Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 20 · Makkiy · 135 Oyatlar

Sura Toho

Toho harflari

سورة طه
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    طه

    Toho.

  2. 2

    مَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لِتَشْقَىٰٓ

    Senga Qurʼonni badbaxt boʻlishing uchun nozil qilganimiz yoʻq.

  3. 3

    إِلَّا تَذْكِرَةًۭ لِّمَن يَخْشَىٰ

    Magar qoʻrqqan kimsalarga eslatma boʻlishi uchun.

  4. 4

    تَنزِيلًۭا مِّمَّنْ خَلَقَ ٱلْأَرْضَ وَٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلْعُلَى

    U yerni va yuksak osmonlarni yaratgan zotdan nozil boʻlgandir.

  5. 5

    ٱلرَّحْمَٰنُ عَلَى ٱلْعَرْشِ ٱسْتَوَىٰ

    U–Rohman Arshni egalladi. (Rohman sifatining sohibi Alloh Arshni egalladi. Arshni egallashining esa, oʻxshashi yoʻq, misli yoʻq, shakli ham yoʻq. Uning egallashi oʻziga xos.)

  6. 6

    لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَمَا تَحْتَ ٱلثَّرَىٰ

    Osmonlardagi narsalaru yerdagi narsalar, ularning orasidagi narsalaru yer ostidagi narsalar Unikidir.

  7. 7

    وَإِن تَجْهَرْ بِٱلْقَوْلِ فَإِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ وَأَخْفَى

    Sen agar soʻzda ovozingni yuksaltirsang ham. Bas, albatta, u sirni ham, maxfiyni ham bilguvchidir.

  8. 8

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ

    Alloh–undan boshqa ibodatga sazovor iloh yoʻq zotdir. Goʻzal ismlar Unikidir.

  9. 9

    وَهَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ

    Senga Musoning xabari keldimi?

  10. 10

    إِذْ رَءَا نَارًۭا فَقَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓا۟ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًۭا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِقَبَسٍ أَوْ أَجِدُ عَلَى ٱلنَّارِ هُدًۭى

    U olovni koʻrgan chogʻida oʻz ahliga: »Turib turinglar, men olovni koʻrdim, shoyad sizga undan choʻgʻ keltirsam yoki olov boshida yoʻl koʻrsatuvchini topsam«, dedi. (Oyati karimada Muso alayhissalom Madyandan Misrga kelayotganlarida roʻy bergan hodisa bayon etilmoqda.)

  11. 11

    فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ يَٰمُوسَىٰٓ

    Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso.

  12. 12

    إِنِّىٓ أَنَا۠ رَبُّكَ فَٱخْلَعْ نَعْلَيْكَ ۖ إِنَّكَ بِٱلْوَادِ ٱلْمُقَدَّسِ طُوًۭى

    Albatta, Men Oʻzim sening Robbingdirman. Kavushlaringni yech. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan».

  13. 13

    وَأَنَا ٱخْتَرْتُكَ فَٱسْتَمِعْ لِمَا يُوحَىٰٓ

    Men seni ixtiyor qilib oldim. Vahiy qilinadigan narsaga quloq os.

  14. 14

    إِنَّنِىٓ أَنَا ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعْبُدْنِى وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِذِكْرِىٓ

    Albatta, Men, Oʻzim, Allohdirman. Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Menga ibodat qil va meni zikr etish uchun namozni toʻkis ado et.

  15. 15

    إِنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ أَكَادُ أُخْفِيهَا لِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا تَسْعَىٰ

    Albatta, (qiyomat) soati kelguvchidir. Har bir jon saʼyi-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman.

  16. 16

    فَلَا يَصُدَّنَّكَ عَنْهَا مَن لَّا يُؤْمِنُ بِهَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ فَتَرْدَىٰ

    Hargiz seni unga iymon keltirmaydiganlar va havoyi nafsiga ergashganlar undan toʻsmasinlar. U holda halok boʻlasan».

  17. 17

    وَمَا تِلْكَ بِيَمِينِكَ يَٰمُوسَىٰ

    «Ey Muso, qoʻlingdagi nima?»

  18. 18

    قَالَ هِىَ عَصَاىَ أَتَوَكَّؤُا۟ عَلَيْهَا وَأَهُشُّ بِهَا عَلَىٰ غَنَمِى وَلِىَ فِيهَا مَـَٔارِبُ أُخْرَىٰ

    U: «Bu asoimdir, unga suyanaman, u bilan qoʻylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», dedi.

  19. 19

    قَالَ أَلْقِهَا يَٰمُوسَىٰ

    U zot: «Ey Muso, uni tashla», dedi.

  20. 20

    فَأَلْقَىٰهَا فَإِذَا هِىَ حَيَّةٌۭ تَسْعَىٰ

    Bas, uni tashladi. Birdan u(aso) ilon boʻlib yura boshladi.

  21. 21

    قَالَ خُذْهَا وَلَا تَخَفْ ۖ سَنُعِيدُهَا سِيرَتَهَا ٱلْأُولَىٰ

    U zot: «Uni ol, qoʻrqma. Biz uni avvalgi holiga keltiramiz.

  22. 22

    وَٱضْمُمْ يَدَكَ إِلَىٰ جَنَاحِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ ءَايَةً أُخْرَىٰ

    Qoʻlingni qoʻltigʻingga tiq, yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Bu boshqa bir moʻʼjizadir. (Qoʻl oppoq boʻldi, ammo bu oqlikda yomonlik yoʻqdir. Yaxshilik bor. Juda chiroyli boʻlib koʻrinadi. Bunday boʻlishi sening Paygʻambar ekanligingni tasdiqlovchi asodan keyingi yana bir moʻʼjizadir.)

  23. 23

    لِنُرِيَكَ مِنْ ءَايَٰتِنَا ٱلْكُبْرَى

    Biz senga buyuk moʻʼjizalarimizni koʻrsatish uchun(shunday qildik).

  24. 24

    ٱذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ

    Sen Firʼavnga bor, albatta u tugʻyonga ketdi», dedi.

  25. 25

    قَالَ رَبِّ ٱشْرَحْ لِى صَدْرِى

    U: «Ey Robbim, mening qalbimni keng qil.

  26. 26

    وَيَسِّرْ لِىٓ أَمْرِى

    Mening ishimni oson qil.

