Va shaytonlardan unga gʻavvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni qiladiganlarni qildik. Biz ularni muhofaza qilguvchi boʻldik.

  83. 83

    ۞ وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    Va Ayyubning oʻz Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening Oʻzing rahmlilarning rahmligisan!» deganini esla. (Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani maʼlum. Lekin oʻsha zararning aynan nomini Qurʼoni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyubning alayhissalom Allohga yolborib nido qilayotganlari kelyapti, xolos.)

  84. 84

    فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَكَشَفْنَا مَا بِهِۦ مِن ضُرٍّۢ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةًۭ مِّنْ عِندِنَا وَذِكْرَىٰ لِلْعَٰبِدِينَ

    Bas, Biz uning (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni Oʻz rahmatimiz ila va, obidlarga eslatma boʻlsin, deb qildik.

  85. 85

    وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ كُلٌّۭ مِّنَ ٱلصَّٰبِرِينَ

    Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.

  86. 86

    وَأَدْخَلْنَٰهُمْ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُم مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Va ularni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.

  87. 87

    وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبًۭا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Zunnunni esla. Oʻshanda u gʻazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni oʻziga (yer yuzini) tor etmaydi, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi. (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunusni alayhissalom dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirgʻoqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun–baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida keladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan gʻazablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Paygʻambarlarga oʻxshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. Soʻngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana oʻshanda, «zulmatlarda turib», yaʼni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib: «Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi».)

  88. 88

    فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَنَجَّيْنَٰهُ مِنَ ٱلْغَمِّ ۚ وَكَذَٰلِكَ نُۨجِى ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga gʻamdan najot berdik. Moʻminlarga shunday najot berurmiz.

  89. 89

    وَزَكَرِيَّآ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ رَبِّ لَا تَذَرْنِى فَرْدًۭا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْوَٰرِثِينَ

    Va Zakariyoni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolgʻiz tashlab qoʻyma, Sen, Oʻzing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.

  90. 90

    فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَوَهَبْنَا لَهُۥ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُۥ زَوْجَهُۥٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًۭا وَرَهَبًۭا ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا خَٰشِعِينَ

    Bas, Biz uning (duosini) ijobat etdik va unga Yahʼyoni hadya qildik hamda juftini oʻnglab qoʻydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga ragʻbat ila va qoʻrqib duo qilishar edi. Ular Bizga taʼzim ila boʻyinsunuvchi edilar.

  91. 91

    وَٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَجَعَلْنَٰهَا وَٱبْنَهَآ ءَايَةًۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik. Uni va uning oʻgʻlini olamlarga oyat-belgi qildik. («Farjini pok saqlagan» ayol deganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan.)

  92. 92

    إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُونِ

    Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.

  93. 93

    وَتَقَطَّعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ ۖ كُلٌّ إِلَيْنَا رَٰجِعُونَ

    Ular esa ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar. (Aslida, hamma bir ummat boʻlib, bir dinga ishonib, yagona Allohga ibodat qilishi kerak edi. Ammo odamlar bu yoʻldan yurmay, oʻzlaricha yoʻllarini, dinlari va ishlarini boʻlak-boʻlak qilib oldilar. Ularning hammasi baribir oxir-oqibat bizga qaytadilar. Oʻshanda biz oʻzimiz bilib hisob-kitob qilamiz.)

  94. 94

    فَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِۦ وَإِنَّا لَهُۥ كَٰتِبُونَ

    Kim moʻmin holida solih amallardan qilsa, saʼyi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qoʻyguvchidirmiz.

  95. 95

    وَحَرَٰمٌ عَلَىٰ قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَآ أَنَّهُمْ لَا يَرْجِعُونَ

    Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir. (Bu dunyodagi gunohlari uchun yoʻqotib yuborilgan shahar-qishloqlarning aholisi qiyomat kuni jazolarini olish uchun qaytariladilar. Ularning qaytmasliklari mumkin emas.)

  96. 96

    حَتَّىٰٓ إِذَا فُتِحَتْ يَأْجُوجُ وَمَأْجُوجُ وَهُم مِّن كُلِّ حَدَبٍۢ يَنسِلُونَ

    Nihoyat, Yaʼjuj va Maʼjuj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.

  97. 97

    وَٱقْتَرَبَ ٱلْوَعْدُ ٱلْحَقُّ فَإِذَا هِىَ شَٰخِصَةٌ أَبْصَٰرُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَٰوَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِى غَفْلَةٍۢ مِّنْ هَٰذَا بَلْ كُنَّا ظَٰلِمِينَ

    Va haq vaʼda yaqinlashgandagi holni koʻrsang, kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan gʻaflatda edik. Yoʻq! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar. (Kahf surasida aytib oʻtilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri–Zulqarnayn qurgan sadd-toʻgʻon ochilib, Yaʼjuj va Maʼjujlar chiqib ketishidir, ular juda koʻp boʻlib, koʻpliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar. Qiyomat qoyim boʻlgandagi holni koʻrsang, unda «... kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib», yaʼni qotib qoladi. Shunday, gʻaflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik koʻrmagan edik. Ishonmay, zulm qilgan edik, deydilar.)

  98. 98

    إِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمْ لَهَا وَٰرِدُونَ

    Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilgʻisidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.