  27. 27

    وَٱحْلُلْ عُقْدَةًۭ مِّن لِّسَانِى

    Tilimdagi tugunni yechgin.

  28. 28

    يَفْقَهُوا۟ قَوْلِى

    Soʻzimni anglasinlar.

  29. 29

    وَٱجْعَل لِّى وَزِيرًۭا مِّنْ أَهْلِى

    Menga oʻz ahlimdan bir vazir qilib ber.

  30. 30

    هَٰرُونَ أَخِى

    Ogʻam Horunni.

  31. 31

    ٱشْدُدْ بِهِۦٓ أَزْرِى

    U bilan belimni quvvatla.

  32. 32

    وَأَشْرِكْهُ فِىٓ أَمْرِى

    Uni ishimga sherik ayla.

  33. 33

    كَىْ نُسَبِّحَكَ كَثِيرًۭا

    Senga koʻp tasbih aytishimiz uchun.

  34. 34

    وَنَذْكُرَكَ كَثِيرًا

    Va Seni koʻp zikr qilishimiz uchun.

  35. 35

    إِنَّكَ كُنتَ بِنَا بَصِيرًۭا

    Albatta, Sen Oʻzing bizni koʻrib turuvchi eding», dedi.

  36. 36

    قَالَ قَدْ أُوتِيتَ سُؤْلَكَ يَٰمُوسَىٰ

    U zot: «Ey Muso, senga soʻraganing berildi», dedi. (Bir ogʻiz gap bilan hal qilib qoʻydi. Nimani soʻragan boʻlsalar, berdi.)

  37. 37

    وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَيْكَ مَرَّةً أُخْرَىٰٓ

    «Batahqiq, Biz senga boshqa marta ham neʼmat bergan edik. (Yaʼni, hozir bergan neʼmatlarimizdan boshqa ham neʼmat bergan edik.)

  38. 38

    إِذْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّكَ مَا يُوحَىٰٓ

    Oʻshanda onangga ilhom qilinadigan narsani ilhom qilgan edik.

  39. 39

    أَنِ ٱقْذِفِيهِ فِى ٱلتَّابُوتِ فَٱقْذِفِيهِ فِى ٱلْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ ٱلْيَمُّ بِٱلسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّۭ لِّى وَعَدُوٌّۭ لَّهُۥ ۚ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةًۭ مِّنِّى وَلِتُصْنَعَ عَلَىٰ عَيْنِىٓ

    «Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladir», dedik. Va senga Oʻzimdan muhabbat soldim. Buni Mening koʻz oldimda yetishtirilishing uchun (qildim). (Musoning onasi Alloh bergan ilhom bilan uni sandiqqa solib, suvga oqizib yuboradi. Musoning Oʻz koʻzi ostida voyaga yetishi uchun dushman Firʼavnning uyiga uni joylashtirgan, qalbiga uning muhabbatini solgan Zot onaning farzand firoqida qiynalishiga ham barham berdi. Murgʻak Muso ayollarning bittasini ham emmay qoʻydi. Musoning opasini Firʼavn saroyiga yuborib, shu bolani emizadigan ayol bor, deb aytishni buyuradi.)

  40. 40

    إِذْ تَمْشِىٓ أُخْتُكَ فَتَقُولُ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ مَن يَكْفُلُهُۥ ۖ فَرَجَعْنَٰكَ إِلَىٰٓ أُمِّكَ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ ۚ وَقَتَلْتَ نَفْسًۭا فَنَجَّيْنَٰكَ مِنَ ٱلْغَمِّ وَفَتَنَّٰكَ فُتُونًۭا ۚ فَلَبِثْتَ سِنِينَ فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ ثُمَّ جِئْتَ عَلَىٰ قَدَرٍۢ يَٰمُوسَىٰ

    Oʻshanda opang yurib borib: «U (Muso)ni kafillikka oladiganlarga dalolat qilaymi? « degan edi. Bas, Biz seni koʻzi quvonishi va xafa boʻlmasligi uchun onangga qaytardik. Va bir jonni oʻldirding. Bas, Biz seni gʻamdan qutqardik va turli sinovlar ila sinadik. Soʻngra Madyan ahli ila yillarga qolding va taqdirga binoan kelding, ey Muso!

  41. 41

    وَٱصْطَنَعْتُكَ لِنَفْسِى

    Men seni Oʻzim uchun tanladim. (Yaʼni, Paygʻambar qilib oldim. Keyin esa, Paygʻambarlik vazifasiga oid topshiriqlar berildi:)

  42. 42

    ٱذْهَبْ أَنتَ وَأَخُوكَ بِـَٔايَٰتِى وَلَا تَنِيَا فِى ذِكْرِى

    Sen va ogʻang moʻʼjizalarimni olib boringlar va Meni zikr etishda sustkashlik qilmanglar.

  43. 43

    ٱذْهَبَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ

    Firʼavnga boringlar! Chunki, u tugʻyonga ketdi.

  44. 44

    فَقُولَا لَهُۥ قَوْلًۭا لَّيِّنًۭا لَّعَلَّهُۥ يَتَذَكَّرُ أَوْ يَخْشَىٰ

    Bas, unga yumshoq soʻz aytinglar. Shoyad eslasa yoki qoʻrqsa». (Yumshoq soʻz tasir qilishi mumkin. Yumshoq soʻz kofirni va tugʻyonga ketgan shaxsni ham muloyim qilib qoʻyishi mumkin. Shoyad Firʼavn ham oʻziga kelib, insof qilsa.)

  45. 45

    قَالَا رَبَّنَآ إِنَّنَا نَخَافُ أَن يَفْرُطَ عَلَيْنَآ أَوْ أَن يَطْغَىٰ

    Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz uning tezda bizga yomonlik qilishidan yoki haddan oshishidan qoʻrqamiz», dedilar.

  46. 46

    قَالَ لَا تَخَافَآ ۖ إِنَّنِى مَعَكُمَآ أَسْمَعُ وَأَرَىٰ

    U zot: «Qoʻrqmanglar! Albatta, Men sizlar bilanman, eshitaman va koʻraman», dedi.

  47. 47

    فَأْتِيَاهُ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَا تُعَذِّبْهُمْ ۖ قَدْ جِئْنَٰكَ بِـَٔايَةٍۢ مِّن رَّبِّكَ ۖ وَٱلسَّلَٰمُ عَلَىٰ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلْهُدَىٰٓ

    Bas, uning oldiga boringlar va unga: «Albatta, biz Robbingning Paygʻambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor. Ularni azoblama. Batahqiq, biz senga Robbingdan moʻʼjiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kimsaga salom boʻlur.