  99. 99

    لَوْ كَانَ هَٰٓؤُلَآءِ ءَالِهَةًۭ مَّا وَرَدُوهَا ۖ وَكُلٌّۭ فِيهَا خَٰلِدُونَ

    Agar anavilar xudolar boʻlganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar. (Sizlar Allohdan oʻzga sigʻingan narsalar haqiqatda xudolar boʻlganida, jahannamga kirmas edilar. Ammo ular hech qachon xudo boʻlgan emas, ularni sizlar xudo deb olgansiz, shuning uchun jahannamga tushmoqdalar.)

  100. 100

    لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌۭ وَهُمْ فِيهَا لَا يَسْمَعُونَ

    U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.

  101. 101

    إِنَّ ٱلَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا ٱلْحُسْنَىٰٓ أُو۟لَٰٓئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ

    Albatta, Bizdan ularga yaxshilik ravo koʻrilganlar, ana oʻshalar, undan uzoqlashtirilgandirlar. (Yaʼni, Allohning moʻmin bandalari, Alloh ularga yaxshilikni ravo koʻrgan bandalar jahannamdan uzoqda boʻladilar. Uning yaqiniga ham kelmaydilar.)

  102. 102

    لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا ۖ وَهُمْ فِى مَا ٱشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَٰلِدُونَ

    Ular uning chisirlashini eshitmaslar. Ular oʻz nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.

  103. 103

    لَا يَحْزُنُهُمُ ٱلْفَزَعُ ٱلْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ هَٰذَا يَوْمُكُمُ ٱلَّذِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ

    Ularni buyuk dahshat gʻami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga vaʼda qilingan kuningizdir», deb kutib olarlar.

  104. 104

    يَوْمَ نَطْوِى ٱلسَّمَآءَ كَطَىِّ ٱلسِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ۚ كَمَا بَدَأْنَآ أَوَّلَ خَلْقٍۢ نُّعِيدُهُۥ ۚ وَعْدًا عَلَيْنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا فَٰعِلِينَ

    Oʻsha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi vaʼdadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz. (Xuddi hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib daftarini yopganidek, qiyomat kunida osmon shunday yopiladi. Demak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga yetgan boʻladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.)

  105. 105

    وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِى ٱلزَّبُورِ مِنۢ بَعْدِ ٱلذِّكْرِ أَنَّ ٱلْأَرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِىَ ٱلصَّٰلِحُونَ

    Batahqiq, Biz zikrdan soʻng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxoʻr boʻlurlar», deb yozgan edik. (Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «yer» soʻzlaridan koʻzlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Baʼzilari, «zikr»dan murod–Tavrotdir, shunga koʻra, oyatning maʼnosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan soʻng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxoʻr boʻlurlar», deb yozgan edik» boʻladi, deydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod–Lavhul Mahfuz, binobarin, avval oʻsha maʼnoni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, maʼnosi chiqadi, deganlar. «Yer» haqida esa, baʼzi ulamolarimiz oddiy yer koʻzda tutilgan desalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan, deydilar. Ushbu ikki xil maʼnoni qoʻshib, har ikkisi koʻzda tutilgan, desa ham boʻladi.)

  106. 106

    إِنَّ فِى هَٰذَا لَبَلَٰغًۭا لِّقَوْمٍ عَٰبِدِينَ

    Albatta, bu(Qurʼon)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli oʻgit bordir.

  107. 107

    وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا رَحْمَةًۭ لِّلْعَٰلَمِينَ

    Biz seni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik.

  108. 108

    قُلْ إِنَّمَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ

    Sen: «Menga faqat, albatta, sizning ilohingiz bitta ilohdir, deb vahiy etiladi. Bas, sizlar musulmon boʻlasizlarmi?!» deb ayt.

  109. 109

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ ءَاذَنتُكُمْ عَلَىٰ سَوَآءٍۢ ۖ وَإِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدٌۭ مَّا تُوعَدُونَ

    Agar ular yuz oʻgirib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik boʻlishi uchun eʼlon qildim. Sizga vaʼda qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi bilmasman. (Yaʼni, iymon masalasida hamma barobar boʻlishi uchun, menga tushgan vahiyni eʼlon qildim. Keyin bexabar edik, degan daʼvo boʻlmasligi uchun eshittirdim.)

  110. 110

    إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَيَعْلَمُ مَا تَكْتُمُونَ

    Albatta, U soʻzning oshkorasini biladir va nimani berkitayotgan boʻlsangiz ham biladir.

  111. 111

    وَإِنْ أَدْرِى لَعَلَّهُۥ فِتْنَةٌۭ لَّكُمْ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍۢ

    Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt. (Azobning kelmay turishi ehtimol sinovdir, ehtimol bu dunyoning huzur-halovatidan foydalanib olishingiz uchun muhlatdir.)

  112. 112

    قَٰلَ رَبِّ ٱحْكُم بِٱلْحَقِّ ۗ وَرَبُّنَا ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ

    U: «Ey Robbim, Oʻzing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad soʻraladigan zotdir», dedi. (Yaʼni, Paygʻambar alayhissalomey Robbim, men omonatingni ado etdim. Kishilarga taʼlimotlaringni yetkazdim. Endi oʻzing haq ila hukm qilaver, dedilar.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.