  48. 48

    إِنَّا قَدْ أُوحِىَ إِلَيْنَآ أَنَّ ٱلْعَذَابَ عَلَىٰ مَن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ

    Albatta, bizga vahiy qilindiki, yolgʻonga chiqarganlarga va yuz oʻgirib ketganlarga shubhasiz azob boʻlur», denglar.

  49. 49

    قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَٰمُوسَىٰ

    U: «Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?» dedi.

  50. 50

    قَالَ رَبُّنَا ٱلَّذِىٓ أَعْطَىٰ كُلَّ شَىْءٍ خَلْقَهُۥ ثُمَّ هَدَىٰ

    U: «Bizning Robbimiz har narsaga oʻz yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan zotdir», dedi.

  51. 51

    قَالَ فَمَا بَالُ ٱلْقُرُونِ ٱلْأُولَىٰ

    U: «Oʻtgan asrlarning holi nedir?» dedi.

  52. 52

    قَالَ عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى فِى كِتَٰبٍۢ ۖ لَّا يَضِلُّ رَبِّى وَلَا يَنسَى

    U: «Ularning ilmi Robbim huzurida, kitobdadir. Robbim adashmas va unutmas. (Yaʼni, oʻtgan asrlar haqidagi barcha ilm Robbim huzuridagi kitobda yozilgandir. Qancha asrlar oʻtib, qancha odamlar yashab, nima ishlar qilgan boʻlsalar, hamma-hammasi Robbim huzurida turibdi, kitobda yozilgan. Shunga qarab jazolaydi yoki mukofotlaydi.)

  53. 53

    ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًۭا وَسَلَكَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًۭا وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًۭا مِّن نَّبَاتٍۢ شَتَّىٰ

    U sizga yerni beshik qilgan, sizga unda yoʻllar ochgan va osmondan suv tushirgan zotdir», dedi. Bas, oʻsha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik.

  54. 54

    كُلُوا۟ وَٱرْعَوْا۟ أَنْعَٰمَكُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّأُو۟لِى ٱلنُّهَىٰ

    Yenglar va chorvalaringizni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.

  55. 55

    ۞ مِنْهَا خَلَقْنَٰكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَىٰ

    Sizlarni undan yaratdik, unga qaytaramiz va yana bir bor undan chiqarib olamiz. (Yaʼni, Biz sizlarni yerdan yaratdik, oʻlganingizdan soʻng yana unga qaytaramiz. Qiyomat kuni esa, sizlarni qayta tiriltirib, yerdan chiqarib olamiz. Ey Firʼavn, sen ham odamsan, sening ham boshingga shu kun tushadi.)

  56. 56

    وَلَقَدْ أَرَيْنَٰهُ ءَايَٰتِنَا كُلَّهَا فَكَذَّبَ وَأَبَىٰ

    Batahqiq, Biz unga oyat-moʻʼjizalarimizning hammasini koʻrsatdik. Bas, u yolgʻonga chiqardi va bosh tortdi.

  57. 57

    قَالَ أَجِئْتَنَا لِتُخْرِجَنَا مِنْ أَرْضِنَا بِسِحْرِكَ يَٰمُوسَىٰ

    U: «Ey Muso, bizni yerimizdan chiqarish uchun sehring ila keldingmi?!

  58. 58

    فَلَنَأْتِيَنَّكَ بِسِحْرٍۢ مِّثْلِهِۦ فَٱجْعَلْ بَيْنَنَا وَبَيْنَكَ مَوْعِدًۭا لَّا نُخْلِفُهُۥ نَحْنُ وَلَآ أَنتَ مَكَانًۭا سُوًۭى

    Bas, albatta, biz ham unga oʻxshash sehr keltiramiz, biz bilan oʻzing orangda vaʼda vaqti tayin qil, unga biz ham, sen ham xilof qilmaydigan boʻlaylik, oʻrta joy boʻlsin«, dedi.

  59. 59

    قَالَ مَوْعِدُكُمْ يَوْمُ ٱلزِّينَةِ وَأَن يُحْشَرَ ٱلنَّاسُ ضُحًۭى

    U: «Vaʼda vaqtingiz ziynat kuni. Odamlarning choshgohda toʻplanishi», dedi. (Misrliklarning «ziynat kuni» katta bayrami boʻlib, unda barcha xaloyiq ziynatli kiyimlar kiyib chiqar edilar. Muso alayhissalom hamma guvoh boʻlsin deb ziynat kunini tanladilar.)

  60. 60

    فَتَوَلَّىٰ فِرْعَوْنُ فَجَمَعَ كَيْدَهُۥ ثُمَّ أَتَىٰ

    Bas, Firʼavn qaytib ketdi, soʻngra hiylasini yigʻib keldi. (Oyati karima, uchta holatni tasvir etmoqda. Firʼavn Muso alayhissalom bilan boʻlgan uchrashuvdan qaytib ketdi. Keyin hiylasini yigʻdi–hamma kuchli sehrgarlarini toʻpladi. Soʻngra yana qaytib keldi. Tortishuv, musobaqaga tayyorgarlik nihoyasiga yetdi.)

  61. 61

    قَالَ لَهُم مُّوسَىٰ وَيْلَكُمْ لَا تَفْتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا فَيُسْحِتَكُم بِعَذَابٍۢ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنِ ٱفْتَرَىٰ

    Ularga Muso: «Holingizga voy! Allohga nisbatan yolgʻon uydirmang, bas, sizni azob ila butunlay halok qilur. Batahqiq, kim yolgʻon uydirsa, noumid boʻlur», dedi.

  62. 62

    فَتَنَٰزَعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّجْوَىٰ

    Bas, ular ishlari haqida oʻzaro asta shivirlashib, munozara qila boshladilar.

  63. 63

    قَالُوٓا۟ إِنْ هَٰذَٰنِ لَسَٰحِرَٰنِ يُرِيدَانِ أَن يُخْرِجَاكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِمَا وَيَذْهَبَا بِطَرِيقَتِكُمُ ٱلْمُثْلَىٰ

    Ular: «Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar. Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlaydilar.

  64. 64

    فَأَجْمِعُوا۟ كَيْدَكُمْ ثُمَّ ٱئْتُوا۟ صَفًّۭا ۚ وَقَدْ أَفْلَحَ ٱلْيَوْمَ مَنِ ٱسْتَعْلَىٰ

    Bas, makr-hiylangizni jamlab, bir saf boʻlib keling. Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, oʻsha gʻolib boʻladir», dedilar.

  65. 65

    قَالُوا۟ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلْقِىَ وَإِمَّآ أَن نَّكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَلْقَىٰ

    Ular: «Ey Muso, sen tashlaysanmi yoki biz avval tashlovchi boʻlaylikmi?» dedilar.

  66. 66

    قَالَ بَلْ أَلْقُوا۟ ۖ فَإِذَا حِبَالُهُمْ وَعِصِيُّهُمْ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ مِن سِحْرِهِمْ أَنَّهَا تَسْعَىٰ

    U: «Yoʻq. Sizlar tashlang», dedi. Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek boʻlib koʻrindi.

  67. 67

    فَأَوْجَسَ فِى نَفْسِهِۦ خِيفَةًۭ مُّوسَىٰ

    Bas, Muso ichida xavf his etdi.

  68. 68

    قُلْنَا لَا تَخَفْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْأَعْلَىٰ

    Biz: «Qoʻrqma, albatta, sen ustunsan.

  69. 69

    وَأَلْقِ مَا فِى يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوٓا۟ ۖ إِنَّمَا صَنَعُوا۟ كَيْدُ سَٰحِرٍۢ ۖ وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّاحِرُ حَيْثُ أَتَىٰ

    Qoʻlingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuboraur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qayerda boʻlsa ham, zafar topmas», dedik. (Firʼavnlar va ularning gumashtalari-sehrgarlari doimo hiyla-nayranglar ila xalqning koʻzini boʻyab kelganlar. Ularning botili haq koʻrinmagan paytda oʻtadi, xolos. Haq kelganida, botil yoʻq boʻladi. Sen Robbingdan haq keltirding, endi ularning botili yoʻqoladi. Alloh taoloning amri ila Muso alayhissalom qoʻllaridagi asoni yerga tashladilar. U sehrgarlarning hunarini yutib yubordi.)

  70. 70

    فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سُجَّدًۭا قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ هَٰرُونَ وَمُوسَىٰ

    Bas, sehrgarlar: «Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar.

  71. 71

    قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ ۖ فَلَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍۢ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ فِى جُذُوعِ ٱلنَّخْلِ وَلَتَعْلَمُنَّ أَيُّنَآ أَشَدُّ عَذَابًۭا وَأَبْقَىٰ

    U: «Sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, u sizga sehr oʻrgatgan kattangizdir! Bas, albatta, qoʻl-oyoqlaringizni qarama-qarshisidan kesurman va, albatta, sizlarni xurmo tanasiga osurman, albatta, qaysi birimizning azobimiz shiddatliroq va boqiyroq ekanini bilursiz», dedi. (Firʼavn oʻz qarichi bilan oʻlchar edi. U tahdid, azob-uqubat, qiynash, chopish-kesish, oʻldirish bilan odamlarni izmimda ushlab turaman, deb xayol qilardi. Ammo insonning qalbiga haqiqiy iymon kirganida, uning bu choralari zarracha ham taʼsir qilmay qolishini anglamasdi. Uning sobiq sehrgarlari qalbiga ana shunday iymon jo boʻlgan edi. Endi ular Firʼavnning hech qanday doʻq-poʻpisalaridan qoʻrqmasdilar.)

  72. 72

    قَالُوا۟ لَن نُّؤْثِرَكَ عَلَىٰ مَا جَآءَنَا مِنَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلَّذِى فَطَرَنَا ۖ فَٱقْضِ مَآ أَنتَ قَاضٍ ۖ إِنَّمَا تَقْضِى هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَآ

    Ular: «Biz seni zinhor oʻzimizga kelgan ochiq-oydin (moʻʼjiza)lardan va bizni yaratgan zotdan ustun qoʻymaymiz. Bas, nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat hayoti dunyoda hukm chiqarasan, xolos.

  73. 73

    إِنَّآ ءَامَنَّا بِرَبِّنَا لِيَغْفِرَ لَنَا خَطَٰيَٰنَا وَمَآ أَكْرَهْتَنَا عَلَيْهِ مِنَ ٱلسِّحْرِ ۗ وَٱللَّهُ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰٓ

    Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni magʻfirat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir», dedilar.

  74. 74

    إِنَّهُۥ مَن يَأْتِ رَبَّهُۥ مُجْرِمًۭا فَإِنَّ لَهُۥ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ

    Shubhasiz, kim Robbiga jinoyatchi boʻlgan holida kelsa, albatta, unga jahannam bordir. U yerda u oʻlib oʻlmas, yashab yashamas.

  75. 75

    وَمَن يَأْتِهِۦ مُؤْمِنًۭا قَدْ عَمِلَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلدَّرَجَٰتُ ٱلْعُلَىٰ

    Kim Unga moʻmin oʻlaroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana oʻshalarga oliy darajalar.

  76. 76

    جَنَّٰتُ عَدْنٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ مَن تَزَكَّىٰ

    Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlar bordir. Unda abadiy qolurlar. Ana shu pok boʻlganning mukofotidir.

  77. 77

    وَلَقَدْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِى فَٱضْرِبْ لَهُمْ طَرِيقًۭا فِى ٱلْبَحْرِ يَبَسًۭا لَّا تَخَٰفُ دَرَكًۭا وَلَا تَخْشَىٰ

    Batahqiq, Biz Musoga: «Sen bandalarim ila kechasi yoʻlga tush, ularga dengizdan quruq yoʻl och, yetib olishlaridan xavf qilma va qoʻrqma», deb vahiy qildik. (Muso alayhissalom Alloh taoloning amrini amalga oshirdi. Bani Isroil bilan kechasi yoʻlga chiqdilar. Dengizga bordilar, asolari bilan urib, yoʻl ochdilar. Allohning amri ila dengiz ikkiga yorilib, quruq yer–yoʻl ochildi. Bani Isroil eson-omon oʻtib oldi.)

  78. 78

    فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ بِجُنُودِهِۦ فَغَشِيَهُم مِّنَ ٱلْيَمِّ مَا غَشِيَهُمْ

    Bas, Firʼavn askarlari ila ularning ortidan taʼqib etdi. Dengiz ularni oʻraganicha oʻrab oldi.

  79. 79

    وَأَضَلَّ فِرْعَوْنُ قَوْمَهُۥ وَمَا هَدَىٰ

    Firʼavn oʻz qavmini adashtirdi, toʻgʻri yoʻlga boshlamadi. ( Xudoga emas, firʼavnlarga ergashganlar doimo shunday oqibat topadilar. Alloh taolo Firʼavn va askarlarini gʻarq etib, Bani Isroilni zulm, jabr-sitamdan ozod qildi.)

  80. 80

    يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ قَدْ أَنجَيْنَٰكُم مِّنْ عَدُوِّكُمْ وَوَٰعَدْنَٰكُمْ جَانِبَ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ

    Ey Bani Isroil, batahqiq, Biz sizni dushmaningizdan qutqardik va siz bilan Turning oʻng tomonini vaʼdalashdik hamda sizlarga mann va bedana tushirdik. (Alloh taolo ushbu oyati karimada Bani Isroilga uch turlik neʼmatini eslatmoqda.)

  81. 81

    كُلُوا۟ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ وَلَا تَطْغَوْا۟ فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبِى ۖ وَمَن يَحْلِلْ عَلَيْهِ غَضَبِى فَقَدْ هَوَىٰ

    Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar, unda haddingizdan oshmang, yana boshingizga gʻazabim tushib qolmasin. Kimning boshiga gʻazabim tushsa, bas, batahqiq, halok boʻlibdir.

  82. 82

    وَإِنِّى لَغَفَّارٌۭ لِّمَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا ثُمَّ ٱهْتَدَىٰ

    Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, yaxshi amal qilgan, soʻngra toʻgʻri yurganlarni koʻplab magʻfirat qilguvchiman.

  83. 83

    ۞ وَمَآ أَعْجَلَكَ عَن قَوْمِكَ يَٰمُوسَىٰ

    Ey Muso, seni qavmingdan nima ilgarilatdi?

  84. 84

    قَالَ هُمْ أُو۟لَآءِ عَلَىٰٓ أَثَرِى وَعَجِلْتُ إِلَيْكَ رَبِّ لِتَرْضَىٰ

    U: «Ular, ana, izimdalar. Rozi boʻlishing uchun Men senga shoshdim, ey Robbim», dedi.

  85. 85

    قَالَ فَإِنَّا قَدْ فَتَنَّا قَوْمَكَ مِنۢ بَعْدِكَ وَأَضَلَّهُمُ ٱلسَّامِرِىُّ

    U zot: «Batahqiq, Biz qavmingni sendan keyin fitnaga duchor qildik. Somiriy ularni adashtirdi», dedi. (Bani Isroilga hurlik ogʻir keldi, uni koʻtara olmadi. Jumladan, eng nozik va ahamiyatli masala–iymon-eʼtiqod masalasida ham. Muso alayhissalom ilk bor tark etishlari bilanoq zalolatga ketdilar. Somiriyga ergashib, buzoqning haykalini xudo qilib oldilar.)

  86. 86

    فَرَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَٰنَ أَسِفًۭا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا ۚ أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ ٱلْعَهْدُ أَمْ أَرَدتُّمْ أَن يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُم مَّوْعِدِى

    Bas, Muso qavmiga gʻazablangan, afsuslangan holda qaytdi. U: «Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi vaʼda qilmaganmidi?! Sizlarga zamon uzoq koʻrindimi yoki boshingizga Robbingizdan gʻazab tushishini xohladingizmi?! Menga bergan vaʼdaga xilof qilibsiz?!» dedi.

  87. 87

    قَالُوا۟ مَآ أَخْلَفْنَا مَوْعِدَكَ بِمَلْكِنَا وَلَٰكِنَّا حُمِّلْنَآ أَوْزَارًۭا مِّن زِينَةِ ٱلْقَوْمِ فَقَذَفْنَٰهَا فَكَذَٰلِكَ أَلْقَى ٱلسَّامِرِىُّ

    Ular: «Biz senga bergan vaʼdaga oʻz ixtiyorimiz ila xilof qilmadik. Lekin bizga (u) qavmning ziynatidan ogʻirliklar yuklangan edi. Bas, ularni tashladik, Somiriy ana shunday ilqo qildi», dedilar. (Taqinchoqlarni olovli chuqurga tashlashgan ekan, Somiriy ularni eritib, buzoq shakliga solib, mana shu sizlarning xudoingiz, unga ibodat qilinglar, desa, ibodat qilib ketaverishibdi. Ularning fikricha, bu ixtiyorlaridan tashqari ish emish!)

  88. 88

    فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلًۭا جَسَدًۭا لَّهُۥ خُوَارٌۭ فَقَالُوا۟ هَٰذَآ إِلَٰهُكُمْ وَإِلَٰهُ مُوسَىٰ فَنَسِىَ

    Bas, u (Somiriy) ularga boʻkiradigan buzoq shaklini chiqarib berdi. Ular: «Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar. (Somiriy ularga tilla taqinchoqlardan ovoz chiqaradigan buzoq haykali yasab, shu haykal sizning ilohingiz, Paygʻambarimiz Muso bizga buni aytmadi, degan xayolga bormang. Musoning ilohi ham shu buzoq. Ammo, Muso buni unutib qoʻyib, toqqa izlab chiqib ketdi, dedi. Ular bu gapni takrorladilar.)

  89. 89

    أَفَلَا يَرَوْنَ أَلَّا يَرْجِعُ إِلَيْهِمْ قَوْلًۭا وَلَا يَمْلِكُ لَهُمْ ضَرًّۭا وَلَا نَفْعًۭا

    Uning oʻzlariga biron soʻz qaytara olmayotganini, na zarar va na foydaga molik boʻla olmayotganini koʻrmayaptilarmi?!

  90. 90

    وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَٰرُونُ مِن قَبْلُ يَٰقَوْمِ إِنَّمَا فُتِنتُم بِهِۦ ۖ وَإِنَّ رَبَّكُمُ ٱلرَّحْمَٰنُ فَٱتَّبِعُونِى وَأَطِيعُوٓا۟ أَمْرِى

    Batahqiq, ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, bu bilan fitnaga duchor qilindingiz, xolos. Shubhasiz, Robbingiz Rohmandir. Bas, menga ergashing. Mening amrimga itoat qiling», degan edi.

  91. 91

    قَالُوا۟ لَن نَّبْرَحَ عَلَيْهِ عَٰكِفِينَ حَتَّىٰ يَرْجِعَ إِلَيْنَا مُوسَىٰ

    Ular: «To Muso bizga qaytgunicha, unga ibodat qilishda bardavom boʻlamiz», dedilar.

  92. 92

    قَالَ يَٰهَٰرُونُ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَهُمْ ضَلُّوٓا۟

    U: «Ey Horun, ularning zalolatga ketganlarini koʻrganingda seni nima man qildi?!

  93. 93

    أَلَّا تَتَّبِعَنِ ۖ أَفَعَصَيْتَ أَمْرِى

    Menga ergashishingdan?! Mening amrimga osiy boʻldingmi?!» dedi.

  94. 94

    قَالَ يَبْنَؤُمَّ لَا تَأْخُذْ بِلِحْيَتِى وَلَا بِرَأْسِىٓ ۖ إِنِّى خَشِيتُ أَن تَقُولَ فَرَّقْتَ بَيْنَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَمْ تَرْقُبْ قَوْلِى

    U: «Ey onamning oʻgʻli, soch-soqolimdan tutma. Men sening: «Bani Isroilni tafriqaga solibsan, gapimga kirmabsan, deyishingdan qoʻrqdim», dedi.

  95. 95

    قَالَ فَمَا خَطْبُكَ يَٰسَٰمِرِىُّ

    U: «Bu nima qilganing, ey Somiriy?!» dedi.

  96. 96

    قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُوا۟ بِهِۦ فَقَبَضْتُ قَبْضَةًۭ مِّنْ أَثَرِ ٱلرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَٰلِكَ سَوَّلَتْ لِى نَفْسِى

    U: «Ular koʻrmagan narsani koʻrdim. Bas, Rasulning izidan bir siqim oldim, soʻngra uni tashladim. Havoi nafsim menga shunday qilishni xush koʻrsatdi», dedi. (Somiriyning Bani Isroil koʻrmaganini koʻrgani–Jabroilning alayhissalom hayot otiga minib kelishlari. «Rasul»dan murod Jabroil alayhissalom. Izidan olingan bir siqim esa, Jabroil alayhissalom minib kelgan otning tuyogʻi tagidan olingan tuproq. U tuproqni sochgan joyi esa, Bani Isroilning zeb-ziynatlari toʻplab qoʻyilgan joy. Somiriy ana shu ishlarni qilganida ziynatlar buzoqqa aylanib, undan ovoz chiqadigan boʻlibdi. Men hech narsa qilganim yoʻq, yomon niyatim ham yoʻq edi, koʻnglimga tushgan ishni qilsam, oʻzlaridan oʻzlari ergashib ketishaverdi, demoqchi boʻldi.)

  97. 97

    قَالَ فَٱذْهَبْ فَإِنَّ لَكَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ أَن تَقُولَ لَا مِسَاسَ ۖ وَإِنَّ لَكَ مَوْعِدًۭا لَّن تُخْلَفَهُۥ ۖ وَٱنظُرْ إِلَىٰٓ إِلَٰهِكَ ٱلَّذِى ظَلْتَ عَلَيْهِ عَاكِفًۭا ۖ لَّنُحَرِّقَنَّهُۥ ثُمَّ لَنَنسِفَنَّهُۥ فِى ٱلْيَمِّ نَسْفًا

    U: «Bas, joʻna! Ket! Endi senga bu hayotda «tegish yoʻq» deyishing bor, xolos. Albatta, senga xilof qilmaydigan vaʼdamiz bor. Oʻzing ibodatida bardavom boʻlgan ilohingga nazar solib qoʻy. Biz uni, albatta, kuydirurmiz, soʻngra dengizga sochib yuborurmiz. ( Bani Isroilda, «tegish yoʻq» nomli quvgʻin jazosi bor edi. Oʻsha jazoga mahkum boʻlgan shaxs bilan hech kim aloqa qilmas, hatto gaplashmas ham edi. U yolgʻizlik azobida oʻlib ketar edi.)

  98. 98

    إِنَّمَآ إِلَٰهُكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًۭا

    Albatta, sizning ilohingiz Allohdir, xolos. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻqdir. U barcha narsani oʻz ilmi bilan qamrab olgandir.

  99. 99

    كَذَٰلِكَ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ مَا قَدْ سَبَقَ ۚ وَقَدْ ءَاتَيْنَٰكَ مِن لَّدُنَّا ذِكْرًۭا

    Shunday qilib, senga oʻtgan narsalar xabarini qissa qilib berurmiz. Batahqiq, senga oʻz tarafimizdan zikrni berdik. (Yaʼni, Muso qissasini aytib berganimizdek, boshqalarning xabarini ham qissa qilib beramiz.)

  100. 100

    مَّنْ أَعْرَضَ عَنْهُ فَإِنَّهُۥ يَحْمِلُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وِزْرًا

    Kim undan yuz oʻgirsa, albatta, u qiyomat kuni (gunoh) yukini koʻtarur.

  101. 101

    خَٰلِدِينَ فِيهِ ۖ وَسَآءَ لَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ حِمْلًۭا

    Unda abadiy qolurlar. Qiyomat kunida ularning yuki qanday ham yomon boʻldi.

  102. 102

    يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ۚ وَنَحْشُرُ ٱلْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍۢ زُرْقًۭا

    U kun surga puflanadigan kundir. Oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari koʻk boʻlgan holda toʻplarmiz. (Kiyomatning kelganini bildirib, sur chalinadi. Oʻsha qiyomat kunida kofirlar-jinoyatchilarni Alloh taolo qoʻrquvdan yuzlari qorayib, koʻzlari koʻkarib ketgan ketgan hollarida mahsharga jamlaydi.)

  103. 103

    يَتَخَٰفَتُونَ بَيْنَهُمْ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا عَشْرًۭا

    Ular oʻzaro: «Oʻn kundan ortiq turganingiz yoʻq», deya shivirlashadi.

  104. 104

    نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ إِذْ يَقُولُ أَمْثَلُهُمْ طَرِيقَةً إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا يَوْمًۭا

    Biz nima deyayotganlarini yaxshi bilguvchimiz. Oʻshanda ularning eng toʻgʻri yoʻldagisi: «Bir kundan ortiq turganimiz yoʻq», deydir. (Demak, oxirat azoblarini koʻrgan kofirlar garchi bu dunyoda uzoq yillar rohat-farogʻatda kun kechirgan boʻlsalar ham, yashagan muddatlari oz koʻrinib ketadi.)

  105. 105

    وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْجِبَالِ فَقُلْ يَنسِفُهَا رَبِّى نَسْفًۭا

    Sendan togʻlar haqida soʻrarlar. Bas: «Robbim ularni mutlaqo sovurib yuborajak.

  106. 106

    فَيَذَرُهَا قَاعًۭا صَفْصَفًۭا

    Soʻng ularni tep-tekis holga keltirur.

  107. 107

    لَّا تَرَىٰ فِيهَا عِوَجًۭا وَلَآ أَمْتًۭا

    U yerda chuqur ham, doʻng ham koʻrmassan.

  108. 108

    يَوْمَئِذٍۢ يَتَّبِعُونَ ٱلدَّاعِىَ لَا عِوَجَ لَهُۥ ۖ وَخَشَعَتِ ٱلْأَصْوَاتُ لِلرَّحْمَٰنِ فَلَا تَسْمَعُ إِلَّا هَمْسًۭا

    U kunda chorlovchiga ergashurlar. Undan burilish yoʻq. Ovozlar Rohman (haybati)dan jim qolmish. Pichirlashdan boshqa narsa eshitmassan. (Hammayoq tep-tekis. Hamma jim holda boʻyin egib, mahsharga chorlovchiga ergashishdan boshqa narsani bilmaydi.)

  109. 109

    يَوْمَئِذٍۢ لَّا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ وَرَضِىَ لَهُۥ قَوْلًۭا

    U kunda Rohman unga izn bergan va soʻzidan rozi boʻlganlardan boshqaning shafoati foyda bermas.

  110. 110

    يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِهِۦ عِلْمًۭا

    U ularni oldilaridagi narsalarni ham, orqalaridagi narsalarni ham bilur. Ular esa, uni ilm ila ihota qila olmaslar. (Alloh taolo bandalarning kelajagini ham oʻtmishini ham biladi. Ilmning barchasi Allohnikidir. Odamlar esa hech narsa bilmaslar.)

  111. 111

    ۞ وَعَنَتِ ٱلْوُجُوهُ لِلْحَىِّ ٱلْقَيُّومِ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنْ حَمَلَ ظُلْمًۭا

    Butun yuzlar tirik va doim turuvchi zotga bosh egmish. Batahqiq, kim zulm koʻtargan boʻlsa, noumid boʻlmish.

  112. 112

    وَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَلَا يَخَافُ ظُلْمًۭا وَلَا هَضْمًۭا

    Kim moʻmin holida yaxshi amallardan qilgan boʻlsa, zulmdan ham, nuqsondan ham qoʻrqmas», deb ayt.

  113. 113

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ قُرْءَانًا عَرَبِيًّۭا وَصَرَّفْنَا فِيهِ مِنَ ٱلْوَعِيدِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ أَوْ يُحْدِثُ لَهُمْ ذِكْرًۭا

    Shunday qilib, Biz uni arabiy Qurʼon etib nozil etdik. Shoyadki taqvo qilsalar yoki ularda eslash paydo qilsa, deb unda qoʻrqinchli vaʼdalarni bayon qildik. (Ushbu arabiy Qurʼonda koʻplab qoʻrqinchli vaʼdalarni ham bayon etdik. Bundan maqsadimiz, shoyad odamlar taqvo qilsalar, kufr va yomonliklardan saqlansalar, qoʻrqinchlik vaʼdalardan eslatma olsalar.)

  114. 114

    فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۗ وَلَا تَعْجَلْ بِٱلْقُرْءَانِ مِن قَبْلِ أَن يُقْضَىٰٓ إِلَيْكَ وَحْيُهُۥ ۖ وَقُل رَّبِّ زِدْنِى عِلْمًۭا

    Haq Podshoh–Alloh oliy boʻldi. Senga vahiyi bitguncha Qurʼon (tilovati)ga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) unutib qoʻyishdan xavflanib, vahiy tushgan paytida Qurʼoni Karim oyatlarini Jabroilga alayhissalom qoʻshilib, oʻqib turar edilar. Bu esa, qiyinchilik tugʻdirardi. Yaʼni, ey Muhammad, Jabroil vahiyni senga oxirigacha oʻqib bermagunicha, Qurʼonni tilovat qilib, oyatlarni oʻqishga shoshilma. Oldin Jabroil toʻliq oʻqib bersin, keyin sen oʻqiysan.)

  115. 115

    وَلَقَدْ عَهِدْنَآ إِلَىٰٓ ءَادَمَ مِن قَبْلُ فَنَسِىَ وَلَمْ نَجِدْ لَهُۥ عَزْمًۭا

    Batahqiq, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu qaror topmadik. (Biz qadimda Odam bilan buyruqqa boʻysunish–daraxtdan yemaslik haqida ahdlashgan edik. Ammo Odam ahdni unutdi va daraxtdan yeb qoʻydi. U shaytonning igʻvosiga sabr qila olmadi. Azmu qarorida turmadi.)

  116. 116

    وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِءَادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰ

    Biz farishtalarga: «Odamga sajda qiling», deganimizda, ular sajda qildilar. Magar Iblis bosh tortdi.

  117. 117

    فَقُلْنَا يَٰٓـَٔادَمُ إِنَّ هَٰذَا عَدُوٌّۭ لَّكَ وَلِزَوْجِكَ فَلَا يُخْرِجَنَّكُمَا مِنَ ٱلْجَنَّةِ فَتَشْقَىٰٓ

    Bas, Biz: «Ey Odam, albatta, bu senga va juftingga dushmandir. Yana u ikkovingizni jannatdan chiqarib, badbaxt boʻlib qolmagin.

  118. 118

    إِنَّ لَكَ أَلَّا تَجُوعَ فِيهَا وَلَا تَعْرَىٰ

    Albatta, sen u yerda och-yalangʻoch qolmassan. (Yaʼni, jannatda doimo sening qorning toʻq, usting but boʻladi.)

  119. 119

    وَأَنَّكَ لَا تَظْمَؤُا۟ فِيهَا وَلَا تَضْحَىٰ

    Albatta, sen u yerda tashna ham boʻlmassan, issiqda ham qolmassan», dedik.

  120. 120

    فَوَسْوَسَ إِلَيْهِ ٱلشَّيْطَٰنُ قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ هَلْ أَدُلُّكَ عَلَىٰ شَجَرَةِ ٱلْخُلْدِ وَمُلْكٍۢ لَّا يَبْلَىٰ

    Bas, shayton uni vasvasa qildi. U: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni koʻrsataymi?» dedi. ( Robbing manavi daraxt mevasidan yeyishingni man qilgan boʻlsa, sening abadiy yashashingni, mulking bardavom boʻlishini xohlamaganidandir, bu daraxtning mevasidan yesang, hech oʻlmaysan, mulking yoʻqolmaydi, dedi.)

  121. 121

    فَأَكَلَا مِنْهَا فَبَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۚ وَعَصَىٰٓ ءَادَمُ رَبَّهُۥ فَغَوَىٰ

    Bas, ikkovlari undan yedilar. Keyin, avratlari oʻzlariga ochilib qolib, oʻzlarini jannat barglari bilan toʻsa boshladilar. Odam Robbiga osiy boʻldi va yoʻldan ozdi.

  122. 122

    ثُمَّ ٱجْتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَتَابَ عَلَيْهِ وَهَدَىٰ

    Soʻngra Robbi uni tanlab oldi, bas, tavbasini qabul qildi va hidoyatga boshladi.

  123. 123

    قَالَ ٱهْبِطَا مِنْهَا جَمِيعًۢا ۖ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّۭ ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّى هُدًۭى فَمَنِ ٱتَّبَعَ هُدَاىَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَىٰ

    U zot: «Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing. Agar Men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt boʻlmas.

  124. 124

    وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِى فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةًۭ ضَنكًۭا وَنَحْشُرُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ أَعْمَىٰ

    Kim Mening zikrimdan yuz oʻgirsa, albatta, unga torchilik hayoti boʻlur va qiyomat kuni uni koʻr holida tiriltirurmiz», dedi.

  125. 125

    قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِىٓ أَعْمَىٰ وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًۭا

    U: «Ey Robbim, nima uchun meni koʻr holda tiriltirding. Axir, koʻruvchi edim-ku!» dedi.

  126. 126

    قَالَ كَذَٰلِكَ أَتَتْكَ ءَايَٰتُنَا فَنَسِيتَهَا ۖ وَكَذَٰلِكَ ٱلْيَوْمَ تُنسَىٰ

    U zot: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa, ularni unutding? Shuningdek, sen ham bugun unutiursan», dedi.

  127. 127

    وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِنۢ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ۚ وَلَعَذَابُ ٱلْءَاخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَىٰٓ

    Isrof qilgan va Robbi oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolayrmiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiyroq va boqiyroqdir.

  128. 128

    أَفَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَٰكِنِهِمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّأُو۟لِى ٱلنُّهَىٰ

    Ulardan ilgari ularning maskanlarida yurgan asrlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyat qilmadimi? Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.

  129. 129

    وَلَوْلَا كَلِمَةٌۭ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَكَانَ لِزَامًۭا وَأَجَلٌۭ مُّسَمًّۭى

    Agar Robbingdan soʻz oʻtib qolmaganida va nomlangan ajal boʻlmaganida, albatta, (azob) lozim boʻlar edi.

  130. 130

    فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا ۖ وَمِنْ ءَانَآئِ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْ وَأَطْرَافَ ٱلنَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرْضَىٰ

    Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt. Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt. Shoyadki rozi boʻlsang. (Ey Muhammad, shunday ekan, kofir va mushriklarning noxush gap-soʻzlariga, soʻkishlariga, igʻvo-boʻhtonlariga sabr qil. Doimo Robbingga tasbihu hamd ayt. Quyosh chiqishidan oldin ham, quyosh botishidan oldin ham Robbingga tasbih va hamd ayt. Kechaning bir qismida ham Robbingga tasbih ayt, kunduzning atrofida ham. Namoz oʻqi. Albatta, rozi boʻlasan. Robbing ham sendan rozi boʻladi.)

  131. 131

    وَلَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًۭا مِّنْهُمْ زَهْرَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا لِنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَرِزْقُ رَبِّكَ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰ

    Koʻzlaringni ularni sinash uchun ayrimlariga bahramand qilib berganimiz hayoti dunyoning turli ziynatlariga tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir.

  132. 132

    وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱصْطَبِرْ عَلَيْهَا ۖ لَا نَسْـَٔلُكَ رِزْقًۭا ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكَ ۗ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلتَّقْوَىٰ

    Ahlingni namozga amr et va oʻzing unga sabr qil. Biz sendan rizq soʻramasmiz. Biz senga rizq berurmiz. Oqibat taqvonikidir.

  133. 133

    وَقَالُوا۟ لَوْلَا يَأْتِينَا بِـَٔايَةٍۢ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۚ أَوَلَمْ تَأْتِهِم بَيِّنَةُ مَا فِى ٱلصُّحُفِ ٱلْأُولَىٰ

    Ular: «Bizga Robbidan oyat-moʻʼjiza keltirsa edi», deydilar. Axir, ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayonoti kelmadimi? (Kofir va mushriklar, Muhammad Robbidan bir lol qoldiruvchi moʻʼjiza keltirsa edi, deydilar. Axir, Qurʼonda avvalgi ummatlarga kelgan narsalarning bayoni keldi-ku. Shu ularga kifoya qilmaydimi?)

  134. 134

    وَلَوْ أَنَّآ أَهْلَكْنَٰهُم بِعَذَابٍۢ مِّن قَبْلِهِۦ لَقَالُوا۟ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًۭا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ مِن قَبْلِ أَن نَّذِلَّ وَنَخْزَىٰ

    Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda boʻlishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan boʻlar edik», derdilar.

  135. 135

    قُلْ كُلٌّۭ مُّتَرَبِّصٌۭ فَتَرَبَّصُوا۟ ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ أَصْحَٰبُ ٱلصِّرَٰطِ ٱلسَّوِىِّ وَمَنِ ٱهْتَدَىٰ

    Sen: «Barcha kutguvchidir. Bas, kutinglar. Albatta, kimlar toʻgʻri yoʻl sohiblari va kimlar hidoyat topganini bilursizlar», deb ayt. (Paygʻambarimizga (s. a. v.) qilingan bu xitob doimo yangilanib turadi.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.